logo

NUTQ VAZIYATI OMILI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.435546875 KB
N UTQ   VAZIY A TI  OMILI
Reja :
1. Nutq vaziyati tushunchasi.
2. Nutqiy muloqot komponentlari.
3. Nutqiy muloqotning voqelanish shart-sharoitlari. Nutqiy   vaziyat   lingvopragmatikaning   tayanch   tushunchalaridan
hisoblanadi. Muloqotning ichki va tashqi sharoitlari, muloqot ishtirokchilari,
ularning munosabatlari nutqiy vaziyatning asosiy komponentlari hisoblanadi.
Bu   komponentlar   kommunikativ   jarayonda   ishtirok   etish   funksiyasiga   ko‘ra
nutq vaziyatining o‘ziga xos tuzilishini shakllantiradi. 
Nutqiy vaziyatning umumiy sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
 
Keltirilgan   sxemada   qayd   etilgan   omillardan   tashqari   o‘zaro
muloqotning   asosiy   xususiyatlari   va   muloqotchilarning   nutq   etiketini
ko‘rsatuvchi   tanishligi   darajasi,   ishtirokchilarning   bir-biridan   farqlanish
darajasi,   kuzatuvchilarning   mavjudligi   kabi     omillarni   ham   ko‘rsatish
mumkin. Bu omillar     muloqotning samaradorlik darajasini, nutqiy vaziyatni
hosil   qiluvchi   asosiy   xususiyatlarni   belgilab   beradi.   Ma’lumki,   muloqot
tushunchasi   inson   faoliyatining   hamma   qirralari   bilan   aloqador.   Insoniy
munosabatlarning   deyarli   hammasi   inson   nutqiy   faoliyati   bilan   bog‘lanadi.
O‘zaro   aloqalar   qanday   shaklda   va   ko‘rinishda   bo‘lishidan   qat’iy   nazar,
o‘zaro fikr almashishlar, mavzu mohiyati, muammolari va kelajagi haqidagi
ma’lumotlar   til   vositasida   tinglovchi   yoki   o‘quvchiga   yetkaziladi.   Shunday Nutqiy vaziyat modelimuloqot 
sharoiti
adresat muloqot  
maqsadirasm
iy	
norasm
iy	
m
uloqot	
ta‘sir	
eshituvchilar soni	
komunikativ 	
munosabat	
m
avqesi	
xabar ekan,   nutqiy   muloqotdan   har   ikki   taraf   ham   birday   manfaatdor.   So‘zlovchi
yoki   yozuvchi   nutqiy   muloqot   tashkilotchisi   sifatida   ma’lum   bir
kommunikativ   maqsadni   amalga   oshirishni,   ko‘zlangan   pragmatik   samaraga
erishishni   ilgaridan   mo‘ljallaydi.   Maqsadning   so‘zlovchi   maqsadiga   mos
holda   amalga   oshishi   va   yakun   topishi   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   muloqotning
voqelanish jarayoniga bog‘liq. Shuning uchun ham inson nutqiy faoliyatidan
bahs   yurituvchi   tadqiqotlarda   nutq   vaziyati   tushunchasi   pragmatikaning
asosini   tashkil   qiluvchi   komponentlardan   biri   sifatida   talqin   qilinadi.
Kommunikativ   vaziyat   deyilganda       nutq   tashqi   sharoitining   muloqot   xulqi,
fikr, diskursda   ifodalangan murakkab jamlanmasi tushiniladi. Nutq faoliyati
va   vaziyat   o‘zaro   bog‘liq   ekan,   ko‘zlangan   maqsadning   amalga   oshishi
so‘zlovchi   imkoniyatlari   va   nutq   qaratilgan   shaxsning   nutqni   o‘zlashtirish
darajasiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Nutqiy   harakat   so‘zlovchi   faoliyati   bilan   bog‘liq
bo‘lgan  fikr  ifodalashga  tayyorgarlik,  fikrning   tuzilishi,  tashqi   nutqqa   o‘tish
kabi   bosqichlardan   so‘ng   voqelanadi.   Bunda   nutq   qaratilgan   shaxsning
muloqot   jarayonidagi   o‘rni,   nutqni   o‘zlashtirishni   ifodalovchi   akustik/grafik
koddan ichki nutqqa o‘tish,   sintaktik struktura, grammatik shakllarni topish
(rasshifrovka   qilish),   fikr   ifodalashning   umumiy   rejasini,   ma’nolar   va
motivlarni tushunish, olingan xabarni baholash, lisoniy vositalar tanlash kabi
vazifalarning amalga oshishiga qarab belgilanadi.
Kommunikativ vaziyat asosini bevosita aloqa tushunchasi tashkil qilar
ekan,   unda   ishtirok   etuvchi   vositalar   quyidagi   vazifalarga   funksional
yo‘naltiriladi:
 Aloqa bog‘lash  –  kommunikatsiyaning fatik  vositalari.
 Aloqani saqlab turish – muallif va adresatga xos vositalar.
 Aloqani yakunlash – suhbatni tugatish vositalari.
Kommunikativ   vaziyatni   yuzaga   keltiruvchi   tarkibiy   qismlar
quyidagilardan iborat:    xabar joyi va vaqti;
   xabarning   ma’lum     nutqiy   va   axloqiy   majburiyatga   ega   bo‘lgan
adresanti;
   ma’lum   presuppozitiv     fikr   ifodalash   xususiyatiga   ega   bo‘lgan
adresat;
  xabarning maqsadli yo‘naltirilgan mavzusi.
Vaziyatning umumiy xarakteri, lisoniy va nolisoniy omillar ishtirokidan
kelib chiqib, nutqiy muloqot quyidagi tartibda voqelanadi. Yuqorida
keltirilgan sxema nutqiy vaziyatning hamma ko‘rinishlariga birday taalluqli.
Muloqot jarayoni inson faoliyatining qaysi sohasida yuz berayotganiga ko‘ra
unda   ishtirok   etuvchi   omillar   va   vositalar   o‘zaro   farq   qiladi.   Masalan,
kishilarning   hayotning   maishiy   tomonlari   bilan   bog‘liq   kundalik   norasmiy
muloqotlarida   so‘zlashuv   uslubiga   xos   xususiyatlar   yetakchilik   qiladi   va
ularda   shunga   xos   nutqiy   vaziyat   mavjud   bo‘ladi.   Shu   o‘rinda   shuni   ham
yodda   tutish   lozimki,   nazarda   tutilmagan   sabablarga   ko‘ra   nutq   vaziyati
o‘zgarib   ketishi   ham   mumkin.     Buning   aksi   bo‘lgan   rasmiy   muloqotlardagi
nutqiy vaziyat yuqoridagidan tubdan farq qiladi. Chunki, ularda nutqning qay
tartibda   va   qanday     vaziyatda   amalga   oshishi   ilgaridan   rejalashtirilgan
bo‘ladi. Muloqotning boshlanishidan yakunlanishiga qadar shu tartibga qat’iy
amal   qilinadi.   Shuning   uchun   rasmiy   muloqotlardagi   nutq   vaziyati   bir
muncha   barqarorligi   bilan   ajralib   turadi.   Rasmiylik   xizmat   yuzasidan
bo‘ladigan uchrashuvlarda doimo sezilib turadi. Unda so‘zlovchi o‘zi faoliyat
ko‘rsatadigan   uyushma,   tashkilot,   firma   nomidan   gapiradi.   Uning   «Men»i
bevosita   o‘zi   ishlayotgan   joy   bilan   bog‘liq   bo‘ladi   va   bunday   rasmiy
muloqotlar     xizmat   joylarida   –   qabulxona,   majlislar   zali,   ofislarda   bo‘lib
o‘tadi.
Rasmiy muloqot quyidagi me’yorlarning bo‘lishini talab etadi:  ikki   tomonlama   muloqotchilar   guruhiga   nisbatan   «Siz»   -   hurmatlash
munosabatining o‘rnatilishini;
 muloqotda     etiket   qoidalariga   qat’iy   amal   qilishni   (salomlashish   va
xayrlashishda);
 samimiylik   ifodalovchi   «marhamat   qilib»,   «iltifot   qilib»   kabi
birikmalarni qo‘llashni;
 muloqotning rasmiy sharoiti nutq jarayonida turli xil jargonlar, oddiy
so‘zlashuvga xos birliklarni va dialektizmlarni qo‘llamaslikni taqozo etadi.
O‘zaro   rasmiy   muloqotlarda   o‘ta   darajada     muloyimlik,   o‘zini   tutish,
samimiylik   talab   etiladi.   Rasmiy   bo‘lmagan   yubileylarda,   xizmat   yuzasidan
bo‘ladigan   uchrashuvlarda,   ofislarda,   uy   sharoitida,   restoranlarda     yoki
xizmat jamoasida bo‘ladigan uchrashuvlarda esa bu muloqotning o‘ziga xos
nozik   qirralari   namoyon   bo‘ladi.   Bunday   sharoitda   muloqot   ishtirokchilari
o‘zlarini   birmuncha   erkin   sezadilar,   bu   erkinlik   til   birliklarini   tanlashda   va
qo‘llashda   ham   seziladi.   Bunda   so‘zlovchining   fikr   ifodalashida   subyektiv
munosabat ham ma’lum darajada sezilib turadi. Bunday muloqotda: 
       hamsuhbatning   yoshi   va   ijtimoiy   sharoiti,   tanishlik   darajasidan
kelib chiqib «Sen» yoki «Siz» tanlanadi;
     salomlashish   va   xayrlashishda   qo‘llaniladigan   so‘zlardan
foydalaniladi;
     Nutqiy   vaziyatdan   kelib   chiqib,   etiketni   ifodalovchi   birliklar
qo‘llanilishi mumkin;
Muloqotchilarning   o‘zaro   bir-birini   tanishi   norasmiy   sharoitlarda
belgilovchi omil hisoblanadi. Notanish yoki kam tanish bo‘lgan kishilar bilan
suhbat norasmiy muloqotda etiket xarakteri bilan bog‘lanadi. Hatto  notanish
odam   (mijoz,   kliyent)   ishtiroki   ham   u   bilan   bir   xonada   bo‘lgan   kishidan
rasmiy muloqot qoidalariga amal qilishni talab qiladi. Xizmat   muloqotlarida   adresat   shaxsi   muloqot   sharoitiga   nisbatan
muhim   hisoblanadi.   So‘zlovchi   yoki   yozuvchi   u   bilan   qanday   munosabatda
ekanligiga   qarab   nutq   vaziyatiga   mos   keluvchi   kommunikativ   taktika   va
etiket vositalarini qo‘llaydi.
Xizmat   muloqotlari   xabar   qilinayotgan   ma’lumotga   alohida   diqqat
qilishnigina emas, balki nutqni idrok qilish jarayonida yuz beruvchi quyidagi
fikrlash harakatlarini ham taqozo qiladi: 
1) xabar qilinayotgan ma’lumot hajmi nazorati; 
2) tushunish nazorati; 
3) xulosalash; 
4) ta’riflash; 
5) pozitsiyani tuzatish. 
Bu   harakatlarning   hammasi   bir   qator   replikalar   yordamida   amalga
oshadi:           –   Ha;   shunday-shunday;   ma’lumki;       –   Agar   men   sizni   to‘g‘ri
tushungan   bo‘lsam...;     –   Siz   nimani   nazarda   tutayapsiz?;   –   Boshqacha
aytganda, siz hisoblaysizki,...?   va boshqalar.
Kommunikativ   jarayonda   maqsad   birligi   so‘zlovchi   va   tinglovchini
birlashtirib   turadi.Xizmat   aloqalarida   maqsad   hamkorlik   istiqbolidan   kelib
chiqib   qisqa   va   uzoq   vaqtga   mo‘ljallangan   bo‘ladi.   Xizmat   aloqalarini
saqlash,   adresatga   aniq   bir   qarorni   qabul   qilish   maqsadida   ma’lumot
yetkazish   va   ta’sir   qilish   –   muloqot   doirasi   va   boshqaruvida   adresatning
asosiy   maqsadi   ko‘rinishlaridandir.   Xizmat   aloqalari,   xizmat   munosabatlari
faqat   o‘zaro   ijobiy   emotsiyalar   –   ishonch,   hamdardlik,   tilak,   hurmat   kabilar
asosida   saqlanishi   mumkin.   Shu   maqsadda   adresatga   tabriknoma,
ta’ziyanoma, tantanaga taklif, minnatdorchilik xati kabilar yuboriladi. 
Xabarnoma,   qo‘ng‘iroq,   faks   jo‘natmalari,   mahsulot   namunalari,
hisobotlar   maqsadning   ikkinchi   tipini   –   adresatni   ishning   ahvoli,
kelishuvning sharoiti va imkoniyatlari bilan tanishtirishni ta’minlaydi. Yo‘riqnoma,   qoida,   buyruq,   farmoyish,   talabnoma,   iltimos   kabilar
og‘zaki yoki yozma  shaklda bo‘lsa-da, adresatga  ta’sir  qilish,  uni u  yoki  bu
harakatga undash vazifasini bajaradi. Ayrim hollarda qayd etilgan maqsadlar
bir   matn   doirasida,   masalan,   iltimos   xatida   ishning   ahvoli   bilan
tanishtirishdan boshlanib, iltimos bilan tugashida ko‘rinishi mumkin.
Yuqorida   ko‘rib   o‘tilgan   holatlar   o‘ta   murakkab   hisoblangan
kommunikativ   jarayonda   so‘zlovchi   maqsadining   amalga   oshishi   bevosita
nutq vaziyatiga bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Nutq vaziyati har qanday
muloqot xarakteri va natijasini belgilab beradi.

N UTQ VAZIY A TI OMILI Reja : 1. Nutq vaziyati tushunchasi. 2. Nutqiy muloqot komponentlari. 3. Nutqiy muloqotning voqelanish shart-sharoitlari.

Nutqiy vaziyat lingvopragmatikaning tayanch tushunchalaridan hisoblanadi. Muloqotning ichki va tashqi sharoitlari, muloqot ishtirokchilari, ularning munosabatlari nutqiy vaziyatning asosiy komponentlari hisoblanadi. Bu komponentlar kommunikativ jarayonda ishtirok etish funksiyasiga ko‘ra nutq vaziyatining o‘ziga xos tuzilishini shakllantiradi. Nutqiy vaziyatning umumiy sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Keltirilgan sxemada qayd etilgan omillardan tashqari o‘zaro muloqotning asosiy xususiyatlari va muloqotchilarning nutq etiketini ko‘rsatuvchi tanishligi darajasi, ishtirokchilarning bir-biridan farqlanish darajasi, kuzatuvchilarning mavjudligi kabi omillarni ham ko‘rsatish mumkin. Bu omillar muloqotning samaradorlik darajasini, nutqiy vaziyatni hosil qiluvchi asosiy xususiyatlarni belgilab beradi. Ma’lumki, muloqot tushunchasi inson faoliyatining hamma qirralari bilan aloqador. Insoniy munosabatlarning deyarli hammasi inson nutqiy faoliyati bilan bog‘lanadi. O‘zaro aloqalar qanday shaklda va ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zaro fikr almashishlar, mavzu mohiyati, muammolari va kelajagi haqidagi ma’lumotlar til vositasida tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkaziladi. Shunday Nutqiy vaziyat modelimuloqot sharoiti adresat muloqot maqsadirasm iy norasm iy m uloqot ta‘sir eshituvchilar soni komunikativ munosabat m avqesi xabar

ekan, nutqiy muloqotdan har ikki taraf ham birday manfaatdor. So‘zlovchi yoki yozuvchi nutqiy muloqot tashkilotchisi sifatida ma’lum bir kommunikativ maqsadni amalga oshirishni, ko‘zlangan pragmatik samaraga erishishni ilgaridan mo‘ljallaydi. Maqsadning so‘zlovchi maqsadiga mos holda amalga oshishi va yakun topishi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotning voqelanish jarayoniga bog‘liq. Shuning uchun ham inson nutqiy faoliyatidan bahs yurituvchi tadqiqotlarda nutq vaziyati tushunchasi pragmatikaning asosini tashkil qiluvchi komponentlardan biri sifatida talqin qilinadi. Kommunikativ vaziyat deyilganda nutq tashqi sharoitining muloqot xulqi, fikr, diskursda ifodalangan murakkab jamlanmasi tushiniladi. Nutq faoliyati va vaziyat o‘zaro bog‘liq ekan, ko‘zlangan maqsadning amalga oshishi so‘zlovchi imkoniyatlari va nutq qaratilgan shaxsning nutqni o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Nutqiy harakat so‘zlovchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan fikr ifodalashga tayyorgarlik, fikrning tuzilishi, tashqi nutqqa o‘tish kabi bosqichlardan so‘ng voqelanadi. Bunda nutq qaratilgan shaxsning muloqot jarayonidagi o‘rni, nutqni o‘zlashtirishni ifodalovchi akustik/grafik koddan ichki nutqqa o‘tish, sintaktik struktura, grammatik shakllarni topish (rasshifrovka qilish), fikr ifodalashning umumiy rejasini, ma’nolar va motivlarni tushunish, olingan xabarni baholash, lisoniy vositalar tanlash kabi vazifalarning amalga oshishiga qarab belgilanadi. Kommunikativ vaziyat asosini bevosita aloqa tushunchasi tashkil qilar ekan, unda ishtirok etuvchi vositalar quyidagi vazifalarga funksional yo‘naltiriladi:  Aloqa bog‘lash – kommunikatsiyaning fatik vositalari.  Aloqani saqlab turish – muallif va adresatga xos vositalar.  Aloqani yakunlash – suhbatni tugatish vositalari. Kommunikativ vaziyatni yuzaga keltiruvchi tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat:

 xabar joyi va vaqti;  xabarning ma’lum nutqiy va axloqiy majburiyatga ega bo‘lgan adresanti;  ma’lum presuppozitiv fikr ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan adresat;  xabarning maqsadli yo‘naltirilgan mavzusi. Vaziyatning umumiy xarakteri, lisoniy va nolisoniy omillar ishtirokidan kelib chiqib, nutqiy muloqot quyidagi tartibda voqelanadi. Yuqorida keltirilgan sxema nutqiy vaziyatning hamma ko‘rinishlariga birday taalluqli. Muloqot jarayoni inson faoliyatining qaysi sohasida yuz berayotganiga ko‘ra unda ishtirok etuvchi omillar va vositalar o‘zaro farq qiladi. Masalan, kishilarning hayotning maishiy tomonlari bilan bog‘liq kundalik norasmiy muloqotlarida so‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlar yetakchilik qiladi va ularda shunga xos nutqiy vaziyat mavjud bo‘ladi. Shu o‘rinda shuni ham yodda tutish lozimki, nazarda tutilmagan sabablarga ko‘ra nutq vaziyati o‘zgarib ketishi ham mumkin. Buning aksi bo‘lgan rasmiy muloqotlardagi nutqiy vaziyat yuqoridagidan tubdan farq qiladi. Chunki, ularda nutqning qay tartibda va qanday vaziyatda amalga oshishi ilgaridan rejalashtirilgan bo‘ladi. Muloqotning boshlanishidan yakunlanishiga qadar shu tartibga qat’iy amal qilinadi. Shuning uchun rasmiy muloqotlardagi nutq vaziyati bir muncha barqarorligi bilan ajralib turadi. Rasmiylik xizmat yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlarda doimo sezilib turadi. Unda so‘zlovchi o‘zi faoliyat ko‘rsatadigan uyushma, tashkilot, firma nomidan gapiradi. Uning «Men»i bevosita o‘zi ishlayotgan joy bilan bog‘liq bo‘ladi va bunday rasmiy muloqotlar xizmat joylarida – qabulxona, majlislar zali, ofislarda bo‘lib o‘tadi. Rasmiy muloqot quyidagi me’yorlarning bo‘lishini talab etadi:

 ikki tomonlama muloqotchilar guruhiga nisbatan «Siz» - hurmatlash munosabatining o‘rnatilishini;  muloqotda etiket qoidalariga qat’iy amal qilishni (salomlashish va xayrlashishda);  samimiylik ifodalovchi «marhamat qilib», «iltifot qilib» kabi birikmalarni qo‘llashni;  muloqotning rasmiy sharoiti nutq jarayonida turli xil jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos birliklarni va dialektizmlarni qo‘llamaslikni taqozo etadi. O‘zaro rasmiy muloqotlarda o‘ta darajada muloyimlik, o‘zini tutish, samimiylik talab etiladi. Rasmiy bo‘lmagan yubileylarda, xizmat yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlarda, ofislarda, uy sharoitida, restoranlarda yoki xizmat jamoasida bo‘ladigan uchrashuvlarda esa bu muloqotning o‘ziga xos nozik qirralari namoyon bo‘ladi. Bunday sharoitda muloqot ishtirokchilari o‘zlarini birmuncha erkin sezadilar, bu erkinlik til birliklarini tanlashda va qo‘llashda ham seziladi. Bunda so‘zlovchining fikr ifodalashida subyektiv munosabat ham ma’lum darajada sezilib turadi. Bunday muloqotda:  hamsuhbatning yoshi va ijtimoiy sharoiti, tanishlik darajasidan kelib chiqib «Sen» yoki «Siz» tanlanadi;  salomlashish va xayrlashishda qo‘llaniladigan so‘zlardan foydalaniladi;  Nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, etiketni ifodalovchi birliklar qo‘llanilishi mumkin; Muloqotchilarning o‘zaro bir-birini tanishi norasmiy sharoitlarda belgilovchi omil hisoblanadi. Notanish yoki kam tanish bo‘lgan kishilar bilan suhbat norasmiy muloqotda etiket xarakteri bilan bog‘lanadi. Hatto notanish odam (mijoz, kliyent) ishtiroki ham u bilan bir xonada bo‘lgan kishidan rasmiy muloqot qoidalariga amal qilishni talab qiladi.