logo

Mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga tashqi muhit omillarning ta’siri

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.0703125 KB
Mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga tashqi  muhit omillarning ta’siri
Reja:
1. Mikroorganizmlarga ta’sir qiluvchi tashqi muhit omillari.
2. Mikroorganizmlarga fizik omillarning ta’siri.
3. Mikroblarga kimyoviy omillarning ta’siri.
4. Mikroblarga biologik omillarning ta’siri.   Mikroorganizmlarning   rivojlanish   va   hayot   faoliyatining   tezligi   tevarak
atrof   muhit   bilan   chambarchas   bog‘liq.   Mana   shu   sharoit   mazkur   mikroorganizm
uchun   qancha   qulay   bo‘lsa,   u   shuncha   tez   rivojlanadi   va   shu   bilan   uning   hayot
faoliyati   shuncha   yuqori   bo‘ladi.   Tashqi   muhitninghar   bir   omiliga   bo‘lgan
munosabatiga   ko‘ra,   mikroorganizmlarning   rivojlanish   tezligini   belgilovchi   3   ta
kardinal nuqta olish mumkin.
Agar   mazkur   omilning   ta’siri   minimumga   yetsa,   mikroorganizmlarning
hayot faoliyati juda sekin boradi. Bu omilning ta’siri ortib, optimumga ko‘tarilsa,
mikroorganizmlarning   hayot   faoliyati   juda   tez   boradi.   Omilning   kuchi
maksimumga ko‘tarilsa, mikroorganizmlarninghayot faoliyati butunlay to‘xtaydi.
Tashqi   muhitning   mikroorganizmlar   rivojlanishiga   katta   ta’sir   qiluvchi
hamma omillarini uchta asosiy guruhga: 
 1. fizik
 2. kimyoviy       
 3. biologik omillarga bo‘lish mumkin.
    Fizikaviy   omillarga   temperatura,   namlik,   suvda   erigan   moddalar
konsentrasiyasi, yorug‘lik, bosim, harakat va boshqalar kiradi.
Mikroorganizmlar   ham   xuddi   boshqa   tirik   organizmlar   singari   o‘ziga   xos
normal   temperaturada   yashay   oladilar.   Temperatura   yuqori   yoki   past   bo‘lsa,
mikroblarning   o‘sishi,   rivojlanishi   va   ko‘payishi   pasayadi.   Har   bir   mikrob   uchun
o‘ziga   xos   temperatura   rejimi   bor.   Ya’ni   optimal,   minimal   va   maksimal.   Barcha
mikroorganizmlar temperatura ta’siriga qarab 3 ta katta guruhga bo‘linadi.
1.Psixrofillar – grekcha “psixro” sovuq, “fillin” sevaman degan ma’noni bildiradi.
Bular sovuqni sevadigan mikroorganizmlardir. Misol uchun shimoliy qutb dengizi
mikroblari   uchun   qulay   optimal   temperatura   +15,   +20,   maksimali   +30,   +35,
minimali   –   0   va   minus   6   darajadir.   Bu   guruhga   nur   sochuvchi,   dengiz,   suv
havzalarida uchraydigan va temir bakteriyalari kiradi.
2.Mezofil   –   grekcha   “mezos”   o‘rtacha   degan   ma’noni   anglatadi.   Unga   o‘rtacha
temperaturada   rivojlanuvchi   mikroblar   kiradi.   Bular   uchun   optimal   temperatura +30,   +37,   minimal   +10,   va   maksimal   +45,   +50 0
S   dir.   Bu   guruhga   saprofit
bakteriyalar va barcha kasallik qo‘zg‘atuvchi, hamda achitqi bakteriyalari kiradi.
3.Termofil   –   grekcha   termos   issiq   degan   ma’noni   anglatadi.   Bunday   mikroblar
uchun   optimal   temperatura   -   +50,   +60,   minimal   temperatura   +35   va   maksimal
temperatura + 80 darajagacha boradi.
Past   temperatura   mikroblarni   o‘ldirmaydi,   balki   ularning   o‘sishini   bir
muncha   pasaytiradi.   Past   temperaturada   mikroblar   uzoq   vaqt   tursa   modda
almashinuvi   pasayadi   va   qarishdan   ham   ochlikdan   o‘ladi.   Yuqori   temperatura
mikroblarga   halokatli   ta’sir   qiladi,   ya’ni   ularning   protoplazmasini   uyushtiradi.
Ko‘pchilik mikroblar +80 0
S qizdirilganda haloq bo‘ladi. Mikroblarni quruq issiqda
o‘ldirish uchun harorat +160, +180 0
 bo‘lishi kerak.
Mikroblarni yuqori temperatura bilan sterilizasiya qilinadi.
Sterilizasiya   –   “sterillis”   lotincha   so‘z   bo‘lib,   naslsizlantirish   degan   ma’noni
anglatadi.   Sterilizasiya   qilinganda   patogen   va   patogensiz   mikroblar,   ularning
sporalari ham o‘ladi. Sterilizasiya bir nechta usullar bilan o‘tkaziladi:
1.Alangada   qizdirish   yoki   flambir   qilish   usuli.   Bu   usul   bilan   alangado
buzilmaydigan asbob-uskunalar sterilizasiya qilinadi.
2.Quruq issiq bilan sterillashda quritish yoki Paster shkafidan foydalaniladi. Quruq
issiq bilan sterillash +170 0
  da 45 minutdan 1 soatgacha, 180 0
  da 15 minut va 200
darajada faqat 5 minut davomida o‘tkaziladi.
3.Qaynatib   sterillash   usuli   bilan   asosan   vegetativ   shaklli   mikroblar,   ammo   uzoq
muddat sterillansa spora ham o‘ladi.
4.Harakatdagi bug‘ bilan sterillash maxsus KOX apparati ishlatiladi.
5.Bosim ostida bug‘ bilan sterillash usulini qo‘llash uchun avtoklav kerak.
6.Tendellizasiya   usulini   Tendel   tavsiya   etgan.   Bunda   suyuqlik   +60,   +65 0
  da   1
soatdan 5 kun yoki +70 – 80 0
 da 1 soatdan 3 kun sterillanadi.
7.Pasterizasiya usuli ham tendelizasiyaga o‘xshash. Farqi shuki, pasterizasiya +70
darajada 30 minut yoki +80 darajada 15 minut davomida o‘tkaziladi.
Namning ta’siri    .    Mikrob hujayrasining 85%i suvdan iborat va uning barcha
hayot faoliyati ham muhitda nam bo‘lish bilan bog‘liq. Ko‘p oziq moddalar suvda erimasdan   hujayra   ichiga   kira   olmaydi   va   natijada   hujayra   yashay   olmaydi.
Mikroblarning   ba’zilari   nam   yetishmasligiga   yomon   chidaydi,   boshqalari   esa
aksincha   ancha   chidamli   bo‘lib,   qurigan   holatda   ham   ancha   vaqtgacha   saqlanishi
mumkin.   Uchinchi   xil   mikroblar   qurigan   holatda   hayotchanligini   10   yilgacha
saqlashi   mumkin.   Yerda   umumiy   nam   sig‘imining   60%iga   yaqin   nam
bo‘lgandagina mikroorganizmlar uchun eng qulay sharoit yaratiladi. Eng namsevar
tuproq bakteriyalari qatoriga, azot to‘plovchi bakteriyalar (azotobakter va tuganak
bakteriyalari)   kiradi,   lekin   ular   uchun   ham   eng   qulay   sharoit   tuproq   to‘liq   nam
sig‘imining   40-80%   o‘rtasida   bo‘ladi.   Faqat   nam   yetarli   bo‘lgandagina
mikrobiologik   aktivlik   maksimumgacha   ko‘tariladi   va   yerdagi   biokimyoviy
jarayonlar juda tez boradi. Yer qatkaloq bo‘lganda bunday jarayonlar susayadi.
Mahsulotlar   quritib   saqlanganda   ham   xuddi   shunday   holat   yuz   beradi.
Quritilgan   baliq,   go‘sht,   sabzavot   va   mevalarda   yetarli   miqdorda   nam
bo‘lmagandan   mikroorganizmlar   oziqlana   olmaydi,   natijada   bu   mahsulotlar
buzilmaydi.
Shuni   esda   tutish   kerakki,   bakteriyalar   faqat   yetarlicha   nam   bo‘lgan
moddalarda   o‘sa   oladi,   mog‘or   zamburug‘lari   esa   juda   oz   miqdordagi   nam   bilan
qanoatlanadi. Bu  ko‘p zamburug‘lar  hujayralaridagi  osmotik bosimning bakteriya
hujayralaridagiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishiga bog‘liq.
Suvda   erigan   moddalar   konsentrasiyasining   ta’siri.   Eritmadagi   turli   xil
moddalarning   konsentrasiyasi   ham   mikroblar   rivojlanishiga   katta   ta’sir   qiladi.
Ularning   yuqori   konsentrasiyasi   hujayra   atrofida   fiziologik   quruqlik   hosil   qiladi.
Chunki   bunda   suv   mikroorganizm   hujayrasi   ichiga   kira   olmaydi.   Ularning
hujayrasi  suvini chiarib plazmolizga uchray boshlaydi  va oziqa moddalar  hujayra
ichiga   kira   olmaganligidan   tashqi   muhit   bilan   normal   modda   almashinuvi
to‘xtaydi.   Mikroorganizmlar   hujayrasining   protoplazmasi   yuqori
o‘tkazuvchanlikka   ega   bo‘lganligidan,   ular   tashqi   muhitdagi   osmotik   bosimning
o‘zgarishiga   moslashish   mumkin.   Mikroblar   hujayra   suyuqligida   tuzlar   iloji
boricha   ko‘p   to‘planganidan   uning   osmotik   bosimi   juda   yuqori   ko‘tarilib   ketishi mumkin.   Hujayra   suyuqligining   maksimal   osmotik   bosimi   mog‘or
zamburug‘larida 220 atm. Tuproq bakteriyalarida 50-80 atm.ga teng bo‘ladi.
Nurlarning ta’siri.   To‘g‘ri tushgan quyosh nuri barcha turdagi mikroblarga
halokatli   ta’sir   qiladi.   Ko‘pchilik   bakteriyalar   to‘g‘ri   tushgan   quyosh   nuridan   bir
necha   minut   yoki   soat   davomida   o‘ladilar   (yorug‘lik   sevuvchi   bakteriyalardan
tashqari).   Ayniqsa   ultrabinafsha   nurlar   mikroblarga   kuchli   ta’sir   qiladi.   Quyosh
nuri faqat oltingugurt to‘plovchi bakteriyalarga salbiy ta’sir qilmaydi. Chunki ular
rivojlanish uchun quyosh nurini talab qiladi.
Rentgen   va   radiy   nurlarimikroblarga   qisqa   vaqt   va   oz   miqdorda   ta’sir
ettirilsa, o‘sishga yordam beradi, ko‘p miqdordagisi ularni o‘ldiradi. Mikroblar bir
suvga   doimiy   elektr   toki   o‘tkazsa   ular   musbat   tomonga   to‘plana   boshlaydilar.
Shundan   ma’lumki   ular   elektrmanfiy   zaryadga   egadirlar.   Yuqori   to‘lqinli   elektr
toki mikroblarni o‘ldiradi.
Mexanik   harakat   va   yuqori   bosim     natijasida   mikroblarning   modda
almashinish jarayoni buziladi. Bu esa ularning o‘limiga sabab bo‘ladi. Suv tez oqsa
ham mikroblar o‘ladi. Atmosfera bosimi mikroblarga ko‘p ta’sir qilmaydi. Chunki
dengizda   6   km   suv   chuqurligida   ham   mikroorganizmlar   borligi   aniqlangan.
Viruslarning 6500 atmosfera bosimida o‘lganligi aniqlangan.
    Kimyoviy  moddalar   turli   mikroorganizmlarga   turlicha   ta’sir   etadi.   Ba’zi
bir   mikroblar   ta’sir   qilgan   kimyoviy   moddalarga   yaqinlashadi,   boshqa   xil
kimyoviy   moddalardan   uzoqlashadi.   Bu   hodisa   ximiotoksis   deyiladi.   U   ikki   xil
bo‘ladi:
1. O‘ziga tortuvchi – musbat.
2. O‘zidan uzoqlashtiruvchi – manfiy.
Bu   hadisani   quyidagi   tajribada   ko‘rish   mumkin.   Bir   idishdagi   suvga
harakatchan mikroblar solinib, unga shakar eritmasi to‘ldirilgan naycha tushiriladi.
Natijada   suvdagi   mikroblar   naycha   teshigi   atrofida   to‘plana   boshlaydilar.   Bu
o‘ziga   xostortuvchi   ximiotaksisdir.   Agar   naychaga   kislota   quyilgan   bo‘lsa,
mikroblar   kapillyar   atrofidan   uzoqlasha   boshlaydilar.   Bu   uzoqlashtiruvchi
ximiotoksisdir.   Shunga   o‘xshagan   hodisa   kislorodga   nisbatan   ham   bo‘lishi mumkin.   Aeroblar   kislorod   bor   joyga   to‘planadi,   anaerob   bo‘lsa   uzoqlashadi.   Bu
hodisaga   aerotoksis  deyiladi.  Ximiotoksis  hodisasida  tirik  mik5rob  protoplazmasi
atrof-muhit ta’siriga sezgir bo‘ladi va shu ta’sirga javob qaytaradi. Ba’zi kimyoviy
moddalarning mikroblarga ta’siri bor, shu sababli ular mikroblarni o‘ldirish uchun
ishlatiladi va dezinfeksiyalovchi vositalar deyiladi. Bu dezinfeksion moddalarning
ta’siri   har   xil   bo‘ladi.   Misol:   efir,   spirt   va   ishqorning   kuchsiz   eritmalari   mikrob
hujayrasi   tarkibidagi   lipoid   (yog‘simon)   moddalarni   parchalaydi.   Og‘ir   metallar
tuzlari   (sulema,   simob,   mis   kuporosi),   kislotalar,   formalin   –   bular   mikrob
hujayrasidagi   oqsil   moddalarni   uyushtirib,   ularning   hayot   faoliyatini   buzadi   va
halokatga olib keladi. 
Nitrat   kislota,   xlor,   kalsiy   xlor,   kaliy   permanganat   va   boshqalar   mikrob
hujayrasini   to‘g‘ridan   –   to‘g‘ri   buzadi.   Gliserin,   shakar,   osh   tuzining   yuqori
konsentrasiyali   eritmalari   mikroblarning   osmotik   bosqichiga   ta’sir   etadi.
Mikroblarga   kimyoviy   moddalarning   ta’siri,   moddalar   konsentrasiyasiga,   ta’sir
qilish davriga va temperaturasigi bog‘liq. Ishlatiladigan kimyoviy zahar moddalar
+40, +45 darajada qo‘llanilsa, u mikroblarga kuchli va tez ta’sir qiladi.
Zaharli   moddalarning   mikroblarga   ta’siri   ularning   konsentrasiyasi   bilan
bog‘liq. Masalan: karbol kislotasi 2,5%, formalin – 1%, xlor ohagining suvi – 1:10,
sulema   1:1000   –   1:5000   eritmalar   barcha   mikroblarga   ta’sir   qiladi.   Spirt   70-80%
mikroblarga   halokatli   ta’sir   qiladi.   Kimyoviy   moddalar   mikroorganizmlarga   3  xil
ta’sir qiladi.
1. Juda oz konsentrasiyada ta’sir etsa, u mikrobning rivojlanishiga yordam
beradi.
2. Oz   miqdordagi   kimyoviy   moddalar   mikrobning   vegetativ   qismini
o‘ldirish mumkin, ammo sporasi tirik qoladi.
3. Kimyoviy moddalar konsentrasiyasi kuchli bo‘lsa, u mikroblar vegetativ
va spora qismini o‘ldirish mumkin, ammo sporani o‘ldirish uchun zahar
uzoq muddat ta’sir qilish kerak.
 Mikroorganizmlar tabiatda bir-biri bilan yoki boshqa bir organizmlar bilan
bog‘liq   holda   yashaydilar.   Bu   hol   biosenoz   deyiladi.   Bundan   tashqari   simbioz, metabioz,   sinergizm   va   optogonizm   deb   ataladigan   hadisalar   ham   mavjud.   Bir
muhitda ikki xil  mikrob, ikki xil  organizmning bir-biriga qarshilik ko‘rsatmasdan
yashashi   simbioz   hadisasi   deyiladi.   Masalan,   anaerob   va   aerob   mikroblarning
yashashi.   Aerob   mikroblar   kislorodni   o‘zlashtirib   anaerob   mikroblar   uchun   qulay
sharoit yaratadi. Anaerob   mikroblar esa o‘z navbatida erkin azotni to‘plab, azotli
moddalarga aylantiradi. Bular aerob mikroblar uchun oziq hisoblanadi.
Mikroblar o‘zlarining yashash davrlarida boshqa bir mikroblar uchun qulay
sharoit   yaratishlari   metabioz   hadisasi   deyiladi.   Masalan,   ko‘pchilik   saprofit
mikroblar   oqsilni   peptonga,   aminokislotalar   va   boshqa   oddiy   birikmalargacha
parchalab   nitrifikasiyalovchi   bakteriyalar   uchun   oziq   tayyorlaydilar.   Ular   esa   o‘z
navbatida azot kislotasi  tuzlarini hosil qilib, o‘simliklarga yetkazib beradilar. Ikki
yoki   bir   nechta   mikroblarning   bir-biriga   ko‘maklashuvi   sinergizm   hadisasi
deyiladi.   Masalan:   azotabakterning   sof   kulturasi   o‘sganda,   173   mg   geteroauksin
hosil   qiladi.   U   Bac   Micondec   bilan   birga   o‘zganda   220   mg   getero   auksin   hosil
qiladi.   Bir   turdagi   mikrob   rivojlangan,   muhitda   ikkinchi   bir   turdagi   mikrobning
rivojlana   olmasligi   ontogonizm   yoki   antibioz   hadisasi   deyiladi.   Bu   hadisani
birinchi   bo‘lib   L.   Paster   aniqlagan.   U   kuydirgi   tayoqchasining   rivojlanishiga
chirituvchi   bakteriyalar   to‘sqinlik   qilishini   isbotlagan.   Ontogonizm   hadisasi
antibiotiklarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Antibiotik – grekcha “anti” - qarshi,
“bios”   -   hayot   ma’nosini   beradi.   Mikroblar   hayotiga   qarish   ishlatiladigan
antibiotiklar mikroblar, o‘simlik, hayvonot dunyosidan olinadigan mahsulotlardir.
Antibiotiklar mikroorganizmlarga uch xil ta’sir qiladi:
1. Bakteriostatik ta’sir mikrobning o‘sish va rivojlanishini to‘xtadi.
2. Bakteriosidin ta’sir ularni halokatga olib keladi.
3. Bakteriolitik ta’sir ularni eritib yuboradi.
Ba’zi bir mikroblar antibiotiklarning ta’siriga chidamli bo‘ladi. Bu hadisa bir xil 
antibiotiklar ko‘p marta ishlatilganda ro‘y beradi. Mikrob antibiotikni qarshi 
ferment ishlab chiqarib, uni eritib yuboradi.
Masalan,   penisellin   organizmga   yuborilganda,   mikroblarni   o‘ldirmasdan,
ularning   rivojlanishini   tuxtatib   qo‘yadi,   ba’zi   birlari   organizmning   himoya qobig‘ini   kuchaytiradi.   Streptomisin   to‘qimalarning   nafas   olishini   yaxshilab,
tuberkulyoz mikrobining o‘sishini tuxtatadi.
Fitonsidlar   o‘simliklardan   olingan   antibiotik   bo‘lib,   1928   y.   Da   topilgan.
Fitonsid efir moylari va har xil organik kislotalar ko‘p bo‘lgan sarimsoq piyoz va
gorchisa o‘simliklaridan olinadi. Bu moddalar mikroblarni haloq qiladi.

Mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga tashqi muhit omillarning ta’siri Reja: 1. Mikroorganizmlarga ta’sir qiluvchi tashqi muhit omillari. 2. Mikroorganizmlarga fizik omillarning ta’siri. 3. Mikroblarga kimyoviy omillarning ta’siri. 4. Mikroblarga biologik omillarning ta’siri.

Mikroorganizmlarning rivojlanish va hayot faoliyatining tezligi tevarak atrof muhit bilan chambarchas bog‘liq. Mana shu sharoit mazkur mikroorganizm uchun qancha qulay bo‘lsa, u shuncha tez rivojlanadi va shu bilan uning hayot faoliyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tashqi muhitninghar bir omiliga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra, mikroorganizmlarning rivojlanish tezligini belgilovchi 3 ta kardinal nuqta olish mumkin. Agar mazkur omilning ta’siri minimumga yetsa, mikroorganizmlarning hayot faoliyati juda sekin boradi. Bu omilning ta’siri ortib, optimumga ko‘tarilsa, mikroorganizmlarning hayot faoliyati juda tez boradi. Omilning kuchi maksimumga ko‘tarilsa, mikroorganizmlarninghayot faoliyati butunlay to‘xtaydi. Tashqi muhitning mikroorganizmlar rivojlanishiga katta ta’sir qiluvchi hamma omillarini uchta asosiy guruhga: 1. fizik 2. kimyoviy 3. biologik omillarga bo‘lish mumkin. Fizikaviy omillarga temperatura, namlik, suvda erigan moddalar konsentrasiyasi, yorug‘lik, bosim, harakat va boshqalar kiradi. Mikroorganizmlar ham xuddi boshqa tirik organizmlar singari o‘ziga xos normal temperaturada yashay oladilar. Temperatura yuqori yoki past bo‘lsa, mikroblarning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishi pasayadi. Har bir mikrob uchun o‘ziga xos temperatura rejimi bor. Ya’ni optimal, minimal va maksimal. Barcha mikroorganizmlar temperatura ta’siriga qarab 3 ta katta guruhga bo‘linadi. 1.Psixrofillar – grekcha “psixro” sovuq, “fillin” sevaman degan ma’noni bildiradi. Bular sovuqni sevadigan mikroorganizmlardir. Misol uchun shimoliy qutb dengizi mikroblari uchun qulay optimal temperatura +15, +20, maksimali +30, +35, minimali – 0 va minus 6 darajadir. Bu guruhga nur sochuvchi, dengiz, suv havzalarida uchraydigan va temir bakteriyalari kiradi. 2.Mezofil – grekcha “mezos” o‘rtacha degan ma’noni anglatadi. Unga o‘rtacha temperaturada rivojlanuvchi mikroblar kiradi. Bular uchun optimal temperatura

+30, +37, minimal +10, va maksimal +45, +50 0 S dir. Bu guruhga saprofit bakteriyalar va barcha kasallik qo‘zg‘atuvchi, hamda achitqi bakteriyalari kiradi. 3.Termofil – grekcha termos issiq degan ma’noni anglatadi. Bunday mikroblar uchun optimal temperatura - +50, +60, minimal temperatura +35 va maksimal temperatura + 80 darajagacha boradi. Past temperatura mikroblarni o‘ldirmaydi, balki ularning o‘sishini bir muncha pasaytiradi. Past temperaturada mikroblar uzoq vaqt tursa modda almashinuvi pasayadi va qarishdan ham ochlikdan o‘ladi. Yuqori temperatura mikroblarga halokatli ta’sir qiladi, ya’ni ularning protoplazmasini uyushtiradi. Ko‘pchilik mikroblar +80 0 S qizdirilganda haloq bo‘ladi. Mikroblarni quruq issiqda o‘ldirish uchun harorat +160, +180 0 bo‘lishi kerak. Mikroblarni yuqori temperatura bilan sterilizasiya qilinadi. Sterilizasiya – “sterillis” lotincha so‘z bo‘lib, naslsizlantirish degan ma’noni anglatadi. Sterilizasiya qilinganda patogen va patogensiz mikroblar, ularning sporalari ham o‘ladi. Sterilizasiya bir nechta usullar bilan o‘tkaziladi: 1.Alangada qizdirish yoki flambir qilish usuli. Bu usul bilan alangado buzilmaydigan asbob-uskunalar sterilizasiya qilinadi. 2.Quruq issiq bilan sterillashda quritish yoki Paster shkafidan foydalaniladi. Quruq issiq bilan sterillash +170 0 da 45 minutdan 1 soatgacha, 180 0 da 15 minut va 200 darajada faqat 5 minut davomida o‘tkaziladi. 3.Qaynatib sterillash usuli bilan asosan vegetativ shaklli mikroblar, ammo uzoq muddat sterillansa spora ham o‘ladi. 4.Harakatdagi bug‘ bilan sterillash maxsus KOX apparati ishlatiladi. 5.Bosim ostida bug‘ bilan sterillash usulini qo‘llash uchun avtoklav kerak. 6.Tendellizasiya usulini Tendel tavsiya etgan. Bunda suyuqlik +60, +65 0 da 1 soatdan 5 kun yoki +70 – 80 0 da 1 soatdan 3 kun sterillanadi. 7.Pasterizasiya usuli ham tendelizasiyaga o‘xshash. Farqi shuki, pasterizasiya +70 darajada 30 minut yoki +80 darajada 15 minut davomida o‘tkaziladi. Namning ta’siri . Mikrob hujayrasining 85%i suvdan iborat va uning barcha hayot faoliyati ham muhitda nam bo‘lish bilan bog‘liq. Ko‘p oziq moddalar suvda

erimasdan hujayra ichiga kira olmaydi va natijada hujayra yashay olmaydi. Mikroblarning ba’zilari nam yetishmasligiga yomon chidaydi, boshqalari esa aksincha ancha chidamli bo‘lib, qurigan holatda ham ancha vaqtgacha saqlanishi mumkin. Uchinchi xil mikroblar qurigan holatda hayotchanligini 10 yilgacha saqlashi mumkin. Yerda umumiy nam sig‘imining 60%iga yaqin nam bo‘lgandagina mikroorganizmlar uchun eng qulay sharoit yaratiladi. Eng namsevar tuproq bakteriyalari qatoriga, azot to‘plovchi bakteriyalar (azotobakter va tuganak bakteriyalari) kiradi, lekin ular uchun ham eng qulay sharoit tuproq to‘liq nam sig‘imining 40-80% o‘rtasida bo‘ladi. Faqat nam yetarli bo‘lgandagina mikrobiologik aktivlik maksimumgacha ko‘tariladi va yerdagi biokimyoviy jarayonlar juda tez boradi. Yer qatkaloq bo‘lganda bunday jarayonlar susayadi. Mahsulotlar quritib saqlanganda ham xuddi shunday holat yuz beradi. Quritilgan baliq, go‘sht, sabzavot va mevalarda yetarli miqdorda nam bo‘lmagandan mikroorganizmlar oziqlana olmaydi, natijada bu mahsulotlar buzilmaydi. Shuni esda tutish kerakki, bakteriyalar faqat yetarlicha nam bo‘lgan moddalarda o‘sa oladi, mog‘or zamburug‘lari esa juda oz miqdordagi nam bilan qanoatlanadi. Bu ko‘p zamburug‘lar hujayralaridagi osmotik bosimning bakteriya hujayralaridagiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishiga bog‘liq. Suvda erigan moddalar konsentrasiyasining ta’siri. Eritmadagi turli xil moddalarning konsentrasiyasi ham mikroblar rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. Ularning yuqori konsentrasiyasi hujayra atrofida fiziologik quruqlik hosil qiladi. Chunki bunda suv mikroorganizm hujayrasi ichiga kira olmaydi. Ularning hujayrasi suvini chiarib plazmolizga uchray boshlaydi va oziqa moddalar hujayra ichiga kira olmaganligidan tashqi muhit bilan normal modda almashinuvi to‘xtaydi. Mikroorganizmlar hujayrasining protoplazmasi yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligidan, ular tashqi muhitdagi osmotik bosimning o‘zgarishiga moslashish mumkin. Mikroblar hujayra suyuqligida tuzlar iloji boricha ko‘p to‘planganidan uning osmotik bosimi juda yuqori ko‘tarilib ketishi

mumkin. Hujayra suyuqligining maksimal osmotik bosimi mog‘or zamburug‘larida 220 atm. Tuproq bakteriyalarida 50-80 atm.ga teng bo‘ladi. Nurlarning ta’siri. To‘g‘ri tushgan quyosh nuri barcha turdagi mikroblarga halokatli ta’sir qiladi. Ko‘pchilik bakteriyalar to‘g‘ri tushgan quyosh nuridan bir necha minut yoki soat davomida o‘ladilar (yorug‘lik sevuvchi bakteriyalardan tashqari). Ayniqsa ultrabinafsha nurlar mikroblarga kuchli ta’sir qiladi. Quyosh nuri faqat oltingugurt to‘plovchi bakteriyalarga salbiy ta’sir qilmaydi. Chunki ular rivojlanish uchun quyosh nurini talab qiladi. Rentgen va radiy nurlarimikroblarga qisqa vaqt va oz miqdorda ta’sir ettirilsa, o‘sishga yordam beradi, ko‘p miqdordagisi ularni o‘ldiradi. Mikroblar bir suvga doimiy elektr toki o‘tkazsa ular musbat tomonga to‘plana boshlaydilar. Shundan ma’lumki ular elektrmanfiy zaryadga egadirlar. Yuqori to‘lqinli elektr toki mikroblarni o‘ldiradi. Mexanik harakat va yuqori bosim natijasida mikroblarning modda almashinish jarayoni buziladi. Bu esa ularning o‘limiga sabab bo‘ladi. Suv tez oqsa ham mikroblar o‘ladi. Atmosfera bosimi mikroblarga ko‘p ta’sir qilmaydi. Chunki dengizda 6 km suv chuqurligida ham mikroorganizmlar borligi aniqlangan. Viruslarning 6500 atmosfera bosimida o‘lganligi aniqlangan. Kimyoviy moddalar turli mikroorganizmlarga turlicha ta’sir etadi. Ba’zi bir mikroblar ta’sir qilgan kimyoviy moddalarga yaqinlashadi, boshqa xil kimyoviy moddalardan uzoqlashadi. Bu hodisa ximiotoksis deyiladi. U ikki xil bo‘ladi: 1. O‘ziga tortuvchi – musbat. 2. O‘zidan uzoqlashtiruvchi – manfiy. Bu hadisani quyidagi tajribada ko‘rish mumkin. Bir idishdagi suvga harakatchan mikroblar solinib, unga shakar eritmasi to‘ldirilgan naycha tushiriladi. Natijada suvdagi mikroblar naycha teshigi atrofida to‘plana boshlaydilar. Bu o‘ziga xostortuvchi ximiotaksisdir. Agar naychaga kislota quyilgan bo‘lsa, mikroblar kapillyar atrofidan uzoqlasha boshlaydilar. Bu uzoqlashtiruvchi ximiotoksisdir. Shunga o‘xshagan hodisa kislorodga nisbatan ham bo‘lishi