logo

O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.296875 KB
O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida
REJA:
  1.  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning  
    “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi haqida  
     umumiy ma]lumot .
2.  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 
O’zbekiston 
      mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi kontseptual 
g’oyalar va 
     xulosalar.
3. "O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobining 
     tarbiyaviy ahamiyati. 
4.  Xulosa. 
“ O ‘ zbekiston ”   nashriyot - matbaa   ijodiy   uyi   tomonidan   Prezident   Islom
Karimovning   “ O ‘ zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida ”   deb   nomlangan
yangi   kitobi   nashr   etildi . Kitobdan Yurtboshimizning mamlakatimiz mustaqilligi
arafasida va mustaqillikning dastlabki davrida (1989-1991 yillarda) olib borgan
jo‘shqin   va   serqirra   siyosiy-ijtimoiy   faoliyatini   aks   ettiradigan   ma’ruza   va
nutqlar, suhbat, maqola va intervyular o‘rin olgan.
Kitob   shaklida   ilk   bor   chop   etilayotgan   bu   chiqishlarning   “O‘zbekiston
mustaqillikka erishish  ostonasida”  deb nomlanishi  albatta bejiz emas.  Bu kitob yaqin   o‘tmishimizning   murakkab   tarixiy-siyosiy   bosqichlarini,   jumladan,
tasavvur   qilish   ham   qiyin   bo‘lgan   g‘oyat   og‘ir   va   tahlikali   bir   vaziyatda
O‘zbekiston   rahbari   sifatida   ish   boshlagan   Islom   Karimovning   o‘lkamizni
chuqur   inqirozdan   olib   chiqish,   uni   qat’iyat   va   matonat   bilan   istiqlol   sari
boshlash,   Vatanimiz   mustaqilligini   e’lon   qilish,   umumxalq   saylovida   g‘olib
chiqib, Prezidentlik qasamyodini qabul qilishigacha bo‘lgan, tinimsiz kurashlar,
keskin sinov va mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi.
Kitobga   kiritilgan   nutq   va   ma’ruzalarda   o‘sha   davrdagi   o‘ta   dramatik
voqealar,   tarixiy   o‘zgarishlar   qanday   murakkab   vaziyatlarda   yuz   bergani,
ularning tafsiloti, sabab va oqibatlari atroflicha yoritib beriladi.
Ma’lumki,   1989   yilning   o‘rtalarida   KPSS   Markaziy   Komiteti,   sovet
hukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati  yangi bosqichda
davom   ettirilib,   “paxta   ishi”,   “o‘zbeklar   ishi”   deb   nom   olgan   siyosiy
kampaniyalar   avj   olgan   edi.   Kommunistik   partiyaning   bosh   nashri   bo‘lgan
“Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida,
boshqa   yetakchi   markaziy   nashrlarda   xalqimiz   boshiga   tinimsiz   tuhmat   va
bo‘htonlar   yog‘dirilmoqda   edi.   Sobiq   Markazdan   yuborilgan,   el-yurtimiz
o‘rtasida   “desantchilar”   deb   nom   olgan   guruhlar   tomonidan   qancha-qancha
begunoh   insonlar,   butun-butun   oilalar   tazyiq   va   ta’qiblarga   uchraganini
jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.
Ana   shunday   og‘ir   bir   sharoitda   Yurtboshimiz   tomonidan   xalqimiz
qalbidagi   asriy   orzu   –   istiqlol   g‘oyasi   ulkan   jasorat   bilan   ilgari   surilib,   uni
amalga   oshirish   uchun   tarixiy   qadamlar   qo‘yilgani   kitobning   asosiy   mavzusini
tashkil   etadi.   Agarki   bu   kitobning   ma’no-mazmunini   bir   so‘z   bilan   ifoda
etadigan   bo‘lsak,   Vatanimiz   mustaqilligi,   ta’bir   joiz   bo‘lsa,   yangi   hayot,   yangi
jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni
Islom   Karimov   o‘sha   dolg‘ali   yillardayoq,   uzoqni   ko‘rgan   holda,   o‘ziga
nechog‘lik aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur to‘plamning har bir sahifasidan
bamisoli “qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash o‘rinlidir. Shu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka,
O‘sh,   Namangan   voqealari   paytida,   tarixda   “GKCHP”   deb   nom   olgan,   SSSR
davlatining   so‘nggi   kunlarida   bir   guruh   imperiyaparast   kuchlar   tomonidan
amalga   oshirilgan   siyosiy   to‘ntarish   chog‘ida   va   boshqa   shu   kabi   o‘ta   keskin
vaziyatlarda   Islom   Karimovning   yakkayu   yagona   to‘g‘ri   yo‘lni   topa   olgani,
xalqimizning   tinchligi   va   xavfsizligini   ta’minlash   uchun   kechayu   kunduz
tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar ham
ushbu kitobda o‘z aksini topgan.
Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy
ahvolni   o‘nglash,   xalq   dardiga   darmon   bo‘lish,   yillar   davomida   yechilmasdan
kelgan muammolarni hal etish maqsadida aholiga uy-joy qurish uchun uchastka
maydonlari   va   tomorqa   yerlari   ajratish,   paxta   yakkahokimligiga   barham   berish
borasida   davlatimiz   rahbari   tomonidan   keng   ko‘lamli   ishlar   amalga   oshirildi.
Ana  shunday  chora-tadbirlar   tufayli   respublika  bo‘yicha  700  mingta  oilaga  yer
berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning aholisiga teng
bo‘lgan   1,5   million   yangi   oila   paydo   bo‘lgani,   qurilish   materiallari   ishlab
chiqarish,   odamlarga   kredit   berish,   o‘z   xo‘jaligini   yuritish   uchun   urug‘lik,
chorva   mollari   va   parranda   ajratishga   qaratilgan   ulkan   ishlar   haqida   ma’lumot
beradigan chiqishlar ham shu to‘plamdan o‘rin olgan.
Bugungi   kunda   dunyoda   “o‘zbek   modeli”   deb   nom   olgan   taraqqiyot
yo‘limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas,
aksincha, o‘sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, bahs va tortishuvlar jarayonida
tug‘ilib,   90-yillarga   kelib   yaxlit   ta’limotga   aylangani   haqida   ushbu   kitobdagi
chiqishlar orqali har tomonlama tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Mustaqillik   g‘oyalari   keng   qanot   yoza   boshlagan,   xalqimiz   ozodlik   va
erkinlikka   intilgan   bir   paytda   yurtimizning   dadil   qadamlarini   ko‘rolmaydigan
g‘arazli  kuchlar  sobiq   Markazda  ham,  o‘zimizda  ham  topiladi.  Bunday   siyosiy
o‘yin   va   fitnalarga   bir   misol   sifatida   1991   yil   17-19   avgust   kunlari   –   Islom
Karimov   Hindiston   Respublikasida   rasmiy   safarda   bo‘lgan   paytda   yuz   bergan
voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat  rahbarining O‘zbekistonda emasligidan foydalanib,   yurtimizdagi   ayrim   rahbarlar   GKCHP ning   noqonuniy   qarorlarini
qo‘llab-quvvatlaydi,   shu   tariqa   o‘zining   siyosiy   va   ma’naviy   qiyofasini
ko‘rsatadi.  Faqatgina Yurtboshimizning  mustahkam  irodasi, oqilona va  vazmin
siyosati   tufayli   GKCHP   tarafdori   bo‘lgan   siyosiy   avantyuristlar   o‘z   qabih
niyatiga yetolmagani ham kitobdagi chiqishlarda ifodasini topgan.
Afsuski,   bugun   vaqt   o‘tishi   bilan   ana   shu   voqealarni   ko‘rgan-bilgan,
ularga   bevosita   guvoh   bo‘lgan   odamlarning   soni   tobora   kamayib   bormoqda.
Yaqin   tariximizning   mash’um   bir   davrida   sodir   bo‘lgan   bu   voqealarni
bilmasdan,   ularning   mohiyatini   chuqur   anglamasdan   turib   el-yurtimizning
istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq
tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur kitobdan o‘rin
olgan   tarixiy   hujjatlar,   nutq   va   ma’ruzalarning   bugungi   va   ertangi   kunimiz
uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekani yanada yaqqol ayon bo‘ladi.
Muxtasar aytganda, to‘plamga kiritilgan har bir chiqishni mutolaa qilish
jarayonida biz yangi tariximizning o‘zimiz bilmagan, anglamagan yana ko‘plab
qirralarini yangitdan kashf etamiz, istiqlol mohiyatini, “tarixiy burilish pallasida
xalq   dardi,   millat   qayg‘usi   buyuk   shaxslarni   yaratishi”ni   yanada   chuqurroq
anglaymiz.
Shu ma’noda, Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka
erishish  ostonasida”  kitobi  xalqimizning siyosiy  tafakkur xazinasiga qo‘shilgan
bebaho   hissa   bo‘lib,   mamlakatimizning   istiqlol   tarixini   o‘rganish   va   anglashda
beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi.
"O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida"
31.08.2011
El-yurtimiz,   butun   xalqimiz   Vatanimiz   mustaqilligining   yigirma     yillik
qutlug‘   bayramini   nishonlash   arafasida   turgan   shu   unutilmas   kunlarda
mamlakatimizning   ijtimoiy-siyosiy,   madaniy-ma’naviy   hayotida   tom   ma’noda
ulkan voqealar yuz bermoqda.    Ana shu voqealar silsilasida Prezidentimiz Islom
Karimovning  «O‘zbekiston  mustaqillikka  erishish   ostonasida»  kitobining nashr
etilishi mohiyat e’tibori bilan, hech shubhasiz, alohida o‘rin egallaydi. Qancha- qancha   ajdodlarimizning   asriy   orzusi   bo‘lgan,   bugungi   kunda   ko‘pmillatli
xalqimiz   uchun   eng   ulug‘,   eng   aziz   qadriyatga,   barcha   ezgu   maqsad   va
harakatlarimiz,   bunyodkorlik   ishlarimizning   hayotbaxsh   manbaiga   aylangan
mustaqillikka erishish yo‘lida 1989 — 1991 yillar mobaynida olib borilgan o‘ta
og‘ir va mashaqqatli kurashlar tarixi bu kitobning bosh mavzusini tashkil etadi.
Nazariy   va   amaliy   jihatdan   katta   tayyorgarlikni,   ulkan   siyosiy   tafakkur
va   donishmand likni,   boy   hayotiy   bilim   va   tajribalarni   talab   qiladigan   bunday
murakkab mavzuning aynan istiqlolimiz me’mori, mustaqil davlatimiz asoschisi,
o‘sha   paytda   yuz   bergan   ijtimoiy   jarayonlarning   asosiy   markazida   turgan,
ularning   barchasini   o‘z   qalbi   va   yuragidan   o‘tkazgan   inson   —   Yurtboshimiz
tomonidan   noyob   tarixiy   hujjatlar   va   teran   tahlil   asosida   yoritib   berilishi
mamlakatimiz   jamoatchiligining   ushbu   kitobga   bo‘lgan   qiziqish   va   e’tiborini
yanada oshirmoqda.
Yaqinda   mamlakatimiz   ommaviy   axborot   vositalarida   chop   etilgan
xabarlarda,   jumladan,   «O‘zbekiston»   telekanalida   taniqli   tarixchi   va   faylasuf
olimlar,   siyosatshunoslar,   adabiyot   va   san’at   namoyandalari,   jurnalistlar
ishtirokida namoyish etilgan turkum davra suhbatlarida bu kitobning eng muhim
jihatlari   haqida   dastlabki   mulohazalar   bildirildi.   Bugungi   kunda   bu   boradagi
muhokamalar,   fikr   almashuvlar   ilmiy-ijodiy   muassasalar,   bilim   va   madaniyat
maskanlarida,   keng   jamoatchilik   o‘rtasida   qizg‘in   davom   etmoqda.   Bunday
suhbat   va   muloqotlarda   turlituman   fikr-mulohazalar   bildirilishi   tabiiy,   albatta.
Ammo   ushbu   kitob   bilan   tanishgan   barcha   insonlar   bir   masalada   hamfikr
bo‘lishlari aniq: ya’ni, bugungi erkin va ozod, tinch va osuda hayotimiz qadrini,
mustaqillik   bergan   imkoniyatlarni   chuqur   anglashda,   ona   -   Vatanimizga
muhabbat   va   sadoqat   tuyg‘usini   tarbiyalashda   bu   kitobning   o‘rni   va   ta’siri
beqiyos.
Islom   Karimovning   ushbu   to‘plamdan   o‘rin   olgan   barcha   chiqishlari,
ma’ruza   va   nutq lari,   birinchi   navbatda,   har   tomonlama   chuqur   hayotiy   va
mantiqiy   asosga   ega   ekani,   analitik   ruhi,   muallifning   yuksak   intellektual
salohiyati, har qanday sharoitda ham O‘zbekiston manfaatini qat’iy turib himoya qilishga qaratilgan prinsipial pozitsiyasi, notiqlik mahoratini yorqin aks ettirishi
bilan alohida ajralib turadi.
Kitob   holida   birinchi   marta   nashr   etilayotgan   bu   chiqishlarda   o‘z
ifodasini   topgan   davrga   oid   aksariyat   tarixiy   hujjatlar,   ayniqsa,   fotosuratlar,
videotasvirlar,   afsuski,   saqlanib   qolmagan.   Shu   bois   ko‘pgina   nutq   va
ma’ruzalarning   matnlari   arxiv   hujjatlari   asosida   tiklangani   har   bir   chiqish
nihoyasida   berilgan   izohlar   orqali   ma’lum   bo‘ladi.   Ya’ni,   to‘plam   butunlay
birlamchi,   asl   manbalar   asosida   tuzilgani   uning   tarixiy   va   ilmiy   qimmatini
yanada oshiradi.
Ta’kidlash   kerakki,   «O‘zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida»
kitobida   istiqlol   arafasida   respublikamizda   hukm   surgan   siyosiy,   ijtimoiy-
iqtisodiy   vaziyat,   xalqimiz   boshidan   kechirgan   g‘oyat   tahlikali   voqealar
xronologik tarzda, ketma-ket yoritilmasdan, o‘sha davrning siyosiy manzarasini
to‘liq   aks   ettiradigan   chuqur   tahlillar,   yaqin   va   uzoq   istiqbolni   ko‘zlab   ilgari
surilgan   muhim   strategik   qarashlar,   konseptual   yondashuv   va   xulosalar
atroflicha bayon etiladi. Ularning barchasini mustaqillik g‘oyasi bamisoli qizil ip
kabi   birlashtirib   turadi.   Shuning   uchun   ham   ushbu   to‘plam   yaxlit   asar   singari
katta qiziqish va hayajon bilan o‘qiladi.
Agarki o‘sha yillardagi voqea-hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, ularga
guvoh bo‘lgan odamlarning safi  bugungi  kunda tobora kamayib borayotganini,
unib-o‘sib   kelayotgan   yosh   avlod   esa   bu   tarixdan   yetarli   darajada   xabardor
emasligini   inobatga   oladigan   bo‘lsak,   ushbu   kitob   o‘sha   suronli   yillarning   eng
ishonchli   hujjati   sifatida   xalqimizning   istiqlol   yo‘lidagi   barcha   intilish   va
kurashlarini bor murakkabligi bilan namoyon etishi ayon bo‘ladi.  
Muxtasar   aytganda,   ham   siyosiy-iqtisodiy,   ham   g‘oyaviy-mafkuraviy,
ham tarixiy-ma’naviy tafakkur va tahlil usullarini o‘zaro uyg‘unlikda mujassam
etgan   bu   keng   qamrovli   asar   xalqimiz   hayotining   vaqt   o‘tishi   bilan   unutilib,
yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan sahifalarini tiklab, istiqlol tariximizni haqqoniy asosda   yaratish,   bugungi   va   kelgusi   avlodlarning   uni   har   tomonlama   o‘rganib,
anglab   yetishlari   uchun   mustahkam   zamin   yaratadi.   Shu   ma’noda,   bu   kitob
o‘tmish   va   kelajak,   ajdodlar   va   avlodlar   o‘rtasidagi   vorisiylik   rishtalarini
kuchaytirishda bebaho manba bo‘lib xizmat qiladi, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Aytish   kerakki,   kitobdan   joy   olgan   barcha   chiqishlar   chuqur   amaliy   va
pragmatik ruhi, o‘sha davrga xos bo‘lgan kommunistik ritorika, balandparvozlik
va   safsatabozlikdan   mutlaqo   xoli   ekani   bilan   alohida   e’tiborni   tortadi.   Muallif
o‘zining har bir fikri va so‘zini aniq dalil va raqamlar, mantiqiy xulosalar bilan
asoslab beradi. Hayotiy faktlar uning o‘tkir mulohazalari, ehtirosli kechinmalari,
teran   mushohadalari,   eng   muhimi,   ma’naviy   jasorati   bilan   mushtarak   bo‘lib,
o‘sha   paytdagi   so‘z   bilan   ifoda   etib   bo‘lmaydigan   o‘ta   qaltis   va   murakkab
siyosiy-ijtimoiy   holatlarni   kitobxon   tasavvurida   butun   ziddiyat   va   qarama
qarshiligi bilan yaqqol namoyon etadi.
Shu borada bir misol keltirish o‘rinli deb o‘ylaymiz:
«Biz   respublikamizda   1500   ta   yirik   ishlab   chiqarish   birlashmasi   va
korxonasi   ishlab   turgani   haqida,   revolyutsiyadan   avval   bir   yil   davomida   hosil
qilingan   miqdordagi   elektr   energiya   hozir   to‘rt   kunda   ishlab   chiqarilayotgani
haqida  hamisha faxrlanib gapirar edik. Biz gaz qazib olish sohasida mamlakatda
to‘rtinchi   o‘rinda   turibmiz.   Qishloq   xo‘jaligimiz   mamlakatdagi   paxtaning
uchdan   ikki   qismini,   qorako‘l   terining   uchdan   bir   qismidan   ko‘prog‘ini,
pillaning 60 foizdan ziyodini, ko‘p miqdordagi kanop, meva, uzum, sabzavot va
poliz mahsulotlarini yetishtirib bermoqda.
Ming   kishi   hisobiga   to‘g‘ri   keladigan   talabalar   soni   jihatidan
O‘zbekiston ko‘pgina rivojlangan mamlakatlardan oldinda turibdi.
Bu   xulosalar   mo‘‘tabar   minbarlardan   turib,   dissertatsiyalarday
raportlarda   va   ma’lumotnomalarda   ko‘p   takrorlangan.   Xo‘sh,   bu   gaplarning
zaminida qanday ma’no bor? Iqtisodiyotimiz biryoqlama tarzda, faqat xomashyo
yetishtiradigan   holga   tushib   qolganini   va   kompleks   rivojlanish   yo‘liga,   aholi ehtiyojlarini qondirishga o‘tkazilmaganini qayd etishga to‘g‘ri keladi. Sanoatda
tayyor   mahsulotning   ulushi   bor-yo‘g‘i   50   foizni   tashkil   etadi,   qishloq   xo‘jaligi
mahsulotining   80   foizdan   ko‘prog‘i   mutlaqo   qayta   ishlanmasdan,   respublika
tashqarisiga   chiqarilmoqda.   Respublikadan   olib   ketilayotgan   mahsulotning
uchdan   ikki   qismi   xomashyo,   materiallar   va   chala   tayyor   materiallar
ekanligining   o‘zi   ijtimoiy   ishlab   chiqarish   tuzilishidagi   chuqur
nomutanosiblikdan darak beradi.
Respublikaga keltirilayotgan tovarlarning 60 foizi esa mashinalar, asbob-
uskunalar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati mahsulotlaridir.
G‘alati   bir   vaziyat   vujudga   kelmoqda.   Respublika   juda   qimmatli
xomashyo — paxta, nitron, kaprolaktam ishlab chiqarayotgan bir payt da ularni
qayta   ishlashdagi   sayozlik,   texnologiya   zanjiri   nihoyasiga   yetkazilmagani
oqibatida   ayni   shu   xom ashyodan   ishlab   chiqariladigan   gazlama,   sun’iy   tola   va
tayyor   mahsulotlarni   chetdan   keltirishga   majbur   bo‘lmoqda»   («O‘zbekiston
mustaqillikka   erishish   ostonasida».   T.:   «O‘zbekiston»,   2011   yil,   169-170-
betlar).  
Yoki   yana   bir   xarakterli   misolga   e’tibor   beraylik:   «Statistikaning
ko‘rsatishicha,   bugungi   kunda   O‘zbekistonda   aholi   jon   boshiga   hisoblaganda
daromadi   75   so‘mdan   oshmaydigan   8   million   800   mingga   yaqin   kishi   yashab
turibdi,   bu   esa   aholining   45   foizini   tashkil   etadi.   Mutaxassislarning   hisob-
kitoblariga   ko‘ra,   hozirgi   paytda   kun   kechirish   uchun   kamida   85   so‘m
zarurligini   e’tiborga   oladigan   bo‘lsak,   ana   shunda   odamlar   qanday   qiyinchilik
bilan, uchma-uch yashab kelayotganiga o‘zingiz baho berishingiz mumkin.  
Kitobdan joy olgan materiallar bilan tanishar ekanmiz, sobiq Markazdagi
imperiyaparast   kuchlar,   mustabid   tuzumning   shaf qatsiz   qatag‘on   apparati O‘zbekiston   va   uning   yangi   rahbariga   nisbatan   turli   zug‘um   va   tazyiqlarni
tinimsiz   kuchaytirib   borganini   o‘zimizga   aniq   tasavvur   etamiz.   «Paxta   ishi»,
«o‘zbeklar   ishi»   degan   siyosiy   kampaniyalar   paytida   qizil   imperiyaning
markaziy   matbuoti   el-yurtimiz   sha’nini   tahqirlab,   uning   boshiga   «qo‘ shib
yozish»,   «yulg‘ichlik»,   «ko‘zbo‘yamachilik»,   «boqimandalik»   kabi   tuhmat   va
malomatlar   bo‘roni ni   yog‘dirgani   haqidagi   sahifalarni   chuqur   alam   va   iztirob
bilan o‘qiymiz. Shunday tahlikali paytlarda xalq dardiga darmon bo‘lish o‘rniga
sobiq   Markazning   nog‘orasiga   o‘ynagan,   mustaqillik   g‘oyasini   niqob   qilib,
aslida ana shu muqaddas intilishga qarshi chiqqan kim salar, dunyoviy va diniy
ko‘ rinishdagi   radikal   siyosiy   guruh   va   oqimlarga   qarshi   Islom   Karimovning
qanday katta jasorat, siyosiy vazminlik bilan kurash olib borgani, el-yurtimizga
suyanib,   uning   qalbiga   yo‘l   topib,   vaziyatni   o‘nglash,   yurtimizni   halokatli
inqiroz   girdobidan   olib   chiqish,   istiqlol   sari   boshlash   bo‘yicha   qat’iy   chora   va
tadbirlar,   chuqur   islohotlarni   amalga   oshirgani   va   nihoyat,   1991   yil   31   avgust
kuni O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgani ushbu kitobning eng dramatik, eng
hayajonli sahifalarini tashkil etadi.
Yaqinda O‘zbekiston tele vide niesi orqali namoyish etilgan «Mustaqillik
arafasida   yoki   sho‘rolarning   so‘nggi   talvasasi»   filmini   tomosha   qilish   asnosida
barchamiz ana shu haqiqatga yana bir bor ishonch hosil qildik.
Albatta,   o‘sha   paytdagi   paxta   yakkahokimligi,   mustamlaka   tuzumiga
xos,   bir   yoqlama   rivojlangan   iqtisodiyotning   halokatli   oqibatlari,   avvalo,
odamlarning   turmush   tarzida,   eng   muhimi,   ularning   jon   boshiga   to‘g‘ri
keladigan   daromad   darajasining   o‘ta   pastligida,   tomorqa   yerlarining   keskin
kamayib   borishida,   millatning   salomatligi,   uning   genofondiga   salbiy
ta’sirlarning   kuchayishida,   bolalar   va   onalar   o‘limining   avj   olishida,
o‘lkamizning   ekologik   nochor   holatida   va   boshqa   ko‘plab   masalalarda   yaqqol
namoyon  bo‘lgan   edi.  Lekin  bu  fojialarning  barchasini   aniq  misol  va  raqamlar
asosida,   SSSRdagi   umumiy   ko‘rsatkichlarga   qiyoslagan   holda,   mustabid
imperiya ning balandparvoz g‘oyalar bilan niqoblangan mustamlaka siyosatining
ayanchli   natijalari   sifatida   har   tomonlama   chuqur   tahlil   etib,   butun   mohiyati bilan ochib beradigan kitob shu kunga qadar yaratilmagan edi. Ijtimoiy-siyosiy
tafakkurimiz,   tarixni   anglash   borasidagi   izlanishlarimizdagi   ana   shu   bo‘shliq,
bugun nihoyat, mazkur fundamental kitob bilan to‘ldirilganini mamnuniyat bilan
qayd etishimiz lozim.
O‘z-o‘zidan   ravshanki,   yuqorida   zikr   etilgan   ijtimoiy   muammolarning
asl   ildizlari,   salbiy   oqibatlari   ochib   berilgan   keng   ko‘lamli   tadqiqotlar   eski
tuzum   davrida   hech   qayerda,   hech   qaysi   ilmiy   muassasada   olib   borilmagan   va
olib   borilishi   mumkin   ham   emasdi.   Bordiyu   ana   shunday   tadqiqotlar   amalga
oshirilsa,   ularning   asosida   chiqariladigan   xulosalar   muqarrar   ravishda   SSSR
degan   ulkan   imperiyaning   tomiriga   bolta   urish,   deb   baholanar   edi.   Chunki
bunday fakt va raqamlar sobiq Ittifoq hududida — temir devorlar orasida yasha -
gan xalqlarning naqadar huquqsiz, ularning hayoti esa qanday nochor bo‘lganini
yaqqol   isbotlab,   bu   tuzumning   asl   qiyofasini   fosh   etib   qo‘ygan   bo‘lardi.
Binobarin,  bunday   mavzuda   ilmiy  ish   olib  borgan   odam   so‘zsiz-so‘roqsiz   xalq
dushmani deb e’lon qi linardi.
Shuning   uchun   ham   boshqa   respublikalar   qatori   O‘zbekistonning   ham
haqiqiy   iqtisodiy-ijtimoiy   ahvolidan   dalolat   beradigan   real   fakt   va   raqamlar
biror-bir   nashrda   chop   etilmas,   aksincha,   jamoatchilikdan   sir   tutilar   edi.   Ilmiy
tadqiqot   ins titutlari   xodimlari,   jurnalistlar,   agitator   va   propagandistlar   faqat
yuqoridan   —   KPSS   Markaziy   Komiteti   va   uning   ittifoqdosh   respublikalardagi
tashkilotlari  tomonidan  tasdiqlab  berilgan  soxta  ma’lumot   va  manbalar  asosida
ish olib borishga ko‘nikib qolgan edi.  
Bularning   barchasidan   xulosa   chiqargan   holda,   «Mustaqillikni   erkinlik
to‘g‘risidagi   shiorlar   bilan   emas,   balki   siyosiy,   iqtisodiy,   ma’naviy   mazmun
bilan   to‘ldirish   kerak»   (355-bet)   deb   ta’kidlaydi   Yurtboshimiz   va   bunday
qarashni o‘z faoliya tining bosh mezoni deb biladi. Shu sababli O‘zbekistonning
hayotiga daxldor bo‘lgan har bir masalaga kompleks yondashib, ularning yagona
to‘g‘ri   va   muqarrar   yechimi   —   bu   mustaqillik   va   faqat   mustaqillik,   degan
mantiqiy   xulosaga   keladi.   Bunday   dadil   fikrni   sobiq   Ittifoqning   katta-katta
minbarlaridan   turib   bayon   etishdan   cho‘chib   ham,   tortinib   ham   o‘tirmaydi. Jumladan,   biz   uchun   mustabid   tuzumning   butun   davri   davomida   eng   og‘riqli
masala   bo‘lib   kelgan   paxta   xomashyosi   yetishtirish   va   xalqimiz   o‘zining
mashaqqatli mehnati uchun munosib haq olish, munosib turmush sharoitiga ega
bo‘lishi haqidagi talab ochiq-ravshan bayon etilgan, muallifning Moskvada chop
etiladigan   «Rabochaya   tribuna»   gazetasiga   bergan   intervyu   sidagi   quyidagi
fikrlarga e’tibor beraylik:  
«Paxta   tolasi   belgilab   qo‘ yilgan   past   narxlarda   O‘z bekistondan
tashqariga jo‘natildi va hamon jo‘natilmoqda. Buning evaziga nima berilmoqda?
Paxta yetishtirishda mehnatning 84 foizi bizning zimmamizga tushmoqda va uni
qayta ishlashdan keladigan daromadning atigi 16 foizi bizga tegmoqda. Paxtani
olayotgan boshqa respublikalarda nisbat aksincha bo‘lmoqda. Masalan, aytaylik,
Rossiyada   to‘qilgan  va  tikilgan  tayyor  ko‘ylak g‘oyat  katta  foyda keltir moqda.
Mehnati   —   bizga,   puli   —   boshqalarga.   Mamlakatning   «paxta   sexi»   bo‘lish,
mana, nimani anglatadi» (353-354 betlar).
Ushbu   kitob   bilan   tanishgan   o‘quvchilarda   «Boshqa   tadqiqot   va   ilmiy
ishlarda   uchramaydigan   bunday   dalil   va   raqamlar   qayerdan   olingan,   ular
nimaga, qanday manbalarga asoslangan» degan tabiiy savol tug‘ilishi mumkin.  
Ma’lumki,   Yurtboshimiz   ko‘p   yillar   davomida   Davlat   plan   komitetida
mas’ul   vazifalarda   xizmat   qilgan,   keyinchalik   bu   tashkilotning   raisi,   moliya
vaziri, Ministrlar Soveti  raisining o‘rinbosari  lavozimlarida faoliyat  ko‘rsatgan.
Ish   jarayonida   minglab   rasmiy   hujjatlar,   jumladan,   maxsus   statistik
ma’lumotlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan.
Islom   Karimov   respublika   rahbari   bo‘lib   saylanishidan   oldin   —   Davlat
plan   komitetining   raisi   bo‘lib   ishlagan   paytida   ana   shu   murakkab   masalalar
ustida uzoq vaqt sistemali tarzda ishlab, bir muhim xulosani, ya’ni O‘zbekiston
iqtisodiyoti   shu   tariqa   bir   yoqlama   rivojlanishda   davom   etadigan   bo‘lsa,   bu
xatarli   jarayon   oxir-oqibatda   halokatli   natijalarga   olib   kelishi   muqarrar,   degan,
chuqur   ilmiy   asoslangan   fikrlarni   respublika   rahbariyatiga   yozma   ravishda
ma’lum   qiladi.   Davlat   va   xalq   manfaatini   o‘ylab,   kelajak   haqida   qayg‘urib
bildirilgan   bunday   takliflarga   e’tibor   qaratish   o‘rniga,   Markaz   va   uning respublikadagi   gumashtalari   bunday   mustaqil   va   dadil   qarashlar   bilan   chiqqan
rahbarni   poy taxtdan   chetlashtirib,   uni   olis   Qashqadaryo   viloyatiga,   ijtimoiy-
iqtisodiy   jihatdan   eng   og‘ir   ahvolda   qolgan   mintaqaga   rahbar   qilib,   aslida   esa
jazolash uchun yuboradi.
Taqdirning   ana   shunday   qaltis   o‘yin   va   sinovlaridan   o‘tgan,   qisqa   davr
ichida   Qashqadaryodek   katta   bir   viloyatdagi   ahvolni   tubdan   o‘zgartirishga
erishgan Islom Karimovning O‘zbekiston rahbari bo‘lib saylanganining ertasiga,
ya’ni 1989 yilning 24 iyun kuni respublika hukumatining majlisida «Biz bundan
buyon   eskicha   yasholmaymiz   va   bunday   yashashga   zamonning   o‘zi   yo‘l
qo‘ymaydi»   deb,   qat’iy   bayonot   berishi   uning   qanday   katta   az mu   shijoat   bilan
yangi vazifaga kirishganidan dalolat beradi.
Respublikamizda   80-yillar ning   oxiri   —   90-yillarning   boshida   vujudga
kel gan haqiqiy ahvolni o‘zimizga aniq tasavvur qiladigan bo‘lsak, «O‘zbekiston
mustaqillikka   erishish   ostonasida»   kitobi   istiqlol   tariximizning   hozirga   qadar
atroflicha yoritilmagan sahifalarini har  tomonlama chuqur  isbotlangan, rad etib
bo‘lmaydigan aniq tarixiy hujjatlar asosida to‘ldirishi bilan, ayniqsa, e’tiborlidir.
Chunki   hozirgi   vaqtda   turli   uydirmalarni   ustalik   bilan   ishlatib,   bu   bo‘shliqni
g‘arazli   maqsadda   to‘ldirishga,   shu   masalada   kimlarningdir   reja   va
buyurtmalarini   bajarishga,   biz   boshimizdan   kechirgan   tarixiy   voqealarni   buzib
talqin etishga qaratilgan urinishlarga bu kitob hech qanday imkon qoldirmaydi.
Bu   to‘plamning   eng   muhim   jihati   va   ahamiyati,   avvalo,   ana   shunda   —
yaqin tariximizdagi  suronli   va  to‘fonli   voqea-hodisalarni   faqat   haqiqat   va yana
bir bor haqiqatga asoslanib, o‘z ongu shuuridan, qalbidan kechirgan muallifning
teran   nigoh,   ulkan   donishmandlik,   o‘z   xalqi   va   yurtiga   cheksiz   muhabbat   va
sadoqat hissi bilan yoritib berganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuni   unutmaslik   kerakki,   bugun   sobiq   Ittifoqning   ayrim   hududlarida
SSSR   degan   imperiyani   qandaydir   yangi   shaklda   tiklashni   xayol   qilib   yurgan,
yaqin   o‘tmishda   sodir   bo‘lgan   tarixiy   jarayonlarni   butunlay   o‘zgartirib,   kerak
bo‘lsa,   soxtalashtirib,   odamlarni,   ayniqsa,   u   zamonlarni   ko‘rmagan-bilmagan
yoshlarni   aldab,  to‘g‘ri   yo‘ldan  chalg‘itishga   urinayotgan  kuchlar,  afsuski,   hali
ham   yo‘q   emas.   Eng   yomoni,   ular   o‘z   qabih   niyatlari   yo‘lida   hech   narsadan
qaytmaydi.
Shu   ma’noda,   Prezident   Islom   Karimovning   xalqi mizning   siyosiy
tafakkur   xazinasiga   bebaho   hissa   bo‘lib   qo‘shiladigan   «O‘zbekiston
mustaqillikka   erishish   ostonasida»   kitobi   barchamizni   hozirgi   o‘ta   notinch   va
tahlikali zamonda doimo hushyor, ogoh va sergak bo‘lib yashashga da’vat etadi.
Shu   asosda   Vatanimizning   yangi   tarixini   chuqur   anglab,   undan   zarur   saboq   va
xulosalar chiqarib, yurtimizning qadimiy shuhrati, bugungi qudrati va salohiyati,
jahon   maydonidagi   obro‘-e’tiboriga   har   tomonlama   munosib   bo‘lib   yashashga
o‘rgatadi.
"O'zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida"   kitobining
tarbiyaviy ahamiyati 
 Президент   Ислом   Каримовнинг   "Ўзбекистон   мустақилликка   
эришиш остонасида" асарини ўқиб...    
Prezidentimizning mustaqillikning birinchi yillaridagi eng og'ir, tahlikali,
murakkab   jarayonlaridan   tortib,   to   hozirgacha   yaratilgan   barcha   asarlari
davrning   tarixiy   zaruriyati   tufayli   yuzaga   kelgan.   Qo'limizdagi   «O'zbekiston
mustaqillikka   erishish   ostonasida»   kitobi   ham   xuddi   shunday   tarixiy   zaruriyat
zamirida   yaratilganligi   bilan   beqiyos   ahamiyatga   ega.   Kitob   «O'zbekiston»
nashriyoti   tomonidan   chop   etilgan     bo'lib,   unda   asosan   1989-1992   yillarda,
mamlakat   tahlikali,   keskin,   o't-olov   hal-qasi   ichida   turgan   davrdagi   voqeliklar
bilan   bog'liq   tarixiy   qarorlar,   hujjatlarga   murojaat   qilinadi.
Mustaqillikning   dastlabki   yillari   tug'ilgan   avlod   bugun   19-20   yoshga   kirdi, dunyoni idrok qila oladigan, o'zligini teran anglaydigan, ozodlikni chin ma'noda
qadrlaydigan yoshga yetdi. 
Yoshi   kattalar   mustaqillik   bilan   qadamba-qadam   uning   quvonchiyu
tashvishlari, zahmatu og'riqlari, og'ir sinovlarini boshlaridan o'tkazishgan. Lekin
yoshlar   uchun   bu   ozodlik,   hurlik   xuddi   ko'kdan,   osmondan   tushganday,   bosib
o'tgan   yo'llarimiz,   yo'qotishlarimiz   go'yo   ertakday   tuyuladi.   Mustaqillikning
dastlabki   kunlaridayoq   Prezidentimiz   «O'zbekistonning   kelajagi   buyuk   bo'ladi,
bu   kunlar   juda   yaqin»   deb   xalqimizni   ishonch   bilan   ertangi   kunga   boshlagan
edilar.   Lekin   bizning   ozodligimizni   ko'rolmagan   ichki   va   tashqi   kuchlar
o'zlarining g'arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun islom dinini niqob qilib
olib, «bu va'dalar bir afsona, cho'pchak, tagi puch, aldov gaplar, deb ayyuhannos
solgandilar.   O'tgan   qisqa   davrda   o'sha   afsona   haqiqatga   aylandi,   asrlarga
tatigulik olamshumul ishlar amalga oshdi. O'zbekiston jahon ayvonida o'z qadr-
qimmatini topdi», «o'zbek modeli» dunyo miqyosida e'tirof etildi.
Mazkur   kitobni   o'qib   chiqib,   bir   ijodkor   sifatida   xalqimizning   boshiga
tushgan   og'ir   kunlar,   ofatu   balolardan   Prezidentimizning   o'z   xalqiga   bo'lgan
cheksiz   muhabbati,   sadoqati,   tengsiz   jasorati,   matonatu   mardligi   omon   saqlab
qolganligiga   imon   keltirdim.   1989   yildagi   Farg'ona,   1991   yildagi   Toshkent,
1992   yildagi   Namangan   voqealarining   keskin   pallalarida   Prezidentimiz   diniy
radikal kuchlarning nayrangu qilmishlariga uchgan, ko'zi qonga to'lgan olomon
ichiga   yonida   qo'riqchilarsiz,   yolg'iz   o'zi   hayotini   xavf   ostiga   qo'ygan   holda
jasorat   bilan   kirib   borib,   xalqimizni   ro'y   berishi   mumkin   bo'lgan   fojia,   turli
falokatlardan   asrab   qoldilar.   O'zbek   tiliga   davlat   tili   maqomining   berilishi
mustaqillikka   qo'yilgan   jasoratli   qadam   bo'lsa,   aholiga   tomorqa   berish
to'g'risidagi   oqilona   qarori   xalqimizni   ertangi   kuniga   yorug'   ishonch   uyg'otishi
bilan   birga,   turmush   farovonligini   yuksaltirdi,   paxta   maydonlarini   qisqarishiga
olib keldi. 
Kitobni   o'qib,   hayratga   tushasan   kishi.   Va   bizga   mana   shunday   donishmand, adolatli   sarbonni   boshimizga   soyabon   qilib   qo'yganligi   uchun   ollohga
shukronalar   aytdim.   Bu   kitob   ilgari   ma'lum   qilinmagan,   matbuotda   e'lon
qilinmagan   juda   ko'p   voqeliklardan   bizni   voqif   qiladi,   bu   yorug',   osoyishta,
saodatli kunlarni qadriga yetishga undaydi. 
Tabiiyki, qo'limizdagi bir burda nonni qaysi mehnat, zahmat orqali yaratilganini
bilmasak,   uni   isrof   qilamiz,   qadriga   yetmaymiz.   SHu   ma'noda   mazkur   tarixiy
kitob   yoshlarimiz   uchun   kechagi   yaqin   tariximizni   bilish,   idrok   qilish,
mustaqillikni asrash yo'lida hayot darsligidek ulug' qo'llanmadir. 
Bugungi   murakkab,   ziddiyatli   davrda   yoshlar   qalbiga   «ommaviy
madaniyat»ning   zaharli   viruslari   xavf   solayotgan   zamonda   bu   kitobning
tarbiyaviy   ahamiyati   benazirdir.   Biz   ijodkorlar,   targ'ibotchilar   bu   asarning
olamshumul   ahamiyatini   teran   singdirishimiz,   ularning   imon-e'tiqodini   butun
holda kelajakka yetkazishimiz bugungi kundan eng dolzarb vazifamizdir.

O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida REJA: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi haqida umumiy ma]lumot . 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi kontseptual g’oyalar va xulosalar. 3. "O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobining tarbiyaviy ahamiyati. 4. Xulosa. “ O ‘ zbekiston ” nashriyot - matbaa ijodiy uyi tomonidan Prezident Islom Karimovning “ O ‘ zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida ” deb nomlangan yangi kitobi nashr etildi . Kitobdan Yurtboshimizning mamlakatimiz mustaqilligi arafasida va mustaqillikning dastlabki davrida (1989-1991 yillarda) olib borgan jo‘shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatini aks ettiradigan ma’ruza va nutqlar, suhbat, maqola va intervyular o‘rin olgan. Kitob shaklida ilk bor chop etilayotgan bu chiqishlarning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlanishi albatta bejiz emas. Bu kitob

yaqin o‘tmishimizning murakkab tarixiy-siyosiy bosqichlarini, jumladan, tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan g‘oyat og‘ir va tahlikali bir vaziyatda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning o‘lkamizni chuqur inqirozdan olib chiqish, uni qat’iyat va matonat bilan istiqlol sari boshlash, Vatanimiz mustaqilligini e’lon qilish, umumxalq saylovida g‘olib chiqib, Prezidentlik qasamyodini qabul qilishigacha bo‘lgan, tinimsiz kurashlar, keskin sinov va mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi. Kitobga kiritilgan nutq va ma’ruzalarda o‘sha davrdagi o‘ta dramatik voqealar, tarixiy o‘zgarishlar qanday murakkab vaziyatlarda yuz bergani, ularning tafsiloti, sabab va oqibatlari atroflicha yoritib beriladi. Ma’lumki, 1989 yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet hukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa yetakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan guruhlar tomonidan qancha-qancha begunoh insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi. Ana shunday og‘ir bir sharoitda Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‘oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo‘yilgani kitobning asosiy mavzusini tashkil etadi. Agarki bu kitobning ma’no-mazmunini bir so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, Vatanimiz mustaqilligi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni Islom Karimov o‘sha dolg‘ali yillardayoq, uzoqni ko‘rgan holda, o‘ziga nechog‘lik aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur to‘plamning har bir sahifasidan bamisoli “qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash o‘rinlidir.

Shu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir guruh imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar ham ushbu kitobda o‘z aksini topgan. Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘nglash, xalq dardiga darmon bo‘lish, yillar davomida yechilmasdan kelgan muammolarni hal etish maqsadida aholiga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa yerlari ajratish, paxta yakkahokimligiga barham berish borasida davlatimiz rahbari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bo‘yicha 700 mingta oilaga yer berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning aholisiga teng bo‘lgan 1,5 million yangi oila paydo bo‘lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, o‘z xo‘jaligini yuritish uchun urug‘lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar haqida ma’lumot beradigan chiqishlar ham shu to‘plamdan o‘rin olgan. Bugungi kunda dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas, aksincha, o‘sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, bahs va tortishuvlar jarayonida tug‘ilib, 90-yillarga kelib yaxlit ta’limotga aylangani haqida ushbu kitobdagi chiqishlar orqali har tomonlama tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Mustaqillik g‘oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda yurtimizning dadil qadamlarini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar sobiq Markazda ham, o‘zimizda ham topiladi. Bunday siyosiy o‘yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom Karimov Hindiston Respublikasida rasmiy safarda bo‘lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat rahbarining O‘zbekistonda emasligidan

foydalanib, yurtimizdagi ayrim rahbarlar GKCHP ning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu tariqa o‘zining siyosiy va ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadi. Faqatgina Yurtboshimizning mustahkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli GKCHP tarafdori bo‘lgan siyosiy avantyuristlar o‘z qabih niyatiga yetolmagani ham kitobdagi chiqishlarda ifodasini topgan. Afsuski, bugun vaqt o‘tishi bilan ana shu voqealarni ko‘rgan-bilgan, ularga bevosita guvoh bo‘lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. Yaqin tariximizning mash’um bir davrida sodir bo‘lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning mohiyatini chuqur anglamasdan turib el-yurtimizning istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur kitobdan o‘rin olgan tarixiy hujjatlar, nutq va ma’ruzalarning bugungi va ertangi kunimiz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekani yanada yaqqol ayon bo‘ladi. Muxtasar aytganda, to‘plamga kiritilgan har bir chiqishni mutolaa qilish jarayonida biz yangi tariximizning o‘zimiz bilmagan, anglamagan yana ko‘plab qirralarini yangitdan kashf etamiz, istiqlol mohiyatini, “tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg‘usi buyuk shaxslarni yaratishi”ni yanada chuqurroq anglaymiz. Shu ma’noda, Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo‘shilgan bebaho hissa bo‘lib, mamlakatimizning istiqlol tarixini o‘rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi. "O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" 31.08.2011 El-yurtimiz, butun xalqimiz Vatanimiz mustaqilligining yigirma yillik qutlug‘ bayramini nishonlash arafasida turgan shu unutilmas kunlarda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotida tom ma’noda ulkan voqealar yuz bermoqda. Ana shu voqealar silsilasida Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobining nashr etilishi mohiyat e’tibori bilan, hech shubhasiz, alohida o‘rin egallaydi. Qancha-

qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo‘lgan, bugungi kunda ko‘pmillatli xalqimiz uchun eng ulug‘, eng aziz qadriyatga, barcha ezgu maqsad va harakatlarimiz, bunyodkorlik ishlarimizning hayotbaxsh manbaiga aylangan mustaqillikka erishish yo‘lida 1989 — 1991 yillar mobaynida olib borilgan o‘ta og‘ir va mashaqqatli kurashlar tarixi bu kitobning bosh mavzusini tashkil etadi. Nazariy va amaliy jihatdan katta tayyorgarlikni, ulkan siyosiy tafakkur va donishmand likni, boy hayotiy bilim va tajribalarni talab qiladigan bunday murakkab mavzuning aynan istiqlolimiz me’mori, mustaqil davlatimiz asoschisi, o‘sha paytda yuz bergan ijtimoiy jarayonlarning asosiy markazida turgan, ularning barchasini o‘z qalbi va yuragidan o‘tkazgan inson — Yurtboshimiz tomonidan noyob tarixiy hujjatlar va teran tahlil asosida yoritib berilishi mamlakatimiz jamoatchiligining ushbu kitobga bo‘lgan qiziqish va e’tiborini yanada oshirmoqda. Yaqinda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida chop etilgan xabarlarda, jumladan, «O‘zbekiston» telekanalida taniqli tarixchi va faylasuf olimlar, siyosatshunoslar, adabiyot va san’at namoyandalari, jurnalistlar ishtirokida namoyish etilgan turkum davra suhbatlarida bu kitobning eng muhim jihatlari haqida dastlabki mulohazalar bildirildi. Bugungi kunda bu boradagi muhokamalar, fikr almashuvlar ilmiy-ijodiy muassasalar, bilim va madaniyat maskanlarida, keng jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in davom etmoqda. Bunday suhbat va muloqotlarda turlituman fikr-mulohazalar bildirilishi tabiiy, albatta. Ammo ushbu kitob bilan tanishgan barcha insonlar bir masalada hamfikr bo‘lishlari aniq: ya’ni, bugungi erkin va ozod, tinch va osuda hayotimiz qadrini, mustaqillik bergan imkoniyatlarni chuqur anglashda, ona - Vatanimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini tarbiyalashda bu kitobning o‘rni va ta’siri beqiyos. Islom Karimovning ushbu to‘plamdan o‘rin olgan barcha chiqishlari, ma’ruza va nutq lari, birinchi navbatda, har tomonlama chuqur hayotiy va mantiqiy asosga ega ekani, analitik ruhi, muallifning yuksak intellektual salohiyati, har qanday sharoitda ham O‘zbekiston manfaatini qat’iy turib himoya