“Sug’d” toponimining paydo bo’lishi
Mavzu:“Sug’d” toponimining paydo bo’lishi Reja: Kirish. 1. Sug`d yil hisobi . 2. Avesto yil hisobi 3. Yazdigird yil hisobi 4. Milodiy yil hisobi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar
Xorazmiy taqvimiga juda yaqin bo`lgan sug`d taqvimining vujudga kelishida xorazmiy taqvimi asos bo`lgan bo`lsa ajab emas, chunki xorazmiy tili bilan sug`d tili ko`p jihatdan bir-biriga yakin turadi. Shuni ham aytib o`tish kerakki xorazmiy oylarining nomlari ham, sug`d oylarining nomlari ham lug`aviy jihatdan qanday ma`no berishi noma`lum. Bu haqda Abu Rayxon Beruniy ham to`xtalmaydi. Xorazmiy tilidagi va sug`d tilidagi hujjatlarda ham oylarning qanday ma`no anglatishi xususida ma`lumotlar yo`q. Sug`d yil hisobi - Markaziy Osiyoda yashagan sug`diylarning quyosh taqvimiga asoslangan yil hisobi. So`g`d taqvimi qadimgi eron (avesto) va xorazmiy taqvimlariga juda yaqin bo`lgan. Bir yil 12 oy va xar bir oy 30 kundan tashkil topgan. Ortiqcha besh kun yilning 12-oyi oxiriga qo`shilgan. Bu besh kun alohida nom bilan aytilgan. Har yili qoldiq sifatida yig`ilib boradigan chorak kunning to`rt yilda to`la bir kun bo`lishiga e`tibor qilinmagan. Yangi yil bahorgi tengkunlikdan boshlagan. Sug`d oylarining tartibi va nomlari quyidagicha: 1.Navsard. 2.Jarjin. Z.Naysanj. 4.Basokanj. 5.Ashnxanda. b.Majnda. 7.Farkon. 8.Obonj. 9.Fug`. 10.Masfug`. 11.Jamdanj. 12. Xashvim. Oylar nomlarining o`qilishi va aytilishida ayrim tafovutlar bor. Chunki qo`lyozma manbalarda (Abu Rayhon Beruniy asarlarida ham) sug`d oylarining nomi faqat undosh tovushlar bilan yozilgan. Undoshlar orasidagi unlilar yozilmagan. Sug`diylar ham qadimgi eronliklar kabi oyning har bir kuniga (30 kunga) alohida-alohida nom berganlar. Sug`d yil hisobi qachondan boshlanganligi va qaysi voqea asos qilib olinganligi to`g`risida ma`lumot yo`q. Abu Rayhon Beruniyning xabar berishicha sug`d taqvimi ancha qadimdan mavjud bo`lsa-da rasmiy yil hisobi milodiy 413 yildan boshlangan. Sug`d taqvimiga oid atamalar va yil hisobi sanalari IV-X asrlarga oid tangalar, bitiklar, maktublar va rasmiy davlat hujjatlarida tez-tez uchrab turadi. Sug`d tili va yozuvining muomaladan qolishi bilan sug`d taqvimi ham asta-sekin unutila boshladi. Avesto yil hisobi - Eron va Markaziy Osiyo xalqlari qo`llagan eng qadimgi yil hisobi, taqvim. Bu taqvim zardusht ta`limoti bilan birga vujudga
kelganligi uchun zardusht taqvimi, oy nomlari va boshqa hamma atamalari "Avesto" kitobidan olinganligi uchun avesto taqvimi ham deyiladi. Eronda qo`llangan eng qadimgi taqvim bo`lganligi uchun hozirgi ilmiy adabiyotlarda qadimgi eron taqvimi nomi ham ishlatiladi. Zardusht yil hisobi quyosh yiliga asoslangan bo`lib, 12 oydan iborat. Har bir oy 30 kun, yana qo`shimcha 5 kun bor. Bu 5 kun alohida oy hisoblanadi. Taqvimdagi 12 oyning nomi "Avesto"dagi ma`budalarning nomiga borib taqaladi. Oy nomlaridan tashqari oy tarkibiga kirgan kunlar (30 kun) ning ham alohida-alohida nomlari bor. "Avesto"ning milodiy VI asrda sosoniylar davrida tuzilgan matnida oylar va kunlarning to`liq nomi ro`yxati keltirilgan. Biroq ba`zi taqvim atamalari "Avesto"ning eng azaliy qismlari deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda tarkib topgan. "Gotlar"da ham uchraydi. Zardusht taqvimi qachon va qaerda tuzilganligi to`g`risida fanda hozircha aniq ma`lumot yo`q. Olimlarning taxmin qilishicha bu taqvim Sharqiy Eron yoki Markaziy Osieda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida tuzilgan. Dastlab, g`arbiy Eronda Ahmoniylar davrida rasmiy davlat taqvimi sifatida qabul qilingan (ilmiy adabiyotlarda qadimgi eron yil hisobi deb atalishining sababi ham shu). Bu holat Ahmoniylar davrida zardusht dinining keng yoyilishi bilan izohlanadi Zardusht taqvimi Hindistonda hozirgi vaqtda istiqomat qilayotgan zardusht jamoalarining taqvimi bilan qiyoslab ko`rilganda mazkur taqvim g`arbiy Eronda Ahmoniylar davrida miloddan avvalgi 505,490,484,481, va 441 sanalarning biridan boshlangan deb hisoblash mumkin. Abu Rayhon Beruniy o`zining "Xronologiya" asarida yuqoridagi yillarning eng oxirgisi-miloddan avvalgi 441 yilni eng to`g`ri sana deb oladi va zardusht taqvimi shu yildan boshlangan deb ko`rsatadi. Zardusht taqvimi 365 kun, har biri 30 kundan tuzilgan 12 oy va yana 5 kundan iborat, to`rt yilda yana 1 kun orttirilgan. Demak, har to`rt yilda (kabisa yilida) 12-oyning oxiriga 5 kun emas, 6 kun qo`shilgan. Zardusht yil hisobi qadimgi eron manbalarida - Behstun va Naqshi Rustam kitobalarida hamda boshqa yozma yodgorliklar va hujjatlarda tez-tez tilga olinadi. Shunday qilib zardusht taqvimi Ahmoniylar davridan boshlab
davlatning ish yuritish bo`yicha rasmiy taqvimi bo`lib qoladi. Shu bilan birga bu taqvim zardusht dini bayramlari, rasm-rusumlarini olib borishda diniy taqvim ham bo`lib qolaveradi. Zardusht oylarining nomlari: 1. Farvardinmoh, 2. Ordi - behishtmoh, 3. Xurdodmoh, 4. Tirmoh, 5. Murdodmoh, 6. Shahrivarmoh, 7. Mehrmoh, 8. Obonmoh, 9. Ozarmoh, 10. Daymoh, 11. Bahmanmoh, 12. Isfandarmazmoh. Har bir oyda 30 kunning maxsus nomi ham bo`lgan ular quyidagilar: 1. Xurmuz, 2. Bahman, 3. Urdubehisht. 4. Shahrivar, 5. Isfandarmaz, 6. Xurdod, 7. Murdod, 8. Dayba ozar, 9. Ozar, 10. Obon, 11. Xur, 12. Moh, 13. Tir, 14. Jo`sh, 15. Dayba mehr, 16. Mehr, 17. Sarush, 18. Rashn, 19. Farvardin, 20, Bahrom, 21.Rom, 22. Bod, 23. Daybadin, 24. Din, 25. Ard, 26. Ashtoz, 27. Asmon, 28. Zomyoz, 29. Morasfand, 30. Aniron. O`ttiz kunga atab qo`yilgan mazkur nomlar yilning o`n ikki oyidagi hamma kunlarga taalluqli bo`lgan. Qadimgi Eron yil hisobi, ya`ni zardusht yil hisobi milodiy 632 yilgacha qo`llanib keldi. 632 yilda sosoniy podshohlardan Yazdgird III zardusht taqvimini isloh qildi. Yangi taqvim shu podshohning nomi bilan Yazdgird taqvimi nomini oldi. Boshlanish vaqti ham Yazdgird III ning taxtga o`tirgan kuni - milodiy 632 yil 16 iyundan hisoblandi. Qadimgi eron, ya`ni zardusht taqvimining atamalari, xususan oynomlari fors-tojik va turkiy manbalarda o`rni- o`rni bilan uchrab turadi. Mazkur atamalar ko`proq eroniy va turkiy xalqlarning eng qadimgi zardusht ta`limoti bilan bog`liq rasm-rusumlari, urf-odatlari bilan bog`liq holda tilga olinadi. Umar Xayyom "Navro`znoma" asarida yuqoridagi oylarning lug`aviy ma`nosini quyidagicha talqin qiladi. (Izoh: Umar Xayyom oylarning nomini asli Avestocha demasdan Pahlaviy tilida deb aytadi. Chunki Umar Xayyom davrigacha Avesto tilidagi so`zlar Pahlaviy tiliga, pahlaviy tilidagi so`zlar yangi fors tiliga o`tib kelardi. Shuning uchun Umar Xayyom oy nomlarini Pahlaviycha deb tushuntiradi). Biz Umar Xayyom so`zlarini aynan keltiramiz.
1. Farvardin - pahlaviycha so`z va uning ma`nosi aynan jannatlar bo`lib, bu oy o`simliklar o`sishining boshlanishidir. Bu oy Hamal burjiga oid. Binobarin, oyning boshidan to oxirgacha oftob shu burjda bo`ladi. 2. Ordbihisht - bu oyda dunyo o`zining ko`karishi ila jannatmonanddir. Urd pahlaviy tilida "monand" degani. Oftob bu oyda haqiqiy aylanishi bo`yicha Savr burjida bo`ladi. Bu oy bahorning o`rtasidir. 3. Xurdod - odamlarni bug`doy, arpa va mevalar bilan boqadi. Oftob bu oyda Javzoburjida bo`ladi. 4. Tir - bu oyni "tir" atadilar, chunki bu oyda bug`doy, arpa va boshqa narsalarni taqsim qiladilar. Oftobning avji pasaya boshlaydi. Saraton burjida bo`ladi. Bu oy yoz oyining birinchisidir. 5. Murdod - tuproq berdi, ya`ni unda yetilgan meva va sabzavotlarni berdi. Yana bu oyda xavo tuproq to`zoniga o`xshaydi. Bu oy yoz o`rtasidir. Oftob Asad burjida bo`ladi. 6. Shahrivor - bu oyni shahrivor deydilar, chunki bu daromad oyidir, ya`ni, podshoxlarning daromadlari shu oyga to`g`ri keladi. Bu oyda dehqonga o`lpon to`lash oson. Oftob Azro (Sunbula)da bo`ladi. Bu yozning oxirgi oyi. 7. Mexr - bu oyni mehr deyishadi, chunki u insonlar o`rtasidagi do`stlik oyidir va pishgan barcha meva va boshqa narsalar hamda o`zlarining ulushlariga tekkanini birga baxam ko`radilar. Oftob bu oyda mezonda bo`ladi, ya`ni kuzning boshlanishidir. 8. Obon - ya`ni bu oyda boshlangan yog`inlardan suv ko`payadi va odamlar ekinlarini sug`oradilar. Oftob bu oyda Aqrabda bo`ladi. 9. Ozar - paxlaviy tilida ozar "olov" deganidir. Bu oyda ob-havo soviy boshlaydi va olovga muxtojlik paydo bo`ladi, ya`ni bu olov oyidir. Oftob bu oyda qavs burjida bo`ladi. 10. Day - paxlaviy tilida "day" devni anglatadi. Bu oyni "day" deyishlariga sabab, u qahrli va bu oyda yer ko`karishdan yiroqdir. Oftob Jadida bo`ladi. Bu qishning birinchi oyi.