logo

QUYOSH RADIATSIYASINING KELISHI VA YER YUZASIDA TAQSIMLANISHI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.10546875 KB
QUYOSH RADIATSIYASINING KELISHI VA YER YUZASIDA
TAQSIMLANISHI
Reja:
1. Quyosh radiatsiyasi
2. Quyosh radiatsiyasining atmosferadan o‘tishi
3. Yer yuzasining radiatsiyani 1. Quyosh radiatsiyasi
Quyosh   radiatsiyasi   deb   Yerga   tushadigan   butun   quyosh   nuri   va
energiyasiga   aytiladi.   Quyoshda   issiqlik   energiyasi   nur   energiyasiga   o‘tadi;
quyosh   nurlari   Yer   yuzasiga   tushganda   yana   issiqlik   energiyasiga   aylanadi.
Shunday   qilib   Quyosh   radiatsiyasi   ham   yorug‘lik,   ham   issiqlik   keltiradi.
Quyosh radiatsiyasi geografik qobiqning amalda yagona issiqlik manbaidir. 
Quyosh   radiatsiyasi   nur   energiyasi   sifatida   kelib,   atmosferaning   quyi
qatlamlarida   issiqlik   energiyasiga   aylanadi.   Nur   energiyasi   miqdori   Quyosh
bilan   Yer   orasidagi   masofaga   bog‘liq.   Quyosh   energiyasining   Yer   yuzida
taqsimlanishi   nurning   tushish   burchagiga,   Yer   yuzi   relefiga,   Quyoshning
ufqdagi balandligiga bog‘liq.Quyoshdan yerga keladigan radiatsiyaning 48%
ini   yorug‘lik   nuri,   45   %   ini   infraqizil   va   7   %   ini   ultrabinafsha   nur   tashkil
etadi. 
Quyosh radiatsiyasining intensivligi atmosferadan tashqarida aniqlanishi
lozim,   chunki   quyosh   nuri   havo   muhitidan   o‘tganda   ancha   o‘zgaradi   va
zaiflashadi. U quyosh doimiyligida ifodalanadi. Bu miqdor 2,00 kal/sm2/min
ga   teng.   Yilning   yanvar   oyida,   ya’ni   Yer   perigeliyda   bo‘lganda   bu   miqdor
0,07   kal/sm2/min   ga   ortadi,   iyulda,   ya’ni   afeliyda   esa   shuncha   miqdorga
kamayadi.
Quyoshdan   kelayotgan   nurning   70%   i   havo   qobig‘idan   Yer   yuzasiga
o‘tib,   uzun   to‘lqinli   nurga   aylanadi   va   koinotga   qaytadi.   30%   havo   sirtdan
qaytib   ketadi.   Butun   Yer   yuzi   hisobida   olinsa,   issiqlik   balansi   0   ga   teng.
Qancha   radiatsiya   kelsa,   shuncha   qaytib   ketadi.   Yer   yuzasining   ayrim
qismlarini   oladigan   bo‘lsak,   unda   har   xil:   Antarktikada,   Grenlandiyada,
Shimoliy   Muz   okeanining   ko‘p     qismida,   quruqlikdagi   muzliklarda   manfiy,
boshqa   hamma   joylarda   musbat   bo‘ladi.   Yer   yuzida   issiqlikning
taqsimlanishini   izotermalar   xaritalaridan   bilsa   bo‘ladi.   Issiqlikning taqsimlanishida   quruqlik   va   okeanlarning   joylashishi,   okean   oqimlari,
shamollar ta’sir ko‘rsatadi. 
Quyosh radiatsiyasining intensivligi, ya’ni maydon birligiga tushadigan
issiqlik   va   yorug‘lik   miqdori   yoritilish   vaqtining   uzun-qisqaligiga,   ya’ni
kunning   uzoqligiga   va   nurning   tushish   burchagiga   bog‘liq,   bu   esa   o‘z
navbatida,   Quyoshning   gorizontdan   balandligiga   bog‘liqdir.   Quyosh   nuri
Yerning   sharsimon   yuzasiga   turli   geografik   kengliklarda   turlicha   burchak
ostida tushadi 1
.
Yer yuzasining isitilish intensivligi ekvatordan qutblarga tomon kamaya
boradi,   bu   hol   issiqlik   taqsimotida,   binobarin,   iqlimlarda   ham   o‘z   aksini
topadi.   Yuqori   kengliklarda   Quyosh   yoz  o‘rtalarida   ham  tik   burchak   ostida
tushsa,   qutb   doirasida   qish   oylarida   uzoq   vaqt   gorizontdan   pastda   yotadi.
Quyi kengliklarda Quyosh energiyasi tushishining pasayishiga bulutlilikning
ham   ahamiyati   katta.   Materiklarning   ekvatorial   zonalarida   qalin
bulutlilikning   bo‘lishi   yillik   energiya   miqdorini   50   %   ga   kamaytiradi.
Subtropik   cho‘lli   o‘lkalarda   yilning   katta   qismi   bulitsiz   bo‘lganligi   tufayli
ko‘p   Quyosh   energiyasi   oladi 2
.   Yer   yuzasida   quyidagi   issiqlik   mintaqalari
mavjud:
1)   Issiq   mintaqa:   radiatsiya   balansi   R=   60   kkal/sm 2
,   samarali   harorat
yig‘indisi 60000 dan ortiq.
2) O‘rtacha issiq. R=50 – 60 kkal/sm 2
, samarali harorat yig‘indisi 4000-
60000. 
3)   Mo‘tadil   mintaqa   R=20   –   50   kkal/sm 2
,   samarali   harorat   yig‘indisi
1500 – 40000.
4) O‘rtacha sovuq mintaqa. R=20 kkal/sm dan kam, eng issiq oy harorati
+100 dan +50 gacha.
5) Sovuq mintaqa. R= manfiy. Eng issiq oy harorati +50 dan past.
1
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  43-bet.
2
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  43-bet.  
2. Quyosh radiatsiyasining atmosferadan o‘tishi
Havo   ochiq   vaqtda   atmosferaga   kirib   keladigan   to‘g‘ri   quyosh   nurlari
to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi deb ataladi.   Bunday nurlar eng ko‘p yorug‘lik va
issiqlik   keltiradi.   Quyosh   zenitda   (tik   tepada)   turgan   va   havo   toza,   ochiq
vaqtda bunday radiatsiyaning maksimal intensivligi dengiz sathi balandligida
1,5 kal/sm 2
/min ga teng, tog‘larda undan bir oz ko‘proq bo‘ladi.
Quyosh   radiatsiyasining   qolgan   qismi   atmosferada   tarqalib,   hamma
tomonga yo‘nalgan nurlarga aylanadi. Bu tarqoq radiatsiya. Tarqoq radiatsiya
yerdagi   predmetlarga   to‘g‘ri   Quyoshdan   kelmay,   butun   osmon   gumbazidan
tushib,   kunduzgi   yorug‘likni   hosil   qiladi.   Yuqorida   aytib   o‘tilgandek
osmonning   rangi,   shafaq,   Oy   va   Quyoshning   rangi   hamda   yulduzlarning
miltirashi ana shu nurlarga bog‘liq.
Tarqoq   radiatsiya   ham   to‘g‘ri   radiatsiya   kabi   yer   yuzasining   issiqlik
manbai   hisoblanadi .   To‘g‘ri   radiatsiya   intensivligi   qanchalik   katta   bo‘lsa ,
tarqoq   radiatsiyaning   absolyut   miqdori   ham   shuncha   ko‘p   bo‘ladi .   Quyoshli
kunlarda   to‘g‘ri   nurlar   tushmaydigan   joylar ,   masalan ,   daraxt   taglari   ham
tarqoq   radiatsiya   tufayli   yorug‘   bo‘ladi .   Tarqoq   radiatsiyaning   to‘g‘ri
radiatsiyaga   nisbatan   miqdori   to‘g‘ri   radiatsiya   kamaygan   sari   orta   boradi;
o‘rtacha   geografik   kengliklarda   uning   miqdori   yozda   keladigan   butun
radiatsiyaning   41%   ini,   qishda   73%   ini   tashkil   etadi.   Tarqoq   radiatsiya
Quyoshdan   keladigan   butun   nur   oqimining   tropik   o‘lkalarda   o‘rta   hioobda
30%   ini,   qutbiy   o‘lkalarda   70%   ini   tashkil   etadi.   Umuman   olganda,
Quyoshdan keladigan butun nurning   1/4 qismiga yaqini tarqoq radiatsiyaga
to‘g‘ri keladi. 
Shunday   qilib,   Yer   yuzasiga   to‘g‘ri   radiatsiya   ham,   tarqoq   radiatsiya
ham   tushadi,   ular   birgalikda   jami   radiatsiyani   hosil   qiladi.   Troposferada
kuzatiladigan haqiqiy radiatsiya ana shu jami radiatsiyadir, Quyosh   nurlarining   bir   qismini   (15%   ga   yaqinini)   atmosfera   yutib
qoladi. Troposferada radiatsiyani asosan suv bug‘lari va, albatta, bulutlardagi
tomchilar   hamda   suv   kristallari   yutib   qoladi.   Shunday   qilib,   atmosfera
ma’lum   miqdordagi   issiqlikni   bevosita   quyosh   nurlaridan   oladi.   Lekin   u
asosan yer yuzasidan isiydi.
Erga   keladigan   Quyosh   radiatsiyasining   miqdori   dastavval   Er   bilan
Quyosh   orasidagi   masofaga   bog‘liq.   Er   Quyoshga   1   yanvarda   eng   yaqin
keladi, 3 iyulda esa undan eng uzoqda turadi; bu ikki masofa orasidagi farq 5
mln.   km   ga   teng,   natijada   Er   bilan   Quyosh   orasidagi   masofa   o‘rtacha
bo‘lgandagiga   nisbatan,   birinchi   holatda   Er   3,4   protsent   ko‘p   radiatsiya,
ikkinchi holatda esa 3,5 protsent kam radiatsiya oladi.
Er   yuzasidagi   har   bir   joyga   tushadigai   radiatsiya   miqdori,   ikkinchidan,
shu   joyga   Quyosh   nurining   qanday   burchak   bilan   tushishiga   bog‘liq.   Nur
qanchalik   kichik   burchak   hosil   qilib   tushsa,   Quyoshning   bir   tutam   (bir   tup)
nuri energiyasi shunchalik katta maydonga tarqaladi va bu energiya maydon
birligiga   shunchalik   kam   to‘g‘ri   keladi.   Quyosh   nurining   qanday   burchak
bilan   tushishi   ko‘p   sabablarga:   joyning   geografik   kengligiga,   Quyoshning
gorizontdan   qanchalik   balandligiga   (Quyoshning   gorizontdan   balandligi
sutka davomida ham, yil davomida ham o‘zgarib turadi) va er yuzasi relefiga
bog‘liq. 
Uchinchi   faktor-Quyosh   nuri   atmosfera   orqali   o‘tganda   Quyosh
radiatsiyasining   o‘zgarishi.   Atmosferaga   kelgan   Quyosh   radiatsiyasining   bir
qismi   tarqalib   ketadi,   bir   qismi   yutiladi   va   bir   qismi   dunyo   fazosiga   yana
qaytib   ketadi,   shunday   qilib,   atmosferaning   ustki   chegarasiga   kelgan
radiatsiyaning hammasi ham er yuzasiga etib kelavermaydi;
1-tablitsa
Turli parallellarda radiatsiyaning turlicha kelishi va turlicha qaytishi
(1 kv. sm yuzaga bir minutda tushadigai kaloriya hisobida) Geografik
kenglik Keladigan
radiatsiya Qaytadigan
radiatsiya Geografik
kenglik Keladigan
radiatsiya Qaytadigan
radiatsiya
00 0,339 0,271 500 0,232 0,277
10 0,334 0,282 60 0,193 0,272
20 0,320 0,234 70 0,160 0,260
30 0,297 0,284 80 0,144 0,252
40 0,267 0,282 90 0,140 0,252
erga etib kelgan radiatsiya tarkibi ham o‘zgarib ketadi (masalan, 0,3 µ-
dan qisqa to‘lqinlarni kislorod bilan ozon yutib oladi va bunday to‘lqinlar er
yuzasiga   etib   kelmaydi).   Quyosh   nuri   atmosfera   orqali   qancha   uzoq   yo‘l
bosib   o‘tsa   (bu   Quyoshning   gorizontdan   qanchalik   baland   ekanligiga,   ya’ni
sutkaning   qay   vaqti   ekanligiga   va   yil   fasliga   bog‘liq),   u   shuncha   ko‘p
o‘zgaradi va shuncha ko‘p energiya sarf qiladi.
3. Yer yuzasining radiatsiyani yutishi
Yer   yuzasiga   yetib   kelgan   yalpi   radiatsiya   qisman   tuproqqa   va   suv
havzalaridagi   suvga   yutilib,   issiqlikka   aylanadi,   qisman   qaytib   ketadi.
Yutilgan   radiatsiya   bilan   qaytgan   radiatsiya   o‘rtasidagi   nisbat   quruqlik
yuzasining   holatiga   hamda   nurni   qaytarish   qobiliyati,   ya’ni   albedo   mazkur
yuzaga tushgan radiatsiyaga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. Quruqlikdagi
albedoning   miqdori   tabiiy   obektlarning   rangiga   bog‘liq.   Mutlaq   qora   jism
quyoshdan   Yer   yuzasiga   yetib   kelgan   barcha   radiatsiyani   tutib   qolishi
mumkin.   Ko‘zgusimon   (yaltiroq)   yuza   100%   nurni   qaytarib,   o‘zi   isiy
olmaydi. Asosiy adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук К.И., Боков В.А. Черванов И.Г. Общее землеведение. -М.: Высшая
школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World   Regional   Geography   (This   text   was   adapted   by   The   Saylor   Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0   License
without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or   licensee).
www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   Geography.   
2010.
10. Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael  Trapasso. Essentials of Physical
Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson, the Star logo, and Brooks/Cole are trademarks used herein
under license.

QUYOSH RADIATSIYASINING KELISHI VA YER YUZASIDA TAQSIMLANISHI Reja: 1. Quyosh radiatsiyasi 2. Quyosh radiatsiyasining atmosferadan o‘tishi 3. Yer yuzasining radiatsiyani

1. Quyosh radiatsiyasi Quyosh radiatsiyasi deb Yerga tushadigan butun quyosh nuri va energiyasiga aytiladi. Quyoshda issiqlik energiyasi nur energiyasiga o‘tadi; quyosh nurlari Yer yuzasiga tushganda yana issiqlik energiyasiga aylanadi. Shunday qilib Quyosh radiatsiyasi ham yorug‘lik, ham issiqlik keltiradi. Quyosh radiatsiyasi geografik qobiqning amalda yagona issiqlik manbaidir. Quyosh radiatsiyasi nur energiyasi sifatida kelib, atmosferaning quyi qatlamlarida issiqlik energiyasiga aylanadi. Nur energiyasi miqdori Quyosh bilan Yer orasidagi masofaga bog‘liq. Quyosh energiyasining Yer yuzida taqsimlanishi nurning tushish burchagiga, Yer yuzi relefiga, Quyoshning ufqdagi balandligiga bog‘liq.Quyoshdan yerga keladigan radiatsiyaning 48% ini yorug‘lik nuri, 45 % ini infraqizil va 7 % ini ultrabinafsha nur tashkil etadi. Quyosh radiatsiyasining intensivligi atmosferadan tashqarida aniqlanishi lozim, chunki quyosh nuri havo muhitidan o‘tganda ancha o‘zgaradi va zaiflashadi. U quyosh doimiyligida ifodalanadi. Bu miqdor 2,00 kal/sm2/min ga teng. Yilning yanvar oyida, ya’ni Yer perigeliyda bo‘lganda bu miqdor 0,07 kal/sm2/min ga ortadi, iyulda, ya’ni afeliyda esa shuncha miqdorga kamayadi. Quyoshdan kelayotgan nurning 70% i havo qobig‘idan Yer yuzasiga o‘tib, uzun to‘lqinli nurga aylanadi va koinotga qaytadi. 30% havo sirtdan qaytib ketadi. Butun Yer yuzi hisobida olinsa, issiqlik balansi 0 ga teng. Qancha radiatsiya kelsa, shuncha qaytib ketadi. Yer yuzasining ayrim qismlarini oladigan bo‘lsak, unda har xil: Antarktikada, Grenlandiyada, Shimoliy Muz okeanining ko‘p qismida, quruqlikdagi muzliklarda manfiy, boshqa hamma joylarda musbat bo‘ladi. Yer yuzida issiqlikning taqsimlanishini izotermalar xaritalaridan bilsa bo‘ladi. Issiqlikning

taqsimlanishida quruqlik va okeanlarning joylashishi, okean oqimlari, shamollar ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh radiatsiyasining intensivligi, ya’ni maydon birligiga tushadigan issiqlik va yorug‘lik miqdori yoritilish vaqtining uzun-qisqaligiga, ya’ni kunning uzoqligiga va nurning tushish burchagiga bog‘liq, bu esa o‘z navbatida, Quyoshning gorizontdan balandligiga bog‘liqdir. Quyosh nuri Yerning sharsimon yuzasiga turli geografik kengliklarda turlicha burchak ostida tushadi 1 . Yer yuzasining isitilish intensivligi ekvatordan qutblarga tomon kamaya boradi, bu hol issiqlik taqsimotida, binobarin, iqlimlarda ham o‘z aksini topadi. Yuqori kengliklarda Quyosh yoz o‘rtalarida ham tik burchak ostida tushsa, qutb doirasida qish oylarida uzoq vaqt gorizontdan pastda yotadi. Quyi kengliklarda Quyosh energiyasi tushishining pasayishiga bulutlilikning ham ahamiyati katta. Materiklarning ekvatorial zonalarida qalin bulutlilikning bo‘lishi yillik energiya miqdorini 50 % ga kamaytiradi. Subtropik cho‘lli o‘lkalarda yilning katta qismi bulitsiz bo‘lganligi tufayli ko‘p Quyosh energiyasi oladi 2 . Yer yuzasida quyidagi issiqlik mintaqalari mavjud: 1) Issiq mintaqa: radiatsiya balansi R= 60 kkal/sm 2 , samarali harorat yig‘indisi 60000 dan ortiq. 2) O‘rtacha issiq. R=50 – 60 kkal/sm 2 , samarali harorat yig‘indisi 4000- 60000. 3) Mo‘tadil mintaqa R=20 – 50 kkal/sm 2 , samarali harorat yig‘indisi 1500 – 40000. 4) O‘rtacha sovuq mintaqa. R=20 kkal/sm dan kam, eng issiq oy harorati +100 dan +50 gacha. 5) Sovuq mintaqa. R= manfiy. Eng issiq oy harorati +50 dan past. 1 Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany. 2002 . 43-bet. 2 Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany. 2002 . 43-bet.

2. Quyosh radiatsiyasining atmosferadan o‘tishi Havo ochiq vaqtda atmosferaga kirib keladigan to‘g‘ri quyosh nurlari to‘g‘ri quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Bunday nurlar eng ko‘p yorug‘lik va issiqlik keltiradi. Quyosh zenitda (tik tepada) turgan va havo toza, ochiq vaqtda bunday radiatsiyaning maksimal intensivligi dengiz sathi balandligida 1,5 kal/sm 2 /min ga teng, tog‘larda undan bir oz ko‘proq bo‘ladi. Quyosh radiatsiyasining qolgan qismi atmosferada tarqalib, hamma tomonga yo‘nalgan nurlarga aylanadi. Bu tarqoq radiatsiya. Tarqoq radiatsiya yerdagi predmetlarga to‘g‘ri Quyoshdan kelmay, butun osmon gumbazidan tushib, kunduzgi yorug‘likni hosil qiladi. Yuqorida aytib o‘tilgandek osmonning rangi, shafaq, Oy va Quyoshning rangi hamda yulduzlarning miltirashi ana shu nurlarga bog‘liq. Tarqoq radiatsiya ham to‘g‘ri radiatsiya kabi yer yuzasining issiqlik manbai hisoblanadi . To‘g‘ri radiatsiya intensivligi qanchalik katta bo‘lsa , tarqoq radiatsiyaning absolyut miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi . Quyoshli kunlarda to‘g‘ri nurlar tushmaydigan joylar , masalan , daraxt taglari ham tarqoq radiatsiya tufayli yorug‘ bo‘ladi . Tarqoq radiatsiyaning to‘g‘ri radiatsiyaga nisbatan miqdori to‘g‘ri radiatsiya kamaygan sari orta boradi; o‘rtacha geografik kengliklarda uning miqdori yozda keladigan butun radiatsiyaning 41% ini, qishda 73% ini tashkil etadi. Tarqoq radiatsiya Quyoshdan keladigan butun nur oqimining tropik o‘lkalarda o‘rta hioobda 30% ini, qutbiy o‘lkalarda 70% ini tashkil etadi. Umuman olganda, Quyoshdan keladigan butun nurning 1/4 qismiga yaqini tarqoq radiatsiyaga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, Yer yuzasiga to‘g‘ri radiatsiya ham, tarqoq radiatsiya ham tushadi, ular birgalikda jami radiatsiyani hosil qiladi. Troposferada kuzatiladigan haqiqiy radiatsiya ana shu jami radiatsiyadir,

Quyosh nurlarining bir qismini (15% ga yaqinini) atmosfera yutib qoladi. Troposferada radiatsiyani asosan suv bug‘lari va, albatta, bulutlardagi tomchilar hamda suv kristallari yutib qoladi. Shunday qilib, atmosfera ma’lum miqdordagi issiqlikni bevosita quyosh nurlaridan oladi. Lekin u asosan yer yuzasidan isiydi. Erga keladigan Quyosh radiatsiyasining miqdori dastavval Er bilan Quyosh orasidagi masofaga bog‘liq. Er Quyoshga 1 yanvarda eng yaqin keladi, 3 iyulda esa undan eng uzoqda turadi; bu ikki masofa orasidagi farq 5 mln. km ga teng, natijada Er bilan Quyosh orasidagi masofa o‘rtacha bo‘lgandagiga nisbatan, birinchi holatda Er 3,4 protsent ko‘p radiatsiya, ikkinchi holatda esa 3,5 protsent kam radiatsiya oladi. Er yuzasidagi har bir joyga tushadigai radiatsiya miqdori, ikkinchidan, shu joyga Quyosh nurining qanday burchak bilan tushishiga bog‘liq. Nur qanchalik kichik burchak hosil qilib tushsa, Quyoshning bir tutam (bir tup) nuri energiyasi shunchalik katta maydonga tarqaladi va bu energiya maydon birligiga shunchalik kam to‘g‘ri keladi. Quyosh nurining qanday burchak bilan tushishi ko‘p sabablarga: joyning geografik kengligiga, Quyoshning gorizontdan qanchalik balandligiga (Quyoshning gorizontdan balandligi sutka davomida ham, yil davomida ham o‘zgarib turadi) va er yuzasi relefiga bog‘liq. Uchinchi faktor-Quyosh nuri atmosfera orqali o‘tganda Quyosh radiatsiyasining o‘zgarishi. Atmosferaga kelgan Quyosh radiatsiyasining bir qismi tarqalib ketadi, bir qismi yutiladi va bir qismi dunyo fazosiga yana qaytib ketadi, shunday qilib, atmosferaning ustki chegarasiga kelgan radiatsiyaning hammasi ham er yuzasiga etib kelavermaydi; 1-tablitsa Turli parallellarda radiatsiyaning turlicha kelishi va turlicha qaytishi (1 kv. sm yuzaga bir minutda tushadigai kaloriya hisobida)