logo

MAKTABNING BOShQARIShNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.384765625 KB
MAVZU:  MAKTABNING BOShQARIShNING PEDAGOGIK
ASOSLARI
                                                       REJA:
1.Xalq ta’limi haqida tushuncha.
2.O’zbekiston hududida xalq ta’limi tizimining rivojlanishi.
3. Boshqarish haqida umumiy tushuncha.
4. Maktabni boshqarishni demokratiyalashtirish . Xalq ta’limi tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashki taraqqiyotiga
ta’sir   ko’rsatuvchi   xamda   ma’lum   bir   qoidalar   asosida   tashkil   etilgan   barcha
ta’lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi.
Ta’lim   insoniyat   tajribasini   ma’lum   tomonlarini,ya’ni   o’quvchilar   ijtimoiy
taraqqiyotining   hozirgi   talabalariga   muvofiq   darajada   bilim   va   tarbiyaga   ega
bo’lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir.
O’zbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos doril funin yaratgan.
Ilmu-fan   avval   Sharqda   taraqqiy   etgan,bir   fikrlilik   bizdan   boshlangan.   "ShARQ
YeVROPANING MUALLIMIDIR" deganda haq edi olmon olimi Xerler.
O’rta  asrlarda  Markaziy   Osiyoning  arablar   fath  etgach,islom  dini   aso sidagi
sifat   jihatidan   yangi   tizimdagi   ega   bo’lgan   ta’lim   tarbiya   muassasalari   vujudga
keldi.Arab   tilini   o’rganish   joriy  etildi.   Islom   dini   yetib   borgan  yerlarga  machitlar
ular qoshiga esa o’g’il bolalar uchun maktablar tashkil qilindi.
Arab   bo’lmagan   xollarda   islom   dinini   asoslagin   o’rgatish   masalasida
markaziy   osiyo   maktablarida   "XAFTIYaK","ChOR   KITOB"   kabi   dar sliklar   keng
tarkatildi.   Asrdan   boshlab   islom   dinini   turkiy   tillarda   yozilgan   asarlarda   xam
ommalashtirish boshlandi. 
1917   yil   tushuntirishdan   so’ng   yangi   sho’ro   hukumati   avvalgi   ta’lim,tizimi
o’quv-tarbiyaviy   ishlarni   isloh   qilish,xalq   maorifi   tizimining   yangi   shaklini   joriy
etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi.
1918   yil   noyabr   oyida   xalq   maorifi   kengashlari   o’quv   yurtlarini,ularni
turlarini   hisobga   olgan   xolda,ro’yxatdan   o’tkazdilar   va   shu   asosida   yangi
maktablar   ochish   xamda   ularni   joylashtirish   ehtiyojlari   to’g’risidagi   takliflarni
ishlab chiqdilar.
Maktablarni   tashkil   etishda   mahalliy  aholi   orasidan   birinchi   bo’lib  yetishib
chiqqan   muallimlar   X.X.Niyoziy,   A.Avloniy,   A.Shaku riy,   A.Fitrat,
I.Raxmatullayev,   I.Ibrat,   T.N.Kori   Niyoziy,   Munavvar   Qo ri,   I.Komilov,
T.Shermuxamedov, O.Sharoffidinov singari ziyolilar faol qatnashdilar. RSFSR   xalq   komissarlari   sovetining   1920   yil   7   sentyabrdagi   dekretiga
binoan Toshkentda xalq universiteti negizida Turkiston davlat universiteti (hozirgi
ToshDU) tashkil etildi.
U   o’lkada   yuqori   malakali   mutaxassislar   tayyorlab   beradigan   chi nakkam
manba va oliy ta’limni rivojlantirish uchun negiz bo’lib kol di.
Oktyabr   to’ntarishdan   hozirgi   davrgacha   xalq   ta’limi   tizimida   ko’p
o’zgarishlar   yuz   berdi.Jumladan,1929   yili   arab   grafikasida   imlomizdan   lotin
grafikasi,1941   yilda   esa   Kiril   grafikasi   o’tildi.   Turli   ko’rinishidagi   o’rta,   o’rta
maxsus   va   oliy   o’quv   yurtlari   ochildi.Hunar   texnika   ta’lim   maktablari
ko’paytirildi.
Respublikamiz uchun 1958-1973-1984 yillarda xalq ta’limi tizimi yuzasidan
qabul qilingan qarorlar muhim ahamiyat kasb etdi, lekin ular o’sib kelayotgan yosh
avlodning xalq ta’limiga bo’lgan ehtiyojini qondira olmadi.
1941   yil   1   sentyabrda   respublikamiz   hayotida   tarixiy   voqyea   yuz   berdi:
Istiqlol e’lon qilindi.
Shu   munosabat   bilan   jahon   tajribalaridan   kelib   chiqib,   birinchi   navbatda
mustaqil   respublikamizning   xalq   ta’limi   sohasida   islo xot   o’tkazish   masalasi
ko’tarildi.   Nihoyat,O’zbekiston   respublikasi   Oliy   Kengashining   1992   yil   2   iyul
qarori   asosida   O’zbekiston   Res publikasining   "Ta’lim   to’g’risida"gi   qonuni   ta’lim
tizimini jiddiy yangilashga sabab bo’ldi.Oldingi qabul qilingan qonunlardan farqli
o’laroq,   xalq   ta’limi   tizimi   tuzilishining   kuyidagi   yangi   qoidalari   joriy   etildi   va
bajarilishi majburiy deb qayt etildi.
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi xamda demokratligi.
2. Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi.
3. Davlat ta’limi tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi.
4. Ta’limda umuminsoniy va milliy-ma’naviy qadriyatlarning us tuvorligi.
5. Davlat   ta’lim   standartlari   qoidasida   ta’lim   hammani   olishi   uchun
imkoniyat yaratilganligi.
6. Tayanch ta’limning majburiyligi. 7. Ta’lim   ma’naviy   va   jismoniy   tarbiya   dasturlarini   tanlashga   yagona   va
tabaqalashtirilgan yondashuv.
8. Bilimdonlik va iste’dodni rag’batlantirish.
9. Ta’lim  muassasalarida  chet  tilini  o’rganish,din  tarixi  va  jahon  madaniyati
sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish.
10. Ta’lim   muassasalarining   siyosiy   partiyalari   va   ijtimoiy   siyosiy
harakatlaridan xoli bo’lish.
11. Tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash.
12. Pedagog shaxsini,uning ijtimoiy mavkeyini hurmatlash.
13. Amaldagi   qonunlar   doirasida   mulkchilikni   barcha   shakllarida   ta’lim
muassasalarining huquqligi,ularni mustaqilligi.
O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan ona tilini chuqur o’rganishga
alohida   e’tibor   berilmoqda.   Bundan   tashqari   mustaqillik   yillarida   Lotin   grafikasi
yozuviga   bosqichma-bosqich   o’tilmoqda.Ayniqsa,ta’limni   isloh   qilish   jarayonida
Test,   Reyting   usullarni   qo’llanilishi   iqtidorli   bolalarni   aniqlash   va   o’qitishda
muhim rol uy naydi.Mustaqillik yillaridagi muhim vokiyalardan biri ya’ni 1997 yil
Oliy   Majlisning   IX   sessiyasida   "Ta’lim   to’g’risida"gi   Qonun   va   "Kadrlar
tayyorlash   milliy   dastur"ni   qabul   qilinishi   bo’ldi.Bu   asosida   ta’lim   tizimi
bosqichma-bosqich isloh qilinadi. Prezidentimiz I.Karimov tasdiqlaganidek, 
" Hayotimizni hal qiluvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini
tubdan   o’zgartirish,uni   yangi   zamon   talabiga   ko’tarish,barkamol   avlodimiz
kelajagiga daxldor qonun-loyihalari xam bor"-degan edi.
Bu   muhim   hujjatlar   asosida   ta’lim   tizimida   katta   o’zgarishlar   sodir
bo’lmoqda.   Bu   jarayonda,davlat   ta’lim   standartlarini   ishlab   chiqiladi.Kadrlar
tayyorlashni   milliy   modeli   yaratildi.O’rta   maxsus   kasb   hunar   ta’limi,uzluksiz
ta’limni   bir   turi   sifatida   yangi   ta’lim   yo’nalishlarini   ya’ni   akademik   lisey,kasb-
hunar   kollejlarini   barpo   qildi.Oliy   ta’lim   xam   ikki   bosqili,ya’ni   bakalavriyat   va
magistraturada iborat qayta tuzildi. Bu   o’zgarishlar   pedagogika   ta’limning   xam   nazariy   xam   amaliy
muammolarini   ilmiy   asosda   ishlab   chiqishni,pedagogikaga   doir   zamonaviy   ilmiy
ishlar,darsliklar,qo’llanmalar yaratilishni taqozo qiladi.
 Boshqarish haqida umumiy tushuncha.
Boshqaruv   taraqqiyotning   xar   qanday   bosqichida   jamiyatga   xos   bo’lgan
ichki   xususiyatdir.   Bu   xususiyat   umumiy   xarakterga   ega.   Boshqaruv   xalq
manfaatini   ko’zlagan   xolda   demokratik   uslub   negizida   amalga   oshiriladi.   Uz-
o’zidan   ravshanki,   bunday   boshqaruv   jarayonida   inson   omiliga,   xususan,   millat
manfaati va milliy qadriyatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshqaruv mehnati insonning boshqaruv vazifalari amalga oshirish jarayoni
bajariladigan   harakat   va   jarayonlarda   O’zining   aniq   ifodasini   topadi.   Boshqaruv
vazifalari   yordamida   esa   sistemaning   harakatlari,   rivojlanish   va   takomillashuvi,
uning barqarorligi va hayotchanligi ta’minlanadi. Kuyidagi bosh vazifalarni ajratib
ko’rsatish   mumkin:   qarorlarning   bajarilish   jarayoni   pedagogik   tahlil   qilish,
rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solib turish.
Boshqarish tizimiga kuyidagi manbalar kiradi: 
1. Rejalashtirish tizimini boshqaruv manbai. 
2. Tashkil qilish tizimini boshqaruv manbai. 
3. Sozlash va muvofiqlashtirish manbai. 
4. Nazorat boshqaruv manbai. 
5. Hisob - kitob qilish tizim manbalar kiradi. 
Rejalashtirish boshqaruv manbaida rivojlantirish maqsadida va bu maqsadga
erishish   vositalarini   belgilashdir.   Ya’ni,   ishlash   rejasini   tuzishdir.   Rejalashtirish
boshqaruvchi manbalarni rivojlantirish o’rganishni ham o’z ichiga oladi. 
Tashkil qilish tizimini boshqarish (boshqaruvchi ish faoliyatini rejalashtirish
mavzuida   hisobga   olamiz)   tuzilishi   o’rtasidagi   munosabatlarni   va   ularni   o’zaro
harakatini belgilashdir. Tizimni  tashkil etishni  ishlab chiqish, tadqiqot, loyihalash
ishlarini   yo’lga   quyib   ish   tartibini   belgilashi,   o’ylab   ish   ko’rishi   va   shoshma   -
shosharlikka yo’l qo’ymasligi.  Sozlash   va   muvofiqlashtirish.   Tizimining   turli   elementlari   o’rtasidagi
ma’lum   nisbatni   tutib   turishiga,   boshqariluvchi   manba   ishlayotganda   reja
topshiriqlardan chetga chiqib ketmaslikka yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. 
Nazorat qilish — ishlab chiqarish amalidagi jarayonining va taraqqiyotining
rejaga qanchalik muvofiqligini kuzatib va tekshirib turishdan iboratdir. 
Hisob   —   kitob   qilish   esa   rejani   yoki   uni   amalga   oshirishdagi   muayyan
bosqichlarning   qanday   bajarilayotganligiga   yakun   yasashdir.   Hisobga   olish
axborotlarni yakunlashga, uni tizimga solishga imkon beradi. 
Pedagogik   jarayonning   samaradorligi   maktab   rahbarining   boshqaruv
vazifalarini   sifatli   bajarishlari,   ularning   faol   va   uyg’un   hamkorligi   bilan   bab-
barobar   belgilanadi,   ulardan   bir-birining   ahamiyatlarini   pasaytirib   yuborish
muqarrar ravishda butun sistema birligining buzilishiga olib keladi.
Rejalashtirish   ilmiy   boshqarish   va   rahbarlarning   markaziy   butunligini   va
asosini reja va xar qanday jamoa faoliyatining aniq maqsadlari xamda vazifalari va
unga   erishish   vositalarini   belgilab   beradi.   Rejaning   ahamiyati   yana   shundan
iboratki,   u   pirovard   natijada   faqat   nimaga   erishish   kerakligini   emas,   balki   buni
qanday   uddalash,   rejani   bajarishning   qanday   rivojlanish   kerakligini   ko’rsatib
bermasligi   kerak.   Rejalashtirishga   faqat   kelajak   emas,   balki   o’tmishning   tajribasi
xam ta’sir qilar ekan.
Maktab   ichki   rejalashtirish   masalalari   ko’pgina   pedagogik   olimlarning
ishlari   bilan   asoslanib   berilgan.   Rejalashtirishning   mohiyati   maktab   xodimlarini
quyilgan maqsadga erishish, qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun zarur
bo’lgan   jamoa   tarziga   va   yakka   tartibdagi   mehnatni   vaqt   jihatidan   oqilona
taqsimlashdan iboratdir.
Maktab   rahbari   rejalashtirishning   tashkil   etishning   muntazam
yondashuviga amal qilmog’i lozimdir, bu yondashuv rejalashtirishning maqsad va
vazifalari,   ularning   tuzilishi   va   mazmuni,   rejalashtirish   metodlari   va   uning
bajarilishini   tashkil   etish   xususiyatlarini   dialektik   birligi   va   o’zaro   bog’liqligini
rejalashtirishning   boshqa   boshqaruv   vazifalari   bilan   o’zaro   harakatlarini   nazarda
tutadi. Maktab   rejalarining   xilma-xilligini   ko’pgina   belgilariga   kura   vaqt   bo’yicha
(besh   yil   o’quv   yili,   yarim   yili,   chorak,   oy,   hafta)   shakliga   kura   (yozma,   grafik,
aralash)   tuzilishi   birligiga   kura   maktabning   ish   rejasi,   o’quvchilar   tashkilotlari,
o’qituvchilar,   sinf   rahbarlari,   metod   birlashmalarining   va   ularning   uz-o’zini
boshqaruv   organlarining   ish   rejasini   ta’kidlar   ekanmiz,   biz   maktab   ishini   o’quv
yiliga   rejalashtirish   bilan   bog’liq   bo’lgan   masalalarga   qarab   chiqish   bilan
chegaralanamiz   va   mazkur   masala   mohiyatini   ana   shu   nuqtai   nazardan   yoritib
beramiz.
Maktabni boshqarishni demokratiyalashtirish.
Xalq   ta’limi   tizimi   va   maktabni   boshqarishning   eng   muhim   qoidasi-
demokratiyalashtirishdir.   Bu   aqida   hozirgi   mustaqillik   davrida   jamiyatni   yanada
demokratiyalashtirish   muhim   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Shuni   alohida   ta’kidlash
lozimki,   ho’jalikni   boshqarish   tizimining   eng   asosiy   sharti   bo’lgan   demokratik
qoidaning   g’oyat   maqbul   shakllarini   izlab   topishi   bugungi   muhim   va   dolzarb
muammolardan   biridir.   Maktablarni   boshqarishda,   Ayniqsa,   demokratik   aqida,
qonun qoidalari nihoyatda muhimdir.
Maktabdagi   o’qitish   jarayonida,   maktab   faoliyatini   tartibi   va   qonun
qoidalariga   juda   ko’p   o’zgarishlar   kiritildi.   Bu   o’zgarishlar   xar   bitta   insonlarning
dunyo qarashi  va bilim  doiralarini  kengayish  sababidir. Avvalo o’quvchilar  bilim
olishlari   uchun   juda   xam   keng   sharoitlar   yaratilgan.   Chuqurlashtirilgan
gimnaziyalar,   muzeylar   o’quvchilarning   bilim   doiralarini   chuqurlashtirishga   keng
yo’l   ochib   bermoqda.   Chuqurlashtirish   -   bu   avvalo   uz   ustida   ishlash,   izlanish
degani demakdir.
Ana   shunday   gimnaziya   va   liseylar   uchun   esa   qobiliyatli,   bilimli
o’quvchilarni   saralab,   ularni   kelajaklariga   poydevor   yasashga   keng   yo’l   quyildi.
Albatta,   bu   poydevorni   bilimdon   mutaxassis   O’qituvchilar   tayyorlaydi.   Endi   ana
shunday O’qituvchilarni saralab ular ichidan eng bilimdonlarini tanlab olish payti
yetib keldi. Bu esa O’qituvchi va bo’lajak pedagoglarni uz ustida tinmay ishlashini
talab   etadi.   Chunki,   bunday   qobiliyatli   bilimdon   o’qituvchilarga   talab   va   ehtiyoj
juda katta buladi. Mustaqil   O’zbekiston   jahonga   yuz   tutdi.   Shu   sababli   undagi   yashovchilar
insonlarning   bilimlari   jihatidan   kengayib   bormoqda.   Hozirgi   zamonamizdagi
o’quvchilar   ana   shundaylardandir.   Hayot   qanchalik   oldinga   borgan   sari   ular   xam
shunchalik ko’p narsa bilib olmoqdalar va buni ustozlaridan talab etmoqdalar. Bu
esa o’quvchilarni, ustozlarini dars utish jarayonini analiz qilib boradi, ularning dars
utishi yoqmasa, oshkora bilimdon usullarini talab qilishlari mumkin.
Dars utishda avvalom bor bo’lgan an’anaviy reja bo’yicha dars utish bekor
qilindi.   Chunki,   O’qituvchi   sinfga   kiradi,   o’tilgan   darslarni   takrorlaydi.   Yangi
mavzu   utadi,   ana   shunday   tartibda   xar   doimgi   darslar   takrorlanadi.   Noan’anaviy
dars utish usuli xar bir maktabga kirib bormoqda.
Mavzuni   bolalar   ongiga   yetkazish,   o’quvchini   O’zini   mahoratiga   bog’liq.
Mahoratli O’qituvchilarimizdagi o’qitishning ilg’or tajribalarni almashtirish o’quv
jarayonini kengayishiga va mustahkamlashiga keng yo’l ochib beradi. Maktablarda
maktab   rahbarlarini   saylash   oshkora   ovozga   kuyish   orqali   fikr   mulohazalar,
takliflar kiritish orqali amalga oshirilmoqda.
O’rta,   oliy   bilim   yurtlariga   Qolaversa,   maktabga   qabul   qilish   va   o’qitish
sharoitlariga   test   sinovlari   kiritildi.Bu   esa   avvalgi   imtihon   va   sinovlardan   ancha
a’loroq   va   mukammalroqdir.   Yuqorida   aytib   utganimizdek,   maktab   direktorlarini
saylash   huquqi   o’qituvchilarga   beriladi.   Maktabda   o’sib   o’qitish,   bitirayotgan
o’quvchilarni yutuq va kamchiliklari maktab jamoasiga tegishli va ahamiyatlidir.
Avvalo  maktablarda  boshlang’ich  sinflarda  turli  tipdagi  sinflar   tashkil  etib,
ularni sinflar orqali saralab, iqtidorli sinflarga aylantirilmoqda. Ota-onalarimiz xam
hozirgi   kunda   farzandlarimiz   istiqlol   kelajagini   yanada   mustahkamlash   uchun
farzandlariga   pullik   kurslarga   talab   ehtiyojlari   ortmoqda.   Ularni   bu   intilishlarini
maktab jamoasi e’tiborga berishga harakat qilmoqdalar.
Iqtidorli   o’quvchilarni   kelajagini   porloq   qilish   uchun   turli   xil   musobaqa,
olimpiadalarga   qatnashishlarini   ta’minlab,   ularning   yutuqlari   uchun   bor   bilim   va
tajribalarini   ishga   solmoqdalar,   Ilg’or   o’qituvchilarni   xar   xil   unvonlarga   tavsiya
etish,   oshkoralik   tarzida   maktabga   mehnati   singan,   ilg’or,   tajribalari   katta,   keng
ommalashtirilgan O’qituvchilar tavsiya etilmoqda. O’quv jarayonida yangi  zamonaviy fanlar  kiritilmoqda. Fan va texnikaning
rivojlanish   taraqqiyotiga   keng   yo’l   ochib   berish   uchun   maktab   o’quv   jadvalga
kompyuter texnikani o’rganuvchi fanlar kiritildi.  
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –
Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
2. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka
ishonchdir. – Toshkent, O’zbekiston, 2000.
3. Avloniy,  Abdulla.   Turkiy  guliston   yoxud   axloq.  –   Toshkent,   O’qituvchi,
1992.
4. Pedagogika.A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent,
O’qituvchi, 1996.
5. Podlasy   I.P.   Pedagogika   .Novy   kurs.   Kn.   2.   Prosess   vospitaniya.   –
Moskva, VLADOS, 1999.
6. "Yosh direktor maktabi". A.Frolov. Toshkent, 1992.
7. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi. – Ma’rifat
g., 1999 yil, 3 mart.

MAVZU: MAKTABNING BOShQARIShNING PEDAGOGIK ASOSLARI REJA: 1.Xalq ta’limi haqida tushuncha. 2.O’zbekiston hududida xalq ta’limi tizimining rivojlanishi. 3. Boshqarish haqida umumiy tushuncha. 4. Maktabni boshqarishni demokratiyalashtirish .

Xalq ta’limi tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashki taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatuvchi xamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. Ta’lim insoniyat tajribasini ma’lum tomonlarini,ya’ni o’quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talabalariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo’lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir. O’zbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos doril funin yaratgan. Ilmu-fan avval Sharqda taraqqiy etgan,bir fikrlilik bizdan boshlangan. "ShARQ YeVROPANING MUALLIMIDIR" deganda haq edi olmon olimi Xerler. O’rta asrlarda Markaziy Osiyoning arablar fath etgach,islom dini aso sidagi sifat jihatidan yangi tizimdagi ega bo’lgan ta’lim tarbiya muassasalari vujudga keldi.Arab tilini o’rganish joriy etildi. Islom dini yetib borgan yerlarga machitlar ular qoshiga esa o’g’il bolalar uchun maktablar tashkil qilindi. Arab bo’lmagan xollarda islom dinini asoslagin o’rgatish masalasida markaziy osiyo maktablarida "XAFTIYaK","ChOR KITOB" kabi dar sliklar keng tarkatildi. Asrdan boshlab islom dinini turkiy tillarda yozilgan asarlarda xam ommalashtirish boshlandi. 1917 yil tushuntirishdan so’ng yangi sho’ro hukumati avvalgi ta’lim,tizimi o’quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish,xalq maorifi tizimining yangi shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi. 1918 yil noyabr oyida xalq maorifi kengashlari o’quv yurtlarini,ularni turlarini hisobga olgan xolda,ro’yxatdan o’tkazdilar va shu asosida yangi maktablar ochish xamda ularni joylashtirish ehtiyojlari to’g’risidagi takliflarni ishlab chiqdilar. Maktablarni tashkil etishda mahalliy aholi orasidan birinchi bo’lib yetishib chiqqan muallimlar X.X.Niyoziy, A.Avloniy, A.Shaku riy, A.Fitrat, I.Raxmatullayev, I.Ibrat, T.N.Kori Niyoziy, Munavvar Qo ri, I.Komilov, T.Shermuxamedov, O.Sharoffidinov singari ziyolilar faol qatnashdilar.

RSFSR xalq komissarlari sovetining 1920 yil 7 sentyabrdagi dekretiga binoan Toshkentda xalq universiteti negizida Turkiston davlat universiteti (hozirgi ToshDU) tashkil etildi. U o’lkada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chi nakkam manba va oliy ta’limni rivojlantirish uchun negiz bo’lib kol di. Oktyabr to’ntarishdan hozirgi davrgacha xalq ta’limi tizimida ko’p o’zgarishlar yuz berdi.Jumladan,1929 yili arab grafikasida imlomizdan lotin grafikasi,1941 yilda esa Kiril grafikasi o’tildi. Turli ko’rinishidagi o’rta, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari ochildi.Hunar texnika ta’lim maktablari ko’paytirildi. Respublikamiz uchun 1958-1973-1984 yillarda xalq ta’limi tizimi yuzasidan qabul qilingan qarorlar muhim ahamiyat kasb etdi, lekin ular o’sib kelayotgan yosh avlodning xalq ta’limiga bo’lgan ehtiyojini qondira olmadi. 1941 yil 1 sentyabrda respublikamiz hayotida tarixiy voqyea yuz berdi: Istiqlol e’lon qilindi. Shu munosabat bilan jahon tajribalaridan kelib chiqib, birinchi navbatda mustaqil respublikamizning xalq ta’limi sohasida islo xot o’tkazish masalasi ko’tarildi. Nihoyat,O’zbekiston respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyul qarori asosida O’zbekiston Res publikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni ta’lim tizimini jiddiy yangilashga sabab bo’ldi.Oldingi qabul qilingan qonunlardan farqli o’laroq, xalq ta’limi tizimi tuzilishining kuyidagi yangi qoidalari joriy etildi va bajarilishi majburiy deb qayt etildi. 1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi xamda demokratligi. 2. Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi. 3. Davlat ta’limi tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi. 4. Ta’limda umuminsoniy va milliy-ma’naviy qadriyatlarning us tuvorligi. 5. Davlat ta’lim standartlari qoidasida ta’lim hammani olishi uchun imkoniyat yaratilganligi. 6. Tayanch ta’limning majburiyligi.

7. Ta’lim ma’naviy va jismoniy tarbiya dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv. 8. Bilimdonlik va iste’dodni rag’batlantirish. 9. Ta’lim muassasalarida chet tilini o’rganish,din tarixi va jahon madaniyati sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish. 10. Ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalari va ijtimoiy siyosiy harakatlaridan xoli bo’lish. 11. Tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash. 12. Pedagog shaxsini,uning ijtimoiy mavkeyini hurmatlash. 13. Amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikni barcha shakllarida ta’lim muassasalarining huquqligi,ularni mustaqilligi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan ona tilini chuqur o’rganishga alohida e’tibor berilmoqda. Bundan tashqari mustaqillik yillarida Lotin grafikasi yozuviga bosqichma-bosqich o’tilmoqda.Ayniqsa,ta’limni isloh qilish jarayonida Test, Reyting usullarni qo’llanilishi iqtidorli bolalarni aniqlash va o’qitishda muhim rol uy naydi.Mustaqillik yillaridagi muhim vokiyalardan biri ya’ni 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dastur"ni qabul qilinishi bo’ldi.Bu asosida ta’lim tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinadi. Prezidentimiz I.Karimov tasdiqlaganidek, " Hayotimizni hal qiluvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish,uni yangi zamon talabiga ko’tarish,barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor qonun-loyihalari xam bor"-degan edi. Bu muhim hujjatlar asosida ta’lim tizimida katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu jarayonda,davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqiladi.Kadrlar tayyorlashni milliy modeli yaratildi.O’rta maxsus kasb hunar ta’limi,uzluksiz ta’limni bir turi sifatida yangi ta’lim yo’nalishlarini ya’ni akademik lisey,kasb- hunar kollejlarini barpo qildi.Oliy ta’lim xam ikki bosqili,ya’ni bakalavriyat va magistraturada iborat qayta tuzildi.

Bu o’zgarishlar pedagogika ta’limning xam nazariy xam amaliy muammolarini ilmiy asosda ishlab chiqishni,pedagogikaga doir zamonaviy ilmiy ishlar,darsliklar,qo’llanmalar yaratilishni taqozo qiladi. Boshqarish haqida umumiy tushuncha. Boshqaruv taraqqiyotning xar qanday bosqichida jamiyatga xos bo’lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Boshqaruv xalq manfaatini ko’zlagan xolda demokratik uslub negizida amalga oshiriladi. Uz- o’zidan ravshanki, bunday boshqaruv jarayonida inson omiliga, xususan, millat manfaati va milliy qadriyatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Boshqaruv mehnati insonning boshqaruv vazifalari amalga oshirish jarayoni bajariladigan harakat va jarayonlarda O’zining aniq ifodasini topadi. Boshqaruv vazifalari yordamida esa sistemaning harakatlari, rivojlanish va takomillashuvi, uning barqarorligi va hayotchanligi ta’minlanadi. Kuyidagi bosh vazifalarni ajratib ko’rsatish mumkin: qarorlarning bajarilish jarayoni pedagogik tahlil qilish, rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solib turish. Boshqarish tizimiga kuyidagi manbalar kiradi: 1. Rejalashtirish tizimini boshqaruv manbai. 2. Tashkil qilish tizimini boshqaruv manbai. 3. Sozlash va muvofiqlashtirish manbai. 4. Nazorat boshqaruv manbai. 5. Hisob - kitob qilish tizim manbalar kiradi. Rejalashtirish boshqaruv manbaida rivojlantirish maqsadida va bu maqsadga erishish vositalarini belgilashdir. Ya’ni, ishlash rejasini tuzishdir. Rejalashtirish boshqaruvchi manbalarni rivojlantirish o’rganishni ham o’z ichiga oladi. Tashkil qilish tizimini boshqarish (boshqaruvchi ish faoliyatini rejalashtirish mavzuida hisobga olamiz) tuzilishi o’rtasidagi munosabatlarni va ularni o’zaro harakatini belgilashdir. Tizimni tashkil etishni ishlab chiqish, tadqiqot, loyihalash ishlarini yo’lga quyib ish tartibini belgilashi, o’ylab ish ko’rishi va shoshma - shosharlikka yo’l qo’ymasligi.