logo

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.0283203125 KB
Mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati va
mazmuni
Reja:
1.  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati, 
maqsadi va vazifalari 
2.  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatinining 
iqtisodiyotda tutgan o’rni va ularning rivojlanish asosiy 
qishloqlari. 
3.  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlanishi.
1 1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati,
maqsadi va vazifalari
      Bozor iqtisodiyotida biznes va xususiy tadbirkorlik erkinligining 
ta’minlanganligi iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi. Shu
boisdan biznes va tadbirkorlik funksiyasi, nazariyasi iqtisodiy nazariya 
fanida muhim o’rin tutadi. XVIII asrdayog Fransuz iqtisodchisi R. 
Kantiolon, XIX asrda nemis klassik maktabi vakillaridan I. Tyunen va 
G. Mangolf hamda amerikalik iqtisodchi F. Nayt tadbirkorlik va 
tadbirkorlik faoliyatining xususiyatlarini tadqiq etganlar. R. Kantilon 
tadbirkorlikning muhim xususiyati risk ekanligini asoslab bergan. Uning
fikricha tadbirkorni oldindan ko’ra bilish qobiliyatiga ega bo’lgan va 
risk qilishga qodir bo’lgan, kelajakka intiluvchi, daromad olishdan 
umidvor bo’lgan va shu bilan birga yo’qotish va zarar ko’rishga ham 
tayyor bo’lgan har qanday shaxs deb ta’riflagan. XVIII - XIX asrlarda 
ijod qilgan R. Kantilon, Y. Tyunen, F. Kene, A.Smit, J.B. Sey iqtisodchi
olimlar tadbirkorlikni va biznes, shuningdek, tadbirkor va mulkdor 
tushunchalarini aynan bir xil ma’noda izohlaganlar. Y. Shumpeter 
tadbirkor faoliyatining quyidagi maqsadli motivlarni ko’rsatib bergan: --
xukmronlik, hokimiyat va ta’sir doirasiga ega bo’lish extiyoji; - 
g’alabaga erishish ishtiyoqi, o’z-o’zini va raqiblarini yengishga intilish; -
ijod quvonchi. O’zbek olimlaridan I.E.Tursunov, A.B.Qurbonov, F.F. 
Mamatovlar quyidagicha ta’rif berishadi: biznes va tadbirkorlik bir-biri 
bilan uzviy bog’liq; bo’lib, bir xil ijtimoiy – iqtisodiy asoslarga va 
2 tamoyillarga ega tushunchalardir. "O’zbekiston Respublikasida 
tadbirkorlik to’g’risida"gi qonunda tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif 
berilgan: "Tadbirkorlik - mulkchilik subyektlarining foyda olish 
maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida, amaldagi 
qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishidir". 
O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to’g’risida "gi qonun asosida biznes va tadbirkorlik faoliyati 
tartibga solinadi. Ushbu konunda ta’riflanishicha "tadbirkorlik 
(tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy 
mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish 
maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir". Bu 
ta’rif ayni paytda biznesning ham mohiyatini ochib beradigan ta’rifdir. 
Tadbirkorlik bu o’z mohiyatiga ko’ra inson faoliyatining ko’p qirrali 
sohasi bo’lib, u yangilikni yaratish bilan bog’liq va san’at turi kabi 
ijodiy jarayondir. Tadbirkorlikning mohiyatini, uning harakat va 
imkoniyatlari doirasini yaxshiroq tushunib olish uchun, uning mohiyati 
va iqtisodiyotdagi roliga bo’lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, 
siyosiy - iqtisodiy va ijtimoiypsixologik jihatlar nuqtai nazaridan 
umumlashgan holda tahlil qilamiz. O’zbek olimlaridan A.O’lmasov va 
N.To’xliyevning tadbirkorlikni "daromad keltiradigan yoki naf 
beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot) sohibkorlik- tijorat 
ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band 
bo’lish" , "...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga 
3 olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish", deb 
ta’riflashgan. Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmenning ma’noviy-ma’rifiy
saviyasi, bilim va tajribasi, boshqa shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, 
imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi 
kuchi bo’ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga 
asoslanishi kerak: -birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan 
ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida 
o’z o’rnini topishi; -ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini 
yaratishga tayyorlik qobiliyati; -uchinchidan, marketing tadqiqotlari 
natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini
amalga oshirishi; -to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga 
oshirishda rahbarlikni to’g’ri yo’lga qo’yish qobiliyati; -beshinchidan, 
yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tatbiq etish 
hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy 
natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi. 
Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y. Shumpeter uchta asosiy 
motivni ajratgan:
 -birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta’sir qilishga ehtiyoj;
 - ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish yehtimoli 
bo’lgan g’alabaga iroda, muvaffaqqiyat sari harakat; 
-uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi.
4  Ammo, Y. Shumpeter tomonidan taklif etilgan motivlashtirish 
nazariyasi g’arbiy mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks 
ettiradi. Tadbirkorlikning tarixiy tomirlariga ega O’zbekistonda 
tadbirkorlikning zamonaviy haqiqatlarga asoslangan o’z motivi bo’lishi 
kerak. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o’ziga xos alomat 
va xususiyatlar bilan birga bo’ladi.
 Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi 
alomatlarga ega:
 -o’z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish;
 - eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalarni amalga
oshirish istagi;
 -to’rachilik tuzilmalari bilan bog’liqlikdan qochish, harakatlar erkinligi 
va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo’lish; 
-qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish;
 -o’zining ijtimoiy maqomi va obrusini oshirishga intilish hamda o’ziga 
va o’z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash. 
«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug’atida 
quyidagicha ta’riflanadi: Tadbirkorlik – (ingl. interprise) shaxsiy 
daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu 
faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning 
yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. 
5 yentrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik 
faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, 
qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi 
mumkin. Bizning fikrimizcha: Tadbirkor - bu mulkchilikning turli 
shakllarida mehnat qilayotgan kishilarga nisbatan o’zining ilmiy-amaliy 
salohiyoti, ongli mehnati, asosli va ishonchli tavakkalchiligi, 
yaratuvchanlik qobiliyatiga egaligi, tabiat, jamiyat va iqtisodiy 
qonunlardan to’g’ri foydalana oladigan, texnologik va iqtisodiy, 
moliyaviy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ekologik dunyoqarashni o’zida 
mujassamlashtirgan, boshqalarga qaraganda ustunlikka erishib 
kelayotgan zamon kutgan kishidir Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, 
bugungi kunda tadbirkorlik, ishbilarmonlik va biznes yo’nalishlarini 
infratuzilma sohalarida, tarmoqlarida ko’proq tashkil qilish maqsadga 
muvofiq deb bilamiz.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy,
iqtisodiy va huquqiy asoslari
     Tadbirkorlikni shakllantirish uchun ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy 
asoslari yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: 
tovarga bo’lgan talab va taklif; xaridor sotib olishi uchun tovar 
turlarining mavjudligi; xaridor sotib olishi uchun zarur pul hajmining 
mavjudligi; ishchilarning maoshiga, ya’ni sotib olish imkoniyatiga ta’sir 
6 ko’rsatuvchi ishchi o’rinlari, ishchi kuchlarining ortiqchaligi yoki 
etishmovchiligi. Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish 
imkoniyatlari, kiritilgan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o’z 
ishbilarmonlik operasiyalarini moliyalashtirish uchun olinishi 
mo’ljallangan kredit miqdori iqtisodiy sharoitga ta’sir etadi. Bu ishlar 
bilan bozor infratuzilmasini tashkil etgan turli tashkilotlar shug’ullanadi.
Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o’rnatib, tijorat 
operasiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko’rsatuvchi banklar, 
xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, energiya, 
mashina va uskunalar, instrumentlar bilan ta’minlovchilar; tovarni 
xaridorga yetkazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy, yuridik 
buxgalteriya xizmatlari, vositachilik xizmatini ko’rsatuvchi firma va 
korxonalar; ishchilar kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash 
agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilarni tayyorlayotgan o’quv 
yurtlari; reklama, transport, sug’urta agentliklari; aloqa va axborotni 
uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi. 
Tadbirkorlikning shakllanishi ijtimoiy va iqtisodiy sharoit bilan 
chambarchas bog’liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga 
ijtimoiy sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, xaridorlarning didi
va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan 
belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab o’zgarib turishi mumkin. 
Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog’liq axloqiy va diniy me’yorlar 
jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu me’yorlar xaridorlarning turmush tarziga 
7 va u orqali tovarlarga talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit 
shaxsning ishga munosabatiga o’z ta’sirini o’tkazadi, bu esa, o’z 
navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat 
sharoitiga munosabatiga ta’sir etadi.
Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish 
muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini 
yuritishning zamonaviy uslublarini o’rganishni tashkil etish, xodimlarni 
o’qitish va qayta o’qitish, ularni rivojlangan mamlakatlarga malaka 
oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni o’qitish uchun o’qituvchilarni 
tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkorlik sektori 
uchun xodimlarni tanlash qarab maslahat markazlarini ochish kerak. 
O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 aprel,O’RQ 327-son bilan 
qabul qilingan «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida» gi Qonuni (7 bob, 35ta 
moddadan iborat) ham oilalar uchun bu sohada qonuniy asosini yaratib 
berdi. 2013 yil 9 aprelda qabul qilingan O’zbekistan Respublikasi 
Prezidentining "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni 
rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora - tadbirlari to’g’isida”gi 
Farmoniga ko’ra mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar biznes subyektlari 
mikrofirma, kichik, o’rta va yirik korxonalarga bo’lingan. 
O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda qabul 
qilgan "O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi 
8 "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish 
choratadbirlari to’g’isida”gi Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar 
kiritish haqida"gi Farmoniga ko’ra 2004 yil 1 yanvardan boshlab kichik 
biznes subyektlarini mikrofirma va kichik korxonalarga bo’lingan.
3.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda
tutgan o’rni va ularning rivojlanishini asosiy yo’nalishlari.
      Inqirozga qarshi choralar dasturida iqtisodiy o’sishni ta’minlash, 
yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, 
aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin 
tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, 
rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. 
Birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat 
tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir .
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi 
iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi 
salmog’ining oshishi orqali ham namoyon bo’ldi. Xususan, mazkur 
sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2000 yildagi 
12,9 foizdan 31,1 foizga yetdi. Tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga 
quyidagilar kirishini e’tibordan qoldirmaslik zaruriydir, ya’ni: xo’jalik 
faoliyati olib borayotgan subyektlarning mustaqilligi va erkin 
tadbirkorlik, ishbilarmonlik, biznes bilan shug’ullanish hamda moliyaviy
9 jihatdan baquvvat bo’lish uchun bizlar tavsiya etayotgan quyidagi sakkiz
xislat va xususiyatni o’zlashtirib olish maqsadga muvofiq deb bilamiz:
1) ma’naviy-ma’rifiy yetuk bo’lishni maqsad deb bilish; 
2) erta tongda uyg’onishni odatiyligini ta’minlash; 
3) ma’noli fikrlash va omma oldida ishonchli nutq bilan chiqish san’atini
egallash; 
4) har bir yo’nalishdagi natijaviy holatlarni alohida-alohida tahlil qilish 
qobiliyatini qo’lga kiritish va uni takomillashtirish;
 5) bilmaganini aqlidrok va farosatli bo’lgan holda boshqalardan so’rab 
o’rganish; 
6) nazariyamaliy bilim va tajribalarni hamda shu sohaning olimlari 
tomonidan berilayotgan ilmiy-amaliy tavsiyalarini jamlab, kelajakdagi 
maqsadga erishish uchun mualliflar bilan birgalikda hayotga joriy 
etishni rejalashtirish va bosqichma-bosqich amalga oshirib borish; 
7) bajariladigan ishlarda sarf-xarajatlarni imkon darajasida ilmiy- amaliy
tavsiyalar asosida qisqartirish;
 8) doimiy ravishda kunlik hisob-kitobni to’g’ri yuritish va uni 
rasmiylashtirib borish. Bulardan tashqari, avlodlar tomonidan ijtimoiy, 
iqtisodiy-moliyaviy jihatdan baquvvat bo’lishda quyidagi yetti xazinani 
tavsiya etishgan, ularga e’tiborni qaratish ham yaxshi natijalarni beradi. 
Ular quyidagilardir: 1) tovuq; 2) sigir; 3) o’rmon; 4) suv tegirmoni; 5) 
10 moy juvoz; 6) ipak qurti; asalari. Respublikamiz va ayrim viloyatlar 
misolida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushining dinamikasi hamda uning iqtisodiy 
samaradorlikni oshirishdagi o’rnini ochib berishga harakat qilamiz. Agar
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi 
ulushi 2000 yilda 31,0 foiz bo’lgan bo’lsa, 2010 yilda 52,5 foiz; 
2011yilda 54,0 foiz; 2012 yilda 54,6 foiz, 2013 yilda 55,8 foiz va 2014 
yilda esa 56,0 foizni tashkil qildi.
 Mamlakatimiz YaIM tarkibida, ya’ni iqtisodiyotimizga kiritilgan 
investisiyalar miqdorini foizdagi dinamikasini yillar davomida keltirsak, 
u quyidagicha bo’ldi: 2000 yilda 15,4 foiz bo’lgan bo’lsa, 2010 yilda 
28,5 foiz; 2011yilda 31,9 foiz; 2012 yilda 35,3 foiz, 2013 yilda 32,7 foiz
va 2014 yilda esa 30 foizni tashkil qildi.
 YaIM ishlab chiqarishida mehnatga yaroqli aholining bandlik darajasi 
dinamikasi quyidagicha: 2000 yilda 49,7 foiz bo’lgan bo’lsa, 2010 yilda 
74,3 foiz; 2011 yilda 75,1 foiz; 2012 yilda 75,6 foiz, 2013 yilda esa 76,7 
foiz va 2014 yilda 76,5 foizni tashkil qildi. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ularning 
rivojlanishining asosiy yo’nalishlari ta’minlash uchun birinchidan: 
joylarda shu soha bilan shug’ullanuvchilarni vaqti-vaqti bilan malakasini
oshirishga pedagog-olimlarni jalb etish maqsadga muvofiqdir. 
Ikkinchidan: oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va takomillashtirishga, 
ularning ishlab chiqarish, qayta ishlash, mahsulotlarni iste’molchilarga 
11 yetkazish xizmatlari faoliyatini deversifikasiya qilish; Uchinchidan: 
aholi bandligini ta’minlashda ma’naviy va moliyaviy qo’llab- 
quvvatlashni doimiy ravishda amalga oshirish talab etiladi.
12

Mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni Reja: 1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati, maqsadi va vazifalari 2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatinining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ularning rivojlanish asosiy qishloqlari. 3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi. 1

1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati, maqsadi va vazifalari Bozor iqtisodiyotida biznes va xususiy tadbirkorlik erkinligining ta’minlanganligi iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi. Shu boisdan biznes va tadbirkorlik funksiyasi, nazariyasi iqtisodiy nazariya fanida muhim o’rin tutadi. XVIII asrdayog Fransuz iqtisodchisi R. Kantiolon, XIX asrda nemis klassik maktabi vakillaridan I. Tyunen va G. Mangolf hamda amerikalik iqtisodchi F. Nayt tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining xususiyatlarini tadqiq etganlar. R. Kantilon tadbirkorlikning muhim xususiyati risk ekanligini asoslab bergan. Uning fikricha tadbirkorni oldindan ko’ra bilish qobiliyatiga ega bo’lgan va risk qilishga qodir bo’lgan, kelajakka intiluvchi, daromad olishdan umidvor bo’lgan va shu bilan birga yo’qotish va zarar ko’rishga ham tayyor bo’lgan har qanday shaxs deb ta’riflagan. XVIII - XIX asrlarda ijod qilgan R. Kantilon, Y. Tyunen, F. Kene, A.Smit, J.B. Sey iqtisodchi olimlar tadbirkorlikni va biznes, shuningdek, tadbirkor va mulkdor tushunchalarini aynan bir xil ma’noda izohlaganlar. Y. Shumpeter tadbirkor faoliyatining quyidagi maqsadli motivlarni ko’rsatib bergan: -- xukmronlik, hokimiyat va ta’sir doirasiga ega bo’lish extiyoji; - g’alabaga erishish ishtiyoqi, o’z-o’zini va raqiblarini yengishga intilish; - ijod quvonchi. O’zbek olimlaridan I.E.Tursunov, A.B.Qurbonov, F.F. Mamatovlar quyidagicha ta’rif berishadi: biznes va tadbirkorlik bir-biri bilan uzviy bog’liq; bo’lib, bir xil ijtimoiy – iqtisodiy asoslarga va 2

tamoyillarga ega tushunchalardir. "O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida"gi qonunda tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: "Tadbirkorlik - mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishidir". O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida "gi qonun asosida biznes va tadbirkorlik faoliyati tartibga solinadi. Ushbu konunda ta’riflanishicha "tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir". Bu ta’rif ayni paytda biznesning ham mohiyatini ochib beradigan ta’rifdir. Tadbirkorlik bu o’z mohiyatiga ko’ra inson faoliyatining ko’p qirrali sohasi bo’lib, u yangilikni yaratish bilan bog’liq va san’at turi kabi ijodiy jarayondir. Tadbirkorlikning mohiyatini, uning harakat va imkoniyatlari doirasini yaxshiroq tushunib olish uchun, uning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga bo’lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy - iqtisodiy va ijtimoiypsixologik jihatlar nuqtai nazaridan umumlashgan holda tahlil qilamiz. O’zbek olimlaridan A.O’lmasov va N.To’xliyevning tadbirkorlikni "daromad keltiradigan yoki naf beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot) sohibkorlik- tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bo’lish" , "...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga 3

olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish", deb ta’riflashgan. Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmenning ma’noviy-ma’rifiy saviyasi, bilim va tajribasi, boshqa shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo’ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: -birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini topishi; -ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati; -uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi; -to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to’g’ri yo’lga qo’yish qobiliyati; -beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi. Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y. Shumpeter uchta asosiy motivni ajratgan: -birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta’sir qilishga ehtiyoj; - ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish yehtimoli bo’lgan g’alabaga iroda, muvaffaqqiyat sari harakat; -uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi. 4

Ammo, Y. Shumpeter tomonidan taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi g’arbiy mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. Tadbirkorlikning tarixiy tomirlariga ega O’zbekistonda tadbirkorlikning zamonaviy haqiqatlarga asoslangan o’z motivi bo’lishi kerak. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o’ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo’ladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi alomatlarga ega: -o’z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish; - eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalarni amalga oshirish istagi; -to’rachilik tuzilmalari bilan bog’liqlikdan qochish, harakatlar erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo’lish; -qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish; -o’zining ijtimoiy maqomi va obrusini oshirishga intilish hamda o’ziga va o’z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash. «Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug’atida quyidagicha ta’riflanadi: Tadbirkorlik – (ingl. interprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. 5