logo

TUPROQ TURLARI, UNING YER YUZASIDA TAQSIMLANISHI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.1123046875 KB
TUPROQ TURLARI,  UNING YER YUZASIDA TAQSIMLANISHI
Reja:
1. Tuproq hosil qiluvchi omillar
2. Tuproq profili
3. Tuproq eroziyasi 1. Tuproq hosil qiluvchi omillar
Hosildorlik   xususiyatiga   ega   bo‘lgan,   yer   yuzasida   joylashgan   g‘ovak
tog‘   jinslariga   tuproq   deyiladi.   Tuproq   o‘ziga   xos   tabiat   mahsuli   bo‘lib,   u
hosildorlik   xususiyatiga   ega,   ya’ni   o‘simliklar   hosil   berishi   uchun   ularni
kerakli   ozuqa   moddalar   va   namlik   bilan   ta’minlab   turuvchi   qatlam
hisoblanadi. V.V.Dokuchayev ta’biri bilan aytganda tuproq – ko‘mirdan ham,
neftdan   ham,   hatto   oltindan   ham   qimmatliroqdir.   Tuproqda   ko‘plab   har   xil
organizmlar,   bakteriyalar,   tuproq   mikrofaunasi,   zamburug‘lar,
o‘simliklarning   tomirlari   joylashgan,   ba’zi   bir   jonivorlar   istiqomat   qiladi.
Tuproq va Yer qobiqlari o‘rtasida aloqa mavjud (16.1-rasm).
Tuproqlar   asosan   uch   qismdan   –   tuproq   ona   jinsi,   organik   qismi   va
tuproq   eritmasidan   iborat.   Tuproq   ona   jinsi,   tog‘   jinslarning   parchalaridan
iborat bo‘ladi. Bular tuproq mineral qismiga asos bo‘ladi. Tuproqqa tushgan
o‘simlik   va   hayvonlar   uning   organik   qismini   hosil   qiladi.   Ulardan   gumus
(chirindi) vujudga keladi. Suvda minerallar erib, hosil bo‘lgan eritma tuproq
eritmasi deyiladi. O‘simliklar ozuqani shu eritma orqali oladi.
Tuproqqa   tushgan   organik   moddalarni   mikroorganizmlar   parchalab,
minerallarga   ayantiradi.   Mikroorganizmlar   yashashi   uchun   ham   muayyan
sharoit mavjud bo‘lishi kerak. Namligi maromida bo‘lgan qora tuproqlarda 1
ga yerda 5-8 tonnagacha mikroorganizm bo‘ladi. Suv ko‘p bo‘lgan sharoitda
kislorod tanqisligida organik moddalar chirishidan metan, vodorod, vodorod
sulfid   kislota   hosil   bo‘ladi.   Gumus   –   chirindi.   O‘simlik   va   hayvonlar
qoldiqlarining parchalanishi va bu mahsulotlarning birikishidan hosil bo‘ladi.
Tarkibida   uglerod,   azot,   fosfor,   oltingugurt   va   boshqalar   bo‘ladi.   Chirindi
odatda   donador   (strukturali)   tuproq   hosil   qiladi.   Turli   tuproqlarda   chirindi
miqdori   turlicha:   tuproq   og‘irligiga   nisbatan   qora   tuproqlarda   10-15   %   ni,
bo‘z tuproqlarda 1-1,5 % ni tashkil etadi. Tabiatda   tarqalgan   xilma-xil   tuproqlar   ma’lum   sharoit   va   omillar
ta’sirida   vujudga   kelgan.   Tuproqning   paydo   bo‘lishiga   ta’sir   ko‘rsatuvchi
asosiy   omillarni   V.V.Dokuchayev   aniqlagan.   Keyinchalik   tuproq   hosil
qiluvchi   omillarni   belgilashda   V.V.Dokuchayev   ta’limotini   N.M.Sibirtsev
to‘ldirdi.   Tuproq   paydo   bo‘lishi,   rivojlanishi   va   unumdorligini   belgilovchi
asosiy omillar quyidagilardan iborat: 
- tuproq ona jinsi;   - o‘simliklar;   - hayvonot;   - iqlim;   - relef;   - tuproqning
yoshi 1
;   - inson faoliyati.
Tuproq   ona   jinsi.   Tuproqning   paydo   bo‘lishi,   rivojlanishi   va
unumdorligida   tuproq   ona   jinsining   roli   nihoyatda   katta.   Tog‘   jinslarining
fizik, ximik va biologik nurash natijasida hosil bo‘lgan ona jinsning tarkibi va
xossalari   undan   paydo   bo‘lgan   tuproqning   xossalariga   ham   kuchli   ta’sir
ko‘rsatadi. Chunki tuproqning 90 % dan ko‘proq qismi tuproq hosil qiluvchi
omillar ta’sirida o‘zgargan ona jinsdan iborat.
Tuproq   hosil   bo‘lish   jarayonida   tuproq   bilan   ona   jins   o‘rtasida   doimo
modda   almashinishi   bo‘ladi.   Tuproqdagi   har   bir   element   shu   ona   jins
tarkibida   bo‘lgan   minerallardan   kelib   chiqadi.   Shuning   uchun   ham   ona
jinsning kimyoviy, mexanik tarkibi va fizik xossalari qanchalik yaxshi bo‘lsa,
undan   paydo   bo‘lgan   tuproq   unumdorligi   shunchalik   yuqori   bo‘ladi.
Aksincha, ona jins tarkibida zararli tuzlar ko‘p, foydali moddalar kam bo‘lsa,
undan paydo bo‘lgan tuproq sho‘rlangan va unumdorligi past bo‘ladi. 
Tuproq   paydo   bo‘lishiga   va   unumdorligining   yuqori   va   past   bo‘lishiga
ona   jinsning   g‘ovakligi,   suv,   havo   va   issiqlik   xossalari   kuchli   ta’sir
ko‘rsatadi.   Masalan,   mexanik   tarkibi   og‘ir,   zich   qovushmali   tuproq   suv   va
havoni   yaxshi   o‘tkaza   olmaydi,   natijada   biologik   jarayonlar   sust   boradi,
tuproqning   paydo   bo‘lish   jarayoni   sekinlashadi.   Agar   ona   jinsning   mexanik
iarkibi   yengil   (qumoq,   qumoq)   bo‘lsa,   suv,   havo,   issiqlik   rejimlari   yaxshi
1
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  341-bet. o‘tadi   va   biologik   jarayonlar   (organik   moddalarning   minerallashuvi)
tezlashadi.   Natijada   tuproq   paydo   bo‘lish   jarayoni   ham   jadallashadi   va
unumdorligi oshadi. Shunday qilib, ona jins tuproqning paydo bo‘lishiga va
uning   unumdorligiga   ta’sir   ko‘rsatuvchi   asosiy   va   muhim   omillardan   biri
hisoblanadi.
O‘simliklar.O‘simliklar   tuproq   paydo   bo‘lishiga   ta’sir   ko‘rsatuvchi
asosiy va muhim omillardan hisoblanadi. 
O‘simliklar   hayoti   va   faoliyati   ta’sirida   tuproqning   ustki   qatlamida
organik   birikma   –   chirindi   yig‘iladi.   O‘simliklar   ildizidan   ajralgan   organik
kislotalar   tog‘   jinslarining   nurashini   tezlashtiradi.   O‘simliklarni   ildizi
tuproqqa   kirib,   uning   profilini   o‘zgartiradi,   strukturasini   donador   qiladi   va
natijasida   suv,   havo,   issiqlik   rejimlari   yaxshilanib   mikroorganizmlarning
rivojlanishi   uchun   qulay   sharoit   vujudga   keladi   va   tuproq   unumdorligi
oshadi.
O‘simliklar   iqlimni   ham   o‘zgartiradi.   Masalan,   qalin   o‘rmonlarda   havo
salqin   va   sernam   bo‘ladi,   suv   kam   bug‘lanadi,   cho‘l   zonasida   esa   havoning
issiq va quruqligidan bug‘lanish kuchli bo‘lganligi sababli tuproqda nam kam
bo‘ladi. Natijada o‘simliklar tuproq paydo bo‘lishiga kuchli ta’sir etib, har xil
tipdagi tuproqning shakllanishiga sababchi bo‘ladi.
Iqlim.   Tuproqning   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishida   iqlimning   roli   ham
katta.   Iqlim   tuproqning   paydo   qiluvchi   asosiy   omillardan   biri   bo‘lib,
o‘simlikka   va   mikrobiologik   jarayonlarga     ta’sir   ko‘rsatadi,   tuproq   paydo
bo‘lish jarayonida faol ishtirok etadi.
Tuproq paydo bo‘lishiga iqlim elementlaridan yog‘in va haroratning roli
katta   hisoblanadi.   Yog‘in   va   harorat   tuproqning   suv   va   issiqlik   xossalarini
o‘zgartirib, undagi biokimyoviy hamda nurash jarayonlarini tezlashtiradi.  Relef.   Tuproqning   paydo   bo‘lishi   va   rivojlanishiga   joyning   relefi   ham
ta’sir   ko‘rsatadi.   Relef   uchga:   makrorelef,   mezorelef   va   mikrorelefga
bo‘linadi.
Makrorelef   –   relefning   eng   katta   relef   shakli   bo‘lib,   bunga   katta-katta
tekisliklar, tog‘lar,  vodiylar va b. lar kiradi.
Mezorelef – relefning o‘rtacha relef  shakli bo‘lib, bunga terrasalar, soy,
jarlik va boshqalar kiradi.
Mikrorelef   –   eng   kichik   relef   shakllari   hisoblanib,   unga   tepachalar,
dalalardagi past-balandliklar kiradi. 
Bu   uchala   relef   shakllari   ham   tuproq   paydo   bo‘lishiga,   uning
o‘zgarishiga   ta’sir   etadi.   Masalan,   dengiz   sathidan   ko‘tarilgan   sari   yerga
tushadigan   yog‘in   miqdori   va   haroratga   bog‘liq   holda   tuproq-o‘simlik
qoplamining   turlicha   bo‘lishiga   olib   keladi.   Undan   tashqari   tog‘li
hududlarning   shimoliy   va   janubiy   yonbag‘irlari   quyosh   nurlari   ta’sirida
turlicha   isishi   natijasida   o‘simliklar   turi   ham   tuproqning   nam   va   issiqlik
xossalari   ham   o‘zgaradi.   Bu   esa   o‘z   navbatida   tuproqning   paydo   bo‘lish
jarayoniga ta’sir etadi.
Hayvonot.Hayvonlar   tuproqning   fizik,   kimyoviy   va   biologik
xususiyatlariga, shuningdek, mineral va organik tarkibiga, ayniqsa, suv, havo
va issiqlik rejimiga ta’sir etadi.
Yumronqoziq,   ko‘rsichqon   va   tog‘   sichqonlari   singari   kemiruvchilar
yerni   ancha   chuqur   qatlamigacha   kavlab   tuproqning   suv   va   havo   o‘tkazish
qobiliyatini kuchaytiradi. Bu esa pastki qatlamlaridagi organik qoldiqlarining
chirishi   uchun   qulay   sharoit   vujudga   keltiradi.   Har   xil   hashoratlar   (termit,
chumoli   va   b.)   va   chuvalchanglar   kabi   jonivorlar   tuproqning   fizik   va   ximik
xossalarini   o‘zgartiradi   va   o‘simlik   ildizlariga   zarar   yetkazadi.   Har   xil
jonivorlarning   hayot   faoliyati   natijasida   tuproq   qatlamlari   asta-sekin
yumshaydi, aralashadi.  Tuproqning   yoshi.   V.V.Dokuchayev   nazariyasiga   ko‘ra   tuproqning
baydo bo‘lishidagi omillardan biri tuproqning yoshi hisoblanadi.
Tuproqning   yoshi   tuproq   paydo   bo‘lgandan   hozirga   qadar   o‘tgan   vaqt
bilan o‘lchanadi. Masalan, bo‘z tuproq, kashtan tuproq va qora tuproqlarning
yoshi   ulardan   shimolda   joylashgan   podzol   va   tundra   tuproqlar   yoshiga
nisbatan   ancha   katta.   Chunki   janubiy   zonalardan   dengiz   chekinib,   quruqlik
paydo   bo‘lgan,   tuproq   paydo   bo‘lish   jarayoni   boshlangan   bir   paytda   hali
shimolda   muzlik   va   dengiz   chekinmaganligi,   quruqlik   paydo   bo‘lmaganligi
sababli tuproq baydo bo‘lish jarayoni boshlanmagan edi. Shuning uchun ham
janubdagi tuproqlarning yoshi katta.
Tuproqning yoshi ikki xil bo‘ladi: mutloq va nisbiy yosh.
Tuproq   paydo   bo‘lgandan   hozirgacha   o‘tgan   vaqt   tuproqning   mutloq
yoshi, sezilmaslik darajada asta-sekin o‘zgarishi va turli bosqichlarni o‘tishi
esa   tuproqning   nisbiy   yoshi   hisoblanadi.   Uning   uchun   ham   ma’lum   bir
zonadagi   tuproqlarning   mutloq   yoshi   baravar   bo‘lsada,   lekin   nisbiy   yoshi
muhitdagi tabiiy sharoitning har xilligiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Inson   faoliyatining   tuproq   paydo   bo‘lishiga   ta’siri.Inson   tuproq   paydo
bo‘lishida   va   tuproq   xususiyatlarining   o‘zgarishida   eng   kuchli   omildir.
Insonning   yerdan   foydalanishdagi   bajaradigan   ishlari   ta’sirida   tuproqning
fizik   va   ximik   va   biologik   xossalari   ham   o‘zgaradi.   Chunki   inson   yerni
tekislash,   haydash   va   sug‘orish   bilan   tuproqning   strukturasini,   mexanik
tarkibini, fizik, ximik va biologik xossalarini o‘zgartiradi. Bulardan tashqari
yerga   mahalliy   va   mineral   o‘g‘itlar   solish,   sho‘r   yuvish,   botqoqliklarni
quritish, shamol va suv eroziyasiga qarshi kurashish, almashlab ekish singari
agrotexnik,   agroximik   va   meliorativ   tadbirlarni   qo‘llash   natijasida   tuproq
xossalari o‘zgaradi va unimdorligi oshadi.
Inson   tuproqqa   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatsa,   uning   unumdorligi   keskin
oshirishi   va   qishloq   xo‘jalik   ekinlaridan   yuqori   hosil   olish   mumkin.   Agar inson  tuproqqa salbiy ta’sir ko‘rsatsa, tuproq sho‘rlanishi, botqoqlanishi suv
va   shamol   eroziyasi   ta’sirida   yemirilishi,   buzilishi   va   natijasida   tuproq
unumdorligi keskin pasayib ketishi mumkin.
2.Tuproq profili
Tuproqning vertikal kesimi profil deyiladi. Profillar orasidagi 
farqlardan tuproqlarni tasniflash uchun asos sifatida foydalanish mumkin. 
Tuproq profili bir qancha qismlarga bo‘linadi, ular turli tuproq hosil 
qiluvchi jarayonlar ta’sirida shakllangan. Mazkur sohalar gorizonlar deb 
ataladi. Asosiy jarayonlar quyidagilardir:
- organik moddaning to‘planishi: asosan chirigan o‘simlik qoldiqlari 
to‘planishidan emas, balki tuproq yuzasida sodir bo‘ladi;
- ionlar va profil o‘lchamidagi boshqa mayda zarralarning ko‘chishi;
- elyuvial gorizontdan alyuminiy birikmasi va temir eritmasining pastga 
tushishi; illyuvial gorizontda qayta to‘planishi;
- karbonizatsiya: karbonatlarning boyishi;
- mineral va organik komponentlarning aralashishi (masalan, yomg‘ir 
chuvalchangi yoki termitlar yordamida).
Tuproqqa kirim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Atmosferadan suv

Atmosferadan va tuproq hayvonlari nafas olishidan gazlar

Hayvonlar va o‘simliklar organik moddalari yoqish

O‘simliklar ildizlaridan ajralmalar

Nuragan tub jinslardan organik moddalar va h.k.
Tuproqdan chiqim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Yeroziya va tuproq uvalanishi tufayli tuproq yo‘qotishlar

Oquvchi suvga ozuqa moddalarning yo‘qotilishi

O‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladigan ozuqa moddalar

Bug‘lanish va boshqalar. Tuproqshunos   olim   Dokuchayev   tuproqni   3   ta     genetik   gorizontlarga
bo‘lgan. Har qaysi gorizont o‘ziga xos quyidagi nomlar bilan ataladi va harfli
ishoralar   bilan   ifodalanadi:   A   –   chirindili   gorizont;   B   –   o‘tuvchi   (oraliq)
gorizont; C – tuproq osti gorizont (ona jins). 
Ustki   qismi,   A   -   gorizont   tog‘   jinslari   nurashi   va   chirindidan   iborat.
Ushbu   gorizont   ayniqsa,   eriydigan   moddalarning   ishqor   bilan   yuvilishidan
aziyat   chekadi.   Uning   ostida   organik   modda   kam,   yuqori   nuragan
materialdan   iborat   B   -gorizont   yotadi.   C   -   gorizont   tuproq   shakllanishi
boshlang‘ich materialining geologik asosi hisoblanadi 2
. 
Har bir tuproq gorizonti tarkibida kichik genetik gorizontlar ham ajratsa
bo‘ladi.   Ular     A
0 gorizont-   chimli   qatlam,   A
1 -   akkumulyativ   gorizont,   A
2 -
elyuvial yoki yuvilgan (yelyuviy (lot. Eluo – yuvaman), elyuvial yotqiziqlar –
tog‘ jinslarining joyida qolib to‘plangan nurash mahsulotlari)  gorizont, AT –
torfli gorizont, AH – haydalma gorizont. 
B – o‘tkinchi yoki illyuvial (shimilma) gorizont chirindili-akkumilyativ
gorizontdan pastda bo‘lganligi va tuproq paydo qiladigan jarayon asta-sekin
ona   jinsga   o‘tayotganligi   sababli   o‘tkinchi   gorizont   deyiladi.   Bu   gorizont
ayrim tuproqlarda bir-biridan farq qilgan taqdirda bir necha gorizontchalarga
bo‘linadi:   B
1 -   o‘tkinchi,     B
2 -   tipik   illyuvial   B
3 -   ikkinchi   illyuvial
gorizontlardan iborat. 
Tuproq   osti  gorizont  (C)   tuproqning   ona   jinsi  hisoblanib,  tuproq  paydo
qiladigan jarayonlar ta’sirida juda oz darajada o‘zgargan g‘ovak holdaga tog‘
jinsidir.   Bu   gorizontda   har   xil   ximiyaviy   birikmalar   (karbonat,   gips   va   b.)
borligi ko‘zga ko‘rinib turgan bo‘lsa, bir necha gorizontchalar (C
1 , C
2 , C
3 ) ga
ajratiladi.
2
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  342-bet. Shu   bilan   birga   yuqorida   ko‘rsatilgan   kichik   gorizontlarni   hammasi
tuproq   profilida   uchrayvermaydi,   chunki   tuproq   profilini   to‘liqligi     har   bir
joyning tabiiy sharoiti va u yerdagi tabiiy geografik jarayonlar bilan bog‘liq.
4. Tuproq eroziyasi
Tuproqni suv va shamol ta’sirida yemirilishiga eroziya deyiladi. Eroziya
sodir   bo‘lgan   maydonlarda   suv   va   shamol   tuproqning     unumdor   qatlamini
yemirib bir joydan ikkinchi joyga   olib borib yotqizadi. Natijada tuproqning
unumdorligi   pasayib,   bu   yerga   ekilgan   ekinlarning   hosildorligi   nihoyatda
kamayib ketadi. 
eroziya, yuzaga keltiradigan omillarga ko‘ra, bir necha xili mavjud:
- suv eroziyasi;
- sug‘orish (irrigatsiya) eroziyasi;
- shamol eroziyasi;
- jarlik eroziyasi.
Tuproq   eroziyasining   salbiy   oqibatlari   ikki   asosiy   kategoriyaga
bo‘linadi.   Bir   tomondan,   dunyo   aholisini   boqish   uchun   hosil   yetishtirish
imkoniyatlari   cheklangan.   Tuproq   eroziyasi   tuproq   qalinligini   kamaytiradi
va   eng   unumdor   ozuqali   tuproq   gorizontlarining   ham   yo‘qolishiga   olib
keladi.   Boshqa   tomondan,   dehqonchilik   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan   ta’sirlar
hisoblanadi. Bu daryolar, suv omborlari va sun’iy havzalarning jadal loyqa
bosishi   hamda   tuproq   zarrachalari   bilan   birga   ozuqa   moddalarning   suv
bilan keltirilishini o‘z ichiga oladi.
Tuproq eroziyasi jadallashishiga tabiiy o‘rmon maydonlarining qishloq
xo‘jalik   maqsadlarida   foydalanishga   olinishi   asosiy   sabab   hisoblanadi.
O‘rmon   asosida   yotgan   tuproqni   yog‘inlarning   bevosita   ta’siridan   asraydi.
O‘rmonlarni   kesib   bo‘shagan   yerlarga   daraxt   o‘tqazish   amalga
oshirillmagan   hollarda   eroziya   tezligi   juda   yuqori   bo‘ladi.   Qishloq
xo‘jaligida   foydalaniladigan   tuproqlarda,   ayniqsa   ishlov   berish,   ekish muddatlari,   ekin   turlari,   ko‘lamini   tanlash   va   planirovka   kabilar   joyning
eroziya   miqdoriga   ta’sirini   bildiradi.   Ayniqsa,   tropik   va   yarim   qurg‘oqchil
rayonlarda   o‘rmonlarning   kesib   yuborilishi   va   ekin   yerlariga   aylantirilishi
natijasida tuproq eroziyasi jiddiy tus olmoqda.   Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

TUPROQ TURLARI, UNING YER YUZASIDA TAQSIMLANISHI Reja: 1. Tuproq hosil qiluvchi omillar 2. Tuproq profili 3. Tuproq eroziyasi

1. Tuproq hosil qiluvchi omillar Hosildorlik xususiyatiga ega bo‘lgan, yer yuzasida joylashgan g‘ovak tog‘ jinslariga tuproq deyiladi. Tuproq o‘ziga xos tabiat mahsuli bo‘lib, u hosildorlik xususiyatiga ega, ya’ni o‘simliklar hosil berishi uchun ularni kerakli ozuqa moddalar va namlik bilan ta’minlab turuvchi qatlam hisoblanadi. V.V.Dokuchayev ta’biri bilan aytganda tuproq – ko‘mirdan ham, neftdan ham, hatto oltindan ham qimmatliroqdir. Tuproqda ko‘plab har xil organizmlar, bakteriyalar, tuproq mikrofaunasi, zamburug‘lar, o‘simliklarning tomirlari joylashgan, ba’zi bir jonivorlar istiqomat qiladi. Tuproq va Yer qobiqlari o‘rtasida aloqa mavjud (16.1-rasm). Tuproqlar asosan uch qismdan – tuproq ona jinsi, organik qismi va tuproq eritmasidan iborat. Tuproq ona jinsi, tog‘ jinslarning parchalaridan iborat bo‘ladi. Bular tuproq mineral qismiga asos bo‘ladi. Tuproqqa tushgan o‘simlik va hayvonlar uning organik qismini hosil qiladi. Ulardan gumus (chirindi) vujudga keladi. Suvda minerallar erib, hosil bo‘lgan eritma tuproq eritmasi deyiladi. O‘simliklar ozuqani shu eritma orqali oladi. Tuproqqa tushgan organik moddalarni mikroorganizmlar parchalab, minerallarga ayantiradi. Mikroorganizmlar yashashi uchun ham muayyan sharoit mavjud bo‘lishi kerak. Namligi maromida bo‘lgan qora tuproqlarda 1 ga yerda 5-8 tonnagacha mikroorganizm bo‘ladi. Suv ko‘p bo‘lgan sharoitda kislorod tanqisligida organik moddalar chirishidan metan, vodorod, vodorod sulfid kislota hosil bo‘ladi. Gumus – chirindi. O‘simlik va hayvonlar qoldiqlarining parchalanishi va bu mahsulotlarning birikishidan hosil bo‘ladi. Tarkibida uglerod, azot, fosfor, oltingugurt va boshqalar bo‘ladi. Chirindi odatda donador (strukturali) tuproq hosil qiladi. Turli tuproqlarda chirindi miqdori turlicha: tuproq og‘irligiga nisbatan qora tuproqlarda 10-15 % ni, bo‘z tuproqlarda 1-1,5 % ni tashkil etadi.

Tabiatda tarqalgan xilma-xil tuproqlar ma’lum sharoit va omillar ta’sirida vujudga kelgan. Tuproqning paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni V.V.Dokuchayev aniqlagan. Keyinchalik tuproq hosil qiluvchi omillarni belgilashda V.V.Dokuchayev ta’limotini N.M.Sibirtsev to‘ldirdi. Tuproq paydo bo‘lishi, rivojlanishi va unumdorligini belgilovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: - tuproq ona jinsi; - o‘simliklar; - hayvonot; - iqlim; - relef; - tuproqning yoshi 1 ; - inson faoliyati. Tuproq ona jinsi. Tuproqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va unumdorligida tuproq ona jinsining roli nihoyatda katta. Tog‘ jinslarining fizik, ximik va biologik nurash natijasida hosil bo‘lgan ona jinsning tarkibi va xossalari undan paydo bo‘lgan tuproqning xossalariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Chunki tuproqning 90 % dan ko‘proq qismi tuproq hosil qiluvchi omillar ta’sirida o‘zgargan ona jinsdan iborat. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida tuproq bilan ona jins o‘rtasida doimo modda almashinishi bo‘ladi. Tuproqdagi har bir element shu ona jins tarkibida bo‘lgan minerallardan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ona jinsning kimyoviy, mexanik tarkibi va fizik xossalari qanchalik yaxshi bo‘lsa, undan paydo bo‘lgan tuproq unumdorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Aksincha, ona jins tarkibida zararli tuzlar ko‘p, foydali moddalar kam bo‘lsa, undan paydo bo‘lgan tuproq sho‘rlangan va unumdorligi past bo‘ladi. Tuproq paydo bo‘lishiga va unumdorligining yuqori va past bo‘lishiga ona jinsning g‘ovakligi, suv, havo va issiqlik xossalari kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mexanik tarkibi og‘ir, zich qovushmali tuproq suv va havoni yaxshi o‘tkaza olmaydi, natijada biologik jarayonlar sust boradi, tuproqning paydo bo‘lish jarayoni sekinlashadi. Agar ona jinsning mexanik iarkibi yengil (qumoq, qumoq) bo‘lsa, suv, havo, issiqlik rejimlari yaxshi 1 Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany. 2002 . 341-bet.

o‘tadi va biologik jarayonlar (organik moddalarning minerallashuvi) tezlashadi. Natijada tuproq paydo bo‘lish jarayoni ham jadallashadi va unumdorligi oshadi. Shunday qilib, ona jins tuproqning paydo bo‘lishiga va uning unumdorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy va muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘simliklar.O‘simliklar tuproq paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy va muhim omillardan hisoblanadi. O‘simliklar hayoti va faoliyati ta’sirida tuproqning ustki qatlamida organik birikma – chirindi yig‘iladi. O‘simliklar ildizidan ajralgan organik kislotalar tog‘ jinslarining nurashini tezlashtiradi. O‘simliklarni ildizi tuproqqa kirib, uning profilini o‘zgartiradi, strukturasini donador qiladi va natijasida suv, havo, issiqlik rejimlari yaxshilanib mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi va tuproq unumdorligi oshadi. O‘simliklar iqlimni ham o‘zgartiradi. Masalan, qalin o‘rmonlarda havo salqin va sernam bo‘ladi, suv kam bug‘lanadi, cho‘l zonasida esa havoning issiq va quruqligidan bug‘lanish kuchli bo‘lganligi sababli tuproqda nam kam bo‘ladi. Natijada o‘simliklar tuproq paydo bo‘lishiga kuchli ta’sir etib, har xil tipdagi tuproqning shakllanishiga sababchi bo‘ladi. Iqlim. Tuproqning paydo bo‘lishi va rivojlanishida iqlimning roli ham katta. Iqlim tuproqning paydo qiluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, o‘simlikka va mikrobiologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi, tuproq paydo bo‘lish jarayonida faol ishtirok etadi. Tuproq paydo bo‘lishiga iqlim elementlaridan yog‘in va haroratning roli katta hisoblanadi. Yog‘in va harorat tuproqning suv va issiqlik xossalarini o‘zgartirib, undagi biokimyoviy hamda nurash jarayonlarini tezlashtiradi.

Relef. Tuproqning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga joyning relefi ham ta’sir ko‘rsatadi. Relef uchga: makrorelef, mezorelef va mikrorelefga bo‘linadi. Makrorelef – relefning eng katta relef shakli bo‘lib, bunga katta-katta tekisliklar, tog‘lar, vodiylar va b. lar kiradi. Mezorelef – relefning o‘rtacha relef shakli bo‘lib, bunga terrasalar, soy, jarlik va boshqalar kiradi. Mikrorelef – eng kichik relef shakllari hisoblanib, unga tepachalar, dalalardagi past-balandliklar kiradi. Bu uchala relef shakllari ham tuproq paydo bo‘lishiga, uning o‘zgarishiga ta’sir etadi. Masalan, dengiz sathidan ko‘tarilgan sari yerga tushadigan yog‘in miqdori va haroratga bog‘liq holda tuproq-o‘simlik qoplamining turlicha bo‘lishiga olib keladi. Undan tashqari tog‘li hududlarning shimoliy va janubiy yonbag‘irlari quyosh nurlari ta’sirida turlicha isishi natijasida o‘simliklar turi ham tuproqning nam va issiqlik xossalari ham o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida tuproqning paydo bo‘lish jarayoniga ta’sir etadi. Hayvonot.Hayvonlar tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlariga, shuningdek, mineral va organik tarkibiga, ayniqsa, suv, havo va issiqlik rejimiga ta’sir etadi. Yumronqoziq, ko‘rsichqon va tog‘ sichqonlari singari kemiruvchilar yerni ancha chuqur qatlamigacha kavlab tuproqning suv va havo o‘tkazish qobiliyatini kuchaytiradi. Bu esa pastki qatlamlaridagi organik qoldiqlarining chirishi uchun qulay sharoit vujudga keltiradi. Har xil hashoratlar (termit, chumoli va b.) va chuvalchanglar kabi jonivorlar tuproqning fizik va ximik xossalarini o‘zgartiradi va o‘simlik ildizlariga zarar yetkazadi. Har xil jonivorlarning hayot faoliyati natijasida tuproq qatlamlari asta-sekin yumshaydi, aralashadi.