logo

M

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.9033203125 KB
MAVZU:  Maktabgacha yoshdagi bolalarni she’riy asarlar bilan
tanishtirish.Turli yosh guruhlaridagi bolalarni mustaqil badiiy nutq
faoliyatiga o‘rgatish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda
bolalar adabiyotining ahamiyati
Reja
1. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
2. Turli yosh guruhlarida matn bilan ishlash metodikasi   Maktabgacha   tarbiya   yoshidaga   bolalar   bilan   ishlashda   badiiy   so‘z   katta
o‘rin   tutadi.   Bolalar   xalq   ertaklari,   she’r,   hikoyalar   eshitishni   yaxshi   ko‘radilar.
Bolalar   adabiyoti,   avvalo   o‘zining   qiziqarli   mazmuni,   badiiy   obrazlarining
go‘zalliga,   tilning   ifodaliligi,   she’riy   so‘zlarning   musiqaviyligi   bilan   bolalarga
quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk
rus   demokratik   V.G.   Belinskiy   bolalar   kitobi   tarbiya   uchun   yoziladi,   «Tarbiya   –
buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi.
Badiiy   adabiyotning   qimmati   bolaning   har   bir   jihatdan   o‘sishiga   ta’sir
ko‘rsatishidadir.   Badiiy   adabiyot   bolaga   jonajon   o‘lka   tabiatining   kishilarning
mehnati   va   hayotini,   ularning   qilayotgan   ishlari   va   ko‘rsatayotgan
qahramonliklarini,   bolalar   hayotidan   olingan   voqyealar,   bolalarning   o‘yinlari,
ermaklari   va   qilayotgan   mehnatlarini   himoya   qilib   beradi.   Kishilarning   ichki
dunyosini   yoritib,   ularning   xarakterlari,   his-tuyg‘ulari,   xatti-harakatlarini,
shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko‘rsatib, badiiy
adabiyot   asarlari   bolani   hayajonlanishga,   asar   qahramonlariga   achinishga   yoki
ularni   qoralashga   majbur   qiladi.   Eng   yaxshi   badiiy   adabiyot   asarlari   bolalarda
biror   narsaga     yaxshi-yomon,   adolatli-adolatsiz,   to‘g‘ri-noto‘g‘ri   deb,   o‘zlariga
xos   bir   yordam   beradi.   Bolalar   kitobning   qiziqarli   mazmuni   do‘stlik,   halollik,
mehnatsevarlik, o‘rtoqlik namunalarini ko‘rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari
estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin
obrazlari,   jonajon   tabiatning   shoirona   manzaralari,   she’rlarning   musiqaviyligi,
tilning   o‘tkirligi,   ifodaliligi   bolalarga   yoqadi.   Bolalar   badiiy   so‘z   qudratini   his
etadilar,   uncha   katta   bo‘lmagan   ertaklar,   xalq   ashula   hamda   she’rlarini   tez   va
osongina eslab qoladilar.
Badiiy   so‘zga   muhabbatni   ilk   yoshdan   boshlab   tarbiyalab   borish   zarur,
bola   bog‘chadan   maktabga   ana   shu   muhabbat   bilan   o‘tadi   va   keyinchalik   Vatan
adabiyotini  sevadigan  bo‘lib qoladi. Xalq, og‘zaki  ijodi  – ertaklar, topishmoqlar,
maqollar,   qo‘shiqlarning   ko‘plari   uzoq   o‘tmishda   va   hozirgidan   tubdan   farq
qiladigan   voqyeligidan   tubdan   farq   qiladigan   turmush   sharoitida   yaratilgan   xalq
ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi. Aql-idroki  yoki  jasurligi  bilan,  sabr-toqati  yoki  mehnati  bilan har  qanday
qiyinchiliklarni   yengadigan   dovyurak,   vijdonli   qahramonlar   ishtirok   etadigan
ertaklardan   bolalar   juda   hayratlanadilar,   bunday   ertaklar   bolalarni   ijobiy
qahramonlarga   nihoyatda   hayrixoh   bo‘lishga,   yovuzlikka,   nohaqlikka,
qizg‘anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo‘lishga majbur etadi.
O‘zbek xalq ertaklaridan tashqari ko‘pgina rus xalq va mamlakatimizdagi
boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o‘qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi.
Rus   mumtoz   adabiyoti   namoyondalaridan   A.S.Pushkin,   N.A.   Nekrasov,   L.N.
Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o‘qib berish dasturiga
kiritilgan.   O‘zbek   yozuvchilari,   shoirlari   bolalar   uchun   juda   ko‘p   ajoyib   asarlar
yaratganlar. Bu G‘.G‘ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo‘min, Sh. Sa’dulla, Q.
Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari – bolalarga o‘qib beriladigan
asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga
bag‘ishlangan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   rus   yozuvchilari   va   shoirlari:   V.
Mayakovskiy,   A.   Kononov,   S.Mixalkov,   A.   Gaydar,   K.   Chukovskiy   va
boshqalarning   tarjima   qilgan   asarlari   keng   o‘rin   olgan.   Bu   ro‘yxatga   chet   el
yozuvchilari   Sh.   Perro,   X.K.Andersen   va   boshqalarning   ertaklari   ham   kiradi.
Bolalarga   o‘qib   beriladigan   asarlar   doirasiga   har   xil   janrdagi   asarlar:   hikoya   va
povestlar,   proza   hamda   she’r   shaklidagi   ertaklar,   dostonlar,   xazil   she’rlari,
topishmoqlar, masallar kiradi.
Bolalar   bog‘chasi   dasturida   ko‘rsatilgan   asarlarning   ko‘pchiligi   bolalar
adabiyotining   oltin   fondini   tashkil   etadi.   Har   yili   bolalar   uchun   yangi   kitoblar
nashr   etib   turiladi.   Tarbiyachi   bosmadan   chiqayotgan   kitoblarni   kuzatib   borishi,
jurnallardagi   tanqidiy   maqolalarni   o‘qishi   va   bolalar   kitoblarining   muhokama
etilishida   ishtirok   etishi   kerak.   Tarbiyachi   har   bir   yosh   guruhida   bolalarni   juda
ko‘p   bolalar   badiiy   adabiyoti   asarlari   bilan   tanishtirib   borishi   lozim.   Bolalar
bog‘chasining   muhim   vazifasi   bolalarning   asarlar   mazmunini   o‘zlashtirib
olishlariga,   ularni   to‘g‘ri   tushunishlariga   erishishdir.   Bolalar   asarlarning   bir
qismini   yod   olishlari,   bir   qismini   esa   matnga   yaqinroq   qilib   aytib   bera   olishlari
lozim. Tarbiyachi   bolalarda   adabiy   asarni   idrok   qilish   ko‘nikmasini   tarkib
toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki
muallif  tasvirlayotgan his-tuyg‘ular va kayfiyalarni  his etishi  ham lozim. Bolalar
bog‘chasida   asarning   mazmuni   va   formalarini   analiz   qilishning   ba’zi   elementlari
ham   tarkib   toptiriladi.   Har   bir   bola   maktabga   o‘tish   paytida   asarda   hikoya
qilangan   asosiy   qahramonlarni   aniqlay   olishi,   ularga   nisbatan   o‘z   munosabatini
(kimning   nima   uchun   yoqqanini)   ayta   bilishi,   asarning   formasini   aniqlay   bilishi
(she’r, hikoya, ertak) lozim. 
Bolalarda   birgalashib   eshitish   malakalarini,   uyushqoqlik   bilan   savollarga
javob  berish  va  o‘qib  berilgan  asar   asosida  savollar  berish,   illyustrasiyani   diqqat
bilan   ko‘zdan   kechirish,   kitobga   yaxshi   munosabatda   bo‘lish   ko‘nikmalarini
tarbiyalash zarur. Bog‘cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan
asar   haqidaga   taassurotlarni   o‘rtoqlashish   istagi   va   ko‘nikmasini   tarbiyalashi
lozim.
Bolalar   kitobi   bolaga   tushunarli   bo‘lgan,   uning   aqli   va   qalbiga   yetib
borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his
eta   olgan   taqdirdagina   u   o‘zining   tarbiyaviy   rolini   bajaradi.   Tarbiyachilar
bolalarning asarlar  haqidagi bilimlarini  mustahkamlab borish uchun oldingi yosh
guruhlarida   ularning   qaysi   asarlar   bilan   tanishganlarini   bilishlari   kerak.   Buning
uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko‘rib chiqish va takrorlash materialini
belgilab olishi lozim.
Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga
o‘qib   beradigan   asarlarini   tavsiya   ro‘yxatidan   belgilab   oladi.   Bunda   u   bolalarda
his-tuyg‘u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni
tarkib   toptirishdek   muhim   tarbiyaning   umumiy   vazifalariga   amal   qiladi.
Bolalarning   qiziqqan   narsalarini,   ularning   o‘zaro   munosabatlarini,   o‘yinlarini
kuzatish   yaxshi   kitob   tanlashga   ancha   yordam   beradi.   Har   bir   asarni   tevarak-
atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog‘lash va o‘sha vaqtdagina o‘qib berish lozim,
deb o‘ylash noto‘g‘ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog‘liq mavzuni o‘qib berish
kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o‘qishni o‘tkazish lozim. Tarbiyachi   asar   tanlagach,   bolalarga   uni   qanday   yetkazish   lozimligini
aniqlab   olishi   kerak.   Notanish   so‘zlari   ko‘p   bo‘lgani   uchun   bolalar   mazmunini
tushuna   olmaydigan   asarni   o‘qimagan   ma’qul.   O‘tmishda   tarixiy   davr   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   mumtoz   adabiyot   namoyondalarining   asarlarida,   masalan,   A.S.
Pushkin   ertaklarida,   xalq   ertaklarida   uchraydigan   juda   ko‘p   notanish   so‘zlarni
tushuntirish   kerakmi?   degan   savol   tug‘iladi.   Bu   so‘zlar   bolalarning   asar
mazmunini   tushunib   olishlariga   xalaqit   bermaydimi,   shuning   uchun   ularni
tushuntirmasa ham bo‘ladi.
Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg‘ulotlar g‘oyat osoyishta sharoit
yaratilishini  talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg‘itmasligi
lozim.   Mashg‘ulotlarni   tez   uyushtirish,   uni   bolalar   adabiyotiga   xos   sog‘lom,
optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o‘tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni
xushmuomalalik   va   osiyishtalik   bilan   o‘tirishga   taklif   etib,   bolalarning   qanday
o‘tirganini   tekshirib,   mashg‘ulotni   boshlaydi.   Mashg‘ulot   boshlangan   vaqtdayoq
bolalarning   diqqatini   jalb   etish   juda   muhim.   Bunga   ogohlantirish,   po‘pisa   qilish
(«Eshitinglar, keyin sizlardan so‘rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima
so‘zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga
qarab   yorqin   surat,   topishmoq,   bolalar   tajribasidan   va   hokazolardan   foydalansa
bo‘ladi.   Bolalar   bilan   o‘qib   berishdan   oldin   va   o‘qib   berishdan   keyin   olib
boriladigan dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog‘liqdir. Ba’zan tarbiyachi
muqaddima   so‘zida   asarning   nomi,   muallifning   ismi,   mavzuni   ma’lum   qiladi.
Masalan,   «Bugun   men   sizlarga   o‘zbek   xalq   ertaklaridan   «Aqlli   qiz   qanday   qilib
qizg‘anchiq   boyni   aldagani»ni   o‘qib   beraman.   Mashg‘ulotni   muqaddima   suhbati
bilan boshlash mumkin. Masalan,  S.Y.Marshakning «O‘n ikki  oy» ertagini o‘qib
berishdan oldin: 
Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi?
Bolalar yoki tarbiyachi: O‘n ikki oy. 
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi?
Bolalar   oylar   nomini   aytishadi,   tarbiyachi   esa,   zarurat   bo‘lsa,   ularning
javoblarini tuzatadi.  Tarbiyachi:   Bir   oy   tugashi   bilanoq   ikkinchisi   boshlanadi.   Hali   hyech
qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o‘tmagan.
Oylar birin-ketin kelaveradi va hyech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo
odamlar   tog‘lik   o‘lka   –   Begimiyada   bir   qiz   bir   vaqtning   o‘zida   o‘n   ikki   oyning
hammasini ko‘rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo‘lgan?
Manna bunday ....
Keyin tarbiyachi kitobdan o‘qiy boshlaydi.
Ertak o‘qib bo‘lingach, qizcha bir vaqtning o‘zida birdaniga o‘n ikki oyni
qanday   ko‘rganligi,   qiyin   vaqtda   oylar   qizchaga   qanday   yordam   berganligi   va
boshqalar   haqida   suhbat   o‘tkazgan   ma’qul.   Ayniqsa,   axloqiy-estetik   va   bilish
mazmuniga ega bo‘lgan kitoblarni o‘qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi.
Axloqiy-estetik   mazmundagi   kitoblar   bolalarda   axloqiy   sifatlar,   xulq-atvorning
ijobiy   tomonlarini   tarkib   toptirishga   yordam   beradi.   Sh.   Sa’dullaning   «Injiq
qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V. Oseyevaning «Sehrli so‘z» degan asarlari
va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi.
Muhimi,   bolalarning   kitobni   eshitish   jarayonidayoq   uning   g‘oyaviy
mazmunini   tushunib   olishlaridir.   Bunda   muqaddima   suhbati   katta   rol   o‘ynaydi,
tarbiyachi   bunday   suhbatda   bolalar   diqqatini   eng   asosiy,   muhim   narsalarga   jalb
etadi, Masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa’dullaning «Injiq qiz» she’rini
o‘qib   berishdan   oldin   tarbiyachi   bolalarga   bunday   savol   beradi:   «Bolalar,
yaxshilab   o‘ylang   va   ayting:   qanday   qiz   haqida   –   yaxshi   qiz   va   qanday   qiz
to‘g‘risida – yomon deyishadi?».
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi:   Bolalar,   sizlar   kimning   yaxshi   qiz,   kimning   yomon   qiz
deyilishini   to‘g‘ri   aytinglar.     Hozir   men     sizlarga   Gulbodom   degan   qiz     haqida
yozilagan   she’rni   o‘qib   beraman.   Sizlar   yaxshilab   eshiting   va   keyin   menga
Gulbodomni   yaxshi   qiz   deyish   mumkin-munkin   emasligini   aytasiz.   Bu   she’r
«Injiq qiz» deb ataladi. She’rni shoir Shukur Sa’dulla yozgan.
Shundan so‘ng tarbiyachi she’rni o‘qiy boshlaydi.
Axloqiy-estetik   mazmundagi   kitobni   o‘qishdan   oldin   o‘tkaziladigan muqaddima   suhbati   qisqa   bo‘lishi   –   3-5   daqiqadan   oshmasligi   va   albatta   bolalar
tajribasi   bilan   bog‘lanishi   kerak   («Kimni   biz   yaxshi   qiz   deymiz?»   -bu   savol
bolalar tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan). 
Axloqiy-epik   mazmundagi   kitoblar   o‘qib   bo‘lingandan   keyin   ham   suhbat
o‘tkazishni   talab   etadi.   Bunday   suhbatlarda   juda   ko‘p   savol   va   tushuntirishlar
bo‘lmasligi   lozim,   chunki   bolalar   kitobni   o‘qish   paytidayoq   qahramonlar   xatti-
harakatlarining   mohiyatini   chuqur   anglab   oladilar.   O‘qilgan   asar   haqida
o‘tkaziladigan   suhbatlarda   bolalarni   qahramonlarning   xatti-harakatlarini   to‘g‘ri
baholashga   o‘rgatish   va   bolalarning   qahramon   va   uning   xatti-harakatlariga   o‘z
munosabatlarini aytishlariga erishish lozim».
Sh.   Sa’dullaning   she’rini   o‘qigandan   so‘ng   o‘tkaziladigan   suhbatda
bolalarga injiq qizning xulq-atvorini baholashga ko‘maklashadigan savollar berish
kerak.
Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo‘ladimi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Nima uchun?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Siz bunday qiz bilan do‘st bo‘lishni istarmidingiz? Nega?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomni uchratsangiz unga nima degan bo‘lar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi:   Gulbodomga   onangizga   qanday   g‘amxo‘rlik   qilishingiz   va
yordam berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Bilim   beruvchi   xarakterdagi   kitoblar,   masalan,   mehnat   haqidagi   kitoblar
mukaddima   suhbati   va   o‘qigandan   keyinga   suhbatni   boshqacha   mazmunda
bo‘lishini   talab  etadi.  Mehnat   haqidagi   kitob  bolalar  uchun   kishilarning  kasblari,
mashinalar va mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo‘lib xizmat etadi.
Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo‘libgina qolmay, balki 
kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar  tarbiyalash vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni 
shunday yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlar 
tarbiyalash imkonini bersin (masalan, katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik» 
she’rini o‘qishda).   Foyd alanilgan adabiyotlar:
1. Sh.Mirziyoyev.   “O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish
bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   tog‘rida”gi   PF-4947-son   Farmoni .
2017 -yil  7 -fevral .
2. Sh.Mirziyoyev.   Erkin   va  farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. –Toshkent, 2017.  B.56.
3. Sh.Mirziyoyev.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –Toshkent, 2017.  B.592.
4. R.N.Nurmatov,   X.N.Muzaffarova,   G.X.Temurova.   Nutq   o‘stirish
nazariyasi va metodikasi. O‘quv-metodik qo‘llanma.  - Jizzax , 2009 .
5. G.Nasriddonova,   S.Xo‘jaahmedov.   Nutq   o‘stirish   nazariyasi   va
metodikasi . -Toshkent, 2011.-B.320. 
6. M.R.Qodirova,   F.R.Qodirova.   Bolalar   nutqini   rivojlantirish
nazariyasi va metodikasi. -Toshkent, 2006. 
7. M.Asqarxo‘jayeva,   N.Hakimova.   Bog‘chalarda   o‘zbek   tilini
o‘rgatish.               -Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.126.
8. S.G‘oziyeva,   D.Ochilova,   L.Dolimova.   Badiiy   terma   kitob.   -
Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994. -B.222.

MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolalarni she’riy asarlar bilan tanishtirish.Turli yosh guruhlaridagi bolalarni mustaqil badiiy nutq faoliyatiga o‘rgatish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda bolalar adabiyotining ahamiyati Reja 1. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish. 2. Turli yosh guruhlarida matn bilan ishlash metodikasi

Maktabgacha tarbiya yoshidaga bolalar bilan ishlashda badiiy so‘z katta o‘rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko‘radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go‘zalliga, tilning ifodaliligi, she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya – buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o‘sishiga ta’sir ko‘rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o‘lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o‘yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg‘ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko‘rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to‘g‘ri-noto‘g‘ri deb, o‘zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do‘stlik, halollik, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik namunalarini ko‘rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi, tilning o‘tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so‘z qudratini his etadilar, uncha katta bo‘lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so‘zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog‘chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o‘tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo‘lib qoladi. Xalq, og‘zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlarning ko‘plari uzoq o‘tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi.

Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo‘lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg‘anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo‘lishga majbur etadi. O‘zbek xalq ertaklaridan tashqari ko‘pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o‘qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o‘qib berish dasturiga kiritilgan. O‘zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko‘p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G‘.G‘ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo‘min, Sh. Sa’dulla, Q. Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari – bolalarga o‘qib beriladigan asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan adabiyotlar ro‘yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o‘rin olgan. Bu ro‘yxatga chet el yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. Bolalarga o‘qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she’r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she’rlari, topishmoqlar, masallar kiradi. Bolalar bog‘chasi dasturida ko‘rsatilgan asarlarning ko‘pchiligi bolalar adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun yangi kitoblar nashr etib turiladi. Tarbiyachi bosmadan chiqayotgan kitoblarni kuzatib borishi, jurnallardagi tanqidiy maqolalarni o‘qishi va bolalar kitoblarining muhokama etilishida ishtirok etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko‘p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar bog‘chasining muhim vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o‘zlashtirib olishlariga, ularni to‘g‘ri tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir qismini yod olishlari, bir qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari lozim.

Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko‘nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg‘ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar bog‘chasida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o‘tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim. Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o‘qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko‘zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog‘cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o‘rtoqlashish istagi va ko‘nikmasini tarbiyalashi lozim. Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo‘lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o‘zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko‘rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim. Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o‘qib beradigan asarlarini tavsiya ro‘yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-tuyg‘u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, o‘yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak- atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog‘lash va o‘sha vaqtdagina o‘qib berish lozim, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog‘liq mavzuni o‘qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o‘qishni o‘tkazish lozim.

Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so‘zlari ko‘p bo‘lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o‘qimagan ma’qul. O‘tmishda tarixiy davr bilan bog‘liq bo‘lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko‘p notanish so‘zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug‘iladi. Bu so‘zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo‘ladi. Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg‘ulotlar g‘oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg‘itmasligi lozim. Mashg‘ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog‘lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o‘tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni xushmuomalalik va osiyishtalik bilan o‘tirishga taklif etib, bolalarning qanday o‘tirganini tekshirib, mashg‘ulotni boshlaydi. Mashg‘ulot boshlangan vaqtdayoq bolalarning diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po‘pisa qilish («Eshitinglar, keyin sizlardan so‘rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so‘zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo‘ladi. Bolalar bilan o‘qib berishdan oldin va o‘qib berishdan keyin olib boriladigan dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog‘liqdir. Ba’zan tarbiyachi muqaddima so‘zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men sizlarga o‘zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib qizg‘anchiq boyni aldagani»ni o‘qib beraman. Mashg‘ulotni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O‘n ikki oy» ertagini o‘qib berishdan oldin: Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi? Bolalar yoki tarbiyachi: O‘n ikki oy. Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi? Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo‘lsa, ularning javoblarini tuzatadi.