MIKROBIOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISHI


MIKROBIOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI REJA: 1. Mikrobiologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi. 2. A.Levenguk tomonidan mikrobiologiyaning ochilishi. 3. Mikrobiologiyaning fiziologik davrining ochilishida L.Pasterning xizmatlari 4. Mikrobiologiyaning rivojlanishida G.Kox, M.Beyerink, S.N.Vinogradskiy, Terexovskiy,.I.Mechnikovlarning xizmatlari 5.O’zbekistonda mikrobiologiyaning yutuqlari. A.G.Xolmurodov, M.E.Mavloniy xizmati. 6. Hozirgi zamon mikrobiologiya fani yutuqlari.
Tabiatda inson, hayvonlar va o’simliklardan tashqari bir qancha tirik organizmlar ham bor. Tuzilishlari jihatidan juda kichik bo’lganligidan ularni oddiy kuz bilan ko’rib bo’lmaydi. Ularni biz faqat mikroskoplar yordamida ko’ra olamiz. Shuning uchun ham bunday kichik organizmlarni mikroblar yoki mikroorganizmlar deb yuritiladi. Demak, mikrobioloiya ana shu mayda, ya’ni mikroorganizmlar shaklini, tuzilishini va hayotini xar tomonlama tekshiruvchi fandir. Mikrobiologiya grekcha suz bo’lib, «mikros» – mayda, «bios» – hayot, «logos» – fan degan ma’noni bildiradi. Mikrobiologiya fani mikroorganizmlarning tuzilishini va biologik xususiyatlarini, tabiatda yuz beradigan turli jarayenlarni axamiyatini, inson hayoti uchun ularning foydasini, mikroorganizmlarning murakkabroq organizmlar bilan bo’lgan munosabatini va mikroblarning zararli ta’sirotlarini yuqotish usullarini o’rgatadi. Mikrobiologiya – bakteriyalar, ( nursimon ) achitqilar, mog’or zamburug’lari, sodda hayvonlar, viruslar va rikketsiyalar kabi mikroorganizmlarni o’rganadi. Morfologiyasini Sistematikasini Fiziologiyasini Ekologiyasini Biokimyosini Genetikasini 2. Mikrobiologiya fanining xalq xo’jaligida va kishilar hayotidagi ahamiyati. Tuproqda va tabiatda boradigan biokimyoviy o’zgarishlarning ko’p qismi ana shu mikroorganizmlar ishtirokida boradi. Mikroorganizmlar tabiiy tuproq hosil qilish, yerni ishlash va o’g’it solish bilan bog’liq bo’lgan jarayenlarda va organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ishlash uchun juda katta ahamiyatga ega. Yerga solingan organik o’g’itlar yoki o’simlik va hayvon qoldiqlari shu mikroblar tufayli parchalanib minerallashtiriladi va o’simliklar tomonidan uzlashtiriladi. Bundan tashqari ko’pchilik mikroorganizmlar o’simliklarning ildiz sistemasi bilan bog’lik bo’lib ularga katta yordam, ya’ni foyda keltiradi. (Mikoriza,
rizosfera, ya’ni simbioz yashaydi). Ayrimlari esa, fitopotogen bakteriyalar va zamburug’lar ildiz xo’jayralarini buzadi, o’simlikni normal rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Mikroorganizmlar ildiz chirishi, gammoz, sarg’ayish va boshka kasalliklarga sababchi buladi. Bundan tashqari mikrobiologiya fani xalq hujaligida xam katta ahamiyatga egadir. Sanoatning yirik tarmoqlarida, ya’ni non pishirish, qatiq va yog’lar tayyorlash, pivo va vino tayyorlashda muhim rol uynaydi. Sanoatda aseton, butil va boshza spirt, turli tuman kislotalar olinadi . Mikroorganizmlar yoki mikrobiologiya fani medisinada ham katta ahamiyatga egadir. Buning ahamiyatini L.Paster va qator olimlarning ishida ko’rish mumkin. Bular avvalo ana shu kasalliklarning kelib chiqishi (yukishi) va oldini olish bilan kurashganlar va medisina mikrobiologiyasida muhim kashfiyotlar qilganlar. (Ibn Sino, Beruniy, Kox, Paster, E.Jenner,). Kuzga ko’rinmas mikroblar butun xalqlarni boshiga og’ir ofatlarni keltirib chiqargan. V.L. Omelyanskiy o’zining 1909 yilda yozgan «Mikrobiologiya asoslari» kitobida shunday yozadi: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman ta’sirida butun oblastlar qirilib, yuzminglab kishilarning yostig’ini quritdi. Shuning uchun ham bularga qarshi kurash va ularning kelib chiqish o’chog’i aniqlanib mikrobiologiyada yangi davr ochildi». Eng muhimi antibiotiklar – penisillin, streptomisin, biomisin va boshqalarni ishlab chiqarish va boshka mikroblardan foydalanishga asoslangan. Mikrobiologiya alohida fan bo’lishi bilan birga biologiyaning boshqa qator fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Mikrobiologiya va zoologiya fanlarining sodda hayvonlar va hayotini o’rganish bilan bog’liq. Fermentlarni, antibiotiklarni va vitaminlarni o’rganishda biokimyo bilan bog’lik. Gigiyena, fiziologiya, xirurgiya, veterinariya, anatomiya fanlari bilan bog’liq. Yuqorida aytib o’tganimizdek mikrobiologiya fani yutuqlaridan kishilar qadim zamonlardan boshlab foydalanib kelganlar. M: Non pishirish, sut achitish, vino tayyorlash, siloslash ishini muvaffaqiyatli amalga oshirganlar.
Fanning dastlabki bosqichida vrachlar va tabiatshunos olimlar yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini bilishga kirishganlar. Bunday ishlarni – Gippokrat (460-377), Pliniy (23-15), Galen (131-211) va boshqalar tirik tabiatni kishilarga turli xil kasallik tarqatishini bilganlar. Mashhur Abu Ali ibn Sino (980-1037) yuqumli kasalliklarning suv va havo orqali tarqalishi tug’risida bundan ming yilcha oldin, Yevropa olimlari parazit bakteriyalarni o’rganmasdan ilgari aytib bergan edi. Umuman mikrobiologiya – fan sifatida qachonki birinchi marotaba mikroblarni kattalashtirib qurilgan va ularni tekshirgan kishi gollondiyalik tabiatshunos A.Levengukdir (1632-1723). Levenguk o’zi yasagan asbobi, ya’ni 160-200 marta katta qilib ko’rsatadigan asbobi bilan turli xil narsalarni – ot gungi, tish kiri, odam najasi va boshqalardan preparat tayyorlab tekshirib ko’radi. Ular juda mayda va harakat qilishini ko’radi. Levenguk bunday mayda tirik organizmlarni birinchi bo’lib ko’rgan edi. U kishi ko’rgan mayda organizmlarga «tirik hayvonchalar» Animalcula viva deb nom bergan. Levenguk uchragan hamma narsalarni ko’rib uning rasmlarini chizib formasini turli xilligini aniqlaydi. Bu xaqda 1673 yili Londondagi qirollik jamiyatiga xabar beradi. Keyinroq (1695) ilmiy jamiyat Levangukning kashfiyotini Levanguk topgan «tabiat sirlari» degan kitob qilib chiqaradi. Levenguk kashfiyoti juda ko’p ilmiy tadqiqotlarga yo’l ochdi. Bakteriyalarning tuzilishi, shaklini tekshirish juda avj oldi. Bu davrni mikrobiologiyada morfologik davr deyiladi. Bu davrda ayrim olimlar (Linney, Myuller, Erenberg) mikroblarning gruppalarini aniqlab klassifikasiya qilishga kirishgan. X1X asrning o’rtalarida sanoatning o’sishi, optika asboblarining, jumladan mikroskopning ixtisoslanishi va tabiiy fanlarning rivojlanishi mikroblarni tekshirishning yangi uslublvrini ishlab chiqdi. Lui Paster (1822-1895). Fransuz mikrobiologi va kimyogari, hozirgi zamon mikrobiologiya va immunologiya fanining asoschisi. L.Paster mikrobiologiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo’shgan olimdir. Paster Parij FA (1867) va Fransiya medisina akademiyasining (1873), Fransiya akademiyasining (1881) haqiqiy a’zosi. Peterburg fanlar akademiyasining (1893) faxriy a’zosi bo’lgan.