Ma’lumotlar tuzilmasi, tuzilmalar ustida amallar.Dasturlash texnologiyasi
Ma’lumotlar tuzilmasi, tuzilmalar ustida amallar.Dasturlash texnologiyasi Reja: 1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ma’lumotlarni taqdim etish darajalari 2. Yozuvning ichki tuzilmasi 3. Xotirada ma’lumotlarni ketma-ket va boglik takdim etish
Axborot tizimlarining qo‘llanish sohalari turli-tuman. Bunday sharoitlarda ikkita bir xil tizimni topish qiyin. Ular asosiy xususiyatlari va o‘ziga xos tomonlari bilan farklanadi, masalan: ishlov berilayotgan axborot xarakteri, maksadli funksiyalari, tizimning texnikaviy darajasi va xokazo. Sanab o‘tilgan xususiyatlar axborotni xam tizimda, xam foydalanuvchi uchun takdim etish shakli, axborotga ishlov berish jarayonlarining xarakteri va axborot tizimlarining muxit bilan o‘zaro alokasi, apparat va dasturiy ta’minotning tarkibiga ta’sir etadi. Axborot tizimlarini asosiy belgilari bo‘yicha tasniflash oldingi bo‘limlarda ko‘rib chikilgan edi. Ravshanki, axborotni saqlash, ishlov berish va izlash uchun kompyuterlardan foydalaniladigan avtomatlashtirilgan va avtomat axborot tizimlarini ushbu ko‘rib chikish predmeti deb xisoblash kerak. So‘zsiz, bugungi kunda bu tizimlar funksional imkoniyatlarining kengligi, axborotning katta massivlarini saklash va ishlov berish kobiliyati bilan farklanadi. Bu tizimlarning o‘ziga xos xarakterli xususiyati kompyuterlardan turli-tuman agregatlarda va bo‘g‘inlarda, xususan axborotni to‘plash, tayyorlash, uzatish va takdim etishda, keng foydalanishdan iborat. Har kanday axborot tizimi uning uchun kiritiladigan axborot manbai va takdim etiladigan axborot iste’molchisi hisoblanadigan tashqi muxit kurshovida ishlaydi. Bunday tizim doirasida, tizimga kirishdan boshlab va undan chiqqunga kadar, axborot okimi bir nechta ishlov berish bosqichidan o‘tadi. Ma’lumki, axborotga ishlov berishning asosiy boskichlariga axborotni to‘plash, ro‘yxatga olish va dastlabki ishlov berish, aloka kanali bo‘ylab manbadan kompyuterga uzatish, axborot massivlarini yaratish va saklab turish, axborotni chikarib berish shakllarini shakllantirish, aloka kanali bo‘ylab kompyuterlardan iste’molchiga uzati щ , foydalanuvchi kabul kilishi uchun kulay shaklga o‘tkazish kabilar kiradi Axborot tizimining kompyuteriga tushadigan axborot atrof- muhitdagi ob’ektlar yoki alohida tarkibiykismlarning qolatini, algoritmlar esa unga tashqi muxitda ishlov berishning tegishli koidalariga mos bo‘lgan ishlov berishning ba’zi koidalarini aks ettiradi. Kompyuterlarga uzatiladigan axborot xotirada axborot massivlarini xosil kilib joylashadi, axborot massivlari esa birgalikda axborot fondini tashkil etadi. Axborot massivlari muayyan tuzilma tarzida tashkil etiladi, u xaqiqiy olam ob’ektining tuzilish tarkibi, uning ayrim elementlari o‘rtasidagi alokalar va ularning xarakterlari bilan boglikdir. Massiv xamda fond elementlari bilan umuman olganda ishlov berishning turli operatsiyalari amalga oshiriladi, kuyidagilar ular ichida eng asosiylari xisoblanadi: mantiqiy va arifmetik operatsiyalar, axborotni saralash va izlash, yuritish xamda tuzatish
kiritish. Bu operatsiyalar natijasida axborotning dolzarbligi ta’minlanadi, ya’ni atrof- muxit va uning kompyuterdagi modeli o‘rtasida zaruriy muvofiqlik ta’minlanadi. Bundan tashkari, chikarib beriladigan axborot ishlov berish topshiriklariga muvofik ravishda shakllantiriladi. Avtomatlash tirilgan axborot tizimlarida ma’lumotlarni takdim etish daraj alari Ilgari belgilanganidek, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari hakiqiy olamdagi ob’ektlar to‘g‘risidagi axborotni saklaydi va ishlov beradi. Katta ob’ektlarni, ularning tabiiy murakkabligini xisobga olgan xolda, kompozitsiya tamoyillaridan foydalanib aloxida agregat va bo‘ginlarga bo‘lish kabul kilingan. Muayyan ob’ekt yoki uning bir qismini ta’riflovchi axborotning muayyan majmui mantikiy yozuv yoki oddiygina kilib yozuv deb ataladi. Muayyan sinfga oid ko‘plab ob’ektlarni ta’riflovchi yozuvlar to‘plami axborot massivlari deb ataladi. Hakiqiyolamda ob’ektlar va ularning aloxida agregatlari o‘rtasida turli darajadagi murakkablikka ega bo‘lgan muayyan munosabatlar va o‘zaro aloqalar mavjud bo‘ladi. Axborotga ishlov berish va saqlash tizimlarini ishlab chiqish jarayonida bu munosabatlar aniqlanadi va yozuvlar xamda axborot massivlarini strukturalash yo‘li bilan aks ettiriladi. Ma’lumotlar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni aniqlab berishni ta’minlaydigan axborot massivlarining tashkiliy shakli ma’lumotlar tuzilmasi deb ataladi. Ma’lumotlarga EHM da ishlov berish jarayonida ularning axborot to‘liqligi yo‘qolmasligi, xaqiqiy olamda ob’ektlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlarning ma’nosi buzilmasligi uchun tuzilmalarni doimiy kuzatib borish zarur, ya’ni ishlov berish jarayonidagi har kanday operatsiyalar ma’lumotlar tuzil masini buzmasligi kerak.
Mantikiy darajada ob’ektlar va ularning tavsiflari o‘rtasidagi mavjud haqiqiy munosabatlarni aks ettiruvchi ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalari bilan ishlanadi, bu tavsiflar ma’lumotlar tizimdan foydalanuvchiga kanday shaklda takdim etilishini ko‘rsatib beradi. Ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalarini ishlab chikishda tizimdan foydalanuvchilarning axborotga extiyoji va bu axborot xal kilishi mo‘ljallanayotgan vazifalar xarakteri xam hisobga olinadi. Bu darajada axborot birligi mantikiy yozuv xisoblanadi, tegishli mantikiy yozuv bilan tavsiflanadigan ob’ekt muayyan belgilari - xususiyatlari bilan xarakterlanadi, ular yozuv atributlari shaklida ifodalanadi. Mantikiy darajada tizimning ishlab chikuvchisi ta’riflanadigan ob’ektlar sinfini to‘lik xarakterlovchi belgilar ro‘yxatini belgilaydi. Belgilarning majmui va ularning o‘zaro alokasi mantikiy yozuvning ichki tuzilmasini belgilaydi. Ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmasi AAT da ular tugrisidagi ma’lumotlarga ishlov berilayotgan ob’ektlarni to‘liq ta’riflab berishi; ob’ektlar va ularning tavsiflari o‘rtasidagi haqiqiy munosabatlarni mos ravishda aks etgirishi; tizimdan foydalanuvchilarning axborotga ehtiyojini qondirishni va ilovalarning topshiriklarini hal kilishni ta’minlashi zarur. Ob’ektning kaysi xususiyatlari yozuv atributlarida aks ettirilishi zarurligini tizim ishlab chiquvchisi yetarlilik tamoyillaridan kelib chiqqan holda hal kiladi. Ma’lumotlarni takdim etishning mantikiy darajasida tizimning texnik va matematik ta’minoti (kompyuter turi, xotira kurilmasi (XQ) turi, dasturlashtirish tili, operatsion tizim) xisobga olinmaydi. Saklash darajasida saklanadigan tuzilmalar - kompyuterlar xotirasidagi ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalari bilan operatsiyalar bajariladi. Saklash tuzilmasi to‘laligicha ma’lumotlarning mantikiy tuzilmasini aks ettirishi va uni AAT (avtomatlashtirilgan axborot tizimlari) ishlash jarayonida qo‘llab turishi zarur. Bu darajada xam axborot birligi mantikiy yozuv xisoblanadi. AAT hech kanday buzilishga yo‘l qo‘ymay mantikiy darajani saklash darajasiga o‘tkazishi kerak. Mashinaning operativ xotirasi va tashki xotira turli imkoniyatlarga ega, shuning uchun OX (operativ xotira) va TXQ (tashqi xotira kurilmalari) da ma’lumotlarni tashkil etish vosita va usullari xam turlichadir. Saklash tuzilmalarini ishlab chiqish yoki tanlashda ma’lumotlar saklanadigan XQ turi xisobga olinadi, ma’lumotlarning turi va formati belgilanadi, shuningdek mantikiy tuzilmalarni dolzarb xolatda saklab turish usuli aniklanadi. Ma’lumotlarni OX va TXQ da takdim etishning turli usullari ma’lum, ma’lumotlarning aynan bitta mantikiy tuzilmasi kompyuter xotirasida turli saklash tuzilmalari bilan
amalga oshirilishi mumkin. Saklashning xar bir tuzilmasi ma’lumotlarga kirishning muayyan usuli va ular bilan operatsiyalarni bajarishning muayyan imkoniyatlaridan iborat. U ma’lumotlarni joylashtirish uchun zarur bo‘lgan xotira xajmi bilan xarakterlanadi. Ma’lumotlarga ishlov berish samaradorligi bevosita saklash tuzilmasini tanlashga bog‘liq. Xotira tuzilishini ishlab chiqishda muayyan texnika vositalarning parametrlari taxlil kilinadi: xotira turi va xajmi, adresatsiya usuli, ma’lumotlarga kirish usuli va vakti. Bu darajada kompyuterning asosiy va tashqi xotirasi o‘rtasida ma’lumotlar bilan almashinish vazifalari xal kilinadi. B archa darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqishda ma’lumotlarning mustaqillik tamoyili ta’minlanishi kerak. Ma’lumotlarning jismoniy mustakilligi ma’lumotlarning jismoniy joylashishi va tizimning texnika ta’minotidagi o‘zgarishlar mantikiy tuzilmalar va amaliy dasturlarga ta’sir etmasligi, ya’ni ularda o‘zgarishlarga sabab bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Ma’lumotlarning mantikiy mustakilligi saklash tuzilmalaridagi o‘zgarishlar ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalari va amaliy dasturlarda o‘zgarishlarga olib kelmasligi zarurligini anglatadi. Bundan tashqari, yangi foydalanuvchilar va yangi so‘rovlarning paydo bo‘lishi munosabati bilan ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmalariga kiritiladigan o‘zgarishlar tizimning boshka foydalanuvchilari amaliy dasturlariga ta’sir etmasligi kerak. Elementar ma’lumotlarni dastur butunligicha o‘qiydi va ishlov beradi, ularning qismlariga kirish mumkin emas. Odatda bu ma’lumotlar axborot izlashning bevosita ob’ekti bo‘lmaydi, lekin bir kator xollarda ulardan erkin foydalanish ta’minlangan bo‘lishi kerak. Masalan, izlash jarayonida ayrim simvollarni solishtirish zaruriyati yuzaga kelishi mumkin. Har bir turning elementar ma’lumotlari xotirada takdim etishning