logo

O'zbekiston respublikasining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

61.359375 KB
O'zbekiston respublikasining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili
Reja:
1.O’zbekiston mustaqillikka erishgan yillari.
2.Makroiqtisodiyot tushunchasi va uning mohiyati.
3.Mustaqillika erishilgandan so’ng yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi.
4. 1990-yilga nisbatan o’sishga va yuksalishga erishgan yagona mamlakat-
O’zbekiston edi.
                       
               1.O’zbekiston mustaqillikka erishgan yillari.
        Hammaga   ma‘lumki,   o‘tmishda   O‘zbekiston   iqtisodiyoti   sobiq   sovet   ittifoqi
iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas
edi.   Bizga   bir   yoqlama   rivojlangan   paxta   yakka   hokimligi,   xom-ashyo   ishlab
chiqarishga   va   boy   mineral   xom-ashyo   resurslaridan   nazoratsiz   ,   ayovsiz
foydalanish  asosiga  qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa  ko‘pgina ishlab  chiqarish
resurslari   hamda   iste‘mol   tovrlarining   ta‘minlanishi   bo‘yich   markazga   qaram
bo‘lgan   iqtisodiyot   meros   bo‘lib   qolgan   edi.   Mamlakatimiz   prezidenti   I.A.
Karimov   qisqa   qilib   aytganlaridek,   ―   O‘zbekiston   bir   yoqlama   iqtisodiyotga-
markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan  mamlakat edi.‖
Respublikamizning   mustaqillikka   erishib,   deyarli   barcha   xalqaro   tashkilotlarga
teng huquqli a‘zo bo‘lib kirganligiga   ko‘p vaqt bo‘lganligi yo‘q. Ammo shu vaqt
ichida   mamlakatimizning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini     qamrab   olgan   iqtisodiy
siyosati shakllanib, istiqbol yo‘nalishlari belgilab olindi. 
     1991-yil sentabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni
qo‘lga   kiritib,   mamlakatimiz   hududidagi   barcha   tabiiy,   mineral   xomashyo
boyliklaridan     mamlakatimizdagi   butun   iqtisodiy   resurslar   va   quvvatlardan   o‘z
xalqimiz   va   uning   kelajagi   manfaatlari   yo‘lida   foydalanish   imkoniyatiga   ega
bo'ldik. 
          Yangi   energetika,   mashinasozlik   va   boshqa   sanoat   tarmoqlarining   vujudga
kelishi,   ko‘plab   yirik   inshoatlar,   korxonalar,   zavod   va   fabrikalar   qurilganligi,
yonilg‘i   va g‘alla mustaqilligiga erishganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar,
izchil   o‘sish   sur‘atlari   milliy   mustaqil   iqtisodiyotni   mustahkamlash   sari   harakat
natijalardir. 
     Hozirgi kunda ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarish natijalarini makroiqtisodiy
parametrlar   (yalpi   milliy   mahsulot,   yalpi   ichki   mahsulot,   milliy   daromad)   orqali
tahlil etishga katta ahamiyat berib kelinmoqda . Bunday tadqiqotlarning o‘ziga xos
xususiyati   shundan   iboratki,   ularda   iqtisodiyotning   turli   tarmoqlari   o‘rtasidagi
ishlab chiqarish aloqalari  haqidagi  statistic ma‘lumotlar batafsil tahlil qilinadi.      Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil
rivojlanayotgan,   o‘z     xalqi,   millati   manfaatlariga   xizmat   qiladigan   milliy
iqtisodiyot shakllanib bormoqda. 
      Milliy   iqtisodiyot,     barcha     tarmoqlar     va   sohalarni,   mikro   va   makro
iqtisodiyotlarni,   funktsional   iqtisodiyotni,   ko‘plab   infratuzilmalarni   o‘z   ichiga
olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
           2.Makroiqtisodiyot tushunchasi va uning mohiyati.
  Makroiqtisodiyot   -   bu   mamlakat   miqiyosida   moddiy   ishlab   chiqarish   va
nomoddiy so‘zlarini bir butun qilib olingan milliy iqtisodiyotdir. 
Milliy   ho‘jalikning   tarkib   topgan   tuzilishi   ijtimoiy   mexnat   taqsimoti   rivojining
natijasi hisoblanadi. 
Makroiqtisodiyot   o‘z   ichiga   xalq   xo‘jaligining   moddiy   va   nomoddiy   ishlab
chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi. 
Moddiy   ishlab   chiqarish   sohalari   o‘z   navbatida   xalq   xo‘jaligining   ko‘plab   yirik
tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va iste`mol buyumlari
ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga (I va II bo‘linma) ajratiladi. 
Milliy   iqtisodiyot   meyorida   faoliyat   qilish   uchun   barcha   tarmoq   va   ishlab
chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi.
Nomoddiy   ishlab   chiqarish   milliy   iqtisodiyotning   ijtimoiy   iste`molni   qondirishga
hizmat   qiluvchi   (soliqni   saqlash,   ta`lim,   tarbiya)   va   millatning   madaniy
rivojlanishini   belgilab   beruvchi   (fan,   madaniyat,   san`at,   sport)   sohalarini,   hamda
davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga oladi. 
Xizmat  ko‘rsatish  sohalari  uy-joy, kommunal  xo‘jaligi  va madaniy  maishiy
xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi. 
Milliy   iqtisodiyotda   ishlab   chiqarish   hajmi   bir   qator   ko‘rsatkichlar   tizimi   orqali,
mikro   va   makroiqtisodiy   darajada   aniqlanib,   tahlil   qilinadi.   Bu   ko‘rsatkichlar
yordamida   korxonalar   faoliyatiga   baxo   beriladi   va   milliy   iqtisodiyotning
rivojlanish tamoyillari aniqlanadi.  Masalan, korxonalar faoliyatiga baxo berish uchun, ularning daromadlari va
harajatlari   hisoblab   chiqiladi.   Shu   ma`lumotlarga   asoslanib   korxonaning   foyda
olishi   eki   zarar   ko‘rishini   bilish   mumkin.   Agar   korxonaning   ishi   yaxshi   bo‘lib,
foida   olsa,   tegishli   ma`lumotlaridan   muvaffaqiyat   sabablarini   aniqlash   uchun
foydalaniladi. 
Korxona   zarar   ko‘rgan   taqdirda   ham   tegishli   mikroiqtisodiy
ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi. 
Mikroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   ham   butun   iqtisodiyot   uchun   huddi   shunday
vazifani bajaradi. Bu tizimga kiruvchi turli hil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga 
ma`lum   vaqt   oralig‘idagi   ishlab   chiqarish   hajmini   hisoblash   va   milliy
iqtisodiyotning   faoliyat   yuritishini   bevosita   ta`sir   qiluvchi   omillarni   aniqlash
imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodii ko‘rsatkichlar tizimi, Yamm ni uning
harakatining   barcha   bosqichlarida,   ya`ni   ishlab   chiqarish,   taqsimlash,   qayta
taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga
imkon beradi.  
Nixoyat   mazkur   ko‘rsatkichlar   tizimi   mavjud   resurslar   va   ulardan
foydalanishning   mos   kelishi   (tengligi)   kuzatilganda,   mamlakatdagi   umumiy
iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini
yaxshi   tushunib   olish   uchun   bozor   ho‘jaligi   sub`ektlari   va   bozor   operasiyalari
tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur. 
Bozor xo‘jalik sub`ektlarini quyidagicha tasniflash qabul qilingan. 
1. Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari. 
2. Uy xo’jaliklari. 
3. Davlat ma`muriy tashkilotlari. 
4. Mazkur mamlakat chegarasidan tashqaridagi xo’jalik sub`ektlari. 
Bozorli operasiyalar  3ta katta guruhga bo‘linadi: 
1. Tovarlar   va   hizmatlar   bilan   operasiyalar   (ishlab   chisarish,
investisiyalash, iste`mol qilish, import va shu kabilar).  2. Taqsimlash operasiyalari (ish haqi, foyda, ijtimoiy sugurta to’lovlari va
h.k.) 
3. Moliyaviy   operasiyalar   (pulga   taaluqli   aktivlar   va   passivlarning
o’zgarishi,   valyuta   va   qimmatli   qog’ozlar   bilan   operasiyalar,   kreditli
operasiyalar va h.k.)  
Makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlarni   hisoblashda   moliyaviy   balanslar   tizimi
alohida   o‘rin   tutadi.   Bunda   balans   shaklidagi   jadval   orqali   resurslar   va   ulardan
foydalanish   ikki   yo‘qlama   yozish   tartibida   ko‘rsatiladi,   ya`ni   har   bir   operasiya
to‘lovchisi  va oluvchisiga ega bo‘ladi. Shu sababli  bir marta resurslar va ikkinchi
marta foydalanish sifatida yoziladi.  
BMT statistika hizmati tavsiya qilgan uslub bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
harakati   ikki   darajada   aks   etadi:   yig‘ma   hisobda   YaMM,   MD   harakti,   kapital
qo‘yilmalarni moliyalashtirish, boshqa mamlakatlar bilan operasiyalar; mukammal
hisobda esa tarmoqlararo aloqalar, daromadlarning harakati, ularning taqsimlanish
va   pirovard   foydalanishi   ko‘rsatiladi.   Yig‘ma   hisobga   yalpi   milliy   maxsulotni
daromadlar va sarflar bo‘yicha hisoblash misol bo‘la oladi. 
Jamiyatning   iqtisodiy   rivojlanish   darajasini   harakterlovchi   juda   ko‘plab
makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlar   mavjud.   Tarixiy   jihatdan   dastlab   moddiy   ishlab
chiqarish   sohalari   rivojlanish   miqiyosini   harakterlovchi   ko‘rsatkichlarga   ustunlik
berilgan.   Bu   faqat   foydali   buyumlarni   tayorlashda   qo‘llaniladigan   mexnat   tan
olingan ishlab chiqarish sharoitida to‘liq tabiy xol hisoblanadi. 
Shu   nuqtay   nazardan   kelib   chiqib   ingliz   klassik   siyosiy   iqtisodchilari   milliy
ho‘jalikdagi barcha mexnatni ikki turga ajiratgan: 
1)Moddiy boyliklar yaratuvchi unumli va uni istemol qiladigan mexnat.  
2)Boylik yaratmaydigan, faqat uni istemol qiladigan unumlik mexnat. 
Bu nazariy asos tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish va
ulardan   uzo?   yillar   davomida   ko‘pchilik   mamlakatlar   ho‘jalik   amaliyotida
foydalanishga sabab bo‘lgan.  Mazkur   ko‘rsatkichlarni   hozirgi   davrda   ham   moddiy   ishlab   chiqarish   sohalari
rivojlanishini iqtisodit taxlil qilishda qo‘llash foydadan holi emas. 
Ishlab   chiqarishni   sohalari   rivojlanishini   eng   umumiy   holda   -   ijtimoiy   maxsulot
ko‘rsatkichi harakterlaidi. Ma`lum vaqt davomida (odatda bir yilda) moddiy ishlab
chiqarish   sohalarida   yaratilgan   barcha   maxsulotlar   o‘zining   qiimat   ifodasida   jami
ijtimoiy maxsulotni tashkil qiladi. 
Butun   halq   Ho‘jaligi   ishlab   chiqarish   vositalari   va   istemol   buyumlari   ishlab
chiqaradigan   tarmoqlardan   iborat   bo‘lganligi   sababli   jomi   ijtimoiy   maxsulot
(JIM)ning ashyoviy (natural-buyum) tarkibi ishlab chiqarish vositalari va iste`mol
buyumlaridan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘linish asosida JIM tarkibii elementlarining
iste`mol   qilinish   harakteri   etadi.   JIMning   ishlab   chiqarish   vositalaridan   iborat
qismi   (mashina,   uskuna   va   shu   kabilar)   ishlab   chiqarish   ehtiyojlari   uchun
foydalaniladi   va   demak   belvosita   iste`molni   qondiradi,   iste`mol   buyumlari
(oziqovqat,   kiyim-kechak   va   shu   kabilar)   esa   ulardan   farq   qilib,   bevosita
ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi. 
JIMning tarmoq tarkibi ham farqlanadi. JIM tarmoq tarkibi undagi ayrim tarmoqlar
(sanoat,   qishloq   ho‘jaligi   va   shu   kabi)   maxsulotlarining   ulushi   sifatida   namoyon
bo‘ladi. 
Qiymat shaklida JIM - iste`mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (S) va
yangidan yaratilgan qiymatidan (V+m) iborat bo‘ladi. 
JIMni W bilan belgilasak, bunda W c+V+m bo‘ladi.  
Yangidan   yaratilgan   qiymat   zaruriy  maxsulot   eki   ishchi   kuchi   qiymatidan   (V)   va
qo‘shimcha maxsulotdan (m) iborat bo‘ladi.  
JIM   ko‘rsatkichi   muxim   kamchilikga   ega.   Uni   hisoblashda   ishlab   chiqarishning
barcha   texnologik   bosqichlaridagi   moddiy   harajatlar   miqdori   bir   necha   marta
ko‘rib chiqiladi 
Boshqacha aytganda: 
JIM oraliq maxsulot + pirovard maxsulot  Oraliq   maxsulotga   ishlov   berish,   qayta   ishlash   va   sotish   maxsadlari   uchun   harid
qilingan tovarlar kiradi. 
Pirovard   maxsulot   iste`molchilar   tomonidan   foidalanish   uchun   sotib   olinadigan
tayor tovarlar va hizmatlardan iborat bo‘ladi. 
Pirovard   maxsulot   mexnat   predmetlari   qiymatini   takroriy   hisoblashdan   ozod
bo‘lsada,   u   mexnat   vositalarining   yillik   amortizasiya   ajratmalari   summasiga   teng
bo‘lgan, ko‘chgan qiymat o‘tmish mexnat natijasi bo‘lib, oldingi davrlarda vujudga
keltirilgan.   Shu   sababli   moddiy   ishlab   chiqarish   hodimlarining   joriy   yildagi
faoliyatini   aniq   baxolash   uchun   boshqa   umumlashtiruvchi   ko‘rsatkich   zarur
bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich sof milliy maxsulot qisoblanadi. 
Sof   milliy   maxsulot   -   bu   yalpi   ijtimoiy   maxsulotning   bir   qismi   bo‘lib,   o‘zida
moddiy   ishlab   chiqarish   soqalarida   yil   davomida   yangidan   vujudga   keltirilgan
qiymatini ifodalaydi. 
Milliy daromad   pirovard maxsulot –omortizasiya eki W-ChV+m 
Butun   milliy   iqtisodiyotining   holatini   harakterlovchi   muhim   makroiqtisodiy
ko‘rsatkich - yalpi milliy maxsulot YAMM hisoblanadi. 
Bu   ko‘rsatkich   moddiy   ishlab   chiqarish   va   nomoddiy   hizmat   ko‘rsatish
sohalaridagi   barcha   xo‘jalik   birliklari   iqtisodiy   faoliyati   pirovard   natijalarini
qamrab oladi. 
                  
 3.Mustaqillika erishilgandan so’ng yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi.
Yalpi   milliy   maxsulot   (YAMM)   -   milliy   ho‘jalikda   bir   yil   davomida   vujudga
keltirilgan pirovard maxsulot va hizmatlar bozor qiymatidan iborat bo‘ladi. 
Demak,   YaMM   milliy   iqtisodiyotda   yil   davomida   ishlab   chiqarilgan   barcha
pirovard maxsulot (hizmatlar) ning bozor qiymati. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab
chiqilgan   barcha   maxsulotlar   sotilmasligi   mumkin,   ularning   bir   qismi   zahiralarni
to‘ldiradi. Ya`ni YaMM hajmini hisoblab topishda  zaxiralarning xar qanday o‘sish
hisobga   olinishi   zarur,   chunki   YaMM   erdamida   joriy   yildagi   barcha   maxsulotlar
(sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi.  Milliy   ishlab   chiqarishning   yalpi   hajmini   to‘g‘ri   hisoblab   chiqish   uchun,   mazkur
yilda   ishlab   chiqarilgan   barcha   maxsulot   va   hizmatlar   bir   marta   hisobga   olinishi
zarur.   YaMM   hajmini   topishda     sotilgan   va   qayta   sotilgan   maxsulotlarni   ko‘p
marta   hisobga   olishlarni   bartaraf   qilish   uchun,   halq   ho‘jaligining   barcha
tarmoqlarida   yaratilgan   qo‘shilgan   qiymatlar   yig‘indisi   olinadi.   Bizning   yuqorida
keltirilgan misolda (XVII-2 jadval) bu 250 s ў mni tashkil qiladi. 
Qo‘shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulot qiymatidan
etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste`mol qilingan hom-ashe va materiallar
qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. 
Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat - bu korxona yalpi maxsulotidan eki ishlab
chiqargan   maxsulotining   bozor   narhidan   joriy   moddiy   harajatlar   chiqarib
tashlangan miqdoriga teng. 
YaMM   epdamida   milliy   iqtisodiyotda   tovar   va   xizmatlar   ishlab   chiqarish   yillik
hajmini   hisoblashga   harakat   qilinadi.   Ko‘zlangan   maqsada   erishish   uchun
iqtisodiyotda yil davomida amalga oshiriladigan kuplab unumsiz bitimlar hisobga
olinmasligi zarur. Unumsiz bitimlarning ikki asosiy turi mavjud. 1. Sof moliyaviy
bitimarlar. 2. Saqlanib turgan tovarlarni sotish. 
Sof   moliyaviy   bitimlar   o‘z   navbatida   uchta   asosiy   turga   bo‘linadi:   a)davlat
budjetidan bo‘ladigan ijtimoiy to‘lovlari; b) hususiy ijtimoiy to‘lo‘vlar; c)qimmatli
qog‘ozlarni sotish va sotib olish.  
Davlat   ijtimoiy   to‘lovlari   o‘z   ichiga   davlatning   alohida   shaxs   va   oyilalarga
beradigan   ijtimoiy   sug‘urta   bo‘yicha   to‘lovlari,   ishsizlik   bo‘yicha   nafaqalap   va
faxriylik   nafaqalarini   oladi.   Davlat   ijtimoiy   to‘lovlarining   muxim   xususiyati
shundan   iboratki,   uning   oluvchilari   bu   to‘lovlarga   javoban   ishlab   chiqarishning
joriy hajmini yaratishga hech qanday hissa qo‘shmaydi. Shunday ekan, ulapni 
YaMM   hajmiga   kiritish,   shu   yil   uchun   bu   ko‘rsatkichni   oshirishga   olib   kelgan
bulup edi. 
Xususiy  ijtimoiy tulovlar, masalan,   dorilfunun talabasining  uyidan  oladigan  oylik
yordam pullarini YaMM hajmiga kiritish ham xuddi shunday natijaga olib keladi.
qimmatli   qog‘ozlar   bilan   bo‘ladigan   bitimlar,   masalan,   aksiya   va   obligasiyalarni sotish-sotib   olish   hajmi   ham   YaMM   ga   kiritilmaydi.   Chunki   by   bitimlar
to‘g‘ridanto‘ri joriy ishlab chiqarish ?azhmini ko‘paytirmaydi.  
Ushlab   turilgan   buyumlarni   sotish   yohud   joriy   ishlab   chiqarishni   aks   ettitmaydi,
ehud ikki marta hisobni o‘z ichiga oladi. Masalan, faraz qilamiz, siz 1985 yil ishlab
chiqarilgan   avtomashinangizni   sotdingiz.   YaMM   hajmini   aniqlashda   bu   bitim
hisobga   olinmasligi   zarur,   chunki   u   ishlab   chiqarish   joriy   hajmining   ko‘payishi
bilan   birga   bormaidi.   Bir   necha   yil   oldin   ishlab   chiqarilgan   tovarlarni   sotish
summasini   zhorii   iildagi   YaMM   hajmiga   kiritish,   shu   yildagi   ishlab   chiqarish
hajmining sun`iy oshirilishiga olib keladi.  
Iqtisodiyotda   yillik   ishlab   chiqarish   hajmining   ko‘rsatkichi   YaMM   bilan   birga,
uning   asosida   hisoblanish   mumkin   bo‘lgan   bir   qator   o‘zaro   bogliq   ko‘rsatkichlar
mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tumanlarini harakterlab beradi. 
YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport, eksport va import o‘rtasidagi farq kiradi. Ammo
turli   mamlakatlarda   tashqi   savdo   faoliyatining   salmoqi   keskin   farqlanadi.   Shu
sababli   milliy   iqtisodiyot   rivojlanish   darajasini   halqaro   taqqoslash   uchun   yalpi
ichki   maxsulot   (YaIM)   ko‘rsatkichidan   foydalaniladi.   YaIM   ma`lum   vaqt
davomida (bir  yilda)  mamlakat  hududida ishlab chiqarilgan pirovard maxsulot  va
hizmatlarning bozor qiymati. U barcha ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymatlar
yig‘indisi sifatida chiqadi. YaMM berilgan bo‘lsa undan to‘lov balansi qoldig‘i 
(eksport   va   import   o‘rtasidagi   farq)ni   chiqarib   tashlash   yo‘li   bilan   YaIM
aniqlanadi. 
YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muxim
kamchilikka   ega.   Ular   mazkur   yilda   ishlab   chiqarish   jarayonida   foydalanilgan
o‘rnini to‘plash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. 
Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot deganda yil davomida muayyan mamlakatda
jami   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   va   ko‘rsatilgan   xizmatlar   qiymatining
yig‘indisi   tushuniladi.   Darhaqiqat,   iqtisodiyotning   barcha   tarmoqlaridagi
o‘zgarishlar, aholi sonining o‘sishi, ularning real daromadlari va xarajatlari,
pul   aylanmasiyu   inflyatsiya   jarayonlari,   tashqi   savdo   aylanmasi   hamda   shu kabi   boshqa   makroiqtisodiy   ko‘rsatkichlarni   o‘zida   mujassam   etgan   yalpi
ichki mahsulot o‘sish sur’ati mamlakat taraqqiyotini o‘zida namoyon etadi.   
Davlatimiz   rahbari   Vazirlar   Mahkamasining   yil   yakunlariga   bag‗ishlangan
yig‗ilishida   2012   yil   mamlakatimiz   uchun   makroiqtisodiy   vaziyat   jihatidan
ma‘lum ma‘noda burilish davri bo‗lganini qayd etdi. Xo‗sh, iqtisodiy o‗sishning
asosiy omillari nimada namoyon bo‗ladi?  
Ma‘lumki,   istiqlol   arafasida   respublika   iqtisodiyoti   o‗ta   ayanchli   ahvolda   edi.
Sobiq   ittifoq   davrida   O‗zbekiston   bir   tomonlama   rivojlangan,   asosan   xomashyo
yetkazib berishga yo‗naltirilgan edi. Qolaversa, mamlakat ichkarisida jami talab va
takliflar   o‗zaro   mutanosibligi   izdan   chiqqandi.   Oldimizda   esa   butun   xo‗jalik
yuritish   tizimini   tubdan   yangilash,   bozor   munosabatlari   hukmron   bo‗lgan   jahon
hamjamiyatiga   yuz   tutishdek   og‗ir   vazifa   turar   edi.   Eskicha   qarashlar   bunga
monelik qilar edi, albatta.  
Hatto bir so‗mni ham birov bekorga bermas edi. Lekin xalqimiz mehnatsevar, har
qanday og‗ir sinov va qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‗tadi, tanti, or-nomusi
kuchli.   Uning   milliy   xususiyatlaridan   kelib   chiqib,   islohotlar   bosqichma-bosqich
va   izchil   amalga   oshirildi.   Bu   davr   oson   kechgan   emas.   Tanlangan   taraqqiyot
yo‗limizdan   qaytarishga   urinishlar,   qonli   tajovuzlar   yodimizda.   Mana   shunday
og‗ir   vaziyatda   butun   e‘tibor   xalq   farovonligini   oshirish   va   yalpi   ichki   mahsulot
hajmini ko‗paytirishga qaratildi.  
Bular,   birinchi   galda,   iqtisodiy   salohiyatimizni   oshirishga   zamin   yaratdi.
Yonilg‗ienergetika   bazasini   mustahkamlab,   xalq   iste‘mol   mollari   bilan
ta‘minlashni   yaxshilash,   sanoatni   iqtisodiy   tanazzuldan   olib   chiqish,   transport,
kommunikatsiya   tizimini   mustahkamlash,   mavjud   mineral   xomashyo   va   mehnat
resurslaridan   oqilona   foydalanish,   aholini   ijtimoiy   himoyalash   kabi   o‗ta   hayotiy
masalalarni hal etishga xizmat qildi.  
Uzoqni ko‘zlab, ertangi yorug‘ kunlarga ishonch bilan bosqichma-bosqich va
izchil   amalga   oshirilgan   ijtimoiy-iqtisodiy   islohotlar   zoe   ketmadi.   Nihoyat,
milliy   iqtisodiyotimizda   yalpi   ichki   mahsulot   (YaIM)   hajmining   yildan-yilga
barqaror o‘sishi namoyon bo‘ldi.    Ayniqsa,   1997   yil   yakunlari   diqqatga   sazovordir.   O‗sha   yili   1996   yilga   nisbatan
YaIMning  o‗sishi   5,2  foizni  tashkil   etib,  ilk  bor  bu  ko‗rsatkich   hajmi  respublika
aholisi   sonining   o‗sish   darajasidan   oshdi.   Natijada,   YaIM   aholi   jon   boshiga
nisbatan 3,2 foizga ko‗paydi.  
1997 yil yakunlari bo‘yicha Hamdo‘stlik davlatlari orasida barcha sohalarda
4. 1990-yilga nisbatan o’sishga va yuksalishga erishgan yagona mamlakat-
O’zbekiston edi.
O’tgan o’n sakkiz yil mobaynida YaIM hajmining o’sish dinamikasini 
kuzatsangiz, makroiqtisodiy o’sishning ta‘minlanishi va qo’lga kiritilgan ijobiy 
ko‗rsatkichlar tasodifiy emas, balki tadrijiy tusga ega bo‗lib, unga mustahkam 
zamin yaratilganiga guvoh bo‗lasiz.  
Ma‘lumki,   YaIM   hajmining   ortishi   o’z   –o’zidan   sodir   bo‗lmaydi.   U   natijaviy
xususiyatga ega. Ya‘ni iqtisodiyotda, avvalo, moliyaviy tarmoqning, xususan,  pul
aylanmasi   va   uning   qiymati   barqarorligi,   iqtisodiy   tuzilmalarning   o’zaro
muvofiqligi, ijtimoiy sohadagi maqsadli yo‗nalishning ta‘minlangani hamda tashqi
resurslarning   o’z   vaqtida,   samarali   o‗zlashtirilgani   mazkur   ko‗rsatkich   hajmi
ortishiga  asos   bo’ladi.  Shu bilan  birga,  YaIMning  barqaror  o‗sishi   mamlakatdagi
iqtisodiy munosabatlarning o’zaro muvofiqligi va ularning taraqqiyotini anglatadi.
Bu   boradagi   qiyinchiliklar   va   yutuqlar   haqida   gapirganda,   asosiy   eksport
mahsulotlarimiz bo’lgan oltin va paxta tolasi, vaqtida unga jahon bozorida noqulay
narx   kon‘yukturasi   vujudga   kelgani   haqida   to‗xtalish   lozim.   Mana   shuning
oqibatida   birgina   2001   yili   xalqaro   bozorda   1   milliard   AQSh   dollaridan   ko’p
miqdorda  yo’qotish  bo’ldi, ammo  yil  yakuniga  ko’ra,  tashqi   savdo  aylanmasi  3,1
foizga   o’sdi,   oltin-valyuta   zaxirasi   avvalgi   darajada   saqlab   qolindi,   ayni   paytda
tashqi   savdo   operatsiyalarida   ijobiy   saldoga   erishildi.   Bunday   natijaga   erishishda
mamlakatimizda   ishlab   chiqarilgan   tovarlar   va   ko’rsatilgan   xizmatlarni   chetga
chiqarish muhim ahamiyat kasb etdi.   2001 yilda YaIM hajmi 2000 yilga nisbatan nafaqat 4,5 foizga o‘sdi, balki 1991
yildagi   kabi   o‘sish   103   foizni   tashkil   etdi.   Bu   o‘sha   paytda   MDH   davlatlari
orasida birgina O‘zbekistonga tegishli ko‘rsatkich edi.   
Mamlakatimiz   makroiqtisodiy   o’sish   dinamikasi   tahlilida   davom   etsak,   keyingi
yillarda ham rivojlanish tadrijiy ravishda ilgarilaganini ko’ramiz. So’nggi yillarda
iqtisodiy   o’sish   sur‘atlari   bo’yicha   O’zbekiston   MDHning   yetakchi   mamlakatlari
orasida   peshqadamlardan   biriga   aylandi.   Hamdo’stlik   mamlakatlari   statistik
qo’mitasi ma‘lumotlariga ko’ra, YaIM ko’rsatkichlari bo’yicha diyorimiz 2004 yili
ilg’or davlatlarning o’rtacha o’sish sur‘atlariga yaqinlashdi. Keyingi davrda esa 
Rossiya va Ukraina kabi davlatlardan ham o’zib ketdi.  
Bu,   avvalo,   izchil   va   oqilona   ichki   siyosat   natijasi,   qolaversa,   amalga
oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar,  bu yo‘ldagi  aniq maqsadli  sa’y-harakatlar
mevasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.   
Bu   davrda   mamlakat   iqtisodiyotning   real   tarmogiga   yo’naltirilgan   investitsiyalar
hajmi   ham   yil   sayin   oshib   bordi.   To’giridan-to’g’ri   xorijiy   sarmoyalar   faol   jalb
etildi,   ayniqsa,   neft,   gaz   va   to’qimachilik   sanoatida   ularning   ulushi   yanada
salmoqli bo‗ldi.  
Mana   shuning   natijasida   2004   yili   YaIM   ilk   bor   7,7   foizga   o‗sdi.   Shuningdek,
qat‘iy pul-kredit siyosati natijasida ilk marotaba inflyatsiya darajasi eng past — 3,7
foiz bo‗lishiga erishildi.  
Ishlab   chiqarishni   barqaror   rivojlantirish   uchun   soliq   yuki   kamaytirildi   va
shu tariqa soha qo‘llab-quvvatlandi. Soliq tizimini soddalashtirish, to‘lovlarni
kamaytirish   ustuvor   vazifalarimizdan   biriga   aylandi.   Ayniqsa,   yagona   soliq
to‘lovining   13   foizga   tushirilishi   tadbirkorlik   faoliyati   yanada   rivojlanishida
muhim omil bo‘ldi. O‘sha yili YaIM hajmi 7 foizga o‘sdi.   
2007 yili barqaror iqtisodiy o‗sish (9,5 foizga) ta‘minlanishi, avvalo, iqtisodiyotni
modernizatsiyalash   va   diversifikatsiyalash,   bank   tizimidagi,   xususan,   aholining
boyish   manbalaridan   biri   bo‗lgan   omonatlardagi   depozitlar   foizini   oshirish,   uy-
joykommunal   xo’jaligidagi   tarkibiy   islohotlar   natijasidir.   Qolaversa,   yirik   sanoat,
kommunikatsiya,   infratuzilma   ob‘ektlarining   barpo   etilishi,   milliy   transport kommunikatsiyalari   yagona   tizimining   takomillashtirilishi   bunga   mustahkam
zamin yaratdi.  
So’nggi   ikki   yil   davomida   bunday   ezgu   ishlar   muttasil   amalga   oshirildi.   Mana
shunday   sobitqadam   siyosat   tufayli   dunyoda   moliyaviy-iqtisodiy   inqiroz   hukm
surgan hozirgi vaziyatda nafaqat milliy iqtisodiyotda YaIMning hajmi o’tgan yillar
darajasida saqlab qolindi, balki barqaror iqtisodiy o’sish izchil davom etdi.  
Hozirgi   vaziyatda   makroiqtisodiy   jihatdan   muntazam   ijobiy   natijaga   erishish
o’zo’zidan   bo’lmaydi,   albatta.   Uning   zamirida   elim-yurtim   hech   kimdan   kam
bo‗lmasin,   degan   zahmat,   uzoqni   ko’zlagan   oqilona   siyosat   va   sizu   bizning,
farzandlarimizning nurli kelajagiga otashin intilish yotibdi.  
Shunday   ekan,   bu   ezgu   harakat   har   birimiz   uchun   nechog’li   qimmatli   ekanini
anglashimiz zarur.  
Davlatimiz   rahbari   ta‘kidlaganidek,   raqamlar   o’z   yo’liga,   lekin   ularning   ortida
minglab, yuz minglab, millionlab yurtdoshlarimizning turmush tarzi, ertangi kuni,
taqdiriga bog’liq zahmatlar va iqtisodiy asoslar yotibdi. Ammo buni doim chuqur
anglab   yetavermaymiz.   Mana,   nima   uchun   yil   yakunlarida   bu   ko’rsatkichlar
qaytaqayta tilga olinadi, tahlil qilinadi, o’tgan yillar natijalari bilan qiyoslanadi!  
Biz  o‘tgan yillar  mobaynida nimaga va  qanday  natijalarga  erishgan  bo‘lsak,
avvalo   ezgu   maqsad   va   fidokorona   mehnat   tufayli   uni   qo‘lga   kiritdik.
Shubhasiz, bu yil ham milliy iqtisodiyotimiz taraqqiyoti yo’lida qutlug’ qadamlar
tashlanadi   va   bu,   albatta,   nurli   kelajagimiz   uchun   mustahkam   poydevor   bo’ladi.
YaMM (YaIM) uch hil usul bilan hisoblanishi mumkin: 
Birinchi usul  - bu YaMMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha 
jyondashuv.   Bunda   milliy   iqtisodiyotning   barcha   tarmoqlari   bo‘yicha   yaratilgan
qo‘shilgan   qiymatlar   qo‘shib   chiqishda   (YaIM   tarmoq   va   ishlab   chiqarishlar
bo‘yicha).   Bu   usul   bilan   hisoblangan   YaMM   (YaIM)   alohida   tarmoqlarning   shu
maxsulotini yaratishdagi rolini va hissasini aniqlash imkonini beradi.  Masalan, 
O’zbekistonda   YaIM   1993   yil   halq   xo’jaligining   tarmoqlari   va   sohalari
bo’yicha  5095,2  mlrd    so’mni  tashkil   qilgan.    Shu  jumladan:     moddiy  ishlab chiqarish sohalarida  -  4252,0  mlrd  so’m   (%)   noishlab  chiqarish  sohalarida -
842,4 mlrd. So’m (%). 
Respublikada   YaIM   ning   tarmoqlar   bo’yicha   tuzulishi   shu   yili   quyidagi
ma`lumotlar bilan harakterlangan. (mlrd. s ў m) 
YaIM jami - 5095,2 Shu
jumladan:     sanoatda 
- 1139,7 (22,4%)   
qurilishda - 457,1 
(9,0%)    qishloq 
xo’jaligida - 1420,9 
(27,9%)    hizmat 
ko’rsatish sohalarida - 
1596,8 (31,3%)   
savdoda - 316,9 (6,2 %)
  transport va aloqada
- 280,5 (5,5%)   
boshqa sohalarda - 
999,4 (19,6%)    sof 
soliqlar - 480,7 (9,4%) 
Ikkinchi usul  - bu YaMM (YaIM)ni hisoblashga sarflar bo‘yicha yondashuv. 
Bunda  mazkur  yilda  ishlab  chiqarilgan  barcha  mahsulot   (hizmat)lar   hajmini  sotib
olishga   qilingan   butun   sarflar   qo‘shib   chiqiladi.   Milliy   iqtisodiyotda   ishlab
chiqarilgan   pirovard   maxsulotlarni   mamlakat   ichida   ho‘jalikning   uchta   sub`ekti   -
uu   ho‘jaliklari,   davlat,   tadbirkorlar   hamda   chet   ellik   iste`molchilar   sotib   olishi
mumkin. 
Uy   ho‘jaliklarining   pirovard   iste`molchilik   sarflari.   Bu   kundalik   tovarlarga,
hizmatlarga   uzoq   muddat   foydalaniladigan   iste`mol   buyumlariga   va   boshqalarga
qilinadigan sarflardir.  Investision   sarflar   tadbirkorlik   sektorining   asosiy   kapitalni   yalpi   jamg‘arishga
qiladigan sarflardir. 
Investision sarflar  asosan uchta qismdan iborat: 
 a) tadbirkorlar tomonidan mashina, yskuna va stanoklarning barcha pirovapd 
xaridi; 
  b) barcha qurilishlar; 
  v) zahiralarning o‘zgarishi. 
Birinchi   guruh   elementlarning     "investisiyalar"   tarkibiga   kiritilish   sababi   aniq,
lekin keyingi element (qurilish)ning kiritilishi ayrim tushuntirishlarni taqozo qiladi.
O‘z-o‘zidan aniqki, yangi fabrika, ombor eki  elivator  qurilishi investisiyalar shakli
hisoblanadi.   Lekin   g‘arb   milliy   hisobotida   uy-joy   qurilishi   ham   investisiya
kategoriyasiga   kiritiladi.   Ko‘p   kvartirali   turar   joy   uylari   ham   fabrika   va   zavodlar
kabi   daromad   keltiruvchi   aktivlar   hisoblanishi   dalil   qilib   keltiriladi.   Bundan
tashqari, ijaraga topshirilgan va mulkdor tomonidan egallagan yashash uylari hatto
ijaraga topshirilmagan holda ham investision tovarlarga kipitiladi.  
YaIM   tarkibiga   zahiralarining   ko‘payishi,   ya`ni   ishlab   chiqarilgan,   lekin   mazkur
yilda   sotilmagan   barcha   mahsulotlar   kiritiladi.   Boshqacha   aytganda   YaMM   o‘z
ichiga   yil   davomidagi   zahiralar   va   ehtiyojlar   barcha   o‘sishining   bozor   qiymatini
oladi.   Korxona   ombor   va   peshtaxtalarida   yil   oxirida,   yil   boshida   bo‘lganga
nisbatan   ko‘proq   tovarlar   to‘planib   qolsa,   bu   iqtisodiyotda   mazkur   yil   davomida
iste`molga keragidan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarganligini bildiradi. 
Zahiralarning bu o‘sishi YaMMra joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi sifatida
qo‘shiladi. 
Zahiralar   kamayganda,   u   YaMM   hajmidan   chiqarilishi   zarur.   Zahiralarning
kamayishi   yil   davomida   milliy   iqtisodiyotda   ishlab   chiqarilgandan   ko‘poq
mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab
chiqarilgan   barcha   mahsulotni   va   bunga   qo‘shimcha   oldingi   yillardan   qolgan
zahiralarning bir qismini iste`mol bo‘lgan bo‘ladi.  Qo‘ldan   qo‘lga   o‘tgan   qimmatli   qog‘ozlar   va   mavjud   aktivlarning   qayta   sotilishi
investisiyalarga   kirmaydi.   Chunki   bu   bitim   oldin   mavjud   bo‘lgan   aktivlarga
mulkchilik huquqining bir kishidan boshqashiga o‘tganligini bildiradi.  
Milliy hisoblar tizimida YaMMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investisiyalar
tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investisiyalar mos ravishda xususiy
va   milliy   kompaniyalar   amalga   oshiradigan   investision   sarflarni   bildiradi.   Yalpi
investisiyalar   o‘z   ichiga   joriy   yilda   ishlab   chiqarish   jarayonida   iste`mol   qilingan
mashina,   uskuna   va   qurilmalarning   o‘rnini   qoplash   uchun   mo‘ljallangan   barcha
investision   tovarlar   ishlab   chiqapishni,   hamda   iqtisodiyotda   kapital   hajmiga   har
qanday   sof   qo‘shimchalarni   oladi.   Yalpi   investisiyalar   mohiyatiga   ko‘ra   iste`mol
qilingan kapitalni qoplash summasini va investisiyalarning o‘sgan qismidan iborat
bo‘ladi.   Boshqa   tomondan   sof   xususiy   ichki   investisiyalar   tushunchasi   joriy   yil
davomida qo‘shilgan investision tovarlar summasini xarakterlash uchun ishlatiladi.
Ularning   farqini   oddiy   misolda   ancha   aniq   tushuntirish   mumkin.   Faraz   qilaylik,
Respublikamiz iqtisodiyotida 1995 yil 500 mlrd. So‘mlik investision tovarlar 
(ishlab   chiqarish   vositalari)   ishlab   chiqarilgan   bo‘lsin.   Ammo   YaMMni   ishlab
chiqarish   jarayonida   shu   yili   400   mlrd.   So‘mlik   mashina,   uskuna   va   boshqa
investision tovarlar iste`mol qilingan. Natijada bizning iqtisodiyotga 1995 yil 100
mlrd. So‘mlik jamg‘arilgan kapital qiymati qo‘shiladi. Shu yili yalpi investisiyalar
500   mlrd.   So‘mlik   sof   investisiyalar   faqat     100   mlrd.   So‘mni   tashkil   qiladi.   Ikki
ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq, 1995 yilgi YaMM hajmini ishlab chiqarish jarayonida
qo‘llanilgan va iste`mol qilingan kapital qiymatini ifodalaydi. 
Yalpi   investisiyalar   va  amortizasiya  (shu  yili   ishlab  chiqarish   jarayonida   iste`mol
qilingan   kapital   hajmi   o‘rtasidagi   nisbat,   iqtisodiyot   yuksalish,   turg‘unlik   yoki
tanazzul   holatida   joylashganligini   xarakterlab   beruvchi   ko‘rsatkich   ( indikator )
hisoblanadi. 
 
Yalpi investisiyalar  amortizasiyadan ortiq bo‘lsa, iqtisodiyot yuksalish bosqichida
joylashadi,   uning   ishlab   chiqarish   quvvatlari   o‘sadi.   Masalan,   bizning   yuqoridagi misolda   ta`kidlanganidek,   1995   yil   yalpi   investisiyalar   500   mlrd.   So‘mni,   ishlab
chiqarishda   iste`mol   qilingan   investisiya   tovarlar   hajmi   400   mlrd.   So‘mni   tashkil
qilgan.   Bu   iqtisodiyotda   shu   yil   1996   yil   eki   1997   yil   oxirida   100   mlrd.   So‘mlik
investision   tovarlar   ko‘p   bo‘lganini   bildiradiki,   investision   tovarlar   taklifining
ko‘payishi,   iqtisodiyotning   ishlab   chiqarish   quvvatlarini   ko‘paytirishning   asosiy
vositasi hisoblanadi. 
Iqtisodiyot yalpi investisiyalar va amortizasiya teng bo‘lgan vaziyatni aks ettiradi.
Bu   iqtisodiyotda   mazkur   yilda   YaMMni   ishlab   chiqarish   jarayonida   iste`mol
qilingan   vositalarni   qoplash   uchun   zarur   bo‘lgan   miqdorda   kapital   ishlab
chiqarishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof investisiyalar taxminan no‘lga teng
bo‘ladi, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymaydi. 
    Yalpi   investisiyalar   amortizasiyaga   qaraganda   kam   bo‘lsa,   ya`ni   iqtisodiyotda
ishlab   chiqarilganga   qaraganda   kapital   ko‘proq   iste`mol   qilinsa,   noqulay   vaziyat
vujudga keladi. Bunday sharoyitda iqtisodiyotda investisiyalarning qisqarishi ro‘y
beradi.   Bu   yil   oxirida   kapital   hajmi   yil   boshida   mavjud   bo‘lgandan   kam   bo‘lib
qolishga   olib   keladi.   Masalan,   "Buyuk   turg‘unlik"   davrida,   aniqrog‘i   1933   yil
AQShda   yalpi   investisiyalar   hammasi   bo‘lib   1,6   mlrd.   dol.   ni,   yil   davomida
iste`mol   qilingan   kapital   -   7,6   mlrd.   dol.ni   tashkil   qilgan.   Shunday   qilib,
investisiyalarning sof qisqarishi 6 mlrd. dol.ga teng bo‘lgan. 
Davlat pirovard sarflari  - bu korxonalarning pirovard maxsulotlarini va iqtisodiy
pesurslarni,   xususan   ishchi   kuchini   sotib   olishga   davlatning   (boshqaruvning   quyi
va   maxalliy   organlari   bilan   birga)   barcha   sarflarini   o‘z   ichiga   oladi.   Ammo   u
davlatninr   barcha   ijtimoiy   to‘lovlarini   bartaraf   qiladi,   chunki   bunday   sarflar
yuqorida   ta`kidlanganidek   joriy   ishlab   chiqarishning   ko‘payishini   aks   ettirmaydi,
balki davlat daromadlarining oila va alohida shaxslarga berilishi hisoblanadi. Chet
elliklarning   milliy   iqtisodiyot   tovarlariga   sarflari   huddi   mamlakat   ichidagi
iste`molchilik   sarflari   kabi   milliy   ishlab   chiqarish   darajasiga   bog‘liq.   Shu   sababli
YaMMni   sarflar   bo‘yicha   hisoblashda   tovar   va   hizmatlarga   chet   elliklarning
sarflari, ya`ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste`molchilik va
investision   sarflar   hamda   davlat   mablag‘larining   bir   qismi   import   qilingan,   ya`ni chet elda, ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy
hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaMMdan chiqariladi. Buning
uchun   eksport   va   import   miqdorlari   o‘rtasidagi   farq   aniqlanadi.   Bu   farq   tovar   va
hizmatlarning sof eksporti, yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy
va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa, bu ijobiy va salbiy
bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa. Bu ijobiy, aks holda salbiy
bo‘ladi. 
Qarab   chiqilgan   sarflarning   to‘rt   toifasiga   uy   ho‘jaliklariga   hizmat   ko‘rsatuvchi
notijorat   muassasalar   (kasaba   ittifoqlar,   siyosiy   partiyalar,   diniy   tashkilotlar   va
ijtimoiy   tashkilotlar)   pirovard   sarflari   va   moddiy   aylanma   vositalari   zahirasidagi
o‘zgarishlarni qo‘shib chiqish yo‘li bilan. 
1993 yil   O‘zbekistonda   sarflar   (foidalanish)  bo‘yicha  YaIM  5095,2 mlrd. So‘mni
tashkil qilgan.  
Shu jumladan:  
Pirovard iste`molga sarflar - 4184,9 mlrd. s ў m (82,1%) 
Yalpi jamg’arishga sarflar - 747,4 mlrd. s ў m (14,7%) 
Sof eksport - 162,9 mlrd. So’m (3,2%) 
Uchinchi usul  - bu YaMM (YaIM)ni daromadlar bo‘yicha hisoblash. 
Mazkur   yilda   ishlab   chiqarilgan   pirovard   mahsulot   hajminidan   olingan   barcha
daromadlar uy ho‘jaliklariga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foida shaklida kelib
tushadi. Shu sababli bu usulda YaMM (YaIM) pirovard mahsulot hajmidan olingan
barcha daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi. 
YaMM (YaIM)ni daromadlar bo‘yicha hisoblash uy ho‘jaliklari, korxona va davlat
muassasalarining dastlabki, ya`ni ham taqsimlangan daromadlarini mexnat  haqi va
yalpi   foyda   (renta,   ssuda   va   bank   fondi,   tadbirkorlik   foydasi   va   h.k.)   ajratish
mumkin.   YaMM   (YaIM)ni   mazkur   usul   bo‘yicha   hisoblashda   daromadlarning
barcha   toifasiga   mablag‘larni   taqsimlashning   daromad   to‘plash   bilan   bog‘liq
bo‘lmagan   ikki   turi;   iste`mol   qilingan   kapital   ajratmalar   (amortizasiya   ajratmasi)
va biznesga egri soliqlar ham qo‘shiladi.  Agar YaMMni hisoblashning oxirgi ikki usulni oddiy tenglik shaklida tasvirlasak:
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olishga                          
sarflar hajmi  Mazkur yilda ishlab chiqarilgan                                 
maxsulotdan olingan pul daromadi. 
Maxsulotni   ishlab   chiqarishga   nima   sarflangan   bo‘lsa,   bu   mazkur   maxsulotni
ishlab   chiqarish   va   o‘zining   inson   va   material   resurslarini   bozorda   sotishga
qo‘yganlari   uchun   daromad   hisoblanadi.
YaMMni hisoblashga sarflar                                                                                       va daromadlar
bo’yicha yondashuv. 
Ishlab chiqarish hajmini sarflash 
summasi bo‘yicha hisoblash  Ishlab   chiqarish   hajmini   sarflash
summasi bo‘yicha hisoblash 
1. Uy ho‘jaliklarining iste‘molchilik 
sarflari 
+  1. Ui ho‘jaliklarining iste`molchilik 
sarflari 
+   
1. Daromad to‘lash bilan bog‘liq 
bo‘lmagan sarf va to‘lovlar 
a) amortizasiya, b)egri soliqlar 
+ 
 
2. Biznesning investision sarflari 
+  2. Ish haqi 
+ 
3. Tovar va hizmatlarni davlat  
harid qilish  
+  3. Renta to‘lovlari 
+ 
O‘zbekistonda   1993   yil   YaIM   daromadlar   bo‘yicha   5092,2   mlrd.   So‘mlik   tashkil
qilgan.  
Shu jumladan: 
Mexnat haqi (zaruriy maxsulot) 1956,7 mlrd so’m (38,4%)  Aralash   daromadlar   bilan   birga   yalpi   foyda   (qo’shimcha   maxsulot)   2205,9
mlrd   so’m (9,4%)  
Sof soliqlar 480,7 mlrd so’m (9,4%) 
YaMM   (YaIM)   tarkibiga   kirgan   daromadlar   va   daromad   to‘lash   bilan   bog‘liq
bo‘lmagan   sarflar   (amortizasiya   va   egri   soliqlar)   ning   aloxida   turlarini   batafsil
qarab chiqamiz. 
Kapitalning   ko‘pchilik   turlarining   foydali   hizmat   muddati   bir   necha   yildan   ancha
ko‘p.   Investision   tovarlarni   sotib   olishga   qilinadigan   sarflar   va   ularning   unumli
xizmat   muddati   amalda   bir   davrga   to‘g‘ri   kelmaydi.   Natijada   bir   tomondan   sotib
olish   davrida   foydaning   va   demak   butun   daromadning   pasayishiga   va   boshqa
tomondan   keyingi   yillarda   foyda   va   yalpi   daromadning   oshib   ketishiga   yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida  alohida kopxonalar  investision tovarlarning foydali  xizmat
muddatini hisoblaydi va ularning umumiy qiymatini butun xizmat muddatiga teng
taqsimlaydi. Kapitalning yil davomida ishlab chiqarish jarayonida istemol qilingan
va yaratilayotgan maqsulotga ko‘chgan qiymati amortizasiya deyiladi. 
Amortizasiya   kapital   turlari   bo‘yicha   har   yili   ajratib   boriladi.   Masalan,   to‘quv
dastgohining   qiymati   5   mln   so‘m,   xizmat   muddati   10   yilga   teng.   Yillik
amortizasiya ajratmasi 0,5 mln so‘mni (5:10) tashkil qiladi.  
Amortizasiya   ajratmasi   shu   yil   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   (YaMM)   qiymati
tarkibiga ishlab chiqarish harajatlari sifatida kirib, maxsulot sotilishi natijasida pul
shaklida   qaytib   keladi   va   amortizasiya   fondi   hisobida   to‘planib   boradi.   Bu   fond
mablag‘laridan   istemol   qilingan   kapitalni   qayta   tiklash,   ya`ni   yangi   investision
tovarlar   sotib   olish   va   amal   qilib   turganlarini   qayta   tiklash   (kapital   remont   va
restovratsiya)   uchun   foydalaniladi.   U   ishlab   chiqarishni   kengaytirish   va   kredit
resurslarining manbayi ham hisoblanadi.  
Daromad   to‘plash   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan   harajatlarning   boshqa   turi   shu   sababli
vujudga   keladiki,   davlat   korxonalaridan   ma`lum   bir   soliqni   undirib   oladi   va   ular
biznes egri soliqlar deyiladi. Korxonalar   unga ishlab chiqarish harajatlari sifatida
qaraydi va shu sababli mahsulot bahosiga qo‘shadi.   Bunday   soliqlar   o‘z   ichiga   aksizlar,   sotishdan   olinadigan   soliqlar,   mulk   solig‘i,
lisenziya va bojxona to‘lovlarini oladi.  
Daromadlarning   eng   katta   turi   birinchi   navbatda   ish   haqini   o‘z   ichiga   olib,   u
tadbirkorlar   va   davlat   tomonidan   mexnatini   taqdim   qilganlarga   to‘lanadi.   U   ish
haqiga   ko‘plab   qo‘shimchalar,   xususan,   tadbirkorlarning   ijtimoiy   sug‘urta
to‘lovlari   va  nafaqa  ta`minotining  xar  hil   xususiy   fondlari,  ishsizlik   nafaqalari  va
boshqa   har   xil   yordamlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Ish   haqiga   bu   qo‘shimchalar
tadbirkorlarning   ish   kuchini   yollash   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   harajatining   bir   qismi
sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi to‘lashga umumiy sarflarining
elementi sifatida qaraladi.  
Renta   to‘lovlari   iqtisodiyotni   resurslar   (kapital,   er)   bilan   ta`minlovchi   uy
xo‘jaliklarining oladigan daromadi hisoblanib, korxona harajatlari tarkibiga kiradi.
Foiz xususiy biznesning pul kapitali rgalariga pul daromadi to‘lovlaridan iborat. 
Davlat   tomonidan   amalga   oshiriladigan   foizli   to‘lovlar,   foizli   daromadlardan
chiqariladi.  
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo‘linadi: bir qismi mulkda daromad eki
nokorporativ   tadbirkorlik   sektori   daromadi,   boshqa   qismi   esa   korporasiyalar
foydasi  deyiladi. Nokorporativ tadbirkorlik sektori  daromadi shaxsiy,  sherikchilik
va kooperativ mulkda joylashgan kopxonalap sof daromadini bildiradi.  
Korporasiyalar   foydasi   uch   usulda   foydalanilishi   mumkin.   Birinchidan,   ma`lum
qismiga davlat davogar hisoblanadi va uni korporasiyalar foydasiga soliq shaklida
oladi.   Ikkinchidan,   foydaning   qolgan   bir   qismi,   aksionerlarga   dividend   shaklida
to‘lanadi.   Uchinchidan,   daromad   soliqi   va   dividend   to‘langandan   keyin   qolgan
qismi,   korxonaning   taqsimlanmagan   foydasi   deyiladi.   Kopxonaning   bu
taqsimlanmagan   foydasi   iste`mol   qilingan   kapitalni   qayta   tiklashga   ajratmalar
(amortizasiya   ajratmasi)   bilan   birga   ob`ektlar   qurish   va   uskunalar   sotib   olish
maqsadida ishlatiladi.  
3. Nominal va real yalpi milliy maxsulot va ijtimoiy farovonlik. 
YaMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning
bozor   qiymati   yoki   boshqacha   aytganda   bozor   baxosi   hisoblanadi.   Baxo   ishlab chiqarish   umumiy   hajmining   har   xil   elementlarini   yagona   umumiy   asosga
keltirishning   eng   keng   tarqalgan   ko‘rsatkichi   sifatida   foydalaniladi.   Har     xil
yillarda   ishlab   chiqarilgan   YaMM   qiymatini   faqat   baxo   o‘zrarmagan   taqdirda
o‘zaro   taqqoslash   mumkin   bo‘ladi.   Bundan   tashqari   baxo   darajasi   bizga
iqtisodiyotda   inflyasiya   (baxo   darajasining   o‘sishi)   eki   deflyasiya   (baxo
darajasining   kamayishi)   o‘rin   tutganligini   va   uning   miqiyosi   qandayligini   bilish
imkonini beradi.  
Baxo   darajasi   indeks   shaklida   ifodalanadi.   Baxo   indeksi   joriy   yildagi   ma`lum
guruh   tovarlar   va   xizmatlar   to‘plami   baxolari   summasini,   xuddi   shunday   tovarlar
va xizmatlarning bazis davrdagi baxolar summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. 
Taqqoslashning boshlang‘ich davri "bazis yil" deyiladi  
Jopiy   yilda   oldingi   yillarga   nisbatan   baxo   indeksining   o‘sishi   inflyasiyani,
pasayishi esa deflyasiyani ko‘rsatadi.  
YaMM   bir   vaqtning   o‘zida   ham   ishlab   chiqarilgan   tovarlar   miqdorining
o‘zgarishini, ham baxo darajasining o‘zgarishini aks ettiradi.  
Bu   shuni   bildiradiki,   YaMM   miqdoriga   butun   maxsulot   jismoniy   hajmining   va
baxo darajasining o‘zgarishi ta`sir ko‘rsatadi. Ammo kishilarning turmush darajasi
birinchi navbatda baxolarga emas, balki ishlab chiqarilgan va aloxida shahs hamda
oilalarning qo‘liga kelib tushgan tovarlar miqdoriga bog‘liq.  
YaMM   ko‘rsatkichini   hisoblashda   biz   shunday   vaziyatga   to‘xtab   kelamizki,   har
xil   yillar   uchun   hisobot   to‘plamlaridan   YaMM   haqidagi   ma`lumotlarni   olib,
qaysidir   yilda   nominal   YaMM   ning   ko‘payishi   qandaydir   darajada   bir   tomondan
ishlab   chiqarish   hajmining   o‘zgarishi   va   boshqa   tomondan   baxoning   o‘zgarishi
hisobiga ro‘y berganligini aytib bera olmaymiz. Muammo shundan iboratki, 
YaMMning   qiymat   ko‘rsatkichini   maxsulot   jismoniy   hajmining   o‘zgarishini
(baxolarning   emas)   o‘zida   aniq   aks   ettiradigan   qilib   tuzatish   taqozo   qilinadi.   Bu
qiyinchiliklarni   bartapar   qilish   usuli   quyidagidan   iborat:   baxoning   o‘sishini
hisobga   olib   YaMM   jismoniy   ko‘rsatkichini   qisqartirish   va   aksincha   baxo
tushganda uni oshirish.   Ko‘rsatilgan   tuzatish,   bizga,   xar   hil   yillarda   baxolar   va   pul   birligining   kursi
o‘zgarmay qolganda YaMM hajmi haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi.
Joriy baxolarda va pulning kurslari bo‘yicha hisoblangan YaMM nominal YaMM
deyiladi. Inflyasiya  (baxolarning oshishi)  yoki  deflyasiya  (baxolarning tushishi)ni
hisobga   olib,   pulning   o‘zgarmas   kurslarida   hisoblangan   YaMM   real   YaMM
deyiladi. 
Jopiy   yildagi   nominal   YaMMni   real   YaMMra   aylantirishning   ancha   oddiy   va
to‘g‘ridan  to‘g‘ri  usuli  nominal  YaMMni  baxo indeksiga bo‘lishdir      Bu quydagi
ko‘rinishni oladi:  
Nominal YaMM / Baxo indeksi  real YaMM, 
Xulosa qilib aytish mumkinki, real YaMM ko‘rsatkichi yordamida har  xil 
yillardagi   ishlab   chiqarish   umumiy   qiymati   hisoblanib,   o‘zaro   taqqoslanadi.   Real
YaMM   doimiy   baxolarda   hisoblanishi   tufayli,   nominal   YaMMga   qaraganda
iqtisodiyot real hajmining o‘zgarishi ancha aniq xarakterlab beradi. 
YaMM (YaIM)ni hisoblashda har ikkala soha, moddiy va nomoddiy ishlab 
chiqarishning natijalari hisobga olinsada, u ijtimoiy faravonlikni to‘liq harakterlab
berolmaydi. Bu YaMM  ko‘rsatkichida    bir qator  holatlarni va faoliyat natijalarini
hisobga olish mumkin emasligi bilan izohlanadi.  
Bular jumlasiga quydagilar kiradi: 
- uy   bekalarining   uy-ro‘zg‘or   xo‘jaligida   va   qishloq   xo‘jalik   hodimlarining
tomorqa xo‘jaligida bajargan ishlari. 
- intellektual   soha   hodimlari   (olimlar,   ilmiy   hodimlar)   ning   tayor   maxsulot
shaklida ifodalanmagan ishlari; -  barter ayir boshlashlar; 
- ish vaqti (kunlari)ning qisqarishi va bo‘sh vaqtning oshib borishi; 
- maxsulot va hizmatlar sifati tavsifining yaxshilanishi; 
- yalpi maxsulot tarkibi va taqsimlanish tartibining o‘zgarishi; 
- aholi jon boshiga maxsulot ishlab chiqarishning o‘zgarishi; -   hufena iqtisodiyot
daromadlari.    Milliy   iqtisodiyot   hufyona   sektorining   hodimlari   bir   qator   yashirin   faoliyat
turlaridan   oladigan   o‘zlarining   daromadlarini   yashirishga   harakat   qiladi.   Bundan
tashqari ochiq iqtisodiyotda band bo‘lganlar ham o‘zlari oladigan daromadlarining
bir qismini yashirib ko‘rsatish mumkin. 
Masalan,   tadbirkor   maxsulot   sotishdan   olgan   daromadining   bir   qismini,   ishchi
rasmiylashtirishsiz   yoki   naxd   pul   to‘lashga   kelishib   oladigan   daromadini
deklarasiyada ko‘rsatmasligi mumkin. 
Inflyasiya darajasi qanchalik katta va soliqlar yuqori bo‘lsa, shaxslar qo‘lidagi real
daromad   shunchalik   kamayadi,   bu   ularning   naqd   pul   yoki   natural   tovar
ayirboshlash   orqali   daromad   olishga   qiziqishini   oshiradi.   Xufyona   iqtisodiyot
miqiyosi   haqida   rasmiy   ma`lumotlar   bo‘lmasada,   ko‘pchilik   baxolashlar   uning
hajmi   YaMMning   5-15%   ni,   ayrim   mamlakatlarda   30-40%   ni   tashkil   qilishini
ko‘rsatadi. Bundan tashqari hufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan tezroq o‘sib
borishini   tasdiqlashga   dalillar   ham   bor.   Nihoyat,  axolining   qancha   qismi   yashirin
iqtisodiyot  yoki  faoliyatga  jalb qilingan  bo‘lsa,  daromadning shuncha  qismi  soliq
hujjatlaridan   yashiriladi,   bu   ishsizlikka   taalluqli   rasmiy   hisobot   ma`lumotlarining
oshirilib   ko‘rsatilishiga   olib   keladi.   Hufyona   iqtisodiyot   va   yashirin   faoliyat
natijalari YaMMda hisobga olinmaydi va demak uning real hajmini kamaytiradi.  
Bundan   tashqari   YaMM   (YaIM)ga   ta`sir   ko‘rsatuvchi   shunday   omillar   ham
mavjudki   ularning   ta`siri   natijasida   ishlab   chiqarish   hajmining   ko‘rayishi   jamiyat
farovonligining oshishiga olib kelmasligi mumkin. Masalan, YaMM ishlab 
chiqarish va uning o‘sishi, atrof muhitga salbiy ta`sir ko‘rsatish bilan birga boradi.
Bu   havo   va   suvning   ifloslanishi,   shovqin,   zararli   chiqitlar   hamda   atrof   muxit
buzilishining   boshqa   turlaridir.   O‘z-o‘zidan   aniqki,   atrof   muxitning   ifloslanishi
bilan   bog‘liq   chiqimlar   iqtisodiy   farovonlikka   salbiy   ta`sir   ko‘rsatadi.   YaMMni
ishlab   chiqarish   bilan   bog‘liq   atrof   muxitning   ifloslanishini   bartaraf   qilishga
ketadigan  chiqimlar   hozirgi  vaqtda   yalpi   ishlab  chiqarish  hajmidan  chiqarilmaydi
va   shunday   qilib   YaMM   moddiy   faravonlik   darajasini   oshirib   ko‘rsatadi.   YaMM
hajmi   qanchalik   katta   bo‘lsa,   atrof   muxitning   ifloslanishi   va   YaMM   miqyosining
oshirib ko‘rsatilishi shunchalik yuqori bo‘ladi.                     
                         FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  1.O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi.   T.:   O’zbekiston,   2001.   39b.
(o’zgartirish va qo’shimchalar bilan)
2.“Budjeti   tizimi   to’g’risida”gi   O’zbekiston   Respublikasi   qonuni.     14.12.2000y.
(o’zgartirish va qo’shimchalar bilan)
3. “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”»gi O’zbekiston
Respublikasi Qonuni. 26.08.2004. (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan)
4. Malikov T.S., Haydarov N.X. Budjet daromadlari va xarajatlari. -
Tashkent: "IQTISOD-MOLIYA", 2007 y. 22.   Malikov   T.S.,   Haydarov   N.X.
Davlat budjeti.- Toshkent:  "IQTISOD-MOLIYA", 2007y. 
5. Z.Srojiddinova. O’zbekiston Respublikasi budjet tizimi. 
«infoCOM.UZ». Toshkent-2015y.
6. Z.Srojiddinova. Budjetlararo munosabatlar. «infoCOM.UZ». 
Toshkent-2010 y. 
7. Qosimova G., Shoakramov K. Mahalliy budjetlar. O’quv qo’llanma. 
– T.: “Moliya”, 2017. 
8.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "O‘zbekiston   Respublikasini   yanada
rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida"gi   Farmoni   2017-yil   5-
fevral

O'zbekiston respublikasining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlili Reja: 1.O’zbekiston mustaqillikka erishgan yillari. 2.Makroiqtisodiyot tushunchasi va uning mohiyati. 3.Mustaqillika erishilgandan so’ng yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi. 4. 1990-yilga nisbatan o’sishga va yuksalishga erishgan yagona mamlakat- O’zbekiston edi.

1.O’zbekiston mustaqillikka erishgan yillari. Hammaga ma‘lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligi, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom-ashyo resurslaridan nazoratsiz , ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish resurslari hamda iste‘mol tovrlarining ta‘minlanishi bo‘yich markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz prezidenti I.A. Karimov qisqa qilib aytganlaridek, ― O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga- markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakat edi.‖ Respublikamizning mustaqillikka erishib, deyarli barcha xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a‘zo bo‘lib kirganligiga ko‘p vaqt bo‘lganligi yo‘q. Ammo shu vaqt ichida mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan iqtisodiy siyosati shakllanib, istiqbol yo‘nalishlari belgilab olindi. 1991-yil sentabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xomashyo boyliklaridan mamlakatimizdagi butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldik. Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshoatlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur‘atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalardir. Hozirgi kunda ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarish natijalarini makroiqtisodiy parametrlar (yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad) orqali tahlil etishga katta ahamiyat berib kelinmoqda . Bunday tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari haqidagi statistic ma‘lumotlar batafsil tahlil qilinadi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda. Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. 2.Makroiqtisodiyot tushunchasi va uning mohiyati. Makroiqtisodiyot - bu mamlakat miqiyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy so‘zlarini bir butun qilib olingan milliy iqtisodiyotdir. Milliy ho‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mexnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi. Moddiy ishlab chiqarish sohalari o‘z navbatida xalq xo‘jaligining ko‘plab yirik tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va iste`mol buyumlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga (I va II bo‘linma) ajratiladi. Milliy iqtisodiyot meyorida faoliyat qilish uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Nomoddiy ishlab chiqarish milliy iqtisodiyotning ijtimoiy iste`molni qondirishga hizmat qiluvchi (soliqni saqlash, ta`lim, tarbiya) va millatning madaniy rivojlanishini belgilab beruvchi (fan, madaniyat, san`at, sport) sohalarini, hamda davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga oladi. Xizmat ko‘rsatish sohalari uy-joy, kommunal xo‘jaligi va madaniy maishiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baxo beriladi va milliy iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlanadi.

Masalan, korxonalar faoliyatiga baxo berish uchun, ularning daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib korxonaning foyda olishi eki zarar ko‘rishini bilish mumkin. Agar korxonaning ishi yaxshi bo‘lib, foida olsa, tegishli ma`lumotlaridan muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi. Korxona zarar ko‘rgan taqdirda ham tegishli mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi. Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham butun iqtisodiyot uchun huddi shunday vazifani bajaradi. Bu tizimga kiruvchi turli hil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma`lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishini bevosita ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodii ko‘rsatkichlar tizimi, Yamm ni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya`ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Nixoyat mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini yaxshi tushunib olish uchun bozor ho‘jaligi sub`ektlari va bozor operasiyalari tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur. Bozor xo‘jalik sub`ektlarini quyidagicha tasniflash qabul qilingan. 1. Nomoliyaviy korxonalar yoki ishlab chiqarish shakllari. 2. Uy xo’jaliklari. 3. Davlat ma`muriy tashkilotlari. 4. Mazkur mamlakat chegarasidan tashqaridagi xo’jalik sub`ektlari. Bozorli operasiyalar 3ta katta guruhga bo‘linadi: 1. Tovarlar va hizmatlar bilan operasiyalar (ishlab chisarish, investisiyalash, iste`mol qilish, import va shu kabilar).

2. Taqsimlash operasiyalari (ish haqi, foyda, ijtimoiy sugurta to’lovlari va h.k.) 3. Moliyaviy operasiyalar (pulga taaluqli aktivlar va passivlarning o’zgarishi, valyuta va qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalar, kreditli operasiyalar va h.k.) Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda moliyaviy balanslar tizimi alohida o‘rin tutadi. Bunda balans shaklidagi jadval orqali resurslar va ulardan foydalanish ikki yo‘qlama yozish tartibida ko‘rsatiladi, ya`ni har bir operasiya to‘lovchisi va oluvchisiga ega bo‘ladi. Shu sababli bir marta resurslar va ikkinchi marta foydalanish sifatida yoziladi. BMT statistika hizmati tavsiya qilgan uslub bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar harakati ikki darajada aks etadi: yig‘ma hisobda YaMM, MD harakti, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, boshqa mamlakatlar bilan operasiyalar; mukammal hisobda esa tarmoqlararo aloqalar, daromadlarning harakati, ularning taqsimlanish va pirovard foydalanishi ko‘rsatiladi. Yig‘ma hisobga yalpi milliy maxsulotni daromadlar va sarflar bo‘yicha hisoblash misol bo‘la oladi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini harakterlovchi juda ko‘plab makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud. Tarixiy jihatdan dastlab moddiy ishlab chiqarish sohalari rivojlanish miqiyosini harakterlovchi ko‘rsatkichlarga ustunlik berilgan. Bu faqat foydali buyumlarni tayorlashda qo‘llaniladigan mexnat tan olingan ishlab chiqarish sharoitida to‘liq tabiy xol hisoblanadi. Shu nuqtay nazardan kelib chiqib ingliz klassik siyosiy iqtisodchilari milliy ho‘jalikdagi barcha mexnatni ikki turga ajiratgan: 1)Moddiy boyliklar yaratuvchi unumli va uni istemol qiladigan mexnat. 2)Boylik yaratmaydigan, faqat uni istemol qiladigan unumlik mexnat. Bu nazariy asos tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish va ulardan uzo? yillar davomida ko‘pchilik mamlakatlar ho‘jalik amaliyotida foydalanishga sabab bo‘lgan.