logo

Mahsulot tannarxini aniqlash va ularning buxgalteriya hisobi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

111.5 KB
Mahsulot  tannarxini aniqlash va ularning buxgalteriya hisobi
1 . Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari.
2. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi.
3. YOrdamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobini
tashkil qilish.
4. Xizmat   ko‘rsatish va davr   xarajatlari   hisobi. 1. Mahsulot   tannarxini   kalkulyatsiya   qilish   usullari.
Tashkilotning   o‘zi   tomonidan   ishlab   chiqariladigan   (tayyorlanadigan)
mahsulotning   tannarxi   deb   ularning   ishlab   chiqarish   tannarxi   tan   olinadi.
Mahsulotning   ishlab   chiqarish   tannarxiga   ularni   ishlab   chiqarish   bilan   bevosita
bog‘liq   bo‘lgan,   ishlab   chiqarish   texnologiyasi   va   uni   tashkil   etish   bilan
shartlangan   xarajatlar   kiritiladi.   Ularga   quyidagilar   tegishli   bo‘ladi:   bevosita   va
bilvosita   moddiy   xarajatlar,   bevosita   va   bilvosita   mehnat   xarajatlari,     ishlab
chiqarish   xususiyatiga   ega   bo‘lgan     boshqa   bevosita   va   bilvosita   xarajatlar   (1-
rasm).
1-rasm. Tannarxga kiritiladigan xarajatlar tarkibi . 1
Mahsulot   (ishlar,   xizmatlar)   tannarxini   aniqlashning   asosiy   usullari   bo‘lib:
oddiy, me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa
xarajatlarni inventar baholash usuli ham qo‘llaniladi 5-rasm.
1
 A.Toshpo’latov. Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. –T; Iqtisodiyot, 2016 yil, 
344 bet. 2-raasm. Tannarxni kalkulyatsiya qilish usullari. 2
2. Asosiy   ishlab   chiqarish   xarajatlari   va   uni   hisobdan   chiqarish   hisobi.
Ishlab   chiqarish   xarajatlarining   elementlari   va   kalkulyatsiya   moddalari
bo‘yicha   hisob   yuritishni   ta’minlash   maqsadida     asosiy   ishlab   chiqarishning
barcha   xarajatlari   2010-«Asosiy   ishlab   chiqarish»   schyotida   tayyorlanayotgan
mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi. 
2010-«Asosiy   ishlab   chiqarish»   schyotidan   xarajatlarni   hisobga   olishda
quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:
 mahsulot   ishlab   chiqarish   bo‘yicha   sanoat   va   qishloq   xo‘jaligi
korxonalari;
 qurilish-montaj,   geologiya-qidiruv   ishlarini   bajarish   bo‘yicha   pudrat,
geologiya va loyiha-qidiruv tashkilotlari;
 xizmatlar   ko‘rsatish   bo‘yicha   transport   va   aloqa   korxonalari;
 ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot
2
 A.Toshpo’latov. Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. –T; Iqtisodiyot, 2016 yil, 
344 bet. korxonalari;
 avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari.
Ushbu  schyotning  debetida  mahsulotlar  ishlab  chiqarish,  ishlar   bajarish  va
xizmatlar   ko‘rsatish   bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘lgan   to‘g‘ri   xarajatlar,
shuningdek,   yordamchi   iishlab   chiqarish   xarajatlari,   brakdan   ko‘rilgan
yo‘qotishlar   va   asosiy   ishlab   chiqarishni   boshqarish   va   xizmat   ko‘rsatish   bilan
bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar aks ettiriladi.
2010-«Asosiy   ishlab   chiqarish»   schyotining   kreditida   ishlab   chiqarilgan
tayyor   mahsulot,   bajarilgan   ish   va   ko‘rsatilgan   xizmatlarning   haqiqiy   tannarxi
summasi aks ettiriladi.
3. YOrdamchi  va umumishlab chiqarish xarajatlari  va ularning hisobni
tashkil qilish.
Korxonada   asosiy   faoliyatning   normal   davom   etishini   ta’minlash   maqsadida
yordamch   iishlab   chiqarishlar   tashkil   etiladi.   YOrdamchi   ishlab   chiqarishlarga
quyidagilar kiradi:
- turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish;
- transport   xizmatini   ko‘rsatish;
- asosiy   vositalarni   ta’mirlash;
-   instrumentlar,   qurilish   detallarini   tayyorlash   va   qurilish   materiallarini
boyitish;
-  yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash;
 - qishloq   xo‘jalik   mahsulotlarini   tuzlash   va   konservalash.
YOrdamchi     iishlab   chiqarishlar   faoliyatini   buxgalteriyada   hisobga   olish
uchun quyidagi hisob varaqlar ochilgan: 2310-«YOrdamchi   ishlab   chiqarish»   hisob   varaq   aktiv   bo‘lib,   debetida
yordamchi   ishlab   chiqarishlar   bo‘yicha   qilingan   xarajatlar,   kreditida   esa   ishlab
chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy
tannarxi summasi aks ettiriladi. 
Umumishlab   chiqarish   xarajatlari –   asosiy   va   yordamchi   ishlab   chiqarish
sexlarini   boshqarish,   ularga   xizmat   qilish   hamda   ishlab   chiqarishni   tashkil   qilish
bilan bog‘liq xarajatlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-sonli
qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan) bilan
tasdiqlangan   «Mahsulot   (ish   va   xizmat)lar   tannarxiga   kiritiladigan,   mahsulot   (ish
va   xizmat)larni   ishlab   chiqarish   va   sotish   xarajatlari   tarkibi   hamda   moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab chiqarish
xarajatlari quyidagilardan iborat:
-  mashina   va   uskunalarni   asrash   va   ishlatish   xarajatlari;
-     ishlab   chiqarish   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   asosiy   vositalar   va   nomoddiy
aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
- ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
-  ishlab   chiqarishdagi   mulklarni   sug‘urtalash   xarajatlari;
-  isitish, yoritish   va   ishlab   chiqarish   binolarini   asrash   xarajatlari;
-   ishlab   chiqarishda   foydalaniladigan   binolar,   mashina   va   uskunalar,   ija raga
olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari;
- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi;
-  ishlab   chiqarish   tusidagi   boshqa   xarajatlar.
Hisobvaraqlar   rejasiga   muvofiq   umumishlab   chiqarish   xarajatlarining
buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda
yuritiladi.   Mazkur   hisobvaraq   korxonaning   asosiy   va   yordamch   iishlab chiqarishlariga   xizmat   ko‘rsatish   xarajatlari   to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Umumishlab   chiqarish   xarajatlari   ishlab   chiqarish   zahiralari,   xodimlarga   ish
haqi   to‘lash   bo‘yicha   hisob-kitoblar   bo‘yicha   hisob-kitoblar   va   boshqalar   hisobi
yuritiladigan   hisob   varaqlarning   kredit   qismidan   olib   «Umumishlab     chiqaris
xarajatlari»   nomli   2510-hisobvaraqda   aks   ettiriladi.   «Umumishlab   chiqarish
xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab
chiqarishlar»   nomli   2010-hisobvaraq   va   «YOrdamch   iishlab   chiqarishlar»   nomli
2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi. 
4. Xizmat    ko‘rsatish   va davr xarajatlari   hisobi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish
va   ko‘rsatilgan   xizmatlar   bilan   bog‘liq   xarajatlar   to‘g‘risidagi   axborotlarni
umumlashtirish   2710   "Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar"   schyotida   amalga
oshiriladi.
Korxonaning   xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklari   sifatida   korxonaning   maqsadi
bo‘lgan   faoliyati   mahsulot   ishlab   chiqarish,   ishlarni   bajarish   va   xizmatlar
ko‘rsatish   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan   ishlab   chiqarish   va   xo‘jaliklar   tushuniladi.
Jumladan,   ushbu   schyotda   korxonaning   balansida   bo‘lgan   sog‘liqni   saqlash
ob’ektlari,   bolalar   bog‘chalari,   uy-joy   kommunal   xo‘jaligi   ob’ektlari,   sport   va
madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish ustaxonalari, oshxona
va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlikka oid ajratilgan bo‘linmalarni saqlash
xarajatlari aks ettiriladi. 3-jadval
Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklarni   hisobga   oluvchi   schyotlarning
bog‘lanishi 3
№ Xo‘jalik   muomalalarining   mazmuni Schyotlarning
bog‘lanishi
Debet Kredit
1 Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklarda   foydalanilayotgan
asosiy vositalarning eskirishi 2710 0210-
0299
2 Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklarda   band   bo‘lgan
xodimlarga mehnat haqi to‘lash xarajatlari 2710 6710
3 Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar   tomonidan   yordamch i
iishlab   chiqarishga   ko‘rsatilgan   va   ularning   is’temol
qilgan xizmatlari qiymati 2710 2310
4 Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarajatlarining sotish va
ma’muriy xarajatlarga taqsimlanishi 9410,
9420 2710
5 Hisobot   davri   oxirida   xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar
zararlarining davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi 9430 2710
6 Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar   ehtiyojlari   uchun
materiallarning sarflanishi 2710 1010-
1090
7 Mahsulot olish uchun hayvonlarning so‘yilishi
2710 1110,
1120
8 Kelgusi   davrlar   xarajatlarining   ulushi   xizmat 2710 3110-
3
 21-sonli BHMS ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklarning   mahsuloti,   ish   va
xizmatlari tannarxiga olib borildi 3190
9 Asosiy   s exlar   mahsulotlarining   bir   qismi   xizmat
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning ehtiyojlari uchun ishlatildi 2710 2810
10 Mol   etkazib   beruvchilardan   xizmat   ko‘rsatuvchi
xo‘jaliklarga   kelib   tushgan   moddiy   qiymatliklar   (suv,
bug‘, energiya va xokazolar) va xizmatlar 2710 6010
11 Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklarda   sug‘urta   bo‘yicha
xarajatlar 2710 6510
12 Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning xarajatlari bo‘yicha
maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar 2710 6520
13 Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarga ko‘rsatgan xizmatlari
uchun turli korxonalarga bo‘lgan qarzlar 2710 6990
14 Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklarning   kapital
qo‘yilmalarni   amalga   oshirishdagi   xarajatlari   va
xizmatlari hisobdan chiqarildi 0810-
0890 2710
15 Ilgari   xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar   ehtiyojlari   uchun
hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi 1010-
1090 2710
16 Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklarning   xarajatlari
o‘stirishdagi va bo‘rdoqiga boqilayotgan xayvonlarning
tannarxiga kiritildi 1110,
1120 2710
  Davr xarajatlari hisobi.   Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish
jarayoni   bilan   bevosita   bog‘liq   bo‘lmagan   xarajatlar   kiradi.   Bular   jumlasiga
boshqaruv,   tijorat   bilan   bog‘liq   xarajatlar,   shuningdek   umumxo‘jalik   xarajatlari,
jumladan   ilmiy-tadqiqot   va   tajriba-konstruktorlik   ishlari   bo‘yicha   xarajatlar   ham kiradi.   Bu   xarajatlar   korxona   asosiy   faoliyati   va   mahsulot   sotish   bilan   bog‘liq
bo‘lmaganligi,   lekin   ma’lum   bir   jarayonlarni   amalga   oshirish   bilan   bog‘liq
bo‘lganligi   uchun   ular   operatsion   xarajatlar,   umumiy   va   ma’muriy   xarajatlar
deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmagani, va
aksincha,   vaqt   bilan,   xo‘jalik   faoliyatining   davomiyligi   bilan   bog‘liq   bo‘lgani
sababli ular  davr xarajatlari  deb yuritiladi. 
Mahsulot   sotish,   ma’muriy   xarajatlar,   xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar
xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Hisobvaraqlar   rejasiga   binoan   davr   xarajatlari   quyidagi   hisobvaraqlarda   aks
ettiriladi:
9410-«Sotish   xarajatlari»
9420-«Ma’muriy   xarajatlar»
9430-«Boshqa   operatsion   xarajatlar»
Nizomga   binoan   sotish   xarajatlari   tarkibiga   quyidagilar   kiritiladi: 
-   temir   yo‘l,   suv,   avtomobil,   ot-ulovda   tashish   xarajatlari   hamda   transport
vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;
-  savdo   va   umumiy   ovqatlanish   korxonalarining   xarajatlari;
                -   mahsulot   (ishlar,   xizmatlar)ni   sotish   bilan   bog‘liq   mehnatga   haq   to‘lash
xarajatlari (ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);
- ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
-   savdo   ehtiyojlari   uchun   foydalaniladigan   binolar,   inshootlar   va   xonalarni
ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;
-  asosiy   vositalar   va   nomoddiy   aktivlar    amortizatsiyasi;
-   sanitariya   kiyim-boshi,   oshxona   dasturxon   va   sochiqlari,   oshxona   idish-
tovog‘i va anjomlarining eskirishi;
-  savdo reklamasi xarajatlari;
-  bank xizmatlariga to‘lovlar  va boshqalar. YUqorida   keltirilgan   xarajatlar   9410-«Sotish   bo‘yicha   xarajatlar»
hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, qaysi
davr   bo‘lmasin   uning   oy   boshida   qoldiq   summasi   bo‘lmaydi.   Hisobvaraqning
debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit
tomonida   ushbu   xarajatlarni   hisobdan   chiqarilishi   aks   ettiriladi.   Bu   summa
foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmunini aytib bering.
2. Doimiy   va   o‘zgaruvchan   xarajatlarning   farqli   jihatlari   nimalardan   iborat?
3.   Mahsulot   tannarxini   kalkulyatsiya   qilishning   zamonaviy   usullarini   aytib
bering.
4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi qanday tashkil qilinadi hamda
mahsulot tannarxida qanday aks ettiriladi?
5. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash uslubiyotini aytib bering.
6. Davr   xarajatlariga   qaysi   turdagi   xarajatlar   kiradi.
7. 54-sonli   Nizomning   mohiyatini   yoritib   bering.

Mahsulot tannarxini aniqlash va ularning buxgalteriya hisobi 1 . Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari. 2. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi. 3. YOrdamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobini tashkil qilish. 4. Xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobi.

1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari. Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) mahsulotning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar (1- rasm). 1-rasm. Tannarxga kiritiladigan xarajatlar tarkibi . 1 Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usuli ham qo‘llaniladi 5-rasm. 1 A.Toshpo’latov. Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. –T; Iqtisodiyot, 2016 yil, 344 bet.

2-raasm. Tannarxni kalkulyatsiya qilish usullari. 2 2. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi. Ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:  mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari;  qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat, geologiya va loyiha-qidiruv tashkilotlari;  xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari;  ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot 2 A.Toshpo’latov. Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. –T; Iqtisodiyot, 2016 yil, 344 bet.

korxonalari;  avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari. Ushbu schyotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar, shuningdek, yordamchi iishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar aks ettiriladi. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi. 3. YOrdamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobni tashkil qilish. Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida yordamch iishlab chiqarishlar tashkil etiladi. YOrdamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi: - turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish; - transport xizmatini ko‘rsatish; - asosiy vositalarni ta’mirlash; - instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish; - yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash; - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash. YOrdamchi iishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisob varaqlar ochilgan:

2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish» hisob varaq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlari – asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlardir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-sonli qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan) bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat: - mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari; - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari; - ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari; - ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari; - isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari; - ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ija raga olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari; - ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi; - ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamch iishlab