NUTQNING YARATILISHI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

1

Hajmi:

28.5 KB
NUTQNING  YARATILISHI  
 
Reja:
1. Ch. Osgudning til darajasi nazariyasi
2.  L.S.Vigotskiy modeli
3.  A.R. Luriya modeli
4.  A.A. Leontev modeli 1. Ch. Osgudning til darajasi nazariyasi
Charlz   Osgud   nutqning   yaratilishi   va   nutqni   idrok   qilish   masalalarini   til
darajasi nazariyasi nuqtayi nazaridan hal qilishga urindi. U til darajasi nazariyasini
taklif   qilar   ekan,   nutqning   yaratilish   jarayonida   (nutqni   kodlashda)   quyidagi   to‘rt
bosqichning mavjudligini taxmin qiladi: 
1.   Motivatsiya   bosqichi   (motivational   level).   Motivatsiya   bosqichining
birligi   sifatida   keng   nogrammatik   tushunchadagi   gap   tushuniladi.   Bu   bosqichda
so‘zlovchi tomonidan umumiy xarakterdagi qarorlar qabul qilinadi: 
a) gapirish yoki gapirmaslik; 
b)   agar   gapiriladigan   bo‘lsa,   qanday   shaklda   –   darak,   so‘roq   yoki   buyruq
shaklida; 
d)   agar   shakl   tanlangan   bo‘lsa,   uni   gapda   ifodalash   uchun   qanday
vositalardan foydalanish kerak – masalan, faol yoki nofaol shakl; 
e) mantiqiy urg‘uda nima ajratiladi, intonasiyaning qanday modeli tanlanadi.
2. Semantik bosqich  (semantic level).  Mazkur bosqichda so‘zlovchi gapdagi
muayyan   ketma-ketlikdagi   so‘zlarni   –   funksional   guruhlarni   tartibi   bilan   ajratadi.
Osgudga ko‘ra, har qanday gap kodlangan birliklarga ajralishi mumkin:  
Talantli rassom – qiziqarli rasm – chizyapti . 
3.   Ketma-ketlik   bosqichi   (sequentional   level).   Ushbu   bosqichning   birligi
semantik   birlik   emas,   balki   so‘z,   ya’ni   fonetik   so‘zdir.   Kodlash   jarayonining   bu
bosqichida ketma-ketlik sifatida quyidagi mexanizmlar ishtirok etadi:
a) tovushlar ketma-ketligini aniqlash; 
b)   “katta   segmentlar”   bilan   ish   ko‘radigan   grammatik   ketma-ketliklar
mexanizmi.  
4.   Integratsion   bosqich   (integrational   level).   Mazkur   bosqichning   birligi
sifatida   bo‘g‘in   ishtirok   etadi.   Bu   bosqichda   kodlashning   motor   mexanizmlari
faoliyat ko‘rsatadi va o‘rganib chiqilgan ifodaning tovush tomoni shakllanadi. 
Taqdim   qilingan   ushbu   model   nutqning   yaratilish   jarayoni   haqida   umumiy
tasavvur beradigan dastlabki urinish edi.    2.   L.S.Vigotskiy modeli 
    L.S.Vigotskiy   nutq   yaratilishi   jarayonining   mohiyatini   aniqlash   uchun
“fikrdan ma’noga, ma’nodan so‘zga” degan ta’limotni ilgari surdi.  L.S.Vigotskiyga
ko‘ra,   “Markaziy   g‘oya   umumiy  formulada   ifodalanishi   mumkin:   fikrning  so‘zga
nisbatan munosabati, avvalo, narsa emas, jarayondir. Bu munosabat fikrdan so‘zga
va aksincha,  so‘zdan fikrga    bo‘lgan harakatdir... Fikrning ushbu yo‘nalishi  ichki
harakat sifatida qator rejalar orqali amalga oshadi...” 1
.  
L.S.Vigotskiyning   “ichki   so‘z”   haqidagi     g‘oyasi   ichki   nutq   to‘g‘risidagi
fikrlarning   rivojlanishiga   katta   ta’sir   ko‘rsatdi.     Un ga  ko‘ra,    ichki   nutq     “fikr   va
so‘z   o‘rtasidagi   dinamik   munosabatlar   oralig‘i   bo‘lgan   botiniy   nutqning   alohida
ichki rejasidir”. Olim ichki nutqning quyidagi xususiyatlarini qayd qiladi:
- u fonasiyadan, ya’ni tovushlarning talaffuz qilinishidan xoli;
- u predikativ (ega tushiriladi va unda har doim kesim mavjud) bo‘ladi;
- u qisqartirilgan nutq (so‘zsiz nutq)dir 2
. 
Oxirgi   xususiyatni   o‘rganish   jarayonida   L.S.Vigotskiy   ichki   nutq
semantikasining   shunday   o‘ziga   xosliklarini   ta’kidlaydi:   ma’noning   so‘zdan
ustunligi;   so‘z   ma’nolarining   qo‘shilib   ketishi;   ichki   nutq   semantikasining   so‘z
semantikasi bilan mos kelmasligi. 
“Har   qanday   fikr,   -   deb   yozadi   L.S.Vigotskiy,   nimanidir   nima   bilan
bog‘lashga   intiladi   va   harakatga   ega   bo‘ladi.   Fikrning   mazkur   oqimi   va   harakati
yoyiq   nutq   bilan   bevosita   va   bilvosita   mos   kelmaydi.   Chunonchi,   fikr   birligi   va
nutq   birligi   nomutanosibdir”.   Olimning   qarashicha,   “ichki   nutqni   tashqi   nutqqa
o‘tishi   predikativ   va   idiomatik   nutqning   boshqalar   uchun   tushunarli,   sintaktik
bo‘lakli nutqqa aylanadigan murakkab dinamik transformatsiyadir”.
L.S.Vigotskiy ni ng fikricha,  fikr   nutqqa aylanguncha  bir  necha  bosqichlarni
o‘tishi lozim. 60-70-yillarda rus psixolingvistikasi tomonidan ishlab chiqilgan nutq
yaratilishining   barcha   psixolingvistik   modellarida   L.S.Vigotskiy   tomonidan   taklif
1  Выготский Л.С. Мышление и речь // Собр. соч.: в 8 т. –М., 1982. Т.2. –С. 305.  
2   Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. – C . 81.  qilingan  ta’limotning  rivojlantirilganligi   va  aniqlashtirilganligini   ko‘rish  mumkin.
Binobarin,   nutq   yaratilishining   birinchi   bosqichi   uning   motivatsiyasidir.   Nutq
yaratilishining   ikkinchi     bosqichi   fikr   bo‘lib,   u   nutqiy   maqsad   (niyat)
tushunchasiga   mos   keladi.   Uchinchi   bosqich   fikrning   ichki   so‘z   vositasida
ifodalanishi   bildirib,   u   zamonaviy   psixolingvistikada   nutqiy   ifodaning   ichki
dasturlanishiga   muqobil   bo‘ladi.   To‘rtinchi   bosqich   fikrning   tashqi   so‘zlarning
ma’nolari   orqali   ifodalanishi   yoki   ichki   dasturning   amalga   oshishidir.   Vanihoyat,
oxirgi   beshinchi   bosqich   fikrning   so‘zlar   vositasida   ifodalanishi   yoki   nutqning
akustik-artikulyatsion amalga oshishidir.   3.   A. R. Luriya modeli
  L.S.Vigotskiy  nutq yaratilishining  shakllangan  modelini  taklif  qilmagandi,
u faqat umumiy psixologik tamoyillarnigina ko‘rsatib bergandi. L.S.Vigotskiyning
g‘oyalari   keyinchalik   neyrolingvistika   yo‘nalishiga   asos   solgan   rus   psixologi
Aleksandr   Romanovich   Luriya   (1902-1977)   tomonidan   rivojlantirildi.   Olim
ifodaning dinamik sxemasi haqidagi ta’limotni ishlab chiqadi. Unga ko‘ra, mazkur
dinamik sxema ifoda fikr bosqichining qismi hisoblanadi. 
A.R.   Luriya   modelida   ifoda   shakllanishining   markaziy   muammosi   fikrning
ma’noga   aylanishidir.   Nutqiy   ifodaning   yaratilishi   bir   necha   bosqichlarni   o‘z
ichiga oladi. Jaryonning boshida motiv turadi. Undan so‘ng fikr paydo bo‘ladi va u
keyinroq   ifodaga   aylanadi.   So‘ng   jarayonga   ichki   nutq   qo‘shiladi   va   u   botiniy
sintaktik   strukturalarning   shakllanishiga   olib   keladi.   Vanihoyat,   zohiriy   sintaktik
strukturalarga asoslangan tashqi yoyiq nutqiy ifodalar yuzaga keladi 3
. 
A.R.   Luriya   modelidagi   bosqichlarning   batafsil   izohini   quyidagicha
ko‘rsatish mumkin:        
1. Birinchi bosqich “semantik qayd” yoki chiqish sxemasidir. Semantik qayd
“keyinchalik   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘langan   so‘zlar   tizimiga   aylanishi   lozim
bo‘lgan   yig‘iq   nutqiy   ifoda   xususiyatiga   ega   bo‘ladi”.   Ifodaning   chiqish   sxemasi
yoki “semantik qaydi” ikki qism: tema va remadan tarkib topadi. Nutqiy ifodaning
chiqish   sxemasiga   aylanishi   ichki   nutq   vositasida   amalga   oshiriladi.   Boshqacha
aytganda,   nutq   yaratilishining   dastlabki   jarayonida   sxema   o‘ta   yig‘iq   va
bo‘laklarga ajralmagan bo‘lib, uning  birliklar majmuyiga aylanishi keyinroq sodir
bo‘ladi.  
2.   Ichki   nutq.   Nutqiy   ifoda   shakllanishining   ushbu   bosqichida   ichki   fikr
“nutqiy   ma’nolarning   yoyiq   sintaktik   tizimiga”   o‘tadi.   “Semantik   qayd”ning
birgalik   sxemasi   bo‘lajak   yoyiq   sintaktik   ifodaning   tarkibiy   strukturasida   qayta
kodlashadi. 
3.   Yoyiq   nutqiy   ifodaning   shakllanishi.   A.R.Luriyaning   fikricha,   yoyiq
nutqiy ifoda bir tomondan, muloqot va xabarni uzatish jarayoniga kiritilgan bo‘lsa,
3   Лурия А.Р. Речь и мышление. –М., 1975. boshqa   tomondan,   “uning   tarkibiga   bir   emas,   balki   o‘zaro   aloqadagi   bir   necha
gaplar   silsilasi   kiradi”.   Olimning   ta’kidlashicha,   yoyiq   nutqiy   ifoda   tarkibiga
kiradigan   ibora   yoki   gaplarni   kontekstdan   tashqarida   o‘rganish   mumkin   emas.
Bundan   tashqari,   yoyiq   ifoda   tarkibiga   kiruvchi   gaplar   referent   ma’no   (til   birligi
ifodalaydigan tushuncha – Sh.Usmanova)  bilan birga, muloqot  jarayonida yuzaga
chiqadigan  ijtimoiy-kontekst   ma’nolariga  ham  ega  bo‘ladi. Aynan  shuning  uchun
ham “ifoda shakllanish jarayonini lingvistik tahlil qilishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi.
Bu  jarayonni   muloqot   vaziyati,  so‘zlovchining  motivi,  xabarning  mazmuni   va  bu
xabarga   tinglovchining   munosabati   va   h.k.   hisobga   olgan   holda   keng   qamrovli
psixologik (hatto ijtimoiy-psixologik) tahlil qilish lozim bo‘ladi” 4
. 
Qayd   qilingan   barcha   xususiyatlar   A.R.Luriyaga   nutqiy   ifodani   boshqa
psixik   faoliyatlar   kabi   psixologik   strukturaga   ega   bo‘lgan   nutqiy   faoliyatning
alohida turi sifatida tadqiq qilishiga asos berdi.  
Shunday qilib, A.R.Luriyaga ko‘ra, nutqiy ifoda o‘zining motivlari, chiqish
vazifalari ega bo‘lgan muayyan faoliyat turidir. 
 
 4.  A. A. Leontev modeli
A.A. Leontev modelining mohiyatini to‘liq tushunish uchun uning fiziologik
aktivlik   nazariyasiga   e’tibor   qaratgani   xususida   to‘xtalib   o‘tish   maqsadga
muvofiqdir.   A.A.   Leontev   aktivlik   nazariyasini   (individ   faoliyatining)   reaktivlik
nazariyasiga (S-R) qarama-qarshi qo‘ydi.
Hayvonlar   va   insonlarning   faoliyati   muayyan   maqsadga   erishishga
yo‘naltirilgan   bo‘ladi.   Masalan,   trolleybus   bekatiga   borish   maqsadini     (N.A.
Bernshteynning   harakat   fiziologiyasidan)   olaylik.   Mazkur   maqsadga   erishish
uchun   oldindan   dastur   tuziladi.   Dastur   bir   nechta   tadbirlarni   o‘z   ichiga   oladi
(uydan   chiqish,   zinadan   tushish,   yo‘lakdan   chiqish,   hovlidan   o‘tish,   ko‘chaga
chiqish va h.k.). Inson ko‘zlagan maqsadiga erishishi uchun har doim eng maqbul
yo‘lni tanlaydi. Bunda insonga tabiatni o‘zi ham ko‘maklashadi.  Chunonchi, inson
uchun   tabiatan   orqaga   emas,   balki   oldinga   (o‘z   tanasining   yo‘nalishiga   ko‘ra)
4   Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. – C . 82-83.  harakatlanish   qulay.   Trolleybus   bekatiga   borguncha   “oyoqni   yerdan   uzish”,   “uni
oldinga   tashlash”,   “tana   og‘irligini   oldinga   tashlash”   va   h.k   vazifalarni   bajarish
kerak   bo‘ladi.   Lekin   kattalar   bu   harakatlarni   bajarayotganda,   ya’ni     yurib
ketayotganda nima qilayotganliklari   haqida o‘ylashmaydi. Chunki  ularda bunday
harakatlar   avtomatlashgan   bo‘ladi.   Biroq   har   doim   ham   bunday   bo‘lmaydi.
Binobarin,   endigina   tetapoya   qilayotgan   bola   oyoqni   qanday   qilib   yerdan   uzish,
oyoqni qayerga qo‘yish, qanday qilib muvozanatni saqlash, yiqilib tushmaslik kabi
vazifalarni   hal   qilishiga   to‘g‘ri   keladi.   Yoki   kattalarda   ham   ayni   holat   kuzatilishi
mumkin.       Masalan, u sirpanchiq, muzli yo‘lda ketayotganida odatdagidek tezroq
trolleybus   bekatiga   yetib   olishni   emas,   balki   muzda   yiqilmasdan   muvozanatni
saqlab qadam bosish haqida o‘ylaydi.
  Faoliyatning   yuqori   va   quyi   bosqichi   farq   qiladi.   Keltirilgan   misolda   quyi
bosqichda   nimadir   “to‘xtab   qoldi”,   bunday   holatda   kishi   vaqtinchalik   yuqori
bosqichni   nazorat   qila   olmaydi   va   u   quyi   bosqichga   tushadi.   Ayni   holat   nutqiy
muomalada   ham   kuzatiladi.   Nutqiy   faoliyat   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘langan
jarayonlar   natijasidir.   Har   bir   bosqichning   o‘z   vazifasini   to‘la-to‘kis   mustaqil
bajarishi   to‘g‘ri   matnlarning   yaratilishi   bilan   yakunlanadi.   Kishi   o‘z   ona   tilini
yaxshi   bilganda,   uning   nutqiy   muomalasining   yuqori   bosqichi   –   bu   strategik,
aloqaviy   nutq   bosqichi   bo‘ladi.   U   nutq   tuzilishini   to‘la   nazorat   qila   oladi.   Bunda
nutqdagi  so‘zlar   o‘z-o‘zidan quyilib  keladi. Aytaylik,  u tutilib qoldi,  biron  so‘zni
esidan   chiqarib   qo‘ydi   yoki   mos   bir   so‘z   izlayapti.   Bunday   holatda   semantik
doirada   so‘z   tanlash   yuqori   bosqich   hisoblanadi.   Agar   so‘zlovchi   biron   so‘zning
talaffuzida   urg‘uning   qaysi     bo‘g‘in   berishga   ikkilansa,   u   holda,   nazorat   quyi
bosqichga tushadi.   
Demak,   yuqori   bosqich   tushunchasi   o‘zgaruvchan,   shartli   bo‘ladi.   Har
qanday   quyi   bosqich   yuqori   bo‘lishi   mumkin.   Nutqning   bunday   qarama-qarshi
xususiyatidan til egasining so‘zga qarama-qarshi munosabatini ko‘rsatish mumkin.
So‘z bir tomondan, biron yoyiq matnning yaratilishidagi qism, unsur hisoblanadi.
Boshqa   tomondan,   kishi   ongli   nazorat   mexanizmini   o‘zgartirganda,   u   so‘zdan
foydalanish   amalidan   so‘zni   anglash   amaliga   o‘tadi.   Tabiiyki,   qayd   qilingan qarama-qarshilik   nafaqat   so‘zga,   balki   sintaktik   konstruksiyalar,   morfemalar,
fonemalar, intonatsiyalar va h.k.ga ham xosdir 5
. 
1960-yilning oxirlariga  kelib,  A.A. Leontev  T.V. Ryabova (Axutina) bilan
birgalikda     ifoda   yaratilishining   mufassal   modelini   ishlab   chiqdi.   Mazkur
modelning o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
1.   L .S .   V i g ot sk i y ni ng   g‘ o ya si ga   t a ya ng an     holda   tahlil   elementlar
asosida   emas,   balki   birliklar   asosida   amalga   oshiriladi.   Tadqiqotning   asosiy
predmeti sifatida matnning segmenti emas, faoliyatning barcha xususiyatlariga ega
bo‘lgan ayrim oddiy harakatlar, oddiy “hujayra” olinadi. Masalan, ifodani bunday
“hujayra”   hisoblash   mumkin.     Shuning   uchun   ham   model   ifoda   modeli   sifatida
tuziladi.
2. N.A Bernshteyn tomonidan ajratilgan faoliyatning barcha xususiyatlarini
hisobga   olish   lozim.   Bunda   birinchidan,   ifoda   tuzilishiga   ko‘ra   faoliyatning   uch
bosqichi   nazarda   tutiladi:   dasturni   rejalashtirish;     dasturni   amalga   oshirish;
qiyoslash   (nazorat,   kerak   bo‘lganda   tahrir   qilish).   Ikkinchidan,   harakatning
muayyan   maqsadga   qaratilganligi   va   motivlanganligi:   inson   faqat   biron   narsaga
munosabat   bildirish   uchun   gapirmaydi,     u   o‘z   faoliyatini,   xususan,   nutqiy
faoliyatini   muayyan   maqsadni   ko‘zlab   amalga   oshiradi.   Uchinchidan,   fiziologik
tuzilishning   darajali   g‘oyalari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   harakatning   psixofiziologik
shartlangan pog‘onali tuzilishi.  
3.   Evristik.   Chunonchi,   psixolingvistika   insonning   nutqiy   faoliyatini   uning
boshqa   aqliy   va   ruhiy   qobiliyatlari   bilan   bir   qatorda   o‘rganadi.   Ifoda   yaratilishi
modeli   mohiyatan   evristik   faoliyatdir.   Ya’ni   inson   u   yoki   bu   strategiyadan
foydalanishi, o‘ziga ma’qul bo‘lgan yo‘lni tanlashi mumkin.  
4.   Kelajakni   oldindan   aytish   (prognoz   qilish)   ehtimolligi   mexanizmini
hisobga   olish.   Inson   o‘zi   bo‘lishni   xohlagan   kelajakni   oldindan   aytadi.   Bu   har
qanday   faoliyatning,   jumladan,   nutqiy   faoliyatning   ham   tamoyilidir.   Oldindan
aytish   har   doim   ba’zi   ehtimollarni   taxmin   qiladi.   Agar   kishi   qandaydir   matn
5  Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. -Л., Изд. ЛГУ, 1989. –С. 41-43.  yaratmoqchi bo‘lsa, u o‘zi aytmoqchi bo‘lgan narsaning o‘zi xohlaganday ifodalab
berishiga 100% ishona olmaydi.  
A.A.   Leontev   va     T.V.   Ryabovalarning     modeli   quyidagi   bosqichlardan
iborat: 
1. Ifodaning   grammatik-cemantik   tomonlarini   dasturlash .   Bu   bosqichda
birinchi navbatda ichki dastur tuziladi, shuningdek, mazkur dasturni  ichki nutqdan
farqlash   lozim   bo‘ladi.   Ichki   dasturlash   nutqiy  faoliyatining  eng   botiniy  mavhum
bosqichini namoyon qiladi. Ichki dasturlashda muayyan aniq til bilan emas, balki
nutqni   bo‘laklarga   ajratishga,   ifodalarni   yaratishga   qaratilgan   qandaydir
umuminsoniy qobiliyatlar bilan bog‘liq elementlar mavjud bo‘lishi mumkin. Ichki
dasturlash   bosqichining   realligini   nutqiy   buzilish   ma’lumotlari   ham   isbotlashi
mumkin.   Jumladan,   dinamik   afaziya   holatlarida   bemorlarda   ichki   dasturning
yo‘qligi   bois   ular   xotiralaridagi   so‘z   boyliklaridan   kerakli   so‘zlarni   topa
olmaydilar,   boshqa   bir   guruh   bemorlar   so‘zlarni   ajratib   olsalar   ham   ularning
morfologik shakllarini aniqlashda qiyinchiliklar sezadilar, yana bir guruh bemorlar
sintaktik qurilmalar tanlashda ojizlik qiladilar va h.k.
Birinchidan,   dastur   strukturasining   chiziqli   xususiyatga   egaligi   taxmin
qilinadi. Bu tabiiy bir hol, chunki insonning tashqi nutqi ham chiziqli xususiyatga
ega. Ikkinchidan, dastur  korrelyat (o‘zaro bog‘langan, munosabatdor  bo‘lgan ikki
yoki   undan   ortiq   til   birliklaridan   biri)   so‘zlarni   emas,   balki   yirik   korrelyatlar
hisoblangan   subyekt,   predikat   va     obyekt   (ya’ni   kimdir   nimagadir   yo‘nalgan
nimadir  qiladi)ni   o‘z  ichiga   oladi.  Uchinchidan  dasturning  strukturasi  so‘zlarning
ijtimoiy mustahkamlangan ma’nolari bilan emas, balki shaxsiy “mazmunlar” bilan
bog‘liq   bo‘ladi.   To‘rtinchidan,   ichki   dasturlash   mohiyatan   predikatsiya   aktlarini,
ya’ni nimaning nima bilandir bog‘lanish amallarini namoyon etadi.
Demak, ichki dasturlash shunchaki bir turdagi elementlarning ketma-ketligi
bo‘lmay,   balki   ularning   bog‘lanish   tizimi,   qator   predikativ   amallardir.   Predikativ
amallar  tun, sukunat, qahraton  singari   so‘zlar majmuyini  Tun. Sukunat. Qahraton.
kabi     gaplar   tizimidan   ajratadi.   Masalan,   tun   –   oddiy   so‘z   bo‘lmasdan,   balki   tun
bo‘lganini tasdiqlashdir.  2.   Ifodaning   grammatik   realizatsiyasi   va   so‘z   tanlash.   Mazkur   bosqichda
so‘zlovchi   aniq   til   tomon   jiddiy   qadam   tashlaydi,   shuning   uchun   ham   u   tilni
yaxshi,   hech   bo‘lmaganda   yetarli   darajada   bilishi   lozim   bo‘ladi.   Biroq   ushbu
bosqichda   qat’iy   majburiy   amallar   yo‘q.   Kishi   nutq   yaratish   uchun   oldin   so‘z
tanlab oladi  va unga mos morfologik shaklni aniqlaydi yoki bu amal aksincha ham
bo‘lishi mumkin. Bu kommunikatsiyaning xususiyatiga bog‘liq.
3.  Sintagmalarni motorli dasturlash.   Bu bosqich fonetik, tovush dasturlarini
tuzish, tovush tanlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Ana shundan keyin “chiqish”ga motor
komandasi beriladi. Ya’ni ifoda ovoz va nutq organlari ishtirokida talaffuz qilinadi.
 Xullas, nutq yaratilishi bir qancha murakkab ruhiy va jismoniy jarayonlarni
o‘z ichiga oladi.  Demak, nutq – faoliyatdir. Har qanday faoliyat biron motiv bilan
bog‘liq. Inson o‘z niyatini amalga oshirish yo‘lida harakat  qiladi. Har bir  harakat
o‘z   oldiga   biror   maqsadni   qo‘yadi:   bir   yoki   bir   necha   maqsadning   bajarilishi
niyatning   ushalishiga   olib   keladi.   Biron   maqsadni   amalga   oshirish   o‘z   navbatida
bir   qancha   tadbirlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Qisqasi,   niyatning   ushalishi   birin-ketin
ma’lum tartibda joylashgan bosqichlardagi faoliyatlar yig‘indisi bilan bog‘liq. 
Faoliyatning   ikkita   yetakchi   va   yordamchi   turlari   farqlanadi.   Yetakchi
faoliyatning   bajarilishi   ong   ishtirokida,   yordamchi   faoliyatning   bajarilishi   ong
ishtirokisiz   amalga   oshiriladi.   Nutqning   paydo   bo‘lishining   boshlang‘ich   nuqtasi
ruhiy, yakuniy nuqtasi jismoniydir, chunki u nutq organlarining harakati natijasida
sodir   bo‘ladi.   Ana   shu   ikki   nuqta   orasidagi   jarayon   psixolingvistikani
qiziqtiradigan masaladir.
Yuqorida   ko‘rib   chiqilgan   nutq   yaratilishi   nazariyalari   va   modellari   bir-
biriga   juda   yaqin   bo‘lib,   mohiyatan   ular   bir-birini   to‘ldiradi.   Ularni
umumlashtirgan   holda   shunday   ko‘rsatish   mumkin:   motiv←botiniy   semantik
bosqich→zohiriy semantik bosqich→botiniy sintaktik bosqich→ zohiriy sintaktik
bosqich←botiniy   morfologik   bosqich→zohiriy   morfologik   bosqich→botiniy
fonologik bosqich va nihoyat fonetik bosqich.  
Shunday   qilib,   nutq   yaratilishi   jarayoni   so‘zlovchining   muayyan   qoidalar
asosida o‘z fikrlarini aniq tilning nutqiy birliklariga uzatishi bilan yakunlanadi.   ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar:
1 .   Usmanova   Sh.     “Psixolingvistika”   fanidan   ma’ruza   kurslari .   – Toshkent:
Universitet, 2014.
2.   Usmanova   Sh.     Psixolingvistika.   O‘quv   qo‘llanma.   – Toshkent:   Universitet,
2015. (Elektron variant).
3 . Belyanin V. P. Psixolingvistika.  Uchebnoe posobie.  –M.: Flinta, 2008.
4. Gluxov V.P. Osnovы p sixolingvistiki.  Uchebnoe posobie.   – M.:  ACT: Astrelь,
2008.
5 .   Karaseva   O.F.,   Safonova   O.A.     Psixolingvistika:   novыe   texnologii   analiza
poeticheskogo teksta. Uchebnoe posobie.  – Krasnodar, 2012. 
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6 .   Axutina   T.V.   Porojdenie   rechi.     Neyrolingvisticheskiy   analiz   sintaksisa.   -   M.:
MGU, 1989. 
7.   Baskakov   N.A.,   Sodiqov   A.S.,   Abduazizov   A.A.   Umumiy   tilshunoslik.   –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979. 
8.   Batov   V.I.   O   sudebnoy   psixologo-lingvisticheskoy   ekspertize   //Voprosы
sudebno-psixologicheskoy ekspertizы. –M., 1974.
9 . Belikov V. I., Krыsin L. P.  Sotsiolingvistika. –M., 2001.
1 0 .   Bыkova   G.   V.,   Fraerl   V.   L.   Lakunы   russkogo   yazыka.   Pod   nauch.   red.   I.A.
Sternina. – Blagoveщensk: Izd-vo BGPU, 2008.

NUTQNING YARATILISHI Reja: 1. Ch. Osgudning til darajasi nazariyasi 2. L.S.Vigotskiy modeli 3. A.R. Luriya modeli 4. A.A. Leontev modeli

1. Ch. Osgudning til darajasi nazariyasi Charlz Osgud nutqning yaratilishi va nutqni idrok qilish masalalarini til darajasi nazariyasi nuqtayi nazaridan hal qilishga urindi. U til darajasi nazariyasini taklif qilar ekan, nutqning yaratilish jarayonida (nutqni kodlashda) quyidagi to‘rt bosqichning mavjudligini taxmin qiladi: 1. Motivatsiya bosqichi (motivational level). Motivatsiya bosqichining birligi sifatida keng nogrammatik tushunchadagi gap tushuniladi. Bu bosqichda so‘zlovchi tomonidan umumiy xarakterdagi qarorlar qabul qilinadi: a) gapirish yoki gapirmaslik; b) agar gapiriladigan bo‘lsa, qanday shaklda – darak, so‘roq yoki buyruq shaklida; d) agar shakl tanlangan bo‘lsa, uni gapda ifodalash uchun qanday vositalardan foydalanish kerak – masalan, faol yoki nofaol shakl; e) mantiqiy urg‘uda nima ajratiladi, intonasiyaning qanday modeli tanlanadi. 2. Semantik bosqich (semantic level). Mazkur bosqichda so‘zlovchi gapdagi muayyan ketma-ketlikdagi so‘zlarni – funksional guruhlarni tartibi bilan ajratadi. Osgudga ko‘ra, har qanday gap kodlangan birliklarga ajralishi mumkin: Talantli rassom – qiziqarli rasm – chizyapti . 3. Ketma-ketlik bosqichi (sequentional level). Ushbu bosqichning birligi semantik birlik emas, balki so‘z, ya’ni fonetik so‘zdir. Kodlash jarayonining bu bosqichida ketma-ketlik sifatida quyidagi mexanizmlar ishtirok etadi: a) tovushlar ketma-ketligini aniqlash; b) “katta segmentlar” bilan ish ko‘radigan grammatik ketma-ketliklar mexanizmi. 4. Integratsion bosqich (integrational level). Mazkur bosqichning birligi sifatida bo‘g‘in ishtirok etadi. Bu bosqichda kodlashning motor mexanizmlari faoliyat ko‘rsatadi va o‘rganib chiqilgan ifodaning tovush tomoni shakllanadi. Taqdim qilingan ushbu model nutqning yaratilish jarayoni haqida umumiy tasavvur beradigan dastlabki urinish edi.

2. L.S.Vigotskiy modeli L.S.Vigotskiy nutq yaratilishi jarayonining mohiyatini aniqlash uchun “fikrdan ma’noga, ma’nodan so‘zga” degan ta’limotni ilgari surdi. L.S.Vigotskiyga ko‘ra, “Markaziy g‘oya umumiy formulada ifodalanishi mumkin: fikrning so‘zga nisbatan munosabati, avvalo, narsa emas, jarayondir. Bu munosabat fikrdan so‘zga va aksincha, so‘zdan fikrga bo‘lgan harakatdir... Fikrning ushbu yo‘nalishi ichki harakat sifatida qator rejalar orqali amalga oshadi...” 1 . L.S.Vigotskiyning “ichki so‘z” haqidagi g‘oyasi ichki nutq to‘g‘risidagi fikrlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Un ga ko‘ra, ichki nutq “fikr va so‘z o‘rtasidagi dinamik munosabatlar oralig‘i bo‘lgan botiniy nutqning alohida ichki rejasidir”. Olim ichki nutqning quyidagi xususiyatlarini qayd qiladi: - u fonasiyadan, ya’ni tovushlarning talaffuz qilinishidan xoli; - u predikativ (ega tushiriladi va unda har doim kesim mavjud) bo‘ladi; - u qisqartirilgan nutq (so‘zsiz nutq)dir 2 . Oxirgi xususiyatni o‘rganish jarayonida L.S.Vigotskiy ichki nutq semantikasining shunday o‘ziga xosliklarini ta’kidlaydi: ma’noning so‘zdan ustunligi; so‘z ma’nolarining qo‘shilib ketishi; ichki nutq semantikasining so‘z semantikasi bilan mos kelmasligi. “Har qanday fikr, - deb yozadi L.S.Vigotskiy, nimanidir nima bilan bog‘lashga intiladi va harakatga ega bo‘ladi. Fikrning mazkur oqimi va harakati yoyiq nutq bilan bevosita va bilvosita mos kelmaydi. Chunonchi, fikr birligi va nutq birligi nomutanosibdir”. Olimning qarashicha, “ichki nutqni tashqi nutqqa o‘tishi predikativ va idiomatik nutqning boshqalar uchun tushunarli, sintaktik bo‘lakli nutqqa aylanadigan murakkab dinamik transformatsiyadir”. L.S.Vigotskiy ni ng fikricha, fikr nutqqa aylanguncha bir necha bosqichlarni o‘tishi lozim. 60-70-yillarda rus psixolingvistikasi tomonidan ishlab chiqilgan nutq yaratilishining barcha psixolingvistik modellarida L.S.Vigotskiy tomonidan taklif 1 Выготский Л.С. Мышление и речь // Собр. соч.: в 8 т. –М., 1982. Т.2. –С. 305. 2 Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. – C . 81.

qilingan ta’limotning rivojlantirilganligi va aniqlashtirilganligini ko‘rish mumkin. Binobarin, nutq yaratilishining birinchi bosqichi uning motivatsiyasidir. Nutq yaratilishining ikkinchi bosqichi fikr bo‘lib, u nutqiy maqsad (niyat) tushunchasiga mos keladi. Uchinchi bosqich fikrning ichki so‘z vositasida ifodalanishi bildirib, u zamonaviy psixolingvistikada nutqiy ifodaning ichki dasturlanishiga muqobil bo‘ladi. To‘rtinchi bosqich fikrning tashqi so‘zlarning ma’nolari orqali ifodalanishi yoki ichki dasturning amalga oshishidir. Vanihoyat, oxirgi beshinchi bosqich fikrning so‘zlar vositasida ifodalanishi yoki nutqning akustik-artikulyatsion amalga oshishidir.

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz