logo

MIKROORGANIZMLARGA KIMYOVIY VA FIZIKAVIY OMILLARNING TA’SIRI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.107421875 KB
MAVZU:   MIKROORGANIZMLARGA KIMYOVIY VA
FIZIKAVIY OMILLARNING TA’SIRI 
REJA:
1.Mikroorganizmlar va uning yashash muhiti
2.Fizikaviy faktorlarning ta’siri
3.Kimyoviy faktorlarning ta’siri Mikroorganizmlarga tashqi faktorlarning ta’siri
Mikroorganizmlarning   hayot   faoliyati   tashqi   omillar   bilan   chambarchas
bog’liqdir. Tashqi muhit o’zgarsa, mikroorganizmlarning hayot faoliyati va
rivojlanishi   ham   o’zgaradi.   Tashqi   muhitning   salbiy   ta’siriga   chidam
beradigan   mikroorganizmlar   o’z   hayot   faoliyatlarini   suyuq,   va   qattiq
muhitda, havoda, chuqur vakumda, sirkada, atom reaktorlarining suvlarida,
tirik   jonivorlarning   ichki   organlarida   davom   ettiraoladi.   Ba’zi   bir
mikroorganizmlar   –   190,   ba’zi   bir   sporalar   esa   –   253   darajada   ham
yashaydi.   Bunday   sharoitda   faqat   moslashgan   mikroorganizmlar
yashaydigan   turli   omillar   ta’siriga   qarshi   turish   qobiliyatini
mikroorganizmlar   hosil   qiladi.   Ana   shu   mikroorganizmlarga   ta’sir
ko’rsatadigan   omillarga   nisbatan   javob   ko’rsatishni   3   ta   kordinal   nuqta
asosida kuzatish mumkin.
1. minimal
2. maksimal
3. optimal
Minimum   organizm   uchun   quyi   biologik   Masalan:   harorat   past   bo’lsa
minimum   bo’lib,   rivojlanishdan   to’xtaydi.   Optimal   shu   organizmning
rivojlanishi   uchun   eng   qulay,   maksimal   bo’lsa   bu   odam   rivojlanishni
to’xtatadi, yoki halokatga olib kelishi mumkin.
Umuman   mikroorganizmlarning   hayot   faoliyatiga   ta’sir   etadigan   tashqi-
muhit omillarini 3 guruhga bo’lib o’rganish mumkin:
1. fizikaviy
2. kimyoviy
3. biologik
Fizikaviy   faktorlarga   harorat,   quruqlik,   yorug’lik,   bosim,   harakat,   rentgen
nurlari   v.x.   Haroratning   ta’siri:   mikroorganizmlar   ham   xudi   boshqa   tirik
organizmlar   singari   o’ziga   xos   normal   haoratda   yaxshi   yashaydi. Temperatura   yuqori   yoki   past   bo’lsa   mikroorganizmlarning   o’sishi,
rivojlanishi   va   ko’payishi   pasayadi.   Har   bir   mikrob   uchun   o’ziga   xos
harorat rejimi   bor, ya’ni optimal, minimal, maksimal. Masalan: kuydirgi
kasalligini keltirib chiqaruvchi – Bactelus anthracus   mikrobining minimal
harorati   +   12,   optimal   haroratii   +   37   va   maksimal   +   42   darajadir.
Tuberkullyoz   silni   qo’zg’atuvchisi   Mycobactercrium   tuberculosusning
minimal harorati + 30, optimal harorati + 37,5 va maksimal harorati + 42
daraja.   Shunday   qilib   mikroblar   haroratga   bo’lgan   munosabatiga   qarab   3
ta katta guruhga bo’lib o’rganiladi.
Psixrofillar   –   grekcha   «psixro»   sovuk   «filin»   sevaman   degan   ma’noni
anglatadi. Bular sovuqni sevadigan mikroblardir. 
M:   Shimoliy   qutb   dengizi   mikroblari   uchun   qulay   optimal   harorat   +   15-20,
maksimali   30-35,   minimali)   va   hatto   minus   6   darajagachadir.   Bu   uzunlikka
nur   sochuvchi   dengiz   suv   havzalarida   uchraydigan   va   temir   bakteriyalari
kiradi.   Nima   sababdan   mikroorganizmlar   ana   shu   past   haroratda   yaxshi
rivojlanadi? Buning asosiy sabablaridan biri shuki uning xujayrasining o’ziga
xos tuzilishida:
Hujayra   fermentlar   ishlab   chiqarib,   ana   shu   fermentlar   past   haroratda
intensivlashadi, yuqori haroratda aktivligi susayadi.
Hujayra   membranasining   tarkibida   lipid   ko’p   bo’lib,   o’tkazuvchanligi
kuchli, past temperaturada quyuqlashib qolmay bir me’yorda yarim suyuq
holatda turadi.
Past haroratda polisaxaridlar hosil bo’lib turadi.
                           P. Mezofillar – grekcha «mezos» o’rtacha degan ma’noni anglatadi.
Mezofil   bakteriyalar   uchun   optimal   harorat   +   30,   37,   minimal   +   10   va
maksimal   temperatura   45-50   darajadir.   Bu   guruhga   barcha   saprofit
bakteriyalar va kasallik chaqiruvchi bakteriyalar kiradi.                 Sh. Termofill – grekcha «termos» issik degan ma’noni anglatadi, unga
issiq   sevuvchi   bakteriyalar   kiradi.   Bunday   mikroblar   uchun   optimal   harorat
+50-60, minimal harorat +35, maksimal harorat esa   + 80 daraja bo’ladi. Bu
guruhga   hayvonlarning   ovqat   hazm   qilish   traktida   yashovchi,   tuproqning
yuza qatlamida yashab ular issiqni sevib qolmasdan balki issiqlik ajratib ham
turadi.
            Metan   bakteriyalari   Arxeobakterlar,   sianobakterlar   va   x.k.   Past   harorat
mikroblarni   o’ldirmaydi,   balki   ularning   o’sishini   vaqtincha   to’xtatadi.
Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari muzxonada saqlanadi, past haroratda
bakteriyalarda   modda   almashinishi   pasayadi   va   qurib   uladi.   Yuqori   harorat
mikroblarga   halokatli   ta’sir   ko’rsatadi,   protoplazmasi   quyuqlashadi.
Ko’pchilik   mikroblar   80   gr.qizdirilsa   halok   bo’ladi.   Mikroblarni   quruq
issiqlik   bilan   o’ldirish   uchun   harorat   +160-180   gr.   bo’lishi   kerak.   Sporasiz
mikroblar 70 gr. 10-15, 60 gr.S da 30-60 minutda o’ladi. Mikroblar bunday
haroratda   o’lmasa   ham   uning   protoplazmasi   ko’p   o’zgarishga   uchraydi.
Uning   antibiogenlik   xususiyati   saqlanib   qoladi,   shuning   uchun   ham   ulardan
shtamm   qizdirish   yo’li   bilan   tayyorlanadi.   Spora   ancha   yuqori   haroratga
chidamli bo’ladi. Mikroblarga haroratning ta’sirini bilgan holda medisina va
turmushda sterilizasiya qo’llaniladi:
Alangada qizdirish
Quruq issiq bilan quritish, Paster shkafida
Qaynatib sterillash
Harakatdagi bug’ bilan
Bosim ostida bug’ bilan
Tindallizasiya – bu usulni angliyalik Tindal tavsiya etgan.
  Bunda   suyuqlik   +60-65 0
S   bir   soatdan   5   kun   yoki   +70-80 0
  S   bir   soatdan   3
kun sterillanadi. Pasterizasiya   usuli   ham   t  os   usuliga   o’xshash   bo’lib,   farqi   +toc   da   30   mint
stal + 80 0
 S. 15 minut davomida o’tkaziladi.
Quyosh nurining ta’siri.
Tug’ri tushgan quyosh nuri barcha turdagi mikroblarga halokatli ta’sir qiladi.
Ko’p yillik bakteriyalar quyosh nuridan bir necha minutda o’ladi. Quyosh
ayniqsa   qisqa   tulqin   uzunligidagi   (180-280)   ultrabinafsha   nurlar   kuchli
ta’sir   etadi.   Ultra   binafsha   nurlar   suv,   sut   va   boshqa   mahsulotlarni
sterilizasiya qilishda ishlatiladi. Rentgen va radiy nurlari mikroblarga qisqa
vaqt   va   oz   miqdorda   ta’sir   ettirilsa,   o’sishga   yordam   beradi.   Infraqizil
nurlar   organizmga   issiqlik   berish   xususiyatiga   ega   bu   nurlarni
sianobakterlar   suv   o’simliklari   fotosintez   jarayonida   foydalanadi.   Ayrim
fotosintez   qiluvchi   silindrsimon   va   yashil   bakteriyalar   keng   diapazonli
(350   dan   1100   nm)   nurlarni   qabul   qilish   qobiliyatiga)   egadir.
Ultrabinafsha,   ya’ni   qisqa   to’lqin   220-300   nm   uzunlikdagi   nurlarga
mikroblarning   chidamliligi   uning   xususiyatiga   bog’liq,   ayrimlariga
mutagenlik  ta’sir  ko’rsatsa.  Ayrimlari  halokatga  uchraydi.  Shuning  uchun
ham   bu   nurdan   dizenfeksiya   maqsadida   foydalaniladi.   Ana   shu   UF
nurlarning   salbiy   ta’siridan   biri   shuki   hujayradagi   nuklein   kislotalarning
fotokimyoviy   buzilishiga   olib   keladi.   Birinchi   navbatda   DNK   strukturasi
o’zgaradi,   ya’ni   dezoksiriboza   bilan   fosfatni   bog’lovchi   vodorod   bog’i
ko’prigi   uziladi.   Bakteriyalarning   hujayrasida   karotinoid   segmentlari
mavjud   bo’lsa   chidamli   bo’lib,   karotinoid   himoya   vazifasini   o’taydi.
Masalan: fototrof bakteriyalar.       
                         1.Fotoreaktivasiya – hodisasini 1948 yil A.Keloner izohlab bergan.
Ayrim   mikroorganizmlar   oldin   odatdagi   yorug’lik   nuri   bilan   ta’sir
ettirilgandan so’ng ultrabinafsha nur bilan ta’sir ettirilsa u halok bo’lmasdan
aksincha o’sadi, chidamliligi oshadi.               Bakteriyalarning nur sochishi. Ba’zi mikroorganizmlar hayot faoliyati
(davomida)   jarayonida   muayyan   moddalarni   hosil   qiladi   ,   bu   moddalar
kislorod   bilan   birikkanda   nur   socha   oladi.   Buni   lyuminisensiya,   ya’ni
yorug’lik   berish   deb   ataladi.   Bu   hodisani   eramizdan   oldin   384-322   y.   Ilgari
Aristotel   aniqlagan   edi.   Bakteriyalarning   ko’pchiligi   dengizda,   tuproqda,
go’shtda, baliq  tanasida  uchraydi. Dengizda  turli mikroblar  ko’p bo’lganligi
uchun   uning   ostida   kechalari   yaltirab   sho’’la   sochadi.   Dengizga   yaqin
saqlangan go’shtda ham yaltirab turadi.
 2.Elektr toki va harorat.
Mikroblar   bor   suvda   oz   miqdorda   doimiy   elektr   toki   o’tkazilsa   ular   musbat
tomonga   to’plana   boshlaydi.   Shundan   ma’lumki   ular   manfiy   elektr
zaryadiga   ham   egadir.   Yuqori   to’lqinli   elektr   toki   mikroblarni   o’ldiradi.
Bundan tashqari tez oqadigan suvning harakati ham mikroblarni o’ldiradi.
         4. Bosimning  ta’siri.
                  Atmosfera   bosimi   mikroblarga   kuchli   ta’sir   qilmaydi,   bosimga   ancha
chidamli   bo’ladi.   Kuydirigi   kasallikni   quzg’atuvchilarning   Bac.anthracis
tayoqchasi   sun’iy   ravishda   600   atm.bosimida   24   soat   ushlab   turilsa   unda
virulentligini   yuqotmagan.   Escheridua   coli   5-6   min.100   atm   bo’linishni
davom   ettirgan.   Qoqshol   kasalligini   keltirib   chiqaruvchi   Clostrilium   tctaui
sun’iy   ravishda   20.000   atm.45   minutda   o’lmagan.   Ko’pchilik   spora   hosil
qilmaydigan   bakteriyalar   yanada   chidamli   (5000   atm.)   Dengizning   va
okeanning   7000   m   chuqurligidan   bakteriyalarning   2   ta   guruhini   topganlar
ularga Barafil bakteriyalar deyiladi.
5. Bakteriyalarga  namlikning  ta’siri
              Ko’pchilik bakteriyalarning normal rivojlanishi uchun uning tarkibida
nam   85   %   buladi.   Namlik   qanchalik   ko’p   bo’lsa   ular     shunchalik   yaxshi
rivojlanadi.   Yerdagi   umumiy   nam   sig’imi   60-70   %   bulsa   mikroblar   uchun
eng   nam   sevar   mikrob   hisoblanuvchi   ichak   mikrobini   olish   mumkin. Umuman,   bakteriyalarga   yetarlicha   nam   bo’lganda   yaxshi   rivojlana   oladi.
Ammo   zamburug’lar   oz   miqdordagi   namlikda   ham   bemalol   rivojlanadi.
Sabab   hujayrasining   osmotik   bosimi   yuqori   bo’ladi.   Sharsimon   bakteriyalar
quritilganda   ancha   chidamli   bo’lib   hisoblanadi.   Shuning   uchun   havoda
mikroblarning chidamliligi har xil. Xolera vitamini – 2 sutkada, difteriyaniki
– 30 kun, sil tayoqchasi – 3 oy. Azotli bakteriyalarning massasi quruq joyda
10   yil,   sporalar   suvsiz   joyda   100   yillar   yashay   oladi.   Shuning   uchun
ko’pchilik oziq-ovqat mahsulotlari quritilgan holda saqlanadi.
Kimyoviy   moddalar   turli   mikroblarga   turlicha   ta’sir   ko’rsatadi.   Ayrim
moddalar   stimulyatorlik   xususiyatiga   ega   bo’lsa,   ayrimlari   halokatga   olib
keladi. Ayrim moddalar esa o’sishni sekinlashtirib kupayishini to’xtatadi. Bir
modda ham stimulyator va halokatli konsentrasiyaga va turning xususiyatiga
bog’lik.   M:   N
2 S   ayrim   fototrof   bakteriyalar   uchun   kerakli.   Kimyoviy
moddaga   nisbatan   mikroblarning   ko’rsatgan   ta’siri   xemotoksik   deyiladi.   1.
Musbat,   2.   Manfiy   xemotoksik.   Ba’zi   bir   kimyoviy     moddalar
mikroorganizmlarga   salbiy   ta’sir   ko’rsatib   halokatga   olib   keladi.   1824   yili
ingliz   jarrohlaridan   Lister   kimyoviy   moddalarning   mikroblarga   zararli   ta’sir
etishidan   foydalanib   operasiya   qilingan   joyda   yiring   hosil   qiluvchi
mikroblarga qarshi fenolning eritmasini ishlatib yiringlash  jarayoniga qarshi
kurashni   xirurgiyaga   kiritib     mikrobakteriyalarga   –   antiseptik   degan   nom
berdi. Keyinchalik esa 1888 y. Berman antiseptika o’rniga asseptika usulini,
ya’ni mikrobni tushishini oldini olish tushurmaslik chorasini ko’rishni ishlab
chiqdi.
                Dizenfeksiya   mikroblarni   uldirish   uchun   ishlatiladigan   moddalarga
dizenfeksiya deyiladi. Bu vositalarning mikroblarga ta’siri ham har xil buladi.
M:   Efir,   spirtva   ishkorlarning   kuchsiz   eritmalari   mikrobujayra   tarkibidagi
moddalarni parchalaydi.              Og’ir metallar tuzlari (surma, simob, mis kuparosi) kislotalar, formalin
mikrob   hujayralaridagi   oqsil   moddalarni   suyultirib   ularni   hayot   faoliyatini
buzadi   va   halokatga   olib   keladi.     Bakteriyalarga   turli   tuzlarning
konsentrasiyasi   salbiy   ta’sir   qilish   bilan   birgalikda   ayrimlari   yuqori
konsentrasiyali   tuzlarga   bemalol   chidaydi.   Bunday   bakteriyalarga   galofill
bakteriyalar   deyiladi.   Bu   mikroorganizmlarning   hujayralarining
konsentrasiyalari   muhitning   konsentrasiyasidan   yuqori.   Ana   shunday
bakteriyalarga   AQShda   mahsus   kul   bo’lib   unda   bakteriyalar   yashaydi.
Bularning   rivojlanishi   uchun   optimal   tuz   NuCL   3.5-5.0   m   eritma   bo’lishi
kerak.   Yana   arxiobakteriyalar   ham   misol   bo’la   oladi.   Mikroorganizmlarga
turli   xil   tuzlarning   konsentrasiyasi   ta’sirini   bilgan   holda   biz   amaliyotda
foydalanamiz.   Oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   asrash   uchun   ishlatiladi.
Bundan   tashqari   mikroorganizmlar   kislorodga   nisbatan   ham   sezuvchan
bo’ladi.   Kislorodga   nisbatan   mikroorganizmlarning   harakatini   –   aerotaksid
deb ataladi.
          ph     ionlarining   ta’siri   umuman   yuqorida   aytganimizdek
mikroorganizmlarga   turli   nurlarning   ta’siri   asosan   uning   tarkibidagi   vodrod
ionlarining   holatiga   bog’liq.   1.   Ko’pchilik   mikroorganzimlarning
rivojlanishida
ph 4-5 minimum
ph 7-8 optimum
ph 10 maksimum bo’ladi.
Ko’pchilik   mikroorganizmlarning   rivojlanishida   rh   7   dan   9   gacha   bo’lib
ularga neytrofil bakteriyalar deyiladi.
Asirofillar   –   yer   osti   shag’allarida   uchraydigan   ma’lum   bir   mikroorganizm
yashab uning rivojlanishida ph 1.5-4.0 gacha yetadi.
Ko’pchiliklari – alkolofillar   - ph 9.0-10.5 gacha yetadi – ammonifsikatorlar
va oltingugurtni qaytaruvchilar misol bo’la oladi.  ADABIYOTLAR
1.   M.Inog‘omova,   A.h.Vahobov.   Mikrobiologiya   va   virusologiya   asoslari.
Toshkent, “Universitet”, 2010, 203. 
2.  Mishustin E.N., Ems e v V.G. Mikrobiologiya. M. Kolos, 1987.
3.   Ag ol   V.I.,   Atabekov   I.G. ,   Tixonenko   T.I. ,   Kr o‘ lov   V.N.   Molekulyarnaya
biologiya virusov. M. Nauka, 1971.
Qo‘shimcha
4.     Bo y ko   A.L.   Ekologiya   virusov   rasteniy.   Uchebnoe   posobie   dlya   vuzov.
Kiev,1990.
5.Nizametdinova   YA.F.,     Mansurova   M.L.,       Muzaffarova     I.A.,
Kondratьeva   K.V.. Vahobov A.h. Mikrobiologiyadan amaliy mashg‘ulotlar.
Metodik qo‘llanma. Toshkent, ToshDU, 1992
8.  Gibbs A., Xarrison B. Osnov o‘  virusologii rasteniy. M.: Mir. 1978.
9.     Vahobov   A,h.   O‘simlik   viruslarini   aniqlashda   immunologiya   usullarini
qo‘llash (Uslubiy ko‘rsatma) ToshDU ,1991.

MAVZU: MIKROORGANIZMLARGA KIMYOVIY VA FIZIKAVIY OMILLARNING TA’SIRI REJA: 1.Mikroorganizmlar va uning yashash muhiti 2.Fizikaviy faktorlarning ta’siri 3.Kimyoviy faktorlarning ta’siri

Mikroorganizmlarga tashqi faktorlarning ta’siri Mikroorganizmlarning hayot faoliyati tashqi omillar bilan chambarchas bog’liqdir. Tashqi muhit o’zgarsa, mikroorganizmlarning hayot faoliyati va rivojlanishi ham o’zgaradi. Tashqi muhitning salbiy ta’siriga chidam beradigan mikroorganizmlar o’z hayot faoliyatlarini suyuq, va qattiq muhitda, havoda, chuqur vakumda, sirkada, atom reaktorlarining suvlarida, tirik jonivorlarning ichki organlarida davom ettiraoladi. Ba’zi bir mikroorganizmlar – 190, ba’zi bir sporalar esa – 253 darajada ham yashaydi. Bunday sharoitda faqat moslashgan mikroorganizmlar yashaydigan turli omillar ta’siriga qarshi turish qobiliyatini mikroorganizmlar hosil qiladi. Ana shu mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadigan omillarga nisbatan javob ko’rsatishni 3 ta kordinal nuqta asosida kuzatish mumkin. 1. minimal 2. maksimal 3. optimal Minimum organizm uchun quyi biologik Masalan: harorat past bo’lsa minimum bo’lib, rivojlanishdan to’xtaydi. Optimal shu organizmning rivojlanishi uchun eng qulay, maksimal bo’lsa bu odam rivojlanishni to’xtatadi, yoki halokatga olib kelishi mumkin. Umuman mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga ta’sir etadigan tashqi- muhit omillarini 3 guruhga bo’lib o’rganish mumkin: 1. fizikaviy 2. kimyoviy 3. biologik Fizikaviy faktorlarga harorat, quruqlik, yorug’lik, bosim, harakat, rentgen nurlari v.x. Haroratning ta’siri: mikroorganizmlar ham xudi boshqa tirik organizmlar singari o’ziga xos normal haoratda yaxshi yashaydi.

Temperatura yuqori yoki past bo’lsa mikroorganizmlarning o’sishi, rivojlanishi va ko’payishi pasayadi. Har bir mikrob uchun o’ziga xos harorat rejimi bor, ya’ni optimal, minimal, maksimal. Masalan: kuydirgi kasalligini keltirib chiqaruvchi – Bactelus anthracus mikrobining minimal harorati + 12, optimal haroratii + 37 va maksimal + 42 darajadir. Tuberkullyoz silni qo’zg’atuvchisi Mycobactercrium tuberculosusning minimal harorati + 30, optimal harorati + 37,5 va maksimal harorati + 42 daraja. Shunday qilib mikroblar haroratga bo’lgan munosabatiga qarab 3 ta katta guruhga bo’lib o’rganiladi. Psixrofillar – grekcha «psixro» sovuk «filin» sevaman degan ma’noni anglatadi. Bular sovuqni sevadigan mikroblardir. M: Shimoliy qutb dengizi mikroblari uchun qulay optimal harorat + 15-20, maksimali 30-35, minimali) va hatto minus 6 darajagachadir. Bu uzunlikka nur sochuvchi dengiz suv havzalarida uchraydigan va temir bakteriyalari kiradi. Nima sababdan mikroorganizmlar ana shu past haroratda yaxshi rivojlanadi? Buning asosiy sabablaridan biri shuki uning xujayrasining o’ziga xos tuzilishida: Hujayra fermentlar ishlab chiqarib, ana shu fermentlar past haroratda intensivlashadi, yuqori haroratda aktivligi susayadi. Hujayra membranasining tarkibida lipid ko’p bo’lib, o’tkazuvchanligi kuchli, past temperaturada quyuqlashib qolmay bir me’yorda yarim suyuq holatda turadi. Past haroratda polisaxaridlar hosil bo’lib turadi. P. Mezofillar – grekcha «mezos» o’rtacha degan ma’noni anglatadi. Mezofil bakteriyalar uchun optimal harorat + 30, 37, minimal + 10 va maksimal temperatura 45-50 darajadir. Bu guruhga barcha saprofit bakteriyalar va kasallik chaqiruvchi bakteriyalar kiradi.

Sh. Termofill – grekcha «termos» issik degan ma’noni anglatadi, unga issiq sevuvchi bakteriyalar kiradi. Bunday mikroblar uchun optimal harorat +50-60, minimal harorat +35, maksimal harorat esa + 80 daraja bo’ladi. Bu guruhga hayvonlarning ovqat hazm qilish traktida yashovchi, tuproqning yuza qatlamida yashab ular issiqni sevib qolmasdan balki issiqlik ajratib ham turadi. Metan bakteriyalari Arxeobakterlar, sianobakterlar va x.k. Past harorat mikroblarni o’ldirmaydi, balki ularning o’sishini vaqtincha to’xtatadi. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari muzxonada saqlanadi, past haroratda bakteriyalarda modda almashinishi pasayadi va qurib uladi. Yuqori harorat mikroblarga halokatli ta’sir ko’rsatadi, protoplazmasi quyuqlashadi. Ko’pchilik mikroblar 80 gr.qizdirilsa halok bo’ladi. Mikroblarni quruq issiqlik bilan o’ldirish uchun harorat +160-180 gr. bo’lishi kerak. Sporasiz mikroblar 70 gr. 10-15, 60 gr.S da 30-60 minutda o’ladi. Mikroblar bunday haroratda o’lmasa ham uning protoplazmasi ko’p o’zgarishga uchraydi. Uning antibiogenlik xususiyati saqlanib qoladi, shuning uchun ham ulardan shtamm qizdirish yo’li bilan tayyorlanadi. Spora ancha yuqori haroratga chidamli bo’ladi. Mikroblarga haroratning ta’sirini bilgan holda medisina va turmushda sterilizasiya qo’llaniladi: Alangada qizdirish Quruq issiq bilan quritish, Paster shkafida Qaynatib sterillash Harakatdagi bug’ bilan Bosim ostida bug’ bilan Tindallizasiya – bu usulni angliyalik Tindal tavsiya etgan. Bunda suyuqlik +60-65 0 S bir soatdan 5 kun yoki +70-80 0 S bir soatdan 3 kun sterillanadi.

Pasterizasiya usuli ham t os usuliga o’xshash bo’lib, farqi +toc da 30 mint stal + 80 0 S. 15 minut davomida o’tkaziladi. Quyosh nurining ta’siri. Tug’ri tushgan quyosh nuri barcha turdagi mikroblarga halokatli ta’sir qiladi. Ko’p yillik bakteriyalar quyosh nuridan bir necha minutda o’ladi. Quyosh ayniqsa qisqa tulqin uzunligidagi (180-280) ultrabinafsha nurlar kuchli ta’sir etadi. Ultra binafsha nurlar suv, sut va boshqa mahsulotlarni sterilizasiya qilishda ishlatiladi. Rentgen va radiy nurlari mikroblarga qisqa vaqt va oz miqdorda ta’sir ettirilsa, o’sishga yordam beradi. Infraqizil nurlar organizmga issiqlik berish xususiyatiga ega bu nurlarni sianobakterlar suv o’simliklari fotosintez jarayonida foydalanadi. Ayrim fotosintez qiluvchi silindrsimon va yashil bakteriyalar keng diapazonli (350 dan 1100 nm) nurlarni qabul qilish qobiliyatiga) egadir. Ultrabinafsha, ya’ni qisqa to’lqin 220-300 nm uzunlikdagi nurlarga mikroblarning chidamliligi uning xususiyatiga bog’liq, ayrimlariga mutagenlik ta’sir ko’rsatsa. Ayrimlari halokatga uchraydi. Shuning uchun ham bu nurdan dizenfeksiya maqsadida foydalaniladi. Ana shu UF nurlarning salbiy ta’siridan biri shuki hujayradagi nuklein kislotalarning fotokimyoviy buzilishiga olib keladi. Birinchi navbatda DNK strukturasi o’zgaradi, ya’ni dezoksiriboza bilan fosfatni bog’lovchi vodorod bog’i ko’prigi uziladi. Bakteriyalarning hujayrasida karotinoid segmentlari mavjud bo’lsa chidamli bo’lib, karotinoid himoya vazifasini o’taydi. Masalan: fototrof bakteriyalar. 1.Fotoreaktivasiya – hodisasini 1948 yil A.Keloner izohlab bergan. Ayrim mikroorganizmlar oldin odatdagi yorug’lik nuri bilan ta’sir ettirilgandan so’ng ultrabinafsha nur bilan ta’sir ettirilsa u halok bo’lmasdan aksincha o’sadi, chidamliligi oshadi.