logo

MAHALLIY OG’RIQSIZLANTIRISH AHAMIYATI VA QO’LLASH USULLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.87109375 KB
MAHALLIY OG’RIQSIZLANTIRISH  AHAMIYATI VA QO’LLASH
USULLARI .
Reja:
1. Mahalliy og’riqsizlantirish tushunchasini aniqlash va unga ko’rsatma
va qarshi ko’rsatmalar.
2. Mahalliy og’riqsizlantirish uchun ishlatiladigan anestetiklar ,  ularning
ta’sirini kuchaytirish va uzaytirish.
3. Mahalliy og’riqsizlantirish turlari.
4. Mahalliy anesteziyaning diagnostik ahamiyati.
5. Novokain eritmasining patogenetik ta’siri. Mahalliy   og’riqsizlantirish   –   bu   anestetik   moddalar   ta’sirida
hayvonlarning   muayyan   qismidagi   og’riq   sezuvchanlikni   yo’qotishdir.   Bu
moddalar   o’ziga   xos   asl   xoliga   qayta   oladigan   ta’siri   bilan   periferik   nerv
sistemasining   biror   bo’lagiga   ta’sir   qilib,   uni   og’riq   sezmaydigan   qilib
ko’yadi.  Lekin  bu  ta’sir  hayvonlar  organizmida  chuqur  tuz i lish  o’zgarishiga
olib kelmaydi, odatda, bunda faqatgina og’riq sezuvchanlik emas, balki taktil,
harorat va boshqa sezuvchanliklar ham yo’qoladi.
Mahalliy   og’riqsizlantirish     uchun   ishlatiladigan   turli   moddalar   nerv
sistemasiga   ta’sir   qilib ,   reflektor   yoyni   (yo’lini)   uzadi   va   og’riq   paydo
bo’lgan   joydan   impulslar   markaziy   nerv   sistemasiga   yetib   bormaydi   va
hayvonlarda og’riqqa sezuvchanlik yo’qoladi.
Mahalliy   og’riqsizlantirish   amalda   xavfsiz,   shuning   uchun   ozg’in,
anemiya, bo’g’oz, nafas olish organlari kasallangan, yurak-tomir kasalliklari
bo’lgan   hayvonlarda   qo’llaniladi.   Iloji   boricha   mahalliy   og’riqsizlantirish
qo’llashga harakat qilish kerak.
Ayrim   hollarda   mahalliy   og’riqsizlantirishni   qo’llab   bo’lmaydi,
masalan,   bu   usulni   yaxshi   bilmagan   holda,   individual   sezuvchanlik   yuqori
bo’lganda,   yosh   mollarda   ko’p   qon   yo’qotish   bilan   tez   ravishda   qilinadigan
operasiyalarda,   to’qimalarda   fibroz   o’zgarishlar   namoyon   bo’lganda.   Aks
holda asoratlar vujudga kelishi mumkin va ular hayvonlarning o’limiga olib
keladi.
Mahalliy   og’riqsizlantirish   uchun   turli   preparatlar   sintez   qilingan:
kokain   –   (cocainum)   koka   butasi   bargidan   olinadigan   alkoloid.   1860   yilda
Niman sintez qilgan, 1879 yilda Anrep mahalliy anesteziya uchun ishlatgan.
Rangsiz, oq kristall kukun, ta’mi achchiq, suv va spirtda yaxshi eriydi, shilliq
pardalar orqali yaxshi  o’tadi, qonga o’tgach umumiy ta’sir qiladi.
Novokaindan   16   baravar   zaxarli,   hayvonlarning   teri   ostiga
yuborilganda   nafas   olish,   yurak   urishi   tezlashadi,   ichaklarni   peristaltikasi kuchayadi.   Hayvonlarda   eng   yuqori   miqdori   0,5,   yirik   shoxli   mollarda   0,6,
itlarda   0,05   gr.   Veterinariyada   yuzaki   og’riqsizlantirish   uchun   5-10   %
regionar (o’tkazgich) anesteziya uchun 2-4 %.
Novokain   –   og’riqsizlantirishning   yetarli   ekanligi,   zaxarli   ta’siri
yo’qligi va to’qimalarga zararli ta’sir ko’rsatmasligi tufayli keng qo’llaniladi.
Novokain   sintetik   preparat   bo’lib,   hidsiz,   achchiq   ta’mli,   oq   kristallardan
iborat,   u   suvda   yaxshi   eriydi   va   qaytadan   qaynatilganda   parchalanib
ketmaydi.   Novokainning   umumiy   zaxarli   ta’siri   kokaindan   7-10   marta
kamroq. Germetik mahkamlangan novokainning sterillangan eritmalari uzoq
muddat   davomida   og’riqsizlantirish   xususiyatini   yo’qotmasdan   saqlanadi.
Novokain avval qon tomirlarini kengaytiradi, so’ngra ularni toraytiradi.
Mahalliy   og’riqsizlantirish   uchun   novokainning   0,25   %   dan   4-5   %
ligacha   eritmalari   qo’llaniladi.   Novokain   qon   zardobi,   jigarda   tez
parchalanish   xususiyatiga  ega  bo’lganligi  sababli,  u  kumulyativ  ta’sirga  ega
emas.
Dikain   –   sintezlab   olinadigan,   oq-sarg’ish   kristall   kukun.   Suvda   va
spirtda   eriydi,   qaynatilganda   parchalanmaydi.   Anesteziyalovchi   ta’siri
novokaindan   10-15   baravar   ortiq,   zaxarli   ta’siri   10   baravar.   Shilliq   pardalar
orqali yaxshi shimiladi, ko’pincha yuzaki og’riqsizlantirish uchun ishlatiladi.
Sovkain   –   oq-sarg’ish   kristall   kukun   bo’lib,   suvda   va   spirtda   yaxshi
eriydi.   Qaynatganda   parchalanmaydi.   Uning   og’riqsizlantirish   ta’siri
novokainga   nisbatan   15-20   mrta   kuchliroq.   Og’riqsizlantirish   ta’siri   uzoq
davom   etsa   ham   (10   soatga)   lekin   novokainga   nisbatan   u   30   marta   ko’proq
zaxarli   bo’lib,   organizmdan   sekin   chiqadi.   Sovkain   qon   tomirlarini
kengaytiradi,   mahalliy   anesteziyada   1:500,   1:2000   nisbatlarda   eritilgan
eritmasi ishlatiladi.
Lidokain   –   oq   kukun,   suvda   yaxshi   eriydi,   juda   mustahkam.
Anesteziyalovchi   ta’siri   novokainga   nisbatan   4   marta   kuchliroq,   2   marta ko’proq zaxarli, tez shimiladi va sekin parchalanadi, og’riqsizlantirish ta’siri
uzoq   davom   etadi.   Yuzaki,   infiltrasion   va   o’tkazuvchan   anesteziyasida
qo’llaniladi 0,5 % dan 10 % ligacha eritmasi ishlatiladi.
Uzoq   davom   etadigan   operasiyalarda   hamda   operasiyadan   keyin
og’riqni   pasaytirish   uchun   og’riqsizlantiruvchi   moddalarga   analgeziyani
uzaytiruvchi   moddalar   qo’shiladi.   Shunday   modda   sifatida   adrenalin
ishlatiladi,   qon   tomirlarini   toraytirib   og’riqsizlantiruvchi   moddaning
tarqalishini sekinlatadi. 100 ml eritmaga 2-3 tomchi qo’shiladi.
I.Ye.   Povajenko   tomonidan   taklif   qilingan   novokainga   qon   zardobini
aralashtirish  uning ta’sirini uzaytiradi va  jarohatga qon  oqishini to’xtatishga
yordam beradi. 10 % li 10 ml novokain eritmasiga 200 ml zardob qo’shiladi.
  Uzoq   vaqt   anesteziyasi   uchun   novokainni   yog’li   eritmasidan
foydalanish   mumkin,   uni   birinchi     marta   1930   yilda   Gaza   qo’llagan.   Shu
maqsadda   kungaboqar   yoki   baliq   yog’ini   ishlatish   mumkin,   odatda   2   %   li
eritmasi   tayyorlanadi.   Novokain   juda   sekin   tarqaladi   va   2   sutkagacha   ta’sir
etadi. Novokain 10 % li glyukozada eritilganda ham sekin tarqaladi.
Operasiyadan   keyin   asoratlarning   oldini   olish   maqsadida
anestetiklarning   antiseptik   eritmalari   ishlatiladi:   novokain-rivanolli,
novokain-penisilinli.   Buning   uchun   100   ml   novokainga   10   %   rivanolning
1:500   nisbatli   eritmasi   yoki   50-100   ming   TB   penisillin   qo’shiladi.   Shu
maqsadda   har   qanday   antibiotikni   qo’llash   mumkin.   Mahalliy   anesteziya
o’tkazish vaqtida premidikasiyani qo’llash mumkin. Bu bilan neyroendokrin
va   vegeta-tomirlar   reaksiyalarini   stabillash,   analgetik   va   anesteziyalovchi
moddalarning zaxarli ta’sirini va miqdorini kamaytirishga erishish mumkin.
Mahalliy og’riqsizlantirish quyidagi turlarga bo’linadi:
1.   Ustki   (yuzaki)   anesteziya   –   bu   anesteziyalovchi   moddani   operasiya
maydonning   ustiga   surtishdir.   Uni   konyunktivalar,   shilliq,   seroz,   sinovial
pardalarni, keng jarohat yuzalarini og’riqsizlantirish uchun qo’llash mumkin. Ko’z   konyuktivasini   og’riqsizlantirishda   2-%   li   kokain   eritmasi   5-10   %
novokain bilan ishlatiladi.
Anesteziyani davom etish muddati 20 minut, uzoqroq anesteziya qilish
uchun   1-2   %   sovkain   qo’llaniladi.   Og’iz,   burun,   hiqildoq,   jinsiy   organlar
shilliq   pardalarini   og’riqsizlantirish   uchun   shu   eritmalar   tampon   yordamida
ishlatiladi.   Og’iz   va   milklarning   shilliq   pardasini   og’riqsizlantirish   uchun
hozirgi   vaqtda   piromekain   ishlatish   tavsiya   etilgan.   Siydik   pufagini
og’riqsizlantirish   uchun   uni   kateter   bilan   bo’shatib,   0,25-0,5   %   li   novokain
yuboriladi.   Bo’g’imlarni,   pay   ini   va   bursalarning   sinovial   pardasini
og’riqsizlantirish uchun avval bo’shatilib, novokainning 4-6 % li eritmasi 5-
10 ml ishlatiladi.
Teri   yuzasini   muz,   qor   yoki   tez   bug’lanadigan   suyuqliklar,   masalan,
xlor   etil   yordamida   yaxlatish   bilan   og’riqsizlantirish   mumkin,   ta’siri   1-2
minut.
2.   Infiltrasion   aneteziya   –   operasiya   qilinadigan   joydagi   to’qima
qatlamlarini   anestetik   moddalariga   to’yintirish.   Ular   nerv   reseptorlariga   va
tarmoqlariga ta’sir qilib, og’riqning o’tkazuvchanlik qobiliyatini susaytiradi.
Bu maqsadda novokainning 0,25-0,5-1 % eritmasi ishlatiladi.
Infiltrasion   anesteziyaning   bir   necha   turlari   bor:   ingichka   igna
yordamida   novokainni   teri   va   teri   osti   qavatiga   yuborib   infiltrat   hosil   qilib,
shundan   keyin   chuqur   joylashgan   to’qimalarga   o’tiladi.   Shunda   sirkulyar
infiltrasiya   qo’llash   mumkin,   anestetik   moddalar   ikki   yoki   bundan   ko’p
nuqtadan igna romb, piramida shaklida to’qimalarga yuboriladi.
Novokainning   kuchsiz   eritmasini   qavatma-qavat   inyeksiya   qilib
og’riqsizlantirishni   A.V.   Vishnevskiy   taklif   etgan.   Novokain   eritmasini
to’qimalarga katta bosim bilan qo’yish uning reseptorlar va nerv xujayralari
bilan   uzluksiz   to’qnashuviga   imkon   berdi.   Vishnevskiy   bo’yicha
novokainning   kuchsiz   eritmasidan   ko’p   miqdorda   qavatma-qavat   yuborib, fassial   va   aponevratik   qinlarga   tarqaladigan   sudraluvchi   infiltrat   h osil
qilinadi.   Bu   to’qimalarni   tezlikda   kesish   imkonini   beradi,   chunki   bunda
novokain   nerv   tuzilmalariga   bevosita   ta’sir   etishdan   og’riqsizlantirish   tez
boshlanadi.   Vishnevskiy   usulining   afzalligi   shundaki,   bunda   sudraluvchi
qattiq infiltrat hosil qilish yo’li bilan to’qimalar gidravlik preparovka qilinadi,
bu esa operasiyani osonlashtiradi.
Quyidagi resept asosida eritma yuboriladi:
Rp.: Natrii chloridi purissimi 50.0
        Kalii chloridi – 0.75
        Calcii chloridi – 0.125
        Novocaini – 2.5
        Aquae distillatae 1000.0
        Sol. Adrenalini 1 :1000 – 2,0
         M.f. Sol. Steril
3. O’tkazuvchan (regionar) anesteziya. Bu anesteziya   usul i sezuv nervi
impulslarining   o’tkazuvchanligini   to’sishga   asoslangan.   O’tkazuvchanlikni
to’xtatish uchun anestetik dori eritmasini nerv yoki uning atrofiga yuboriladi.
Odatda nerv tol a lari qobiq bilan o’ralgan bo’lgani uchun novokainning 2-4 %
li eritmasidan 5-20 ml foydalaniladi.
4.   Epidural   anesteziya   –   bunda   orqa   miya   qobiqlaridan   tashkil   topgan
nerv   ildizlari   va   tarmoqlari   umurtqa   kanalining   ichida   og’riq-sizlantiriladi.
Anestetik   suyuqligi   orqa   miya   qattiq   qobig’i   va   umurtqa   kanali ni   tashkil
qiladigan epidural qobig’iga yuboriladi. Agar suyuqlik orqa miyaning pastki
qatlamlariga   yuborilsa   subdural,   subaraxnoidal   anesteziya   deyiladi.
Suyuqlikni   umurtqa   pog’onasida   yuborilish   joyiga   qarab   quyidagilarga
bo’linadi: s o kral, lyumbosokral va lyumbal anesteziya.
Sokral anesteziya: Ko’rsatmasi   –   orqa   oyoq,   to’g’ri   ichak,   jinsiy   organlarda,   chotda,
qorinning orqa qismida bajariladigan operasiyalarda qo’llaniladi.
Texnikasi   –   pastki   (orqa)   va   yuqori   (oldingi)   sokral   anesteziya
qo’llniladi.   Novokain   miqdori   pastkisida   aniqlash   uchun   maklokdan,
quymich tepachasigacha bo’lgan uzunlikni 3 ga bo’lish kerak, yuqorisida 50-
150 ml 2 % novokain yuboriladi, 1,5 soatgacha og’riqsizlantiriladi.
Lyumbo-sokral anesteziya:
Ko’rsatmasi   –   orqa   oyoq,   jinsiy   organ,   yelin,   chotda,   qorinda
bajariladigan operasiyalarda qo’llaniladi.
Texnikasi   –   B o r   ignasi   qo’llaniladi.   Igna   oxirgi   bel   umurtqasi   va
birinchi   dumg’aza   umurtqasi   oralig’iga   kiritiladi.   Miqdori   3   %   li   novokain
eritmasidan 20-30 ml.
Lyumbal anesteziya:
Ko’rsatmasi  – qorin qismidagi aperasiyalarda.
Texnikasi   –   suyuqlik   1   va   2   bel   umurtqasi   oralig’iga   kiritiladi,   igna
sanchish chuqurligi 5,8 dan 9,3 sm gacha, 10 ml 4 %   li   novokain yuboriladi
va 2,5 soat davomida og’riqsizlantiriladi.
Mahalliy   anesteziyani   diagnostik   maqsadlarda   qo’llash   mumkin.
Ayniqsa   oyoq   kasalliklari   vujudga   keltiradigan   oqsashning   og’riq   nuqtasini
aniqlash uchun. 
Ko’pgina     kuzatishlar   va   maxsus   tadqiqotlar     natijasida   novokain
inyeksiyasi   kasallikning   kechishini   boshlang’ich   bosqichlarida   yaxshilashga
olib kelishi aniqlangan.
Novokain sezuvchi nerv impulslarining o’tkazuvchanligini to’sish bilan
birgalikda   nerv   sistemasini   bir   oz   qitiqlab,   to’qimalarning   oziqlanishiga
yaxshi   ta’sir   etadi.   Natij a da   novokain   blokadasi ning   ta’siri   quyidagicha
bo’ladi:
A) Yiringli jarayonlar tez chegaralanadi va yakunlanadi. B)   Yallig’lanish   jarayonini   rivojlanishi   seroz   suyuqligi   to’planish i
bosqichida to’xtatish mumkin.
V) Tomir devorlari holati normallashadi.
G) Metabolizm jarayonlari yaxshilanadi.
Bularning   hammasi   novokainni   patogenetik   terapiya   maqsadida
qo’llash   mumkinligini   ko’rsatadi.   Buning   uchun   0,25-0,5   %   novokain
ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Operativ   xirurgiya   –   X.K.   Rustamov,   Ya.A.Axbutayev,
B.D.Narziyev – 1997.
2. Operativnaya xirurgiya – Magda I.I.  – 1990.
3. Regionarnoye obezbolivaniye. A.Yu. Po щ uk. 1987.
4. Eksperiment v xirurgii. V. Kovinov. 1989.
5.   Borba   s   bolyu   ili   chelovek   na   operasionnom   stole.   V.Yu.    
Ostrovskiy. 1983 . 
6. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and
Lameness” USA, 
               2005

MAHALLIY OG’RIQSIZLANTIRISH AHAMIYATI VA QO’LLASH USULLARI . Reja: 1. Mahalliy og’riqsizlantirish tushunchasini aniqlash va unga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar. 2. Mahalliy og’riqsizlantirish uchun ishlatiladigan anestetiklar , ularning ta’sirini kuchaytirish va uzaytirish. 3. Mahalliy og’riqsizlantirish turlari. 4. Mahalliy anesteziyaning diagnostik ahamiyati. 5. Novokain eritmasining patogenetik ta’siri.

Mahalliy og’riqsizlantirish – bu anestetik moddalar ta’sirida hayvonlarning muayyan qismidagi og’riq sezuvchanlikni yo’qotishdir. Bu moddalar o’ziga xos asl xoliga qayta oladigan ta’siri bilan periferik nerv sistemasining biror bo’lagiga ta’sir qilib, uni og’riq sezmaydigan qilib ko’yadi. Lekin bu ta’sir hayvonlar organizmida chuqur tuz i lish o’zgarishiga olib kelmaydi, odatda, bunda faqatgina og’riq sezuvchanlik emas, balki taktil, harorat va boshqa sezuvchanliklar ham yo’qoladi. Mahalliy og’riqsizlantirish uchun ishlatiladigan turli moddalar nerv sistemasiga ta’sir qilib , reflektor yoyni (yo’lini) uzadi va og’riq paydo bo’lgan joydan impulslar markaziy nerv sistemasiga yetib bormaydi va hayvonlarda og’riqqa sezuvchanlik yo’qoladi. Mahalliy og’riqsizlantirish amalda xavfsiz, shuning uchun ozg’in, anemiya, bo’g’oz, nafas olish organlari kasallangan, yurak-tomir kasalliklari bo’lgan hayvonlarda qo’llaniladi. Iloji boricha mahalliy og’riqsizlantirish qo’llashga harakat qilish kerak. Ayrim hollarda mahalliy og’riqsizlantirishni qo’llab bo’lmaydi, masalan, bu usulni yaxshi bilmagan holda, individual sezuvchanlik yuqori bo’lganda, yosh mollarda ko’p qon yo’qotish bilan tez ravishda qilinadigan operasiyalarda, to’qimalarda fibroz o’zgarishlar namoyon bo’lganda. Aks holda asoratlar vujudga kelishi mumkin va ular hayvonlarning o’limiga olib keladi. Mahalliy og’riqsizlantirish uchun turli preparatlar sintez qilingan: kokain – (cocainum) koka butasi bargidan olinadigan alkoloid. 1860 yilda Niman sintez qilgan, 1879 yilda Anrep mahalliy anesteziya uchun ishlatgan. Rangsiz, oq kristall kukun, ta’mi achchiq, suv va spirtda yaxshi eriydi, shilliq pardalar orqali yaxshi o’tadi, qonga o’tgach umumiy ta’sir qiladi. Novokaindan 16 baravar zaxarli, hayvonlarning teri ostiga yuborilganda nafas olish, yurak urishi tezlashadi, ichaklarni peristaltikasi

kuchayadi. Hayvonlarda eng yuqori miqdori 0,5, yirik shoxli mollarda 0,6, itlarda 0,05 gr. Veterinariyada yuzaki og’riqsizlantirish uchun 5-10 % regionar (o’tkazgich) anesteziya uchun 2-4 %. Novokain – og’riqsizlantirishning yetarli ekanligi, zaxarli ta’siri yo’qligi va to’qimalarga zararli ta’sir ko’rsatmasligi tufayli keng qo’llaniladi. Novokain sintetik preparat bo’lib, hidsiz, achchiq ta’mli, oq kristallardan iborat, u suvda yaxshi eriydi va qaytadan qaynatilganda parchalanib ketmaydi. Novokainning umumiy zaxarli ta’siri kokaindan 7-10 marta kamroq. Germetik mahkamlangan novokainning sterillangan eritmalari uzoq muddat davomida og’riqsizlantirish xususiyatini yo’qotmasdan saqlanadi. Novokain avval qon tomirlarini kengaytiradi, so’ngra ularni toraytiradi. Mahalliy og’riqsizlantirish uchun novokainning 0,25 % dan 4-5 % ligacha eritmalari qo’llaniladi. Novokain qon zardobi, jigarda tez parchalanish xususiyatiga ega bo’lganligi sababli, u kumulyativ ta’sirga ega emas. Dikain – sintezlab olinadigan, oq-sarg’ish kristall kukun. Suvda va spirtda eriydi, qaynatilganda parchalanmaydi. Anesteziyalovchi ta’siri novokaindan 10-15 baravar ortiq, zaxarli ta’siri 10 baravar. Shilliq pardalar orqali yaxshi shimiladi, ko’pincha yuzaki og’riqsizlantirish uchun ishlatiladi. Sovkain – oq-sarg’ish kristall kukun bo’lib, suvda va spirtda yaxshi eriydi. Qaynatganda parchalanmaydi. Uning og’riqsizlantirish ta’siri novokainga nisbatan 15-20 mrta kuchliroq. Og’riqsizlantirish ta’siri uzoq davom etsa ham (10 soatga) lekin novokainga nisbatan u 30 marta ko’proq zaxarli bo’lib, organizmdan sekin chiqadi. Sovkain qon tomirlarini kengaytiradi, mahalliy anesteziyada 1:500, 1:2000 nisbatlarda eritilgan eritmasi ishlatiladi. Lidokain – oq kukun, suvda yaxshi eriydi, juda mustahkam. Anesteziyalovchi ta’siri novokainga nisbatan 4 marta kuchliroq, 2 marta

ko’proq zaxarli, tez shimiladi va sekin parchalanadi, og’riqsizlantirish ta’siri uzoq davom etadi. Yuzaki, infiltrasion va o’tkazuvchan anesteziyasida qo’llaniladi 0,5 % dan 10 % ligacha eritmasi ishlatiladi. Uzoq davom etadigan operasiyalarda hamda operasiyadan keyin og’riqni pasaytirish uchun og’riqsizlantiruvchi moddalarga analgeziyani uzaytiruvchi moddalar qo’shiladi. Shunday modda sifatida adrenalin ishlatiladi, qon tomirlarini toraytirib og’riqsizlantiruvchi moddaning tarqalishini sekinlatadi. 100 ml eritmaga 2-3 tomchi qo’shiladi. I.Ye. Povajenko tomonidan taklif qilingan novokainga qon zardobini aralashtirish uning ta’sirini uzaytiradi va jarohatga qon oqishini to’xtatishga yordam beradi. 10 % li 10 ml novokain eritmasiga 200 ml zardob qo’shiladi. Uzoq vaqt anesteziyasi uchun novokainni yog’li eritmasidan foydalanish mumkin, uni birinchi marta 1930 yilda Gaza qo’llagan. Shu maqsadda kungaboqar yoki baliq yog’ini ishlatish mumkin, odatda 2 % li eritmasi tayyorlanadi. Novokain juda sekin tarqaladi va 2 sutkagacha ta’sir etadi. Novokain 10 % li glyukozada eritilganda ham sekin tarqaladi. Operasiyadan keyin asoratlarning oldini olish maqsadida anestetiklarning antiseptik eritmalari ishlatiladi: novokain-rivanolli, novokain-penisilinli. Buning uchun 100 ml novokainga 10 % rivanolning 1:500 nisbatli eritmasi yoki 50-100 ming TB penisillin qo’shiladi. Shu maqsadda har qanday antibiotikni qo’llash mumkin. Mahalliy anesteziya o’tkazish vaqtida premidikasiyani qo’llash mumkin. Bu bilan neyroendokrin va vegeta-tomirlar reaksiyalarini stabillash, analgetik va anesteziyalovchi moddalarning zaxarli ta’sirini va miqdorini kamaytirishga erishish mumkin. Mahalliy og’riqsizlantirish quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Ustki (yuzaki) anesteziya – bu anesteziyalovchi moddani operasiya maydonning ustiga surtishdir. Uni konyunktivalar, shilliq, seroz, sinovial pardalarni, keng jarohat yuzalarini og’riqsizlantirish uchun qo’llash mumkin.

Ko’z konyuktivasini og’riqsizlantirishda 2-% li kokain eritmasi 5-10 % novokain bilan ishlatiladi. Anesteziyani davom etish muddati 20 minut, uzoqroq anesteziya qilish uchun 1-2 % sovkain qo’llaniladi. Og’iz, burun, hiqildoq, jinsiy organlar shilliq pardalarini og’riqsizlantirish uchun shu eritmalar tampon yordamida ishlatiladi. Og’iz va milklarning shilliq pardasini og’riqsizlantirish uchun hozirgi vaqtda piromekain ishlatish tavsiya etilgan. Siydik pufagini og’riqsizlantirish uchun uni kateter bilan bo’shatib, 0,25-0,5 % li novokain yuboriladi. Bo’g’imlarni, pay ini va bursalarning sinovial pardasini og’riqsizlantirish uchun avval bo’shatilib, novokainning 4-6 % li eritmasi 5- 10 ml ishlatiladi. Teri yuzasini muz, qor yoki tez bug’lanadigan suyuqliklar, masalan, xlor etil yordamida yaxlatish bilan og’riqsizlantirish mumkin, ta’siri 1-2 minut. 2. Infiltrasion aneteziya – operasiya qilinadigan joydagi to’qima qatlamlarini anestetik moddalariga to’yintirish. Ular nerv reseptorlariga va tarmoqlariga ta’sir qilib, og’riqning o’tkazuvchanlik qobiliyatini susaytiradi. Bu maqsadda novokainning 0,25-0,5-1 % eritmasi ishlatiladi. Infiltrasion anesteziyaning bir necha turlari bor: ingichka igna yordamida novokainni teri va teri osti qavatiga yuborib infiltrat hosil qilib, shundan keyin chuqur joylashgan to’qimalarga o’tiladi. Shunda sirkulyar infiltrasiya qo’llash mumkin, anestetik moddalar ikki yoki bundan ko’p nuqtadan igna romb, piramida shaklida to’qimalarga yuboriladi. Novokainning kuchsiz eritmasini qavatma-qavat inyeksiya qilib og’riqsizlantirishni A.V. Vishnevskiy taklif etgan. Novokain eritmasini to’qimalarga katta bosim bilan qo’yish uning reseptorlar va nerv xujayralari bilan uzluksiz to’qnashuviga imkon berdi. Vishnevskiy bo’yicha novokainning kuchsiz eritmasidan ko’p miqdorda qavatma-qavat yuborib,