logo

Mumtoz poetika masalalari. Ilmi aruz, ilmi bade', ilmi qofiya haqida ma'lumot. Mumtoz adabiyotda adabiy turlar va she'r nav'lari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.08203125 KB
Mumtoz poetika masalalari. Ilmi aruz,  ilmi bade', ilmi qofiya haqida
ma'lumot. Mumtoz adabiyotda adabiy turlar va she'r nav'lari
Reja:
1.  “Poetika” atamasining lug’aviy va istilohiy ma’nolari.
2.   Ilmi balog’a haqida umumiy tasavvur.
3.   Ilmlar uchligi va ularning mumtoz poetikani o’rganishdagi ahamiyati.
4.   Adabiy va tarixiy manbalarda mumtoz poetikaga doir qarashlar.    “Poetika”     so‘zi   yunoncha   so‘z   bo‘lib,   “ijod   qilish   san’ati”     ma’nosini
bildiradi.  Poetika  ijodning  qanday  qilib  san’atga  aylanishi  haqidagi fandir.
Poetika atamasi 2 xil ma’noda ishlatiladi:
1)  umumiy – keng ma’noda adabiyot nazariyasini bildiradi;
2)     xususiy     –     tor   ma’noda   adabiyot   nazariyasining   tarkibiy   qismi   bo‘lib,
adabiy asar 
haqidagi ta’limotdir.
Poetika     fani     muayyan     badiiy     asarning     badiiy     ta’sirchanlik     qudratini
tadqiq  qiladi. 
Poeziya  san’at  bo‘lsa,  poetika  shu  san’atni  ilmiy  tahlil   qiladi. Ko‘p  asrlik tarixga
ega   bo‘lgan   musulmon   Sharqi   adabiyotida   poetika   masalasi   har     doim   she’riyat
ahlining   diqqat   markazida   turgan.   Muayyan   ijodkorning   badiiy   salohiyati   va
iste’dodi  haqida  so‘z  borganda,  uning  tasvir  obyekti  sifatida  nimalarni  olgani
emas, balki  o‘sha obyekt yoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan.
Shu ma ’noda u  yoki  bu  ijodkor   ijodiga  yoxud  muayyan  badiiy  asarga  baho
berilar  ekan,  ijodkor ifodalamoqchi bo‘lgan  g‘oya qanday badiiy timsollar, vazn
yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi  bilan  birga  she’riy  asarda  qo‘llanilgan
badiiy  san’atlarning  rang-barangligi, ularning  asar  mazmunini  ochishdagi  o‘rni
va  ahamiyati  kabi  masalalarga  ham  alohida diqqat qaratilgan.
Balog‘at   ilmi.   “Balog‘at”ning   lug‘aviy   ma’nosi   “bulug‘   va   vusul”,   ya’ni
erishish   va   yetishishdir.     Istilohda     esa     Qur’oni     Karim     va     hadisi     sharif     tili
bo‘lmish     arab     tilining     sirasrorlarini   ochuvchi,   uning   nozik   va   nafis   jihatlarini
ko‘rsatuvchi, balog‘ati va fasohatini  anglashni    o‘rgatuvchi    ilm    “balog‘at    ilmi”
deyiladi.   U   ilmi   maoniy,   ilmi   bayon,     ilmi badi’lardan   iborat.   Balog‘at   ilmi
haqida   hijriy   ikkinchi   asrdan   boshlab   kitoblar   yozila boshlagan. Ana shu uch
ilm   bo‘yicha   Abu   Ubayda   Ma’mar,   Ja’far   ibn   Yaxyo,   Sahl   ibn   Xorun,   Abdulloh
ibn   Mu’tazz   va   boshqalar   ilk   kitob   yozgan   allomalardir   Mumtoz     adabiyotimiz
tarixida     poetika     ilmi     asosan     uchta     mustaqil     sohadan     iborat     bo‘lgan   va   bu
“ilmlar uchligi” deb atalgan. Bular quyidagilardir: 1)    ilmi    aruz   –   she’rdagi   vaznlar   va   ularning   qonun-qoidalari   haqida
bahs  yurituvchi soha; 
2)     ilmi   qofiya   –   qofiya   qonuniyatlari   va   turlari   haqida   ma’lumot   beruvchi
soha;
3)   ilmi   badi’   –   nutqqa   bezak   beruvchi   san’atlar,   ularning   o‘ziga   xos
jihatlari,  fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi soha.
Mumtoz   poetikaga   doir   dastlabki   forsiy   asar   XI   asrda   yuzaga   kelgan.   Bu
Muhammad   binni   Umar   Roduyoniy   qalamiga   mansub   bo‘lib,   “Tarjimon   ul-
balog‘a” deb ataladi.
Roduyoniy  o‘z  kitobini  arab  olimi  Nasr  binni  Hasanning   “Mahosin  ul-
kalom”  nomli   asariga   suyangan   holda   yaratgan   va   unda   73   ta   san’atni
keltirgan.   XI–XII   asrlarda   Ahmad     binni     Muhammad     Manshuriy     Samarqandiy
talavvun     san’ati     haqida     (buni   Xurshediy   “Kanz   ul-g‘aroib”   deb   atagan),
Abumuhammad   binni   Muhammad   Rashidiy   Samarqandiy   (“Ziynatnoma”)   va
boshqa ijodkorlar ilmi badi’ga doir risolalar yozganlar. Biroq   XI  –  XII   asrlarda
yaratilgan     ilmi     badi’ga     doir     asarlar     orasida     eng     mukammali   Rashididdin
Vatvot  nomi bilan mashhur bo‘lgan xorazmlik shoir va olim Rashididdin Abubakr
Muhammad   binni   Muhammad   binni   Abdujalili   Umari   kotibning   (vaf.   1182-
1183)   “Hadoyiq   us-sehr   fi   daqoiq   ush-she’r”   nomli   asaridir.   “Hadoyiq   us-sehr”
buyuk olim tomonidan bitilgan yuksak  saviyadagi asar bo‘lib,  undan  keyin  ilmi
badi’     bilan     mashg‘ul     bo‘lgan     barcha     mualliflar     ana     shu     asardan
foydalanganlar.   Rashididdin   Vatvot   asari   hozirgi   kunga   qadar     o‘zining   ilmiy
qimmatini yo‘qotgan emas. 
Tarixiy     poetikaga     doir     yaratilgan     ikkinchi     bir     katta     tadqiqot     XIII
asrning   atoqli olimi   Shamsiddin   Muhammad   binni   Roziyning   “Al-mo‘jam   fi
ma’oyir-ul-ash’or-ulAjam”   nomli   mashhur   asaridir.Bu   asarni     o‘sha   paytgacha
poetika   masalalari   bo‘yicha   qilingan   barcha   ishlarning   yakuni,   shu   sohada
yaratilgan   asarlarning   gultoji,   deb   aytish   mumkin.   Chunki   muallif   bu   asarida
mumtoz  poetikaning  har  uchala  bo‘limi  –  aruz,  qofiya  va  ilmi  badi’  haqida  mukammal     ma’lumot     beradi,     she’r     va     shoirlik,     badiiy     asarda     shakl     va
mazmunning   munosabati,     tanqidning     adabiy     jarayondagi     roli     va     vazifalari
haqida     mulohazalar   yuritadi.     Shamsi     Qays     asarining     ilmi     badi’ga     doir
uchinchi   qismida   Rashididdin Vatvotning   mazkur   asaridan   ham   foydalangan.
Lekin     bu     masalada     katta     iste’dod     va   imkoniyatlarini     namoyish     qilib,     o‘z
salafi  asaridagi  ma’lumotlarni  yanada kengaytirgan.,  ularni  yangi  izohlar  bilan
boyitgan,     daliliy     materiallarni     yanada   ko‘paytirgan   va   natijada   ilmi   badi’ni
yuqori bosqichga olib chiqqan.
Mashhur   shoir   Xusrav   Dehlaviy   ham   nasr   qoidalari   haqida   ikki   jilddan
iborat kitob yozib,   unda   yuzlab   badiiy   san’atlar   haqida   so‘z   yuritgan.   Vahid
Tabriziyning  “Jam’i muxtasar” (XVI asr) asarida esa aruz, qofiya bilan bir qatorda
o‘nlab she’riy san’atlar  ham keltirilgan.
Nizomiddin   Ahmad   ibn     Muhammad   Soleh   Siddiqiy   Husayniy   qalamiga
mansub   “Majma’   us-sanoe’”   asari   ham   butunlay   ilmi   badi’ga   bag‘ishlangan
bo‘lib,  saksonta she’riy san’atni o‘z ichiga olgan.
Qabulmuhammad     ham     “Haft     Qulzum”ning     yettinchi     bo‘limida     badiiy
san’atlar ustida so‘z yuritib, asosan, “Majma’ us-sanoe’” ga asoslanadi.
XX   asrda   yaratilgan   ko‘pgina   lug‘atlar   hamda   boshqa   ruhdagi   asarlar
tarkibida u yoki  bu  darajada  badiiy  san’atlarning  ayrimlari  keltirilib,  mulohaza
yuritilgan  o‘rinlar uchraydi.
Ilmi badi’ haqida umumiy ma’lumot.
2.  Badiiy san’atlar tasnifi.
3.  Lafziy san’atlar.
Ilmi     badi’     (ar.     badi’     –     go‘zal,     chiroyli,     ajoyib,     nodir,     nafis,     yangi
paydo  bo‘lgan narsa ) –  Musulmon Sharq poetikasining tarkibiy qismlaridan biri,
nutqqa bezak beruvchi san’atlar,  ularning  o‘ziga  xos  jihatlari,  fikrni  go‘zal  va
mazmunli     ifodalash     usullarini   o‘rganuvchi     soha.     Mumtoz     she’riyat,     ba’zida
nasrda   keng   ishlatilgan   va   zamonaviy adabiyotda   hozir   ham   qo‘llanilayotgan
badiiy  san’atlar  ilmi  badi’ning  asosini  tashkil qiladi. SHundan kelib chiqib, ilmi
badi’ sanoyi’ ilmi deb ham yuritiladi.  Ilmi  badi’ga  doir  dastlabki  asarlar  arab  tilida  yaratilgan  bo‘lib,  ularga
Ibn Mu’tazning “Kitob ul-badi’”(9-a.), Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom”
(9-10-a.), Qudama  ibn  Ja’farning  “Naqd  ush-she’r”  (10-a.)  asarlari  kiradi.  Ilmi
badi’     fors-tojik   adabiyotshunosligida     o‘zining     yuksak     cho‘qqisiga     ko‘tarildi.
Umar     Roduyoniyning   “Tarjumon     ul-balog‘a”,     Rashididdin     Vatvotning
“Xadoyiq   us-sehr”,   Shams    Qays Roziyning “Al-mo‘‘jam” (uchinchi qismi, 13-
a.), Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar” kabi asarlari shu   sohaga bag‘ishlangan
mumtoz  asarlar sifatida  alohida ahamiyatga  ega. 
Turkiy  tilda  ilmi  badi’  masalalari  aks  etgan  asar  sifatida  Shayx  Ahmad
Taroziyning   “Funun   ul-balog‘a”   asarini   keltirish   mumkin.   Risolaning   uchinchi
qismi   badiiy   san’atlar   tahliliga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   unda   97   san’at   turi   haqida
so‘z boradi. 
Ilmi   badi’ga   doir   nisbatan   mukammalroq   asar   Atoulloh   Husayniyning
“Badoyi’ us sanoyi’”  risolasi  bo‘lib,  unda  ilmi  badi’  tarixida  ilk  marta  badiiy
san’atlar  uch  katta guruhga: ma’naviy, lafziy va mushtarak san’atlarga ajratilgan. 
Alisher  Navoiy  ilmi  badi’ga  doir  maxsus  asar  yaratmagan  bo‘lsa-da,  o‘zining
“Majolis   un-nafois”,   “Xamsa”   va   boshqa   ko‘plab   asarlarida   ilmi   badi’ning   ba’zi
nazariy jihatlariga   to‘xtalib   o‘tadi.   Xususan,   “Majolis   un -nafois”da   Atoulloh
Husayniy     haqida   so‘z   yuritar   ekan,   uning   ushbu   ilmga   doir   risola   yozganligini
ta’kidlaydi:
“Mir     Atoulloh...     Bovujudi     donishmandlik,     she’r     va     muammo     va     sanoe’da
dag‘i mahorat   paydo   qildi   va   muammog‘a   ko‘p   mashg‘ul   bo‘lur   erdi.   Holo
sabaq     kasratidin   anga     avqoti     vafo     qilmas,     ammo     sanoe’da     kitobe     tasnif
qilibdur.  «Badoe’i  Atoiyg‘a» mavsumdur”.
Shuningdek,   Navoiy   o‘z   asarlarida   ilmi   badi’ga   doir   ba’zi   istiloh   va
atamalar sharhiga  ham  to‘xtalib,  munosabat  bildirib  o‘tadi.  Jumladan,  maqlubi
mustaviy  san’ati haqida to‘xtalib, shunday yozadi:
“bu misra’ki «maqlubi mustaviy» san’atida aytibdur, dalil basdurkim:
Mushi xari farrux shavam, Darki raqam qar kard” (D.Yusupova) Maqlubi   mustaviy     (ar.   –     teng   qilib   ag‘darilgan)     –     misra   yoki   bayt   tarkibidagi
ibora  yoki  jumlalarning  teskari  o‘qilganda  ham  ma’no  anglatishiga  asoslangan
badiiy  san’at. 
Bunda shoir biror jumla   yoki   misra she’rni har ikkala tomondan: o‘ngdan
ham,   so‘ldan   ham   o‘qiy   oladigan   qilib   tuzishi   nazarda   tutiladi.   M.m.   haqidagi
dastlabki ma’lumot Umar Roduyoniyning  “Tarjumon  ul-balog‘a”  (11-a.)  asarida
keltirilgan     bo‘lib,     muallif     ushbu   san’atni     qalb     yoki     maqlub     san’atining
ko‘rinishlaridan  biri  sifatida  keltirib,  uning  ikki turini sanab o‘tadi: 
1)  teskari o‘qilganda vazn va ma’no saqlanib qoladigan M.m.; 
2)  vazn va ma’no o‘zgarishga uchraydigan M.m.
M.m.haqidagi   nisbatan   mukammal   ma’lumotlar   Atoulloh   Husayniyning
“Badoyi’ us-sanoyi’”asarida  uchraydi.  Muallif  o‘z  asarining  lafziy  san’atlarga
ajratilgan   qismida maqlub   san’atining   to‘rt   ko‘rinishidan   biri   sifatida   M.m.ni
keltirib  o‘tadi  va  ushbu san’atning 6 darajasini sanab o‘tadi. 
M.m. haqidagi ma’lumotlar turkiy she’rshunoslikka doir ilk manba Shayx Ahmad 
Taroziyning   “Funun   ul-balog‘a”   (1436-37)   asarida   ham   uchraydi.   Asarda
mazkur san’atga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Bu aningtek bo‘lurkim, bir misra’ni tamom taqlib qilsalar, yana bir misra’
qo‘por. 
Hamul     misra   bo‘lur”.   Ko‘rinyaptiki,   Shayx   Ahmad   Taroziy   M.m.   san’ati
ostida misrani  to‘laligicha   teskari    holda   o‘qishni    va   shu   orqali    yangi    misra
hosil  bo‘lishini  nazarda tutyapti.
Alisher     Navoiy     asarlarida     M.m.     asari     nazariy     jihatdan     asoslangan
bo‘lib,     Navoiy   “Majolis   un-nafois”da   shoirlar   mahoratiga   baho   berishda   ushbu
san’atga   to‘xtalib   o‘tadi.   Xususan,     Atoulloh     Husayniyga     ajratilgan     faslda
shoirning  bir  baytini  tahlil  qilar  ekan, uning  mahoratini  aniqlash  uchun  ushbu
san’at  qo‘llangan  bayt  kifoya  qilishini  aytadi: 
“Bovujudi   ihtisor   maqlubi   mustaviy   san’atidakim,   andin   mushkulroq   san’at
bo‘lmas, bu bayt ul risolada aning xossa baytidurkim:
Shakkar dahano g‘ame nadoriy, Dayr o daniyi mug‘ona darkash.
Aning tab’i diqqatig‘a bu bayt dalili basdur” (Majolis un-nafois). 
Shuningdek,   “Majolis   un-nafois”da       Mavlono   Shihob nomli   ijodkorga   baho
berar     ekan,   uning   har   misrasi   alohida   olinganda   M.m.   san’ati   vujudga   keluvchi
baytini keltiradi:
Mushi xari farrux shavam,
Darki raqam qar kard.
Bunda  har  bir  misra  alohida  teskari  holda  o‘qilganda,  yana  o‘sha  misra  hosil
bo‘ladi.   Lekin   baytda   shaklga   e’tibor   kuchayib   ketib,   ma’noga   putur   etgan.
Birinchi   misra   “Farrux   eshagining   sichqoni   bo‘lay”   degan   mazmunni   bildirgani
holda ikkinchi misradan ma’no anglashilmaydi.
Alisher Navoiy “Xamsa”si tarkibiga kiruvchi dostonlar sarlavhalarida M.m. san’ati
qo‘llanilganligini    kuzatish     mumkin.    Xususan,     “Hayrat     ul-abror”    dostonining
beshinchi maqolati quyidagicha sarlavhalangan:
“Karam vasfidakim, qalbi diram margi  durur, balki rahmat shajarasining bargi va 
buxlkim,     saxo     qalbidin     xoli     bo‘lsa,     nihoyatsiz     balo     bo‘lur     va     bazl     surati
ko‘rguzmasa, muruvatdin   hadsiz   xalo   va   isrof   nafyikim,   har   yonidin   boqsa
ofati  behad  erur  va  itlof mazammatikim, ko‘proq harfi lofdin xabar berur”. 
Bunda  “diram  margi”  (pulning  o‘limi)  jumlasi  teskari  o‘qilsa,  “karam  mardi” 
(saxovatli mard) so‘zlari paydo bo‘ladi. 
Radd   ul-ajuz   al    as-sadr    (ar.   –   ajuzdan   sadrga   borish)    –   qaytarishga
asoslangan  she’riy  san’atlardan  biri.  Mutobiq  va  musaddar  deb  ham  ataladi.
Bu     san’atga     ko‘ra,   baytning   oxirida   kelgan   so‘z   keyingi   baytning   boshida
takrorlanib keladi. 
Sharq   mumtoz   poetikasida   baytning   boshi   sadr,   oxiri   ajuz   yoki   zarb,
ikkinchi misraning  boshi  ibtido  va  har  ikki  misraning  o‘rtasi  hashv  deyiladi.
Buni  quyidagi  chizmada ko‘rish mumkin:
Sadr ________/____hashv_______________/___ aruz
Ibtido______/___ hashv______________/____ajuz (zarb) Shundan  kelib  chiqqan  holda  ushbu  san’atga  avvalgi  baytdagi  ajuzning
keyingi baytdagi sadrda takrorlanishiga asoslangan san’at sifatida qarash mumkin. 
Ilmi    badi’ga   doir    manbalarda    R.   san’atiga   keng    o‘rin   ajratilgan.   Xususan,
Atoulloh   Husayniyning     “Badoyi’     us-sanoyi’”     (15-a.)     asarida     mazkur     san’at
nomi     anglatgan   lug‘aviy     ma’no,     uning     turlariga     to‘xtalib     o‘tilib,     salaflar
SHams     Qays     Roziy     va   Rashididdin     Vatvotning     ushbu     san’at     turi     haqidagi
fikrlariga     munosabat    bildiriladi,   “Xadoyiq  us-sehr”da   keltirilgan  fikr  asosida  R.
san’ati forsiy tilda  mutobiq  va  musaddar deb atalishi aytib o‘tiladi. 
Alisher     Navoiy     ijodida     R.san’atining     qo‘llanilish     darajasini     quyidagi
holatlarda ko‘rish mumkin:
1)     Bayt     oxirida     radif     vazifasida     kelgan     so‘z     keyingi     baytning     boshida
takrorlanib   keladi.   Bunda   ushbu   san’at   qaytarishga   asoslangan   yana   bir   she’riy
san’at  –  tasdir bilan uyg‘unlik kasb etadi:
Qo‘yma minnat bizga g‘amgin aylabon ishq ahlini, 
Bizni ham shod etmading, gar elni noshod aylading.
Aylading ko‘nglum imorat partavi ruxsor ila, 
Ka’bani butxona qilmog‘liqqa obod aylading.
(Navodir ush-shabob, 347-g‘azal)
2)  Bayt oxirida qofiya vazifasida kelgan so‘z keyingi baytning boshida 
takrorlanib keladi: 
RADD     UL-MATLA’     (ar.     –     matla’ning     takrorlanishi)     –     g‘azal     yoki
qasida     matla’idagi     birinchi     misraning     maqta’da,     ba’zan     she’r     tarkibidagi
baytlardan     birida   takrorlanib   kelishiga   asoslangan   she’riy   san’at.   Bu   tarzdagi
takror   tasodifiy   bo‘lmasdan,   muayyan     poetik     maqsadga     ega.     G‘azal     matla’si
yoki     qasidaning     birinchi     baytida     ilgari   surilgan     fikr     keyingi     baytlarda
rivojlantirilib   boriladi   va   she’r   nihoyasida   misrani  takrorlash orqali o‘sha fikr
yana ta’kidlanadi. 
Ilmi     badi’ga     doir     forsiy     manbalarda     bu     san’at     haqida     deyarli
ma’lumotlar uchramaydi.  Faqat  Atoulloh  Husayniy  o‘zining  qofiya  ilmiga  doir
“Risolai     vofiy     dar   qavoyidi     ilmi     qavofiy”     (1487)     nomli     risolasida     ushbu san’at     nomini     keltirib,     uni     qofiya   san’atlaridan     biri     sifatida     tilga     oladi     va
matla’da   keltirilgan   qofiyaning   keyingi   baytlar tarkibida takrorlanishi  R.m.deb
atalishini   ta’kidlaydi.   Aynan   shunga   o‘xshash   fi   kr   Husayn   Voiz   Koshifiyning
“Badoyi’ ul-afkor fi sanoyi’ ul-ash’or ”(15-a.) asarida ham keltiriladi. 
SHayx Ahmad Taroziyning turkiy poetikaga doir “Funun ul-balog‘a” (1436-
1437)   asarida     esa     ushbu     san’atga     quyidagicha     ta’rif     berilgan:     “Bu     san’at
aningtek   b o‘lurkim, she’rning   matla’ini    radd   qilurlar.   Bu   uch   nav’    bo‘lur.
Biri     ulkim,     matla’ning     avvalgi   misraini     tamom     maqta’da     radd     qilurlar...”
Taroziy     R.m.ning     keyingi     turlari     sifatida   matla’dagi     birinchi     misraning
qofiyasini     maqta’da       va     ikkinchi     yoki     uchinchi     baytlarda   takrorlashga
asoslangan san’atlarni keltirib o‘tadi. Bu turlar hozirgi ilmi badi’da   radd ulqofiya
nomi bilan atalib, alohida she’riy san’at hisoblanadi.
Alisher  Navoiy  ijodida  R.m.  san’ati  keng  istifoda  etilgan  bo‘lib,  ushbu
san’at   Navoiy   g‘azallaridagi   bosh   g‘oya     –     fikr,   xulosa   yoki   uning   ayrim
jihatlarini,   etakchi   fikr,   xulosaning   yuzaga   kelishi   uchun   turtki   bo‘lgan   asosiy
sababga   urg‘u   qaratish   va   alohida   ta’kidlash     uchun     xizmat     qilgan.     Shoir
g‘azallarida     R.m.     ning     ikki     xil     ko‘rinishi     keng   qo‘llanilganligini   kuzatish
mumkin:
1)     matla’dagi     birinchi     misraning     maqta’ning     so‘nggi     misrasida     takrorlanib
kelishiga asoslangan R.m.;
2)  matla’dagi  birinchi  misraning  ikkinchi  bayt  tarkibida  qaytarilib  kelishiga 
asoslangan R.m.
“Xazoyin  ul-maoniy”da  R.m. san’ati  asosida  yozilgan  35 ga  yaqin g‘azal
mavjud  bo‘lib,  shulardan  31  tasida  R.m.ning  birinchi  ko‘rinishi,  qolganlarida
esa  matla’dagi birinchi  misraning  ikkinchi  bayt  tarkibida  takrorlanib  kelishiga
asoslangan     ko‘rinishi   qo‘llanilgan   (Y.Is’hoqov).   R.m.ning   birinchi   ko‘rinishiga
Navoiyning quyidagi g‘azalini misol tariqasida keltirish mumkin:
Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf, 
Qolg‘ani sarf o‘ldi anduhu pushaymonlig‘da hayf.
Jong‘a bir dushvorlig‘ qo‘ymay riyozat ranjidin,  Sarf bo‘ldi naqdi avqotim tan osonlig‘da hayf.
Bog‘ladim paymonadin paymon, fig‘onkim, aqlu din 
Bo‘ldi bu paymonavu ul sustpaymonlig‘da hayf.
Ey musulmonlar, bilingkim, bo‘ldi umrum hosili 
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonlig‘da hayf.
Hayfkim, naf’ aylamas har nechakim tortib ilik, 
Desam o‘z ahvolima bu nav’ hayronlig‘da hayf.
Andoq ish qilkim, pushaymon bo‘lmag‘aysenkim, emas 
Hech osig‘ chun ish xato bo‘ldi pushaymonlig‘da hayf.
Har ne o‘tkan so‘zlarim chindur desam yolg‘on erur, 
CHin budurkim, degamen umr o‘tti yolg‘onlig‘da hayf.
CHun engilrakdur hisob o‘lg‘anda sultondin gado, 
Hayfkim, bo‘lg‘ay gado avqoti sultonlig‘da hayf.
Ey Navoiy, voqif erman xalqdin, bori mening 
Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 303-g‘azal). 
R.m.ning     Alisher     Navoiy     ijodidagi     ikkinchi     ko‘rinishiga     quyidagi     g‘azal
baytlari  misol bo‘la oladi: 
Otashin gul bargidin xil’atki jononimdadur, 
Xil’at ermas, ul bir o‘tdurkim, mening jonimdadur.
Otashin la’lidururkim, anda muzmar bo‘ldi jon, 
Otashin gulbargidan xil’atki jononimdadur.
(Badoyi’ ul-vasat, 194-g‘azal).
Navoiy     she’riyatida     R.m.san’atining     bir     oz     o‘zgargan     ko‘rinishi     ham
qo‘llanilgan   bo‘lib,     unda     matla’dagi     birinchi     misra     ikkinchi     bayt     yoki
maqta’da  bir  oz  o‘zgargan shaklda  takrorlanadi.   Bu  san’atni  shartli  ravishda
yarim     R.m.deb     atash     mumkin   (Y.Is’hoqov).   “Xazoyin   ul-maoniy”   kulliyotida
o‘ndan ortiq g‘azal ushbu san’at asosida yozilganligini ko‘rish mumkin. Matla’ va
ikkinchi bayt orasidagi yarim R.m.ga misol:
O‘yuy olsam eshiking tufrog‘ini yostanibon,  Saltanat taxtig‘a chiqmoq tilamon uyg‘onibon.
It kibi har necha qavsang urubon toshu kesak, 
Yona kelgum eshiking tufrog‘ini yostanibon...
(Navodir ush-shabob, 452-g‘azal).
Matla’ va maqta’ orasidagi yarim R.m.ga misol:
Holima yor tarahhum qilmas, 
Yig‘lasam zor, tabassum qilmas.
Ko‘ngluma vahm erur hijrondin, 
Qatldin hech tavahhum qilmas.
G‘uncha og‘zing so‘zida qaysi zamon 
Kim, hazin ko‘nglum o‘zin gum qilmas.
Javrlarkim qilur ul oy manga, 
Etti aflok aro anjum qilmas.
Qaysi bir zulmki qilmas ul sho‘x, 
Garchi bu zor tazallum qilmas.
Yuz kalom el bila aytur har dam, 
Bizga bir nukta takallum qilmas.
Ey Navoiy, qiya boqti demakim, 
Ko‘ngluma yor tarahhum qilmas.
(Favoyid ul-kibar, 225-g‘azal). (D.YUsupova)
Radd   ul-qofiya   (ar.   –   qofiyaning   takrorlanishi)   –   g‘azal    yoki   qasida
matla’idagi   qofiyaning     undan     keyingi     baytlardan     birida     yoki     maqta’da
takrorlanishiga   asoslangan badiiy san’at.   XVI asrgacha yaratilgan poetikaga doir
manbalarda “iyto” deb yuritilgan. 
Sakkokiyning   “Miftoh   ul-ulum”,   Shams   Qays   Roziyning   “Al-mo‘jam”
(1218-1233),     Nasiriddin   Tusiyning   “Me’yor   ul-ash’or”     (13-a.)     Husayn   Voiz
Koshifiyning   “Badoyi’   ulafkor     fi     sanoyi’     ul-ash’or”     (15-a.),     Abdurahmon
Jomiyning  “Risolai  qofiya”  (1465), Atoulloh  Husayniyning  “Risolai  vofiy  dar
qavoyidi    ilmi    qavofiy”   (1487)    asarlarida  mazkur    san’at    haqida   ma’lumotlar
keltiriladi.  Ushbu  asarlarning  deyarli  barchasida  iyto qofiya  nuqsonlaridan  biri sifatida    e’tirof     etilib,    agar     takrorlanuvchi     qofiyalar     orasida   muayyan   masofa
bo‘lsa (g‘azal va qit’ada 7 baytdan keyin, qasidada esa 14 -20 baytdan keyin) yoki
she’r ikki matla’ga ega bo‘lsa (she’r o‘rtasida yana bir qo‘sh qofiyalanuvchi 
bayt kelsa), iytodan foydalanish mumkin degan umumiy xulosa aytiladi.
Shayx   Ahmad   Taroziyning   “Funun   ul-balog‘a”   (1436-37)   asarida   R.q.
san’ati     radd   ul-matla’     tarkibida     tahlil     qilinib,     risolada     keltirilgan     radd     ul-
matla’ning     ikkinchi     va   uchinchi     turlari     aynan     R.q.     san’atiga     mos     keladi:
“Ikkinchi   nav’i   ulkim,   avvalgi misra’ning qofiyasini   maqta’ning   oxirinda radd
qilurlar...   Uchinchi   nav’i   ulkim,   avvalgi   misra’ning   qofiyasini   ikkinchi   bayt   yo
uchinchi   baytta   radd   qilurlar”.   Bunda   muallif   R.q.   san’atining     matla’dagi
qofiyaning     maqta’da     yoki     ikkinchi     va     uchinchi     baytlardan     birida
takrorlanishiga asoslanishini ta’kidlayapti. 
Alisher   Navoiy   g‘azaliyotida   ushbu   san’at   ancha   faol   qo‘llanilgan   bo‘lib,
“Xazoyin   ul-maoniy”     kulliyotida     uning     turli     ko‘rinishdagi     450     dan     ortiq
namunalarini     uchratish   mumkin   (Y.Is’hoqov).   Shoir   she’riyatida   R.q.ning
quyidagi ko‘rinishlari qo‘llanilgan:
1.     G‘azaldagi     birinchi     misraning     qofiyasi     ikkinchi     baytda
takrorlanishiga asoslangan R.q.:
Bahor sensiz o‘luptur manga ajab do‘zax, 
Qizil gul anda o‘tu oq shukufalardur yax.
Bahor sensiz agar do‘zax o‘lsa tong ermas, 
Bihisht ichinda liqo bo‘lmasa erur do‘zax...
(G‘aroyib us-sig‘ar, 108-g‘azal).
2.     G‘azaldagi   birinchi   misraning   qofiyasi   ikkinchidan   keyingi   baytlardan
birida takrorlanishiga asoslangan R.q.:
Yuz tuman mehnat o‘qi anduhlug‘ jonimdadur, 
To havodin sarzanish sarvi xiromonimdadur.
Hojatim budur, xudoyokim, karomat qilg‘asen 
Notavon jonimg‘a har zahmatki, jononimdadur.
Dard menda sendin ortuq bo‘lsa, jono, ne ajab  Kim, sening jismingdadur zahmat, mening jonimdadur...
(G‘aroyib us-sig‘ar, 150-g‘azal).
3.     G‘azal   matla’sidagi   ikkinchi   misraning   qofiyasi   ikkinchidan   keyingi
baytlardan birida takrorlanishiga asoslangan R.q.:
Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf, 
Qolg‘ani sarf o‘ldi anduhu pushaymonlig‘da hayf.
Jong‘a bir dushvorlig‘ qo‘ymay riyozat ranjidin, 
Sarf bo‘ldi naqdi avqotim tan osonlig‘da hayf.
Bog‘ladim paymonadin paymon, fig‘onkim, aqlu din 
Bo‘ldi bu paymonavu ul sustpaymonlig‘da hayf.
Ey musulmonlar, bilingkim, bo‘ldi umrum hosili 
Nafsi kofir fitnasidin nomusulmonlig‘da hayf.
Hayfkim, naf’ aylamas har nechakim tortib ilik, 
Desam o‘z ahvolima bu nav’ hayronlig‘da hayf.
Andoq ish qilkim, pushaymon bo‘lmag‘aysenkim, emas 
Hech osig‘ chun ish xato bo‘ldi pushaymonlig‘da hayf...
(G‘aroyib us-sig‘ar, 303-g‘azal).
4.     G‘azal     matla’idagi     qofiyalardan     birining     maqta’da     takrorlanishiga
asoslangan 
R.q.:
Ishq soldi xonumonim ichra o‘t, 
La’li otashnoki jonim ichra o‘t.
Nega etkan erga o‘rtar xalqni 
Bo‘lmasa ohu fig‘onim ichra o‘t.
Qo‘nglum ermas tandakim, hajring aro 
Tushti jismi notavonim ichra o‘t.
O‘qlaringning kasratidin chektim oh, 
Tushti andin naysitonim ichra o‘t.
Hajrdin kuydi so‘ngaklar, vahki, ishq  
Soldi xoshoki nihonim ichra o‘t. Soqiyo, maydin su urkim, soldi davr 
Joni benomu nishonim ichra o‘t.
Ey Navoiy, chun chaqildi barqi ishq, 
Tushti andin xonumonim ichra o‘t.
(Navodir ush-shabob,86-g‘azal).
TARDU   AKS   (ar.   –   teskari    qilib   takrorlash)    –   bayt   tarkibidagi   ikki   so‘z
yoki   birikmani     avval     muayyan     bir     tartibda     keltirib,     so‘ng     ularning     o‘rnini
almashtirib takrorlash san’ati. Mumtoz   poetikaga doir manbalarda “aks”, “tabdil”
nomlari   bilan   ham   keladi.     T.a.     dastlabki     ma’lumot     Umar     Roduyoniyning
“Tarjumon     ul-balog‘a”     (11-a.)   asarida     keltirilgan     bo‘lib,     risolada     mazkur
san’at   “aks”   nomi   bilan   keltirilgan:   “Aks lug‘atda   “qayta   takrorlash   bo‘lib,
bayt     tarkibidagi     jumla     va     so‘zlarni     hamda     oxirgi   so‘zni   misra   boshida
takrorlashni   “aks”   derlar...  Va   agar   aks   amali   bayt   tarkibida   sodir   bo‘lsa,   bunday
aksni   “komil   aks”   derlar   va   agar   misra   tarkibida   amalga   oshsa,   bunday   aksni
“maxraj”, ya’ni notamom (to‘liq bo‘lmagan) aks deb atarlar”. 
T.a. san’ati takrorning qaysi o‘rinda kelishiga qarab ikki turga bo‘linadi:
1) komil (tugallangan) aks – T.a.ning bayt doirasida sodir bo‘lishi, bunda baytning 
birinchisi     misrasidagi     ikki     so‘z     yoki     birikma     ikkinchi     misrada     o‘rin
almashinib takrorlanadi. Masalan,
Qaro ko‘zum, kelu mardumlig‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il
(G‘aroyib us-sig‘ar, 371-g‘azal) 
2) maxraj (tugallanmagan) aks  –  T.a.ning misra doirasida hosil qilinishi, bunda 
bir misradagi ikki so‘z shu misraning o‘zida o‘rin almashinib takrorlanadi: 
Ki, haq taqdiridindur olam ichra, 
Yomonu yaxshining yaxshi yomoni.
(Navodir ush-shabob, tarji’band)
T.a. san’ati mazmun nuqtai nazaridan ham ikki turga bo‘linadi:  
1)     mutahodiy   aks.   Bunday   T.a.da   ikki   so‘z   yoki   iboraning   tartibini   o‘zgartirib
takrorlash oqibatida yangi ma’no hosil qilinmaydi.  Har ne ul buzdi, bu barin tuzdi,
Bu barin tuzdi, har ne ul buzdi
(Sab’ai sayyor)
2)   majro   aks.     Bunda   ikki   so‘z   yoki   birikmaning   o‘rin   olmashinib   takrorlanishi
natijasida yangi ma’no hosil qilinadi:
Ne bo‘ldi dardima, ey bevafo, davo qilsang, 
Vafog‘a va’da qilib, va’dag‘a vafo qilsang.
(Badoyi’ ul-vasat, 357-g‘azal)
Alisher  Navoiy  “Majolis  un-nafois”da  “insoniyat  va  xush  axloqliqda  Xuroson
va Samarqand  mulkida  yagona”  bo‘lgan  Mirzobekning  bir  matla’sini  keltirib,
unda  T.a. san’ati qo‘llanilganligini aytib o‘tadi:
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur, 
Kim jonga qaro balo bo‘lubtur.
Navoiy   keyinchalik   Mirzobek   tomonidan   oxiriga     yetkazilmagan   bu   parchani
uning 
xotirasi   uchun   g‘azal   holiga   keltirib,   “Xazoyin   ul-maoniy”ning   birinchi   devoni
bo‘lmish “”G‘aroyib us-sig‘ar”ga 161-raqam ostida kiritadi. (D.Yusupova)
TARSI’  (ar.  –gavharni  ipga  tizish)  –  baytning  birinchi  misrasidagi  barcha 
so‘zlarning     ikkinchi     misradagi     so‘zlar     bilan     o‘zaro     teng,     vazndosh     va
qofiyadosh   bo‘lishiga     asoslangan     badiiy     san’at.     T.san’ati     haqidagi     dastlabki
ma’lumot     Umar   Roduyoniyning     “Tarjumon     ul-balog‘a”     (11-a.)     asarida
keltirilgan     bo‘lib,     muallif     T.ni     “baland   darajada   va   sharif   martabada”   deb
ta’kidlaydi va unga quyidagicha ta’rif beradi:
“Tarsi’   –   forsiyda   “ipga   gavhar   termoq”   bo‘lib,   bu   o‘rinda   uning   bayoni
shuki, kotib va shoirlar nazmu nasrda baytning qismlarini  bo‘lak-bo‘lak qiladilar,
toki   har   ikki   so‘z   o‘zaro   barobar   va   vaznda   muvofiq   bo‘lsin   hamda   so‘zlarning
avvalgi   va   oxirgi   harflari   birbiriga   mos   bo‘lsin...   Va   bu   qismlar   balog‘at   ilmida
baland darajada va sharif martabadadur” 
Aynan shu asardan boshlab ilmi badi’ga doir barcha forsiy risolalar T.san’ati ta’rifi
bilan ibtido topganligini ko‘rish mumkin.  T.san’ati     g‘azal     yoki     qasida     janrida     qo‘llanganda     asosan     matla’da
yuzaga  keladi, chunki ushbu janrlarning qofiyalanish tizimi shuni taqozo etadi. 
Alisher     Navoiy     asarlarida     T.     san’ati     nazariy     jihatdan     asoslangan     bo‘lib,
Navoiy   o‘zining     “Muhokamat     ul-lug‘atayn”     asarida     Salmon     Sovajiyning
masnu’  qasidasini ta’riflash  munosabati  bilan  ushbu  san’atga  ta’rif  beradi  va
Salmon   Sovajiy   qasidasidagi nuqsonni ham ko‘rsatib o‘tadi: “...tarsi’ san’atikim,
matla’din   o‘zga   baytda   bo‘la   olmas,   ul   qasidaning   agarchi   mustaxraj   matlai
rostdur,   ammo   asli   matla’da   avvalgi   misra’ning   bir   lafzida   taxalluf   qilibdur   va
matla’ budurkim, b a y t:
Safoi safvati ro‘yat birext obi bahor,
Havoi jannati ko‘yat bibext mushki tator”.
Bu   o‘rinda   Navoiy   Salmon   Sovajiyning   qasida   matla’ida   qo‘llagan   T.
san’atida bir so‘zda  (obi  –  mushki)  taxalluf  qilganini,  ya’ni  qofiya  qoidasidan
chetga  chiqqanini ko‘rsatib o‘tadi.
“Majolis  un-nafois”da   esa    Darvesh     Mansur  bir     masnu’     qasida   bitganligi    va
uning matla’sida T. san’ati qo‘llanilganligi haqida ma’lumot beradi: 
Bas davidam dar havoi vasli yor, 
Kas nadidam oshnoi asli kor.
Shuningdek,     Navoiy     “Muhokamat     ul-lug‘atayn”da     ushbu     san’at
borasidagi  o‘z mahoratini ham namoyish etadi:
“Bu  matla’ga  tatabbu’  qilg‘on  ko‘p  suxanvarlar  va  nazmgustarlar  chun 
muqobalada debdurlar, lat ebdurlar. Bu faqirning matlai budurki,
b a y t:
Chunon vazid ba bo‘ston nasimi fasli bahor,
K-az on rasid ba yoron shamimi vasli nigor.
Basorat   ahli   mulohaza   qilsalar   bilurlarki,   bu   matla’   tarsi’ga   voqe’   bo‘lur,
aybdin 
muarro va murassa’g‘a kelur, e’tirozdin mubarrodur”.  Alisher   Navoiyning   T.san’ati   asosida   yozilgan   ushbu   bayti   Atoulloh
Husayniyning   “Badoyi’   us-sanoyi’”   (15-a.)   asarida   ham   T.   bilan   bog‘liq   o‘rinda
keltirib o‘tilgan.
Alisher   Navoiyning   T.san’atidagi   badiiy   mahorati   yana   shunda   namoyon
bo‘ladiki, Navoiyga qadar arab, fors va turkiy she’riyatda hech bir ijodkor ruboiy
janrini boshdanoyoq  ushbu  san’at  asosida  yaratmagan  edi.  Bu  haqda  shoirning
o‘zi  shunday  ma’lumot beradi: 
“Bu nav’ she’rning ta’kid va mubolag‘asi uchun yana bir ruboiy ham debmenki, to 
Xalil     binni     Ahmad   ruboiy     qoidasin     vaz’     qilibdur,     tarsi’     san’atida     ruboiy
aytilg‘on eshitilmaydur, balki yo‘qtur va ul budurkim,
r u b o i y:
Ey rui tu kavkabi jahon oroe, 
V-ey bui tu ashhabi ravon osoe, 
Be mui tu, yo rab, chunon farsoe,
Gisui tu chun shabi fig‘on afzoe” 
(Muhokamat ul-lug‘atayn)
T. san’ati Navoiy “Xamsa”si tarkibidagi dostonlarda ham keng qo‘llanilgan. 
Noma uchun xoma tarosh ayladim,
Xoma uchun noma xarosh ayladim
(Hayrat ul-abror)
Dardini najotim et, ilohi,
YOdini hayotim et, ilohi!
(Layli va Majnun)
Ham yuzi oni beqaror etti, 
Ham so‘zi oni ashkbor etti.
(Sab’ai sayyor)
SIYOQAT   UL-A’DOD   (ar.     –     ketma-ket   sanash)     –     she’rda   sodda   otlarni
muayyan   tartib   bilan   ketma-ket   keltirishga   asoslangan   san’at.   Ilmi   badi’ga   doir
mumtoz   manbalarda   ta’dil   nomi   bilan   ham   keladi.   Atoulloh   Husayniyning
“Badoyi’   us-sanoyi’”   (15-a.)   asarida   ushbu     san’atga     shunday     ta’rif     beriladi: “Arab  fusahosi  va  ba’zi  ajam  shuarosi  qoshinda sodda  otlarni  bir  tartibu  bir
tariqada     keltirmaktur”.     Muallifning     fikricha,     agar     she’rning     oxirigacha   bu
san’atga rioya qilsalar, she’rning husni ortadi. 
Shuningdek,   asarda   “shoir   bir   necha   sonni    o‘z   sirasi   bo‘yincha   yoki
sirasining   aksincha   yoki   tartibsiz   tarzda”   keltirsa   ham,   S.a.   san’ati   hisoblanishiga
e’tibor qaratiladi. 
Alisher Navoiy ijodida S.a. san’atining istifoda etilishini quyidagi holatlarda
ko‘rish mumkin:
1.  Bir bayt ichidagi misra doirasida S.a.ni qo‘llash. Masalan,
Mehru Mohu Mushtariyu Zuhra chun qildi tulu’, 
Hech nahs axtar tulu’i anda qat’o bo‘lmasa.
(Favoyid ul-kibar, 24-g‘azal)
Xizr monand sabzadin rangi, 
Sabzasi, suyi, ko‘zgusi, zangi. 
(Sab’ai sayyor)
2.   Bir   she’rni   to‘laligicha   S.a.   san’ati   asosida   yozish.   Bunda   sonlarni
ketma-ket keltirish yo‘lidan boriladi. Masalan,
Tariqi ishq aro gar o‘zni fard qilsa birov, 
Harif emas eru ko‘k, necha gar erurlar ikov.
Ko‘nguldin ayla mavolid maylini kam-kam, 
Bo‘lurg‘a fard mavoni’dururlar ushbu uchov.
Desang falakka chiqay, foniy ul anosirdin, 
Nedinki, ruhungadur chormix bu to‘rtov.
Havosi xams ila maqsud bo‘lmadi mudrik, 
Ko‘ngulni top iki-uch uzv, besh emas bu beshov.
Fanoiy mahz etar «Sittai zaruriya» 
Nedinki yo‘qqa zarurat emas bu nav’ oltov.
Xilofi shar’ agar etti ko‘kka chiqqungdur, 
YAqinki, etti tamug‘din batardur ul ettov.
Navoiyo, sekiz uchmoq havosidin kechgim,  Bular mavoni’ erur, yor istar o‘lsa birov.
(Favoyid ul-kibar, 506-g‘azal) (D.Yusupova)
TAVZI’ (ar. – tarqatish, taqsimlash, ulashish)   –   baytda bir xil tovushlarni
bir   necha   marta     takrorlashga     asoslangan     san’at.     Bunda     shoir     o‘z     fikrini
ifodalash     uchun   yangroqdosh,   ya’ni   bir   xil   yangroq   tovushga   ega   bo‘lgan
so‘zlardan   foydalanadi.   T.ni   ng   yuzaga     chiqishi     uchun     aksariyat     hollarda
undosh   tovushlarning   takrorlanishi    talab qilinadi,   lekin   ba’zan   tovushdoshlik
cho‘ziq  unlilar  takroridan  ham  vujudga  kelishi mumkin. 
Alisher     Navoiy     o‘z     ijodida     T.     san’atidan     unumli     foydalangan.     Shoir
she’riyatida tovushdoshlik   ba’zan   bir   misra   doirasida,   ba’zan   bayt   doirasida
vujudga     keltirilgan.   Masalan,   quyidagi   baytda   “k”   tovushi   bir   bayt   doirasida   6
tarta marta takrorlangan:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
(Badoyi’ ul-vasat, 608 -g‘azal)
Navoiy     she’riyatida     boshdan-oyoq     ushbu     san’at     asosida     yozilgan     g‘azallar
ham   uchraydi.   Masalan,   quyidagi   g‘azalda   “j”   tovushi   uyushtirilib,   T.san’ati
hosil qilinganligini kuzatish mumkin:
Har labing o‘lganni tirguzmakda, jono, jon erur, 
Bu jihatdin bir-birisi birla jonojon erur.
Jonim andoq to‘ldi jonondinki, bo‘lmas fahmkim 
Jon erur jonon emas yo jon emas, jonon erur.
Bo‘lsa jonon bordurur jon ham chu jonon qildi azm, 
Jon ketib jonon bila jondin manga hijron erur.
Jon manga jonon uchundur, yo‘qki jonon jon uchun, 
Umr jononsiz qatiq, jonsiz vale oson erur.
Borsa jon, jonon yitar, gar borsa jonon, jon ketar, 
Kimsaga jononu jonsiz umr ne imkon erur.
Xushturur jonu jahon jonon bila, jonon agar 
Bo‘lmasa jon iylakim, o‘lmas jahon, zindon erur. Jonim ol, ey hajru jononsiz manga ranj istama, 
CHunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 168-g‘azal)
“Xamsa” tarkibidagi dostonlarda ham T. san’ati keng istifoda etilgan. 
Dedikim: shahg‘a bo‘lma shirkat andesh,
Dedi: ishq ichra tengdur shohu darvesh!
(Farhod va SHirin)
YUz munchag‘a elni moni’ etma,
Ming munchag‘a meni qoni’ etma!
(Layli va Majnun) 
Savol va topshiriqlar:
1.  Ilmi badi’ haqida umumiy ma’lumot bering.
2.  Badiiy san’atlar to’g’risida nimalarni bilasiz?
3.  Radd ul-matla’ qanday san’at?
4.  Lafziy san’atlar deb nimaga aytiladi?
Tayanch tushunchalar:
  Ilmi badi’
  Badiiy san’at

  Radd ul-matla’

  Radd ul-qofiya

  Tardu aks

  Tarsi’

  Siyoqat ul-a’dod

  Tavzi’
 ASOSIY ADABIYOTLAR:
1.     Boltaboev     H.     Sharq   mumtoz   poetikasi.     –     T.:     O‘zbekiston   Milliy
ensiklopediyasi,  2008. – 426 b.
2.  Is’hoqov  Y.  So‘z san’ati so‘zligi.  –  T.:  O‘zbekiston, 2014.  – 320  b.
3.  Hojiahmedov A.  Mumtoz  badiiyat  malohati. –  T.:  SHarq,  1990.– 240 b. 
242
QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR:
1.  Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. – T.: SHarq, 1998. – 160 
b.
2.  Rahmonov  V. She’r  san’atlari.  – T.:  YOzuvchi,  2001.  – 72 b.
3.  Rustamov  A.  Navoiyning  badiiy  mahorati.  –  T.:  Adabiyot  va  san’at
nashriyoti,  1979. – 214  b.

Mumtoz poetika masalalari. Ilmi aruz, ilmi bade', ilmi qofiya haqida ma'lumot. Mumtoz adabiyotda adabiy turlar va she'r nav'lari Reja: 1. “Poetika” atamasining lug’aviy va istilohiy ma’nolari. 2. Ilmi balog’a haqida umumiy tasavvur. 3. Ilmlar uchligi va ularning mumtoz poetikani o’rganishdagi ahamiyati. 4. Adabiy va tarixiy manbalarda mumtoz poetikaga doir qarashlar.

“Poetika” so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, “ijod qilish san’ati” ma’nosini bildiradi. Poetika ijodning qanday qilib san’atga aylanishi haqidagi fandir. Poetika atamasi 2 xil ma’noda ishlatiladi: 1) umumiy – keng ma’noda adabiyot nazariyasini bildiradi; 2) xususiy – tor ma’noda adabiyot nazariyasining tarkibiy qismi bo‘lib, adabiy asar haqidagi ta’limotdir. Poetika fani muayyan badiiy asarning badiiy ta’sirchanlik qudratini tadqiq qiladi. Poeziya san’at bo‘lsa, poetika shu san’atni ilmiy tahlil qiladi. Ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan musulmon Sharqi adabiyotida poetika masalasi har doim she’riyat ahlining diqqat markazida turgan. Muayyan ijodkorning badiiy salohiyati va iste’dodi haqida so‘z borganda, uning tasvir obyekti sifatida nimalarni olgani emas, balki o‘sha obyekt yoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan. Shu ma ’noda u yoki bu ijodkor ijodiga yoxud muayyan badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalamoqchi bo‘lgan g‘oya qanday badiiy timsollar, vazn yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi bilan birga she’riy asarda qo‘llanilgan badiiy san’atlarning rang-barangligi, ularning asar mazmunini ochishdagi o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qaratilgan. Balog‘at ilmi. “Balog‘at”ning lug‘aviy ma’nosi “bulug‘ va vusul”, ya’ni erishish va yetishishdir. Istilohda esa Qur’oni Karim va hadisi sharif tili bo‘lmish arab tilining sirasrorlarini ochuvchi, uning nozik va nafis jihatlarini ko‘rsatuvchi, balog‘ati va fasohatini anglashni o‘rgatuvchi ilm “balog‘at ilmi” deyiladi. U ilmi maoniy, ilmi bayon, ilmi badi’lardan iborat. Balog‘at ilmi haqida hijriy ikkinchi asrdan boshlab kitoblar yozila boshlagan. Ana shu uch ilm bo‘yicha Abu Ubayda Ma’mar, Ja’far ibn Yaxyo, Sahl ibn Xorun, Abdulloh ibn Mu’tazz va boshqalar ilk kitob yozgan allomalardir Mumtoz adabiyotimiz tarixida poetika ilmi asosan uchta mustaqil sohadan iborat bo‘lgan va bu “ilmlar uchligi” deb atalgan. Bular quyidagilardir:

1) ilmi aruz – she’rdagi vaznlar va ularning qonun-qoidalari haqida bahs yurituvchi soha; 2) ilmi qofiya – qofiya qonuniyatlari va turlari haqida ma’lumot beruvchi soha; 3) ilmi badi’ – nutqqa bezak beruvchi san’atlar, ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi soha. Mumtoz poetikaga doir dastlabki forsiy asar XI asrda yuzaga kelgan. Bu Muhammad binni Umar Roduyoniy qalamiga mansub bo‘lib, “Tarjimon ul- balog‘a” deb ataladi. Roduyoniy o‘z kitobini arab olimi Nasr binni Hasanning “Mahosin ul- kalom” nomli asariga suyangan holda yaratgan va unda 73 ta san’atni keltirgan. XI–XII asrlarda Ahmad binni Muhammad Manshuriy Samarqandiy talavvun san’ati haqida (buni Xurshediy “Kanz ul-g‘aroib” deb atagan), Abumuhammad binni Muhammad Rashidiy Samarqandiy (“Ziynatnoma”) va boshqa ijodkorlar ilmi badi’ga doir risolalar yozganlar. Biroq XI – XII asrlarda yaratilgan ilmi badi’ga doir asarlar orasida eng mukammali Rashididdin Vatvot nomi bilan mashhur bo‘lgan xorazmlik shoir va olim Rashididdin Abubakr Muhammad binni Muhammad binni Abdujalili Umari kotibning (vaf. 1182- 1183) “Hadoyiq us-sehr fi daqoiq ush-she’r” nomli asaridir. “Hadoyiq us-sehr” buyuk olim tomonidan bitilgan yuksak saviyadagi asar bo‘lib, undan keyin ilmi badi’ bilan mashg‘ul bo‘lgan barcha mualliflar ana shu asardan foydalanganlar. Rashididdin Vatvot asari hozirgi kunga qadar o‘zining ilmiy qimmatini yo‘qotgan emas. Tarixiy poetikaga doir yaratilgan ikkinchi bir katta tadqiqot XIII asrning atoqli olimi Shamsiddin Muhammad binni Roziyning “Al-mo‘jam fi ma’oyir-ul-ash’or-ulAjam” nomli mashhur asaridir.Bu asarni o‘sha paytgacha poetika masalalari bo‘yicha qilingan barcha ishlarning yakuni, shu sohada yaratilgan asarlarning gultoji, deb aytish mumkin. Chunki muallif bu asarida mumtoz poetikaning har uchala bo‘limi – aruz, qofiya va ilmi badi’ haqida

mukammal ma’lumot beradi, she’r va shoirlik, badiiy asarda shakl va mazmunning munosabati, tanqidning adabiy jarayondagi roli va vazifalari haqida mulohazalar yuritadi. Shamsi Qays asarining ilmi badi’ga doir uchinchi qismida Rashididdin Vatvotning mazkur asaridan ham foydalangan. Lekin bu masalada katta iste’dod va imkoniyatlarini namoyish qilib, o‘z salafi asaridagi ma’lumotlarni yanada kengaytirgan., ularni yangi izohlar bilan boyitgan, daliliy materiallarni yanada ko‘paytirgan va natijada ilmi badi’ni yuqori bosqichga olib chiqqan. Mashhur shoir Xusrav Dehlaviy ham nasr qoidalari haqida ikki jilddan iborat kitob yozib, unda yuzlab badiiy san’atlar haqida so‘z yuritgan. Vahid Tabriziyning “Jam’i muxtasar” (XVI asr) asarida esa aruz, qofiya bilan bir qatorda o‘nlab she’riy san’atlar ham keltirilgan. Nizomiddin Ahmad ibn Muhammad Soleh Siddiqiy Husayniy qalamiga mansub “Majma’ us-sanoe’” asari ham butunlay ilmi badi’ga bag‘ishlangan bo‘lib, saksonta she’riy san’atni o‘z ichiga olgan. Qabulmuhammad ham “Haft Qulzum”ning yettinchi bo‘limida badiiy san’atlar ustida so‘z yuritib, asosan, “Majma’ us-sanoe’” ga asoslanadi. XX asrda yaratilgan ko‘pgina lug‘atlar hamda boshqa ruhdagi asarlar tarkibida u yoki bu darajada badiiy san’atlarning ayrimlari keltirilib, mulohaza yuritilgan o‘rinlar uchraydi. Ilmi badi’ haqida umumiy ma’lumot. 2. Badiiy san’atlar tasnifi. 3. Lafziy san’atlar. Ilmi badi’ (ar. badi’ – go‘zal, chiroyli, ajoyib, nodir, nafis, yangi paydo bo‘lgan narsa ) – Musulmon Sharq poetikasining tarkibiy qismlaridan biri, nutqqa bezak beruvchi san’atlar, ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi soha. Mumtoz she’riyat, ba’zida nasrda keng ishlatilgan va zamonaviy adabiyotda hozir ham qo‘llanilayotgan badiiy san’atlar ilmi badi’ning asosini tashkil qiladi. SHundan kelib chiqib, ilmi badi’ sanoyi’ ilmi deb ham yuritiladi.

Ilmi badi’ga doir dastlabki asarlar arab tilida yaratilgan bo‘lib, ularga Ibn Mu’tazning “Kitob ul-badi’”(9-a.), Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom” (9-10-a.), Qudama ibn Ja’farning “Naqd ush-she’r” (10-a.) asarlari kiradi. Ilmi badi’ fors-tojik adabiyotshunosligida o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‘a”, Rashididdin Vatvotning “Xadoyiq us-sehr”, Shams Qays Roziyning “Al-mo‘‘jam” (uchinchi qismi, 13- a.), Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar” kabi asarlari shu sohaga bag‘ishlangan mumtoz asarlar sifatida alohida ahamiyatga ega. Turkiy tilda ilmi badi’ masalalari aks etgan asar sifatida Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarini keltirish mumkin. Risolaning uchinchi qismi badiiy san’atlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 97 san’at turi haqida so‘z boradi. Ilmi badi’ga doir nisbatan mukammalroq asar Atoulloh Husayniyning “Badoyi’ us sanoyi’” risolasi bo‘lib, unda ilmi badi’ tarixida ilk marta badiiy san’atlar uch katta guruhga: ma’naviy, lafziy va mushtarak san’atlarga ajratilgan. Alisher Navoiy ilmi badi’ga doir maxsus asar yaratmagan bo‘lsa-da, o‘zining “Majolis un-nafois”, “Xamsa” va boshqa ko‘plab asarlarida ilmi badi’ning ba’zi nazariy jihatlariga to‘xtalib o‘tadi. Xususan, “Majolis un -nafois”da Atoulloh Husayniy haqida so‘z yuritar ekan, uning ushbu ilmga doir risola yozganligini ta’kidlaydi: “Mir Atoulloh... Bovujudi donishmandlik, she’r va muammo va sanoe’da dag‘i mahorat paydo qildi va muammog‘a ko‘p mashg‘ul bo‘lur erdi. Holo sabaq kasratidin anga avqoti vafo qilmas, ammo sanoe’da kitobe tasnif qilibdur. «Badoe’i Atoiyg‘a» mavsumdur”. Shuningdek, Navoiy o‘z asarlarida ilmi badi’ga doir ba’zi istiloh va atamalar sharhiga ham to‘xtalib, munosabat bildirib o‘tadi. Jumladan, maqlubi mustaviy san’ati haqida to‘xtalib, shunday yozadi: “bu misra’ki «maqlubi mustaviy» san’atida aytibdur, dalil basdurkim: Mushi xari farrux shavam, Darki raqam qar kard” (D.Yusupova)