logo

NALITIK KIMYO FANI, TADQIQOT DOIRASI, MAQSADI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

512.29296875 KB
1-MAVZU	:  	ANALITIK KIMYO FANI, TADQIQOT DOIRASI, MAQSADI 	
VA VAZIFALARI	 	
Reja	: 	
1.	 	Analitik kimyo, uni 	fan sifatida shakllanishi.	 	
2.	 	Analitik kimyoning ahamiyati, fanlar tizimidagi o’pHi, amaliyot bilan bog’liqligi. 	 	
3.	 	Analitik kimyo	ning	 asosiy vazifalari	. 	
4.	 	Analitik kim	yoning nazariy asoslari	.  	
5.	 	Sifat va miqdoriy analiz. 	 	
6.	 	Analitik kimyoning asosiy muammolari	.  	
7.Analitik kimyoning qisqacha tarixi va rivojlanishining 	 asosiy bosqichlari. 	 	
     	8.Analitik kimyoning hozirgi ahvoli, rivojlanish yo’nalishi va istiqbollari.	 	
 
1. Analitik  kimyo  uni  fan  sifatida  shakllanishi. 	Analitik  kimyo,  kimyo  fanining  asosiy 	
tarkibiy  qismlaridan  biri  bo’lib  fan  sifatida    o’zining  uzoq    rivojlanish  tarixiga  ega.  Insoniyat 
doimo  o’zini  o’rab  turgan  olamni  o’rganish  va  undan  o’z  hayotida  foydalan	ishga  intilganligi 	
sababli  analitik  kimyo  va  uning  turli  usullari  yuzaga  kelgan.  Analitik  kimyo  fan  sifatida  XIX	- 	
asrda  shakllandi.  Bu  vaqtga  kelib  ko’p  moddalarning  xususiy    reaksiyalari  topildi,  indikatorlar 
nazariyasi,    kompleks  birikmalarning  koordinas	ion  tuzilish  nazariyasi,  kislota  va  asoslar 	
nazariyalari    hamda  kimyoning  qator  qonunlari  yaratildi,  sanoat  va  ishlab  chiqarishning 
rivojlanishi,  xomashyo  va  mahsulotlarga  bo’lgan  talabning    oshishi    uning  rivojlanishi  uchun 
katta  yo’l  ochib  berdi.    Bu  vaq	tga  kelib  fizikaviy  asbob  va  qurilmalarning  rivojlanishi  analizni 	
instrumental  va  avtomatik  usullarini  rivojlantirdi.  Bularning  barchasi  analitik  kimyoning  fan 
sifatida shakllanishiga asos bo’ldi.	 	
Hozirgi  kunda  analitik  kimyo    kimyoviy  analizning  nazariy  a	soslari  va  metodlarini 	
ishlab  chiqadigan  fandir. 	Analitik  kimyo 	mavjud 	analiz  usullarini  takomillashtiradi	 va	 yangi 	
analiz usullarini yaratadi.	 	
2.Analitik  kimyoning  ahamiyati,  fanlar  tizimidagi  o’	rni	,  amaliyot  bilan  bog’liqligi. 	
Analitik kimyo turli  nazari	y  va amaliy  muammolarni  yechishda katta ahamiyatga ega. Falsafada 	
"Analizsiz  sintez  yo’q"  deb  aytilishi  analitik  kimyoning  qanchalik  katta  nazariy  va  amaliy 
ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. 	 	
Kimyoviy  analiz  xalq  xo’jaligining  ko’pgina  sohalarda  hususa	n  meditsina,  ekologiya, 	
geologiya,  geoximiya,  fizika,  mineralogiya,  metallurgiya,  kimyoviy  texnologiya,  biologiyada, 
turli  texnologik  jarayonlarni  nazorat  qilish  va  boshqarishda  keng  qo’llaniladi.  Kimyo  fanining 
rivojlanishi  ham  analitik  kimyo  bilan  bevosi	ta  bog’liq.  Moddalarning  molekulyar  massasini 	
aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarish analitik kimyo usullari 
yordamida  amalga  oshiriladi.  Barcha    moddalarning  tuzilishi,  ularning  kimyoviy  formulalarini 
yaratishda analit	ik kimyodan foydalaniladi. 	 	
Analitik  kimyo  paydo  bo’lgan  davrdan  boshlab  oziq	-ovqat  sanoati  va  metallurgiyaning 	
rivojlanishiga  hamkorlik  qilgan.  Fabrika,  zavodlarda  analiz  uchun  laboratoriya  xonalari  mavjud 
bo’lib,  xar  bir  ishlab    chiqarilayotgan    maxsulot	,  xom	-ashyo,  yarim  fabrikat  va  ishlab  chiqarish 	
chiqindilari  analiz    qilinmoqda  va  shu    analiz  natijalariga    qarab  xom	-ashyo  va  tayyor  	
maxsulotlarga  baho    berilmoqda.  Qo’yidagi  bir  necha    aniq  misollar    bilan  fanning    axamiyat i 
qanchalik    yuqori    ekanligi	ni  ta’kidlash  mumkin:  Masalan  oziq	-ovqat    maxsulotlari  deyarli  har 	
tomonlama  analiz  qilinishi    shart.  Ularning    tarkibiga  kiruvchi  un,  yog,  shakar,  suv,  tuz  kabi 
xom	-ashyolar  birma	-bir  tekshiruvdan  o’tkaziladi.  Ularni  tarkibidagi  inson  salomatligiga  zarar 	
keltiruvchi    moddalar  aniqlanadi  va  tayyorlash    texnologiyasi  nazorat  qilinadi.  Atrof	-muhitni  	
muxofaza  qilishda  analitik    kimyo  fanining    o’rni    beqiyos.  Chunki    kundalik  xayotimizda 
ishlatilayotgan  ichimlik  suvlar,  xavo  tozaligini  doimo  nazorat  qilish  ke	rak.  Atmosferaga 	
avtotransport  va  texnologik  jarayonlardan  tashlanadigan  turli  zaxarli  gazlar  miqdorini    aniqlash 
zarur.  Hozirgi  vaqtda  analitik  usul  va  asboblar  yordamida  kimyoviy  texnologik  jarayonlarni 
nazorat qilinmaydigan birorta ham korxona yo’q.	  3.A	nalitik  kimyoning  asosiy  vazifalari	. Analitik  kimyo  q	uyidagi  asosiy  vazifalarni 	
bajaradi:	 	
1.M	avjud	 analiz usullarini rivojlantiri	b takomillashtir	adi	;  	
2.Fan  va  sanoatning  o’sib  borayotgan  talablariga  javob  beradigan  yangi  analiz  usullarini 	
yaratadi  va  ular	ni  nazariy  jixatdan  asoslaydi;  (bunga  analizning  zamonaviy  sensorlardan 	
foydalanishga  asoslangan  distansion,  avtomatlashtirilgan  va  kompyuterlashtirilgan  usullari, 
namuna  tarkibidagi  ayrim  komponentlarni  namunani  buzmasdan  tezkor    aniqlashga  imkon 
beradiga	n usullari va b. kiradi).	 	
3.  Analizni  tez  va  arzon  bo’lishini,  olinadigan  natijani  to’g’ri,  aniq  va 	
takrorlanuvchanligini, ta’minlash.	 	
4. Ilmiy	-tadqiqot  ishlarini  analitik nazorat qilishni ta’minlash;	 	
5. Atrof 	- muhit monitoringini ta’minlash;  	 	
4 .Anali	tik kimyoning nazariy asoslari.	 Sifat va miqdoriy analiz.	 	
D.  I.  Mendeleyevning  elementlar  davriy  sistemasi,  elektrolitik  dissosilanish  nazariyasi, 	
massalar  ta’siri  qonuni,  kimyoviy  muvozanat,  oksidlanish	-qaytarilish  jarayonlari,  koordinatsion 	
birikmalar  ho	sil  bo’lishi,  tuzlarning  gidrolizlanishi  va  asoslarning  amfoterligi  kabi  mavzular 	
kimyoviy analizning nazariy asosini tashkil etadi.	 	
Analitik  kimyo  har  xil  moddalar  va  ularning  aralashmalarini  sifat  va  miqdoriy 	
tarkibini o’rganish bilan shug’ullanadigan fa	n bo’lganligi sababli birinchi navbatda u sifat 	
va miqdoriy usullarga bo’linadi. 	 	
Modda tarkibiga qanday element, molekula yoki ionlar kirishini topish, aniqlash sifat 	
analizining vazifasidir. Tekshirilayotgan modda tarkibini tashkil etgan element yoki ion	lar 	
miqdorini  aniqlash  esa  miqdoriy  analizning  vazifasi  hisoblanadi.  Sifat  analizi  hamisha 
miqdor analizidan oldin bajariladi.	 	
Hozirgi  davrda  analitik  kimyo  zamonaviy,  mukammal  usullarga  ega.  Ular 	
moddalarning  turli  xususiyatlariga  asoslangan.  Barcha  anali	z  usullarini  4  guruhga  bo’lish 	
mumkin: kimyoviy, fizikaviy, fizik	-kimyoviy va biologik.	 	
Kimyoviy  usullar	- kimyoviy  reaksiyalarga  asoslanadi.  Bunday  reaksiyalar  analitik 	
reaksiyalar  deyiladi.  Analitik  reaksiyalarni  vujudga  keltiruvchi  moddalar  esa  reagentla	r 	
deyiladi. Kimyoviy usullarning sezgirligi yuqori emas va analizni bajarish uchun ko’p vaqt 
sarf  bo’ladi.  Bu  jihatdan  fizikaviy  va  fizik	-kimyoviy  analiz  usullarining  o’rni  katta  bo’lib, 	
bular asbobiy usullar ham deyiladi. 	 	
Fizikaviy  usullar	- moddaning  kim	yoviy  tarkibi  bilan  uning  ayrim  fizikaviy  xossalari 	
o’rtasidagi bog’lanishlardan foydalanishga asoslangan. M: spektral, dielkometrik. 	 	
Fizik	-kimyoviy analiz usullari	- kimyoviy  reaksiyalar paytida sodir bo’ladigan fizikaviy 	
o’zgarishlarni  tekshirishga  asosl	angan.  M:  elektrokimyoviy,  xromatografik  va  optik 	
usullar. 	 	
Biologik  analiz  usullari	- biologik  ob’yektlar  analizi  hisoblanadi  va  asosan  vizual 	
aniqlashlar  bilan  birgalikda  kimyoviy,  fizikaviy  va  fizik	-kimyoviy  analiz  usullaridan 	
foydalanishga asoslangan.	 	
Analitik  reaksiyalarni  bajarishda  ishlatiladigan  moddaning  miqdoriga  ko’ra: 	
makroanaliz (0,5	-1 gr yoki 1	-50 ml), mikroanaliz (0,001 gr yoki 0,01 ml), yarimmikroanaliz 	
(0,01  gr  yoki  0,1  ml),  ultramikroanaliz  (10	-6-10	-12 gr  yoki  10	-3-10	-6 ml  va  boshqa  turlarg	a 	
bo’linadi.	 	
Distansion analiz	- ma’lum masofadan turib bajariladigan analiz usulidir. 	 	
Molekulyar  analiz	-namunadagi  ma’lum  molekulyar  massa  bilan  tavsiflanadigan 	
alohida kimyoviy birikmalarni aniqlash usulidir.	 	
Element  analizi	- analiz  qilinadigan  moddadagi	 alohida  elementni  sifat  va  miqdor 	
jihatdan aniqlash usuli.	 	
Funksional  analiz	- tekshirilayotgan  analiz  ob’yekti  tarkibidagi  alohida  funksional 	
guruhlarni aniqlash usuli hisoblanadi.	  Fazaviy analiz	- ko’p komponentli modda tarkibidagi xossalari va sirt yuzal	ari hamda 	
fizikaviy  tuzilishi  bilan  ajralib  turadigan  alohida  qismlarni  aniqlash  usullari  to’plamidan 
iborat.	 
Analiz usullariga qo’yiladigan umumiy talablar:	 	
1. reaksiyaning muhiti	 	
2. temperatura	 	
3. konsentratsiya	 	
4. sezgirlik	- tekshiriladigan namuna tarkibidagi  aniql	anadigan moddaning eng kam 	
miqdori bilan belgilanadi.	 	
5. Selektivlik  yoki  tanlab  ta’sir  etuvchanlik	-M:  faqat  kamroq  sondagi  ionlar  bilan 	
o’xshash natija beradigan reaksiyalar selektiv  reaksiyalar deyiladi. Fizikaviy yoki 
fizik	-kimyoviy usullarning selektivlig	i to’g’risida ham tushunchalar berish muhim 	
hisoblanadi.	 	
6.Analitik  kimyoning  asosiy  muammolari:	 Analitik  kimyoning  hozirgi  zamon  asosiy 	
muammolariga  analizda  aniqlanadigan  moddani  topish  chegarasini  pasaytirish,  tezkorlikni  va 
olinadigan  natija  aniqligini	 oshirish  hamda  mikroobyektlar  analizi,  buzmasdan,  lokal  va 	
distansion analizni rivojlantirishni kiritish mumkin.	 	
7.  Analitik  kimyoning  qisqacha  tarixi  va  rivojlanishining  asosiy  bosqichlari.	 Analitik 	
kimyoning  birinchi  metodlari    qadimgi  alximiklar  tomoni	dan  yaratilgan  bo’lib  ular  moddalarni 	
sifat  jihatdan   aniqlashda  ishlatilgan.   Miqdoriy  analiz qadimda  "Tekshirish san’ati" deb atalgan 
va uning yordamida oltin, kumush  singari  metallarning tozaligi aniqlangan.	 	
Analitik  kimyo  fan  sifatida  XVII	- asrn	ing  o	’rtalaridan  shakllana  boshlagan.  Bu  fanning 	
rivojlanishida  ingliz    olimi 	R.Boylning	 (1627	-1691)    hissasi  katta.  U  sifat  analizining  asoschisi 	
hisoblanadi.	 R.Boyl 	murakkab  kimyoviy  moddalar  elementlardan  tashkil  topganligi  haqidagi 	
fiktni aytgan, o’zigacha 	ma’lum  bo’lgan sifat reaksiyalarini  sistemalashtirgan  va  bir qator yangi 	
reaksiyalarini  taklif  qilgan.    U  birinchi  marta  “Indikatorlar”  sifatida  lakmus  va  o’simliklardan 
olinadigan  ba’zi  bo’yoq  moddlar  yordamida  kislota  va  ishqorlarni  bir	-biridan  farqlash 	
mumkinligini  amalda  isbotladi. 	R.Boylning	 bu  ishlari  sifat  analiziga  qo’yilgan  birinchi  qadam 	
bo’ldi. 	 
XVIII  asrda  shved  olimi 	T.Bergman	 (1738	-1784)  eritmadagi  meta	ll  ionlarini  gruppalar 	
holida  ajratish  usulini  joriy  etdi  va  bu  usulni  sifat  analiziga  kirit	di.  Bu  sistematik  analizning 	
boshlanishi  edi.  Bu  usuldan  hozirgi  vaqtda  ham  foydalanib  kelinmoqda. 	T.Bergman 	murakkab 	
tarkibli  tuzlar  aralashmasini  vodorod  sulfid  yordamida  sistemali  analiz  qilish  tartibini  ishlab 
chiqdi.	 
M.V.Lomonosov	 (1711	-1765).  moddala	r  massasining  saqlanish  qonunini    tajribada  	
isbotlashi  bilan  miqdoriy  analizga  asos  soldi.  Shundan  so’ng  kimyoviy  jarayonlarda  miqdoriy 
hisob  kitoblar  olib  borila  boshlandi,  Analizda  tarozidan  foydalanilib  gravometriya  metodi 
yaratildi. 	M.V. Lomonosov	 o’z	ining  «Metallurgiya	 i osnov pervichnoy obrabotki rud» kitobida 	
bir qancha analiz usullarini yozgan.	 	
Sifat  analizidagi  mikrokristalloskopik  usulga  XVIII  asrda 	T.Ye.  Lovis	 (1757	-1804)  	
tomonidan  asos  solindi. 	T.Ye.Lovis	 o’zining  “Metallurgiya  va  qazish  ishl	ari  asosi”  kitobida 	
moddalarning  kristall  formalari  turlicha  ko’rinishga  ega  ekanligini  ko’rsatib  berdi.  U 
moddalarning  kristall  panjaralarining  tuzilishi  bilan  ularning  kimyoviy  tarkibi  o’zaro 
bog’liqligini  isbotladi  va  mikrokristalloksopik  analizga  asos 	soldi.  Kalsiy  tuzlari  ishtrokida 	
alanganing  qizil  tusga  bo’yalishidan  foydalanib,  tuzlar  tarkibida  kalsiy  borligini  bilib  olish 
mumkinligini amalda ko’rsatdi.	 	
Miqdoriy  analizning  hajmiy  usulini  fanga  fransuz  olimi 	J.Gey	-Lyussak	 (1778	-1850) 	
kiritdi. Bu meto	d X1X aspHing o’rtalarida oksidlanish	-qaytarilish hamda cho’ktirish metodlarida 	
indikatorlar  qo’llanilishi    bilan  yanada  rivojlandi.  Gey	-Lyussak  birinchi  marotaba  hajmiy  analiz 	
yordamida moddalarni miqdorini aniqlagan.	 	
Analitik  kimyoning  rivojlanishida 	V.I	.  Severginning	 (1765	-1794)  hissasi  ancha  salmoqli. 	
U  1796  yilda  o’zining  “Mineral  suvlarni  tekshirish  bo’yicha  qo’llanmasi”ni  1800  yilda  farmasevtik  kimyo  darsligini,  1801  yilda  metall  va  boshqa  qazilmalarga  oid  analitik  kimyo 
qo’llanmasini yaratdi. 	V.I. S	evergin	 xajmiy analizning neytralizasiya metodiga asos soldi.	 	
XIX  asrda  analitik  kimyo  sohasida  nemis  olimi 	K.Frezenius 	(1818	-1897)  ancha    ishlar 	
qildi.  U  sifat  va  miqdor  analizi  bo’yicha  mukammal  qo’llanma  yozdi  va  1862    yilda    analitik 
kimyo  bo’yicha  b	irinchi  ilmiy  jurnalga (Z.Anal. Chem)  asos  soldi. 	 	
Analitik  kimyoning  nazariy  va  amaliy  muammolarini  hal  etishda 	D.I.  Mendeleyevnin	g 	
(1834	-1907)  elementlar  davriy  sistemasi  va  davriy  qonuni,  (1869  y)  muhim  ahamiyatga  ega. 	
Davriy  sistema  elementlarning 	hossalaridagi  anologiyadan  foydalanib  ionlarni  topishda    yangi 	
usullarni  kashf  etishga  imkon  berdi.  D.I.Mendeleyevning  fikrlarini  davom  ettirib 
N.A.Menshutkin	 	(1824	-1904)  kationlarning  analitik  gruppalar  bo’yicha  eng  qulay 	
klassifikasiyasini  yaratdi.  U  187	1  yilda  «Analitik  kimyo»  darsligini  bosmadan  chiqardi.  Bu 	
kitobida  kationlarning  analitik  klassifikasiyasi  va  elementlarning  davriy  sistemasi    orasidagi 
bog’liqlikni  birinchi  marta ko’rsatib bergan. 1931yilgacha  bu kitob 16 marta nashr qilindi  va  bir 
necha	 marta nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan.	 	
XIX as	rn	ing  boshlarida 	I.Berselius 	(1779	-1848) organik   moddalarning element  analizini  	
ishlab  chiqdi.  Bu  usul  keyinchalik  nemis  olimi 	Yu.Libix	 	(1803	-1873)  tomonidan 	
takomillashtirildi. 	 	
1859  yilga    kelib	 R.Bunzen  (1811	-1899)  va  G.Kirxgoff  (1824	-1887)  spektral  analizni 	
ishlab chiqdilar.	 	
1862  yilda 	K.K.Klausning 	(1796	-1864)  anorganik    moddalar  analizining  turli  usullari, 	
elementlarning  analitik  klassifikasiyasi  va  vodorod  sulfidli  sistematik  analiz  usuli    b	ayon 	
qilingan  "Kimyoviy  analitik  tekshirishlarda  ishlatiladigan  reaksiyalarning  metodik  jadvallari" 
nomli kitobi nashr etildi. 	 	
X1X  asr  oxirida  Rossiyada 	N.S.  Kurnakov	 (1860	-1941)  va  uning  maktabi  “Fizik	-	
kimyoviy  analiz”  nomini  olgan  yangi  metodni  yaratdil	ar.  1903  yilda  M.S.Svet  xromotografik 	
analiz metodini asoslab berdi. 	 	
XX asrda analitik kimyo  fanini rivojlanishida  analizda organik reaktivlarni  birinchi  bo’lib 	
ishlatgan 	M.A.  Ilinskiy 	(1856	-1941)  va 	L.A.  Chugayev	larni  (1873	-1922),  eruvchanlik 	
ko’paytmas	i  haqidagi  qoidani  va  galvanik  elementlar  nazariyasini  ishlab  chiqqan  nemis  olimi 	
V.Nernstni	 (1864	-1941),  oksidlanish	-qaytarilish  reaksiyalarining  borishi  elektronlarning  o’tishi 	
bilan  bog’liq  ekanini  ochgan   	L.V.  Pisarjevskiy	 (1874	-1938),  tomchi  analiziga	 asos  solgan 	
N.A.Tananayevni, 	analizning  yarim  mikro  metodini  rivojlantirgan 	I.P.Alimarin	,  suvsiz 	
muxitda  titrlash  usullarini  rivojlantirgan 	I.P.Kreshkovni, 	analizda  ajratish  va  konsentrlash 	
usullaridan foydalanishni rivojlantirgan 	Yu.A.Zolotovni 	xissasi k	atta. 	 	
Vatandoshlarimiz A.R.Beruniy va R.A.Xaziniy  X	-XI asrlarda analitik kimyo rivojiga 	
katta hissa qo’shgan. A.Beruniy ko’pgina moddalarning solishtirma og’irliklarini aniqladi. 
Xaziniy  o’sha  zamon  uchun  juda  sezgir  tarozi  yasadi,  uning  tarozisi  uchinchi	 xonagacha 	
aniqlik  bilan  tortishga  imkon  berardi.  Analitik  kimyoning  rivojlanishida  O’zbekiston 
olimlarining  ham  hissalari  katta.  Akademik  Sh.T.  Tolipov  raxbarligida  analitik  kimyo 
sohasida  bir  qator  ilmiy  ishlar  amalga  oshirildi.  Sh.T.  Tolipovning  shogird	lari  hozirgi 	
kunda ham samarali mehnat qilmoqdalar. 	 	
Samarqand  davlat  universitetida  analitik  kimyoning  rivojlanishida  dosent 	
N.S.Zakirov	,  professor 	T.K.Xamrakulov,  O.F.Fayzullayev,  A.M.Nasimov	larning  xizmati 	
katta.  Hozirgi  kunda  analitik  kimyo  Toshkent  va	 Samarqand  universitetlari,  Fanlar 	
Akademiyasi, yadro tadqiqotlari instituti va boshqalarda  muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.	 	
Hozirgi  davr  qudratli  kimyo  sanoati  va  unga  munosib  kimyo  fanining  mavjudligi  bilan 	
harakterlanadi.  Kimyo  fanlari orasida  analitik ki	myoda  yangi  zamonaviy analiz usullari  vujudga 	
kelmoqda; shuningdek analitik kimyo usullari qo’llaniladigan sohalar kengayib bormokda.	 	
8.Analitik  kimyoning  hozirgi  ahvoli,  rivojlanish  yo’nalish  va  istiqbollari. 	Hozirgi 	
zamonaviy  analitik  kimyo  analizni  asbo	blashtirish,  avtomatlashtirish,  matematikalash,  fizikaviy 	
usullar  ulushining    oshishini  va  ko’p  tarkibli  moddalar  analizini  takomillashtirish  yo’nalishida 
rivojlanmoqda.	  Xulosa  qilib  aytganda,  analitik  kimyo  fani  xozirgi  zamon  asosiy  fanlaridan  biri  bo’lib	, 	
uning  rivojlanishi  hamon  davom  etmokda.  Bu  fanning  ishtirokisiz  ozik	-ovkat  mahsulotlari, 	
sanoat  ishlab  chiqarilishi,  tibbiyotntng  rivojlanishi  va  atrof  muhit  muhofazasining  bo’lishi 
mumkin emas.	 	
 	
Takrorlash uchun savollar	 	
1. Analitik kimyo fani nimani o’	rganadi. 	 	
2. Sifat va miqdor analizi deganda nimalarni tushunasiz? 	 	
3.Analitik  kimyoning  metodologik  asoslari,  uning  alohidaligi,  fanlar  tizimidagi  o’pHi,  amaliyot 
bilan aloqalarini qanday misollarda asoslash mumkin?	 	
4. Analitik kimyoning xalq xo’jaligida 	qanday ahamiyati bor? 	 	
5. Asosiy analitik muammolar nimalardan iborat? 	 	
6. Topish chegarasining pasayishi deganda nimani tushunasiz? 	 	
7. Aniqlikning oshirilishi nimani ko’zlaydi?	 	
8. Analizning tezkorligi nima, u qanday ta’minlanadi?	 	
9. Analitik kimyoning a	sosiy vazifalarini sanab bering.	 	
10.  Mikroobektlar analizi qachon va qayerlarda qo’llaniladi? 	 	
11. Obektni yemirmasdan tekshirishdan maqsad nima? 	 	
12. Lokal analiz qay vaqtlarda ishlatiladi?	 	
13. Distan	sion analiz nima, u qachon va qanday tekshirishlarda q	o’llaniladi?	 	
14. Analizning qanday turlarini bilasiz?	 	
15.  Izotop, 	element,  funk	sional,  struktur,  molekulyar  va  faz	oviy  analiz  deganda  nimalarni 	
tushunasiz?	 	
16.  Analizning  kimyoviy,  fizikaviy,  fizik	-kimyoviy  va  biologik  usullari  qanday  tamoyillarga 	
asoslang	an?	 	
17. Makro	-, mikro	- va ultramikroanaliz nima?	 	
18. Analitik kimyo rivojlanishining asosiy tendensiyalari nimalardan iborat?	 	
19. Analitik kimyo rivojlanishining asosiy bosqichlarini sanab bering. 	 	
20. A.R.Beruniy va A.R.Xaziniylar analitik kimyo rivojlani	shiga qanday hissa qo’shishgan?	 	
21. R.Boyl analitik kimyo rivojlanishiga qanday hissa qo’shgan? 	 	
22.  Fanga  kimyoviy  analiz  tushunchasini  kim  kiritgan  va  bu  olimning  yana  qanday  ishlarini 
bilasiz?	 	
23. Lomonosov, Lovis, Bergman va boshqa olimlarning qanday i	shlarini bilasiz?  	 	
24.  Sistematik  analiz  dastlab  kim  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  uning  rivojlanishiga  kimlar 
sezilarli hissa qo’shgan?	 	
25. Kimyoviy metrologiyaga kim asos soldi?	 	
26	. Organik moddalarning 	element analizi sohasida kimlar qanday ishlarni am	alga oshirdilar?	 	
27. Titrimetrik analiz kim tomonidan, qachon va qay tarzda taklif 	etildi?	 	
28. Bunzen va Kirxgof analitik kimyoga qanday usulni kiritdilar?	 	
29. Organik reagentlar analitik kimyoga dastlab kimlar tomonidan kiritilgan?	 	
30. Analitik kimyo rivo	jlanishining hozirgi davri qaysi usullarning ochilishi bilan bog’liq?

1-MAVZU : ANALITIK KIMYO FANI, TADQIQOT DOIRASI, MAQSADI VA VAZIFALARI Reja : 1. Analitik kimyo, uni fan sifatida shakllanishi. 2. Analitik kimyoning ahamiyati, fanlar tizimidagi o’pHi, amaliyot bilan bog’liqligi. 3. Analitik kimyo ning asosiy vazifalari . 4. Analitik kim yoning nazariy asoslari . 5. Sifat va miqdoriy analiz. 6. Analitik kimyoning asosiy muammolari . 7.Analitik kimyoning qisqacha tarixi va rivojlanishining asosiy bosqichlari. 8.Analitik kimyoning hozirgi ahvoli, rivojlanish yo’nalishi va istiqbollari. 1. Analitik kimyo uni fan sifatida shakllanishi. Analitik kimyo, kimyo fanining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib fan sifatida o’zining uzoq rivojlanish tarixiga ega. Insoniyat doimo o’zini o’rab turgan olamni o’rganish va undan o’z hayotida foydalan ishga intilganligi sababli analitik kimyo va uning turli usullari yuzaga kelgan. Analitik kimyo fan sifatida XIX - asrda shakllandi. Bu vaqtga kelib ko’p moddalarning xususiy reaksiyalari topildi, indikatorlar nazariyasi, kompleks birikmalarning koordinas ion tuzilish nazariyasi, kislota va asoslar nazariyalari hamda kimyoning qator qonunlari yaratildi, sanoat va ishlab chiqarishning rivojlanishi, xomashyo va mahsulotlarga bo’lgan talabning oshishi uning rivojlanishi uchun katta yo’l ochib berdi. Bu vaq tga kelib fizikaviy asbob va qurilmalarning rivojlanishi analizni instrumental va avtomatik usullarini rivojlantirdi. Bularning barchasi analitik kimyoning fan sifatida shakllanishiga asos bo’ldi. Hozirgi kunda analitik kimyo kimyoviy analizning nazariy a soslari va metodlarini ishlab chiqadigan fandir. Analitik kimyo mavjud analiz usullarini takomillashtiradi va yangi analiz usullarini yaratadi. 2.Analitik kimyoning ahamiyati, fanlar tizimidagi o’ rni , amaliyot bilan bog’liqligi. Analitik kimyo turli nazari y va amaliy muammolarni yechishda katta ahamiyatga ega. Falsafada "Analizsiz sintez yo’q" deb aytilishi analitik kimyoning qanchalik katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Kimyoviy analiz xalq xo’jaligining ko’pgina sohalarda hususa n meditsina, ekologiya, geologiya, geoximiya, fizika, mineralogiya, metallurgiya, kimyoviy texnologiya, biologiyada, turli texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishda keng qo’llaniladi. Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bilan bevosi ta bog’liq. Moddalarning molekulyar massasini aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarish analitik kimyo usullari yordamida amalga oshiriladi. Barcha moddalarning tuzilishi, ularning kimyoviy formulalarini yaratishda analit ik kimyodan foydalaniladi. Analitik kimyo paydo bo’lgan davrdan boshlab oziq -ovqat sanoati va metallurgiyaning rivojlanishiga hamkorlik qilgan. Fabrika, zavodlarda analiz uchun laboratoriya xonalari mavjud bo’lib, xar bir ishlab chiqarilayotgan maxsulot , xom -ashyo, yarim fabrikat va ishlab chiqarish chiqindilari analiz qilinmoqda va shu analiz natijalariga qarab xom -ashyo va tayyor maxsulotlarga baho berilmoqda. Qo’yidagi bir necha aniq misollar bilan fanning axamiyat i qanchalik yuqori ekanligi ni ta’kidlash mumkin: Masalan oziq -ovqat maxsulotlari deyarli har tomonlama analiz qilinishi shart. Ularning tarkibiga kiruvchi un, yog, shakar, suv, tuz kabi xom -ashyolar birma -bir tekshiruvdan o’tkaziladi. Ularni tarkibidagi inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar aniqlanadi va tayyorlash texnologiyasi nazorat qilinadi. Atrof -muhitni muxofaza qilishda analitik kimyo fanining o’rni beqiyos. Chunki kundalik xayotimizda ishlatilayotgan ichimlik suvlar, xavo tozaligini doimo nazorat qilish ke rak. Atmosferaga avtotransport va texnologik jarayonlardan tashlanadigan turli zaxarli gazlar miqdorini aniqlash zarur. Hozirgi vaqtda analitik usul va asboblar yordamida kimyoviy texnologik jarayonlarni nazorat qilinmaydigan birorta ham korxona yo’q.

3.A nalitik kimyoning asosiy vazifalari . Analitik kimyo q uyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 1.M avjud analiz usullarini rivojlantiri b takomillashtir adi ; 2.Fan va sanoatning o’sib borayotgan talablariga javob beradigan yangi analiz usullarini yaratadi va ular ni nazariy jixatdan asoslaydi; (bunga analizning zamonaviy sensorlardan foydalanishga asoslangan distansion, avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan usullari, namuna tarkibidagi ayrim komponentlarni namunani buzmasdan tezkor aniqlashga imkon beradiga n usullari va b. kiradi). 3. Analizni tez va arzon bo’lishini, olinadigan natijani to’g’ri, aniq va takrorlanuvchanligini, ta’minlash. 4. Ilmiy -tadqiqot ishlarini analitik nazorat qilishni ta’minlash; 5. Atrof - muhit monitoringini ta’minlash; 4 .Anali tik kimyoning nazariy asoslari. Sifat va miqdoriy analiz. D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi, elektrolitik dissosilanish nazariyasi, massalar ta’siri qonuni, kimyoviy muvozanat, oksidlanish -qaytarilish jarayonlari, koordinatsion birikmalar ho sil bo’lishi, tuzlarning gidrolizlanishi va asoslarning amfoterligi kabi mavzular kimyoviy analizning nazariy asosini tashkil etadi. Analitik kimyo har xil moddalar va ularning aralashmalarini sifat va miqdoriy tarkibini o’rganish bilan shug’ullanadigan fa n bo’lganligi sababli birinchi navbatda u sifat va miqdoriy usullarga bo’linadi. Modda tarkibiga qanday element, molekula yoki ionlar kirishini topish, aniqlash sifat analizining vazifasidir. Tekshirilayotgan modda tarkibini tashkil etgan element yoki ion lar miqdorini aniqlash esa miqdoriy analizning vazifasi hisoblanadi. Sifat analizi hamisha miqdor analizidan oldin bajariladi. Hozirgi davrda analitik kimyo zamonaviy, mukammal usullarga ega. Ular moddalarning turli xususiyatlariga asoslangan. Barcha anali z usullarini 4 guruhga bo’lish mumkin: kimyoviy, fizikaviy, fizik -kimyoviy va biologik. Kimyoviy usullar - kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Bunday reaksiyalar analitik reaksiyalar deyiladi. Analitik reaksiyalarni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentla r deyiladi. Kimyoviy usullarning sezgirligi yuqori emas va analizni bajarish uchun ko’p vaqt sarf bo’ladi. Bu jihatdan fizikaviy va fizik -kimyoviy analiz usullarining o’rni katta bo’lib, bular asbobiy usullar ham deyiladi. Fizikaviy usullar - moddaning kim yoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy xossalari o’rtasidagi bog’lanishlardan foydalanishga asoslangan. M: spektral, dielkometrik. Fizik -kimyoviy analiz usullari - kimyoviy reaksiyalar paytida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlarni tekshirishga asosl angan. M: elektrokimyoviy, xromatografik va optik usullar. Biologik analiz usullari - biologik ob’yektlar analizi hisoblanadi va asosan vizual aniqlashlar bilan birgalikda kimyoviy, fizikaviy va fizik -kimyoviy analiz usullaridan foydalanishga asoslangan. Analitik reaksiyalarni bajarishda ishlatiladigan moddaning miqdoriga ko’ra: makroanaliz (0,5 -1 gr yoki 1 -50 ml), mikroanaliz (0,001 gr yoki 0,01 ml), yarimmikroanaliz (0,01 gr yoki 0,1 ml), ultramikroanaliz (10 -6-10 -12 gr yoki 10 -3-10 -6 ml va boshqa turlarg a bo’linadi. Distansion analiz - ma’lum masofadan turib bajariladigan analiz usulidir. Molekulyar analiz -namunadagi ma’lum molekulyar massa bilan tavsiflanadigan alohida kimyoviy birikmalarni aniqlash usulidir. Element analizi - analiz qilinadigan moddadagi alohida elementni sifat va miqdor jihatdan aniqlash usuli. Funksional analiz - tekshirilayotgan analiz ob’yekti tarkibidagi alohida funksional guruhlarni aniqlash usuli hisoblanadi.

Fazaviy analiz - ko’p komponentli modda tarkibidagi xossalari va sirt yuzal ari hamda fizikaviy tuzilishi bilan ajralib turadigan alohida qismlarni aniqlash usullari to’plamidan iborat. Analiz usullariga qo’yiladigan umumiy talablar: 1. reaksiyaning muhiti 2. temperatura 3. konsentratsiya 4. sezgirlik - tekshiriladigan namuna tarkibidagi aniql anadigan moddaning eng kam miqdori bilan belgilanadi. 5. Selektivlik yoki tanlab ta’sir etuvchanlik -M: faqat kamroq sondagi ionlar bilan o’xshash natija beradigan reaksiyalar selektiv reaksiyalar deyiladi. Fizikaviy yoki fizik -kimyoviy usullarning selektivlig i to’g’risida ham tushunchalar berish muhim hisoblanadi. 6.Analitik kimyoning asosiy muammolari: Analitik kimyoning hozirgi zamon asosiy muammolariga analizda aniqlanadigan moddani topish chegarasini pasaytirish, tezkorlikni va olinadigan natija aniqligini oshirish hamda mikroobyektlar analizi, buzmasdan, lokal va distansion analizni rivojlantirishni kiritish mumkin. 7. Analitik kimyoning qisqacha tarixi va rivojlanishining asosiy bosqichlari. Analitik kimyoning birinchi metodlari qadimgi alximiklar tomoni dan yaratilgan bo’lib ular moddalarni sifat jihatdan aniqlashda ishlatilgan. Miqdoriy analiz qadimda "Tekshirish san’ati" deb atalgan va uning yordamida oltin, kumush singari metallarning tozaligi aniqlangan. Analitik kimyo fan sifatida XVII - asrn ing o ’rtalaridan shakllana boshlagan. Bu fanning rivojlanishida ingliz olimi R.Boylning (1627 -1691) hissasi katta. U sifat analizining asoschisi hisoblanadi. R.Boyl murakkab kimyoviy moddalar elementlardan tashkil topganligi haqidagi fiktni aytgan, o’zigacha ma’lum bo’lgan sifat reaksiyalarini sistemalashtirgan va bir qator yangi reaksiyalarini taklif qilgan. U birinchi marta “Indikatorlar” sifatida lakmus va o’simliklardan olinadigan ba’zi bo’yoq moddlar yordamida kislota va ishqorlarni bir -biridan farqlash mumkinligini amalda isbotladi. R.Boylning bu ishlari sifat analiziga qo’yilgan birinchi qadam bo’ldi. XVIII asrda shved olimi T.Bergman (1738 -1784) eritmadagi meta ll ionlarini gruppalar holida ajratish usulini joriy etdi va bu usulni sifat analiziga kirit di. Bu sistematik analizning boshlanishi edi. Bu usuldan hozirgi vaqtda ham foydalanib kelinmoqda. T.Bergman murakkab tarkibli tuzlar aralashmasini vodorod sulfid yordamida sistemali analiz qilish tartibini ishlab chiqdi. M.V.Lomonosov (1711 -1765). moddala r massasining saqlanish qonunini tajribada isbotlashi bilan miqdoriy analizga asos soldi. Shundan so’ng kimyoviy jarayonlarda miqdoriy hisob kitoblar olib borila boshlandi, Analizda tarozidan foydalanilib gravometriya metodi yaratildi. M.V. Lomonosov o’z ining «Metallurgiya i osnov pervichnoy obrabotki rud» kitobida bir qancha analiz usullarini yozgan. Sifat analizidagi mikrokristalloskopik usulga XVIII asrda T.Ye. Lovis (1757 -1804) tomonidan asos solindi. T.Ye.Lovis o’zining “Metallurgiya va qazish ishl ari asosi” kitobida moddalarning kristall formalari turlicha ko’rinishga ega ekanligini ko’rsatib berdi. U moddalarning kristall panjaralarining tuzilishi bilan ularning kimyoviy tarkibi o’zaro bog’liqligini isbotladi va mikrokristalloksopik analizga asos soldi. Kalsiy tuzlari ishtrokida alanganing qizil tusga bo’yalishidan foydalanib, tuzlar tarkibida kalsiy borligini bilib olish mumkinligini amalda ko’rsatdi. Miqdoriy analizning hajmiy usulini fanga fransuz olimi J.Gey -Lyussak (1778 -1850) kiritdi. Bu meto d X1X aspHing o’rtalarida oksidlanish -qaytarilish hamda cho’ktirish metodlarida indikatorlar qo’llanilishi bilan yanada rivojlandi. Gey -Lyussak birinchi marotaba hajmiy analiz yordamida moddalarni miqdorini aniqlagan. Analitik kimyoning rivojlanishida V.I . Severginning (1765 -1794) hissasi ancha salmoqli. U 1796 yilda o’zining “Mineral suvlarni tekshirish bo’yicha qo’llanmasi”ni 1800 yilda

farmasevtik kimyo darsligini, 1801 yilda metall va boshqa qazilmalarga oid analitik kimyo qo’llanmasini yaratdi. V.I. S evergin xajmiy analizning neytralizasiya metodiga asos soldi. XIX asrda analitik kimyo sohasida nemis olimi K.Frezenius (1818 -1897) ancha ishlar qildi. U sifat va miqdor analizi bo’yicha mukammal qo’llanma yozdi va 1862 yilda analitik kimyo bo’yicha b irinchi ilmiy jurnalga (Z.Anal. Chem) asos soldi. Analitik kimyoning nazariy va amaliy muammolarini hal etishda D.I. Mendeleyevnin g (1834 -1907) elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni, (1869 y) muhim ahamiyatga ega. Davriy sistema elementlarning hossalaridagi anologiyadan foydalanib ionlarni topishda yangi usullarni kashf etishga imkon berdi. D.I.Mendeleyevning fikrlarini davom ettirib N.A.Menshutkin (1824 -1904) kationlarning analitik gruppalar bo’yicha eng qulay klassifikasiyasini yaratdi. U 187 1 yilda «Analitik kimyo» darsligini bosmadan chiqardi. Bu kitobida kationlarning analitik klassifikasiyasi va elementlarning davriy sistemasi orasidagi bog’liqlikni birinchi marta ko’rsatib bergan. 1931yilgacha bu kitob 16 marta nashr qilindi va bir necha marta nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. XIX as rn ing boshlarida I.Berselius (1779 -1848) organik moddalarning element analizini ishlab chiqdi. Bu usul keyinchalik nemis olimi Yu.Libix (1803 -1873) tomonidan takomillashtirildi. 1859 yilga kelib R.Bunzen (1811 -1899) va G.Kirxgoff (1824 -1887) spektral analizni ishlab chiqdilar. 1862 yilda K.K.Klausning (1796 -1864) anorganik moddalar analizining turli usullari, elementlarning analitik klassifikasiyasi va vodorod sulfidli sistematik analiz usuli b ayon qilingan "Kimyoviy analitik tekshirishlarda ishlatiladigan reaksiyalarning metodik jadvallari" nomli kitobi nashr etildi. X1X asr oxirida Rossiyada N.S. Kurnakov (1860 -1941) va uning maktabi “Fizik - kimyoviy analiz” nomini olgan yangi metodni yaratdil ar. 1903 yilda M.S.Svet xromotografik analiz metodini asoslab berdi. XX asrda analitik kimyo fanini rivojlanishida analizda organik reaktivlarni birinchi bo’lib ishlatgan M.A. Ilinskiy (1856 -1941) va L.A. Chugayev larni (1873 -1922), eruvchanlik ko’paytmas i haqidagi qoidani va galvanik elementlar nazariyasini ishlab chiqqan nemis olimi V.Nernstni (1864 -1941), oksidlanish -qaytarilish reaksiyalarining borishi elektronlarning o’tishi bilan bog’liq ekanini ochgan L.V. Pisarjevskiy (1874 -1938), tomchi analiziga asos solgan N.A.Tananayevni, analizning yarim mikro metodini rivojlantirgan I.P.Alimarin , suvsiz muxitda titrlash usullarini rivojlantirgan I.P.Kreshkovni, analizda ajratish va konsentrlash usullaridan foydalanishni rivojlantirgan Yu.A.Zolotovni xissasi k atta. Vatandoshlarimiz A.R.Beruniy va R.A.Xaziniy X -XI asrlarda analitik kimyo rivojiga katta hissa qo’shgan. A.Beruniy ko’pgina moddalarning solishtirma og’irliklarini aniqladi. Xaziniy o’sha zamon uchun juda sezgir tarozi yasadi, uning tarozisi uchinchi xonagacha aniqlik bilan tortishga imkon berardi. Analitik kimyoning rivojlanishida O’zbekiston olimlarining ham hissalari katta. Akademik Sh.T. Tolipov raxbarligida analitik kimyo sohasida bir qator ilmiy ishlar amalga oshirildi. Sh.T. Tolipovning shogird lari hozirgi kunda ham samarali mehnat qilmoqdalar. Samarqand davlat universitetida analitik kimyoning rivojlanishida dosent N.S.Zakirov , professor T.K.Xamrakulov, O.F.Fayzullayev, A.M.Nasimov larning xizmati katta. Hozirgi kunda analitik kimyo Toshkent va Samarqand universitetlari, Fanlar Akademiyasi, yadro tadqiqotlari instituti va boshqalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Hozirgi davr qudratli kimyo sanoati va unga munosib kimyo fanining mavjudligi bilan harakterlanadi. Kimyo fanlari orasida analitik ki myoda yangi zamonaviy analiz usullari vujudga kelmoqda; shuningdek analitik kimyo usullari qo’llaniladigan sohalar kengayib bormokda. 8.Analitik kimyoning hozirgi ahvoli, rivojlanish yo’nalish va istiqbollari. Hozirgi zamonaviy analitik kimyo analizni asbo blashtirish, avtomatlashtirish, matematikalash, fizikaviy usullar ulushining oshishini va ko’p tarkibli moddalar analizini takomillashtirish yo’nalishida rivojlanmoqda.

Xulosa qilib aytganda, analitik kimyo fani xozirgi zamon asosiy fanlaridan biri bo’lib , uning rivojlanishi hamon davom etmokda. Bu fanning ishtirokisiz ozik -ovkat mahsulotlari, sanoat ishlab chiqarilishi, tibbiyotntng rivojlanishi va atrof muhit muhofazasining bo’lishi mumkin emas. Takrorlash uchun savollar 1. Analitik kimyo fani nimani o’ rganadi. 2. Sifat va miqdor analizi deganda nimalarni tushunasiz? 3.Analitik kimyoning metodologik asoslari, uning alohidaligi, fanlar tizimidagi o’pHi, amaliyot bilan aloqalarini qanday misollarda asoslash mumkin? 4. Analitik kimyoning xalq xo’jaligida qanday ahamiyati bor? 5. Asosiy analitik muammolar nimalardan iborat? 6. Topish chegarasining pasayishi deganda nimani tushunasiz? 7. Aniqlikning oshirilishi nimani ko’zlaydi? 8. Analizning tezkorligi nima, u qanday ta’minlanadi? 9. Analitik kimyoning a sosiy vazifalarini sanab bering. 10. Mikroobektlar analizi qachon va qayerlarda qo’llaniladi? 11. Obektni yemirmasdan tekshirishdan maqsad nima? 12. Lokal analiz qay vaqtlarda ishlatiladi? 13. Distan sion analiz nima, u qachon va qanday tekshirishlarda q o’llaniladi? 14. Analizning qanday turlarini bilasiz? 15. Izotop, element, funk sional, struktur, molekulyar va faz oviy analiz deganda nimalarni tushunasiz? 16. Analizning kimyoviy, fizikaviy, fizik -kimyoviy va biologik usullari qanday tamoyillarga asoslang an? 17. Makro -, mikro - va ultramikroanaliz nima? 18. Analitik kimyo rivojlanishining asosiy tendensiyalari nimalardan iborat? 19. Analitik kimyo rivojlanishining asosiy bosqichlarini sanab bering. 20. A.R.Beruniy va A.R.Xaziniylar analitik kimyo rivojlani shiga qanday hissa qo’shishgan? 21. R.Boyl analitik kimyo rivojlanishiga qanday hissa qo’shgan? 22. Fanga kimyoviy analiz tushunchasini kim kiritgan va bu olimning yana qanday ishlarini bilasiz? 23. Lomonosov, Lovis, Bergman va boshqa olimlarning qanday i shlarini bilasiz? 24. Sistematik analiz dastlab kim tomonidan ishlab chiqilgan va uning rivojlanishiga kimlar sezilarli hissa qo’shgan? 25. Kimyoviy metrologiyaga kim asos soldi? 26 . Organik moddalarning element analizi sohasida kimlar qanday ishlarni am alga oshirdilar? 27. Titrimetrik analiz kim tomonidan, qachon va qay tarzda taklif etildi? 28. Bunzen va Kirxgof analitik kimyoga qanday usulni kiritdilar? 29. Organik reagentlar analitik kimyoga dastlab kimlar tomonidan kiritilgan? 30. Analitik kimyo rivo jlanishining hozirgi davri qaysi usullarning ochilishi bilan bog’liq?