logo

Tovar moddiy zaxiralarning dastlabki hisobi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74.5 KB
Tovar moddiy zaxiralarning dastlabki hisobi
Reja:
1. Tovar moddiy zaxiralarni turkumlash 
2 . Tovar moddiy zaxiralarni baholash 
3 . Tovar moddiy zaxiralarni hisobga olishning vazifalari 1. Tovar moddiy zaxiralarni turkumlash, baholash va ularni hisobga
olishning vazifalari
Bozor   munosabatlari   sharoitida   xomashyolar,   materiallar   va   yoqilg‘ilar
xarajatlari   salmog‘ini   kamaytirishga   o‘xshagan   sifat   ko‘rsatkichlari   hal   qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga ilg‘or konstruktiv materiallardan, metall upalari va
plastmassalardan,   qimmat   turadigan   materiallar   o‘rniga   mahsulot   sifatini
pasaytirmaydigan,   ishlab   chiqarish   chiqindilarini   kamaytiradigan   arzon
materiallardan foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Tabiat   resurslaridan   kompleks   foydalanish   zarur,   yo‘qotishlar   va   noratsional
sarflarga   barham   berish   zarur,   xo‘jalik   aylanmasiga   ikkilamchi   resurslarni,
shuningdek yo‘l - yo‘lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak.
Ishlab   chiqarish   jarayonida   turli   material   qiymatliklaridan   foydalaniladi.
Ularni   xo‘jalik   yurituvchi   subektlarda   materiallardan   foydalanish   usuli   va   ishlab
chiqarish   jarayonida   foydalanishiga   qarab   turkumlarga   ajratish   mumkin   (4.1-
chizmaga qarang). 
Sanoat   korxonalarida,   bundan   tashqari,   materiallar   texnik   xususiyatlariga
qarab   qora   metallar,   prokat,   trubalar,   rangli   metallar,   ximikatlar   va   xakozalarga
bo‘linadi.
№ Materiallar turkumi Materiallar turkumlash tasnifi
1 Xom ashyo   Mahsulotning   moddiy   asosini   tashkil   etadigan
mehnat predmetlari (metall ishlab chiqarishda ruda,
tekstil sanoatida momiq paxta tolasi va x. k.)
2 Asosiy materiallar   Xom   ashyoga   ta’sir   etish   uchun   foydalaniladigan
va   mahsulot   istemoli   xususiyatini   berishda
ishlatiladigan   buyumlardir   (mashinasozlikda   qora metallar, yog‘ochsozlik sanoatida yog‘och)
3 Sotib   olingan   yarim
tayyor mahsulotlar   Ma’lum   dara ja da   ishlab   chiqarish   jararayonidan
o‘tgan,   biroq   pirovard   mahsulot   darajasiga
e tkazilmagan  mahsulotlar  (stanoksozlikda   motorlar,
avtomobilsozlikda shinalar)
4 YOrdamchi materiallar YAratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari
va   ularning   tashqi   ko‘rinishi ni   yaxshilash   uchun
sarflanadi   (moylash   materiallari ,   bo‘yoq,  lak,  artish
materiallari va x. k.)
5 CHiqindilar Mahsulot   ishlab   chiqarishda   hosil   bo‘lgan
qo‘shimcha   materiallar   (qirindilar,   qipiqlar,   truba
kesiklari va x. k.)
6 Idishlar Idish   va
idish materiallar   Mahsulotlarni   o‘rash,   joylashtirish,   tashish   va
saqlashda   ishlatiladigan   buyumlar   (yog‘och,   karton
va metall idishlari)
7 E htiyot qismlar Asosiy   vositalarning   quvvatini   oshirishda
foydalaniladigan   buyumlar   (ta’mirlash   uchun
mashina va as bob -uskunalarning ayrim detallari)
8 Inventar   va   xo‘jalik
jihozlari   Korxona   faoliyatida   ishlatiladigan   xo‘jalik
buyumlari (otvertkalar, iskana, xo‘jalik inventarlari,
maxsus qiyimlar va x. k.).
9
Boshqa materiallar YUqoridagi   guruhlarga   kirmaydigan   boshqa
materiallar (tuzatilmaydigan braklar, metallom)
1-chizma. Materiallarning tasniflanish tartibi Buxgalteriya   hisobining   axborotlari   materiallardan   ratsional   foydalanish,
xarajat normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularning butligini
ta’minlash yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak
2. Tovar moddiy zaxiralarni baholash
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo‘llanilmoqda:
-   erkin   bozor   (shartnoma)   yoki   davlat   tomonidan   tartibga   solinadigan
(preyskurant)   ulgurji   baholar.   Bu   narx   tovar   jo‘natish   shartnomalarini   tuzishda
korxona tomonidan mustaqil  belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan
hisob   –   kitoblar   olib   borishda   mol   yuboruvchining   to‘lov   hujjatlarida   ko‘rsatilib
molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi;
- nomenklatura   hisob   bahosi   bo‘yicha.   Bu   sotib   olingan   (tayyorlangan)
materiallarning   reja   tannarxi,   o‘rtacha   sotib   olish   narxlari   va   b.   bo‘lishi   mumkin.
Barcha   hollarda   ham   baho   asosida   shartnoma   yoki   preyskurant   baholari   bo‘lib,
ustiga   rejalashtirilgan   (hisoblangan)   transport   –   tayyorlov   xarajatlarini   qo‘shib
belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ
hisobga olishda qo‘llaniladi.
4   –   BHMS   9   -bandiga   binoan   «Material   xarajatlari»   elementida   aks
ettiriladigan   sotib   olinadigan   material   qiymatliklarining   xaqiqiy   bahosi   (qiymati)
quyidagilardan   tashkil   topadi:   sotib   olish   narxi,   import   bo‘yicha   boj   to‘lovlari,
mahsulotlarni  sertifikatsiyalash   xarajatlari,  ta’minot   va vositachilik  tashkilotlariga
to‘lanmalar,   soliqlar   (keyinchalik   soliq   organlaridan   qaytarib   olinadigan
soliqlardan  tashqari,   masalan   QQS),   shuningdek   transport   –  tayyorlov  xarajatlari,
xizmat   ko‘rsatish   xarajatlari   va   zahiralarni   sotib   olish   bilan   bevosita   bog‘liq
bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Marketing   xizmatlari   va   zavod   omborlarini   asrash   xarajatlari   materiallar
tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o‘tkaziladi. Materiallarning   haqiqiy   tannarxi   faqat   oy   oxirida   buxgalteriya   barcha
qo‘shiluvchi   ma’lumotlarni   olgandan   so‘ng   aniqlanadi.   Korxonada   materiallar
harakati har kuni sodir bo‘ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo‘yicha hujjatlar
o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni sodir bo‘lishiga qarab hisobga olinishi
kerak.   SHuning   uchun,   joriy   hisobda   qat’iy   oldindan   belgilangan   hisob   bahosi
deyiladigan   bahoni   qo‘llash   zaruriyati   tug‘iladi.   Hisob   bahosi   bo‘lib   reja   yoki
shartnoma baholari hisoblanadi.
Agar   joriy   hisobda   shartnoma   baholaridan   foydalanilsa,   haqiqiy   tannarxga
etkazib qo‘yish uchun oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi va
foizi chiqariladi.
Reja   narxlar   qo‘llanilgan   hollarda   har   oyda   haqiqiy   tannarxni   rejadan   farq
summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho
berish   imkoniyatini   yaratadi.   Transport   tayyorlov   xarajatlari   yoki   reja   narxdan
farqi materiallarning har bir nomenklatura raqami bo‘yicha emas, balki materiallar
guruhlari   bo‘yicha   hisoblab   chiqariladi.   Asos   qilib   materiallarning   oy   boshiga
qoldig‘i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy
tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
-   o‘rtacha   tannarx   (to‘g‘ri   chiziqli)   bo‘yicha   yoki   AVEKO   usuli   –
materiallarning   umumiy   qiymatini   ularning   miqdoriga   bo‘lib,   olingan   o‘rtacha
narxlar asosida hisobdan chiqarish;
-   o‘rtacha   chamalangan   baholar   bo‘yicha   birinchi   tushum-   birinchi   chiqim.
FIFO usuli - ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va
keyingi partiyadagi narxlar navbatma-navbat hisobdan chiqarib boriladi;
-   o‘rtacha   chamalangan   baholar   bo‘yicha,   oxirgi   tushum-birinchi   chiqim,
LIFO usuli-materiallar ishlab chiqarishda dastavval oxirgi partiya narxlari bo‘yicha
pastdan yuqoriga qarab hisobdan chiqariladi. Misol.   Korxonada   oy   mobaynida   quyidagi   materiallar   partiyasi   sotib
olngan:
Sotib olingan sana Miqdori
(dona) Narxi
(so‘m) Qiymati
 (m.so‘m)
15.03.15 1000 600 600.0
20.03.15 1700 800 1360.0
25.03.15 1500 900 1350.0
Jami 4200 3310.0
Xo‘jalikda oy mobaynida 2800 dona material sarflandi va omborda 1400 dona
material   qoldi.   Ushbu   materiallarning   sarflanishini   uch   xil   usulda   hisoblab
chiqamiz.
O‘rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar
birligining   qiymati   davr   boshiga   qolgan   va   shu   davr   ichida   sotib   olingan   yoki
ishlab   chiqarilganlarning   o‘rtacha   tortilgan   qiymatida   aniqlanadi.   Xo‘jalik
yurituvchi   subektdagi   vaziyatga   qarab   o‘rtachasi   davr   oxirida   yoki   har   bir
qo‘shimcha qabul qilingani bo‘yicha hisoblab topiladi.
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo‘llash tavsiya
qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVEKO usullarini qo‘llash ma’qul.
AVEKO usulida materiallarni baholash tartibi
Material sarfi Miqdori  Narxi (so‘m) Qiymati 
(m.so‘m)
1-partiya 1000 600 600.0 2-partiya 1700 800 1360.0
3-partiya 100 900 900.0
Jami sarflangan material 2800 788.1 2207.0
Ombordagi qoldiq 1400 788.1 1103.0
Bugungi   kunda   materiallarni   ishlab   chiqarishga   hisobdan   chiqarishda   4-
BHMSning   17   –bandiga   muvofiq   FIFO   usulini   qo‘llashni   tavsiya   qilinadi.   Bu
usulda   birinchi   navbatda   sotib   olingan   tovar-material   zaxiralar   birligi   birinchi
sotiladi   yoki   ishlab   chiqarishga   sarflanadi   va   demak   davr   oxiriga   qolgan   tovar-
material zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
FIFO  usulida materiallarni baholash tartibi
Material sarfi Miqdori  Narxi (so‘m) Qiymati 
(m.so‘m)
1-partiya 1000 600 600.0
2-partiya 1700 800 1360.0
3-partiya 100 900 900.0
Jami sarflangan material 2800 2860.0
Ombordagi qoldiq 1400 900 1260.0
Xalqaro   andazalar   tomonidan   TMZni   hisobga   olish   va   baholashda   LIFO
usulidan   foydalanishga   ruxsat   berilgan.   Bu   usulda   oxirgi   navbatda   sotib   olingan
tovar   –   material   zaxiralar   (TMZ)   birligi   birinchi   sotiladi   yoki   ishlab   chiqarishga
sarflanadi,   demak   davr   oxiriga   qolgan   tovar   –   material   zaxiralari   birinchi   sotib
olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
SHunday   qilib,   xo‘jalik   yurituvchi   subektlarda   materiallarni   ishlab   chiqarish
xarajatlariga   hisobdan   chiqarish   va   materiallarni   baholash   usuli   ularning   hisob
siyosatida o‘z aksini topmog‘i lozim. LIFO usulida materiallarni baholash tartibi
Material sarfi Miqdori  Narxi (so‘m) Q iymati 
(m.so‘m)
1-partiya 1500 900 1350.0
2-partiya 1300 800 1040.0
3-partiya - - -
Jami sarflangan material 2800 2390.0
Ombordagi qoldiq 400
1000 800
600 320.0
600.0
Jami qoldiq 1400 920.0
3 . Tovar moddiy zaxiralarni hisobga olishning vazifalari
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
            -   material   qiymatliklarni   joylarda   saqlash   va   ulardan   barcha   bosqichlarda
foydalanish ustidan nazorat qilish;
                -  materiallar   harakati   bo‘yicha   barcha   muomalalarni  to‘g‘ri   va  o‘z  vaqtida
hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniqlash va aks
ettirish;   saqlash   joylari   va   balans   moddalari   bo‘yicha   sarflangan   materiallar   va
ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash;
          - belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha
foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish;
                  -   material   yuboruvchilar   bilan   hisob-kitoblarni   o‘z   vaqtida   olib   borish,
yo‘ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish. Buxgalteriya   hisobi   oldidagi   vazifalarni   muvaffaqiyatli   bajarish   uchun
qo‘yidagilar   zarur:   narx   –   nomenklaturaga   ega   bo‘lishi;   aniq   hujjatlashtirish   va
hujjat aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini
inventarizatsiya   qilish   va   tanlab   nazorat   qilishni   uyushtirish,   ularning   natijalarini
buxgalteriya   hisobida   o‘z   vaqtida   aks   ettirish;   hisobni   avtomatlashtirishning
hozirgi zamon vositalarini keng qo‘llash.
Mehnat   buyumlari   ishlab   chiqarish   zaxiralari   sifatida   mehnat   vositalari   va
ishchi   kuchi   bilan   birga   korxonaning   ishlab   chiqarish   jarayonini   ta’minlaydi.
Mehnat   buyumlari,   mehnat   vositalari   va   ishchi   kuchidan   farqli   o‘laroq   ishlab
chiqarish   jarayonida   bir   marta   foydalanilib,   ularning   qiymati   ishlab   chiqarilgan
mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi.

Tovar moddiy zaxiralarning dastlabki hisobi Reja: 1. Tovar moddiy zaxiralarni turkumlash 2 . Tovar moddiy zaxiralarni baholash 3 . Tovar moddiy zaxiralarni hisobga olishning vazifalari

1. Tovar moddiy zaxiralarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning vazifalari Bozor munosabatlari sharoitida xomashyolar, materiallar va yoqilg‘ilar xarajatlari salmog‘ini kamaytirishga o‘xshagan sifat ko‘rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga ilg‘or konstruktiv materiallardan, metall upalari va plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o‘rniga mahsulot sifatini pasaytirmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan arzon materiallardan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Tabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo‘qotishlar va noratsional sarflarga barham berish zarur, xo‘jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo‘l - yo‘lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni xo‘jalik yurituvchi subektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin (4.1- chizmaga qarang). Sanoat korxonalarida, bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga qarab qora metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va xakozalarga bo‘linadi. № Materiallar turkumi Materiallar turkumlash tasnifi 1 Xom ashyo Mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat predmetlari (metall ishlab chiqarishda ruda, tekstil sanoatida momiq paxta tolasi va x. k.) 2 Asosiy materiallar Xom ashyoga ta’sir etish uchun foydalaniladigan va mahsulot istemoli xususiyatini berishda ishlatiladigan buyumlardir (mashinasozlikda qora

metallar, yog‘ochsozlik sanoatida yog‘och) 3 Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar Ma’lum dara ja da ishlab chiqarish jararayonidan o‘tgan, biroq pirovard mahsulot darajasiga e tkazilmagan mahsulotlar (stanoksozlikda motorlar, avtomobilsozlikda shinalar) 4 YOrdamchi materiallar YAratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari va ularning tashqi ko‘rinishi ni yaxshilash uchun sarflanadi (moylash materiallari , bo‘yoq, lak, artish materiallari va x. k.) 5 CHiqindilar Mahsulot ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan qo‘shimcha materiallar (qirindilar, qipiqlar, truba kesiklari va x. k.) 6 Idishlar Idish va idish materiallar Mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, tashish va saqlashda ishlatiladigan buyumlar (yog‘och, karton va metall idishlari) 7 E htiyot qismlar Asosiy vositalarning quvvatini oshirishda foydalaniladigan buyumlar (ta’mirlash uchun mashina va as bob -uskunalarning ayrim detallari) 8 Inventar va xo‘jalik jihozlari Korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik buyumlari (otvertkalar, iskana, xo‘jalik inventarlari, maxsus qiyimlar va x. k.). 9 Boshqa materiallar YUqoridagi guruhlarga kirmaydigan boshqa materiallar (tuzatilmaydigan braklar, metallom) 1-chizma. Materiallarning tasniflanish tartibi

Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularning butligini ta’minlash yo‘li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak 2. Tovar moddiy zaxiralarni baholash Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo‘llanilmoqda: - erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan (preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo‘natish shartnomalarini tuzishda korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilib molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi; - nomenklatura hisob bahosi bo‘yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) materiallarning reja tannarxi, o‘rtacha sotib olish narxlari va b. bo‘lishi mumkin. Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo‘lib, ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo‘shib belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ hisobga olishda qo‘llaniladi. 4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo‘yicha boj to‘lovlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga to‘lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari, xizmat ko‘rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar. Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o‘tkaziladi.

Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha qo‘shiluvchi ma’lumotlarni olgandan so‘ng aniqlanadi. Korxonada materiallar harakati har kuni sodir bo‘ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo‘yicha hujjatlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni sodir bo‘lishiga qarab hisobga olinishi kerak. SHuning uchun, joriy hisobda qat’iy oldindan belgilangan hisob bahosi deyiladigan bahoni qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Hisob bahosi bo‘lib reja yoki shartnoma baholari hisoblanadi. Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga etkazib qo‘yish uchun oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi va foizi chiqariladi. Reja narxlar qo‘llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho berish imkoniyatini yaratadi. Transport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan farqi materiallarning har bir nomenklatura raqami bo‘yicha emas, balki materiallar guruhlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib materiallarning oy boshiga qoldig‘i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi. Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: - o‘rtacha tannarx (to‘g‘ri chiziqli) bo‘yicha yoki AVEKO usuli – materiallarning umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo‘lib, olingan o‘rtacha narxlar asosida hisobdan chiqarish; - o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha birinchi tushum- birinchi chiqim. FIFO usuli - ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va keyingi partiyadagi narxlar navbatma-navbat hisobdan chiqarib boriladi; - o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum-birinchi chiqim, LIFO usuli-materiallar ishlab chiqarishda dastavval oxirgi partiya narxlari bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab hisobdan chiqariladi.