logo

KOINOT. QUYOSH SISTEMASI VA YER

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

117.203125 KB
KOINOT. QUYOSH SISTEMASI VA YER
Reja:
1. Koinot va Quyosh sistemasi.
2. Quyosh sistemasining tuzilishi 
3. Osmon jismlari.  
4.  Y er-Quyosh sistemasidagi sayyora. Quyosh   sistemasining   tuzilishi   haqidagi   masala   insoniyatni   hamma   vaqt
qiziqtirib   kelgan.   Eramizdan   ikki-uch   yuz   yil   ilgari   qadimgi   greklarda   bu   masala
yuzasidan bir-biriga butunlay o‘xshamaydigan ikkita fikr bor edi. Bu fikrga ko‘ra,
Quyosh   sistemasi   geotsentrik   ravishda   tuzilgan,   ya’ni   olamning   o‘rtasida   Er
joylashgan bo‘lib, qolgan hamma planetalar, Quyoshning o‘zi va boshqa yulduzlar
ham er atrofida aylanadi.
Ikkinchi fikr geliotsentrizm  deb aytilganki, bu fikrga ko‘ra olam markazida
Quyosh   turadi.   YAxudiylar   olamning   tuzilishi   haqidagi   diniy   nuqtai   nazarda
geotsentrik   gipotezani   qabul   qilganlar;   xuddi   shu   gipoteza   xristianlarda   ham
qonunlashtirilgan.
Quyosh sistemasi paydo bo‘lishining uch bosqichi
Faqat   XV   asr   oxirida   polyak   astronomi   Nikolay   Kopernik   geliotsentrik
gipotezani   matematik   ravishda   asosladi,   ammo   bundan   keyin   ham   u   ko‘p   vaqtga
tarqala olmadi.
Italyan   Jordano   Bruno   Kopernik   ishini   davom   ettirdi.   U   geliotsentrik
fikrlarni proza va poeziya yo‘li bilan tasvirlab taraqqiy qildirdi va hatto olamning
umumiy   suratini   xuddi   hozirgi   vaqtda   solinadigan   suratga   o‘xshatib   chizdi.
Kopernik   ishini   davom   qildirgan   ikkinchi   kishi   -   Galileo   Galiley   inkvizatsiya
ta’qibi   ostida   o‘z   fikrlaridan   qaytishga   majbur   bo‘ldi   va   o‘z   umrining   so‘nggi
yillarini   bir   qismini   inkvizatsiya   ta’qibi   ostida,   yana   bir   qismini   esa   qamoqda
o‘tkazdi.   Keyinchalik   Kepler ,   Nyuton   va   Gershel   geliotsentrizm   ideyasini   keng
tarqatdilar. Quyosh sistemasining kelib chiqishini tushuntirish uchun har xil fikrlar
(gipotezalar)   aytib   o‘tildi.   Dastlabki   gipotezalardan   biri   1775   yilda   Emmanuel Kant tomonidan aytilgan. Bu gipoteza o‘ziga unchalik e’tibor jalb qilmagan bo‘lsa
ham, keyinchalik tekshirishlarga juda ta’sir ko‘rsatdi.
Kant   gipotezasi   quyidagidan  iborat.  Olam   butun  dunyo   fazosining   to‘ldirib
turgan to‘zonsimon birinchi materiyadan vujudga kelgan. Materiya zarralari bir xil
bo‘lmagan,   zichligi   va   o‘zaro   tortilishi   kuchlari   har   xil,   tartibsiz   holatda   bo‘lgan.
Kant bu tartibsizlikda zarrachalarning qandayligi haqida gapirmasa ham, u bularni
qattiq   deb   tushungan.   Bu   tartibsizlikdagi   bo‘laklar   boshida   harakatsiz   bo‘lgan
bo‘lsa   ham,   keyinchalik   zich   va   yirik   zarralar   o‘zlarida   kichik   va   siyrak   bo‘lgan
bo‘laklarni   tortgan   va   butun   dunyo   tortishish   kuchi   qonuniga   muvofiq   ular
harakatga kelgan. O‘zaro harakat qiluvchi xilma-xil yulduz zichliklari hosil bo‘lib,
ular   o‘zaro   harakatda   davom   qilib   kattaroq   zichliklar   (quyuqliklar)   kichiklarini
o‘ziga   tortgan.   SHunday   qilib,   birinchi   tartibsiz   holdagi   zarrachalar   alohida   yirik
zichliklar, ya’ni o‘z planetalari bilan alohida ajralib turgan yulduzlar hosil bo‘lgan.
Har   qaysi   markaz   o‘z   ta’siri   ostida   bo‘lgan   barcha   materiyani   asta-sekin   torta
boshlaydi.
SHunday   qilib,   olamning   Quyosh   sistemamiz   bo‘lgan   qismida
aylanmaydigan   bitta   yirik   shar   hosil   bo‘lishi   kerak   edi.   Ammo   tortish   kuchidan
boshqa,   itarish   kuchi   mavjud   bo‘lganligi   tufayli   to‘qnash   kelgan   ikki   zarra   bir-
birini   itarib   uloqtirib   yuborishi   mumkin.   To‘qnash   kelgan   zarralar   yonma-yon
urilishi   mumkin,   binobarin   har   bir   zarraning   harakat   yo‘nalishi   har   xil   bo‘lishi
mumkin. Bu harakat natijasida bir xil yo‘nalishni olgan ko‘pgina zarrachalar ko‘p
miqdorda   materiya   tortadi   v a   quyuq   materiyaning   butun   massasi   shu   yo‘nalishda
aylana boshlaydi. Birinchi materiyada aylanish ana shunday paydo bo‘lgan.
Aylanayotgan   massa   sharga   o‘xshab   qolmaydi.   Uning   zarrachalari,
aylanayotgan har qanday jism zarralaridek, asosan bir ekvatorial tekislikka yig‘ilib,
markaziy   jism,   ya’ni   Quyosh   hosil   bo‘ladi.   Undan   keyin   Quyosh   ekvatori
tekisligida   tumanlikning   qattiq   zarrachalaridek   Quyosh   yo‘nalishida   aylanuvchi
zichliklar   vujudga   keladi.   Quyoshdan   iborat   markaziy   zichlik   meteorlarning
uzluksiz oqimi markazida qoladi. Bu oqimda o‘zaro tortilishi markazlari, bo‘lajak
planetalarning   kurtaklari   vujudga   keladi.   SHunday   qilib,   meteorlarning   cheksiz oqimi   sekin-asta   geliotsentrik   planetalar   sistemasiga   aylana   boradi.   Kant   Quyosh
sistemasini o‘rganish bilan cheklanib qolmay butun olamni muhokama qilgan.
Kant   nazariyasi   ko‘p   vaqtlar   davomida   tan   olinmadi.   1797   yilda   fransuz
olimi   Laplas   Quyosh   sistemasi   va   o‘zgacha   olamlarni   kelib   chiqishi   haqidagi
gipoteza   yaratdi.   Laplasga   Kant   gipotezasi   butunlay   no’malum   bo‘lgani   holda,   u
o‘z   gipotezasini   mutlaqo   mustaqil   vujudga   keltirdi.   Laplas   gipotezasiga   ko‘ra,
Quyoshda;   planetalar   va   yo‘ldoshlardagi   materiya   no’malum   sabablarga   ko‘ra
siyrak   issiq   massa   yoki   tumanlikdan   iborat   bo‘lgan.   Bu   aylanayotgan   tumanga
o‘xshash   massa   markazi   zarrachalarining   o‘zaro   tortishish   kuchiga   muvofiq
quyuqlasha   boshlagan.   Quyosh   sistemasi   shu   davrdan   paydo   bo‘la   boshlagan,
chunki   bu   boshlang‘ich   Quyosh   edi.   Boshida   u   bizga   ma’lum   bo‘lgan   eng   uzoq
plane talar   orbitasidan   ham   uzoqlarga   tarqalgan   o‘tdek   qizigan   gazga   o‘xshash
tumanlik,   o‘ziga   xos   atmosfera   bilan   o‘ralgan   bo‘ladi.   Laplas   fikricha,   Quyosh
sistemasi   ichidagi   kometalar   (dumli   yulduzlar)   Quyosh   sistemasiga   boshqa
tomondan   kelgan   jismlardan ,   kometalar   butun   olamda   tarqalgan   dastlabki   tuman
jismlarning   quyuqlashgan   bo‘laklaridir.   Kometalar   Quyosh   sistemasiga   chetdan
kirganliklari   tufayli,  Quyoshning   o‘zi   bilangina   emas   balki   Quyosh   sistemasidagi
planetalar   ham   o‘zaro   aloqadordir.   SHuning   uchun,   kometalarning   harakat   yo‘li
ba’zan   cho‘zilgan   berk   elliptik   orbitaga   aylanib   qolgan.   SHunday   qilib,   ba’zi   bir
kometalar   ma’lum   bir   vaqtda   qaytib   keladi.   O‘zgalari   esa,   Quyosh   sistemasi
orasidan o‘tib, undan butunlay chiqib ketadi.
Kant   gipotezasidan   Laplas   gipotezasining   farqi   shundan   iborat   bo‘ldiki,   u
birdaniga keng tarqalib ketdi va XIX asr astronomiyasining taraqqiy qilishiga katta
ta’sir ko‘rsatdi. Laplas gipotezasi quyidagilarga javob beradi:
1. Nima uchun hamma planetalar Quyosh atrofida bir tomonga qa rab, ya’ni
Quyoshning   o‘zi   o‘qi   atrofida   qilayotgan   aylanma   harakatiga   mos   yo‘nalishda
harakat qiladi;
2. Nima uchun planetalarning orbitalari deyarli bir tekislikda joylashgan va
shakli   aylanaga   o‘xshaydi,   aylanadan   farqi   o‘z   ellipsining   bir   oz
ekssentrisitetligidir; 3. Nima uchun planetalar o‘z o‘qi atrofida Quyosh aylanayotgan yo‘nalishda
aylanadi;
4.   Nima   uchun   planetalarning   yo‘ldoshlari   aylanganlarida   o‘z   o‘qlari
atrofida Quyosh aylanishi yo‘nalishida harakat qiladi;
5.   Nima   uchun   planetalarning   o‘z   o‘qi   atrofida   aylanishiga   ketgan   vaqti,
yo‘ldoshlarning   o‘z   atrofida   aylanishi   uchun   ketgan   vaqtdan   oz.   Quyoshning
aylanish   vaqti   esa   Merkuriyning   aylanishi   vaqtidan   kam.   Laplas   gipotezasining
paydo   bo‘lishi   Kant   gipotezasining   ham   esga   olishga   sababchi   bo‘ldi.   Kant   va
Laplas   gipotezalari   tuzilishi   jihatidan   bir-biriga   juda   yaqin   bo‘lganligidan   hozirgi
vaqtda ular ni birga qo‘yib “Kant-Laplas gipotezasi” deb yuritiladi.
Koinot   va   Quyosh   sistemasini   keyingi   o‘rganishlar   Kant   va   Laplas
nazariyasiga   teskari   bo‘lgan   qator   dalillarni   ko‘rsatdi.   Bunday   ziddiyatlar
birmuncha   ko‘p   va   ulardan   ba’zilari   juda   muhimdir.   SHunday   qilib,   ba’zi
planetalarning   yo‘ldoshlari,   planetalarning   aylanishi   yo‘nalishidan   butunlay
boshqa   teskari   yo‘nalishda   aylanishi   ma’lum   bo‘lgan   (Uran   va   Yupiter
yo‘ldoshlari). Bu sabablar boshqa bir kancha gipotezalarning paydo bo‘lishiga olib
keladi.   Bir   vaqtlar   geologlarning   diqqatini   yuqorida   aytib   o‘tilgan   planetezimol
gipoteza jalb qilgan. Geolog CHemberlen Quyosh sistemasi, ikki osmon yoritkichi
harakati   natijasida   vujudga   kelgan   spiralsimon   tumanlikdan   hosil   bo‘lgan   deb
taxmin qiladi. Bu gipotezani astronom Multon matematik yo‘l bilan ishlab chiqqan
va   u   ikki   tadqiqotchi   nomi   bilan   mashhur   bo‘lgan,   bu   gipoteza   1905   yilda   nashr
qilingan.   CHemberlen   va   Multon   fikriga   muvofiq,   spiralsimon   tumanlik   fazoda
kezib   yurgan   ikki   yulduzning   yaqinlashishi   natijasida   paydo   bo‘ldi.   Agar   bu
yaqinlashishi   "kritik   chegaradan"   oshib   ketsa   tortishish   kuchi   shunchalik   ko‘p
bo‘ladi ki,   natijada   ikkila   yulduz   ham   parchalanib   ketishi   mumkin.   Bunday   kritik
chegarani   massalari   har   xil   bo‘lgan   yulduzlar   uchun   oldindan   hisoblab   qo‘yish
mumkin.   Kattaligi   Quyosh   bilan   barobar   bo‘lgan   yulduzlar   uchun   kritik   oraliq
Quyosh radiusining 2,25 tasiga teng. YUlduzlar qancha yirik bo‘lsa ularning kritik
oraliqlari   ham   shunchalik   katta   bo‘ladi.   Ikki   yulduzning   vaqtincha
yaqinlashishining   natijasi   bo‘lgan   spiralsimon   tumanliklar   bizning   Somon   yo‘li doirasi   uchrashi   kerak   edi.   YAqinlashayotgan   Quyoshlardan   nurlanishga   o‘xshab
otilib   chiqayotgan   oqimlardan   planetalarning   massalari   vujudga   keladi.
CHemberlen   bilan   Multonlarning   Laplas   va   Kantdan   farqi   shundaki,   ular   Er
boshlanishida   qizigan   gazsimon   holda   bo‘lmagan   va   uning   massasi   hozirgiga
nisbatan   birmuncha   kichik   bo‘lgan.   Erning   massasi   uncha   uzluksiz   meteoritlar
tushishi   bilan   sekin-asta   o‘sa   borgan,   meteoritlarning   qo‘shilib   zichlashishi
natijasida   esa   uning   ichki   temperaturasi   osha   borgan,   harakat   energiyasi   issiqlik
energiyasiga   o‘tgan,   shunday   qilib,   Erning   ichki   qismlari   erigan   qaynoq   holatga
o‘tgan bo‘lishi mumkin.
20-asrning   30-yillarida   ingliz   Djins   tomonidan   taqdim   etil gan   gipotezaga
ko‘ra, tumanlikning spiral shaklida bo‘lishi uning o‘ziga o‘xshash o‘zga tumanlik
ta’siri natijasidir.
So‘nggi   yillarda   Rus   olimi   O.YU.   SHmidt   tomonidan   yangi   kosmogonik
gipoteza   taklif   etildi.   Hamma   eski   kosmogonik   nazariyalar   vaqtincha
muvaffaqiyatga   ega   bo‘lgan.   SHmidt   fikricha,   buning   sababi   ular   ro‘y   berishi
mumkin   bo‘lgan   narsaning   faqatgina   suratini   chizib   berishdan   iborat   bo‘lgan.
xozirgi   zamon   kosmogoniyasi   miqdoriy   analizlarni   keng   tatbiq   qilishi   kerak.
Buning   uchun   formula   va   sonlardan   iborat   bo‘lgan   matematik   asoslar   bilan
cheklanib qolmay, koinotda bo‘ladigan ko‘pdan-ko‘p hodisalarni  statik usul  bilan
tekshirib   borish   zarur.   Buning   ma’nosi   shuki,   tekshiruvchi   faqatgina   Quyosh
sistemasini   yoki   Quyosh   sistemasini   vujudga   keltirishi   mumkin   bo‘lgan
tumanliknigina   emas,   balki,   butun   Galaktikani   (Somon   yo‘lini)   ko‘z   oldiga
keltirishi kerak. Nihoyat shuni nazarda tutish kerakki Quyosh sistemasi va Erning
katta   bo‘lishi   va   rivojlanishi   xech   qanday   “ qadimiy   xalokatlar ”   bo‘lmay,   hozirgi
vaqtda ham davom qilayotgan uzoq muddatli potsess deb muhokama qilgandagina
kosmogoniya   muvaffaqiyatga   erishishi   mumkin.   Boshqa   so‘z   bilan   aytganda,
kosmogoniya   bilan   Erning   kelajakdagi   tarixi   va   hozirgi   holati   bilan   mashg‘ul
bo‘lgan   fanlar   -   geologiya,   geofizika,   geografiya   o‘rtasidagi   uzilishni   butunlay
yo‘qotish kerak. SHmidt shu umumiy qoidalarga amal qilib, 100 milliardlarcha yulduzlardan
iborat   bo‘lgan   Somon   yo‘li   sistemasi   planetalar   kabi   Galaktika   markazi   atrofida
elliptik orbita bo‘ylab harakat  qiladi, ba’zan o‘zaro jarayoni  natijasida birmuncha
siqiladi   degan   xulosaga   kelgan.   Meteor   tuzoni   bulutlarni   planetalar   hosil   bo‘lishi
uchun  material   bersa,   Quyoshning   Galaktika  ichida   harakat   qilib   yurishi   unga   bu
materialni   ushlab   qolishga   imkon   tug‘diradi.   SHmidt   fikriga   ko‘ra   tutib   olingan
meteoritlar Quyosh atrofida gala hosil qilib, bular dan har biri Quyosh atrofida o‘z
orbitasida, Quyosh bilan birga esa Galaktika ichida harakat qiladi. Biri ikkinchisiga
qo‘shilib,   ular   sekin-asta   planetalar   hosil   qiladi.  Bular   ikki   yulduz   juft   bo‘lib   biri
ikkinchisi atrofida aylangani kabi, Quyosh atrofida elliptik orbita bo‘ylab aylanadi.
SHunday qilib, SHmidt xuddi Quyosh sistemasi  kabi sistemaning kelib chiqishini
qo‘sh yulduzlar nazariyasiga o‘xshash nazariya bilan tushuntiradi. Farqi shundaki,
meteoritlar juda ko‘p va ularning bir-biriga ta’siri perovart natijada butun sistemani
o‘zgartirib   yubordi.   SHmidt   fikricha   uning   nazariyasida   ekliptika   tekisligining
Galaktika  tekisligiga  nisbatan   tutgan holatini   aniqlash  mumkin.  Eski  kosmogonik
nazariyalar   bu   masalalar   bilan   butunlay   shug‘ullanmagan.   Xuddu   shuningdek,
kometalar   orbitasi   tekisligining   holati   bilan   ham   shug‘ullanmaganlar.   SHmidt
nazariyasiga   ko‘ra,   kome talar   qandaydir   meteoridlar   galasi   qoldig‘idir,   shu   bilan
birga   yakka   meteoritlardan   iborat   bo‘lgan   har   qaysi   kometa   ular   harakati   egri
chizig‘ining o‘rtasi bo‘ylab harakat qiladi. Meteoritlar har xil yo‘nalishda chizilgan
ellipalar   bo‘ylab   harakat   qiladi,   moddalarning   to‘planishidagi   va   planetalar   hosil
bo‘lishdagi   o‘rtacha   harakatlar   chizig‘idan   aylanib   kelib   chiqadi.   Darhaqiqat,
meteoritlarning   elleptik   yo‘nalishlar   orbitalarining   biri   ikkinchisidan   xech   vaqt
ortiq bo‘lmaydi.
SHu   bilan   birga   SHmidt   meteoritlarning   sekin-asta   birlashishi   natijasida
albatta ikkita planetalar gruppasi hosil bo‘lishi kerak deb aniqladi: Quyoshga yaqin
va kichikroq (Merkuriydan Marsgacha) va Quyoshdan uzoq va katta (YUpiterdan
boshlab) planetalar.
V.G.   Fesunkov   nazariyasiga   asosan   Quyosh   va   sayyoralar   bir   vaqtda
zichlashgan   gaz-chang   zarralar   yig‘indisidan   paydo   bo‘lganlar.   Tumanlik   ekvator yuzasiga   yig‘ila   boshlagan   keyinchalik   tezlik   katta   bo‘lganligidan,   tumanlikning
bir   qismi   markaziy   tumanlikka   qo‘shila   olmagan,   tumanlik   ekvatordan   uzoqlasha
boshlagan   va   ulardan   Quyosh   turkumining   sayyoralari   paydo   bo‘lgan.   Dastlabki
Quyoshning hajmi hozirgisidan 8-10 marotaba katta bo‘lgan.
V.G.   Fesunkov   fikriga   ko‘ra   dastlab   Quyosh   paydo   bo‘lgan.   Undan   so‘ng
eng   uzoq   sayyora   Pluton   vujudga   kelgan.   Plutonni   hosil   bo‘lishida   masofaning
uzoqligidan   Quyoshning   parchalovchi   kuchi   ta’sir   eta   olmagan.   Plutondan   so‘ng
Neptun   hosil   bo‘lgan.   U   shunday   masofada   bo‘lganki,   unga   Quyoshning   ham,
hosil   bo‘lgan   Plutonning   ham   ta’siri   bo‘lmagan.   Ta’sir   kuchi   nazariyasidan   kelib
chiqgan   holda,   hamda   muxitni   zichligidan   kelib   chiqgan   holda   V.G.   Fesunkov
sayyoralar   o‘rtasida   masofa   qonuniyatini   yaratdi   va   ularni   mustaxkamlik
matematik   modeleni   ishlab   chiqdi.   Uning   fikrcha   Quyoshdan   uzoq   bo‘lgan
sayyoralar o‘zining dastlabki  tarkibini saqlab qolgan. Bu hodisani V.G. Fesunkov
past   harorat   natijasida   vodorodga   o‘xshash   engil   gaz   ham   sayyoralarning   qattiq
qismiga   aylangan   deb   hisoblaydi.   Quyoshga   yaqin   sayyoralar   qaynoq   Quyosh
ta’sirida o‘zining dastlabki tarkibini tubdan o‘zgartirib ketgan.
Quyosh   sistemasi .   Olam   bepoyon,   doimiy   bor,   materiyaning   xilma-xil
shakllaridan   iborat.   Olamni   tashkil   etgan   materiyaning   eng   ko‘p   qismi   yulduzlar,
planetalar,   ularning   yo‘ldoshlari   va   kometalar   (dumli   yulduzlar)   da   to‘plangan.
Olam sistemali tuzilishga ega.
Olamdagi   eng   oddiy   sistema   –   planeta   bilan   uning   yo‘ldoshi   sistemasi.   Har
bir   sistema   yanada   yirikroq   sistemaning   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Masalan,   Er,
Oy   sistemasi   Quyosh   sistemasini,   hamma   quyoshlar   sistemasi   esa   gallaktikani
hosil qiladi. Galaktikalar galaktika sistemasi – metagalaktika tarkibiga kiradi.
Bizning Quyosh sistemamiz sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari, asteroidlar,
kometalar,   meteoritlar,   kosmik   chang   va   gazlar   iborat   bo‘lib,   uning   markazida
Quyosh   joylashgan.   Quyosh   sistemasining   shakllanishi   haqida   etarlicha
ma’lumotlar   mavjud   bo‘lib,   ko‘pchilik   tomonidan   qabul   qilingan   nazariyaga
ko‘ra,   birlamchi   koinotdagi   gazlar   va   jismlarning   o‘zaro   bir-biriga   jipslashishi natijasida sayyoralar va Quyosh vujudga kelgan. Quyoshning shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatgan asosiy omil u to‘plangan joydagi massaning termoyadraviy reaktsiyani
amalga   oshirilishiga   etarli   bo‘lganligi   hisoblanadi.   Er   va   Oydagi   eng   qadimgi
tog‘   jinslarining  har  xil  usullar   yordamida  aniqlangan mutlaq  yoshi   4,6 mlrd  yil
ekanligi aniqlangan 1
.
Quyoshning   diematri   –   1391000   km.   Quyosh   sistemasining   salkam   99   foiz
massasi   Quyoshda   to‘plangan.   Quyosh   yakka   yulduz   bo‘lganligidan   sayyoralar
salgina   ellips   shaklidagi   orbita   bo‘ylab   harakat   qiladi.   SHuning   uchun   ham
sayyoralarning issiqlik rejimi ancha barqarordir. 
Quyosh  koinotdagi erga eng yaqin bo’lgan yulduzdir. U sariq mitti yulduzlar
safiga kiradi. Quyosh 70 foiz vodoroddan va 27 foiz geliydan iborat, o‘ta qizigan,
yorug‘lik   tarqatib   turadigan   gazsimon   shardir.   Quyoshning   zichligi   Enikidan   4
marotaba kichik. Uning markazida bosim 300 mlrd. atmosferaga, harorat esa 10-15
mln.   darajaga   etadi.   Quyoshning   markazidagi   yuqori   bosim   va   harorat   yadro
reaksiualarini hosil bo‘lishiga imkon beradi. Bunda vodorod geliyga aylanadi.
Quyosh   o‘zidan   ko‘p   miqdorda   materiya   va   energiya-yorug‘lik,   issiqlik   va
elektron to‘lqinlarini tarqatib turadi. 
Osmon   jismlari.   Quyosh   sistemasiga   Quyoshdan   tashqari   8   ta   sayyora,
ularning   yo‘ldoshlari,   asteroidlar,   kometalar,   meteor   jismlar   kiradi.   Syyoralar
Quyoshga   nisbatan   quyidagi   tartibda   joylashgan.   1-Merkuriy   (Utorid),   2-Venera
(Zuhro), 3-yor, 4-Mars (Mirrix), 5-YUpiter (Zuhal), 6-Saturn (Mushtariy), 7-Uran,
8-Neptun, 9-Pluton (3.1-rasm).
Mars   bilan   YUpiter   orbitalari   orasida   asteroidlar   mintaqasi   bor.   Asteropdlar
Quyosh   atrofida   sayyoralar   aylanadigan   tomonga   harakat   qiluvchi,   ma’lum   bir
shaklga   ega   bo‘lmagan,   qirrali,   qattiq   jismlardir.   Asteroidlar   orbitalarining
ekstsentriteti   0,15   ga   teng,   ya’ni   orbitalari   cho‘ziqroq.   Eng   kattalari   Serera
(diametri 788), Pallada (489 km), Vesta (385 km), YUnona (193 km). 50 mingdan
ortiq asteroid borligi ma’lum. Ular  massasi  Er massasining 1/1000 ulushiga teng,
Quyosh   atrofini   bir   yildan   14   yilgacha   vaqt   davomida   aylanib   chiqishadi.   Ba’zi
1
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  3-bet. asteroidlarning   orbitalari   ancha   elips   bo‘lib,   Er   orbitasi   ichiga   ham   kiradi.   Ular
appolon tipidagi asteroidlar deyiladi.
Kometalar   (dumli   yulduzlar)ning   yorqin   ko‘rinib   turadigan   boshi   va   tobora
xiralashib   boruvchi   bitta   yoki   bir   necha   dumi   bo‘ladi.   Boshining   o‘rta   qismida
qattiq   jismdan,   ba’zan   muz   parchasidan   iborat   yadrosi   bo‘lib,   uning   diametri   bir
necha km ga etadi. Qolgan qismi siyrak gaz va kosmik zarralardan iborat bo‘ladi.
Dumining   uzunligi   100   mln.lab   km   ga   etishi   mumkin.   Kometalarning   orbitalari
juda cho‘zinchoq ellips shaklida bo‘lib, ba’zan parabolaga aylanib ketishi mumkin.
Quyosh  atrofida  3 yildan  minglab  yilgacha  davr  mobaynida  aylanib  chiqadi. Eng
yaxshi o‘rganilgan galley kometasi har 72 yilda keladi.
Meteorlar   turli   og‘irlikdagi   va   turli   kattalikdagi   tosh   yoki   temir   jismlar.
Kattaligi   mm.   ning   ulushidan   bir   necha   metrgacha,   og‘irligi   milligrammdan   bir
necha   tonnagacha   boradi.   Ular   tarkibida   Erda   uchraydigan   jinslar,   minerallar
bo‘ladi.   Ba’zan   yangi   minerallar   ham   uchraydi.   Ular   biror   sayyoraning   yoki
asteroidlarning parchalanishidan paydo bo‘lgan.  Ba’zan meteor jismlar katta tezlik
bilan   Er   atmosferasiga   kirib   havo   bilan   ishqalanib   yonib   ketadi.     Er   yuzasidagi
meteor jismlar meteoritlar deyiladi 2
. 
Oy .   Erga   eng   yaqin   osmon   jismi   O y   b o‘ lib,   u   pla ne tamizning   tabiiy
y o‘ ldoshidir.  Oyning Er atrofidagi orbitasi, barcha planetalarning Quyosh atrofida
aylanish   orbitasi   kabi   ellips   (cho‘zinchoq   aylana)   dir.   SHu   tufayli   Oyning   Erdan
uzoqligi bir oz o‘zgarib turadi. Erga eng yaqin kelganda (orbitasining   perigeyida)
363400 kilometr, eng  uzoqlashganda  (apogeyda)   esa  405400 kilometrli  masofada
bo‘ladi. Oyning diametri 3476 kilometr bo‘lib, uning hajmi er hajmining 100 dan
ikki   qismini   tashkil   qiladi.   Oy   sirtida   tortish   kuchi   Erdagidan   6   marta   kam.   Oy
osmonda g‘arbdan sharqqa tomon aylanib, 27 kunu 8 soatda  er  atrofini  bir  marta
aylanib chiqadi. Oy o‘ z o‘q i atrofida ham xuddi shuncha   vaqtda bir marta aylanib
chiqadi.  SHuning  uchun ham u  bizga  (ya’ni erga) doimo bir tomoni  bilan  ko‘ rinadi.
Oy o‘zidan nur chiqarmaydi, Quyosh dan o‘ziga tushayotgan  nurlarni qaytaradi.
2
Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials of Physical Geography.2007 .  Thomson Brooks/Cole, a part of The 
Thomson Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein under license.  69-bet. Oy sirtining yarmi Quyosh bilan  yoritilgan bo‘ladi.  Biroq Erdan qaraganda 
doimo  oyning Quyosh bilan yoritilgan yarim sferasininghammasini ko‘rishning 
iloji bo‘lmaydi.  Oyning Quyosh va Erga nisbatan turishiga ko‘ra, uning Quyosh 
bilan yoritilgan yuzasidan ko‘proq yo ki kamrog‘ini ko‘rish mumkin. Agar oy 
Quyoshni ro‘parasiga (Erga nisbatan)  o‘tsa  “yangioy”, Quyoshga qarama - qarshi 
(Erga nisbatan) tomonga o‘tsa “tulinoy”  bo‘lib kuzatiladi.  Oyda atmosfera deyarli 
y o‘ q. Oyning massasi Erning massasidan 80 marta  kichikdir.
3.3. Yer-Quyosh sistemasidagi sayyora.
Yer –  Quyosh sistemasidagi sayyora.Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 149,6 mln.
km.   (3.2-rasm).   Quyoshdan   Yergacha   yorug‘lik   8   minut   20   soniyada   etib   keladi.
Orbita  bo‘ylab  harakat  tezligi  29,79  km/sek.   O‘z   o‘qi  atrofida  23  soat,  56  minut,
4,09 sekundda aylanib chiqadi.  Quyosh atrofida 365,242 sutkada aylanib chiqadi.
-rasm. Erning Quyosh atrofida qishiq elliptik orbita bo‘ylab ko‘rinishi
Er o‘qi ekliptika tekislgiga 660 311 2211 og‘gan.Ekvatorial radiusi  6,378 km.
Maydoni   510   mln.   km2.   O‘rtacha   zichligi   5,515   g/sm3.   Massasi   5.976   x   1021
tonna.   Erning   Quyosh   sistemasida   joylashgan   o‘rni   uning   tabiatiga   quyidagicha
ta’sir ko‘rsatadi:
1.   Sayyoralar   sistemasining   deyarli   o‘rta   qismida   bir   yulduzdan   iborat
quyoshning   bo‘lishi   sababli   sayyoralarning   orbital   va   o‘z   o‘qi   atrofidagi   harakati
bir tekis.  SHu sababli tabiiy jarayonlar ritmik va hayot uchun qulay sharoit bor.
2. Er Quyoshga yaqin bo‘lganligidan u og‘ir elementlardan tashkil topgan, bu
uning zich bo‘lishini ta’min etadi. 3.   Etarli   miqdorda   zich,   og‘ir   bo‘lganligidan   suv   hosil   bo‘lishi   uchun   zarur
vodorodni o‘zida ushlab qolgan.
4.   Er   Quyoshdan   shunday   masofada   joylashganki,   qalqish   qarshiligi   katta
bo‘lmay, Er o‘z o‘qi atrofida ancha tez aylanadi.
5.   Quyoshdan   uzoqlik   masofasi   atmosferaning   harorat   sharoiti   hayot   uchun
qulay bo‘lishiga olib kelgan.
6. Yer yuzasi tabiatiga Oy ma’lum darajada ta’sir qiladi: qalqish to‘lqinlarini
hosil   qiladi.   Qalqish   to‘lqinlari   Erning   o‘z   o‘qi   atrofida   aylanish   tezligini
kamaytiradi, bu esa er po‘sti harakatida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Asosiy adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук К.И., Боков В.А. Черванов И.Г. Общее землеведение. -М.: Высшая
школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World   Regional   Geography   (This   text   was   adapted   by   The   Saylor   Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0   License
without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or   licensee).
www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   Geography.   
2010.
10. Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael  Trapasso. Essentials of Physical
Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein
under license.

KOINOT. QUYOSH SISTEMASI VA YER Reja: 1. Koinot va Quyosh sistemasi. 2. Quyosh sistemasining tuzilishi 3. Osmon jismlari. 4. Y er-Quyosh sistemasidagi sayyora.

Quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi masala insoniyatni hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Eramizdan ikki-uch yuz yil ilgari qadimgi greklarda bu masala yuzasidan bir-biriga butunlay o‘xshamaydigan ikkita fikr bor edi. Bu fikrga ko‘ra, Quyosh sistemasi geotsentrik ravishda tuzilgan, ya’ni olamning o‘rtasida Er joylashgan bo‘lib, qolgan hamma planetalar, Quyoshning o‘zi va boshqa yulduzlar ham er atrofida aylanadi. Ikkinchi fikr geliotsentrizm deb aytilganki, bu fikrga ko‘ra olam markazida Quyosh turadi. YAxudiylar olamning tuzilishi haqidagi diniy nuqtai nazarda geotsentrik gipotezani qabul qilganlar; xuddi shu gipoteza xristianlarda ham qonunlashtirilgan. Quyosh sistemasi paydo bo‘lishining uch bosqichi Faqat XV asr oxirida polyak astronomi Nikolay Kopernik geliotsentrik gipotezani matematik ravishda asosladi, ammo bundan keyin ham u ko‘p vaqtga tarqala olmadi. Italyan Jordano Bruno Kopernik ishini davom ettirdi. U geliotsentrik fikrlarni proza va poeziya yo‘li bilan tasvirlab taraqqiy qildirdi va hatto olamning umumiy suratini xuddi hozirgi vaqtda solinadigan suratga o‘xshatib chizdi. Kopernik ishini davom qildirgan ikkinchi kishi - Galileo Galiley inkvizatsiya ta’qibi ostida o‘z fikrlaridan qaytishga majbur bo‘ldi va o‘z umrining so‘nggi yillarini bir qismini inkvizatsiya ta’qibi ostida, yana bir qismini esa qamoqda o‘tkazdi. Keyinchalik Kepler , Nyuton va Gershel geliotsentrizm ideyasini keng tarqatdilar. Quyosh sistemasining kelib chiqishini tushuntirish uchun har xil fikrlar (gipotezalar) aytib o‘tildi. Dastlabki gipotezalardan biri 1775 yilda Emmanuel

Kant tomonidan aytilgan. Bu gipoteza o‘ziga unchalik e’tibor jalb qilmagan bo‘lsa ham, keyinchalik tekshirishlarga juda ta’sir ko‘rsatdi. Kant gipotezasi quyidagidan iborat. Olam butun dunyo fazosining to‘ldirib turgan to‘zonsimon birinchi materiyadan vujudga kelgan. Materiya zarralari bir xil bo‘lmagan, zichligi va o‘zaro tortilishi kuchlari har xil, tartibsiz holatda bo‘lgan. Kant bu tartibsizlikda zarrachalarning qandayligi haqida gapirmasa ham, u bularni qattiq deb tushungan. Bu tartibsizlikdagi bo‘laklar boshida harakatsiz bo‘lgan bo‘lsa ham, keyinchalik zich va yirik zarralar o‘zlarida kichik va siyrak bo‘lgan bo‘laklarni tortgan va butun dunyo tortishish kuchi qonuniga muvofiq ular harakatga kelgan. O‘zaro harakat qiluvchi xilma-xil yulduz zichliklari hosil bo‘lib, ular o‘zaro harakatda davom qilib kattaroq zichliklar (quyuqliklar) kichiklarini o‘ziga tortgan. SHunday qilib, birinchi tartibsiz holdagi zarrachalar alohida yirik zichliklar, ya’ni o‘z planetalari bilan alohida ajralib turgan yulduzlar hosil bo‘lgan. Har qaysi markaz o‘z ta’siri ostida bo‘lgan barcha materiyani asta-sekin torta boshlaydi. SHunday qilib, olamning Quyosh sistemamiz bo‘lgan qismida aylanmaydigan bitta yirik shar hosil bo‘lishi kerak edi. Ammo tortish kuchidan boshqa, itarish kuchi mavjud bo‘lganligi tufayli to‘qnash kelgan ikki zarra bir- birini itarib uloqtirib yuborishi mumkin. To‘qnash kelgan zarralar yonma-yon urilishi mumkin, binobarin har bir zarraning harakat yo‘nalishi har xil bo‘lishi mumkin. Bu harakat natijasida bir xil yo‘nalishni olgan ko‘pgina zarrachalar ko‘p miqdorda materiya tortadi v a quyuq materiyaning butun massasi shu yo‘nalishda aylana boshlaydi. Birinchi materiyada aylanish ana shunday paydo bo‘lgan. Aylanayotgan massa sharga o‘xshab qolmaydi. Uning zarrachalari, aylanayotgan har qanday jism zarralaridek, asosan bir ekvatorial tekislikka yig‘ilib, markaziy jism, ya’ni Quyosh hosil bo‘ladi. Undan keyin Quyosh ekvatori tekisligida tumanlikning qattiq zarrachalaridek Quyosh yo‘nalishida aylanuvchi zichliklar vujudga keladi. Quyoshdan iborat markaziy zichlik meteorlarning uzluksiz oqimi markazida qoladi. Bu oqimda o‘zaro tortilishi markazlari, bo‘lajak planetalarning kurtaklari vujudga keladi. SHunday qilib, meteorlarning cheksiz

oqimi sekin-asta geliotsentrik planetalar sistemasiga aylana boradi. Kant Quyosh sistemasini o‘rganish bilan cheklanib qolmay butun olamni muhokama qilgan. Kant nazariyasi ko‘p vaqtlar davomida tan olinmadi. 1797 yilda fransuz olimi Laplas Quyosh sistemasi va o‘zgacha olamlarni kelib chiqishi haqidagi gipoteza yaratdi. Laplasga Kant gipotezasi butunlay no’malum bo‘lgani holda, u o‘z gipotezasini mutlaqo mustaqil vujudga keltirdi. Laplas gipotezasiga ko‘ra, Quyoshda; planetalar va yo‘ldoshlardagi materiya no’malum sabablarga ko‘ra siyrak issiq massa yoki tumanlikdan iborat bo‘lgan. Bu aylanayotgan tumanga o‘xshash massa markazi zarrachalarining o‘zaro tortishish kuchiga muvofiq quyuqlasha boshlagan. Quyosh sistemasi shu davrdan paydo bo‘la boshlagan, chunki bu boshlang‘ich Quyosh edi. Boshida u bizga ma’lum bo‘lgan eng uzoq plane talar orbitasidan ham uzoqlarga tarqalgan o‘tdek qizigan gazga o‘xshash tumanlik, o‘ziga xos atmosfera bilan o‘ralgan bo‘ladi. Laplas fikricha, Quyosh sistemasi ichidagi kometalar (dumli yulduzlar) Quyosh sistemasiga boshqa tomondan kelgan jismlardan , kometalar butun olamda tarqalgan dastlabki tuman jismlarning quyuqlashgan bo‘laklaridir. Kometalar Quyosh sistemasiga chetdan kirganliklari tufayli, Quyoshning o‘zi bilangina emas balki Quyosh sistemasidagi planetalar ham o‘zaro aloqadordir. SHuning uchun, kometalarning harakat yo‘li ba’zan cho‘zilgan berk elliptik orbitaga aylanib qolgan. SHunday qilib, ba’zi bir kometalar ma’lum bir vaqtda qaytib keladi. O‘zgalari esa, Quyosh sistemasi orasidan o‘tib, undan butunlay chiqib ketadi. Kant gipotezasidan Laplas gipotezasining farqi shundan iborat bo‘ldiki, u birdaniga keng tarqalib ketdi va XIX asr astronomiyasining taraqqiy qilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Laplas gipotezasi quyidagilarga javob beradi: 1. Nima uchun hamma planetalar Quyosh atrofida bir tomonga qa rab, ya’ni Quyoshning o‘zi o‘qi atrofida qilayotgan aylanma harakatiga mos yo‘nalishda harakat qiladi; 2. Nima uchun planetalarning orbitalari deyarli bir tekislikda joylashgan va shakli aylanaga o‘xshaydi, aylanadan farqi o‘z ellipsining bir oz ekssentrisitetligidir;

3. Nima uchun planetalar o‘z o‘qi atrofida Quyosh aylanayotgan yo‘nalishda aylanadi; 4. Nima uchun planetalarning yo‘ldoshlari aylanganlarida o‘z o‘qlari atrofida Quyosh aylanishi yo‘nalishida harakat qiladi; 5. Nima uchun planetalarning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga ketgan vaqti, yo‘ldoshlarning o‘z atrofida aylanishi uchun ketgan vaqtdan oz. Quyoshning aylanish vaqti esa Merkuriyning aylanishi vaqtidan kam. Laplas gipotezasining paydo bo‘lishi Kant gipotezasining ham esga olishga sababchi bo‘ldi. Kant va Laplas gipotezalari tuzilishi jihatidan bir-biriga juda yaqin bo‘lganligidan hozirgi vaqtda ular ni birga qo‘yib “Kant-Laplas gipotezasi” deb yuritiladi. Koinot va Quyosh sistemasini keyingi o‘rganishlar Kant va Laplas nazariyasiga teskari bo‘lgan qator dalillarni ko‘rsatdi. Bunday ziddiyatlar birmuncha ko‘p va ulardan ba’zilari juda muhimdir. SHunday qilib, ba’zi planetalarning yo‘ldoshlari, planetalarning aylanishi yo‘nalishidan butunlay boshqa teskari yo‘nalishda aylanishi ma’lum bo‘lgan (Uran va Yupiter yo‘ldoshlari). Bu sabablar boshqa bir kancha gipotezalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bir vaqtlar geologlarning diqqatini yuqorida aytib o‘tilgan planetezimol gipoteza jalb qilgan. Geolog CHemberlen Quyosh sistemasi, ikki osmon yoritkichi harakati natijasida vujudga kelgan spiralsimon tumanlikdan hosil bo‘lgan deb taxmin qiladi. Bu gipotezani astronom Multon matematik yo‘l bilan ishlab chiqqan va u ikki tadqiqotchi nomi bilan mashhur bo‘lgan, bu gipoteza 1905 yilda nashr qilingan. CHemberlen va Multon fikriga muvofiq, spiralsimon tumanlik fazoda kezib yurgan ikki yulduzning yaqinlashishi natijasida paydo bo‘ldi. Agar bu yaqinlashishi "kritik chegaradan" oshib ketsa tortishish kuchi shunchalik ko‘p bo‘ladi ki, natijada ikkila yulduz ham parchalanib ketishi mumkin. Bunday kritik chegarani massalari har xil bo‘lgan yulduzlar uchun oldindan hisoblab qo‘yish mumkin. Kattaligi Quyosh bilan barobar bo‘lgan yulduzlar uchun kritik oraliq Quyosh radiusining 2,25 tasiga teng. YUlduzlar qancha yirik bo‘lsa ularning kritik oraliqlari ham shunchalik katta bo‘ladi. Ikki yulduzning vaqtincha yaqinlashishining natijasi bo‘lgan spiralsimon tumanliklar bizning Somon yo‘li