“Sug’d” toponimining paydo bo’lishi.doc
Mavzu:Namangan – Namakkonmi yoki Navmangonmi. Reja: 1. Namangan viloyati toponimiyasi. 2. Namakkonmi yoki Navmangonmi 3. Namangan tarixi. Xulosa.
Namangan viloyati toponimiyasining tarixiy manbalari va Tadqiqi Farg’ona vodiysi, jumladan, Namangan viloyati ge ografik nomlari haqidagi ilk yozma manba muallifi noma’lum “Hudud ul -olam” (X asr) asaridir. Shuningdek, Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ahmad ibn Abu Bakr alMuqaddasiyning “Hasan at -Taqosim”, Zahiriddin Muhammad Boburning“Boburnoma ”, Isoqxon Ibratning “Tarixi Farg’ona” asarlari ham Namanganviloyati toponimiyasi tarixiy manbalaridir.Arab geografi va sayyohi Muqaddasiyning “Ahsan at -taqqosim fi ma’rifatal -aqolim” (“Iqlimlarni o’rganish uchun eng yaxshi qo’llanma”) nomli asarida Farg’ona vodiysidagi 40 Shahar qatorida Axsikat, Koson, Bob (Pop) Shaharlari ham tilga olingan. 1Bu hozirgi Axsikent, Kosonsoy, Pop oykonimlari qadimiy va tarixiyligidan dalolat beradi. Boshqa tarixiy manbalardagi m azkur oykonimlarga doir izoh va qaydlar ham fikrimizni tasdiqlaydi. 1Бу ҳақида қаранг. Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. – Тошкент: Ўқитувчи, 2001. – Б.122 -123 8Muallifi noma’lum ilmiy manbalarda qisqacha “Hudud ul -olam” shaklida tanilgan “Kitob hudud ul -olam min al -mashriq ila -l-mag’rib” (982 -983) asari ham Namangan viloyati toponimiyasining tarixiy manbalaridan biri hisoblanadi. 1Asarda viloyat toponimiyasiga mansub Xatlom (hozirgi Norin) daryosi, Bob (hozirgi Pop), Axsik at (hozirgi Axsi) kabi tarixiy toponimlar kuzatiladi. Kitobning “Daryolar haqida so’z” nomli qismida Xatlom daryosiga quyidagicha izoh beriladi. “Yana biri Xatlom daryosi. Moniso tog’idan, Xallux va Yag’mo o’rtasidagi
3 chegaradan boshlanad i. Xatlom shahridan oqib o’tib, Bob yaqinigacha boradi va O’zgand daryosiga quyiladi”. 2 Bu o’rinda keltirilgan Bob – hozirgi Pop shahri, Pop tumanining markazi. Shuningdek, kitobning boshqa o’rinida mazkur shaharga oid quyidagi qayd kuza tiladi: “Kasho’kas, Pob – ikkita obod shaharcha, ekinzorlari ko’p. Mazkur shaharlar barchasi Farg’ona nohiyatiga mansub”. 3Bu ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Demak, mazkur manbada hozirgi Pop oykonimi Bob, Pob kabi variantlarda uchra ydi. Risolaning “Movarounnahr nohiyati va undagi shaharlar haqida so’z” qismida hozirgi Axsikent oykonimi Axsikat shaklida berilib, quyidagicha izohlangan: “Axsikat – Farg’onaning qasabasi, amir va mas’ul a’yonlarning qarorgohi erur ; katta Shahar, Xashart daryosi bo’yida joylashgan; tog’ etagida”. 4Xashart aynan hozirgi Sirdaryo. Kitobni X asrda yozilganligini e’tiborga olinsa, Namangan viloyati toponimiyasiga mansub Pop, Axsi oykonimlarining qadimiyligi, tarixiy ligi anglashiladi. Boburning “Boburnoma” asarida Axsi (Axsikat), Arxiyon (hozirgi Ayqiron), Koson (hozirgi Kosonsoy shahri), Sang, Gunbazi Chaman, Karnon, G’avo (hozirgi G’ova), Pop, Navkand (hozirgi Navkent), Poshxoron // Bishxoron (hozirg i Peshqo’rg’on), Norin kabi oykonimlar keltirilgan. Mazkur asar viloyat 1Ҳудуд ул -олам. – Тошкент: O’zbekiston, 2008. – 64 -б.
2Ўша асар, 9 -б. 3Ўша асар, 16 -б. 4Ўша асар, 15 -б. 9toponimiyasiga oid ayrim oykonimlarning tarixiy shakllarini, etimologiyasini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. 1Ibratning «Farg’ona tarixi» as ari Namangan viloyati oykonimlariga oid tarixiy manbalardan biridir. Biz quyida u haqida batafsil fikr yuritamiz. Namangan viloyati hududi eng qadimgi aholi yashagan va joylashgan maskanlardan biri hisoblanadi. Aholining o’troq hayot kechir ishi va dastlabki sug’orma dehqonchilik to’g’risidagi ma’lumotlar e.a. VI -VII asrlarga borib taqaladi. Bu vaqtlarda Farg’ona vodiysida siyosiy -ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markaz rolini Koson shahri (hozirgi Kosonsoy ) o’ynagan. Eramizning birinchi asridan boshlab Farg’ona Buyuk Kushon imperiyasi tarkibiga kirgan va uning markazi Koson shahri bo’lgan. Rus istilolari va sho’rolar davrida ham viloyat chegaralari, tumanlari soni bir necha bor o’zgargan. Jumladan, 192 0-yillardagi ma’lumotlarga ko’ra, viloyatda uezd, pristavlik, volostь, qishloq va ovul jamoalari bo’lgan. Namangan uezdi Farg’ona viloyati tarkibidagi muhim ahamiyatga ega hudud hisoblanib, 1925 yilgi ma’lumotlarga qaraganda quyidagi volostlar (bo’lislar)ni o’z ichiga olgan: Olmos, Axsi – Shaxand, Asht, Bobodarxon, Varzik, Koson, Kapa, Qirg’izqo’rg’on, Nanay, Pop, Pishqaron, Tergachi, To’raqo’rg’on, Uychi, Xonobod, Chodak, Chortoq, Chust va Yangiqo’rg’on. 2 Viloyatning muhim tarkibiy qismi bo’lgan Namang an uezdi dastlab 26 ta volost, 131 ta qishloq jamoalariga bo’lingan.
5 3 1897 -yili unga Chust uezdi ham birlashtirilib, Namangan uezdi tarkibidagi volostlar soni 29 taga, qishloq jamoalari esa 151 taga yetdi. 4 1924 -yilga oid arxiv h ujjatida ko’rsatilishicha ular quyidagilar edi: Arim, Qiziljar, Qirqugul, Saroy, Susamir, Mustur, Chotqol, Qutlug’ Said, Bag’ish, Boyaston, Olmos, Axsi -Shahand, Asht, Bobodarxon, Varzik, Koson, Kapa, Qirg’izqo’rg’on, Nanay, Pop, Pishqo’rg’on , Tergachi, To’raqo’rg’on, Uychi, 1 Қаранг. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Шарқ, 2002. – 336 бет + 32 бет зарварақ. 2 Список насселённых мест Узбекской ССР и Таджикиской АССР. Выпуск III. Ферганская областъ. – Самарканд, 1925. - С. 1 -4. 3 Қосимов Й. Наманган воҳасини суғор илиш тарихидан. – Тошкент: Фан, 1988. – Б. 45. 4 Мирзалиев Э.Ю., Базарова М.Т. Наманганнинг XI аср охири – XX аср бошидаги социал -иқтисодий ва маданий риқожланиши. – Наманган. 1998. – Б. 7. 10 Xonobod, Chodak, Chust, Chortoq, Yangiqo’rg’on kabi. 1 D alillardan ko’rinadiki, yirik ma’muriy hududlar,a’ni o’tmishdagi volost va uezdlar, hozirdagi viloyat va tuman aholi maskanlari: qishloq va Shaharlarning nomlari bilan atalgan. Chunonchi, hozirda Namangan viloyatining 11ta tumanidan 9 tasi oykonimlar bilan atalgan: Pop, To’raqo’rg’on, Uychi, Chortoq, Yangiqo’rg’on, Kosonsoy,Chust, Namangan, Uchqo’rg’on kabi. Bu toponimiyada keng tarqalgan holat. Demak, o’zbek tili toponimiyasida, xususan, Namangan viloyati oy konimiyasida an’ana mavjud. Namangan viloyati toponimiyasi tarix, geografiya, qisman tilshunoslik fanlari nuqtai nazaridan o’rganilgan. Chunonchi, Namangan viloyatining siyosiyma’muriy xaritasi yaratilgan