logo

MATNDA GUMON OLMOSHLARINING AYRIM SEMANTIK VA FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.5751953125 KB
MATNDA   GUMON  OLMOSHLARINING AYRIM SEMANTIK VA
FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Olmoshlarning tasnifiy belgilari haqida tushuncha
  2. Gumon olmoshlarining  orqali matnda mavhumlik, noaniqlik, gumon
ma’nolarining ifodalanish xususiyatlari haqida.
3. Gumon olmoshlari matn tarkibida aktualizator sifatida.     Olmoshlar ot, sifat, son, ravish so‘z turkumlari o‘rnida, hatto, bir gap
yoki   matn   o‘rnida   nutqiy   ixchamlik   uchun   foydalaniladigan   so‘zlar   bo‘lib,
ular nutq  jarayonida nutqiy  aloqa vazifasini  bajaradi.  Olmoshlarning har bir
semantik   turi   matn   tarkibida   nutqiy   aloqa   vazifasini,   deyktik   (ishora   qilishi,
ko‘rsatish) vazifasini bajaradi [TTIL, 74-75]. Olmoshlarning barcha semantik
turlari   uslubiy   jihatdan     vazifadoshlik   (sinonimik)   va   ta`sirchanlik
(emotsional-ekspressiv)  ifodasiga ko‘ra bir-biridan farq  qiladi.   O‘zbek  tilida
gumon   olmoshlari   predmet,   belgi   yoki   hodisa   haqidagi   noaniq   tasavvurni
bildirib, ularga  umumiy, mavhum  (abstrakt)  va  taxminli ishora qilishii bilan
xarakterlanadi 1
.   Gumon   olmoshlari   noma’lumlikni   –   so‘zlov s hi   s haxs,
sub’ekt   avval   uchratmagan   yoki   tushuntirib   bera   olmaydigan   narsa-hodisa
tushunchasini   bildiradi.     Gumon   olmoshlari   orasida   faol   qo‘llanuv c hi
qandaydir   olmoshida   ana   Shu   mavhumlik,   noma’lumlikning   ayrim   jihatlari
ro‘yobga   c hiqadi   yoki   aktuallaShadi.   Masalan:   Qoshlari   bir-biriga
tutaShgan,   qisilgan   ko‘zlari   to‘rda   surat   bo‘lib   qolgan   Fazilatga   qadalgan,
lunjlari   ichiga   botib   ketgan   qoramtir   yuzida   g‘azab   emas,   yo‘q,   qandaydir
c heksiz   bir   alam   muhrlangan   (O.Y o qubov.   Diyonat).   Keltirilgan     matn
tarkibidagi   “qandaydir”   gumon   olmoshi   juda   ham   c heksiz,   poyonsiz   g‘am-
alam bilan to‘lgan qahramon ichki dunyosini ochishhga vosita bo‘lgan. 
  Endi   publitsistik   uslub   namunasi   bo‘lgan   quyidagi   parchaga   e’tiborni
qarataylik:   Kecha   kechqurun   osmondan   qandaydir   noma’lum   jism   uchib
tushdi   (“Xalq so‘zi”). Bu parchada ifodalovchi mavhumlik, gumon ottenkasi
ikki so‘zda – ham “noma’lum” so‘zida, ham “qandaydir” gumon olmoshida
oo‘yobga   Chiqmoqda.   Shu   o‘rinda   keltirilgan   parchada   “qandaydir”   gumon
olmoshi   ortiqchadek,   grammatik   pleonazm   (ortiqchalik)   hodisasi   sodir
bo‘layotgandek   tuyuladi.  Agar   biz   yuqorida   keltirilgan   gapning   boshqacha
1
 Бу ҳақда қаранг: Ўзбек тили грамматикаси. Икки томлик. 1-том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б.
359;  Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х.  Ҳозирги ўзбек 
адабий тили. 1-қисм. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – Б. 318 ва бошқалар.   variantini o‘zaro qiyoslasak, matn tarkibida “qandaydir” gumon olmoshining
funksional   o‘rni   o‘z-o‘zidan   anglashldi :   Kecha   kechqurun   osmondan
qandaydir   noma’lum   jism   uchib   tushdi   //   kecha   kechqurun   osmondan
noma’lum   jism   uchib   tushdi .   Bu   parchalar   qiyosi   s hundan   dalolat   beradiki,
“qandaydir”   olmoshining   matnda   qo‘llanishi   bilan   s hu   matn   yordamida
ifodalanayotgan   noma’lumlik   ottenkasi   kuchli,   ta`sirchan   tarzda   namoyon
bo‘ladi hamda o‘ s ha noma’um narsaning qandayligiga qiziqish ottenkasi ham
ro‘yobga   Chiqadi.   Shunga   ko‘ra   tilshunos   olimlar   gumon   olmoshlari   va
boshqa ayrim tur olmoshlari matnda qo‘llanilishi bilan uslubiy aktualizatorlik
xususiyati   namoyon   bo‘lishini   alohida   ta’kidlab   ko‘rsatmoqdalar 2
.     Shunga
ko‘ra,   gumon   olmoshlarining   funksional-semantik   xususiyatlari
o‘rganilayotganda   ularni   matn   tarkibidagi   boshqa   til   birliklari   bilan   o‘zaro
uyg‘unligini aniqlaSh, Shu asosda   qandaydir, nimadir, qachondir, qaergadir,
kimdir   singari   gumon   olmoshlari   anglatgan   semantik-uslubiy   ottenkalarni
mikromatn qurShovida belgilash lozim bo‘ladi. 
  Shuni   unutmaslik   lozimki,   gumon   olmoshlaridan   matnda   foydalanish
hammavaqt ham funksional-uslubiy jihatdan kutilgan natijani beravermaydi,
ya’ni   ular   orqali   oddiygina   ma’lumlik-noma’lumlik   xususiyati   ifodalanadi-
yu, lekin bu matndan muhim, emotsional ta`sirchanlikni kutish qiyin bo‘ladi.
Masalan:   Men   ko‘Chadan   nimadir   topib   oldim       (Xalq   so‘zi).   Publitsistik
uslubga   xos   oddiy   xabar   mazmunidagi   bu   gapda   “nimadir”   olmoshi
oddiygina   noma’lumlik   ma’nosini   ifodalashga   xizmat   qilmoqda.   Bu   matn
tarkibidagi   gumon   olmoshidan   qo‘ShimCha   funksional-uslubiy   xoslanishni
kutish qiyin.
2 2
    Сулейманова О.А.   Местоименные актуализаторы    весь и целый  в современном русском
языке   //   Филологические   науки.   1985.   №   4.   –   С.   18-22;   Смирнов   Ю.Б.   Семантико-
функциональные особенности неопределенных местоименных прилагательных // Русский
язык   в   школе.   1985.   №   4.   –   С.   14-16 ;   Ҳамроев   М.А.   Ҳозирги   ўзбек   тилидаги   кўрсатиш
олмошларининг функционал-семантик хусусиятлари. – Тошкент: Фан, 2009. – Б. 51-57.         Endi   badiiy   uslubga   xos   quyidagi   matnga   diqqat   qilaylik:   Negadir
bur c hakka qisilib, mum tishlab olgan Fazilat ortiq   c hidab turolmadi. Birdan
ovozining   boricha   uvvos   tortib   yig‘lab   yubordi   (O.YOqubov.   Diyonat).
Keltirilgan   matn   boshida   qo‘llangan   “negadir”   gumon   olmoshi   o‘z   xatti-
harakatidan   qattiq   pushamon   bo‘lib,   asablari   taranglaShgan   Fazilat   ichki
kecnmalariga   ishora   qilmoqda.   Qahramon   eri   Jabbor     tirik   bo‘la   turib,
Bo‘riboevning   aldovlariga   uchib,   unga   tegib   olgan,   eri   frontdan   kelganini
eshitib,   nima   qilishiini   bilmay   turgan   idora   hsobchisi   Fazilatning     qalb
tug‘yoni   ifodalanishiga   “negadir”   gumon   olmoshi   aktualizatorlik   (ishora
qiluvhilik)   vazifasini   bajaradi.   Bunday   paytda   gumon   olmoshlarining
matndagi qo‘ s him c ha ma’no xususiyati, uslubiy jihatlari haqida fikr yuritish
mumkin bo‘ladi.   
  Gumon   olmoshlaridan   matnda   so‘zlov c higa   ko‘proq   ma’lum   bo‘lgan
predmet,   voqea-hodisalarga   nisbatan   qo‘llaSh   mantiqqa   to‘g‘ri   keladi.
Masalan:   Va   ko‘p   hollarda,   ma’naviyat   haqida   beriladigan   savollarga   har
xil,   ba’zan   esa   bir-biriga   qarama-qarShi,   qandaydir   noaniq,   sayoz
javoblarni ham eShitishga to‘g‘ri keladi   (I.Karimov. YU.m., 18). Keltirilgan
matnda  “qandaydir”  gumon olmoshi o‘zidan keyingi “noaniq”, “sayoz” kabi
mavhumlikni  bildiruvchi   so‘zlarni  ma’no   jihatdan  to‘ldirib,   uslubiy  jihatdan
kuchaytirib   kelishga   xizmat   qilgan,   ya’ni   bu   matnda   “qandaydir”   gumon
olmoshi stilistik aktualizator vazifasini bajarib kelmoqda. 
Shunisi   muhimki,   noaniqlik,   gumon   ma’nosini   bildiruvchi     kimdir,
nimadir, qaysidir, qayoqdadir, qanaqadir, qandaydir, qachondir   olmoshlariga
kelishik, egalik va ko‘plik qo‘ s him c halari   –dir   elementidan oldin qo‘ s hiladi,
bunday grammatik holat noaniqlik, gumon ma’nosining matnda kuchli tarzda
ta’kidlanishiga   xizmat   qiladi:   ...bu   dunyoda   tabiatda   ham,   jamiyatda   ham
bo‘ s hliq bo‘lmaydi.  Qaerdadir   bo‘ s hliq paydo bo‘ldimi, hech  s hubhasiz, uni
albatta   kimdir   to‘ldirishga   harakat   qiladi   (I.Karimov.   YU.m.,   12);   Saida nimanidir   mulohaza   qilib,   majlisda   Qalandarovga   heya   narsa   demadi
(A.Qahhor. SinChalak) kabilar.     
  O‘zbek   tilida   gumon   olmoshi   ba’zi   so‘roq   olmoshlariga   “ham”
yordamchisini   qo‘ s hish   orqali   ham   hosil   qilinadi.   Shunisi   muhimki,   “ham”
yordamchisi     so‘z   o‘zgartuv c hi   qo‘ s him c halar   yoki   ko‘mak c hilardan   keyin
qo‘ s hiladi:   Tolibjon   nima   bilan   ham   o‘z   fikrini   isbotlamoq c hi   bo‘ldi,   lekin
uddasidan  c hiqa olmadi  (Said Ahmad. Jimjitlik) kabilar.
  O‘zbek   tilida   “birov”   so‘zi   ko‘pin c ha   gumon   olmoshi   sifatida
qo‘llanilib,   begona, boshqa, notanish, noaniq odam, noaniq Shaxs, allakim,
kimdir   singari   ma’nolarini   alohida   ta’kid   bilan   ifodalashga   xizmat   qiladi:   –
Tomorqani   birov   ko‘tarib   ketarmidi,   turaveradi-da,   -   dedi   kampir   o‘g‘li
hoziroq   ketmonni   kuo‘tarib   tomorqa   tomon   jo‘na s hidan   hadiksirayotgandek
(SH.Bo‘taev. Dasta rayhon) kabilar.  
  Ba’zi   so‘zi   ko‘plik   qo‘ s him c hasini   olgan   holda   gumon   olmoshi
vazifasini   bajarishga   xizmat   qiladi.   Aslida   “ba’zi”   so‘zi   noaniq   belgi,
xususiyat ma’nosini bildirib, matn tarkibida ko‘pin c ha sifatlovchi aniqlovchi
vazifasini   bajaradi   hamda   bu   so‘z   “ayrim”   so‘zi   bilan   ma’nodoShlik   hosil
qiladi. Qiyoslang:  ba’zi odamlar // ayrim odamlar; ba’zi uylar // ayrim uylar .
  Shunday   qilib,   o‘zbek   tilida   gumon   olmoshlari   so‘roq   olmoshlariga   –
dir,   alla-   elementlarini   qo‘ s hib   hosil   qilinadi,   “birov,   biron,   biror”   so‘zlari
ham   gumon     olmoshi   ma’nosida   qo‘llaniladi   hamda   bu   olmoshlar   matn
tarkibida   noaniqlik,   gumon   ma’nolarini   kuchli   ta’kid,   alohida   ta’kid   yo‘li
bilan   ifodalab,   matnga   xilma-xil   ekspressiv   holatlarni   ro‘yobga   c hiqaradi,
ba’zan   esa   matnda   aktualizatorlik   vazifasini   bajaradi.   Matnda   “bir   nima”,
“qay bir”, “ba’zi”, “ba’zilar”  kabi so‘zlar ham o‘rni bilan gumon, noaniqlik
ma’nolarini ifodalashga vosita bo‘ladi.       Adabiyotlar
1.  Boymirzaeva S. Matn mazmunida temperollik semantikasi. -Toshkent, 
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2009.
2.  Yoldoshev M. Badiiy  matn  va uning lingvopoetik tahlili asoslari. - Т ., 
2007.
3.  Yoldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. - Т .: “Fan”, 2008.
4.  Yoldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. - Т ., Alisher Navoiy 
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.
5 . Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. -T .:, 1989.
6 . Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik. O‘zbek tili va adabiyoti. 1983, 
№1.
7.  Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M. va boshq. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -  Т .: “FTM”, 2009.
8 . Shomaqsudov A., Rasulov I. va boshq. 0 ‘zbek tili stilistikasi. -  Т .: 
O‘qituvchi”, 1983.9. Abdupattoyev M.T. O‘zbek matnida supersintaktik 
butunliklar. Filol. fan.nom. ...diss.avtoref. -  Т ., 1998.10. Mirtojiev M. 
Lingvistik metaforalar tasnifi.//O' ТА , 1973, № 4,-B.34-37.11. Tog‘ayev O. 
Publisistika janrlari.-Toshkent: “O‘qituvchi”, 1976-B.155.

MATNDA GUMON OLMOSHLARINING AYRIM SEMANTIK VA FUNKSIONAL-USLUBIY XUSUSIYATLARI Reja: 1.Olmoshlarning tasnifiy belgilari haqida tushuncha 2. Gumon olmoshlarining orqali matnda mavhumlik, noaniqlik, gumon ma’nolarining ifodalanish xususiyatlari haqida. 3. Gumon olmoshlari matn tarkibida aktualizator sifatida.

Olmoshlar ot, sifat, son, ravish so‘z turkumlari o‘rnida, hatto, bir gap yoki matn o‘rnida nutqiy ixchamlik uchun foydalaniladigan so‘zlar bo‘lib, ular nutq jarayonida nutqiy aloqa vazifasini bajaradi. Olmoshlarning har bir semantik turi matn tarkibida nutqiy aloqa vazifasini, deyktik (ishora qilishi, ko‘rsatish) vazifasini bajaradi [TTIL, 74-75]. Olmoshlarning barcha semantik turlari uslubiy jihatdan vazifadoshlik (sinonimik) va ta`sirchanlik (emotsional-ekspressiv) ifodasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. O‘zbek tilida gumon olmoshlari predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib, ularga umumiy, mavhum (abstrakt) va taxminli ishora qilishii bilan xarakterlanadi 1 . Gumon olmoshlari noma’lumlikni – so‘zlov s hi s haxs, sub’ekt avval uchratmagan yoki tushuntirib bera olmaydigan narsa-hodisa tushunchasini bildiradi. Gumon olmoshlari orasida faol qo‘llanuv c hi qandaydir olmoshida ana Shu mavhumlik, noma’lumlikning ayrim jihatlari ro‘yobga c hiqadi yoki aktuallaShadi. Masalan: Qoshlari bir-biriga tutaShgan, qisilgan ko‘zlari to‘rda surat bo‘lib qolgan Fazilatga qadalgan, lunjlari ichiga botib ketgan qoramtir yuzida g‘azab emas, yo‘q, qandaydir c heksiz bir alam muhrlangan (O.Y o qubov. Diyonat). Keltirilgan matn tarkibidagi “qandaydir” gumon olmoshi juda ham c heksiz, poyonsiz g‘am- alam bilan to‘lgan qahramon ichki dunyosini ochishhga vosita bo‘lgan. Endi publitsistik uslub namunasi bo‘lgan quyidagi parchaga e’tiborni qarataylik: Kecha kechqurun osmondan qandaydir noma’lum jism uchib tushdi (“Xalq so‘zi”). Bu parchada ifodalovchi mavhumlik, gumon ottenkasi ikki so‘zda – ham “noma’lum” so‘zida, ham “qandaydir” gumon olmoshida oo‘yobga Chiqmoqda. Shu o‘rinda keltirilgan parchada “qandaydir” gumon olmoshi ortiqchadek, grammatik pleonazm (ortiqchalik) hodisasi sodir bo‘layotgandek tuyuladi. Agar biz yuqorida keltirilgan gapning boshqacha 1 Бу ҳақда қаранг: Ўзбек тили грамматикаси. Икки томлик. 1-том. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 359; Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. 1-қисм. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – Б. 318 ва бошқалар.

variantini o‘zaro qiyoslasak, matn tarkibida “qandaydir” gumon olmoshining funksional o‘rni o‘z-o‘zidan anglashldi : Kecha kechqurun osmondan qandaydir noma’lum jism uchib tushdi // kecha kechqurun osmondan noma’lum jism uchib tushdi . Bu parchalar qiyosi s hundan dalolat beradiki, “qandaydir” olmoshining matnda qo‘llanishi bilan s hu matn yordamida ifodalanayotgan noma’lumlik ottenkasi kuchli, ta`sirchan tarzda namoyon bo‘ladi hamda o‘ s ha noma’um narsaning qandayligiga qiziqish ottenkasi ham ro‘yobga Chiqadi. Shunga ko‘ra tilshunos olimlar gumon olmoshlari va boshqa ayrim tur olmoshlari matnda qo‘llanilishi bilan uslubiy aktualizatorlik xususiyati namoyon bo‘lishini alohida ta’kidlab ko‘rsatmoqdalar 2 . Shunga ko‘ra, gumon olmoshlarining funksional-semantik xususiyatlari o‘rganilayotganda ularni matn tarkibidagi boshqa til birliklari bilan o‘zaro uyg‘unligini aniqlaSh, Shu asosda qandaydir, nimadir, qachondir, qaergadir, kimdir singari gumon olmoshlari anglatgan semantik-uslubiy ottenkalarni mikromatn qurShovida belgilash lozim bo‘ladi. Shuni unutmaslik lozimki, gumon olmoshlaridan matnda foydalanish hammavaqt ham funksional-uslubiy jihatdan kutilgan natijani beravermaydi, ya’ni ular orqali oddiygina ma’lumlik-noma’lumlik xususiyati ifodalanadi- yu, lekin bu matndan muhim, emotsional ta`sirchanlikni kutish qiyin bo‘ladi. Masalan: Men ko‘Chadan nimadir topib oldim (Xalq so‘zi). Publitsistik uslubga xos oddiy xabar mazmunidagi bu gapda “nimadir” olmoshi oddiygina noma’lumlik ma’nosini ifodalashga xizmat qilmoqda. Bu matn tarkibidagi gumon olmoshidan qo‘ShimCha funksional-uslubiy xoslanishni kutish qiyin. 2 2 Сулейманова О.А. Местоименные актуализаторы весь и целый в современном русском языке // Филологические науки. 1985. № 4. – С. 18-22; Смирнов Ю.Б. Семантико- функциональные особенности неопределенных местоименных прилагательных // Русский язык в школе. 1985. № 4. – С. 14-16 ; Ҳамроев М.А. Ҳозирги ўзбек тилидаги кўрсатиш олмошларининг функционал-семантик хусусиятлари. – Тошкент: Фан, 2009. – Б. 51-57.

Endi badiiy uslubga xos quyidagi matnga diqqat qilaylik: Negadir bur c hakka qisilib, mum tishlab olgan Fazilat ortiq c hidab turolmadi. Birdan ovozining boricha uvvos tortib yig‘lab yubordi (O.YOqubov. Diyonat). Keltirilgan matn boshida qo‘llangan “negadir” gumon olmoshi o‘z xatti- harakatidan qattiq pushamon bo‘lib, asablari taranglaShgan Fazilat ichki kecnmalariga ishora qilmoqda. Qahramon eri Jabbor tirik bo‘la turib, Bo‘riboevning aldovlariga uchib, unga tegib olgan, eri frontdan kelganini eshitib, nima qilishiini bilmay turgan idora hsobchisi Fazilatning qalb tug‘yoni ifodalanishiga “negadir” gumon olmoshi aktualizatorlik (ishora qiluvhilik) vazifasini bajaradi. Bunday paytda gumon olmoshlarining matndagi qo‘ s him c ha ma’no xususiyati, uslubiy jihatlari haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi. Gumon olmoshlaridan matnda so‘zlov c higa ko‘proq ma’lum bo‘lgan predmet, voqea-hodisalarga nisbatan qo‘llaSh mantiqqa to‘g‘ri keladi. Masalan: Va ko‘p hollarda, ma’naviyat haqida beriladigan savollarga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarShi, qandaydir noaniq, sayoz javoblarni ham eShitishga to‘g‘ri keladi (I.Karimov. YU.m., 18). Keltirilgan matnda “qandaydir” gumon olmoshi o‘zidan keyingi “noaniq”, “sayoz” kabi mavhumlikni bildiruvchi so‘zlarni ma’no jihatdan to‘ldirib, uslubiy jihatdan kuchaytirib kelishga xizmat qilgan, ya’ni bu matnda “qandaydir” gumon olmoshi stilistik aktualizator vazifasini bajarib kelmoqda. Shunisi muhimki, noaniqlik, gumon ma’nosini bildiruvchi kimdir, nimadir, qaysidir, qayoqdadir, qanaqadir, qandaydir, qachondir olmoshlariga kelishik, egalik va ko‘plik qo‘ s him c halari –dir elementidan oldin qo‘ s hiladi, bunday grammatik holat noaniqlik, gumon ma’nosining matnda kuchli tarzda ta’kidlanishiga xizmat qiladi: ...bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘ s hliq bo‘lmaydi. Qaerdadir bo‘ s hliq paydo bo‘ldimi, hech s hubhasiz, uni albatta kimdir to‘ldirishga harakat qiladi (I.Karimov. YU.m., 12); Saida

nimanidir mulohaza qilib, majlisda Qalandarovga heya narsa demadi (A.Qahhor. SinChalak) kabilar. O‘zbek tilida gumon olmoshi ba’zi so‘roq olmoshlariga “ham” yordamchisini qo‘ s hish orqali ham hosil qilinadi. Shunisi muhimki, “ham” yordamchisi so‘z o‘zgartuv c hi qo‘ s him c halar yoki ko‘mak c hilardan keyin qo‘ s hiladi: Tolibjon nima bilan ham o‘z fikrini isbotlamoq c hi bo‘ldi, lekin uddasidan c hiqa olmadi (Said Ahmad. Jimjitlik) kabilar. O‘zbek tilida “birov” so‘zi ko‘pin c ha gumon olmoshi sifatida qo‘llanilib, begona, boshqa, notanish, noaniq odam, noaniq Shaxs, allakim, kimdir singari ma’nolarini alohida ta’kid bilan ifodalashga xizmat qiladi: – Tomorqani birov ko‘tarib ketarmidi, turaveradi-da, - dedi kampir o‘g‘li hoziroq ketmonni kuo‘tarib tomorqa tomon jo‘na s hidan hadiksirayotgandek (SH.Bo‘taev. Dasta rayhon) kabilar. Ba’zi so‘zi ko‘plik qo‘ s him c hasini olgan holda gumon olmoshi vazifasini bajarishga xizmat qiladi. Aslida “ba’zi” so‘zi noaniq belgi, xususiyat ma’nosini bildirib, matn tarkibida ko‘pin c ha sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi hamda bu so‘z “ayrim” so‘zi bilan ma’nodoShlik hosil qiladi. Qiyoslang: ba’zi odamlar // ayrim odamlar; ba’zi uylar // ayrim uylar . Shunday qilib, o‘zbek tilida gumon olmoshlari so‘roq olmoshlariga – dir, alla- elementlarini qo‘ s hib hosil qilinadi, “birov, biron, biror” so‘zlari ham gumon olmoshi ma’nosida qo‘llaniladi hamda bu olmoshlar matn tarkibida noaniqlik, gumon ma’nolarini kuchli ta’kid, alohida ta’kid yo‘li bilan ifodalab, matnga xilma-xil ekspressiv holatlarni ro‘yobga c hiqaradi, ba’zan esa matnda aktualizatorlik vazifasini bajaradi. Matnda “bir nima”, “qay bir”, “ba’zi”, “ba’zilar” kabi so‘zlar ham o‘rni bilan gumon, noaniqlik ma’nolarini ifodalashga vosita bo‘ladi.