logo

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi qonuni” va ta’lim tizimi turlari

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

60.4931640625 KB
Mavzu:   O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi qonuni” va
ta’lim tizimi turlari
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risda”gi Qonuni .
2. Ta’lim tizimi va turlari.
Kirish
Ta'lim tug'risidagi qonun, ta'lim sohasida qo'llanadigan huquqiy hujjatlarni, 
o'quv jarayonining tashkil etilishini, o'quv muassasalarining ish faoliyatini, 
o'qitish sifatini, o'qituvchi kadrlarni tayyorlashni va boshqalar kabi mavzularni o'z
ichiga oladi. U qonun bilan ta'lim sohasidagi tartib va tizimni belgilaydi va ta'lim 
sohasidagi tadbirlar va qarorlarga asoslash uchun yo'l harakatini aniqlaydi.
Ta'lim tug'risidagi qonun ma'murxona o'quv dasturini, talabalarning o'qitish 
va o'rganish texnikasini, sertifikatlanish va diplomalarni amalga oshirish tartibini,
ta'lim turlarini, topshirish tizimini va boshqalar kabi muhim masalalarni ham o'z 
ichiga oladi.
Bundan tashqari, ta'lim tug'risidagi qonun, ta'limning uning sifatini 
ta'minlash uchun tanlov sistemalarini, ta'limning barcha bosqichlarini, o'quv 
yonalishlarini belgilash, talabalarning huquqlarini himoya qilish, inkluziv ta'limni
tashkil etish, ta'limni rivojlantirish va boshqalar kabi muhim masalalarni ham 
ko'radi.
Bular bilan birga, ta'lim tug'risidagi qonun ta'lim sohasidagi barcha 
muvaffaqiyat va rivojlanishni ta'minlash, ta'limning sifatini oshirish, huquqni 
himoya qilish va jamiyatning inson manfaatlarini muhofaza qilish maqsadida 
amalga oshiriladi.
Quyida “Ta’lim tug‘risidagi qonun”ni barcha moddalari va ularning tasnifini
ko‘rib chiqamiz.
P Q-637-son 23.09.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TA’LIM TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda.   Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu   Qonunning   maqsadi   ta’lim   sohasidagi   munosabatlarni   tartibga
solishdan iborat.
2-modda.   Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ta’lim   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlari   ushbu   Qonun   va   boshqa   qonun
hujjatlaridan iboratdir. Agar   O‘zbekiston   Respublikasining   xalqaro   shartnomasida   O‘zbekiston
Respublikasining   ta’lim   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda.   Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat   akkreditatsiyasi   —   davlat   ta’lim   muassasalari   va   tashkilotlari,
shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari
deb   yuritiladi)   faoliyatining   davlat   ta’lim   standartlari   va   davlat   ta’lim   talablariga
hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda
ularning   bitiruvchilariga   ma’lumot   to‘g‘risidagi   hujjatlarni   topshirish   huquqining
taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat   ta’lim   muassasasi   —   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari
tomonidan   davlat   mulki   bo‘lgan   mol-mulk   negizida   tashkil   etilgan,   davlat   ta’lim
standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat   ta’lim   standartlari   —   davlat   tomonidan   ta’limning   mazmuni   va
sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat   ta’lim   talablari   —   ta’limning   tuzilmasiga,   mazmuniga   va   uni
amalga   oshirish   shart-sharoitlariga,   shuningdek   ta’lim   oluvchilarning   jismoniy,
shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;
malaka   —   shaxsning   kasbiy   faoliyatning   muayyan   turini   bajarishga
tayyorgarligini   ifodalaydigan,   ma’lumot   to‘g‘risidagi   tegishli   hujjat   bilan
tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi;
mutaxassislik   —   malaka   berish   bilan   yakunlanadigan   muayyan   kasbiy
tayyorgarlik turining nomi;
nodavlat   ta’lim   tashkiloti   —   davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim
talablari   va   o‘quv   dasturlariga   muvofiq   ta’lim   xizmatlari   ko‘rsatish   faoliyatini
amalga   oshirish   huquqini   beradigan   litsenziya   asosida   ta’lim   xizmatlari
ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya   —   aniq   maqsadli   hamda   ijtimoiy-tarixiy   tajriba   asosida   yosh
avlodni   har   tomonlama   kamol   toptirishga,   ularning   ongini,   ma’naviy-axloqiy
qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim   —   ta’lim   oluvchilarga   chuqur   nazariy   bilim,   malakalar   va   amaliy
ko‘nikmalar   berishga,   shuningdek   ularning   umumta’lim   va   kasbiy   bilim,   malaka
hamda   ko‘nikmalarini   shakllantirishga,   qobiliyatini   rivojlantirishga   qaratilgan
tizimli jarayon;
ta’lim kampusi  — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-
tadqiqot   institutlarini   (markazlarini),   ishlab   chiqarish   majmualari   va
texnoparklarni,   ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilarining   vaqtincha   yashash
joylarini,   laboratoriyalarni,   axborot-resurs   markazlarini   (kutubxonalarni),   sport
inshootlarini,   umumiy   ovqatlanish   ob’ektlarini   o‘z   ichiga   olgan   binolar   hamda
inshootlar   majmuidan   iborat   bo‘lgan,   o‘quv   jarayoni,   ma’naviy-axloqiy
tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti; ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilari   —   ta’lim   oluvchilar,   voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog
xodimlar va ularning vakillari;
ta’lim   tashkilotlari   attestatsiyasi   —   ta’lim   tashkilotlarining   faoliyatini
baholash,   davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim   talablari   hamda   o‘quv
dasturlariga   muvofiq   kadrlar   tayyorlash   mazmuni,   darajasi   va   sifatini   aniqlash
bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
4-modda.   Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
1) ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
2) ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
3) ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
4) ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
5) ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
6) ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
7) ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
8) o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida
umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
9) davlat   ta’lim   standartlari   va   davlat   ta’lim   talablari   doirasida   ta’lim   olishning   hamma   uchun
ochiqligi;
10) o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
11) insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
12) jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
13) ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
14) bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
15) ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
16) ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
5-modda.   Ta’lim olish huquqi
Jinsi,   irqi,   millati,   tili,   dini,   ijtimoiy   kelib   chiqishi,   e’tiqodi,   shaxsiy   va
ijtimoiy   mavqeidan   qat’i   nazar,   har   kimga   ta’lim   olish   uchun   teng   huquqlar
kafolatlanadi.
Ta’lim olish huquqi:
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim   tashkilotlarida   innovatsion   faoliyatni   qo‘llab-quvvatlash   va   o‘quv
dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki,
masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni
bepul olish;
oilada   yoki   mustaqil   o‘qish   orqali   ta’lim   olgan   fuqarolarga,   shuningdek
umumiy   o‘rta   ta’lim   olmagan   shaxslarga   akkreditatsiyadan   o‘tgan   davlat   ta’lim muassasalarida   eksternat   tartibida   attestatsiyadan   o‘tish   huquqini   berish   orqali
ta’minlanadi.
Chet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga
va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
O‘zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashayotgan   fuqaroligi   bo‘lmagan
shaxslar   ta’lim   olish   uchun   O‘zbekiston   Respublikasi   fuqarolari   bilan   teng
huquqlarga ega.
2-BOB. TA’LIM TIZIMI, TURLARI VA ShAKLLARI
6-modda.   Ta’lim tizimi
Ta’lim tizimi:
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlarini;
davlat   ta’lim   standartlarini,   davlat   ta’lim   talablari   va   o‘quv   dasturlarini
amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim   tizimining   faoliyat   ko‘rsatishi   va   rivojlanishini   ta’minlash   uchun
zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim   sohasidagi   davlat   boshqaruvi   organlarini,   shuningdek   ularning
tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7-modda.   Ta’lim turlari
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
1) maktabgacha ta’lim va tarbiya;
2) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
3) professional ta’lim;
4) oliy ta’lim;
5) oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
6) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
7) maktabdan tashqari ta’lim.
8-modda.   Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya   bolalarni   o‘qitish   va   tarbiyalashga,   ularni
intellektual,   ma’naviy-axloqiy,   etik,   estetik   va   jismoniy   jihatdan   rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya   olti   yoshdan   yetti   yoshgacha   bo‘lgan
bolalarni   boshlang‘ich   ta’limga   bir   yillik   majburiy   tayyorlashni   ham   nazarda
tutadi.
Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiyani   tashkil   etish   tartibi   ushbu   Qonun,
shuningdek   «Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya   to‘g‘risida»gi   O‘zbekiston
Respublikasi   Qonuni   bilan belgilanadi.
9-modda.   Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur
bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga
to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich   ta’lim   ta’lim   oluvchilarda   umumiy   o‘rta   ta’limni   davom
ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini
shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch   o‘rta   ta’lim   o‘quv   dasturiga   muvofiq   ta’lim   oluvchilarga   bilim,
malaka   va   ko‘nikmalarning   zaruriy   hajmini   beradi,   ularda   mustaqil   fikrlash   va
tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch   o‘rta   ta’lim   doirasida   (VII   sinfdan   so‘ng)   ta’lim   oluvchilarda
kasblar   bo‘yicha   birlamchi   bilim   va   ko‘nikmalarni   shakllantirish   uchun   ularni
professional   tashxislash   va   kasb-hunarga   yo‘naltirish   bo‘yicha   choralar   amalga
oshiriladi.
O‘rta   ta’lim   o‘quv   dasturiga   muvofiq   ta’lim   oluvchilar   tomonidan   zarur
bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi
tanlanishini   hamda   yuqori   malaka   talab   qilinmaydigan   kasblar   egallanishini
ta’minlaydi.
Professional   tashxislash   va   kasb-hunarga   yo‘naltirish,   shuningdek   ta’lim
oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   umumiy   o‘rta   ta’lim   tashkilotlarida   uzluksiz   tarzda,
majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim
asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual
qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-
xunarga va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘lov-
shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Iqtidorli   va   iste’dodli   bolalarning   qobiliyatini   rivojlantirish   uchun
Prezident,   ijod   va   boshqa   ixtisoslashtirilgan   maktablar,   shuningdek   maktab-
internatlar tashkil etilishi mumkin.
Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalar,
shuningdek   uzoq   vaqt   davolanishga   muhtoj   bo‘lgan   bolalar   davlat
ixtisoslashtirilgan   ta’lim   muassasalarida,   umumiy   o‘rta   va   o‘rta   maxsus   ta’lim
tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   tashkilotlarining   sinflarida   (guruhlarida)   ta’lim
oluvchilar soni o‘ttiz besh nafardan oshmasligi kerak.
10-modda.   Professional ta’lim Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi
darajalarni o‘z ichiga oladi:
1) boshlang‘ich professional ta’lim;
2) o‘rta professional ta’lim;
3) o‘rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang‘ich   professional   ta’lim   kasb-hunar   maktablarida   IX   sinf
bitiruvchilari   negizida   bepul   asosda   kunduzgi   ta’lim   shakli   bo‘yicha   umumta’lim
fanlarining   va   mutaxassislik   fanlarining   ikki   yillik   integratsiyalashgan   dasturlari
asosida amalga oshiriladi.
O‘rta   professional   ta’lim   kollejlarda   davlat   buyurtmasi   yoki   to‘lov-
shartnoma   asosida   kasblar   hamda   mutaxassisliklarning   murakkabligidan   kelib
chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim
shakllari   bo‘yicha   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus   ta’lim   hamda   boshlang‘ich
professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.
O‘rta   maxsus   professional   ta’lim   texnikumlarda   umumiy   o‘rta,   o‘rta
maxsus,   boshlang‘ich   professional   va   o‘rta   professional   ta’lim   negizida   davlat
buyurtmasi   yoki   to‘lov-shartnoma   asosida   kasblar   hamda   mutaxassisliklarning
murakkabligidan   kelib   chiqqan   holda,   davomiyligi   kamida   ikki   yil   bo‘lgan
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu   Qonun   kuchga   kirguniga   qadar   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi
(to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan
fuqarolar   ham   o‘rta   professional   va   o‘rta   maxsus   professional   ta’lim   olish
huquqiga ega.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi
tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar   shartnoma   asosida   ikkinchi   va   undan   keyingi   professional
ta’limni olish huquqiga ega.
11-modda.   Oliy ta’lim
Oliy   ta’lim   bakalavriat   ta’lim   yo‘nalishlari   va   magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy   ma’lumotli   kadrlarni   tayyorlash   oliy   ta’lim   tashkilotlarida
(universitetlar,   akademiyalar,   institutlar,   oliy   maktablar)   amalga   oshiriladi.
Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va
ikki   yillik   o‘rta   maxsus   ta’lim),   boshlang‘ich   professional   ta’lim   (to‘qqiz   yillik
tayanch   o‘rta   va   ikki   yillik   boshlang‘ich   professional   ta’lim)   olgan   shaxslar,
shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
(to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan
shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat   oliy   ta’lim   yo‘nalishlaridan   biri   bo‘yicha   chuqurlashtirilgan
bilim,   malaka   va   ko‘nikmalar   beradigan,   o‘qish   davomiyligi   kamida   uch   yil
bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura   tegishli   bakalavriat   negizidagi   aniq   mutaxassislik   bo‘yicha
o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura   mutaxassisliklarining   va   ularga   muvofiq   bo‘lgan   bakalavriat
ta’lim   yo‘nalishlarining   ro‘yxati   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi
organi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar   shartnoma   asosida   ikkinchi   va   undan   keyingi   oliy   ma’lumotni
olish huquqiga ega.
12-modda.   Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy   ta’limdan   keyingi   ta’limni   oliy   ta’lim   va   ilmiy   tashkilotlarda   olish
mumkin.
Oliy   ta’limdan   keyingi   ta’lim   doktorlik   dissertatsiyasini   tayyorlash   va
himoya   qilish   maqsadida   mutaxassislikni   chuqur   o‘rganishni   va   ilmiy   izlanishlar
olib   borishni   nazarda   tutadigan   tayanch   doktorantura,   doktorantura   va   mustaqil
izlanuvchanlik   asosida   ilmiy   darajaga   ega   ilmiy   va   ilmiy-pedagogik   kadrlar
tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch   doktorantura   falsafa   doktori   (Doctor   of   Philosophy   (PhD)
ilmiy   darajasiga   da’vogar   izlanuvchilar   uchun   ishlab   chiqarishdan   ajralgan   holda
tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha
oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura   fan   doktori   (Doctor   of   Science   (DSc)   ilmiy   darajasiga
da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan
oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy-pedagog   kadrlar   ixtisosligi   bo‘yicha   oliy   ta’limdan
keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori  (Doctor of Philosophy (PhD) yoki
fan   doktori   (Doctor   of   Science   (DSc)   ilmiy   darajalariga   da’vogar   izlanuvchilar
uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil  etiladigan oliy malakali  ilmiy
va ilmiy-pedagog  kadrlar  ixtisosligi  bo‘yicha  oliy ta’limdan keyingi   ta’lim   shakli
hisoblanadi.
Ilmiy   va   ilmiy-pedagogik   kadrlar   tayyorlash,   ilmiy   darajalar   va   ilmiy
unvonlar berish tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida
oliy ta’limdan keyingi ta’lim olish xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonun hujjatlarida
belgilanadi.
13-modda.   Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Kadrlarni  qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar  va kasblarga muvofiq
bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy
bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar   malakasini   oshirish   kasbiy   bilim,   malaka   va   ko‘nikmalarning
chuqurlashtirilishi   hamda   yangilab   borilishini   ta’minlaydi,   kadrlarning   toifasi,
darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirish   shakllari   va
muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
14-modda.   Maktabdan tashqari ta’lim Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil
etish   uchun   davlat   organlari,   nodavlat   notijorat   tashkilotlari,   shuningdek   tijorat
tashkilotlari   madaniy-estetik,   ilmiy,   texnikaviy,   sport   yo‘nalishidagi   maktabdan
tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan   tashqari   ta’lim   bolalarga   uzluksiz   ta’lim   berishning   tarkibiy
qismi   sifatida   ularning   iste’dodi   va   qobiliyatini   rivojlantirishga,   ma’naviy
ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan   tashqari   ta’lim   tashkilotlari   jumlasiga   bolalar,   o‘smirlar
ijodiyoti   saroylari,   uylari,   klublari   va   markazlari,   «Barkamol   avlod»   bolalar
maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari,
studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.
Maktabdan   tashqari   ta’lim   berish   tartibi   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat
boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi.
15-modda.   Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
1) ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
2) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
3) dual ta’lim;
4) oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
5) katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
6) inklyuziv ta’lim;
7) eksternat tartibidagi ta’lim;
8) mudofaa,   xavfsizlik   va   huquqni   muhofaza   qilish   faoliyati   sohasida   kadrlar
tayyorlash.
16-modda.   Masofaviy ta’lim
Masofaviy   ta’lim   o‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlariga   muvofiq   ta’lim
oluvchilar   tomonidan   zarur   bilim,   malaka   va   ko‘nikmalarni   axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalaridan   hamda   Internet   jahon   axborot   tarmog‘idan
foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy   ta’limni   tashkil   etish   tartibi   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda.   Dual ta’lim
Dual   ta’lim   ta’lim   oluvchilar   tomonidan   zarur   bilim,   malaka   va
ko‘nikmalarni   olishga   qaratilgan   bo‘lib,   ularning   nazariy   qismi   ta’lim   tashkiloti
negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual   ta’limni   tashkil   etish   tartibi   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
18-modda.   Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
Davlat   oilada   ta’lim   olishga   va   mustaqil   ta’lim   olishga   ko‘maklashadi.
Bolalarning   oilada   ta’lim   olishi   va   mustaqil   ta’lim   olish   uslubiy   va   maslahat
yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Oilada   ta’lim   olish   va   mustaqil   ta’lim   olish   tartibi,   shuningdek   ta’lim
oluvchilarning   toifalari   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organlari
tomonidan belgilanadi.
Oilada   ta’lim   olish   bolalar,   oila,   davlat   va   jamiyat   manfaatlarini   hisobga
olgan   holda   davlat   ta’lim   muassasasi   hamda   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   yoki
boshqa qonuniy vakillari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mustaqil   ta’lim   olish   yakka   tartibda   amalga   oshiriladi   hamda   ta’lim
oluvchilarni   kasbiy,   intellektual,   ma’naviy   va   madaniy   rivojlantirishga   xizmat
qiladi.
Oilada ta’lim  olgan  va mustaqil  ta’lim  olgan  shaxslarga  davlat  tomonidan
tasdiqlangan   namunadagi   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatni   berish   davlat   ta’lim
muassasalarining tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga
oshiriladi.
19-modda.   Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish
Katta   yoshdagilarni   o‘qitish   va   ularga   ta’lim   berish   butun   umr   davomida
o‘qitishning   markaziy   tarkibiy   qismi   bo‘lib,   ta’lim   berish   hamda   o‘qitishning
jamiyat   hayotida   va   mehnat   faoliyatida   katta   yoshdagilarning   ishtirok   etishini
ta’minlashga   qaratilgan   barcha   shakllarini   o‘z   ichiga   oladi,   shuningdek   rasmiy,
norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
Rasmiy   ta’lim   davlat   ta’lim   muassasalari   hamda   davlat   tomonidan   tan
olingan   akkreditatsiyadan   o‘tgan   nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   ishtirokidagi
institutsionallashtirilgan   (muayyan   qoidalar   va   normalarni   mujassamlashtiruvchi),
aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan ta’limdir.
Norasmiy ta’lim ta’lim xizmatlari taqdim etilishini ta’minlovchi shaxs yoki
tashkilot   tomonidan   institutsionallashtirilgan   (muayyan   qoidalar   va   normalarni
mujassamlashtiruvchi),   aniq   maqsadga   yo‘naltirilgan   va   rejalashtirilgan   bo‘lib,
shaxsni butun hayoti davomida o‘qitishdagi rasmiy ta’limga qo‘shimcha va (yoki)
uning muqobilidir.
Informal   ta’lim   aniq   maqsadga   yo‘naltirilgan,   ammo
institutsionallashtirilmagan   (muayyan   qoidalar   va   normalarni
mujassamlashtirmagan),   rasmiy   yoki   norasmiy   ta’limdan   ko‘ra   kamroq
tashkillashtirilgan   va   tarkiblashtirilgandir   hamda   oiladagi,   ish   joyidagi,   yashash
joyidagi va kundalik hayotdagi o‘quv faoliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.
20-modda.   Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv   ta’lim   alohida   ta’lim   ehtiyojlari   va   individual   imkoniyatlarning
xilma-xilligini   hisobga   olgan   holda   barcha   ta’lim   oluvchilar   uchun   ta’lim
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalar
(shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv   ta’limni   tashkil   etish   tartibi   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
21-modda.   Eksternat tartibidagi ta’lim E ksternat   tartibidagi   ta’lim   olish   o‘quv   dasturlarini   mustaqil   ravishda
o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat
ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi.
Eksternat   tartibidagi   ta’lim   olishni   tashkil   etish   tartibi   O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
22-modda.   Mudofaa,   xavfsizlik   va   huquqni   muhofaza   qilish   faoliyati
sohasida kadrlarni tayyorlash
Mudofaa,   xavfsizlik   va   huquqni   muhofaza   qilish   faoliyati   sohasida
kadrlarni   tayyorlash   ularning   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3-BOB. TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISH
23-modda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   ta’lim
sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim   sohasidagi   davlat   dasturlarini   tasdiqlaydi   va   ularning   amalga
oshirilishini ta’minlaydi;
ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi;
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, pedagog
kadrlarni   va   ilmiy   xodimlarni   attestatsiyadan   o‘tkazish,   nodavlat   ta’lim
tashkilotlariga   ta’lim   xizmatlari   ko‘rsatish   faoliyatini   amalga   oshirish   huquqini
beradigan   litsenziyalar   (bundan   buyon   matnda   litsenziya   deb   yuritiladi)   berish,
ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini belgilaydi;
pedagogik   kadrlarni   ta’lim   tashkilotlariga   ishga   qabul   qilish   va   ular
faoliyatini baholash tartibini belgilaydi;
xorijiy   davlatlarning   ta’lim   muassasalariga   O‘zbekiston   Respublikasi
hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi;
xorijiy davlatlarda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini
belgilaydi;
davlat   namunasidagi   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatlarni   tasdiqlaydi   va   davlat
tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatlar   berish   tartibini
belgilaydi;
eksternat   tartibida   o‘qitishga   yo‘l   qo‘yilmaydigan   ta’lim   yo‘nalishlari,
mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
faqat   davlat   ta’lim   muassasalarida   o‘qitiladigan   ta’lim   yo‘nalishlari,
mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
davlat   ta’lim   muassasalari   va   tashkilotlariga   qabul   qilish   tartibini
belgilaydi;
davlat   oliy   ta’lim   muassasalari   rektorlarini,   shuningdek   davlat   ishtirokida
tashkil   etiladigan   oliy   ta’lim   tashkilotlari   (davlat   ulushi   bo‘lgan   nodavlat   oliy
ta’lim  tashkilotlari,  qo‘shma  ta’lim   muassasalari,  davlat-xususiy   sheriklik  asosida
tashkil   etiladigan   ta’lim   muassasalari   va   boshqalar)   rektorlarini   (rahbarlarini)
lavozimga tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan ozod etadi; ta’lim   oluvchilarni   akkreditatsiya   qilingan   bir   ta’lim   tashkilotidan
boshqasiga ko‘chirish, shuningdek ularni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash
tartibini belgilaydi;
ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi;
kadrlarni   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirish   tartibini
belgilaydi;
mehnat   bozori   talablarini   prognoz   va   tahlil   qilish   asosida   ta’lim
tashkilotlarida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi;
ta’lim   tashkilotlariga   nisbatan   moddiy-texnik,   infratuzilmaviy   va
parametrik talablarni belgilaydi;
darsliklar  va  o‘quv  qo‘llanmalarini  tayyorlash  hamda  nashr   etish  tartibini,
shuningdek ularni yetkazib berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga
qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi  qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
24-modda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi
Ta’lim   sifatini   nazorat   qilish   davlat   inspeksiyasining   ta’lim   sohasidagi
vakolatlari
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Ta’lim   sifatini
nazorat qilish davlat  inspeksiyasi  (bundan buyon matnda Ta’lim  inspeksiyasi  deb
yuritiladi)   ta’lim   tizimida   o‘quv-tarbiya   jarayoni,   professor-o‘qituvchilar   tarkibi,
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati ustidan
nazorat   qilish   sohasida   davlat   siyosatini   amalga   oshiradigan,   ta’lim   sohasidagi
maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.
Ta’lim inspeksiyasi:
ta’lim   tashkilotlarini   attestatsiyadan   va   davlat   akkreditatsiyasidan,
shuningdek ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim-tarbiya   jarayonining   sifati   monitoringini
amalga oshiradi;
maktabgacha,   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus,   professional   va   maktabdan
tashqari   ta’lim   tashkilotlarining   pedagog   xodimlariga   lavozimlar   va   malaka
toifalarini berish jarayonini nazorat qiladi hamda unda ishtirok etadi;
nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi;
ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi;
aniqlangan   ta’lim   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlari   buzilishlari   yuzasidan
tegishli   davlat   boshqaruvi   organlariga   va   ta’lim   tashkilotlariga   taqdimnomalar
kiritadi.
Ta’lim   inspeksiyasi   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa   vakolatlarni   ham
amalga oshirishi mumkin.
25-modda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi
Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarni   rivojlantirish   agentligining
ta’lim sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod
va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi: Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarda   yoshlarni   aniqlash,
tanlash,   o‘qitish   va   tarbiyalash   sohasida   davlat   siyosatini   ishlab   chiqadi   va   uni
amalga oshiradi;
Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablar   uchun   davlat   ta’lim
standartlarini tasdiqlaydi;
davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq   Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan
maktablar   faoliyatini   yagona   tarzda   muvofiqlashtirishni   hamda   unga   uslubiy
rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablarning   moddiy-texnika
bazasini mustahkamlaydi, mazkur maktablarda bino va inshootlarni ekspluatatsiya
qilish ishlarini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod
va   ixtisoslashtirilgan   maktablarni   rivojlantirish   agentligi   qonun   hujjatlariga
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
26-modda.   Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari
O‘zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi,   Xalq   ta’limi
vazirligi,   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat
boshqaruvi organlaridir.
Ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organlari   o‘z   vakolatlari
doirasida:
ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
ta’lim   sohasidagi   tarmoq   davlat   dasturlarini   ishlab   chiqadi,   tasdiqlaydi   va
amalga oshiradi;
ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik
qilishni amalga oshiradi;
davlat   ta’lim   standartlari   (shu   jumladan   maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya
davlat   standarti)   va   davlat   ta’lim   talablarida   kadrlarning   ma’lumoti   darajasiga   va
kasbiy   tayyorgarligi   sifatiga   qo‘yilgan   talablarning   ta’lim   tashkilotlari   tomonidan
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat   ta’lim   standartlari   (shu   jumladan   maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya
davlat standartini) va davlat ta’lim talablari ishlab chiqilishini ta’minlaydi va ularni
tasdiqlaydi;
ta’lim   oluvchilarning   bilim,   malaka   va   ko‘nikmalarini   baholash   tartibini
belgilaydi;
professional   ta’limning   kasblar   va   mutaxassisliklar,   oliy   ta’limning
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim
sohalari va ta’lim sohalari ro‘yxatini belgilaydi;
ta’lim-tarbiya   jarayoniga   o‘qitishning   ilg‘or   shakllari,   yangi   pedagogik
texnologiyalar, o‘qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta’minlaydi;
ta’lim   tashkilotlarida   kadrlarning   kasbiy   tayyorgarligi   sifatini   oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, o‘quv dasturlarini takomillashtiradi;
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi;
o‘zlashtirishni baholashga, o‘quv jarayonini, ta’lim oluvchilarning yakuniy
davlat attestatsiyasini  tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi,
shuningdek eksternat tartibida ta’lim oluvchilarning toifalarini belgilaydi; davlat   oliy   ta’lim   muassasalarining   rektorlarini   tayinlash   to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
ta’lim   tashkilotlarining   rahbar   va   pedagog   kadrlarini   tayyorlashni,   qayta
tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
ta’lim   tashkilotlarida   moddiy-texnika   resurslaridan   foydalanishga   doir
talablarni ishlab chiqadi;
ta’lim   sohasidagi   normativ-huquqiy   hujjatlarni   ishlab   chiqishda   ishtirok
etadi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ta’lim sohasidagi  vakolatli davlat  boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
27-modda.   Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi
vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ta’lim   sohasidagi   vakolati   davlat   boshqaruvi   organlari   bilan   kelishilgan
holda   davlat   ta’lim   muassasalarini   tashkil   etadi,   qayta   tashkil   etadi   va   tugatadi,
bundan respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno;
o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun
moliyalashtirish hajmini belgilaydi;
fuqarolarning   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari,   nodavlat   notijorat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini
rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;
davlat   umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalariga   biriktirilgan   hududlarni
(mikrouchastkalarni) belgilaydi;
ta’lim   sohasida   xalqaro   hamkorlikni   amalga   oshirishda   ta’lim
tashkilotlariga ko‘maklashadi;
ta’lim   oluvchilar   uchun   sifatli   ta’limni,   tarbiyani   ta’minlash,   ularning
iste’dodini   shakllantirish   va   namoyon   etish   maqsadida   joylarda   ularga   zarur
sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
o‘z   vakolatlari   doirasida   ta’lim   sohasidagi   davlat-xususiy   sheriklikni
rivojlantiradi   va   nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   tarmog‘ini   kengaytirishga
ko‘maklashadi;
umumiy   o‘rta   ta’lim   tashkilotlari   bitiruvchilari   bandligini   ta’minlashga
ko‘maklashadi.
Mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
28-modda.   Ta’lim tashkilotini boshqarish
Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
1) pedagogik kengash;
2) kuzatuv (vasiylik) kengashi;
3) oliy ta’lim tashkilotining kengashi;
4) ta’lim tashkilotining rahbari. Ta ’ lim   tashkilotlarida   jamoatchilik   boshqaruvi   organlari   tashkil   etilishi
mumkin . Ta ’ lim   tashkilotlarini   boshqarishda   va   kadrlar   tayyorlashda   kadrlar
talabgorlari   ishtirok   etadi .
4-BOB. TA’LIM FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh VA UNING
NAZORATINI AMALGA OShIRISh
29-modda.   Ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi
O‘zbekiston   Respublikasining   ta’lim   tashkilotlari   va   ularning   filiallari,
shuningdek xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi
bilan tashkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklidagi ta’lim xizmatlari
yakka   tartibdagi   tadbirkorlar   sifatida   ro‘yxatga   olingan   jismoniy   shaxslar
tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   litsenziya   olingan   kundan   e’tiboran   ta’lim
faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli.
Ta’lim   tashkilotlari   o‘z   faoliyatini   ustav   va   (yoki)   boshqa   ta’sis   hujjatlari
asosida yuritadi.
Ta’lim   tashkilotlari   o‘quv-tarbiya   va   o‘quv-ilmiy-ishlab   chiqarish
majmualariga birlashishga haqli.
Ta’lim   tashkilotlarida   siyosiy   partiyalarning   tashkiliy   tuzilmalarini   tashkil
etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
30-modda.   Ta’lim   tashkilotlarini   tashkil   etish,   qayta   tashkil   etish   va
tugatish
Davlat   oliy   ta’lim,   o‘rta   maxsus,   professional   ta’lim   muassasalari   va
ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional
ta’lim   tashkilotlari   va   ularning   filiallari   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
yoki   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   bilan   tashkil
etiladi.
Iqtisodiyotning   va   ijtimoiy   sohaning   oliy   ma’lumotli   malakali   kadrlarga
bo‘lgan   ehtiyojlarini,   shuningdek   aholining   oliy   ta’lim   olishga   bo‘lgan   ehtiyojini
qanoatlantirish maqsadida mamlakat hududida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining
filiallari   (markazlari,   ta’lim   kampuslari)   va   boshqa   bo‘linmalari   tashkil   etilishi
mumkin.
Xorijiy   oliy   ta’lim   tashkilotlarining   bo‘linmalari   O‘zbekiston
Respublikasida yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Xorijiy   oliy   ta’lim   tashkilotlarining,   shuningdek   xalqaro   tashkilotlarning
ta’lim   muassasalari   filiallari   (markazlari,   ta’lim   kampuslari)   va   boshqa
bo‘linmalari   faoliyatini   tashkil   etish   masalalari   bo‘yicha   O‘zbekiston
Respublikasining   xalqaro   shartnomalariga   muvofiq   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat
ta’lim muassasalari:
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   institutlar   va
markazlar shaklida; tegishli   vazirliklar,   davlat   qo‘mitalari   hamda   idoralar   tomonidan
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   bilan   kelishilgan
holda oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va kurslari shaklida tashkil etiladi.
Davlat umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:
respublika   bo‘ysunuvida   vazirliklar,   davlat   qo‘mitalari   va   idoralari
tomonidan   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar   va
Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ysunuvida
tegishincha   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi,   viloyatlar   va
Toshkent   shahar   hokimliklari   tomonidan   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi
vazirligi bilan kelishilgan holda;
tumanlar   va   shaharlar   bo‘ysunuvida   tumanlar   va   shaharlar   hokimliklari
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda
tashkil etiladi.
Nodavlat   ta’lim   muassasalarini   tashkil   etish   ularning   ta’sischilari
tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   qayta   tashkil   etish   va   tugatish   qonun   hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   tashkil   etish,   qayta   tashkil   etish   va   tugatish
to‘g‘risidagi   ma’lumotlar   davlat   statistika   organlariga,   Ta’lim   inspeksiyasiga
hamda   O‘zbekiston   Respublikasi   Bandlik   va   mehnat   munosabatlari   vazirligining
hududiy organlariga taqdim etiladi.
31-modda.   Nodavlat ta’lim tashkilotlari
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   o‘z   faoliyatini   litsenziya   asosida   amalga
oshiradi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   litsenziya   talablariga   va   shartlariga   muvofiq
ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi.
Davlat   ta’lim   standartlari   va   davlat   ta’lim   talablariga   muvofiq   ta’lim
xizmatlarini   ko‘rsatuvchi   nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   bitiruvchilarga   davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.
Mustaqil   ishlab   chiqilgan   va   litsenziyada   ko‘rsatilgan   o‘quv   dasturlari
bo‘yicha   ta’lim   xizmatlari   ko‘rsatadigan   nodavlat   ta’lim   tashkilotlari
bitiruvchilarga   O‘zbekiston   Respublikasida   tan   olinadigan   ta’lim   to‘g‘risidagi
hujjatlarni beradi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   normativ-huquqiy   hujjatlar   talablariga
muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish
va yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb
qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   o‘quv   dasturlari
bo‘yicha   o‘qitish   ta’lim   oluvchi   yoxud   uning   ota-onaci   yoki   boshqa   qonuniy
vakillari   va   nodavlat   ta’lim   tashkiloti   o‘rtasida   tuziladigan,   o‘qitish   muddatlari,
shartlari   va   to‘lovlari,   tomonlarning   huquq   va   majburiyatlari   hamda   boshqa
shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. 32-modda.   Ta’lim tashkilotining ustavi
Ta’lim   tashkilotining   ustavi   ta’lim   turlarining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
Ta’lim tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko‘rsatiladi:
 ta’lim turi va shakli;
 ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari;
 o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni;
 ta’lim tashkilotiga qabul qilish tartibi;
 ta’lim tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari;
 ta’lim   oluvchilar,   pedagog   kadrlar,   o‘quv-tarbiya   ishlari   bo‘yicha   xodimlar,
ma’muriy-boshqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
 ta’lim tashkilotining mol-mulki va vositalari;
 ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi:
umumiy   o‘rta   ta’lim   tashkilotlari,   ixtisoslashtirilgan   maktablar   va
maktabdan   tashqari   ta’lim   tashkilotlari   uchun   —   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq
ta’limi vazirligi tomonidan;
Prezident,   ijod   va   ixtisoslashtirilgan   maktablar   uchun   —   O‘zbekiston
Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan;
oliy   ta’lim   muassasalari   huzuridagi   ixtisoslashtirilgan   maktablar,   o‘rta
maxsus,   professional   va   oliy   ta’lim   tashkilotlari   uchun   —   O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan;
kadrlarni  qayta tayyorlash va ularning malakasini  oshirish bo‘yicha ta’lim
tashkilotlari uchun — tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan
ishlab chiqiladi.
Ta’lim   tashkilotining   ustavi   ta’lim   tashkilotining   ta’sischilari   tomonidan
tasdiqlanadi va hududiy tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan
ro‘yxatga olinadi.
33-modda.   Ta’lim berish tili
Ta’lim   tashkilotlarida   o‘qitish   tilidan   foydalanish   tartibi   «Davlat   tili
haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi   Qonuni   bilan tartibga solinadi.
34-modda.   Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda
oliy ta’lim mazmuni va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim talablari:
maktabdan   tashqari   ta’lim,   oliy   ta’limdan   keyingi   ta’lim,   shuningdek
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini;
ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
ta’lim   oluvchilarning   jismoniy,   shaxsiy,   intellektual,   ilmiy   va   kasbga   oid
sifatlari to‘g‘risidagi normalarni belgilaydi.
Maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   maktabgacha   ta’lim   va   tarbiyaning
davlat standarti qo‘llaniladi. Davlat   ta’lim   standartlarini   va   (yoki)   davlat   ta’lim   talablarini   bajarish
barcha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning   beshinchi
qismida   nazarda tutilgan hollar mustasno.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   mustaqil   ishlab   chiqilgan   va   litsenziyada
ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   davlat
ta’lim   standartlari,   malaka   talablari,   oliy   ta’lim,   o‘rta   maxsus   ta’lim   hamda
professional   ta’limning   o‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlari   ishlab   chiqilishini
ta’minlaydi.   Ushbu   maqsadlar   uchun   O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta
maxsus   ta’lim   vazirligi   tayanch   davlat   oliy   ta’lim   va   professional   ta’lim
muassasalarini belgilaydi.
Tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari kadrlarning
talabgorlari   ishtirokida   davlat   ta’lim   standartlarini,   malaka   talablarini,   o‘quv
rejalari   va   o‘quv   dasturlarini   tayyorlashni   amalga   oshiradi.   Davlat   ta’lim
standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   vazirligi   umumiy   o‘rta   ta’limning
davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Oliy, professional,  o‘rta maxsus  va  umumiy o‘rta  ta’limning davlat  ta’lim
standartlari,   malaka   talablari,   o‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlari   tegishincha
O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi,   Xalq   ta’limi
vazirligi   hamda   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan
tasdiqlanadi. Tegishli  vakolatlar  berilgan boshqa vazirliklar, davlat  qo‘mitalari  va
idoralar davlat ta’lim standartlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi
organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   shaxslarni
o‘qitish maxsus o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy
ta’lim   muassasalariga   mustaqil   ishlab   chiqilgan   va   tasdiqlangan   o‘quv   dasturlari,
malaka talablari hamda o‘quv rejalari asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha
vakolatlarni berishi mumkin.
35-modda.   Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy
etish
O‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlari   tegishli   ta’lim   bosqichlarining   maqsad
hamda vazifalari asosida ishlab chiqiladi.
Tegishli   davlat   ta’lim   muassasalari   va   tashkilotlaridagi   o‘quv   rejalari   va
o‘quv   dasturlarining   mazmuni,   ularni   ishlab   chiqish   hamda   joriy   etish   tartibi
O‘zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi,   Xalq   ta’limi   vazirligi,
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Prezident,   ijod   va
ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Umumta’lim   fanlarining   o‘quv   dasturlari   shaxsni   har   tomonlama   kamol
toptirishga,   ta’lim   oluvchilarda   bilim,   malaka,   ko‘nikmalarni,   saviyani
shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli
kasblar va mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim   jarayoniga   o‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlarini   joriy   etish   ta’lim
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘quv   rejalari   va   o‘quv   dasturlarini   joriy   etish   jarayonida   zamonaviy
pedagogik   texnologiyalar,   o‘qitishning   innovatsion   shakllari   va   usullari,   axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi.
Ta’lim  jarayoniga  o‘quv rejalari  va o‘quv dasturlarini  joriy etish chog‘ida
ta’lim   tashkilotlari   kredit-modul   tizimiga   asoslangan   o‘qitish   texnologiyalaridan
foydalanishi mumkin.
O‘quv   rejasida,   qoida   tariqasida,   ta’lim   jarayonining   jadvali,   o‘qitishning
boshlanishi,   muddati   va   davriyligi,   o‘quv   yillari,   choraklar,   semestrlar,   amaliyot,
ta’tillar   hamda   attestatsiya,   ajratilgan   haftalar   soni,   o‘rganiladigan   fanlar
(modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar
aks ettiriladi.
Professional   va   oliy   ta’lim,   kadrlarni   qayta   tayyorlash   va   ularning
malakasini oshirishga doir o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash
nazarda tutiladi.
Ta’lim   oluvchilarning   amaliyotni   o‘tash   tartibi   va   uni   tashkil   etish   ta’lim
sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga
muvofiq   mutaxassislik   fanlaridan,   shuningdek   umumkasbiy,   matematika,   tabiiy-
ilmiy, gumanitar va qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va
ushbu   Qonunda   nazarda   tutilmagan   boshqa   yo‘l   bilan   qo‘shimcha   fanlarni
kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
36-modda.   Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat
Ta’lim   sohasidagi   eksperimental   va   innovatsion   faoliyat   ta’limni
modernizatsiya   qilish   maqsadida   amalga   oshiriladi   hamda   yangi   ta’lim
texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o‘tkazishga hamda
ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni
amalga oshirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat
hokimiyati   organlari   innovatsion   o‘quv   dasturlari   va   loyihalarini   amalga   oshirish
hamda  ularning  natijalarini   amaliyotga joriy etish  uchun  o‘z vakolatlari  doirasida
shart-sharoitlar yaratadi.
Iqtisodiy   rivojlanish   va   innovatsion   faoliyat   ehtiyojlaridan   kelib   chiqqan
holda, davlat tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari
natijalarini   ishlab   chiqarish   jarayoniga   joriy   etish   uchun   tegishli   shart-sharoitlar,
shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim jarayonining yanada takomillashtirilgan
shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Ta’lim   tashkilotlari   eksperimental   va   innovatsion   faoliyatda   masofaviy
ta’lim texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
37-modda.   Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
Ta’lim   tashkilotlari   faoliyatining   ochiqligi   va   shaffofligi   ularning   rasmiy
veb-saytlarida   Internet   jahon   tarmog‘ida   joylashtiriladigan   ta’lim   tashkilotlari
faoliyati to‘g‘risidagi ochiq axborot resurslari bilan ta’minlanadi.
Ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
 ta’lim tashkilotining ustavi;
 ta’lim berish tillari haqida ma’lumot;
 davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;
 ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;
 litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun);
 ta’lim tashkilotining reytingi;
 ta’lim   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   davlat   akkreditatsiyasi
to‘g‘risidagi sertifikat;
 ilmiy   tadqiqotlar   yo‘nalishlari   va   natijalari,   shuningdek   ularni
amalga   oshirish   uchun   ilmiy-tadqiqot   bazasi   to‘g‘risidagi   ma’lumot
(oliy ta’lim uchun);
 ta’lim   oluvchilarga   stipendiyalar   berish   tartibi,   ularga   ijtimoiy
yordam   ko‘rsatishning   mavjudligi   va   shartlari   to‘g‘risidagi
ma’lumot;
 vaqtincha   yashash   joylarining   mavjudligi   va   yashash   joylarining
soni, shuningdek to‘lov miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot;
 pedagoglar   va   ta’lim   oluvchilarning   soni,   shuningdek
pedagoglarning ilmiy salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumot.
Ta’lim   tashkilotlarining   rasmiy   veb-saytlariga   joylashtiriladigan
axborotning   ishonchligini   ta’minlash   uchun   ta’lim   tashkilotlarining   rahbarlari
shaxsan javobgardir.
Ayrim   ta’lim   tashkilotlarining   faoliyati   to‘g‘risidagi   axborotdan
foydalanish   qonun   hujjatlarida   belgilangan   hollarda   va   tartibda   cheklanishi
mumkin.
38-modda.   Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim
olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi,
shaxslarning   ayrim   toifalari   bundan   mustasno,   ularga   qonun   hujjatlariga   muvofiq
imtiyozlar berilishi mumkin.
Ta’lim   tashkilotlari   talabgorlarni   va   (yoki)   ularning   ota-onasini   yoki
boshqa   qonuniy   vakillarini   ustav,   litsenziya   (nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   uchun),
davlat   akkreditatsiyasi   to‘g‘risidagi   sertifikat,   o‘quv   dasturi   hamda   ta’lim
faoliyatini   tartibga   soluvchi   boshqa   hujjatlar,   ta’lim   oluvchilarning   huquqlari   va
majburiyatlari bilan tanishtirishi shart. Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalar
o‘qishga o‘z ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-
psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim   ta’lim   tashkilotlariga   (oliy   ta’lim   muassasalariga,   akademik
litseylarga,  Prezident,  ijod, ixtisoslashtirilgan  maktablar   va boshqalarga)   o‘qishga
qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim tashkilotlariga tanlov asosida
o‘qishga   qabul   qilish   chog‘ida   tanlov   ishtirokchilariga   tanlovni   o‘tkazish   tartibi
to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat   oliy   ta’lim   va   professional   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   qabul
qilish davlat granti va (yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   qabul   qilish   tartibi   O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlariga   o‘qishga   qabul   qilish   tartibi   ushbu   ta’lim
tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
Chet   ellik   fuqarolarni   O‘zbekiston   Respublikasining   davlat   ta’lim
muassasalariga   qabul   qilish   to‘lov-shartnoma   asosida   (bundan   davlat   granti
ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy   ta’lim   muassasalariga   davlat   granti   asosida   o‘qishga   qabul   qilish
parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   qabul   qilish   chog‘ida   imtiyozli
kontingent uchun qo‘shimcha qabul parametrlari belgilanadi.
39-modda.   Davlat   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   maqsadli   qabul
qilish
Davlat   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   maqsadli   qabul   qilish   tegishli
hududlarning,   sohalar   va   tarmoqlarning   kadrlarga   bo‘lgan   ehtiyojlaridan   kelib
chiqqan holda ular uchun belgilangan ta’lim oluvchilarni qabul qilish parametrlari
doirasida amalga oshiriladi.
Davlat   ta’lim   muassasalariga   o‘qishga   maqsadli   qabul   qilish   kadrlar
buyurtmachilari,   davlat   ta’lim   muassasalari   va   fuqarolar   o‘rtasida   tuziladigan
shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga maqsadli qabul qilish tartibida o‘qishga kirish
umumiy asoslarda tanlov natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
40-modda.   Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat
Akkreditatsiya qilingan ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim standartlariga
va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim olgan bitiruvchilariga davlat tomonidan
tasdiqlangan   namunadagi   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjat   (shahodatnoma,   diplom,
sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim
to‘g‘risidagi   hujjat   oilada   ta’lim   olgan   yoki   mustaqil   ta’lim   olgan   hamda
akkreditatsiya   qilingan   davlat   ta’lim   muassasalarining   tegishli   o‘quv   dasturlari
bo‘yicha   eksternat   tartibida   yakuniy   va   davlat   attestatsiyasidan   o‘tgan   shaxslarga
ham beriladi.
O‘rta   maxsus   ta’lim,   professional   ta’lim   hamda   oliy   ta’lim   to‘g‘risidagi
diplomga   o‘zlashtirilgan   fanlar   ro‘yxati,   ularning   hajmlari   va   fanlar   bo‘yicha
baholari yozilgan varaqa ilova qilinadi. Tegishli  ilmiy darajani olish uchun dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga
falsafa   doktori   (Doctor   of   Philosophy   (PhD)   yoki   fan  doktori   (Doctor   of   Science
(DSc) ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom
topshiriladi.
O‘zbekiston   Respublikasining   va   xorijiy   davlatlarning   hukumatlari
o‘rtasidagi   ikki   tomonlama   bitimlar   asosida   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatlarni   o‘zaro
tan olish amalga oshirilishi mumkin.
Uzluksiz   ta’limning   tegishli   turini   tamomlamagan   shaxslarga   belgilangan
namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
Davlat   tomonidan   tasdiqlangan   namunadagi   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjat,
shuningdek   nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   beriladigan   O‘zbekiston
Respublikasida   tan   olinadigan   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjat   uzluksiz   ta’limning
keyingi turi (darajasi) bo‘yicha o‘qishni davom ettirish yoki tegishli mutaxassislik
va kasb bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
Xorijiy   davlatlarning   va   O‘zbekiston   Respublikasining   oliy   ta’lim
tashkilotlari   o‘rtasida   tuzilgan   shartnoma   asosida   ularning   bitiruvchilariga
O‘zbekiston  Respublikasi  hududida oliy ma’lumot  to‘g‘risidagi  hujjat  sifatida tan
olinadigan ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi mumkin.
41-modda.   Ta’lim tashkilotlarining reytingi
Ta’lim tashkilotlarining reytingi:
 ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
 ilmiy-pedagogik   faoliyat   darajasining   o‘sishini   va   sifatining   oshishini
rag‘batlantirish;
 pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
 o‘qitish sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish;
 mehnat   bozorida   talab   yuqori   bo‘lgan   malakali   kadrlar   tayyorlash   maqsadlarida
belgilanadi.
Reytingni   belgilash   uchun   ta’lim   tashkiloti   tomonidan   taqdim   etilgan
ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar
bo‘ladi.
42-modda.   Ta’lim tizimidagi monitoring
Ta’lim   tizimidagi   monitoring   ta’limning   holatini,   ta’lim   natijalarining
o‘zgarishi   sur’atlarini,   ta’lim   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   yaratilgan   shart-
sharoitlarni o‘rganish va kuzatishni, shuningdek ta’lim oluvchilarning kontingenti
to‘g‘risidagi   ma’lumotlarni   va   boshqaruv   qarorlari   qabul   qilinishini   tahlil   etishni
o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tashkilotlarining monitoringi Ta’lim inspeksiyasi, ta’lim sohasidagi
vakolatli davlat boshqaruvi organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan
amalga oshiriladi.
Ta’lim   holatining   tahlili   va   uni   rivojlantirish   istiqbollari   to‘g‘risidagi
axborot   Ta’lim   inspeksiyasining,   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi
organlarining   va   ular   hududiy   bo‘linmalarining,   shuningdek   ta’lim
tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. Ta’lim   tizimidagi   ma’lumotlar   jumlasiga   rasmiy   statistika   ma’lumotlari,
ta’lim   tizimi   monitoringi   natijalari,   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi
organlarining   va   ular   hududiy   bo‘linmalarining,   mahalliy   davlat   hokimiyati
organlarining hamda ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlari kiradi.
43-modda.   Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
Ta’lim   sohasidagi   davlat   nazorati   berilayotgan   ta’limning   mazmuni   va
sifati   davlat   ta’lim   standartlariga,   davlat   ta’lim   talablari   va   o‘quv   dasturlariga,
shuningdek   ushbu   Qonun   talablariga   muvofiqligini   aniqlash   yo‘li   bilan   amalga
oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlari ta’lim sifati ustidan nazoratni amalga oshirishda Ta’lim
inspeksiyasiga,   ta’lim   sohasidagi   vakolatli   davlat   boshqaruvi   organlariga
ko‘maklashadi.
Ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   berilayotgan   ta’limning   mazmuni   va   sifati
ta’lim   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlariga   nomuvofiqligi   aniqlangan   hollarda   Ta’lim
inspeksiyasi   nomuvofiqlikni   bartaraf   etish   yuzasidan   ularga   taqdimnoma   kiritadi.
Aniqlangan   nomuvofiqlik   bartaraf   etilmagan   taqdirda   Ta’lim   inspeksiyasi   ta’lim
tashkilotining   davlat   akkreditatsiyasi   to‘g‘risidagi   sertifikatini   qonun   hujjatlariga
muvofiq bekor qilishga haqli.
Ta’lim   sifati   ustidan   nazorat   qilish   vakolatlariga   ega   bo‘lmagan   organlar
tomonidan ta’lim tashkilotlarining ta’lim sifatini, ta’lim jarayoni tashkil  etilishini,
pedagog   xodimlarining   mehnat   faoliyatini,   ta’lim   oluvchilarining   o‘zlashtirishini
tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim   inspeksiyasi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi
Tadbirkorlik   sub’ektlarining   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish
bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati
ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
5-BOB. TA’LIM TAShKILOTLARI PEDAGOG XODIMLARINING
HUQUQIY MAQOMI
44-modda.   Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli   ma’lumoti,   kasbiy   tayyorgarligi   bo‘lgan   va   ma’naviy-axloqiy
fazilatlarga   ega   shaxslar   pedagogik   faoliyat   bilan   shug‘ullanish   huquqiga   ega.
Magistraturani  tamomlagan  shaxslar  va  diplomli   mutaxassislar  o‘z  mutaxassisligi
bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Agar   qonun   hujjatlarida   boshqacha   qoida   nazarda   tutilmagan   bo‘lsa,
pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan
o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida (bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno)
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
Ishlab   chiqarish   ta’limi   ustalari   qayta   tayyorlash   kurslaridan   o‘tmasdan
professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
Zarurat   bo‘lganda   professional   ta’lim   tashkilotlari   ishlab   chiqarish   ta’limi
ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy
ma’lumoti   bo‘lmagan   boshqa   mutaxassislarni   amaliy   va   qo‘shimcha
mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin. 45-modda.   Pedagog   xodimlarning   maqomi   va   ular   faoliyatining
kafolatlari
Pedagog   xodimlarning   maqomi   jamiyat   va   davlat   tomonidan   tan   olinadi.
Pedagog   xodimlar   ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlanadi,   o‘z   kasbiy   faoliyatini   amalga
oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy
shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga
oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati
va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga,
ta’lim   oluvchilarning   bilimlarini   to‘g‘ri   va   xolis   baholashga   ta’sir   ko‘rsatishga,
shuningdek   ushbu   pedagog   xodimlarning   xizmat   majburiyatlarini   bajarishiga
to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
o‘quv   dasturlari   doirasida   mualliflik   dasturlarini   ishlab   chiqish   va   joriy
etish,   o‘qitish   uslubiyotini   ishlab   chiqish,   shuningdek   tegishli   o‘quv   fanlari,
kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish;
zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini
erkin tanlash hamda ulardan foydalanish;
kasbiy   faoliyatini   amalga   oshirish   uchun   ularga   zarur   shart-sharoitlar
yaratilishini talab qilish;
o‘quv,   ilmiy   va   uslubiy   yo‘nalishlardagi   axborot-resurs   markazlarining
xizmatlaridan bepul foydalanish;
davlat   ta’lim   standartlarini,   davlat   ta’lim   talablarini,   malaka   talablarini,
o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy,   ilmiy-tadqiqot   va   ijodiy   faoliyatni   amalga   oshirish,   eksperimental
faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
ta’lim   tashkilotini  boshqarishda,   shuningdek  ta’lim   tashkilotining faoliyati
bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba   uyushmalari   va   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   a’zosi   bo‘lish,
xodimlarining   vakillari   bo‘lish,   fuqarolik   jamiyati   boshqa   institutlari   faoliyatida
qatnashish;
o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya
qilish uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat   sog‘liqni   saqlash   muassasalarida   bepul   tibbiy   ko‘rikdan   o‘tish
(davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun);
ta’lim   oluvchilarning   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilishda
ishtirok etish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
Pedagog   xodimlarni   ularning   lavozim   majburiyatlari   bilan   bog‘liq
bo‘lmagan har qanday boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.
46-modda.   Pedagog xodimlarning majburiyatlari Pedagog xodimlar:
 ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilarining   sha’ni,   qadr-qimmati   va   ishchanlik
obro‘sini hurmat qilishi;
 o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
 axborot-kommunikatsiya   texnologiyalaridan,  o‘qitish   va  tarbiyaning  ilg‘or   hamda
innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
 ta’lim   oluvchilarning   psixologik   va   o‘ziga   xos   xususiyatlarini,   jismoniy   va   ruhiy
salomatligini,   fiziologik   rivojlanishini   hisobga   olishi,   jismoniy,   aqliy,   sensor
(sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   shaxslarni   o‘qitish   uchun   shart-sharoitlar
yaratilishiga e’tibor qaratishi;
 voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi
yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
 ta’lim   tashkilotining   ustaviga   va   (yoki)   boshqa   ta’sis   hujjatlariga,   ichki   mehnat
tartibi qoidalariga rioya etishi;
 o‘z   malakasini   muntazam   ravishda   oshirib   borishi,   egallab   turgan   lavozimiga
muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
 tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Pedagog   xodimlarning   zimmasida   qonun   hujjatlariga,   shuningdek   ta’lim
oluvchi   va   ta’lim   tashkiloti   o‘rtasida   tuziladigan   shartnomaga   muvofiq   boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika
normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog   xodimlarning   kiyim-boshiga   doir   talablar   ta’lim   tashkilotlari
tomonidan belgilanadi.
6-BOB. TA’LIM OLUVChILARNING, ULAR OTA-ONASINING HAMDA
BOShQA QONUNIY VAKILLARINING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
47-modda.   Ta’lim oluvchilarning huquqlari
Ta’lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
 bepul   asosda   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus   ta’lim   va   boshlang‘ich   professional
ta’lim olish;
 yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul
qilinish;
 ta’lim olish shakllarini erkin tanlash;
 davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim   talablari   va   o‘quv   dasturlariga   muvofiq
sifatli ta’lim olish;
 ta’lim   olish   uchun  o‘zining  ruhiy  xususiyatlari   va   fiziologik   rivojlanishi   inobatga
olingan   holda   zarur   shart-sharoitlarga   ega   bo‘lish,   shuningdek   bepul   psixologik-
tibbiy xizmatlardan foydalanish;  davlat   ta’lim   muassasasi   tomonidan   belgilangan   tartibga   muvofiq,   professional
ta’lim   va   oliy   ta’limning   davlat   ta’lim   standartlari   talablariga   binoan   ishlab
chiqilgan, o‘zi oladigan ta’limning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;
 pedagog xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan
hayoti va sog‘lig‘iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlikdan,
shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;
 ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;
 akademik ta’tillar va stipendiyalar olish, o‘qishni tiklash va o‘qishini boshqa ta’lim
tashkilotlariga,   bir   ta’lim   shaklidan,   kasbdan,   ta’lim   yo‘nalishidan,
mutaxassisligidan boshqasiga ko‘chirish;
 ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
 ta’lim olish jarayonida ta’lim tashkilotining o‘quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish,
madaniy, sport va maishiy ob’ektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;
 ta’lim   tashkilotining   ilmiy-tadqiqot,   tajriba-konstruktorlik,   ilmiy-texnikaviy,
eksperimental va innovatsion faoliyatida ishtirok etish.
Ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
Ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   oluvchilarni   ta’lim   olish   bilan   bog‘liq
bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
48-modda.   Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari
Ta’lim oluvchilar:
o o‘quv   dasturlari   asosida   bilim,   malaka   va   ko‘nikmalarni   o‘zlashtirishi,
mashg‘ulotlarga   qatnashishi,   ularga   mustaqil   tayyorgarlik   ko‘rishi,   pedagog
xodimlarning topshiriqlarini bajarishi;
o ta’lim-tarbiya   jarayonining   boshqa   ishtirokchilariga   nisbatan   jismoniy   va   (yoki)
ruhiy   zo‘ravonlik   ishlatmasligi   va   ularning   o‘z   majburiyatlarini   bajarishiga
to‘sqinlik qilmasligi;
o ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari
qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa
ichki hujjatlar talablariga rioya etishi;
o axloqiy,   ma’naviy   va   jismoniy   kamol   topishga   hamda   o‘z   dunyoqarashini
kengaytirishga intilishi;
o ta’lim-tarbiya   jarayoni   ishtirokchilarining   sha’ni,   qadr-qimmati   va   ishchanlik
obro‘sini hurmat qilishi;
o ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart .
Ta’lim   oluvchilarning   zimmasida   qonun   hujjatlariga   muvofiq   boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
49-modda.   Ta’lim   oluvchilarning  kiyim-boshiga  nisbatan  qo‘yiladigan
talablar Ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   oluvchilarning   kiyim-boshiga   doir   talablar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim   oluvchilarning   ayrim   toifalari   O‘zbekiston   Respublikasi   Davlat
byudjeti mablag‘lari hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
50-modda.   Ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   oluvchilarni   vaqtincha
yashash joylari bilan ta’minlash
Kunduzgi   ta’lim   shaklidagi   ta’lim   tashkilotida   ta’lim   oluvchilarga,
shuningdek  sirtqi  ta’lim  shaklida  yakuniy  va  oraliq  attestatsiya  davrida  vaqtincha
yashash joylari, ular mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi.
Vaqtincha   yashash   joylari   ta’lim   oluvchilarga   ta’lim   tashkiloti   tomonidan
belgilangan tartibga muvofiq beriladi.
Vaqtincha   yashash   joylariga   muhtojlar   mavjud   bo‘lgan   hollarda,   ushbu
joylardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vaqtincha   yashash   joylaridan   foydalanish   uchun   ta’lim   tashkiloti   bilan
tuzilgan shartnomaga muvofiq haq to‘lanadi.
Vaqtincha   yashash   joyidan   foydalanganlik   uchun   to‘lov   miqdori   ta’lim
tashkiloti tomonidan belgilanadi.
Davlat ta’lim muassasalari ayrim turdagi ta’lim oluvchilar uchun vaqtincha
yashash  joyidan foydalanganlik uchun to‘lov qiymatini  kamaytirishga  yoki  ularni
to‘lovdan   to‘liq   ozod   qilishga   haqli.   Yetim   bolalar   va   ota-ona   qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘qitish davrida yetim bo‘lib qolgan bolalar,
jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan   bolalar   (shaxslar)
vaqtincha yashash joyidan foydalanganlik uchun haq to‘lashdan ozod qilinadi.
51-modda.   Voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilar   ota-onasining   hamda
boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari
Voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   va   boshqa   qonuniy
vakillari   bolaning   o‘qishi,   tarbiyalanishi,   jismoniy,   ma’naviy   va   intellektual
rivojlanishi uchun mas’uldir.
Mahalliy davlat  hokimiyati  organlari, fuqarolarning o‘zini  o‘zi  boshqarish
organlari va ta’lim tashkilotlari voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarni tarbiyalashda,
ularning   jismoniy   hamda   ruhiy   sog‘lig‘ini   muhofaza   qilish   va   mustahkamlashda,
shuningdek   individual   qobiliyatlarini   rivojlantirishda   ularning   ota-onasiga   hamda
boshqa qonuniy vakillariga ko‘maklashadi.
Voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   va   boshqa   qonuniy
vakillari quyidagi huquqlarga ega:
 jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarga, shuningdek
uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga oilada ta’lim olish imkoniyatini
berish;
 oilada   ta’lim   olayotgan   bolaning   fikrini   inobatga   olgan   holda   uning   o‘qishini
ta’limning   har   qanday   bosqichida   ta’lim   tashkilotida   davom   ettirish   to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
 ta’lim   tashkilotlari   bilan   hamkorlik   qilish,   ta’lim-tarbiya   jarayonini
takomillashtirish,   moddiy-texnika   bazasini   rivojlantirish,   ta’lim   tashkilotlariga
xayriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish;  ta’lim   tashkilotining   ustavi   va   (yoki)   boshqa   ta’sis   hujjati,   litsenziyasi,   davlat
akkreditatsiyasi   to‘g‘risidagi   sertifikati,   davlat   ta’lim   standartlari,   davlat   ta’lim
talablari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan tanishish;
 ta’limning   mazmuni,   qo‘llanilayotgan   ta’lim   va   tarbiya   usullari,   ta’lim
texnologiyalari   bilan,   shuningdek   o‘z   bolalarining   o‘quv   fanlarini   o‘zlashtirishi
natijalari bilan tanishish;
 ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
 ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish.
Voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   va   boshqa   qonuniy
vakillari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   va   boshqa   qonuniy
vakillari:
 o‘z   bolalarini   insonparvarlik,  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik,   ma’naviy,   milliy   va
umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
 bolalarining   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus   ta’lim   yoki   boshlang‘ich   professional
ta’lim olishini ta’minlashi;
 bolalarining   o‘quv   mashg‘ulotlariga   qatnashishini   ta’minlash   va   o‘zlashtirishi
ustidan nazoratni amalga oshirish;
 o‘z   bolalarining   intellektual,   ma’naviy   va   jismoniy   rivojlanishi   uchun   shart-
sharoitlar yaratishi;
 ta’lim   tashkilotining   ta’lim-tarbiya   jarayonini   tartibga   soluvchi   ichki   tartib-
qoidalariga rioya etishi;
 jismoniy   va   yuridik   shaxslar   bilan   munosabatlarda,   shu   jumladan   sudda   maxsus
vakolatlarsiz o‘z bolalarining ta’lim sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishi;
 ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi
shart.
Voyaga   yetmagan   ta’lim   oluvchilarning   ota-onasi   va   boshqa   qonuniy
vakillari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
7-BOB. TA’LIM-TARBIYa JARAYoNI IShTIROKChILARINI IJTIMOIY
HIMOYa QILISh
52-modda.   Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim   oluvchilar   qonun   hujjatlariga   muvofiq
imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.
To‘lov-shartnoma   asosida   ta’lim   oluvchilarga   imtiyozli   bank   kreditlari
berilishi mumkin.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   ta’lim   oluvchilarni   ijtimoiy   himoya   qilishni
qonun hujjatlariga, o‘z ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga
oshiradi. Davlat   ijtimoiy   himoya   qilishni   ta’minlash   maqsadida   kam   ta’minlangan
oilalardagi   bolalar,   jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan
bolalar   (shaxslar)   uchun,   shuningdek   mazkur   toifadagi   ta’lim   oluvchilarning
kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
53-modda.   Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim   tashkilotlarining   xodimlarini   ijtimoiy   himoya   qilish   davlat
tomonidan kafolatlanadi.
Ta’lim   tashkilotlarining   pedagog   xodimlariga   qisqartirilgan   ish   vaqti
davomiyligi   belgilanadi,   haq   to‘lanadigan   har   yilgi   uzaytirilgan   ta’til   va   boshqa
imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi.
Ta’lim   tashkilotlarining   pedagog   va   boshqa   xodimlariga   sanitariya-
gigienaga   oid,   epidemiyaga   qarshi   hamda   profilaktika   choralari   bilan   amalga
oshiriladigan sog‘liqni saqlash kafolatlanadi.
Ta’lim   tashkilotlari   mehnatga   haq   to‘lash   uchun   mavjud   bo‘lgan
mablag‘lar   doirasida   mustaqil   ravishda   ish   haqiga,   lavozim   maoshlariga
tabaqalashtirilgan   ustamalar   belgilashga   va   mehnatga   haq   to‘lash   hamda   uni
rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.
54-modda.   Yetim   bolalarni   va   ota-onasining   yoki   boshqa   qonuniy
vakillarining   qaramog‘idan   mahrum   bo‘lgan   bolalarni   o‘qitish   va   ularning
to‘liq ta’minoti
Ye tim   bolalarni   va   ota-onasining   yoki   boshqa   qonuniy   vakillarining
qaramog‘idan   mahrum   bo‘lgan   bolalarni   o‘qitish   va   ularning   to‘liq   ta’minoti
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
55-modda.   Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari
bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash
Davlat   jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan
bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy
o‘rta,   o‘rta   maxsus,   professional   ta’lim   muassasalarida   inklyuziv   shaklda   bepul
umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus,   professional   va   maktabdan   tashqari   ta’lim   olishini
ta’minlaydi.
Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo‘lgan,   shuningdek
uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash uchun
davlat   ixtisoslashtirilgan   ta’lim   muassasalari   tashkil   etiladi.   Ta’lim   oluvchilarni
ushbu   ta’lim   muassasalariga   yuborish   va   ulardan   chetlatish   ota-onasining   yoki
boshqa   qonuniy   vakillarining   roziligi   bilan   tibbiy-psixologik-pedagogik
komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Davlat   ixtisoslashtirilgan   ta’lim   muassasalarida   ta’lim   oluvchilar   davlat
ta’minotida bo‘ladi.
56-modda.   Ijtimoiy   reabilitatsiyaga   muhtoj   bo‘lgan   bolalarni
(shaxslarni) o‘qitish va tarbiyalash
Alohida   sharoitlarda   o‘qitish   va   tarbiyalanishga   muhtoj   bo‘lgan   bolalar
(shaxslar)   uchun   ularning   ta’lim   olishini,   kasbiy   tayyorgarligini   va   ijtimoiy
reabilitatsiya   qilinishini   ta’minlaydigan   ixtisoslashtirilgan   o‘quv-tarbiya
muassasalari tashkil etiladi. Ozodlikdan   mahrum   qilish   tarzida   jazoni   ijro   etish   muassasalarida
saqlanayotgan   bolalarning   (shaxslarning)   ta’lim   olishi,   tarbiyalanishi   va   mustaqil
ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
8-BOB. NODAVLAT TA’LIM TAShKILOTLARI FAOLIYaTINI
LITSENZIYALASh, TA’LIM TAShKILOTLARINI ATTESTATSIYaDAN
VA DAVLAT AKKREDITATSIYaSIDAN O‘TKAZISh. XORIJIY
DAVLATDA OLINGAN TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI HUJJATNI TAN
OLISh, TA’LIM SOHASIDAGI HUJJATLARGA APOSTIL QO‘YISh
57-modda.   Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlarining   faoliyatini   litsenziyalash   «Faoliyatning
ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi   Qonuni   bilan
tartibga solinadi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlariga   litsenziya   berish,   litsenziyaning   amal
qilishini   to‘xtatib   turish   yoki   tugatish,   shuningdek   uni   bekor   qilish   va   qayta
rasmiylashtirish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalar   nomuayyan   muddatga,   ta’limning   har   bir   turi   uchun   alohida
beriladi.
58-modda.   Ta’lim   tashkilotlarini   attestatsiyadan   va   davlat
akkreditatsiyasidan o‘tkazish
O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   faoliyat   ko‘rsatayotgan   maktabgacha,
umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus,   professional   va   oliy   ta’lim   tashkilotlari,   shuningdek
maktabdan   tashqari   ta’limni,   oliy   ta’limdan   keyingi   ta’limni,   kadrlarni   qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari
davlat   ta’lim   standartlariga,   davlat   ta’lim   talablariga   hamda   o‘quv   dasturlariga
muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   attestatsiyadan   va   davlat   akkreditatsiyasidan
o‘tkazish besh yil muddatga amalga oshiriladi.
Ta’lim   tashkilotlarini   attestatsiyadan   va   davlat   akkreditatsiyasidan
o‘tkazish   ta’lim   tashkilotlarining   arizasiga   ko‘ra   Ta’lim   inspeksiyasi   tomonidan
amalga oshiriladi. Ariza akkreditatsiya muddati tugashidan uch oy oldin beriladi.
Attestatsiya ikki bosqichda — ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash
va tashqi baholash bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ichki baholash ta’lim tashkilotining o‘zini o‘zi baholashidir.
Tashqi  baholash   ichki  baholash  o‘tkazilganidan  keyin Ta’lim   inspeksiyasi
tomonidan amalga oshiriladigan baholashdir.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   yoki   O‘zbekiston   Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari   asosida   tashkil   etilgan,   shuningdek   vazirliklar,
davlat   qo‘mitalari,   idoralari   va   mahalliy   davlat   hokimiyati   organlari   tomonidan
tashkil   etilgan   ta’lim   tashkilotlari   tashkil   etilgan   kundan   e’tiboran   besh   yil
mobaynida akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   litsenziya   olingan   kundan   e’tiboran   besh   yil
davomida   akkreditatsiyadan   o‘tgan   deb   hisoblanadi,   bu   muddat   tugagach,   ushbu
Qonunda belgilangan tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Ta’lim   tashkilotlarini   davlat   akkreditatsiyasidan   o‘tkazish   maqsadida
Ta’lim   inspeksiyasi   huzurida   doimiy   faoliyat   ko‘rsatuvchi   davlat   akkreditatsiya
komissiyasi tuziladi.
Davlat   akkreditatsiyasi   ta’lim   tashkilotining   attestatsiyasi   asosida   amalga
oshiriladi.   Doimiy   faoliyat   ko‘rsatuvchi   davlat   akkreditatsiya   komissiyasi   ta’lim
tashkilotining   maqomini   va   uning   faoliyati   davlat   ta’lim   standartlariga,   davlat
ta’lim talablariga va o‘quv dasturlariga muvofiqligini aniqlaydi.
Ta’lim   tashkilotining   davlat   akkreditatsiyasi   to‘g‘risida   ijobiy   qaror   qabul
qilingan   taqdirda,   unga   davlat   akkreditatsiyasining   amal   qilish   muddati
ko‘rsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ta’lim   tashkiloti   qayta   tashkil   etilgan   yoki   tugatilgan   hollarda   davlat
akkreditatsiyasi   to‘g‘risidagi   sertifikatning   amal   qilishi   Ta’lim   inspeksiyasining
qarori bilan tugatiladi.
Ta’lim   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlarining   talablari   yoki   sertifikatda
ko‘rsatilgan shartlar buzilganligi aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar ta’lim
tashkiloti   tomonidan   bartaraf   etilmagan   hollarda   Ta’lim   inspeksiyasi   tomonidan
davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishini bekor qilish xaqida
qaror qabul qilinadi.
Davlat   akkreditatsiyasidan   o‘tgan   ta’lim   tashkilotlari   Ta’lim
tashkilotlarining   reestriga   kiritiladi   va   bu   haqdagi   ma’lumotlar   Ta’lim
inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
59-modda.   Ta’lim   tashkilotlarining   faoliyatini   ichki   va   tashqi
baholashdan o‘tkazish
Ta’lim   tashkilotlarining   faoliyati   tashqi   baholashdan   o‘tkazilishidan   oldin
ular   Ta’lim   inspeksiyasi   tomonidan   ishlab   chiqilgan   attestatsiyadan   o‘tkazish
mezonlari   va   ko‘rsatkichlari   asosida   o‘z   faoliyatini   mustaqil   ravishda   ichki
baholashdan o‘tkazadi.
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy
oldin ichki baholash natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ta’lim   inspeksiyasi   ta’lim   tashkilotining   faoliyatini   ichki   baholash
yakunlarini   o‘rganadi   va   ulardan   ta’lim   tashkilotining   faoliyatini   tashqi   baholash
jarayonida foydalanadi.
Ta’lim   tashkiloti   rahbari   ichki   baholash   natijalarining   ishonchliligi   uchun
javobgar bo‘ladi.
60-modda.   Xorijiy   davlatda   olingan   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatni   tan
olish
Xorijiy   davlatda   1992   yil   1   yanvardan   keyin   olingan   ta’lim   to‘g‘risidagi
hujjat   tan   olish   jarayonidan   o‘tkazilganidan   keyin   O‘zbekiston   Respublikasining
butun hududida qonuniy kuchga ega hujjat sifatida tan olinadi.
Xorijiy   davlatda   olingan   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatni   tan   olish   Ta’lim
inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy   davlatda   olingan   ta’lim   to‘g‘risidagi   hujjatni   tan   olish   tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
61-modda.   Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish Ta’lim   sohasidagi   rasmiy   hujjatlarga   apostil   hujjatni   tasdiqlagan   shaxs
imzosining haqiqiyligini, shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga
muvofiqligini tasdiqlash maqsadida qo‘yiladi.
Apostilga   qo‘yilgan   imzo,   muhr   yoki   shtamp   qo‘shimcha   ravishda
tasdiqlashni talab etmaydi.
Ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   berilgan   rasmiy   hujjatlarga   apostil   qo‘yish
Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
9-BOB. TA’LIMNI MOLIYaLAShTIRISh VA DAVLAT TOMONIDAN
QO‘LLAB-QUVVATLASh
62-modda.   Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish
Davlat   ta’lim   muassasalarini   moliyalashtirish   O‘zbekiston
Respublikasining   respublika   byudjetidan,   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi
byudjetidan,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   mahalliy   byudjetlaridan,   tumanlar   va
shaharlar   byudjetlaridan,   kadrlar   buyurtmachilarining   mablag‘lari   hisobidan,
shuningdek   byudjetdan   tashqari   mablag‘lar   hamda   qonun   hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlarini   moliyalashtirish   muassislarning,   kadrlar
buyurtmachilarining   pul   va   moddiy   mablag‘lari   hamda   qonun   hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat   ta’lim   muassasalari   ustavida   belgilangan  vazifalarga   muvofiq   pulli
ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pulli   ta’lim   xizmatlarini   ko‘rsatish   davlat   ta’lim   muassasalarining   asosiy
faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Davlat   ta’lim   muassasalarida   qo‘shimcha   ta’lim   xizmatlari   ko‘rsatganlik
uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Davlat   ta’lim   muassasalari   pulli   ta’lim   xizmatlari   va   boshqa   xizmatlar
ko‘rsatish   hamda   tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shug‘ullanish   hisobidan   olingan   pul
mablag‘larini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli.
Ta’lim   tashkilotlarini   moliyalashtirishning   qo‘shimcha   manbalari
quyidagilardan iborat:
 shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan
tuzilgan   shartnomalar   asosida   kadrlarni   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   ularning
malakasini oshirish hisobidan tushgan mablag‘lar;
 jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   buyurtmalari   asosida   ilmiy-tadqiqot,   o‘quv-
uslubiy   va   qonunda   taqiqlanmagan   boshqa   ishlarni   bajarish   hisobidan   tushgan
mablag‘lar;
 ta’lim   tashkilotlari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   mahsulotni,   bajarilgan   ishlarni   va
ko‘rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
 binolar,   inshootlar   va   asbob-uskunalarni   ijaraga   berish   hisobidan   tushgan
mablag‘lar;  ta’lim   tashkilotlarining   bo‘sh   turgan   pul   mablag‘larini   bank   muassasalariga
depozitlarga joylashtirish hisobidan olingan pul mablag‘lari (foizlar);
 davlat   va   xo‘jalik   boshqaruvi   organlari,   shuningdek   mahalliy   davlat   hokimiyati
organlari tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
 bank kreditlari va ssudalari;
 jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari.
Maktabgacha,   umumiy   o‘rta,   o‘rta   maxsus   ta’limda   va   boshlang‘ich
professional ta’limda ajratiladigan mablag‘lar summalari O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi hamda ushbu mablag‘lar tarbiyalanuvchilar
va ta’lim oluvchilarning o‘qish joyidagi ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladi.
63-modda.   Ta’limni rivojlantirish jamg‘armalari
Ta’limni   rivojlantirish   jamg‘armalari   qonun   hujjatlarida   belgilangan
tartibda   davlat   muassasalari   hamda   tashkilotlarining,   yuridik   va   jismoniy
shaxslarning,   shu   jumladan   chet   ellik   yuridik   va   jismoniy   shaxslarning   badallari
hamda ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan tashkil etilishi mumkin.
64-modda.   Ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik
Ta’lim sohasidagi  davlat-xususiy sheriklik davlat va xususiy sheriklarning
muayyan   muddatga   yuridik   jihatdan   rasmiylashtirilgan,   davlat-xususiy   sheriklik
loyihasini   amalga   oshirish   uchun   o‘z   resurslarini   birlashtirishiga   asoslangan
hamkorlikdir.
Nodavlat   ta’lim   tashkilotlari   ta’lim   sohasidagi   davlat-xususiy   sheriklik
asosida tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim   sohasidagi   davlat-xususiy   sheriklik   «Davlat-xususiy   sheriklik
to‘g‘risida»gi   O‘zbekiston   Respublikasi     Qonuni        prinsiplari,   normalari   va
qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
65-modda.   Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish
Davlat   ta’lim   sohasini,   ta’lim   tashkilotlari   faoliyatini   rivojlantirishga,
shuningdek   investorlarning,   shu   jumladan   chet   ellik   investorlarning   ushbu
sohadagi   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilishga   qaratilgan
investitsiyalarni   jalb   etish   uchun   qulay   ijtimoiy-iqtisodiy,   tashkiliy-huquqiy
sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
66-modda.   Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki
Ta’lim   tashkilotlari   o‘z   mulkiga,   xo‘jalik   yurituvidagi   yoki   operativ
boshqaruvidagi mulkka ega bo‘lishi kerak.
Davlat   ta’lim   muassasalarining   operativ   boshqaruvida   yoki   xo‘jalik
yurituvida   bo‘lgan   ob’ektlarning   (binolar,   inshootlar,   qurilayotgan   binolar   va
inshootlarning,   o‘quv,   ishlab   chiqarish   va   ijtimoiy   infratuzilmalarning,   ta’lim
oluvchilar   vaqtincha   turar   joy   binolarining,   klinik   bazalar   va   boshqa   ko‘chmas
mulk   ob’ektlarining,   shu   jumladan   ta’lim   kampuslariga   kiradigan   mulk
ob’ektlarining) xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi
tashkil etilgan ta’lim tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi. Ta’lim   tashkilotlari   tugatilganda   ularga   tegishli   mol-mulk   kreditorlarning
talablari   qanoatlantirilgandan   so‘ng,   agar   qonun   hujjatlarida   boshqacha   qoida
nazarda tutilmagan bo‘lsa, muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.
10-BOB. TA’LIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK
67-modda.   Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi
Ta’lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning
ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
xalqaro   darajadagi   birgalikdagi   ta’lim   hamda   ilmiy-tadqiqot   loyihalari   va
dasturlarini tayyorlash;
hamkorlikda   fundamental   hamda   amaliy   ilmiy-tadqiqot   loyihalarini   amalga
oshirish;
ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish;
talabalar,   magistrlar,   doktorantlar,   o‘qituvchilar   va   ilmiy   xodimlar   almashinishini
amalga oshirish;
ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlar.
Ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim
muassasalari   va   tashkilotlari   bilan   hamkorlikda   kadrlar   tayyorlashni   amalga
oshirishi mumkin.
68-modda.   Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ta’lim   sohasidagi   xalqaro   hamkorlik   O‘zbekiston   Respublikasining
xalqaro shartnomalari va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari:
 xorijiy   davlatlarning   tegishli   vakolatli   organlari,   ta’lim   muassasalari   bilan
hamkorlik qiladi;
 O‘zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashovchi   fuqarolarni   xorijiy   davlatlarning
ta’lim muassasalariga o‘qish uchun yuboradi;
 pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi;
 rahbar   hamda   pedagog   xodimlarning   xorijiy   davlatlarda   tayyorlash,   qayta
tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
 o‘z xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga
yuborish,   ularning   xalqaro   loyihalar   hamda   ilmiy   tadqiqotlarda   ishtirok   etishini
qo‘llab-quvvatlaydi.
Ta’lim sohasidagi  vakolatli davlat  boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga
muvofiq   ta’lim   sohasidagi   xalqaro   hamkorlikni   rivojlantirish   bo‘yicha   boshqa
tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.
69-modda.   Xorijda ta’lim olish O‘zbekiston   Respublikasida   doimiy   yashovchi   fuqarolar   O‘zbekiston
Respublikasining   xalqaro   shartnomalariga   muvofiq   yoki   yakka   tartibda   xorijda
ta’lim olish huquqiga ega.
11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR
70-modda.   Nizolarni hal etish
Ta’lim   sohasidagi   nizolar   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   hal
etiladi.
71-modda.   Ta’lim   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlarini   buzganlik   uchun
javobgarlik
Ta’lim   to‘g‘risidagi   qonun   hujjatlarini   buzganlikda   aybdor   shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
72-modda.   O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z
kuchini yo‘qotgan deb topish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
1) O‘zbekiston   Respublikasining   1997   yil   29   avgustda   qabul   qilingan   «Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi   to‘g‘risida»gi   463-I-sonli     Qonuni        (O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 11-12, 295-modda);
2) O‘zbekiston   Respublikasining   1997   yil   29   avgustda   qabul   qilingan   «Ta’lim
to‘g‘risida»gi   464-I-sonli   Qonuni   (O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining
Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 225-modda);
3) O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   1997   yil   29   avgustdagi   465-I-sonli
«O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni kuchga kirish tartibi
to‘g‘risida»gi   Qarori   (O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   Axborotnomasi,
1997 yil, № 9, 226-modda);
4) O‘zbekiston   Respublikasining   2007   yil   9   aprelda   qabul   qilingan   «Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturiga   o‘zgartish   kiritish   to‘g‘risida»gi   O‘RQ-87-sonli
Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi,
2007 yil, № 4, 160-modda)   1-moddasi ;
5) O‘zbekiston   Respublikasining   2013   yil   7   oktyabrda   qabul   qilingan   «O‘zbekiston
Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   o‘zgartish   va   qo‘shimchalar   kiritish,
shuningdek   ayrim   qonun   hujjatlarini   o‘z   kuchini   yo‘qotgan   deb   topish
to‘g‘risida»gi O‘RQ-355-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 10, 263-modda)   15        va   16-moddalari ;
6) O‘zbekiston   Respublikasining   2018   yil   3   yanvarda   qabul   qilingan   «Ayrim   davlat
organlari   faoliyati   takomillashtirilishi,   shuningdek   fuqarolarning   huquqlari   va
erkinliklarini   himoya   qilish   kafolatlarini   ta’minlashga   doir   qo‘shimcha   chora-
tadbirlar   qabul   qilinishi   munosabati   bilan   O‘zbekiston   Respublikasining   ayrim
qonun   hujjatlariga   o‘zgartish   va   qo‘shimchalar   kiritish   to‘g‘risida»gi   O‘RQ-456-
sonli   Qonunining   (O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   palatalarining
Axborotnomasi, 2018 yil, № 1, 1-modda)   14        va   15-moddalari ; 7) O‘zbekiston   Respublikasining   2018   yil   18   aprelda   qabul   qilingan   «O‘zbekiston
Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   o‘zgartish   va   qo‘shimchalar   kiritish
to‘g‘risida»gi O‘RQ-476-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 4, 224-modda)   26-moddasi .
73-modda.   Ushbu   Qonunning   ijrosini,   yetkazilishini,   mohiyati   va
ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston   Respublikasi   Adliya  vazirligi,  O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy
va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi,   O‘zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi   vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor
vazirliklar,   davlat   qo‘mitalari,   idoralar   va   tashkilotlar   ushbu   Qonunning   ijrosini,
ijrochilarga   yetkazilishini   hamda   mohiyati   va   ahamiyati   aholi   o‘rtasida
tushuntirilishini ta’minlasin.
74-modda.   Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat   boshqaruvi   organlari   ushbu   Qonunga   zid   bo‘lgan   o‘z   normativ-
huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
75-modda.   Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2020 yil 23 sentyabr,
O‘RQ-637-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son)
Ta’lim tizimi va turlari.
Uzluksiz ta’lim quyidagi   ta’lim   turlarini   o’z ichiga oladi:
1.maktabgacha ta’lim;
2.umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
3.kasb-hunar ta’limi;
4.oliy ta’lim;
5.oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
6.kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 7.maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta'lim   bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini 
ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga 
tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat 
maktabgacha ta'lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta'lim 
muassasalarining faoliyatini   tashkil etishda mahallalar , jamoat va xayriya 
tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim-Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-
11-sinflari o’quvchilari ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar 
o’rgatish, o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda 
kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo’yicha 
mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga   shart-sharoitlar yaratish , o’quv-ishlab 
chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash 
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o’rta ta’lim 
muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga 
ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.
Kasb-hunar ta’limi-2019/2020 o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga 
o’qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari 
hisobidan,   ixtiyoriylik asosida , tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun
6 oydan 2 yilgacha bo’lgan o’qitish muddatlarida amalga oshirilishi belgilab 
berildi.
Akademik litsey   o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, 
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini
ta’minlaydi.
Oliy ta'lim   o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi   negiziga asoslanib , ikki bosqich 
(bakalavriat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo'nalishlari 
bo'yicha xalq xo'jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni 
tayyorlaydi.
Bakalavriat   — mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental   va amaliy bilim 
beradigan , ta'lim olish muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'lim.
Magistratura   aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, 
bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'lim 
boiib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga 
muvofiq olib boriladi.
Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim   iamivatning oliy malakali ilmiy va ilmiy 
pedagog kadrlarga bo'lgan   ehtiyojlarini qondirish , shaxsning ijodiy ta'lim — kasb- hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 
institutida ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:   tayanch   doktorantura ; 
doktorantura; mustaqil izlanuvchilik.
Xulosa
Ta'lim tug'risidagi qonun, o'quv jarayonining amaliy qo'llanishini, malakaviy
kadrlarni tayyorlashni, ta'lim muassasalarining faoliyatini va boshqalar kabi ta'lim 
sohasidagi o'zgarishlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlardir. Uning birlashmasi 
tadbirkorlik, ma'naviyat, siyosat va boshqa sohalar bilan ham bog'liq bo'lishi 
mumkin. Ta'lim tug'risidagi qonunlar oralig'idagi huquqiy normativ-huquqi 
hujjatlar jamiyat tashkilotlarining o'quv va tarbiyasi sohasida faoliyat olib borgani 
bilan bog'liq bo'lib, ular ma'murxonalardan, oliy va o'rta ma'lumot anda 
izlanuvchan o'qituvchi ishlab chiqarish, o'quv dasturini o'rganish, sinf uslubi va 
ma'rifiy asosiy ma'lumotlarini yozuvda saqlab turgan ma'murxona asosida 
qo'llaniladi. Tadbirkorlik sub'ektlari o'quv dasturini hamda boshqa ta'lim-tarbiya 
sohasiga oid huquqiy qonunlar bilan belgilangan talabalarning o'zlashtirishini 
ta'minlash va o'quv jarayoni tashkilini amalga oshirish majburiyatiga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.UMUMIY   PEDAGOGIKA   FANI   BO’YICHA   O’QUV-USLUBIY
MAJMUA
2.   https://kompy.info/i-bolim-oquv-materiallar.html?page =7
3.Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi) 0 ‘qituvchilar tayyorlash va 
pedagogika fani sohasi: bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik // 
prof.M.X.Toxtaxadjayevaning umumiy tahriri ostida, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. — Toshkent “O’zbekiston faylasuflar milliy 
jamiyati” nashriyoti, 2010-yil. 
4. B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. “Sanostandart” 
nashriyoti. Toshkent 2017-yil.

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi qonuni” va ta’lim tizimi turlari Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risda”gi Qonuni . 2. Ta’lim tizimi va turlari. Kirish Ta'lim tug'risidagi qonun, ta'lim sohasida qo'llanadigan huquqiy hujjatlarni, o'quv jarayonining tashkil etilishini, o'quv muassasalarining ish faoliyatini, o'qitish sifatini, o'qituvchi kadrlarni tayyorlashni va boshqalar kabi mavzularni o'z ichiga oladi. U qonun bilan ta'lim sohasidagi tartib va tizimni belgilaydi va ta'lim sohasidagi tadbirlar va qarorlarga asoslash uchun yo'l harakatini aniqlaydi. Ta'lim tug'risidagi qonun ma'murxona o'quv dasturini, talabalarning o'qitish va o'rganish texnikasini, sertifikatlanish va diplomalarni amalga oshirish tartibini, ta'lim turlarini, topshirish tizimini va boshqalar kabi muhim masalalarni ham o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, ta'lim tug'risidagi qonun, ta'limning uning sifatini ta'minlash uchun tanlov sistemalarini, ta'limning barcha bosqichlarini, o'quv yonalishlarini belgilash, talabalarning huquqlarini himoya qilish, inkluziv ta'limni tashkil etish, ta'limni rivojlantirish va boshqalar kabi muhim masalalarni ham ko'radi. Bular bilan birga, ta'lim tug'risidagi qonun ta'lim sohasidagi barcha muvaffaqiyat va rivojlanishni ta'minlash, ta'limning sifatini oshirish, huquqni himoya qilish va jamiyatning inson manfaatlarini muhofaza qilish maqsadida amalga oshiriladi. Quyida “Ta’lim tug‘risidagi qonun”ni barcha moddalari va ularning tasnifini ko‘rib chiqamiz. P Q-637-son 23.09.2020 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TA’LIM TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan 1-BOB. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon; davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa; davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui; davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar; malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi; mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi; nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs; tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon; ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy- tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish ob’ektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari; ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli. 4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: 1) ta’lim ustuvorligining tan olinishi; 2) ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; 3) ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; 4) ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; 5) ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; 6) ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; 7) ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 8) o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; 9) davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; 10) o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; 11) insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi; 12) jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; 13) ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; 14) bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; 15) ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; 16) ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik. 5-modda. Ta’lim olish huquqi Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Ta’lim olish huquqi: ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish; ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish; ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish; oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim

muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi. Chet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. 2-BOB. TA’LIM TIZIMI, TURLARI VA ShAKLLARI 6-modda. Ta’lim tizimi Ta’lim tizimi: davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini; davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini; ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. 7-modda. Ta’lim turlari Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: 1) maktabgacha ta’lim va tarbiya; 2) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; 3) professional ta’lim; 4) oliy ta’lim; 5) oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 6) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 7) maktabdan tashqari ta’lim. 8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. 9-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar); tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar); o‘rta ta’lim (X — XI sinflar). Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi. Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi. O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb- xunarga va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘lov- shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Iqtidorli va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab- internatlar tashkil etilishi mumkin. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar soni o‘ttiz besh nafardan oshmasligi kerak. 10-modda. Professional ta’lim