logo

Mustaqillikka yerishish arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.689453125 KB
Mustaqillikka yerishish arafasida O zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.ʻ
Reja:
1.   XX   asr   80-yillari   o rtalarida   respublika   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy   va	
ʻ
ma naviy hayotidagi inqirozli holat.	
ʼ
2. Markazning O zbekistonda amalga oshirgan qatag on siyosati. “Paxta	
ʻ ʻ
ishi”   “O zbek   ishi”   nomli   kampaniyalar.   Aholi   turmush   tarzining	
ʻ
og irlashuvi. Orol fojiasi. Farg ona voqealari.	
ʻ ʻ
3. 1989-yil o rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o zgarishlar.	
ʻ ʻ
Milliy manfaatlar ustuvorligining o sib borishi.	
ʻ
              4.   I.   Karimov   –   O zbekistonning   Birinchi   Prezidenti.   Mustaqillik	
ʻ
deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991-yil avgust voqealari. GKCHP.
Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi. XX     asrning     80     yillarida   kelib   O‘zbekistonda   xalqning   azaliy   orzusini
amalga   oshirish   imkoniyati   vujudga   keldi.     SSSRda   iqtisodiyotning   rivojlanish
sura’ti tobora pasayib, sarf – xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga
olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy,   oziq – ovqat,   agrar, yenergetika, yekologiya
va   boshqa   sohalardagi   reja lar   samara   bermadi,   iqtisodiy     ziddiyatlarni
chuqurlashtirib   yubordi.   Bunday   vaziyatda   O‘zbekiston   davlatining   mustaqilikka
intilishi kuchaydi.
Sobiq   Ittifoqda   yuzaga   kelgan   inqiroziy   holat     sabablariga   quyidagilarni
aytish   mumkin.   Xususan,   XX   asr   ikkinchi   yarmidan   dunyoda   ilmiy   –   texnikaviy
yangiliklar   sodir   bo’ldi.   Bundan   jahonning   taraqqiy   topgan   davlatlari   samarali
foydalana   boshladi.   Mashina   –   fabrika   ishlab   chiqarishidan   avtomatlashtirilgan
kompleks   ishlab   chiqarishga   o’tib   borildi.   Ishlab   chiqarishga   hisob   –   kitoblar,
yechimlar,   nazorat   va   boshqarish   vazifalarini   bajaradigan   yelektron   –   hisoblash
apparatlari,   axborot   texnikasi,   robotlar   kirib   keldi   va   keng   qo’llanila   boshlandi.
Odamlar   bajarib   kelgan   oddiy   texnik,   mexanik,   og‘ir   jismoniy   ishlarni   texnika
vositalari bajaradigan bo’ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg‘or
mamlakatlarda   ishlab   chiqarishning   samarasi   oshib,   intensiv   taraqqiyot   yo’liga
kirdi.   Moddiy   ishlab   chiqarishda   ishlovchilar   soni   qisqarib,   xizmat   ko’rsatish
sohasida,   tibbiyot,   ta’lim,   ilmiy   faoliyatda   band   bo’lganlar   soni   oshib   bordi.
Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida keng
qo’llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod
bo’lib,  o’zini   mazmunli, ijodiy  ishlarga bag‘ishladi.  Pirovardida  turmush  saviyasi
tobora yaxshilanib bordi. 
Bu   davrda   sovet   davlatida   yesa   ilmiy   –   texnika   inqilobidan   foydalanish
yetarli   darajada   yo’lga   qo’yilmadi.   Mamlakat   katta   tabiiy   resurslarga   yega
bo’lsada,   xo’jaliklar   ularning   yetishmovchiligiga   duch   keldi.     Ko’pgina
mamlakatlar fan – texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga
yerishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi.
Ishlab   chiqarish   texnologiyasi   yeskirgan,   mahsulotlarning   sifati   past,   ular
sotilmasdan   omborlarda   to’planib   qolayotgan   yedi.   Ma’muriy   –   buyruqbozlik tizimi,     iqtisodiyotga   partiyaviy   rahbarlik   va   uning   mafkuralashtirilishi
iqtisodiyotni   isloh     qilish   yo’lidagi   urinishlarni   yo’qqa   chiqarar   yedi.   Ijtimoiy
yehtiyojlarga   mablag‘     ajratishda   qoldiq   prinsipi   va   taqsimotda   tekischilik
hukmron   yedi.   Bular   aholining   mehnatga   qiziqishi   va   faolligini   susaytirdi,
boqimandalik,   ichkilikbozlik,     chayqovchilik,   poraxo’rlik   kabi   yaramas   illatlarni
keltirib chiqardi.  
Buyruqbozlik   boshqaruv   usuli,   mamlakatda   keng   tarqalgan   qog‘ozbozlik,
majlisbozlik   illatlari   iqtisodiyotning   o’z   qonunlari   va   vositalari   asosida
rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda yedi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu
tufayli loqaydlik yuzaga keldi.  
Qayta qurish   siyosat i boshlanishi   KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich
Gorbachev   va   KPSS   Markaziy   Komitetining   1985   yil   25   aprel   plenumi   bilan
bevosita   bog‘liqdir.   Bu   siyosat   SSSRda   totalitar   tizimni   isloh   yo’li   bilan
o’zgartirishga qaratilgan harakatni  bildir gan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va
vazifasi   mamlakatda   to’planib   qolgan   ijtimoiy   –   siyosiy,   iqtisodiy,   madaniy   va
mafkuraviy sohalardagi muammolarni «qayta qurish» yo’li bilan hal yetishdan ibo -
rat bo’lgan. 
Qayta qurish 1985 – 1990 yillarni o’z ichiga olib, ikki bosqichga bo’linadi.
Birinchi   bosqich   (1985   –   1987)   ma’muriy   –   tashkiliy   tadbirlarning   an’anaviy
usullarda   olib   borilishi   bilan   izohlandi.  Ushbu   bosqichda   asosiy   vazifalar   ilmiy  –
texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb yetish asosida jamiyatda tub
iqtisodiy   taraqqiyotni   jadallashtirish   va   uning   asnosida   inson   omilini
faollashtirishga qaratilgan yedi.  
Qayta   qurishning   dastlabki   davrlarida   asosiy   ye’tibor   mamlakat
iqtisodiyotini   rivojlantirishga   yo’naltirildi.   Biroq   bunday   jarayonning   rivoji
ijtimoiy munosabatlarni  takomillashtirishni  talab qildi. Shuning uchun 1986 yilda
qayta qu rish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida ye’tibor berildi. Bunday
siyosatning   markazida   yesa   jamiyatni   demokratlashtirish,   ma’muriy   –
buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar yedi. Natijada
jamiyat   ijtimoiy   –   siyosiy,   iqtisodiy,   madaniy   hayotida   ma’lum   o’zgarishlar   ro’y bera   boshladi,   kishilarning   ijtimoiy   faolligi   oshdi,   demokratiya   sari   qadam
tashlandi,   milliy   o’zlikni   anglash   jarayoni   yuz   berdi.   Ammo   tub   o’zgarishlarni,
barcha   sohalarda   haqiqiy   islohotlarni   amalga   oshirish   yo’lidagi   urinishlar
muvaffaqiyat   qozonmadi.   1986   yildan   boshlab   mamlakat   iqtisodiy   ahvoli   battar
yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaya
bordi,   iqtisodiyotda   inqirozli   holat   yuzaga   keldi.   Qayta   qurishning   birinchi
bosqichi shu tarzda mag‘lubiyat bilan yakun topdi.
1987 – 1990 yillar yesa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo’lib, yenlikda
jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi.
Jumladan,   bu   davrda   sovet   jamiyatini   demokratlashtirish   masalasi   asosiy   vazifa,
deb  ta’kidlandi.   Demokratlashtirish   jarayoni   jamiyatni   ma’lum   darajada   uyg‘otdi,
ijtimoiy   faollik   ortdi.   Saylovlarning   muqobil   nomzodlar   ishtirokida,   alternativ
asosda   olib   borilishi   ijobiy   holat   yedi,   bundan   tashqari   SSSRda   saylov   tizimini
o’zgartirish   to’g‘risidagi   Qonun   (1988   yil   dekabri)   ning   qabul   qilinishi   ham
jamiyat   a’zolari   ijtimoiy  faolligini   oshirishda   ma’lum   ahamiyat   kasb   yetdi.   Biroq
Ittifoqda   tub   demokratik   o’zgarishlarni   amalga   oshirish,   boshlangan   islohotlarni
oxiriga  yetkazish  mumkin  bo’lmadi.  Bu   ikki   sabab   bilan   izohlanadi.  Birinchidan,
qayta   qurishning   aniq,   izchil,   ilmiy   jihatdan   puxta   ishlab   chiqilgan   dasturi   yo’q
yedi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor yemasdilar.
Xullas,   M.S.   Gorbachev   boshchiligida   KPSS   rahbariyatining   bir   qismi
tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda
ma’lum   o’zgarishlar   sodir   bo’lishiga   olib   keldi   (oshkoralik,   siyosiy   plyura lizm,
«sovuq urush»ning tugashi va h.k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama –
qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 – yillarning oxiri – 90 – yillarning boshidan
mamlakat   hayotining   barcha   sohalarida   bo’hronlar   kuchayib   ketdi.   Qayta   qurish
sobiq   SSSRda   to’planib   qolgan   muammolarni   to’la   hal   yetishga   xizmat   qilmadi.
Mustaqillik, demokratiya va yerkinlik g‘oyalariga to’g‘ri kelmaganligi tufayli ham
amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga
muayyan turtki bo’ldi. XX   asrning   80   –   90   –   yillarda   sovet   hokimiyati   tomonidan   mavjud   turg‘unlik
holatidan   chiqish,   shuningdek,   sobiq   ittifoqdosh   respublikalarning   mustaqillik
yo’lidagi   harakatlarini   bartaraf   yetish,   sobiq   SSSRda   yuzaga   kelgan   inqirozli
harakatlar   sabablarini   ittifoqdosh   respublikalardan   qidirish,   ularni   ayblash   uchun
turli nayranglar, «siyosiy o’yinlar» o’ylab chiqdilar.
Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini
topdi.   Uzoq   yillar   davomida   to’planib,   shakllangan   ijtimoiy   –   iqtisodiy,   siyosiy,
madaniy   sohadagi   muammolarning   millatlararo   munosabatlarga   ta’sir   yetmasligi
mumkin yemas yedi.
1989   yil   may   –   iyun   oylarida   Farg‘ona,   Toshkent   viloyatlarida   va   Andijon
shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda
g‘oyat   darajada   katta   shov   –   shuvga   sabab   bo’ldi   hamda   respublikada   siyosiy
vaziyatning   keskin   tus   olishiga   olib   keldi.   Ma’lumki,   ikkinchi   jahon   urushi
yillarida   mustabid   tuzum   tomonidan   deportatsiya   qilingan   bir   qator   xalqla r
qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg‘ona
viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan,
buning   oqibatida   yesa   ijtimoiy   –   iqtisodiy   va   millatlararo   munosabatlarda
qo’shimcha   muammolar   yuzaga   kelgan   yedi.   Bu   muammoga   sovet   davlati   o’z
vaqtida   ye’tibor   bermadi.   Aksincha,   «rivojlangan   sotsializm»   davriga   kelib
SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.
Ammo   1989   yil   24   mayda   Quvasoy   shahrida   yoshlar   o’rtasida   bo’lgan
bezorilik   millatlararo   (mahalliy   yoshlar   bilan   mesxeti   turklar   o’rtasida)
to’qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi.
Respublikaning   siyosiy   rahbariyati   yuzaga   kelgan   bu   murakkab   vaziyatni   to’g‘ri
baholay   olmadi.   Natijada,   oddiy   mojaro   Farg‘ona,   Marg‘ilon,   Toshloq,   Qo’qon,
Andijon,   Namangan,   Toshkentda   aholining,   ayniqsa,   yoshlarning   ommaviy
chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi.
Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot
vositalarida   to’g‘ri   ma’lumot   berilmaganligi,   bu   mojarolarning   kelib   chiqishida
asosan   «mahalliy   aholi   aybdor»   deb   bir   tomonlama   va   noxolis   baholanishi vaziyatni   yanada   keskinlashtirdi.   11   iyunda   Toshkent   shahrida   ishlayotgan   va
o’qiyotgan   farg‘onalik   yoshlardan   100   ga   yaqini   markaziy   maydond a   namoyish
uyushtirib, Farg‘ona voqealari haqida «noto’g‘ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr
bildirdilar   va   boshqa   bir   qator   talablar   qo’ydilar.   Bunday   ommaviy   chiqishlarga,
kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko’nikmagan» mustabid tuzum
siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda
Qo’qonda   tinch   namoyishchilar   ana   shu   harbiy   qism   askarlari   tomonidan   o’qqa
tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo’ldi (ularning
ko’pchiligi yoshlar yedi), 200 dan ortig‘i yesa yarador qilindi. Umumn, 3 – 12 iyun
kunlari  Farg‘ona  viloyatida  bo’lgan  millatlararo  to’qnashuvlar  va   ularni  harbiylar
tomonidan   o’qqa   tutilishi   oqibatida   103   kishi   halok   bo’lgan,   1009   kishi
jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yilib, vayron qilingan.
Farg‘ona   fojialariga   taalluqli   ma’lumotlarning   tax l ili   shuni   ko’rsatadiki,
mesxeti   turklari   uchun   bu   mojaro   mustabid   tuzum   aybi   bilan   urush   davrida
majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona sifatida
kerak  bo’lgan.  Mahalliy   aholi   yesa   bu  mojaroga   tabiiy  ravishda   qo’shilib   ketgan.
Voqealarning   keng   miqyos   va   fojiali   tus   olganligi   sababli   sovet   va   ma’muriy
organlar  mesxeti  turklarini Farg‘onadagi  harbiy qism  poligonidagi  lagerga hamda
Tojikistonning   Leninobod   viloyati   Asht   tumanidagi   Novgarzon   posyolkasiga
shoshilinch     ko’chiriladi.   Minglab   odamlarni   bunday   lagerlarda   uzoq   saqlab
bo’lmas   yedi.   Shuning   uchun   16.282   kishi   Farg‘ona   viloyatidan   Rossiyaning
Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib
joylashtirildi.  
Farg‘onada   uyushtirilgan   siyosiy   ig‘vogarlik   Tbilisi,   Tog‘li   Qorabog‘,
Bokuda  tashkil yetilgan ig‘vogarliklardan biri yedi. Keyinchalik 1990 yil fevral –
mart   oylarida Bo’ka va Parkent, 1990 yil iyunda O’sh va O’zganda ham shunday
urinishlar bo’ldi. Yovuz kuchlar o’z maqsadiga yerisha olmadilar. O’zbekistonning
yangi   rahbariyati   tomonidan     ko’rilgan   chora   –   tadbirlar   natijasida   keskinlik
bartaraf qilindi.  XX   asr   90   –   yillariga   kelib   jahon   va   sobiq   ittifoqdagi   o’zgarishlar   hamda
yuzaga   kelgan   vaziyat   o’zbek   xalqining   mustaqillik   uchun   bo’lgan   kurashini
tezlashtirib yubordi. Bu o’rinda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining
1989   yil   23   iyundagi   plenumi   va   unda   Islom   Karimovning   birinchi   kotib   yetib
saylanishi   juda   katta   ahamiyat   kasb   yetdi.   Ushbu   anjumanda   I.   Karimov
O’zbekistonning   sobiq   Ittifoqda   tutgan   o’rni   va   rolini   aniq   –   ravshan   belgilab
berdi,   madaniy   merosni   va   tarix   haqiqatini   tiklash,   milliy   urf   –   odatlar   va
an’analarni rivojlantirish obektiv zarurat yekanligini isbotladi.
XX asrning 80 – yillari  oxir lariga kelib SSSRning parchalanishi real obektiv
haqiqatga   aylanib   qoldi.   Bu   jarayonni   o’zbek   tiliga   davlat   maqomi   berilishi
ayniqsa   tezlatib   yubordi.   1989   yil   21   oktabrda   O’zbekiston   Oliy   Sovetining   XI
sessiyasi «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qildi. O’zbek
tili   davlat   tili   deb   ye’lon   qilindi.   Ish   yuritish   sekin   –   asta   o’zbek   tiliga   o’tkazila
boshlandi, uni o’rganishni  yaxshilash  yuzasidan aniq chora – tadbirlar  belgilandi.
Ayni   vaqtda   rus   tilini   va   respublikada   yashovchi   boshqa   xalqlarning   tillarini
o’rganish   uchun   shart   –   sharoitlar   yaratilishi   lozim   yedi,   tilni   o’rganishning
ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qo’yildi. Bu qonunning qabul
qilinishi   o’zbek   xalqi,   shu   xalq   milliy   o’z   –   o’zini   anglashining   o’sishi,
respublikada   millatlararo   hamjihatlikning   saqlanib   qolishi   uchun   juda   katta
ahamiyatga yega bo’ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng milliy
o’zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo’lida respublikada yana bir tarixiy
ahamiyatga yega bo’lgan muhim siyosiy qadam qo’yildi. 
1990   yil   23   martda   O’zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining
Plenumida   respublika   siyosiy   tizimi   to’g‘risidagi   masala   ko’rib   chiqildi.   Unda
O’zbekistonda hokimiyatning  Prezidentlik boshqaruvi  shakliga o’tishi respublika
suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich yekanligi ta’kidlandi.
1990     yil   24   mart   kuni   O’zbekiston   SSR   Oliy   Sovetining   XII   chaqiriq   1   –
sessiyasi   SSSR   doirasida   birinchi   bo’lgan   siyosiy   hujjatni   —   «O’zbekistonda
Prezidentlik   boshqaruvi   ta’sis   yetish   to’g‘risida» gi   qarorni   qabul   qildi   va
O’zbekiston   Kompartiyasi   MK   birinchi   kotibi   Islom   Abdug‘anievich   Karimov O’zbekiston   SSR   Prezidenti   yetib   saylandi.   Shu   tariqa,   O’zbekiston   —   SSSR
respublikalari   ichida   birinchi   bo’lib   o’zining   milliy   huquqiy   va   demokratik
davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
O’zbekistonning   mustaqillikka   yerishishida   qo’yilgan   navbatdagi   muhim
qadamlardan   biri   bu   –   1990   yil   20   iyunda   respublika   Oliy   Soveti   tomonidan
«Mustaqillik   Deklaratsiyasi» ni   qabul   qilinishi   yedi.   Mazkur   hujjat   O’zbekiston
qonunlarining   Ittifoq   qonunlaridan   ustuvorligini   ta’minladi.   Shu   bilan   birga,
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» O’zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud
bo’lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat
olib   borish   imkonini   berdi.   Deklaratsiyada   har   bir   millatning   o’z   taqdirini   o’zi
belgilash   huquqidan   kelib   chiqqan   holda,   xalqaro   huquq   qoidalariga,
umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O’zbekiston
SSRning davlat suvereniteti ye’lon qilindi. 
Deklaratsiyaning   qabul   qilinishi   bilan   O’zbekistonda   respublikaning   iq -
tisodiy va siyosiy h ayotiga doir masalalar musta qil tarzda  hal q ilina boshlandi. 
Shunday   bir   tarixiy   sharoitda   sobiq   SSSRdagi   siyosiy   vaziyat   keskinlashib
bordi.   XX   asrning   90   –   yillari   boshlarida   Ittifoq   tarkibidagi   ko’pchilik
respublikalar   mavjud   vaziyatni   o’zgartirishni   talab   qilisha   boshladi.   1990   yil
bahorida   Sovet   Sotsialistik   Respublikalari   hisoblangan   Boltiqbo’yidagi   Litva   (11
mart),   Latviya   (4   mayda),   Yestoniya   (8   may),   keyinroq   Gruziya   (oktabr)   va
Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini ye’lon qildi. Bu holat
SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. 
1991   yil   aprelda   Kievda   Ukraina,   Rossiya,   Belorus,   O’zbekiston,
Qozog‘iston     respublikalari   rahbarlarining   uchrashuvi   bo’ldi.   Uchrashuvda
mustaqil   respublikalar     manfaatlariga   mos     keladigan   Ittifoq   shartnomasini
tuzishga   yondashish   yo’llari   ishlab     chiqildi   va   tegishli   bayonot   imzolandi.   Bu
hujjatni   Qirg‘iziston,   Tojikiston,     Turkmaniston   Respublikalari   ham   imzolashga
rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi.  
1991   yilga   kelib   O’zbekistonda   respublikaning   davlat   mustaqilligiga   doir
mutlaqo   yangi   davlat   ramzlari   tayyorlash   va   qabul   qilish   borasida   dadil   ishlar qilina   boshlandi.   1991   yil   15   fevralda   O’zbekiston   Oliy   Kengashi
«O’zbekistonning davlat ramzlari to’g‘risida»  maxsus qaror qabul qildi.
O’zbekistonning o’z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul
qilingan   har   bir   qonunning   mazmuni   va   mohiyati   jihatidan   sobiq   Ittifoq
qonunlaridan   tubdan   farq   qilishida,   bundan   tashqari,   har   bir   qonun   avvalgidek
Ittifoq   qonuniga   moslashtirib   yemas,   balki   respublika   manfaati   ifoda   yetilganligi
bilan   ajralib   tura   boshladi.   Xususan,   1991   yilning   22   iyo‘lida   O’zbekiston   SSR
Oliy Kengashi  Prezidiumining   «O’zbekiston  SSR hududida joylashgan Ittifoqqa
bo’ysunuvchi   davlat   korxonalari,   muassasalari   va   tashkilotlarini   O’zbekiston
SSRning   huquqiy   tobeligiga   o’tkazish»   to’g‘risida   qabul   qilgan   qarori   ham
O’zbekiston   SSR   Prezidenti   I.A.   Karimov,   O’zbekiston   SSR   Oliy   Kengashi   va
hukumati   O’zbekistonning   siyosiy   –   iqtisodiy   mustaqilligi,   uning   milliy
suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isboti  yedi .
1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz o’zining ta’sir doirasini saqlab qolish
maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991   yil   aprelda   Novo –
Ogoryovoda     SSSR   Prezidenti   M.S.   Gorbachevning   9   respublika   rahbarlari   bilan
uchrashuvi   bo’ldi.   Ishtirokchilar   tomonidan   «Mamlakatdagi   vaziyatni
barqarorlashtirish   va  tanglikni   bartaraf   yetishga   doir   kechiktirib   bo’lmaydigan
choralar to’g‘risida»  qo’shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat  «9 + 1»  (9 respublika
+ Markaz) degan nomni oldi.  Uning  mazmuni markazning yon berganini, Kievda
bildirilgan fikr – mulohazalarga rozi bo’lganini ko’rsatadi.  
1991   yil   3   iyunda   Novo   –   Ogoryovoda   SSSR   Oliy   Soveti   vakillari   bilan
Respublika rahbarlari  o’rtasida uchrashuv bo’ldi. Uchrashuvda Mustaqil  davlatlar
ittifoqi (MDI) tuzish  masalasi  muhokama  qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani
tasdiqlash   tartibi   to’g‘risida   keskin   munozara   bo’ldi.   Uchrashuvda
ishtirokchilarning  fikr – mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar
ittifoqi   to’g‘risida   shartnoma»   loyihasi   ishlab   chiqildi.   Loyiha   barcha
Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo’natildi.  
Mazkur   shartnoma   loyihasi   O’zbekiston   Oliy   Sovetida   1991   yil   14   iyunda
muhokama   qilindi.   Kengash   Federatsiya   tamoyillari   asosida   Mustaqil   Davlatlar Ittifoqini   tuzish   tarafdori   yekanligini   bildirdi.   Shu   bilan   birga   u   Respublikalar
vakolatlarini  yanada  kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 
1991   yil   iyul   oyining   oxirlarida   Novo   –   Ogoryovoda   yangi   shartnoma
loyihasini     uzil   –   kesil   tayorlash   uchun   Markaz   vakillari   va   Respublika
rahbarlarining   uchrashuvi     bo’ldi.   Markazni   ham,   Respublikalar   rahbarlarini   ham
qanoatlantiradigan   «Mustaqil     Davlatlar   Ittifoqi   to’g‘risida   shartnoma»   loyihasi
tayyorlandi.   Ammo   hamma   rozi   bo’lgani   holda   «Mustaqil   Davlatlar   Ittifoqi
to’g‘risidagi shartnoma» ni imzolash 1991   yil 20 avgust kuniga qoldirildi. SSSR
Prezidenti M.S. Gorbachev Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo’nab ketdi.
Biroq   ittifoqning   kompartiya   va   markaziy   davlat   apparatidagi   bir   necha
nufuzli   rahbarlar   markazning   yakka   hokimligini   cheklaydigan   va   kamida   olti
respublikani   Ittifoqdan   chetda   qoldiradigan   bu   shartnomaga   qo’shila   olmadi.   Bu
rahbarlar oliy hokimiyat mahkamalaridagi asosiy lavozimlarni yegallab turar yedi.
Prezident   M.   Gorbachev   dam   olishga   ketganidan   foydalanib,   ular   1991   yil   18
avgust   kuni   tayyorlangan   va   19   avgustda   matbuotda   ye’lon   qilingan   «Sovet
rahbariyatining   Bayonoti»da   M.S.   Gorbachevning   salomatligi   yomonlashdi,   shu
sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro yetish imkoniyati yo’q, degan soxta
axborot   bilan   chiqdilar.   Bayonotda   Prezident   vakolatlari   vitse   –   prezident   G.I.
Yanaevga   o’tkazilganligi   ye’lon   qilindi.   Aslida   yesa   Prezident   M.S.   Gorbachyov
sog‘   –   salomat   yedi,   ammo   o’zini   himoya   qila   olmadi.   Fitnachilar   noqonuniy
ravishda   uni   o’z   vazifasidan   chetlashtirdi   va   mamlakatdan,   xalqdan,   dunyodan
ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo’ygan yedi. Fitnachilar
tomonidan   mamlakatni   idora   qilish   uchun   SSSRda   Favqulodda   holat   davlat
qo’mitasi (GKCHP) tuzildi.
1991   yil   18   avgustda   mamlakatda   favqulodda   holat   ye’lon   qilindi.
Favqulodda holat davlat qo’mitasi faoliyatiga qarshi B.N. Yelsin boshchilik qildi.
Uning farmoni bilan 1991 yil 22 avgustda KPSS faoliyati to’xtatiladi, keyinchalik
taqiqlab   qo’yiladi.   Ammo   KPSS   Markaziy   Qo’mitasi   joylardagi   partiya
qo’mitalaridan   to’ntarishni   qo’llab   –   quvvatlashni   talab   qildi.   Moskva   va   boshqa
bir   necha   yirik   shahar   ko’chalariga   qo’shinlar,   shu   jumladan   tanklar   kiritildi, deyarli   barcha   markaziy   gazetalar   ta’qiqlab   qo’yildi,   markaziy   televideniyaning
birinchi   kanalidan   boshqa   barcha   kanallari,   deyarli   barcha   radiostansiyalar   ishi
to’xtatildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat aholisining ko’pchiligi Favqulodda holat
davlat   qo’mitasidan   yuz   o’girdi,   armiya   payt   poylash   pozitsiyasida   turdi.   20
avgustdayoq   qarshilik   markaziga   aylangan   RSFSR   Oliy   Kengashi   binosi   atrofida
barrikadalar   paydo   bo’ldi,   ularda   o’n   minglab   kishilar   himoyada   turdi.   Harbiy
bo’linmalarning   bir   qismi   mudofaachilar   tarafiga   o’tdi.   21   avgustda   fitnachilar
mag‘lubiyatga   uchradi,   22   avgustda   yesa   Favqulodda   holat   davlat   qo’mitasi
(GKCHP)   a’zolari   qamoqqa   olindi.   Shundan   so’ng   to’ntarishni   qo’llab   –
quvvatlagan   KPSS   rahbariyati   bu   partiyaning   obro’sini   uzil   –   kesil   yerga   urdi.
Favqulodda   holat   davlat   qo’mitasining   mag‘lubiyatidan   so’ng   mamlakatda
kommunizmga   qarshi   ommaviy   namoyishlar   bo’lib   o’tdi.   KPSSning   faoliyati
to’xtatib qo’yilgach, partiyaning qariyb 15 million a’zosidan birontasi  bu qarorga
qarshi   norozilik   bildirish   uchun   ko’chaga   chiqmadi.   Bu,   mazkur   partiya   1991   yil
yozidagi qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat yedi.
Moskvada   fojiali   hodisalar   ro’y   bergan   paytda   O’zbekiston   birinchi
p rezidenti   I.A.   Karimov   rasmiy   safar   bilan   Hindistonda   yedi.   U   1991   yil   19
avgustda safardan qaytib keldi va shu kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari
bilan   uchrashib,   qat’iy   tarzda   O’zbekiston   nuqtai   nazarini   ma’lum   qildi.
Respublika   rahbariyati   Markazdan   beriladigan   qonunga   xilof   bo’lgan   har   qanday
ko’rsatmalarni bajarishni man yetdi. 20 avgustda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi
Rayosati   va   O’zbekiston   SSR   Prezidenti   huzuridagi   Vazirlar   Mahkamasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida
qo’shma   majlisi   bo’ldi.   Unda   fitna   munosabati   bilan   vujudga   kelgan   vaziyat
muhokama   qilinib,   O’zbekistonning   mustaqillikka   yerishish   yo’li   o’zgarmasligi
haqida Bayonot qabul qilindi.
1991   yil   21   avgust   kuni   O’zbekiston   birinchi   p rezidenti   I.   Karimovning
Farmoni   bilan   Favqulodda   holat   davlat   qo’mitasining   O’zbekiston   Konstitusiyasi hamda   qonunlariga   zid   keladigan   qarorlari   va   farmonlari   noqonuniy   deb   ye’lon
qilindi.
Islom   Karimov   Favqulodda   holat   Davlat   Qo’mitasi   faoliyatiga   o’z
munosabatini bildirmagan, qo’rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy
Qo’mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va
qadr   –   qimmatini   zarba   ostiga   qo’yganini   qoraladi.   Buning   ustiga   respublika
kommunistlarini   chalg‘itishga   va   davlat   to’ntarishini   qo’llab   –   quvvatlashga
majbur qilishga urinish bo’lganini oshkora aytdi. I. Karimov bundan buyon KPSS
Markaziy   Qo’mitasi   Siyosiy   Byurosining   tarkibida   qola   olmasligi   to’g‘risida
bayonot   berdi.   Mazkur   bayonotni   O’zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Qo’mitasi
byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. 
O’zbekiston   birinchi   Prezidentining   1991   yil   25   avgustdagi   Farmoniga
binoan   Respublika   ichki   ishlar   vazirligi   va   Davlat   xavfsizligi   qo’mitasi   qonuniy
ravishda   O’zbekiston   tasarrufiga   olindi.   Respublika   hududida   joylashgan   SSSR
ichki   ishlar   vazirligining   ichki   qo’shinlari   bevosita   O’zbekiston   Prezidentiga
bo’ysundirildi.   Respublika   ichki   ishlar   vazirligi,   Davlat   xavfsizlik   qo’mitasi,
prokuraturasi,   adliya  organlari,  ichki   qo’shinlar,   Turkiston   harbiy   okrugi   qismlari
va qo’shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
O‘`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimov Oliy Kengash
sessiyasini   chaqirish   va   unda   O‘zbekiston   mustaqilligi   haqida   Qonun   qabul
qilish   masalasini   keskin   qo`ydi.   Chunki   har   bir   milliy   respublikaning   chinakam
teng   huquqliligi   va   mustaqilligi   ta’minlangandagina   tanazzuldan   chiqish   mumkin
yedi.   Buning   uchun   mustaqillik   yolidagi   barcha   to‘siglar   olib   tashlanishi,   har   bir
respublika so`zda yemas, balki amalda tenglar orasida teng lozim yedi. 
Ayni  shu  maqsadlarni  ko`zlab, O‘zbekistonOliy  Kengashining  XII  chaqiriq
navbatdan   tashqari   sessiyasi   1991-yil   31-avgustda   o`z   ishini   boshladi.
O`zbekistonning   mustaqil   davlat   deb   ye’lon   qilinishi da   mazkur   sessiya   katta
tarixiy   ahamiyat   kasb   yetishini   alohida   ta’kidlash   lozim.   Unda   «O`zbekiston
Respublikasining   davlat   mustaqilligi   to`g`risida» gi   hamda   «O`zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog`i to‘ggrisida» gi masalalar kun tartibiga qizg`in muhokama   qilindi.   O‘zbekistonRespublikasining   davlat   mustaqilligi   to`g`risida
birinchi   prezident   I.   Karimov   ma’ruzasi   tinglandi.   U   o`z   nutqida   1991-yil
o`rtalarida   markaziy   hukumat   olib   borayotgan   ichki   siyosatni   tahlil   19-21-avgust
kunlari   Moskvada   Favqulodda   Holat   Davlat   Komiteti   a’zolarining   fuqarolar
boshiga   azob-uqubatlar   solishga     intilishganini,   butun-butun   xalqlarning
ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo‘lganliklarini ro`yi
rost   ochib   tashladi.   Alg`ov-dalg`ovli   kunlarda   ham   O`zbekistonning   o`z   yo`li   va
maqsadi   borligini,   bu   xalq   manfaatiga   mos   yo‘l   yekanligini,   qan-day   qilib
bo‘lmasin,   undan   qaytmaslik   lozimligini   aytdi.   Shuningdek,   ma’ruzada   mustaqil
davlatlar   maqomiga   to`xtalib:   «Bo`lajak   Mustaqil   davlatlar...   yerkin,   mustaqil
va   teng   huquqli   bogib   qolishlari,   o‘ziarining   milliy   davlat   tuzish,   tashqi
bozorga   chiqish,   o‘zi   ma’qul   topgan   barcha   mamlakatlar   bilan   xalqaro
munosabat o`rnatish, diplomatik va konsullik alogalari masalalarini mustaqil
hal yetishlari kerak. Yana ta’kidlab aytaman, bu hech kimning buyrug‘isiz va
aralashuvisiz   mustaqil   amalga   oshirilishi   kerak.   Mana   shu   sharoitga,
sabablarga   asoslanib,   xalqimiz   xohish-irodasini   bajo   keltirib,   Oliy   Kengash
diqqatiga   faqat   bir   masalani   qo`ymoqchiman:   O`zbekistonning   mustaqilligi
haqidagi Qonunni muhokama yetish va uni qabul qilishni taklif yetaman. Bu
qonunda   qadimiy   va   yangilanayotgan   diyorimizda   istiqomat   qilayotgan
barcha   kishilarning   xohish-irodasi   o`z   ifodasini   topgan.   Xalqimizning   bu
yezgu   xohish-irodasi   biz   uchun   muqaddasdir»,   —   degan   fikr   bildirildi.   Oliy
Kengash   deputatlari   moddama-modda   muhokamadan   so`ng   «O`zbekiston
Respublikasining Davlat Mustaqilligi to`g`risida» gi qonunni qabul qildilar. 
So`ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to`g`risidagi Bayonot qabul qilindi.
O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o`zgartirildi. Mustaqillik
ye’   lon   qilingan   kun   1-sentabr   1991-yildan   boshlab   milliy   bayram   va   dam   olish
kuni,   deb   ye’lon   qilindi.   O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqilligi   haqidagi   bu
hujjatlar   o`zbek   xalqining   asriy   orzusi   ro`yobga   chiqqanligining   huquqiy   ifodasi
bo‘ldi.  Adabiyotlar  ro’yxati :
1.   Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent: O‘zbekiston,
2017.
2.  Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. Toshkent.: O’zbekiston. 2017.
3. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida.  –T.: O‘zbekiston,
2011.
2 . Bobobekov H.   Farg‘ona fojialari kundaligi // «Fan va turmush».1990, № 4-5.     
3 .Mustaqillik:   Izohli   ilmiy   –   ommabop   lug‘at   //   R.   Ro’ziev   va   Q.   Xonazarov
umumiy tahririda. To’ldirilgan uchinchi nashri.  –T.: Sharq, 1996.   
4 . Salimov O., Usmonov Q., G‘aniev D. Yangi O’zbekistonning 7 zafarli yili. –T.:
Sharq, 1999. –B. 9-20, 40-46.
5 .O’zbekiston milliy yensiklopediyasi. 1, 2, 3 …12 jildlar.  
6 .   O’zbekistonning   yangi   tarixi.   Ikkinchi   kitob.   O’zbekiston   sovet
mustamlakachiligi davrida. – T.: Sharq, 2000. –B. 624-676.
7 . O’zbekiston tarixi / R. Murtazaeva umumiy tahriri ostida. –T.: Yangi asr avlodi,
2003. –B. 529-554.
8 . Jo‘raev N. O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil  O‘zbekiston
tarixi. – To‘ldirilgan, qayta nashr. –T.: G‘afur G‘ulom, 20 13 . –B. 8-87. 
9 . Usmonov Q. O‘zbekiston tarixi. –T.: I qtisod  –  moliya , 2006. –B. 374-400. 10. Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob);   R. Shamsutdinov,
Sh. Karimov  – T.: Sharq, 2010. –B.  440-472.

Mustaqillikka yerishish arafasida O zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.ʻ Reja: 1. XX asr 80-yillari o rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ʻ ma naviy hayotidagi inqirozli holat. ʼ 2. Markazning O zbekistonda amalga oshirgan qatag on siyosati. “Paxta ʻ ʻ ishi” “O zbek ishi” nomli kampaniyalar. Aholi turmush tarzining ʻ og irlashuvi. Orol fojiasi. Farg ona voqealari. ʻ ʻ 3. 1989-yil o rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o zgarishlar. ʻ ʻ Milliy manfaatlar ustuvorligining o sib borishi. ʻ 4. I. Karimov – O zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik ʻ deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991-yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.

XX asrning 80 yillarida kelib O‘zbekistonda xalqning azaliy orzusini amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi. SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf – xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq – ovqat, agrar, yenergetika, yekologiya va boshqa sohalardagi reja lar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Bunday vaziyatda O‘zbekiston davlatining mustaqilikka intilishi kuchaydi. Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan inqiroziy holat sabablariga quyidagilarni aytish mumkin. Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy – texnikaviy yangiliklar sodir bo’ldi. Bundan jahonning taraqqiy topgan davlatlari samarali foydalana boshladi. Mashina – fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o’tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob – kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan yelektron – hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo’llanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexanik, og‘ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo’ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarishning samarasi oshib, intensiv taraqqiyot yo’liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat ko’rsatish sohasida, tibbiyot, ta’lim, ilmiy faoliyatda band bo’lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida keng qo’llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og‘ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo’lib, o’zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag‘ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi. Bu davrda sovet davlatida yesa ilmiy – texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yo’lga qo’yilmadi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga yega bo’lsada, xo’jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko’pgina mamlakatlar fan – texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga yerishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi yeskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to’planib qolayotgan yedi. Ma’muriy – buyruqbozlik

tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo’lidagi urinishlarni yo’qqa chiqarar yedi. Ijtimoiy yehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik hukmron yedi. Bular aholining mehnatga qiziqishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, ichkilikbozlik, chayqovchilik, poraxo’rlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi. Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan qog‘ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o’z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda yedi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqaydlik yuzaga keldi. Qayta qurish siyosat i boshlanishi KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil 25 aprel plenumi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni isloh yo’li bilan o’zgartirishga qaratilgan harakatni bildir gan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to’planib qolgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni «qayta qurish» yo’li bilan hal yetishdan ibo - rat bo’lgan. Qayta qurish 1985 – 1990 yillarni o’z ichiga olib, ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqich (1985 – 1987) ma’muriy – tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Ushbu bosqichda asosiy vazifalar ilmiy – texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb yetish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishga qaratilgan yedi. Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy ye’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga yo’naltirildi. Biroq bunday jarayonning rivoji ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishni talab qildi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qu rish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida ye’tibor berildi. Bunday siyosatning markazida yesa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy – buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar yedi. Natijada jamiyat ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma’lum o’zgarishlar ro’y

bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o’zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o’zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo’lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag‘lubiyat bilan yakun topdi. 1987 – 1990 yillar yesa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo’lib, yenlikda jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi. Jumladan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg‘otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat yedi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o’zgartirish to’g‘risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb yetdi. Biroq Ittifoqda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo’lmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo’q yedi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor yemasdilar. Xullas, M.S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda ma’lum o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyura lizm, «sovuq urush»ning tugashi va h.k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama – qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 – yillarning oxiri – 90 – yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bo’hronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda to’planib qolgan muammolarni to’la hal yetishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va yerkinlik g‘oyalariga to’g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki bo’ldi.

XX asrning 80 – 90 – yillarda sovet hokimiyati tomonidan mavjud turg‘unlik holatidan chiqish, shuningdek, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo’lidagi harakatlarini bartaraf yetish, sobiq SSSRda yuzaga kelgan inqirozli harakatlar sabablarini ittifoqdosh respublikalardan qidirish, ularni ayblash uchun turli nayranglar, «siyosiy o’yinlar» o’ylab chiqdilar. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir yetmasligi mumkin yemas yedi. 1989 yil may – iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g‘oyat darajada katta shov – shuvga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqla r qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg‘ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida yesa ijtimoiy – iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolar yuzaga kelgan yedi. Bu muammoga sovet davlati o’z vaqtida ye’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi. Ammo 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o’rtasida bo’lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida) to’qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g‘ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi. Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to’g‘ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi