logo

MOHIYAT VA HODISA, ZARURAT VA TASODIF KATEGORIYALARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

76.2529296875 KB
MOHIYAT VA HODISA, ZARURAT VA TASODIF
KATEGORIYALARI
I. Kirish
II. Asosiy qism
      1.Mohiyat tushunchasi 
      2.Mohiyat va hodisa
       3.Zaruriyat va tasodif.
III. Xulosa Dialektika   ta’limotini   muhim   vazifalaridan   biri   insonni   olam   bilan   bog‘lab
turadigan,   predmetlarning   harakatlari   va   o‘zgarishlarida   namoyon   bo‘ladigan
aloqadorliklar   va   qonuniyatlar   to‘g‘risida   umumiy   tasavvurlarni,   tushunchalarni
shakllantirishdir. 
Borliqni dialektik tarzda o‘rganishni muhim nazariy natijalaridan bir – moddiy va
ma’naviy   predmetlar   olamida   yakka,   juz’iy   va   umumiy   aloqa   va   bog‘lanishlar
bilan   birga   eng   umumiy,   universal   (har   tomonlama,   beistisno   barcha   narsa   va
hodisalarga xos bo‘lgan ) aloqadorliklar mavjudligi haqidagi xulosa bo‘ldi. YAlpi,
universal aloqadorlik munosabat, aloqa, bog‘lanish, ta’sir va aks ta’sir orqali o‘zini
namoyon etadi. SHu bilan birga munosabat har qanday aloqa, bog‘lanish, ta’sir va
o‘zaro ta’sirga xos bo‘lgan muhim tomon yoki jihatdir. 
Barcha narsa va hodisalar bir – birlari bilan doimo o‘zaro munosabatda va aloqada
bo‘ladilar.  M u n o s a b a t  – o‘zaro aloqadorlikning zaruriy lahza narsalarning bir
–   biridan   shartlanganligidan,   o‘zaro   qaramalikdan,   bog‘lanishdan   kelib   chiqadi.
Predmetning   xossasi,   belgilari   uning   boshqa   predmetga   yoki   tevarak   muhitga
bo‘lgan munosabati  mavjud bo‘ladi. Borliqda munosabat turli xil shakl, daraja va
amalga   oshish   usullariga   egadir.   Aytaylik,   munosabatlar   ichida   ijtimoiy
munosabatlar   alohida  xususiyatga   egadir.  Har   bir   inson   o‘zi   yaratgan   predmetlar,
tashkilotlar, g‘oyalar  va  individlar   Bilan  ijtimoiy,  madaniy, ma’naviy  mafkuraviy
va   boshqa   xildagi   munosabatni   o‘rnatdi,   shu   munosabat   doirasida   faoliyat
ko‘rsatadi. 
Munosabatning   konkret   ko‘rinishi,   namoyon   bo‘lish   shakli   aloqa   va   uning
xususiyati   bilan   belgilanadi.   A   l   o   q   a   predmetlarning   bir   –   biri   bilan   uzviy
bog‘lanishini,   o‘zaro  taqazo   etishini   bildiradigan   borliqning  tub  xossasidir.   Bilish
va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, u yoki bu hodisani  tushunish uchun uning boshqa
hodisalar   bilan   bog‘lanishini   tadqiqot   qilish   kerak.   Aloqaning   borliqni   tub,
universal xossasi ekanligi aloqadorlik kategoriyasida ifodalanadi. 
A l o q a d o r l i k  - barcha tizim va tuzilmalarni, narsa va hodisalarni bir -0 biri
bilan bog‘lovchi, ichki va tashqi xossalarni yuzaga keltiradigan, ularga barqarorlik
yalpi,   universal   va   atributiv   (mohiyatli,   ajralmas)   xislatdir.   Aloqadorlikning
mavjudligini   asosida   narsa   va   hodisalarni   bir   –   biriga   bog‘liqgi   yotadi.   Bilish
jarayonida   bir   hodisani   tushunish   uchun   uni   boshqa   hodisalar   bilan
bog‘langanligini   ko‘rib   chiqadilar.   Masalan,   mexanikada   pastga   tushuyotgan
jismni  sharqdan g‘arbga qarab og‘ishi  hodisani  Erning o‘z o‘qi  atrofida aylanishi
bilan shu jism o‘rtasida bog‘lanish borligi bilan tushuntiradilar. 
Aloqadorlik   ikki   tomonlama   bog‘lanish   shaklida   namoyon   bo‘lsa,   unda   o‘zaro
bog‘lanish yuzaga keladi. Er sathini strukturasi va iqlim o‘rtasida mavjud bo‘lgan
bog‘lanish shunga misol bo‘ladi.  O‘zaro   bog‘lanishining   qarama   –   qarshi   tomoni   xolislikdir.   X   o   l   i   s   l   i   k
ajratilganlikni,   yakkalikni   ko‘rinishi   bo‘lib,   u   predmetlarning   nisbiy
mustaqqilligini   ifodalaydi,   ularning   mavjud   bo‘lish   me’yorini,   chegarasini
bildiradi. O‘zgarish va rivojlanish jarayonida xolislik va bog‘lanish o‘z o‘rinlarini
almashtiradilar, ya’ni, xolislik holati yo‘qolib bog‘lanish, aloqa vujudga keladi va
aksincha,   bog‘lanish   biron   –   bir   yangi   xossa   yoki   holatni   paydo   qilib,   xolislikni
keltirib chiqarishi mumkin. 
2. Dialektika kategoriyalari. 
Dialektik   tafakkurning   muhim   funksiyalaridan   biri   insonni   olam   bilan   bog‘lab
turadigan,   harakat   va   o‘zgarishlarda   namoyon   bo‘ladigan   aloqadorliklar   va
qonuniyatlar haqida umumiy tasavvurlarni, tushunchalarni hosil qilishdir. Umumiy
aloqadorlikni,   uni   aks   ettiruvchi   tushunchalar,   kategoriyalar   tizimini   yaratish
qadim zamonlardayoq falsafani diqqat markazida turgan. 
Falsafada  k a t e g o r i ya l a r  ( grekcha – ko‘rsatma, guvoh, tur )  borliq va
uni bilish jarayoniga oid eng umumiy tomonlarni, munosabatlarni va aloqadorlikni
aks   ettiruvchi   tushunchalar   deb   belginalandi.   Kategoriyalar   orqali   inson   o‘z
tajribasini umumlashtirgan, dunyoqarashini shakllantirgan. 
In’ikos etilayotgan aloqadorlik va bog‘lanishalrni, borliqning universal xislatlari va
qonuniyatlarini   miqyosi   va   mazmunini   nazarga   olib   falsafiy   kategoriyalarni   uch
turkumga bo‘lish mumkin: 
1. Borliq   to‘g‘risidagi   ta’limot   kategoriyalari   (borliq,   olam,   substansiya,
materiya, harakat, makon va vaqt, cheklik va cheksizlik va boshqalar). F
a
ls
a
f
a
 	
k
a
t
e
g
o
r
iy
a
la
r
i	
Borliq to‘g‘risidagi ta’limot 	
kategoriyalari 	
Bilish nazariyasiga oid kategoriyalar 	
Dialektika kategoriyalari  2. Bilish   nazariyasiga   oid   kategoriyalar   (bilish,   in’ikos,   haqiqat,
adekvatlik, obraz, tafakkur va boshqalar). 
3. Dialektika kategoriyalari (yakkalik va umumiylik, xodisa va mohiyat va
hokazo).  Borliq	
olam	
materiya	makon	
vaqt	
bilish	
haqiqat	
tafakku	
r Ijtimoiy   hayotning,   fan   va   falsafaning   taraqqiyoti   bilan   birga   kategoriyalar
ham   rivojlanib   boradilar.   Ular   asosan   ikki   yo‘l   Bilan   rivojlanadi:   1)   o‘tmishda
shakllangan   va   hozirgi   paytda   ishlatilayotgan   kategoriyalar   mazmunining   boyib
borishi; 2) yangi kategoriyalarning vujudga kelishi va shakllanishi. Falsafada keng
qo‘llanilayotgan YAngi kategoriyalar qatoriga sistema (tizim), element – struktura,
garmoniya, taraqqiyot va tanazzul kategiriyalarini kiritish mumkin. 
Kategoriyalarni vujudga kelishi va shakllanishi, ularning mazmuni va sonini boyib
borishi   moddiy   va   ma’naviy   ishlab   chiqarish   darajasi,   insonning   olamga   bo‘lgan
munosabatining ko‘p qirraligi, fan va madaniyatning rivojlanishi bilan belgilanadi. 
Falsafiy kategoriyalar tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallagan  d i a l e k t i k a
k a t e g o r i ya l a r i   borliqda mavjud bo‘lgan barcha ob’ekt va predmetlarda,
narsa va hodisalarda namoyon bo‘ladigan aloqadorliklarni, o‘zaro bog‘lanishlarni,
eng   umumiy   atributiv   xislatlar   va   qonuniyatlarni   aks   ettiradigan   universal   (ya’ni
har tomonlama qamrab oladigan) tushunchalardan iboratdir. 
Dialektika   kategoriyalarining   xususiyatlaridan   biri   –   o‘zaro   uzviy
bog‘langan, biri ikkinchisiga aylanib ketadigan xislatlarni, biri ikkinchisini keltirib
chiqaradigan tomonlarni, xossalarni  ifodalagani uchun ularning juft yoki uchlama
holatda   ishlatilishidir   (ayniyat   –   tafovut,   qism   –   butun,   sistema   –   struktura   –
element va boshqalar). 
Kategoriyalarni tahlil qilishga o‘tar ekanmiz, quyidagi tartibga amal qilamiz. Oldin
borliqdagi   narsa   va   hodisalarning   eng   umumiy   mavjud   bo‘lish   xossalarini,
tomonlarini   aks   ettiradigan   kategoriyalarini   ko‘rib   chiqamiz.   Keyin   shu
kategoriyaga mazmunan yaqin turgan. Ob’ektlarni tartiblanganligini, murakkabroq
universal   qonuniyatlarini   ifodalaydigan   kategoriyalar   tahlil   qilinadi.   Va,   nihoyat,sabab
oqibat	
hodisa
mohiyat	
yakkalik 
umumiyli	
k predmetlarning   kelio   chiqishini,   bir   holatdan   ikkinchi   holatga   o‘tishini
belgilaydigan bog‘lanishlarni in’ikos qiladigan kategoriyalar izohlanadi. 
Hodisa va mohiyat. 
Falsafa   va   maxsus   fanlarda   olib   borilayotgan   tadqiqotlarning   birinchi   darajali
vazifasi   o‘rganilayotgan   predmetning   mohiyatini   ochib   berishdir.   Bu   bejiz   emas,
albatta.   Inson   faoliyatining   samaradorligini   belgilaydigan   omillardan   biri
ob’ektlarning,   narsa   va   hodisalarning   mohiyatini,   qonuniyatlarini,   zaruriy
aloqadorliklarini chuqur bilib olish, shu bilimdan amaliyotda foydalanishdir. 
SHunisi e’tiborliki, «yakkalik - umumiylik» va «hodisa - mohiyat» kategoriyalari
o‘rtasida ma’lum o‘xshashlik, bog‘lanish bor. Har ikala juft kategoriyalar predmet
va   jarayonlarning   yagonalik   va   umumiylik,   tashqi   va   ichki,   takrorlanish   va
betakror, barkarorlik va o‘zgaruvchanlik tomonlarini ifoda etadi. 
Xodisa u yoki bu predmetga oid bo‘lgan harakat, ta’sir qilish, o‘zgarish xislatidir.
Bir   predmet   boshqa   predmetga   nisbatan   o‘zini   hodisa   orqali   namoyon   qiladi.
Umumiy,   mavhum   hodisa   bo‘lmaydi.   Lekin   konkret,   yakka   hodisani   umumiy
tomoni, belgisi bo‘lishi mumkin. Har qanday hodisaning asosida mavjud holatning
o‘zgarishi   yotadi.   Mutlaq   sunatda   bo‘lgan   predmetda   hech   qanday   hodisa   ro‘y
bermaydi. 
Inson voqelik Bilan munosabatda bo‘lar ekan, u dastavval xodisalarga duch keladi.
Xodisalarni idrok qilish paytida aniqlik darajasi turlicha bo‘lgan tasavvurlarni hosil
qiladi. 
Hodisa   to‘g‘risida   yuqorida   keltirilgan   dastlabki   izohdan   so‘ng,   uning   kategorial
ta’rifini  berishga harakat  qilish mumkin.   H o d i s a   – alohida olingan narsaning
yakka   o‘zgaruvchan   holatini,   unda   ma’lum   fazo   va   vaqt   intervalida   (oralig‘ida)
sodir bo‘ladigan juz’iy jarayonni bildiradi. YAkka olingan hodisa predmetning bir
butun   hususiyatini   belgilamaydi.   Suvning   issiqlik   darajasini   6   dan   7   gradusga
ko‘tarilish   hodisasi   suyuqliq   holatining   umumiy   xislatini,   boshqacha   qilib
aytganda,   gidrodinamika   qonuniyatini   bildirmaydi.   Lekin   hodisalar   takrorlansa,
doimiy o‘zaro ta’sir natijasida barqaror munosabat o‘rnatilsa, unda yakka xodisada
mavjud bo‘lmagan xislat – qonuniyat, mohiyat paydo bo‘ladi. 
M   o   h   i   ya   t   –   predmetning   ichki,   barqaror   xususiyatini,   bir   butunligini,
xossa   va   tomonlarining   muayyanligini   bildiradi.   O‘z   tabiati   bilan   mohiyat
predmetning tomonlari, xossalari va elementlari o‘rtasidagi barqaror aloqadorlik va
o‘zaro   ta’sir   orqali   namoyon   bo‘ladigan   xislatdir.   Ijtimoiy   hayotning   mohiyatini
ishlab   chiqarish,   mulkchilik   munosabatlari,   mehnat   taqsimoti,   manfaatlar, ma’naviy   tamoyillar   kabi   hodisalar,   tomonlar   va   strukturalarning   doimiy,   zaruriy
aloqadorligi,   o‘zaro   ta’sir   namoyon   etadi.   Bundan   kelib   chiqadiki,   mohiyat
hodisalarning   o‘zaro   aloqadorligini,   ta’sirini   barqaror,   zaruriy,   qonuniy   tomonini
bildiradi.   Hodisa   esa   mohiyatning   o‘zgaruvchan,   yuzaga   chiqaradigan,   xilma   –
xillikni   kirishmaydigan   tashqi   «qobig‘idir».   Mohiyat   hodisa   orqali   harakatga
keladi,   o‘zini   namoyon   qiladi   va   rivojlanadi.   Inqiloblar,   islohatlar,   iqtisodiy
yuksalish,   Fan   –   texnika   taraqqiyoti   kabi   ijtimoiy   hodisalar   tufayli   jamiyatning
xususiyati,   rivojlanish   qonuniyatlari,   xullas,   mohiyati   o‘zgaradi.   O‘zbekistonni
istiqlolga erishishi ham mohiyat, ham hodisa jihatdan yangi ijtimoiy – iqtisodiy va
siyosiy jarayonlar va qonuniyatlarni amal qilishi orqali sodir bo‘lmoqda. 
Hodisa   mohiyatga   nisbatan   boyroqdir.   U   nafaqat   mohiyatning   tomonlarini,
balki   ichki   va  tashqi  ta’sirlarni,  ikkinchi   darajali,  tasodifiy,  o‘tkinchi   jarayonlarni
ham bildiradi. 
Hodisa   va   mohiyatning   dialektikasi   shundan   iboratki,   ular   ham   zid,   qarama   –
qarshi   tomonlarga   (hodisa   –   o‘zgaruvchan   ko‘p   xil,   yakka,   o‘tkinchi;   mohiyat   –
baraqaror,   umumiy,   doimiy,   bir   butunlikka)   ega   bo‘ladilar,   ham   uzviy
bog‘langandir, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. 
Turli   dunyoqarash   va   nazariy   mavqeda   turuvchi   faylasuflar   hodisa   va   mohiyatni
xususiyati va nisbatini muqobil ravishda talqin qiladilar. Materialistlar mohiyat va
hodisani   moddiy   va   ma’naviy   sohalarda   namoyon   bo‘ladigan   tashqi   va   ichki,
o‘zgaruvchan   va   barqaror   xislatlarni,   aloqadorlik   va   bog‘lanishini   bildiradi   deb
tushuntiradilar.   Idealizm   namoyondalari   mohiyatni   qandaydir   ijod   qilish   yaratish
qobiliyatiga   ega   bo‘lgan     o‘ziga   xo   sbir   borliq   (olamiy   ruh,   ma’naviy   kuch   va
hokazo), hodisa esa shu borliqning faolligini hissiy ko‘rinishi deb tushuntiradilar. 
Metafizik   tafakkur   hodisa   va   mohiyat   o‘rtasidagi   murakkab,   ziddiyatli   aloqa
borligini   inobatga   olmaydi.   Bu   nuqtai   nazarga   ko‘ra   mohiyat   va   hodisa   mazmun
jihatdan   qarama   –   qarshi   xislatga   ega   bo‘lgani   uchun   ular   o‘zaro   bog‘lanmagan,
voqealikdagi   biron   –  bir   tomon,  jarayon   yoki   mohiyatli,  yoki   hodisa   ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. G‘arb falsafasini ayrim yo‘nalishlarida ham shunga o‘xshash fikr
ta’kidlanmoqda.   Neopozitivizm   va   tanqidiy   rapionalizm   falsafasida   mohiyat
masalasi   ilmiy   bilish   tili   muammosidir   («mohiyat»   degan   xislat   bormi,   faktni,
hodisani mohiyat deb atash mumkinmi yoki yo‘qmi ma’nosida), aslida faqat idrok
qilish mumkin bo‘lgan hodisalar mavjud degan g‘oya bildirilmoqda. 
      Zaruriyat   va   tasodifiyat.   Universal   aloqadorlik   va   bog‘lanishning   zanjirida
sabab   va   oqibat   doimo   o‘rni   almashib   turadi.   YEtarli   sharoit   va   omillarni   o‘z
ichiga   olangan   sababiy   asosan   bir-   biriga   qarama   –   qarshi,   ko‘p   qirradi,   ichki   va
tashqi   sharoitlarni,   ommaviy   jarayonlarni   o‘z   ichiga   olgan   taqdirda   zaruriy
bo‘lmagan, tasodif oqibatlar ham sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, oqibatning sodir bo‘lishiga   turtki   beruvchi   bahona   tasodifiya   paydo   bo‘lishi   mumkin.   SHunday
ekan borliqda tasodifni tutgan o‘rni, me’yori qanday? 
SHuni   ta’kidlash   lozimki,   predmetlarning   taraqqiyotini,   o‘zgarish   va   rivojlanish
yo‘nalishini   tasodif   emas,   balki   qonuniy,   zaruriy   bog‘lanishlar   va   aloqadorliklar
belgilaydi.   Lekin   bu   qonuniy   o‘zgarishlar   sof,   mutlaq   zaruriyat   holda,   bir   chiziq
bo‘ylab   sodir   bo‘lmasdan,   zaruriy   qonuniyatlar   va   tasodifiy   hodisalar   bir   –
birlariga   ta’sir   qilib,   tasodifiy   jarayonlar   o‘zaro   to‘qnashib,   o‘rtacha   moyillik
ehtimolli   holati   bo‘lgan   yo‘nalish   usulida   yuzaga   keladilar.   Bu   fikrni   batafsilroq
ko‘rib chiqish uchun zaruriyat va tasodifiyat kategoriyalariga murofaat qilamiz. 
Zaruriyat   va   tasodifiyat   nisbatdosh   kategoriyalar   bo‘lib,   hodisalarning   o‘zaro
bog‘langanligini   belgilanish   yoki   ro‘ybga   chiqish   darajani   jixatini,   miqyosini
ifodalaydilar. Zaruriyatning o‘zi nima? 
Z a r u r i ya t –   bu ilgari holati bilan belgilangan aloqadorlikning shakli bo‘lib,
bunda voqea – sababning sodir bo‘lishi qonuniy ravishda hodisa – oqibatni yuzaga
keltiradi.   Masalan,   suvga   ma’lum   massa   va   hajmga   ega   bo‘lgan   predmet
tashlanganda   zaruriy   ravishda   Arximed   qonuni   amal   qiladi.   Ko‘rinib   turibdiki,
zaruriyyo‘l bilan sodir bo‘layotgan hodisa yoki qonuniyatda noaniqlik (ehtimollik),
tanlash holati mavjud emas. 
Tasodifiyat zaruriyatga nisbatan qarama- qarshi xislatga egadir.  T a s o d i f i ya t
–   bu   sabab   va   oqibat   o‘rtasidagi   shunday   bog‘lanishni   bildiradiki,   unda   sababiy
asosdan   tanlash  imkoniyati, alternativ holat   bo‘lgani   uchun  hodisaning   yo bux  ili
kelib chiqishi mumkin. 
Zaruriy yoki tasodifiy hodisaning kelib chiqishi sababiy asosning xususiyati  bilan
belgilanadi.   Predmetning   suvga   tashlanishi   sababiy   asosni   tashkil   qiladi.   Bu
asosdan   zaruriyatlik   bilan   Arximed   qonunining   amal   qilishi   kelib   chiqadi.   Bu
asosda   yuz   beradigan   hodisa   yoki   qonunni   har   tomonga   tortadigan   kuchlar,
intilishlar   yo‘qdir.   Endi   boshqa   misolni   olamiz.   Erda   turib   ikki   tomonida   ramziy
belgisi   bo‘lgan   tangani   parakning   aylanishiga   o‘xshatib   yuqoriga   otish   mumkin.
Tanganing   erga   qaytib   tushishiga   nisbatan   yuqoriga   otish   jarayoni   sababiy   asos
bo‘ladi.   Lekin,   bu   asos   tanganing   qaysi   tomoni   bilan   erga   tushishi   mumkinligini
zaruriy ravishda belgilab bermaydi. CHunki sababiy asos nomuayyan, bir – biriga
nisbatan mustaqil bo‘lgan ko‘pgina sabab hodisalarni o‘z ichiga oladi. 
Tasodifiyatni   zaminda   barobar   imkoniyati   (alternativasi)   bor   hodisalarning
birontasi   amalga   oshishi   yotadi.   Uning   mavjud   bo‘lishi   sababiyat   tamoyiligi   zid
kelmaydi.   Gap   ilgarigi   materialistlar   o‘ylaganlaridek,   tasodifiy   hodisaning   (yoki
tasodifiy   bo‘lib   ko‘ringan   hodisaning)   asl   sababini   bilish   bilmaslik   emas,   balki
tasodifiy   oqibatlarni   keltirib   chiqaradigan   sababiy   asosda   tanlash   imkoniyatini,
alternativ yo‘nalishni birligidadir.  Zaruriyat   va   toasodifiyatning   bir   –   biriga   qarama   –   qarshi   tomonlar   sifatida   zid
ekanligini   bo‘rtirib   yuborish,   ular   o‘rtasidagi   bog‘lanishni   anglamaslik   metafizik
tasavvurga   olib   boradi.   YUqorida   keltirilgan   tanganing   yuqoriga   otish   misolida
zaruriyat   va   tasodifiyatning   bir   –   biriga   ta’sirini,   biri   ikkinchisiga   aylanishini
aniqlash mumkinmi? Mumkin. Tanga tashlangandan keyin uning harakati dinamik
qonunlarga   bo‘ysunishi,   harakat   energiyasiga   ega   bo‘lishi   va   boshqa   ayrim
parametrlar   zaruriy   holatga   ega   bo‘ladi.   Ayrim   paytda   bu   zaruriy   xislatlarga
tasodifiy elementlar ham qo‘shiladi. Qanday qiymatga ega bo‘lgan, qaerda turgan
tangani, kim tomonidan tashlanishi, qancha energiya bilan harakatning boshlanishi,
tanganing o‘z o‘qi atrofida necha marta aylanib erga tushushi – bularning hammasi
tasodifiy   tomonlardir.   Harakatga   kelitirilgan   tangani   har   bir   holatida   zaruriyat   va
tasodifiyat o‘rin almashtirib turadi, biri ikkinchisiga aylanadi. Tabiatda tasodifiy va
zaruriy hodisalar bevosita ro‘y bersa, jamiyatda ular ob’ektiv va sub’ektiv omillar
ta’sirida  inson  faoliyatini   xislati   sifatida vujudga  keladi.  YA’ni   inson  faoliyati   va
uning   natijasi   zaruriy   va   tasodifiy   ko‘rinishga   egadir.   Ob’ektiv   ravishda   sodir
bo‘ladigan   zaruriy   va   tasodifiy   hodisalarni   (zaruriy   –   ishlab   chiqarish,   maorif   va
madaniyat   tizimlarini   ish   faoliyati;   tasodifiyat   -   iqtisodiyot,   siyosat   va   boshqa
sohalarda   alternativ   imkoniyatga   ega   bo‘lgan   hodisalarning   birontasini   amalga
oshishi) namoyon bo‘lishiga manfaatlar, madaniy va ma’naviy an’analar, udumlar,
ijtimoiy   maqsad   va   rejalar   kata   ta’sir   ko‘rsatadi.   Oqibatda,   jamiyatda   mavjud
bo‘lgan zaruriyat va tasodifiyat murakkab, bilvosita, ko‘p pog‘onali bog‘lanish va
aloqadorlik ko‘rinishiga ega bo‘ladi. 
Ayrim   mutafakkirlar   (Demokrit,   Spinoza,   Golbax)   narsalarning   tabiatida   hech
qanday   tasodifiylik   yo‘q,   ularning   barcha   xislatlari   zaruriyatga   ko‘ra   mavjud
bo‘ladi   deb   hisoblashagan.   Tasodifni   inkor   qilish   sababsiz   hodisa   bo‘lmaydi,
tasodif bo‘lib ko‘ringan voqea aniqlanmagan hodisadir, degan fikr yotadi. Bu erda
bir   –   biri   bilan   aloqada   bo‘lmagan   tomonlar:   tasodif   va   bilib   olinmagan   sabab
aynanlashtirilgan. 
Ommaviy tasodifiy hodisalarni o‘rganish statistik qonuniyatlarning ochilishiga olib
keldi.   Bu   qonuniyatlarning   xususiyati   shundan   iboratki,   Biron   bir   ko‘plik   yoki
uyushmaning   statistik   boshlang‘ich   holoatidan   keyingi   holati   aniq   va   muayyan
qiymat bilan emas, balki ehtimollik, nomuayyan natija bilan kelib chiqadi. 
Statistik   qonuniyatlarni   tahlil   qilib   beradigan   fan   tarmoqlaridan   biri   ehtimollik
nazariyasidir.   Bu   nazariyaning   muhim   xulosalaridan   biri   shuki,   katta   sonli
tasodifiy   voqealarni   harakati   ayrim   voqea,   hodisaga   bog‘liq   bo‘lmagan   natijani
beradi.   Ko‘p   miqdorli   elementlarga   ega   bo‘lgan   uyushmalarda   (molekulyar   gaz,
biologik   populyasiya,   ijtimoiy   jamoalar)   tasodifiy   hodisalar   va   jarayonlar   bir   –
biriga ta’sir ko‘rsatib qaytaruvchan, barqaror va demak, zaruriy holatni, harakatni vujudga   keltiradilar.   Bu   esa   tasodifiy   hodisalarni   zaruriyatga   aylanishidan   darak
beradi. 
Zaruriyat   va   tasodifiyatning   mohiyatini,   ularning   o‘zaro   bog‘liqligini   o‘rganish
tevarak   –   atrofni,   biz   ish   ko‘radigan   ob’ekt   va   predmetlarni   holati   va   harakatini
chuqur tushunishda muhim nazariy va metodologik ahamiyatga egadir. Haqiqatan
ham   tabiat,   jamiyat   va   bilish,   shunga   muvofiq   ma’naviy   va   amaliy   faoliyatning
yo‘nalishini belgilash imkoniyatini beradi. 
Xulosa. 
Dialektika   kategoriyalarini   tahlil   qilish   shuni   ko‘rsatadiki,   borliq   bir   –   biri   bilan
o‘zaro   munosabatda   bo‘lgan   chesiz   sistemalar,   predmetlar   va   hodisalardan   iborat
bo‘lib,   ularning   mohiyati,   mavjudligi   va   bir   holatdan   (   bosqichdan,   sifatdan )
boshqasiga   o‘tishdan   turli   hil   aloqadorlik,   o‘zaro   ta’sir   va   qonuniy   bog‘lanishlar
orqali   sodir   bo‘ladi.   O‘z   mohiyati   jihatidan   dialektika   kategoriyalari   borliqdagi
barcha   ob’ekt,   predmet   va   hodisalarning   harakati,   o‘zgarishi   va   o‘zaro
aloqadorligini qonuniy, ya’ni, doimiy, zarur va umumiy tomonlarini aks etadilar. 
Olamda mutlaq xolis (yakka, boshqa hodisa bilan bog‘lanmagan) predmet yo‘qdir.
SHunday   ekan   olamdagi   narsa   va   hodisalar   o‘rtasidagi   aloqadorlik   yalpi   o‘zaro
bog‘lanishni hosil qiladi. YAlpi o‘zaro bog‘lanish cheksiz, ko‘p xil aloqalar orqali
namoyon bo‘ladi. Bulardan asosiy va asosiy bo‘lmagan, bevosita va bavosita, ichki
va tashqi, funksional va genetik aloqadorlik va bog‘lanishlarni ko‘rsatish mumkin. 
Asosiy aloqadorlik va bog‘lanish predmetning mavjudligini belgilaydigan qonuniy
va zarur xislatni, tomonni bildiradi. Masalan, kislorodni bir atomi bilan vodorodni
yakka o‘rtasidagi bog‘lanish suv molekulasini vujudga keltiradigan aloqadorlikdir.
Atom   darajasiga   kelsak   undagi   yadro   va   elektronlar   o‘rtasidagi   bog‘lanish   ichki
aloqadorlikni   tashkil   qiladi.   SHu   darajaga   nisbatan   atomni   boshqa   atom   bilan
bog‘langanligi tashqi aloqadorlikni hosil qiladi. 
Narsa   va   hodisalarning   barqarorligi   va   taraqqiyotini   belgilaydigan   bog‘lanishlar
funksional   va   genetik   (tug‘ilish,   shakllanish)   aloqadorlikdir.   Funksional
bog‘lanishlar   o‘z   –   o‘zini   tashkillashtiradigan,   o‘z   –   o‘zini   tiklaydigan   bir   butun
predmetlarga (tizimlarga, ob’ektlarga) xosdir. Bularga hujayra, mavjudot, biosfera
tizimlar   kiradi.   Aytaylik,   hujayradagi   neytronlar   bir   –   biri   bilan   bog‘langan
holdagina   o‘zligini   biologik   funksiyalarini   amalga   oshiradilar.   Tirik   tabiatda
mavjud   bo‘lgan   irsiyat,   mutatsiya   va   tabiiy   tanlanish   o‘rtasidagi   bog‘lanish
mavjudotlarning   evolyusiyasini   keltirib   chiqaradigan   genetik   aloqadorlikdir.
Predmetlarning   tizimi   va   bir   –   butunligini   saqlashga   qaratilgan   qismlar   va
funksiyalar   o‘rtasidagi   bog‘lanish   strukturaviy   aloqadorlikni   tashkil   qiladi.
Kimyoviy   birikmalardagi   mllekulalar,   tanadagi   a’zolar   o‘rtasida   mavjud   bo‘lgan
bohlanish strukturauiy aloqadorlik turiga kiradi.  Predmetda   olidin   mavjud   bo‘lmagan   xossa   yoki   holatni   keltirib   chiqaradigan
bog‘lanish deterministik (sababiy) aloqadorlikni tashkil qaladi. Sababiy bog‘lanish
va   aloqadorlarni   tadqiqot   qilish   jarayonida   olimlar   tekshirilayotgan   ob’ektning
harakatini, holatini bnlgilaydigan qonunlarni kashf etiladi. 
Munosabat va bog‘lanishni bavosita yuzaga kelishi aloqadorlik tufayli hosil bo‘lsa,
ularni bevosita sodir bo‘lishi o‘zaro ta’sirda namoyon bo‘ladi. 
O‘ z a r o   t a ‘ s i r   harakat va o‘zgarishni umumiy amalga oshish usuli bo‘lib, u
narsa   va   hodisalarning   bir   –   birlariga   massa,   energiya   va   strukturaviy   almashish
yo‘li   Bilan   ta’sir   ko‘rsatishni   bildiradi.  Olamdagi   qaysi   bir   predmetni   olmasak,   u
o‘zini   elementlari   o‘rtasidagi   o‘zaro   ta’sir   tufayli   mavjud   bo‘ladi   va   o‘zligini
saqlaydi. 
O‘zaro   ta’sir   va   bog‘lanish   o‘rtasida   o‘xshashlik   bor.   Bularni   har   ikkalasi
aloqadorlikni turidir, namoyon bo‘lish usulidir. SHu bilan birga ular o‘rtasida farq
ham   bor.   Ta’kidlaganimizdek,   har   qanday   o‘zaro   ta’sir   bog‘lanishni   vujudga
keltiradigan   jarayondir.   Lekin   buni   aksini   (ya’ni   har   qanday   bog‘lanish,
aloqadorlik   o‘zaro   ta’sirni   bildiradi   ma’nosida)   aytib   bo‘lmaydi.   Haqiqatni   o‘am,
o‘zaro   ta’sirsiz   namoyon   bo‘ladigan   bevosita   aloqadorliklar   mavjuddir.   Masalan,
falsafa va ijtimoiy ishlab chiqarish darajasi (taraqqiyoti) o‘rtasida aloqa bor, lekin
ular   o‘rtasida   bevosita   o‘zaro   ta’sir   mavjud   emas.   Bo‘lmasam   XIX   asrni   boshida
Olmoniya emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish jihatdan ancha rivojlangan Angliya
taraqqiyparvar falsafaga ega bo‘lishi kerak edi. 
Borliqda   mavjud   bo‘lgan   aloqadorlik,   sababiy   bog‘lanish   va   o‘zaro   ta’sirni
o‘rganish   sababiyat   haqidagi   falsafiy   g‘oyani,   ya’ni,   determinizmni   (lat.
determinare   –   belgilamoq,   sabab   bo‘lmoq)   shakllanishiga   olib   keldi.
Determinizmning   asosiy   tamoyilini   barcha   narsa   va   hodisalar   bir   –   biri   bilan
sababiy   bog‘langan   dekan   qoida   tashkil   qiladi.   Bu   qoidaga   ko‘ra   olam   betartib
sochilgan   narsalar   majmui   emas,   balki   tartiblashgan,   tizimlashgan   va   o‘zaro
bog‘langan   ob’ektlardan   tashkil   topgan   dunyodir.   Determinizmga   nisbatan
muqobil   yo‘nalishni   indeterminizm   tashkil   qiladi.   Bu   ta’limotda   sababiy
bog‘lanishning   ob’ektiv   xarakteri,   ilmiy   bilish   sohasida   sababiy   tushuntirishning
qadr   –   qimmati,   tabiat   va   jamiyatda   sababiy   bog‘lanishni   namoyon   etuvchi
qonunlarni   mavjudligi   inkor   qilinadi.   Baholanki   bili   shva   inson   amaliyoti   tarixi
shuni   ko‘rsatadiki,   sababiy   bog‘lanishlarni   o‘rganish   narsa   va   hodisalarni   ilmiy
nuqtai   nazarda   tushuntirishga,   tabiat   va   jamiyatda   amal   qiladigan   ob’ektiv
qonunlarni tahlil etish asosida ilmiy bashorat qilishga yordam beradi. 
Sababiy bog‘lanishlarni,  yalpi  aloqadorlkni  yana  ham   chuqurroq tushunish   uchun
dialektika kategoriyalariga murojat qilishga to‘g‘ri keladi. 
Borliq dialektikasining bu jihatlarini o‘rganish olamning ko‘p bosqichli va rang –
barang tasvirini berish asosida ilmiy va falsafiy dunyoqarashni, bilish va amaliyot natjalarini   umumlashtirish,   inson   faliyatini   xususiyati   va   yo‘nalishiga   ma’lum
tazrda baho berish imkoniyatini beradi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Koxanovsiy   V.P.   Filosofiya   i   metodologiya   nauki.   –   Rostov   na   Donu.:
Feniks, 1999.     –  S 576.
2.   Qo‘shoqov SH.S. Dialektika rivojlanish konsepsiyasi.  –  S., 2000. –B. 8 6 .
3. SHermuxamedova N.A. Gnoseologiya. –T.O‘FMJ. 2007. -460 s.
4. SHermuxamedova N.A. Falsafa. -Toshkent, Noshir.2012. -1207 b.
5. SHermuxamedova N.A.  Borliq  va rivojlanish falsafasi.-Toshkent, Noshir, 
2013.  -720 b. 
Shermuhamedova   N.A.   Falsafa   va   fan   metodologiyasi.   Toshkent,   Fan   va
texnjlogiyalar. ,  200 8 .  -420 b Savol va topshiriqlar
1. Dialektika ta’limotini ng  muhim vazifalaridan biri  qaysi hisoblanadi?
2. Munosabat tushunchasi qanday ta’riflanadi?
3. Falsafa kategoriyalari qanday turkumlarga ajratiladi?
4. Bilish nazariyasiga oid kategoriyalar ga qaysi kategoriyalar kiritiladi?
5. Kategoriyalar qanday yo’llar bilan rivojlangan?
6. Mohiyat va hodisa o’rtasidagi bog’liqlik qanday?
7. Metafizik tafakkur qanday ko’rinishda namoyon bo’ladi?
8. Zaruriyat qanday tavsiflanadi?
9. Tasodifiyatning zaruriyatdan farqi nimada?
10.  Statistik qonunlarning ochilishida qaysi kategoriya muhim bo’ldi?
TEST
1. “Hodisa-mohiyat” kategoriyasining qaysi kategoriya bilan umumiyligi bor?   
A) yakkalik-umumiylik    B) zarurat-tasodifiyat   C) sabab-oqibat   D) alohidalik
2. Kategoriya so’zining ma’nosi nima”
A)  ko‘rsatma, guvoh, tur    B) dunyoqarash    C) mohiyat   D) o’ziga xoslik
3.  Borliq to‘g‘risidagi ta’limot kategoriyalari  ko’rsatilgan javobni belgilang?
A)  olam, substansiya, materiya ;   B)  harakat, makon va vaqt,  in’ikos;
C)  cheklik va cheksizlik , mohiyat    D) umumiylik, zaruriyat, oqibat
4.  Dialektika kategoriyalari  qaysilar?
A)  yakkalik va umumiylik, xodisa va mohiyat   B)  harakat, makon va vaqt,  in’ikos;
C)  cheklik va cheksizlik , mohiyat     D)  olam, substansiya, materiya ;   
5. Kategoriyalar necha yo’lda rivojlangan?
A) 2    B) 4     C)  5     D)3
6. Ilgari holati bilan belgilangan aloqadorlikning shakliga nima deyiladi?
A) zaruriyat      B) tasodifiyat     C) mohiyat     D)oqibat
7. Predmetning ichki, barqaror xususiyatini, bir butunligini, xossa va 
tomonlarining muayyanligini bildiruvchi tushuncha?
A) mohiyat    B) hodisa    C) kategoriya    D) aloqadorlik
8. Statistik qonunlarning ochilishida qaysi kategoriya muhim bo’ldi?
A) Tasodifiyat    B) zaruriyat     C) oqibat     D) sababiyat
9. Hodisaga mos ta’rifni belgilang?
A) alohida olingan narsaning yakka o‘zgaruvchan holatini, unda ma’lum fazo va 
vaqt intervalida (oralig‘ida) sodir bo‘ladigan juz’iy jarayonni bildiradi;
B) bu ilgari holati bilan belgilangan aloqadorlikning shakli bo‘lib, bunda voqea – 
sababning sodir bo‘lishi qonuniy ravishda hodisa – oqibatni yuzaga keltiradi.
C) predmetning ichki, barqaror xususiyatini, bir butunligini, xossa va 
tomonlarining muayyanligini bildiradi.
D) bu sabab va oqibat o‘rtasidagi shunday bog‘lanishni bildiradiki, unda sababiy 
asosdan tanlash imkoniyati, alternativ holat bo‘lgani uchun hodisaning yo bux ili 
kelib chiqishi mumkin. 10. Mohiyat masalasi ilmiy bilish tili muammosidir («mohiyat» degan xislat bormi,
faktni, hodisani mohiyat deb atash mumkinmi yoki yo‘qmi ma’nosida), aslida faqat
idrok qilish mumkin bo‘lgan hodisalar mavjud degan g‘oya qaysi falsafiy 
tarmoqqa xos?
A) Neopozitivizm va tanqidiy rapionalizm falsafasi    B) G’arb falsafasi
C) Materialistik falsafa       D) Idealistik falsafa
KROSSWORD
1. M o h i y a t
2. H a q i q a t
3. D e m o k r i t
4. G o l b a x
5. S p i n o z a
6. T a s o d i f i y a t
7. H  o d i s a
8. K a t e g o r i y a
Savollar:
1. Predmetning ichki, barqaror xususiyatini, bir butunligini, xossa va 
tomonlarining muayyanligini bildiruvchi tushuncha?
2. Bilish nazariyasiga oid kategoriyalar idan biri?
3-5. Narsalarning tabiatida hech qanday tasodifiylik yo‘q, ularning barcha 
xislatlari zaruriyatga ko‘ra mavjud bo‘ladi deb hisoblagan mutafakkirlar?
6. Zaruriyat va _______ nisbatdosh kategoriyalar bo‘lib, hodisalarning o‘zaro 
bog‘langanligini belgilanish yoki ro‘ybga chiqish darajani jixatini, miqyosini 
ifodalaydilar?
7. Alohida olingan narsaning yakka o‘zgaruvchan holatini, unda ma’lum fazo 
va vaqt intervalida (oralig‘ida) sodir bo‘ladigan juz’iy jarayonni bildiruvchi 
tushuncha?
8.   Nima   orqali   inson   o‘z   tajribasini   umumlashtirgan,   dunyoqarashini
shakllantirgan ?

MOHIYAT VA HODISA, ZARURAT VA TASODIF KATEGORIYALARI I. Kirish II. Asosiy qism 1.Mohiyat tushunchasi 2.Mohiyat va hodisa 3.Zaruriyat va tasodif. III. Xulosa

Dialektika ta’limotini muhim vazifalaridan biri insonni olam bilan bog‘lab turadigan, predmetlarning harakatlari va o‘zgarishlarida namoyon bo‘ladigan aloqadorliklar va qonuniyatlar to‘g‘risida umumiy tasavvurlarni, tushunchalarni shakllantirishdir. Borliqni dialektik tarzda o‘rganishni muhim nazariy natijalaridan bir – moddiy va ma’naviy predmetlar olamida yakka, juz’iy va umumiy aloqa va bog‘lanishlar bilan birga eng umumiy, universal (har tomonlama, beistisno barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan ) aloqadorliklar mavjudligi haqidagi xulosa bo‘ldi. YAlpi, universal aloqadorlik munosabat, aloqa, bog‘lanish, ta’sir va aks ta’sir orqali o‘zini namoyon etadi. SHu bilan birga munosabat har qanday aloqa, bog‘lanish, ta’sir va o‘zaro ta’sirga xos bo‘lgan muhim tomon yoki jihatdir. Barcha narsa va hodisalar bir – birlari bilan doimo o‘zaro munosabatda va aloqada bo‘ladilar. M u n o s a b a t – o‘zaro aloqadorlikning zaruriy lahza narsalarning bir – biridan shartlanganligidan, o‘zaro qaramalikdan, bog‘lanishdan kelib chiqadi. Predmetning xossasi, belgilari uning boshqa predmetga yoki tevarak muhitga bo‘lgan munosabati mavjud bo‘ladi. Borliqda munosabat turli xil shakl, daraja va amalga oshish usullariga egadir. Aytaylik, munosabatlar ichida ijtimoiy munosabatlar alohida xususiyatga egadir. Har bir inson o‘zi yaratgan predmetlar, tashkilotlar, g‘oyalar va individlar Bilan ijtimoiy, madaniy, ma’naviy mafkuraviy va boshqa xildagi munosabatni o‘rnatdi, shu munosabat doirasida faoliyat ko‘rsatadi. Munosabatning konkret ko‘rinishi, namoyon bo‘lish shakli aloqa va uning xususiyati bilan belgilanadi. A l o q a predmetlarning bir – biri bilan uzviy bog‘lanishini, o‘zaro taqazo etishini bildiradigan borliqning tub xossasidir. Bilish va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, u yoki bu hodisani tushunish uchun uning boshqa hodisalar bilan bog‘lanishini tadqiqot qilish kerak. Aloqaning borliqni tub, universal xossasi ekanligi aloqadorlik kategoriyasida ifodalanadi. A l o q a d o r l i k - barcha tizim va tuzilmalarni, narsa va hodisalarni bir -0 biri bilan bog‘lovchi, ichki va tashqi xossalarni yuzaga keltiradigan, ularga barqarorlik yalpi, universal va atributiv (mohiyatli, ajralmas) xislatdir. Aloqadorlikning mavjudligini asosida narsa va hodisalarni bir – biriga bog‘liqgi yotadi. Bilish jarayonida bir hodisani tushunish uchun uni boshqa hodisalar bilan bog‘langanligini ko‘rib chiqadilar. Masalan, mexanikada pastga tushuyotgan jismni sharqdan g‘arbga qarab og‘ishi hodisani Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan shu jism o‘rtasida bog‘lanish borligi bilan tushuntiradilar. Aloqadorlik ikki tomonlama bog‘lanish shaklida namoyon bo‘lsa, unda o‘zaro bog‘lanish yuzaga keladi. Er sathini strukturasi va iqlim o‘rtasida mavjud bo‘lgan bog‘lanish shunga misol bo‘ladi.

O‘zaro bog‘lanishining qarama – qarshi tomoni xolislikdir. X o l i s l i k ajratilganlikni, yakkalikni ko‘rinishi bo‘lib, u predmetlarning nisbiy mustaqqilligini ifodalaydi, ularning mavjud bo‘lish me’yorini, chegarasini bildiradi. O‘zgarish va rivojlanish jarayonida xolislik va bog‘lanish o‘z o‘rinlarini almashtiradilar, ya’ni, xolislik holati yo‘qolib bog‘lanish, aloqa vujudga keladi va aksincha, bog‘lanish biron – bir yangi xossa yoki holatni paydo qilib, xolislikni keltirib chiqarishi mumkin. 2. Dialektika kategoriyalari. Dialektik tafakkurning muhim funksiyalaridan biri insonni olam bilan bog‘lab turadigan, harakat va o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladigan aloqadorliklar va qonuniyatlar haqida umumiy tasavvurlarni, tushunchalarni hosil qilishdir. Umumiy aloqadorlikni, uni aks ettiruvchi tushunchalar, kategoriyalar tizimini yaratish qadim zamonlardayoq falsafani diqqat markazida turgan. Falsafada k a t e g o r i ya l a r ( grekcha – ko‘rsatma, guvoh, tur ) borliq va uni bilish jarayoniga oid eng umumiy tomonlarni, munosabatlarni va aloqadorlikni aks ettiruvchi tushunchalar deb belginalandi. Kategoriyalar orqali inson o‘z tajribasini umumlashtirgan, dunyoqarashini shakllantirgan. In’ikos etilayotgan aloqadorlik va bog‘lanishalrni, borliqning universal xislatlari va qonuniyatlarini miqyosi va mazmunini nazarga olib falsafiy kategoriyalarni uch turkumga bo‘lish mumkin: 1. Borliq to‘g‘risidagi ta’limot kategoriyalari (borliq, olam, substansiya, materiya, harakat, makon va vaqt, cheklik va cheksizlik va boshqalar). F a ls a f a k a t e g o r iy a la r i Borliq to‘g‘risidagi ta’limot kategoriyalari Bilish nazariyasiga oid kategoriyalar Dialektika kategoriyalari

2. Bilish nazariyasiga oid kategoriyalar (bilish, in’ikos, haqiqat, adekvatlik, obraz, tafakkur va boshqalar). 3. Dialektika kategoriyalari (yakkalik va umumiylik, xodisa va mohiyat va hokazo). Borliq olam materiya makon vaqt bilish haqiqat tafakku r

Ijtimoiy hayotning, fan va falsafaning taraqqiyoti bilan birga kategoriyalar ham rivojlanib boradilar. Ular asosan ikki yo‘l Bilan rivojlanadi: 1) o‘tmishda shakllangan va hozirgi paytda ishlatilayotgan kategoriyalar mazmunining boyib borishi; 2) yangi kategoriyalarning vujudga kelishi va shakllanishi. Falsafada keng qo‘llanilayotgan YAngi kategoriyalar qatoriga sistema (tizim), element – struktura, garmoniya, taraqqiyot va tanazzul kategiriyalarini kiritish mumkin. Kategoriyalarni vujudga kelishi va shakllanishi, ularning mazmuni va sonini boyib borishi moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish darajasi, insonning olamga bo‘lgan munosabatining ko‘p qirraligi, fan va madaniyatning rivojlanishi bilan belgilanadi. Falsafiy kategoriyalar tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallagan d i a l e k t i k a k a t e g o r i ya l a r i borliqda mavjud bo‘lgan barcha ob’ekt va predmetlarda, narsa va hodisalarda namoyon bo‘ladigan aloqadorliklarni, o‘zaro bog‘lanishlarni, eng umumiy atributiv xislatlar va qonuniyatlarni aks ettiradigan universal (ya’ni har tomonlama qamrab oladigan) tushunchalardan iboratdir. Dialektika kategoriyalarining xususiyatlaridan biri – o‘zaro uzviy bog‘langan, biri ikkinchisiga aylanib ketadigan xislatlarni, biri ikkinchisini keltirib chiqaradigan tomonlarni, xossalarni ifodalagani uchun ularning juft yoki uchlama holatda ishlatilishidir (ayniyat – tafovut, qism – butun, sistema – struktura – element va boshqalar). Kategoriyalarni tahlil qilishga o‘tar ekanmiz, quyidagi tartibga amal qilamiz. Oldin borliqdagi narsa va hodisalarning eng umumiy mavjud bo‘lish xossalarini, tomonlarini aks ettiradigan kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz. Keyin shu kategoriyaga mazmunan yaqin turgan. Ob’ektlarni tartiblanganligini, murakkabroq universal qonuniyatlarini ifodalaydigan kategoriyalar tahlil qilinadi. Va, nihoyat,sabab oqibat hodisa mohiyat yakkalik umumiyli k