Moodle electron ta’lim tizimi va undan foydalanish
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MUSTAQIL ISHI Mavzu: Moodle electron ta’lim tizimi va undan foydalanish Samarqand – 2022. Reja: 1. Masofaviy ta’lim haqida tushuncha
2. Moddle tizimi 3. Moddle tizimini o’rnatish va sozlash 4.
Ushbu maqolada Moodle tizimidan yangi foydalanayotganlarning vujudga kelgan savollariga javoblarni o’zida mujassamlaydi. O’z-o’zidan Moodle elektron o’quv tizimi foydalanishda unchalik murakkab emas. Lekin birinchi bor Moodle tizimi bilan to’qnashgan va uni qanday prinstiplar asosida qurilganligi bilan ishlashini bilmaganlarda undan foydalanishda muammolar paydo bo’lishi mumkin. Bunday muammolarga misol qilib foydalanuvchining Moodle tizimini ishlash prinstpini bilmasligi, muammolarni Moodle tizimida hal qilish pristplarini bilmasligi misol bo’la oladi. Bularning ichida murakkab va tezkor hal etilishi talab etuvchi, shunga o’xshash ko’plab muammolar to’planib birga kelishi tizimni murakkablashtirib yuboradi, bu esa tizimda foydalanishning “afsona” ga aylantirib qo’yadi. Bunday “afsona” lardan biri oliy o’quv yurtlari tizimida foydalanuvchi moxir dasturchi bo’lishi va u faqat Moodle tizimida ishlashi kerek degan xulosaga olib keladi. Hozirgi kunda yig’ilib qolgan manbalarni jamlash va tizimlashtirish uchun Moodle Centerda http://moodle-center.ru sayti yaratilgan. Ushbu sayt vaqt o’tishi bilan ommalashib Moodle tizimining ishlashi haqida ma’lumotlar joylashtirila bordi va tizimning asosiy manbasiga aylandi. Moodle tizimi bu masofaviy ta’lim va elektron ta’limni qo’llab quvvatlovchi tizim hisoblanadi. Uning imkoniyatlari bilan tanishib chiqamiz. Masofaviy ta’lim – zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari vositasida masofadan turib ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish orqali ma’lum fan yoki soha bo’yicha o’qitish shakli bo’lib, an’anaviy ta’limga nisbatan o’ziga xos avzalliklarga ega. U bir vaqtning o’zida jamoaning keng qatlamiga ta’lim berishda qo’l keladi. Fan-texnika rivojlanishi tufayli o’quvchilarga berilishi zarur bo’lgan axborot miqdori nihoyat darajada ko’payib bormoqda. Bu axborotlarni talabalarga an’anaviy usul va vositalar yordamida yetkazib berish murakkab vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Bugungi kunda talabalarga bilim berish jarayonida masofadan turib o’qitish juda zarur vositalardan biri bo’lib, jahon miqiyosida bu sohada katta yutuqlarga erishilmoqda. Bunga misol tariqasida MOODLE tizimida masofadan ta’lim berishni misol qilib olish mumkin.
Moodle- bu sayt tarkibiga kirivchi boshqarish tizimi bo’lib, o’qituvchining onlayn-kurs yordamida dars berishiga mo’ljallangan tizimdir. Moodle tizimi asosan mudulli ob’ektga mo’ljallangan dinamik ta’lim muhitini boshqarish tizimi bo’lib hisoblanadi. Moodle tizimining asoschisi Avstraliyaning Curtin universiteti “Kompyuter ilmi va ta’lim” yo’nalishi o’qituvchisi Martin Dougiamas bo’lib, u bu sistemani yaratish g’oyasini 1999 yilda ilgaru surdi va 2002 yilda Moodle 1.0 tizimini yaratdi. Bu sistema bepul kengaytirilgan dasturiy kompleks bo’lib, o’zining funksional imkoniyatlariga asosan keng miqiyosida masofaviy ta’lim olivchilarga qulayliklar yaratib beradi. Bugungi kunda moodle tizimidan jahonning nufuzli universitetlari ta’lim berish jarayonida foydalanib kelmoqda. Moodle - masofaviy ta’limni boshqarish tizimining bugungi kunda jahonning 200 ga yaqin mamlakatlarida 70 tilga mo’ljallangan 46 mingdan ortiq ta’lim portallari bo’lib, unga 2 mlnga yaqin foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tkazilgan va ular 300 dan ortiq ishlab chiqaruvchi dasturchilarni o’zida mujassamlashtirgan. Moodle - kurslarni boshqarish tizimi, bundan tashqari, o'quv jarayonini boshqarish tizimi va virtual o'qitish maydoni nomlari bilan ham mashhur. Ochiq kodli GNU GPL lizentsiyasi asosida tarqatiluvchi on-line ta'lim jarayonini tashkil etuvchi saytlarni yaratish uchun Martin Dougiamas tomonidan yaratilgan maxsus dastur. Dunyo miqyosida 2011 yil dekabr xolatiga ushbu platformadan foydalanuvchi 72 177 ta saytlar ro'yxatdan o'tgan va tekshirilgan. Ulardagi jami kurslar soni 5.8 million va foydalanuvchilar soni 57 milliondan ortiqni (57.112.669) tashkil etadi. Moodle - Modular Objest-Oriented Dynamis Learning Environment so'zlarining qiskartmasidan pay do bo'lgan so'z bo Tib, modullar ob'ektga yo'naltirilgan dinamik o'quv platformasi ma'nosini beradi. Moodle (modulli obyektga yo'naltirilgan dinamik o'quv muhiti) o'zida tizimning bir nechta sinflarini birlashtiradi: - Saytni boshqarish tizimi (CMS); - Ta'limni boshqarish tizimi (LMS); - Ta'limning virtual muhiti (VLE); Moodle ochiq kodli platforma (GNU Public License ga asoslanib) sifatida keng tarqalgan. Moodle tizimi SCORM 1.2 standartigi mos sertifikatga ega.
Moodle - bu o'qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) dir. Uni ko'pincha e-learning tizimlarni o'qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems - LMS) yoki virtual o'qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham ataladi. Moodle - bu alohida onlayn-kurslar kabi, ta'lim veb-saytlarini ishlab chiquvchi instrumentlar sohasidir. Loyiha asosida sotsial konstruktivizm nazariyasi va uni o'qitishni ishlatish yotadi. Martin Dougiamas. Universitetni Computer Science va Education mutaxassisligi kursni tugatgandan keyin, u "The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective inquiry" mavzusidagi dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo'llash orqali ta'limni qo'llab - quwatlash platformasini yaratish g'oyasi unda 1999 yilda Curtin University (Avstraliya) universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi. Moodle keng tarqalgan WebCT va Blackboard tijorat e-learning platformalarining o'rnini bosish uchun emas, balki o'qitish imkoniyatlarini kengaytirish vositasi sifatida yaratilishi kerak edi. Ammo, Moodle arxitekturasi va bu platformaga qo'yilgan prinsiplar shunchalar omadli bo'ldiki, uni jahon hamjamiyati tan oldi. Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua o'zining funksional imkoniyatlari, o'rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o'qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko'pgina talablarini qanoatlantiradi. Moodle masofaviy sohada o'qitish jarayonini to'la qo'llab-quwatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi - o'quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o'zlashtirish nazorati.