logo

O‘simliklarning noqulay omillari ta’siriga chidamliligi

Yuklangan vaqt:

17.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

175.5 KB
O‘simliklarning noqulay omillari  ta’siriga  chidamliligi 
REJA:
1. Noqulay omillar ta’sirida o‘simliklarda paydo bo‘ladigan nospesifik 
o‘zgarishlar - stresslar.
2. O‘simliklarning suv tanqisligi va qurg‘oqchilikka ,   i ssiqlikka chidamliligi. 
3. O‘ simliklarning s ovuqqa va o‘ta sovuqqa , qishga   chidamliligi.
4. O‘simliklarning  tuproq sho‘rlanishi va sho‘rga chidamliligi. 
5. O‘simliklarning   zaharli   gazlar,   ksenobiotiklar   va   radiasiya   ta’siriga
chidamliligi. 
6. O‘simliklarni kasalliklarga chidamliligi. Noqulay   omillar   ta’sirida   o‘simliklarda   paydo   bo‘ladigan   nospesifik
o‘zgarishlar  -  stresslar.   Tashqi  muhitning noqulay  omillari  ta’siri  qisqa  va uzoq
muddatli bo‘lishi mumkin. Evolyusiya davomida bunday noqulay omillar ta’siriga
o‘simliklar   moslasha   boradi.   O‘simlik   to‘qimalarida   o‘ziga   xos   fiziologik-
biokimyoviy   o‘zgarishlar   roy   beradi,   natijada   o‘simlik   shu   sharoitga   moslasha
boradi va kelajak avlodlarning noqulay sharoitga bo‘lgan chidamliligi orta boradi.
Ya’ni   o‘zlarini   himoyalash   qobiliyati   paydo   bo‘lib,   ular   rivojlana   boradi.
O‘simlikning   aniq   bir   yashash   muhitiga   moslashuvi   adaptasiyalanish   deyiladi.
Bunday   funksiyalarning   mavjudligi   barcha   fiziologik   jarayonlar   kabi   zaruriy
hisoblanadi.   Noqulay   omillarning   qisqa   yoki   uzoq   muddatli   ta’siriga
moslashmagan   o‘simliklarning   metabolitik   jarayonlari   kuchli   zararlanadi   va   ular
nobud bo‘lishlari mumkin.
Noqulay   omillar   ta’siridan   organizmda   paydo   bo‘ladigan   nospesifik
o‘zgarishlar yig‘indisi -  stress  bo‘lib, bu o‘zgarishlarni royobga keltiradigan kuchli
ta’sir   etuvchi   omillar   stressorlar   deyiladi.   O‘simliklar   tanasida   stressni   royobga
keltiruvchi omillarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin:
1. Fizikaviy   -   suv   yetishmasligi   yoki   ortiqligi,   yorug‘lik   va   haroratlarning
o‘zgarishi, radioaktiv nurlar va mexanik ta’sirlar.
2. Kimyoviy – har xil tuzlar, gazlar, gerbisidlar, fungisidlar, sanoat  chiqindilari
va boshqalar.
3. Biologik   –   shikastlovchi   hasharotlar   patogen   mikroorganizmlar,   parazitlar,
boshqa o‘simliklar bilan konkurensiya va boshqalar.
O‘simliklarning   stressorlar   ta’siriga   chidamliligi   o‘sish   va   rivojlanish
bosqichlarida ham har xil bo‘ladi. Tinim davrida ularning chidamliligi eng yuqori
bo‘ladi.   Eng   chidamsizlik   –   o‘simliklarning   yosh   maysalarida   kuzatiladi.
Keyinchalik   o‘simliklarning   o‘sish   va   rivojlanishi   bilan   bir   qatorda   ularning
chidamlilik   darajasi   ham   pishib   yetilish   bosqichigacha   ortib   boradi.   Ammo
o‘simliklarning   gullash   fazasi,   ayniqsa   gametalarning   shakllanish   muddati   ham
kritik   sanaladi.   Chunki   bu   muddatda   o‘simliklar   stressorlar   ta’siridan   kuchli
zararlanishi va hosildorlikni keskin kamaytirishi mumkin.
2 Kuchli   va   tez   ortib   borayotgan   stressorlar   ta’siridan   paydo   bo‘ladigan
nospesifik jarayonlarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
 Membranalar   o‘tkazuvchanligi   ortadi   va   membrana   potensiali   o‘zgarishi
natijasida, ionlar almashuvi ham buziladi.
 Sitoplazmaga Ca 2+ 
kirishi o‘zgaradi.
 Sitoplazmada pN nordonlik tomonga o‘zgaradi.
 Protoplazmaning qovushqoqligi ortadi.
 Kislorodning yutilishi va ATF sarflanishi kuchayadi.
 Gidrolitik jarayonlar tezlashadi. 
 Stress oqsillarning hosil bo‘lishi faollashadi .
 Plazmolemmadagi N + 
 - pompalarning faolligi ortadi.
 Etilen   va   ABK   sintezi   tezlashadi,   hujayralarning   bo‘linishi   va   o‘sishi
sekinlashadi, fiziologik va metabolitik jarayonlar o‘zgaradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan stress reaksiyalar istalgan stressorlar ta’siridan sodir
bo‘lishi   mumkin.   Ular   hujayra   strukturalarini   himoyalashga   va   noqulay
o‘zgarishlardan   saqlashga   qaratilgan(Polevoy,   1989).   O‘z   navbatida   nospesifik
o‘zgarishlar bilan bir qatorda spesifik o‘zgarishlar ham paydo bo‘ladi (ular haqida
keyingi konkret omillarning ta’sirini izohlashda to‘xtaymiz).
Noqulay   omillar   ta’siridan   hujayrada   uglevodlar   va   ayniqsa   prolin
(aminokislota)   miqdori   ham   ko‘payadi   va   himoya   reaksiyalarida   ishtirok   etadi.
O‘simliklarga   suv   yetishmaganida,   hujayra   sitoplazmasida   (arpa,   shpinat,   g‘o‘za)
prolin   konsentrasiyasi   100   martagacha   ko‘paygani   aniqlangan.   Prolin   oqsillarni
denaturasiyadan   saqlaydi.   Prolin   to‘planganda,   osmotik   faol   modda   bo‘lganligi
uchun, hujayrada suvni saqlashda ham xizmat qiladi.
Umuman, o‘simliklar noqulay muhitda yashaganda, ularning tanasida etilen
va   ABK   miqdori   ko‘payadi,   modda   almashinuv   jarayoni     pasayadi,   o‘sish   va
rivojlanish sustlashadi, qarish jarayonlari tezlashadi, to‘qimalarda auksin, sitokinin
va gibberellinlar miqdori kamayadi va tinimga o‘tish tezlashadi.
O‘simliklarning suv tanqisligi va qurg‘oqchilikka , issiqlikka  chidamliligi.
3 Suvning   yetishmasligi   o‘simliklarga   eng   ko‘p   zararli   ta’sir   etadi.   Suv
yetishmasligi   –   qurg‘oqchilik   dastavval   o‘simliklarning   suv   almashinuv
jarayonlariga salbiy ta’sir etadi va o‘simliklarning boshqa fiziologik jarayonlarida
(fotosintez,   nafas   olish,   ildiz   orqali   mineral   elementlarning   o‘zlashtirilishi,
o‘simliklar   tanasida   moddalar   transporti   va   boshqalar)   ham   namoyon   bo‘ladi.
Natijada, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi sekinlashadi yoki to‘xtab qoladi.
Qurg‘oqchilik uch xil, ya’ni  tuproq qurg‘oqchiligi ,  atmosfera qurg‘oqchiligi
va  fiziologik qurg‘oqchiliklar  bo‘ladi. 
Tuproq   qurg‘oqchiligi   asosan   yozning   o‘rtalari   va   oxirida   kuzatiladi.   Bu
vaqtlarda havoning issiq va quruq kelishi  natijasida tuproqdagi suv yer yuzasidan
va   o‘simliklardan   tez   bug‘lanib,   tuproqning   ko‘rib   qolishi   kuzatiladi.   Natijada
tuproq qurg‘oqchiligi boshlanadi.
Atmosfera qurg‘oqchiligi   – haroratning juda yuqori bo‘lib, havoning nisbiy
namligi   kam   (10-20%)   bo‘lishi   bilan   xarakterlanadi.   Bu   vaqtda   o‘simlikda
transpirasiya jarayoni juda jadal bo‘ladi. Natijada o‘simlikka suvning kelish tezligi
bilan undan suvning bug‘lanib chiqishi o‘rtasidagi muvozanat buziladi va o‘simlik
so‘liy   boshlaydi.   Issiq   va   quruq   shamol   (garmsel)   esganda   vujudga   keladigan
atmosfera   qurg‘oqchiligi   o‘simliklar   uchun   yanada   xavfliroq.   Garmsel   vaqtida
tuproqda   suvning   bo‘lishiga   qaramay,   o‘simlikning   yer   ustki   organlaridagi   suv
ko‘plab sarflanib, qurg‘oqchilikka chidamsiz o‘simliklar nobud bo‘ladi.
Fiziologik   qurg‘oqchilik   -   tuproqda   o‘simliklarni   ta’minlash   uchun   yetarli
miqdorda   suv   bo‘lsa   ham   uni   ayrim   sabablarga   ko‘ra   o‘simliklarning   o‘zlashtira
olmasligi   bilan   xarakterlanadi.   Bularga   tuproqda   tuzlarning   to‘planishi   (sho‘r
tuproqlar),   tuproq   haroratining   juda   past   bo‘lishi,   kuchli   nordon   reaksiyaga   ega
bo‘lgan tuproqlar (rN   3-5) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bunday tuproqlarda
ko‘pchilik   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   o‘sa   olmasliklarining   sabablaridan   biri
suvni o‘zlashtira olmaganligida.
Quruq   tuproqda   o‘simliklarning   suv   bilan   ta’minlanish   jarayoni     buziladi.
Natijada   o‘simlikda   uzoq   vaqtgacha   suv   tanqisligi   va   so‘lish   holati   davom   etadi.
Suv   balansining   uzoq   vaqtgacha   buzilib   qolishi   o‘simlikda   fiziologik
4 jarayonlarning   o‘zgarishiga   ham   sabab   bo‘ladi.   Suvsizlik   natijasida
protoplazmaning   kolloid   va   kimyoviy   xususiyatlari   zararlanadi.   Oqsillar   sintezi
keskin   pasayadi,   chunki   informasion   RNK   iplarini   uzuvchi   adenozintrifosfataza
faollashadi, polisomalar parchalana boshlaydi.
So‘lish yosh o‘simliklarga, o‘simliklarning yosh organlariga va ayniqsa yosh
generativ   (guncha,   gul)   organlariga   ko‘proq   ta’sir   etadi.   Gul   organlarining
shakllanishi   kechikadi,   generativ   organlarning   to‘kilishi   kuchayadi   va   hosildorlik
keskin kamayadi. O‘zbekistonda odatda haroratning eng yuqori, havo namligining
eng   past   va   tuproq   qurg‘okchiligi   sodir   bo‘ladigan   vaqtga   g‘o‘zaning   gullash
bosqichi   (suvga  nisbatan   kritik)  ham   to‘g‘ri   keladi. Bunga   e’tiborsizlik  juda ko‘p
hosil   elementlarining   to‘kilib   ketishiga   va   hosildorlikning   past   bo‘lishiga   sabab
bo‘ladi.
Suv  taqchilligining  zararli   ta’siri   hamma   o‘simliklarda  bir   xil   emas.   Bunga
chidamlilik   o‘simlikka   bog‘liq.   Masalan,   yorug‘liksevar   o‘simliklar   (kungaboqar,
kartoshka   va   boshqalar)   tanasidagi   suvning   25-30   %   ni   yo‘qotganda   ham   ularda
so‘lishning   tashqi   belgilari   yaxshi   sezilmaydi.   Soyaga   chidamli   o‘simliklar
suvlarni   13-15   %   yo‘qotish   bilan   sulib   qoladilar.   Botqoqlikda   yashovchi
o‘simliklar eng chidamsiz bo‘lib, suv taqchilligi 7 % bo‘lganda qurib qoladi.
O‘simliklarning   qurg‘oqchilikka   chidamlilik   darajasi,   ularga   yashash
muhitining   ta’siri   natijasida,   evolyusiya   davomida   yaratilgan.   Qurg‘oqchilikda
yashovchi   –   qurg‘oqchilikka   chidamli   o‘simliklarning   morfologik,   anatomik
tuzilishi   va   fiziologik–biokimyoviy   xususiyatlari   suv   bilan   yaxshi   ta’minlangan
o‘simliklardan keskin farq qiladi.
Qurg‘oqchilik   maydonlarida   o‘sadigan   o‘simliklarni   kserofitlar   deyiladi.
Kserofitlar   tuproq   va   atmosfera   qurg‘oqchiligida   o‘sishga   moslashgan
o‘simliklardir.   Ularning   xarakterli   belgilaridan   biri,   bu,yer   ustki   qismining   yer
ostki qismlaridan o‘lchamlari o‘yicha kichik bo‘lishi hamda bug‘latuvcni yuzaning
ham kam bo‘lishidir.
P.A.Genkel   ta’limoti   bo‘yicha,   kserofitlarning   o‘zi   ham   qurg‘oqchilikka
chidamliligi bo‘yicha bir necha guruhlarga bo‘linadi.
5 Sukkulentlar   -   issiqga   o‘ta   chidamli   o‘simliklar   bo‘lib,   suvsizlanishga   ham
bemalol chidaydi. Ular suv tanqisligini deyarli sezmaydi, tanasida suv ko‘p, lekin
suvni   o‘ta   sekin   sarflaydi.   Sukkulenlarga   kaktus   va   aloe   kabi   o‘simliklarni   misol
qilib ko‘rsatish mumkin.
Evkserofitlar   -   issiqqa   chidamli   o‘simliklar   bo‘lib,  qurg‘oqchilikni   bemalol
o‘tkazadi. Ushbu o‘simliklarning hujayra shirasi osmotik bosimi nihoyatda yuqori,
transpiratsiya   jadalligi   past   bo‘lib,   ildizlari   keng   tarmoqlangan   va   ayrim   hollarda
sizot   suvlarigacha   yetib   boradi.   Yevkserofitlar   juda   yuqori   issiqlikda   barg   va
novdalarni   tashlab   yuboradilar.   Ularga   yantoq,   shuvoq,   astra   kabi   o‘simliklar
kiradi.
Gemikserofitlar   -   suvsizlik   va   tanasining   qizishini   ko‘tara   olmaydigan
o‘simliklar.   Ulardagi   transpiratsiya   jarayoni   yuqori,   lekin   protoplazmaning
yopishqoqligi   va   elastikligi   yuqori   emas.   Ildizlari   anchagina   chuqur   ketgan.
Gemikserofitlarga shalfey, rezak kabi o‘simliklar kiradi.
Cho‘l kserofitlari  - Bular cho‘llarning boshoqli va kovil kabi o‘simliklaridir.
Ushbu   o‘simliklar   qisqa   muddatli   yomg‘irlardan   yaxshi   foydalanadi   va   qizib
ketishga   chidamlidir.   Ammo   faqat   tuproqda   qisqa   muddatli   suv   tankisligiga
chidamli xolos.
Poykilokserofitlar   -   o‘zlarining   suv   rejimini   boshqara   olmaydigan
o‘simliklardir. Ular yuqori haroratda qizishi ammo yoz yomg‘irlaridan so‘ng yana
jonlanib   faol   hayot   kechirishi   mumkin.   Bu   o‘simliklarga   biz   lishayniklarni   misol
qilib ko‘rsatishimiz mumkin
Gigrofitlar   -   Bu   o‘simliklar   hujayralarida   suv   sarflanishini   chegaralovchi
moslamalar   bo‘lmaydi.   Hujayralari   katta   bo‘lib,   yupqa   devorli   qobiq   va   yupqa
kutikula bilan qoplangan. Barglarining sathi katta, ammo og‘izchalar yirik bo‘lsada
son   jihatidan   kamrok.   Kutikulyar   transpiratsiya   yuqori,   poyasi   uzun,   ildizlari
yaxshi   rivojlanmagan.   Tuproqda   ozgina   suv   yetishmasligi   ham   ularning   tezda
so‘lishiga olib keladi. Bularga mannik, mox va boshqa shunga o‘xshash o‘simliklar
kiradi.
6 Mezofitlar   -   Bular ko‘pchilik hollarda o‘rta yani oraliq o‘simliklar ham deb
yuritiladi. Ular asosan namlik yetarli bo‘lgan sharoitlarda o‘sadi. Hujayra shirasini
osmotik   bosimi   1-1,5   MPa   atrofida   bo‘lib   suv   yetishmasligida   oson   so‘liydi.
Ularga   yaylovlarda   o‘suvchi   boshoqli   o‘simliklar   va   dukkakli   o‘tlar   vakillari
kiradi.
O‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirishda o‘g‘itlarni
qo‘llash   ham   ma’lum   ahamiyatga   ega.   Keyingi   yillarda   olib   borilgan   izlanishlar
kaliy, fosfor, qisman  azot   va ayrim   mikroelementlar  (bor, rux, mis,  alyuminiy va
boshqalar) ta’siridan o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi ancha oshganligi
ko‘rsatilgan.   Ammo   azot   ko‘proq   qo‘llanilganda,   aksincha   chidamlilik   pasaygani
ta’kidlanadi.
Qurg‘oqchilik   ta’siriga   nisbatan   chidamli   navlarni   tanlash   va   ulardan
foydalanish   ham   katta   ahamiyatga   ega.   Bunday   navlar   fermentlarning   sintetik
qobiliyati yuqori, bog‘langan suv miqdori ko‘p, hujayra shirasining konsentrasiyasi
nisbatan   yuqori,   mustahkam   pigmentlar   tizimi,   suvni   saqlash   qobiliyati   kuchli   va
organik   moddalarni   to‘plash   qobiliyati   yuqoriligi   bilan   farq   qiladi.   Bu
ko‘rsatkichlar qurg‘oqchilikka chidamlilikning fiziologik va biokimyoviy tabiatini
xarakterlaydi.
O‘simliklarga   i ssiqlikka   chidamlili gi .   Barcha   o‘simliklar   harorat
darajalariga bo‘lgan munosabatlari  boyicha ham bir-biridan farq qiladi. Ba’zi suv
o‘tlari   60-80 0
  C   issiqlikka   ega   bo‘lgan   buloqlarda   tarqalgan.   Ko‘pchilik   yuksak
o‘simliklar   uchun   maksimal   harorat   40-80 0
  C   ga   teng.   Qishloq   xo‘jalik   ekinlari
uchun   esa   maksimal   harorat   39-40 0
C   ga   teng   bo‘lib,   haroratning   bundan   orta
borishi ularni shikastlaydi.
Issiqlikka   chidamli   o‘simliklar   protoplazmasining   qovushqoqligi   va
elastikligi   yuqori   bo‘ladi.   Bog‘langan   suv   miqdori   ko‘p,   oqsillari   issiqlikka
chidamli   bo‘lib,   tezlikda   koagulyasiyaga   uchramaydi.   Issiqlikka   chidamli
o‘simliklarning   nafas   olish   jarayonida   ko‘proq   organik   kislotalar   hosil   bo‘ladi   va
ular   ammiak   bilan   reaksiyaga   kirishib,   asparagin,   glutamin   kabi   aminokislotalar
hosil qiladi.  Natijada erkin ammiak neytrallanib, o‘simliklarga zarar yetkazmaydi.
7 RNK miqdori ko‘p bo‘lgan o‘simliklar ham issiqlikka chidamli bo‘ladi. ko‘pchilik,
suv   bilan   yaxshi   ta’minlanmagan,   mezofit   o‘simliklar   transpirasiya   jadalligini
oshirish orqali kuchli issiqlik ta’siridan saqlanadi. Bu o‘simliklarda barg harorati,
havo haroratiga nisbatan, 4-6 0
 C gacha past bo‘ladi.
Samarqand   Davlat   Universiteti   o‘simliklar   fiziologiyasi   va   mikrobiologiya
kafedrasi   a’zolarining   (professor   J.X.Xo‘jayev   va   boshqalar)   olgan   ma’lumotlari
asosida  g‘o‘zaning gullash  fazasida  N
3 VO
3   kislotaning 0,01 %  va ZnSO
4   tuzining
0,05%   li   eritmalarini   purkash   (purkash   kechki   vaqtlarda   o‘tkaziladi)   ularning
issiqlikka   va   qurg‘oqchilikka   chidamliligini   oshiradi.   Natijada   gullarning
changlanishi   ko‘payadi   va   hosildorlik   10-12%   gacha   ortadi.   Tola   va   chigit   sifati
yaxshilanadi.
O‘ simliklarning   s ovuqqa   va   o‘ta   sovuqqa ,   qishga   chidamliligi.
Haroratning   o‘simliklar   uchun   zarur   bo‘lgan,   minimal   darajadan   past   bo‘lishi,
ularning   zararlanishiga   olib   keladi.   Shuning   uchun   ham   o‘simliklarning   yashashi
ularning   sovuqqa     chidamli   bo‘lishlariga   bog‘liq   bo‘ladi.   Chidamlilik   darajasi
asosida   barcha   o‘simliklarni   ikki   guruhga   bo‘lish   mumkin:   sovuqqa   va   o‘ta
sovuqqa chidamli o‘simliklar.
Sovuqqa     chidamli   o‘simliklarlar .   Bu   guruhga   barcha   o‘rta   iqlim   li
rayonlarda   tarqalgan   issiqsevar   o‘simliklarni   kiritish   mumkin   (bodring,   pomidor,
loviya,   qovun,   yeryong‘oq   va   boshqalar).   Ular   +3   +5 0
C   da   qoldirilsa,   bir   necha
kundan   keyin   nobud   bo‘ladi.   Tropik   va   subtropik   o‘simliklar   ham   0 0
C   dan   biroz
yuqori haroratda kuchli shikastlanadi  va nobud bo‘ladi. Kakao o‘simligi +8 0
C da,
g‘o‘za   maysalari   +1   +3 0
C   da   bir   sutka   saqlanganda   nobud   bo‘ladi.   Issiqsevar
o‘simliklarga   sovuq   harorat   (0 0
C   dan   yuqori   harorat   darajalari)   ta’sir   ettirilganda
ular  avval  suliy boshlaydi  va turgor holatini yo‘qotadi. Masalan:  bodring barglari
+3 0
C   da   uchinchi   kuni   suliydi   va   uladi.   Demak,   suvning   transport   tezligi   ham
buziladi. Ammo barglar suv bilan yetarli darajada ta’minlanganda ham sovuq dan
uladi.
X.X   Yenileyev   (1955)   tavsiyasi   boyicha   g‘o‘za   maysalarining   sovuqqa
chidamliligini   oshirish   uchun   ekishdan   oldin   chigit   20   soat   davomida   0,25%   li
8 ammoniy nitrat eritmasida ivitiladi. J.X.Xo‘jayev (1985) tavsiyasi boyicha, g‘o‘za
maysalarining   sovuqqa   chidamliligini   oshirish   uchun   ekishdan   oldin   24   soat
mobaynida   mikroelementlardan   0,001   %   mis   sulfat   va   0,05%   marganes   sulfat
tuzlar   eritmasida   ivitiladi.   Bu   chigitlardan   unib   chiqqan   maysalar   hujayra
sitoplazmasining   qovushqoqlik   darajasi   kamayadi,   fermentlar   faolligi   oshadi,
xlorofill sintezi va fotosintez jarayoni jadallashadi, natijada moddalar almashinuvi
jadallashib,   maysalar   normal   rivojlanadi.   Kaliy   o‘g‘itlari   ham   sovuqqa
chidamlilikni   oshiradi.   Issiqsevar   o‘simliklarning   nishlagan   urug‘larini   sovuqqa
chiniqtirish   usullari   ham   taklif   etilgan.   Masalan,   bodring,   pomidor,   qovun   kabi
o‘simliklarning   nishlangan   urug‘lariga   bir   necha   sutka   davomida   12   soatdan
+1+5 0
C va +10+20 0
C harorat bilan ishlov berilganda ularning sovuqqa chidamliligi
sezilarli darajada oshadi.
O‘ta   sovuqqa   chidamli   o‘simliklar .   Tabiiy   sharoitda,   0 0
C   dan   past   harorat
ta’siridan   shikastlanmaydiganlarni   –   o‘ta   sovuqqa     chidamli   o‘simliklar   guruhiga
kiritish mumkin. O‘ta sovuq asosan kuzda va qishda sodir bo‘ladi.
Ko‘pchilik   o‘simliklar   kuz   va   qish   oylarini   urug‘,   tuganak   va   ildizpoya
holida   o‘tkazadi   va   zararlanmaydi.   Kuzgi   ekin   va   daraxtlar   ko‘zni   ham   qish
fasllarini ochiq joyda o‘tkazadi. Shuning uchun ular o‘ta sovuq ta’siriga uchraydi,
ayrimlari shikastlanadi yoki nobud bo‘ladi.
Sovuq   urgan   o‘simliklar   turgor   holatini   yo‘qotadi,   barglari   qo‘ng‘ir     tusga
kirib,   kurib   qoladi.   O‘ta   sovuq   ta’siridan   ularning   shirasi   muzlaydi,   natijada
hujayra   va   to‘qimalarda   salbiy   o‘zgarishlar   boshlanadi.   To‘qimalarda   bo‘ladigan
salbiy   o‘zgarishlarga   qarshi   yetarli   darajada   chidamli   bo‘lmagan   o‘simliklar   ko‘p
zararlanadi va hatto nobud bo‘ladi.
Birinchi   guruh   -   o‘ta   sovuq     shiddatli   va   juda   past   bo‘lib,   o‘simliklarga
birdaniga   ta’sir   etadi.   Bunday   ta’sirdan   sitoplazma   suvi   muzlaydi.   Hosil   bo‘lgan
muz kristallari oqsil  misellalarini shikastlaydi. Sitoplazma suvsizlanishi  natijasida
mikrostrukturalar zararlanadi va bunday hujayralar nobud bo‘ladi.
Ikkinchi   guruh   -   o‘ta   sovuq     juda   past   bo‘lib,   o‘simliklarga   juda   tez   ta’sir
etishi   sababli   muz   kristallari   hujayra   devori   bilan   plazmolemma   o‘rtasida   hosil
9 bo‘ladi.   Bunday   ta’sirdan   hajmi   yirikroq   muz   kristallari   hosil   bo‘lsa,   hujayra
membranasi   zararlanadi   va   tanlab   o‘tkazuvchanlik   qobiliyati   buziladi.   Muz
kristallari   qayta  erigandan  so‘ng  ham  hujayra  suv  va moddalarni  saqlay   olmaydi.
Bunday   hujayralar   nobud   bo‘ladi.   Agarda   hosil   bo‘lgan   muz   kristallari   kichik
bo‘lsa   ularning   membranalari   zararlanmaydi   va   qayta   erigandan   keyin   tirikligini
saqlab qoladi.
Uchinchi   guruh   –   harorat   asta-sekin   pasaya   boshlasa   va   uzoq   muddatli
bo‘lsa, dastlab hujayralararo bo‘shliqdagi  suv muzlaydi. O‘z navbatida bu muzlar
sitoplazmadagi suvni ham shimib olib yiriklashadi. Ammo hujayraga kuchli salbiy
ta’sir  etmaydi. Qayta erish jarayonida suv yana sitoplazmaga o‘tadi  va hujayralar
tirikligini   saqlab   qoladi.   Masalan,   I.I.Tumanov   rahbarligida,   o‘simliklar
fiziologiyasi   institutining   fitotron   sovo‘tgichlarida   oq   qayin   va   qarag‘ay
daraxtlarining   novdalarini   asta-sekin   va   izchillik   bilan   –   195 0
C   gacha   muzlatib,
keyin eriganda novda hujayralari tirikligini saqlab qolgan.
Qishki-kuzgi   faslda   boshqa   ob-havo   sharoitlarining   chidamlilikga   ta’siri.
Qishda   o‘simliklarga   nafaqat   manfiy   harorat   balki,   qalin   qor   qoplami   va   muz
qobiqlari   hamda   boshqa   omillar   ta’sir   qiladi.   Shuning   bilan   birgalikda   qish   fasli
davomida   qisqa   muddatli   yoki   keng   nisbatan   uzoq   davrli   havoning   isishi   ham
kuzatilishi,   qor   buronlarining   bo‘lishi,   qorsiz   qishda   esa   achchiq   izg‘irin   bo‘lishi
mumkin.   Bularning   barchasi   o‘simlikning   kuchsizlanishiga,   oxir   oqibatda   esa
uning   o‘limiga   olib   kelishi   mumkin.   Bunda   faqatgina   kuzgi   ekinlar   halok   bo‘lib
qolmasdan,   balki,   ko‘p   yillik   o‘tlar   va   daraxtlar   ham   nobud   bo‘lishi   mumkin.
Noqulay   omillarning   barchasi   qishki   va   bahorgi   vaqtlarda   turli   hodisalarni     yani
dimiqish   ho‘llanish,   ivish   o‘simliklarni   qishki-bahorgi   “kuyish”ga   olib   kelishi
mumkin. Shuning uchun ham qishga chidamlilik tushunchasi yuzaga kelgan.  
O‘simliklarning “qishga chidamliligi”, bu o‘simliklarning faqatgina sovuqqa
emas   balki,   ularning   qishlashi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   bir   qancha   noqulay   omillar
majmuasiga nisbatan chidamliligidir.
Dimiqish.  Ushbu hol qish unchalik sovuq bo‘lmagan davrda qalin qor ostida
ro‘y   beradi.   O‘simliklarda   qalin   qor   tagida,   harorat   00C   atrofida   bo‘lganda   nafas
10 olish jadallashadi. Buning natijasida kuz fasli davomida sovuqqa chiniqish davrida
yig‘ilgan  zahira  qand  moddalarining  parchalanishi   ro‘y  beradi.   Shuni  aytib  o‘tish
lozimki,   o‘simliklarda   qandlarning   miqdori   20-25%   atrofida   bo‘ladi.   Dimiqish
natijasida   esa   qandlarning   miqdori   5-10   marotaba   kamayib   ketadi,   yani   2-4%
ko‘rsatkichga tushib qoladi. Bu esa o‘simliklarning chidamsizligiga olib keladi va
qorlar   erigandan   so‘ng   ro‘y   beradigan   bahorgi   sovuqda   nobud   bo‘ladi.   Bundan
tashqari holsizlangan o‘simliklar zamburug‘li kasalliklarga ham tez chalinadi.
Dimiqish   hodisasiga   pastki   musbat   haroratlarda   nafas   olish   jadalligi   past
bo‘lgan   va   o‘z   to‘qimalarida   katta   miqdorda   qandlarni   zahiralovchi   o‘simliklar
nisbatan chidamli bo‘ladi.  
Ivish.   Ayrim   yillarda   bahor   faslida   havoning   uzoq   muddatli   isishi   ro‘y
beradi.   Agar   ushbu   davrda   yer   hali   muzlagan   holatda   bo‘lsa   qorlarning   erishidan
hosil bo‘lgan suv yerga singimaydi. Buning natijasida o‘simliklarni suv qoplaydi.
Bunday holda o‘simliklarga kislorod yetishmasligi natijasida gipoksiya holati ro‘y
beradi   va   ular   uladi.   Chunki   gipoksiya   holatida   aerob   nafas   olish   to‘xtaydi   va
anaerob   nafas   olish   kuchayadi.   Biz   malumki,   anaerob   nafas   olish   jarayonida
hujayralarda   ATF   moddasining   sintezi   kamayadi   va   to‘qimalarda   spirtlar   hamda
kislotalar   yig‘ila   boshlaydi.   Spirtlar   va   kislotalar   ta’sirida   membranalar
o‘tkazuvchanligi   ortadi   va   hujayra   atrof   muhitga   turli   suvda   eruvchi   moddalarni
ajrata boshlaydi.
Gipoksiya   sharoitida   bir   gramm   molekula   glyukozaning   oksidlanishidan
hosil   bo‘lgan   ATF   miqdori   aerob   sharoitga   nisbatan   19   marotaba   kam   bo‘ladi.
Shuning   uchun   ho‘llanish   sharoitida   o‘simliklar   o‘z   hayotiy   jarayonlarini   saqlab
qolish uchun zahira moddalarni ayniqsa qandlarni ko‘p sarflaydi. Buning natijasida
ushbu moddalarning miqdori tezda kamayib ketadi.
Suv   bosgan   o‘simliklar   70C   haroratda   5-7   kun,     200S   esa   1   kun   yashashi
mumkin.
Muz   qobig‘i.   Ushbu   hol   o‘simliklarni   suv   bosgan   holatda   havoning   sovub
ketishi   natijasida   ro‘y   beradi.   Buning   natijasidayer   yuzasida   turib   qolgan   suv
muzlaydi   va   o‘simliklarni   muz   qoplaydi.   Muz   qobig‘i   esa   amaliy   jihatdan
11 kislorodni o‘tkazmaydi. Agarda muz qatlamining qalinligi 1 sm bo‘lsa uning 1 sm2
yuzasi   orqali   bir   soatda   0,00017-0,00037   ml   kislorod   o‘tishi   mumkin.   Ammo
o‘simliklar   barglarining   bir   qismi   muzning   yuzasida   bo‘lsa   ular   orqali   kislorod
taminoti   saqlanib   qolganligi   sababli,   o‘simliklar   nobud   bo‘lmaydi.   O‘simlik
barglari   qanchalik   ko‘p   muz   bilan   qoplangan   bo‘lsa   ular   shunchalik   yuqori
darajada zararlanadilar. O‘simliklarni butunlay muz qoplagan holda ular -3oS ham
nobud bo‘lishlari mumkin.
O‘simliklarni   muz   qobig‘i   tagida   nobud   bo‘lishining   ikkinchi   sababi,   bu
muzning haroratni yaxshi o‘tkazishidir. Muzning issiqlik o‘tkazishi qorga nisbatan
bir   necha   baravar   yuqori.   Shuning   uchun   ham   atmosferaning   sovushi   natijasida
o‘simliklarga past  harorat tez ta’sir qiladi va ular muzlaydi. Shuningdek muzning
o‘simliklarga   siquvchi   ta’siri   natijasida   ham   ular   nobud   bo‘lishi   mumkin.   Ayrim
hollarda   muz   qobig‘i   o‘simlikning   ustida   emas   balki,   butun   tanasi   bo‘ylab   ro‘y
beradi. Bu hol o‘simliklar uchun ayniqsa xavflidir.
Bo‘rsish.   Bu hol havoning bahorgi isishi natijasida uning tuproqqa singishi,
so‘ngra esa sovuq harorat natijasida  ushbu tuproq qatlamining muzlashi  va uning
tuproqning   erimagan   qismi   bilan   muz   qatlami   hosil   qilishi   natijasida   ro‘y   beradi.
Ushbu qatlam tuproqning yuqori qatlamini ko‘taradi chunki suv muzlaganda uning
hajmi kengayadi. Buning natijasida ildizlarning yorilishi-uzilishi ro‘y beradi.
Bahorgi havoning isishi natijasida tuproq-muz qatlami eriydi va ko‘tarilgan
tuproq   qatlami   o‘tiradi.   Natijada   yorilgan-uzilgan   ildizlar   yotiq   holda   tuproq
yuzasiga chiqib qoladi. Agar ular  tezda tuproqqa ildiz otmasa issiq havo ta’sirida
tezda qurib qolishi mumkin. Ayrim o‘simliklarda bo‘rtishga nisbatan moslanishlar
vujudga   kelgan.   Masalan   kok-sagiz   o‘simligida   kuzda   S-simon   ildizlar   hosil
bo‘ladi. Ushbu ko‘rinishdagi ildizlar parenxima hujayralarining asosiy o‘q bo‘ylab
siqilishi natijasida vujudga keladi. Bunda ildiz qisqaradi va poya tuproqqa tortiladi.
Muzlagan tuproqning kengayishidan esa ildiz tug‘rilanadi. Bu hol  o‘simliklarning
bo‘rsishini va ildizlarning yorilishi-uzilishini oldini oladi. 
Qishki   qurg‘oqchilik.   Daraxtlar   va   butalarning   qishlovchi   poyalari   qor
yuzasida   qolib   ketsa   qishda   ular   kuchli   suvsizlikka   uchrashi   mumkin   va   qurib
12 qoladi.   Chunki   o‘simliklarda   barglarning   tukilishi   sababli   ular   orqali   boradigan
transpiratsiya   tuxtagani   bilan   daraxtlarning   poyalari   va   tanasidagi   yasmiqchalar
orqali   suvning   bug‘lanishi   ro‘y   berib   to‘radi.   Yasmiqchalar   orqali   bug‘langan
suvning   miqdori   barglar   orqali   bo‘ladigan   transpiratsiya   ko‘rsatkichidan   ancha
kam, ammo muzlagan tuproqdan ildizlar suv shima olmaydi. Buning natijasida suv
balansi   buziladi.   Shuning   uchun   ham   quyosh   nurlari   va   o‘zoq-davomiy   shamol
natijasida     hamda   kunlar   ravshan   bo‘lgan   holatda   o‘simliklar   tomonidan   suvning
yuqotilish  darajasi  50%  va  undan  ortiq  bo‘lishi  va  ular   qurib  qolish  tufayli   ulishi
mumkin. Masalan oktabr oyidan to martgacha dub shoxlaridagi suv 52 foizdan 41
foizga   kamaysa   yasenda   50   foizdan   36   foizga,   gledichiyda-70   foizdan   36   foizga
kamayadi.
Daraxtlarning   kuzgi   barg   to‘kishi,   bu   ularning   qishki   qurg‘oqchilikka
tayyorgarligidir.   Bundan   tashqari   daraxt   shoxlari   qalin   pukak   bilan   qoplanadi.
Pukak   bir   yillik   va   o‘t   o‘simliklarda   bo‘lmaydi.   Daraxt   tanalaridagi   buyraksimon
kosachalar   ham   suv   yig‘ishi   natijasida   daraxtlarninger   yuzi   organlariga   xavf
soluvchi   qishki   qurg‘oqchilikdan   saqlaydi.   Igna   bargli   va   doimiy   yashil
o‘simliklarda   juda   qalin   kutikula   qatlami   hosil   bo‘ladi.   Ular   barglarni   suv
yo‘qotishdan muhofaza qiluvchi qattiq holatga kelishiga sababchi bo‘ladi.
Qishki-bahorgi “kuyishlar”.  Qish quyoshli bo‘ladigan hududlarda daraxtlar
shoxlarining janubiy tarafida va yosh poyalarda kuyish belgilari kuzga tashlanadi.
Chunki   o‘simlikning   pukaklanmagan   qismlari   quyosh   nurlari   ta’sirida   qiziydi   va
qish   vaqtida   sovuqqa   chidamlilikni   yo‘qotadi   hamda   kechasi   bo‘ladigan   sovuqqa
chidamaydi. Buning natijasida shoxlar va poyalarda kichik yoriqlar paydo bo‘ladi.
Ushbu   yoriqlardan   esa   kasallikka   sabab   bo‘luvchi   mikroorganizmlar   kirishi
mumkin.
Binobarin   o‘simliklarning   qishda   zararlanishi,   hattoki   nobud   bo‘lishiga
sababchi omillar turlicha bo‘lishi mumkin.
O‘simliklarning   tuproq   sho‘rlanishi   va   sho‘rga   chidamliligi.
O‘simliklarning   rivojlanishiga   sho‘rlikning   ta’siri   va   sho‘rga   chidamlilik
muammolarini   o‘rganish   katta   amaliy   ahamiyatga   ega,   Chunki   yer   sharidagi
13 quruqlikning   25   %   va   O‘zbekiston   tuproqlarining   70   %   ga   yaqini   ma’lum
miqdorda sho‘rlangan.
Sho‘rlangan   tuproqlar   iqlimi   issiq   va   quruq   bo‘lgan   regionlarda   ko‘proq
bo‘lib natriy, kalsiy, va magniylarning xloridli, sulfat va karbonatli tuzlar shaklida
uchraydi.   Sho‘r   tuproqlar   anionlarning   nisbatiga   ko‘ra   xlorid-sulfatli,   sulfat-
xloridli,    sulfatli,  karbonatli   (sodali)  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  tuproqlarda  asosiy
kationlar natriy va kalsiy bo‘lib, magniy karbonat va magniy xloridlar ham uchrab
turadi. Bu tuzlardan natriy karbonat (Na
2 SO
3   ) va natriy gidrokarbonat   (NaNSO
3 )
o‘simliklarga ko‘proq zararli ta’sir etadi.
B.P. Stroganov (1958, 1962) tarkibidagi tuzning miqdori asosida tuproqlarni
bir necha guruhlarga bo‘ladi:
Sho‘rtob   tuproqlar   –   tuproqning   asosan   pastki   qatlamlarida   to‘planadi.
Ularning ustki qatlamlarida juda oz yoki bo‘lmasligi mumkin. Ammo, ustki qatlam
strukturasiz,   yopishqoqligi   kuchli   bo‘lganidan   qotib   qolgan   va   yorilib   ketganligi
bilan   xarakterlanadi.   Bu   ayniqsa   quruq   dasht   va   yarim   cho‘llarda   ko‘proq
kuzatiladi.
Sho‘rxok  tuproqlar   – tarkibida 1-3%  gacha tuz to‘plangan tuproqlar kiradi.
Bunday tuproqlarda madaniy o‘simliklar rivojlana olmaydi.
Markaziy Osiyo hududlarida yog‘ingarchilik kam va issiq kuchli bo‘lganligi
uchun   ham   sho‘rxok   tuproqlar   ko‘p   bo‘lib,   ularning   tarkibida   natriy   xlor   (NaCI),
natriy   sulfat   (Na
2 SO
4 ),   kalsiy   xlor   (CaCI
2 ),   magniy   xlor   (MgCI
2 )   natriy   karbonat
(Na
2 CO
3 ) va magniy karbonat (MgCO
3 ) tuzlari keng tarqalgan.
Tuproqning ortiqcha sho‘rlanishi o‘simliklar uchun (ayniqsa qishloq xo‘jalik
ekinlari)   ikki   tomonlama   zararli   hisoblanadi.   Birinchidan,   tuzning   ko‘payishi
tuproq   eritmasining   osmotik   bosimini   oshiradi   va   ildizlarning   suvni   shimish
tezligiga   salbiy   ta’sir   etadi.   Osmotik   bosimi   past   bo‘lgan   o‘simliklar   bunday
tuproqlardan  suvni   o‘zlashtira  olmaydi.  Ikkinchidan  –tuproqda  eruvchi   tuzlarning
ortiqcha   to‘planishi   o‘simliklarga   zararli   ta’sir   etadi.   Kuchsiz   konsentrasiyalarda
salbiy   ta’sir   etmaydigan   tuzlar   ham   hujayrada   to‘planib,   konsentrasiyasi   yuqori
14 bo‘lgandan keyin zaharli bo‘ladi. Bularga natriy xlor (NaCI) va natriy sulfat (Na
2
SO
4 ) tuzlarini ko‘rsatish mumkin.
Tabiatdagi   har   xil   o‘simliklar   sho‘rlikka   turlicha   chidash   qobiliyatiga   ega.
Ko‘pchilik   o‘simliklar   uchun   sho‘r   tuproqlar   zararli   bo‘lsa   ham,   ayrim   yovvoyi
o‘simliklar bunday tuproqlarda yaxshiroq hayot kechiradi. Shu asosda o‘ simlik lar
ik k i guruhga ajraladi: glik ofi t lar v a galofi t lar.
№ Tuproqning sho‘rlanish
darajasi 100 g tuproq tarkibidagi
tuz miqdori, g hisobida
1
2
3
4
5 Chuchuk tuproq
Juda kam sho‘rlangan
Oz sho‘rlangan
O‘rtacha sho‘rlangan
Kuchli sho‘rlangan 0,1 dan kam
0,20-0,25
0,25-0,50
0,50-0,70
0,71-2 va undan ko‘p
Glikofitlar   –   sho‘rlikka   chidamsiz   o‘simliklar.   Ularga   ayrim   yovvoyi   va
ko‘pchilik   qishloq   xo‘jalik   ekinlari   kiradi.   Madaniy   ekinlar   o‘rtasida   sho‘rlikka
chinakam   chidamlilari   bo‘lmaydi.   Madaniy   ekinlar   sho‘rlikka   chidamsiz   bo‘lib,
faqat ularning turlari va navlari o‘rtasida nisbiy chidamlilik xususiyatlari  mavjud.
Ayrim kuzatishlarga qaraganda g‘o‘za, beda, lavlagi, kungaboqar va tarvuzlarning
sho‘rga   chidamliliklari   pomidor,   qaram,   bodring,   zig‘ir,   suli,   grechka   va
boshqalarga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Galofitlar   –   tabiiy   sharoitda   sho‘r   tuproqlarda   (hatto   yuqori
konsentrasiyada)   yashashga   moslashgan   o‘simliklar.   Grekcha   «galos»   -   tuz,
«phuton» - o‘simlik ma’nosini bildiradi. Galofitlar tuzlarga bo‘lgan munosabatiga
ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: evgalofitlar, krinogalofitlar va glikogalofitlar.
Evgalofitlar   –   tanasida   tuz   tuplovchi,   sho‘rlikka   eng   chidamli   o‘simliklar
bo‘lib,   ular   hujayra   shirasida   ko‘p   miqdorda   tuz   to‘plash   qobiliyatiga   egadir.
Ularga   qora   sho‘ra   (Salisornia   herbasea),   (Suaedamaritima),   olabo‘ta   (Atriplex
sonvertifolia)   va   boshqalarni   ko‘rsatish   mumkin.   Ularning   hujayralarida   7-10   %
gacha   tuz   to‘planishi   mumkin.   (B.A.Keller,   1940).   To‘plangan   tuz   hisobiga
15 hujayra   shirasining   osmotik   bosimi   100-200   atmosferagacha   ko‘tariladi.   Natijada
ularning so‘rish kuchi juda yuqori bo‘ladi va sho‘rxok tuproqlar eritmasidan suvni
bemalol shimib oladi. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklarning bargi qalin etli bo‘lib,
kserofitlik belgilari ko‘p bo‘ladi.
Yuqorida   ko‘rsatganimizdek   sho‘r   tuproqlar   ta’siridan   madaniy   o‘simliklar
ko‘proq   zararlanadi.   Avvalo,   urug‘larning   suvni   shimib   olib   burtishiga,   unib
chiqishiga,   yosh   maysalarda   ildiz   tizimining   o‘sishiga   to‘sqinlik   qiladi.
Hujayralarda   tuzlarning   to‘planishi   protoplazmani   zaharlab,   barcha   sintetik
jarayonlarni, fotosintez jadalligini va oqsillar sintezini sekinlashtiradi. Oqsillarning
parchalanishidan   ammiak   (NH
3 )   ajralib   chiqadi.   Natijada   to‘qimalarda   ammiak
to‘planib, ularni zaharlaydi. Sho‘r tuproqqa moslashgan o‘simliklarda salbiy ta’sir
darajasi birmuncha kam bo‘ladi.
O‘simlikning sho‘rlikka chidamliligi va hosildorligini oshirish maqsadida bir
qancha usullar taklif etilgan:
   ekin   maydonlaridagi   tuproqlarni   yuvish   va   tuzdan   tozalash,   buning   uchun
drenaj   va   zovurlardan   keng   foydalanish,   yerlarning   meliorasiya   holatini
yaxshilash;
  ekin maydonlarining unumdorligini oshirish, buning uchun  asosiy o‘g‘itlar
bilan bir qatorda mikroo‘g‘itlardan foydalanish;
   o‘simliklarni   xlorli   sho‘rlikka   chidamliligini   oshirish   maqsadida,   ekishdan
oldin urug‘larga ishlov berish, buning uchun ularni osh tuzining (NaCI) 3-6% li
eritmasida   bir   soat   saqlab,   keyin   ularni   1,5   soat   davomida   yuvish   va   ekish
(P.A.Genkel va boshqalar tavsiya etgan).
  sho‘rlikka nisbatan chidamli navlarni tanlash va ulardan foydalanish;
   o‘simliklarning   sulfatli   sho‘rlanishga   chidamliligini   oshirish   uchun
urug‘larni     ekishdan   oldin   magniy   sulfat   (MgSO
4 )     tuzining   0,2   %   li   yoki
marganes   sulfat   (MnSO
4 )   tuzining   0,25%   li   eritmasida   bir   sutka   ivitish   va
boshqalar.
O‘simliklarning zaharli gazlar, ksenobiotiklar va radiasiya ta’siriga
chidamliligi.
16 O‘simliklarning   zaharli   gazlar   ta’siriga   chidamliligi.   Sanoat,   transport   va
boshqa ishlab  chiqarish jarayonlarining faoliyati  natijasida  atmosferaga juda ko‘p
chiqindilar   tarqalmoqda.   Natijada   havoga   200   dan   ortiq   har   xil   kimyoviy
komponentlar qo‘shilmoqda. Bularga gazsimon birikmalar: oltingugurt (SO
2 ), azot
oksidlari   (NO,   NO
2 ),   is   gazi   (CO),   ftorli   birikmalar   va   boshqalarni   ko‘rsatish
mumkin. Shuningdek sulfat, xlorid kislotalari, fenol bug‘lari ham ajralib turadi. 
Sanoati   yaxshi   taraqqiy   etgan   mamlakatlarda   atmosfera   havosi
ifloslanishining   52,6%   transport   faoliyatiga,   18,1%   isitish   tizimlariga,   17,9%
sanoat   chiqindilariga,   1,9-9,5   %   chiqindilarni   kuydirish   va   boshqa   jarayonlarga
to‘g‘ri   keladi.   o‘simliklarga   zaharli   ta’sir   etish   qobiliyati   asosida,   bu   gazlarni
quyidagi tartibda joylashtirish mumkin:
1)   F
2 .>Ce
2   >SO
2 >NO>CO>CO
2   yoki   2)   Ce
2 >SO
2 >NN
3 >HCN>H
2 S
(V.V.Polevoy 1989).
Gazlar   ta’siriga   chidamli   o‘simliklarning   og‘izchalari   (ayniqsa   SO
2   va   Ce
2
gazlariga)   juda   sezgir   bo‘lib,   ular   og‘izchalarini   tez   yopib   oladi   va   zaharli
gazlarning   to‘qimalariga   o‘tishini   cheklaydi.   Ko‘pchilik   izlanishlarning
ko‘rsatishicha,   sho‘rlik   va   qurg‘oqchilikka     chidamli   o‘simliklar   gazlar   ta’siriga
ham chidamli bo‘ladi.
Atmosferaning   nordon   gazlar   bilan   ifloslanishi   ko‘proq   yirik   shaharlar   va
sanoat   markazlari   xududiga   to‘g‘ri   keladi.   Shuning   uchun   ham     ko‘kalamzorlar
hosil   qilish   jarayoniga   ilmiy   yondoshish,   ya’ni   gazlar   ta’siriga   chidamli
o‘simliklarni   tanlash   va   tavsiya   etish   katta   ahamiyatga   ega.   Chunki   o‘simliklar
atmosfera   havosini   tozalash   qurbiga   ega   bo‘lgan   yirik   omildir.   O‘z   navbatida
o‘simliklarning gazlar ta’siriga chidamliligini oshirish usullaridan foydalanish ham
mumkin.   Bularga:   urug‘larni   chiniqtirish,   o‘simliklarning   mineral   oziqlanish
jarayonlarini   mo‘tadillashtirish,   suv   bilan   ta’minlashni   to‘g‘ri   yo‘lga     qoyish   va
boshqalar.   Hatto   urug‘larni   ekishdan   oldin   sulfat   va   xlorid   kislotalarning   suyuq
eritmasida ivitish ham o‘simliklarning gazlarga chidamliligini oshiradi.
O‘simliklarning ksenobiotiklar   ta’siriga chidamliligi.   O‘simliklarni begona
birikmalar   -   ksenobiotiklar   ta’siridan   himoyalash   tizimi   ham   dolzarb   muammo
17 bo‘lib hisoblanadi.  Ksenobiotik grekcha –   xenos   - begona  va   biotos - hayot, ha’ni
organizm uchun begona  ma’nosini bildiradi. Bularga kishilarning xo‘jalik faoliyati
tufayli   vujudga   kelgan   va   organizmlar   uchun   zaharli   ximikatlar:   pestisidlar–
gerbisidlar, defoliantlar, desikantlar va boshqalar kiradi.
Zaharli   ximikatlar   tuproq,   suv   va   havoda   to‘plansa   muhitni   ifloslaydi,
biologik   tizimlarni   yemiradi.   Shu   bilan   birga,   o‘simliklar   dunyosi   atmosferani
tozalashda ishtirok etadi. Shuning uchun ham ksenobiotiklarning biologik ta’siri va
o‘simliklar tanasida detoksikasiyalanish mexanizmlarini o‘rganish katta nazariy va
amaliy ahamiyatga ega.
Ayniqsa   ularning   xususiyatlari,   ta’sir   etish   doirasi   va   normalari   asosida
metabolitik, ingibitorlik va nobud bo‘lishiga olib keluvchi darajalarni o‘rganish va
ulardan foydalanish mumkin.
Gerbisidlar.   Gerbisidlar  o‘simliklarni    o‘sishini  to‘xtadi  va begona o‘tlarga
qarshi   kurashda   ishlatiladi.   Ular   kimyoviy   moddalarning   xilma-xil   gruppalariga
mansub bo‘lgan birikmalar hisoblanadi. Gerbisidlar bir necha guruhlarga bo‘linadi.
O‘simliklarga yoppasiga ta’sir etuvchilar va tanlab ta’sir etuvchilarga bo‘linadi.
Ko‘pchiliklari tanlab ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lib, faqat ma’lum
oila va turlarga mansub bo‘lgan o‘simliklarni o‘ldiradi. Gerbisidlarning ta’sir etish
xarakteri   ularni   qo‘llash   usullariga   va   konsentrasiyasiga   ham   bog‘liq   bo‘ladi.
Masalan,   bitta   gerbisidning   o‘zi   kuchsiz   konsentrasiyada   tanlab   ta’sir   etsa,   uning
konsentrasiyasi ortib borishi bilan yoppasiga ta’sir etishi mumkin.
Makkajo‘xori ekilgan dalalarda begona o‘tlarga qarshi simazin gerbisididan
foydalanish mumkin. Bu preparat o‘simliklarga asosan ildiz orqali o‘tadi, Shuning
uchun   ham   simazin   tuproqqa   solinadi.   Simazin   hujayraning   mitoz   jarayoniga,
oddiy   uglevodlarning   sinteziga,     va   boshqalarga   zararli   ta’sir   o‘tkazadi.
Makkajo‘xorining   hujayra   tarkibida   mavjud   bo‘lgan   ayrim   kimyoviy   moddalar
simazinni neytrallash  qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham u makajo‘xoriga ta’sir
etmaydi.
Gerbisidlardan g‘o‘za maydonlaridagi begona o‘tlarga qarshi ko‘rashda ham
foydalaniladi.   Bulardan   eng   muhimlari   monouron,   diuron,   kotoran   va   boshqalar.
18 Bu   gerbisidlar   begona   o‘tlarning   fotosintez   va   nafas   olish   jarayonlarining
o‘zgarishiga ham katta ta’sir etadi.
Umuman,   hozirgi   vaqtda   qishloq   xo‘jaligida   begona   o‘tlarga   qarshi   kurash
maqsadida foydalanish mumkin bo‘lgan 200 dan ortiq gerbisid aniqlangan. 
Defoliantlar   va   desikantlar .   Sun’iy   ingibitorlar   gruppasiga   o‘simliklarning
bargini to‘kib yuboradigan defoliantlar va o‘simliklarni tezda quritib yuboradigan
desikantlar ham kiradi.
Defoliantlar   keyingi   yillarda   paxtachilikda   keng   qo‘llanilib   kelmoqda,
Chunki   hosilni   yig‘ishtirib   olish   jarayonini   mexanizasiyalash   defoliantlarga
bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Defoliasiya g‘o‘zaning barg bandida ajratuvchi qatlam
hosil   qiladi   va   barglarning   tezda   to‘kilishini   ta’minlaydi.   Bundan   tashqari
defoliasiya ko‘saklarning pishib yetilishi va ochilishini tezlashtiradi. 
1940   yil   Y.V.Rakitin   barglar   va   mevalarning   to‘kilish   sabablarini
tushuntiruvchi   auksin   –   etilen   balansi   gipotezasini   yaratdi.   Bu   gipotezaga   ko‘ra
agar   to‘qimalarda   etilen   miqdori   auksinlarga   nisbatan   ko‘proq   to‘plansa,   sintetik
jarayonlar   susayib,   gidrolitik   jarayonlar   faollashadi,   natijada   meva   yoki   barg
bandalarida ajratuvchi qatlam hosil bo‘ladi va ular to‘kiladi. Shu gipotezaga asosan
biror   yo‘l   bilan     barglar   tarkibidagi   etilen   miqdori   ko‘paytirish   yoki   auksin
miqdorini kamaytirish bilan ularning sun’iy tuqilishini tezlashtirish mumkin.
Hozirgi   vaqtda   g‘o‘za   bargini   sun’iy   ravishda   to‘kish   uchun   magniy   xlorat
Mg(CIO
3 )
2   .   6H
2 O   ko‘p   ishlatiladi.   Bu   rangsiz   kristall   modda   bo‘lib,   o‘ta
gigrosqopik suvda yaxshi eriydigan birikma. Bu birikmaning 10-12 kg ni 100-200
litr suvda eritib bir gektar g‘o‘zaga purkalsa yaxshi natija beradi.
Ko‘p yillar davomida ishlatilib kelingan gerbisid-butifos hozir ishlatilmaydi,
Chunki tabiatni kuchli zaharlovchi asoratga ega.
Qand lavlagi, kartoshka kabi o‘simliklarning hosilini mashinalar yordamida
yig‘ib-terib   olish   uchun   desikasiyadan   foydalaniladi.   Bunda   xlorat   magniyning
yuqoriroq   konsentrasiyali   eritmasi   ishlatiladi.   Ya’ni   gektariga   25-30   kg   gerbisid
eritmasi tayyorlanib purkaladi
19 Defolyasiya   va   desikasiya   usullaridan   to‘g‘ri   foydalanish   natijasida
o‘simliklardan yuqori va sifatli hosilni mashinalar yordamida yig‘ib olish mumkin.
O‘simliklarning   radiasiya   ta’siriga   chidamliligi.   Tabiiy   muhitning   eng
xavfli vaziyatlaridan biri uning radioaktiv moddalar bilan zaharlanishidir. Shuning
uchun ham uning oldini olishga juda katta e’tibor berilmoqda.
Yer shari ma’lum  miqdordagi tabiiy va sun’iy radioaktivlik natijasida  hosil
bo‘lgan. Radioaktiv elementlar: uran-238, uran – 235, toriy-232, kaliy-40, uglerod-
14 va boshqalar planetamizda ma’lum miqdorda tarqalgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan
ular   doim  parchalanib  o‘zgarib  turadi.  Ularning ayrim  yemirilish  davri   juda uzoq
muddatga teng bo‘lib, uran-238 ning yarim   yemirilish davri 4,51 mlrd. yil, uran-
235 ning yarim yemirilish davri 713 mln. yil va toriy –232 ning yarim yemirilish
davri 14,4 mlrd. yilga teng.
Yerda   radioaktiv   elementlarning   parchalanishi   natijasida   tuproqda,   suv   va
havoda tabiiy radioaktivlik vujudga keladi. Tarkibida kaliy, uran, toriy va boshqa
radioaktiv   izotoplar   bo‘lgan   chang     shamol   bilan   yer   yuzidan   atmosferaga
ko‘tariladi va vaqt o‘tishi bilan havo orqali katta maydonlarga tarqaladi.
Radiasiyaning   biologik   ta’siri   ko‘p   tomonlama   bo‘lib,   molekulalardan   to
organizm   va   hatto   populyasiya   xarakteriga   ega   bo‘ladi.   Radioaktiv   nurlarning
ta’siri   tirik   organizmlar   uchun   xavfli.   Bu   nurlar   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   molekulalarni
yemiradi. Hujayralarning membranalari, organoidlar va ayniqsa nuklein kislotalar,
fermentlar va membrana lipidlarini kuchli zararlantiradi.
O‘simliklarni   kasalliklarga   chidamliligi.   Ushbu   kichkina   bo‘limda
o‘simliklar uchun eng xarakterli kasalliklar haqida umumiy tushunchalar beriladi.
Shuningdek   o‘simlik   kasalliklarining   birlamchi   belgilari   haqida   ham   so‘z
yuritiladi.
O‘simliklarda   kasalliklarni   viruslar,   bakteriyalar,   zamburug‘lar,   parazitlar
keltirib   chiqaradi.   Shuningdek   o‘simliklar   gammoz,   xloroz   kasalligi   bilan   ham
zaralanadi.   Gammoz   kasalligida   o‘simlikning   ichki   to‘qimasi-po‘st   parenximasi
eriydi va tashqariga oqib chiqadi. Ushbu kasallikni bilish uchun xo‘jayin-o‘simlik
mevasi   va   parazit   o‘rtasidagi   munosabatni   bilish   zarur.   O‘simlikning   kasallanishi
20 birqancha   bosqichlardan   iborat.   Bulardan   biz   qo‘yidagilarni   ko‘rsatib   o‘tishimiz
mumkin.
1-bosqich.   O‘simlik   ajratgan   shirali   muhitda   sporaning   o‘sishi   (infeksion
tomchi).   Bunda   spora   o‘simtasi   o‘zining   so‘rg‘ichi   (apressor)   bilan   o‘simlik
yuzasiga yopishadi.
2-bosqich. Spora giflarining o‘sishi o‘simlikni ichki to‘qimasiga o‘tishi.
3-bosqich.   Bunda   infeksion   gif   bilan   o‘simlikning   sitoplazmasi   orasidagi
fiziologik o‘zaro ta’sir sodir bo‘ladi va kim kuchli bo‘lsa, u g‘alaba qiladi.
Chidamsiz   formalarda   dastlab   ular   tinch   yashaganday   ko‘rinadi,   ammo
sporalar   doimiy   ravishda   o‘sadi,   va   ularning   giflari   hujayralarda   gaustorlar
(so‘rg‘ichlar)   hosil   qiladi.   Mana   shu   so‘rg‘ichlar   yordamida   o‘z   mitseliyini
oziqlantirib o‘simlikni holdan toydiradi. Ushbu davr parazitning spora hosil qilishi
fazasiga   to‘g‘ri   keladi.   Buning   natijasida   o‘simlik   qorayadi   va   ko‘pincha   nobud
bo‘ladi.
Chidamli   o‘simliklarda.   masalan   bedada,   parazit   bilan   xo‘jayin   o‘rtasida
antogonizm   paydo   bo‘ladi.   Zamburug‘   gifi   hujayra   kirgandan   keyin   protoplast
qorayadi   va   nobud   bo‘ladi   hamda   nekroz   yuz   berib   (hujayra   o‘ladi)   butun
hujayrani   qamrab   oladi.   Bunda   giflar   ham   nobud   bo‘ladi   va   infeksiya   boshqa
hujayralarga tarqalmaydi.
Chidamli   o‘simlik   organizmlarida   fermentlardan   peroksidaza   yuqori
faollikka   ega   bo‘ladi.   Bu   ferment   parazitning   gidrolazalarini   tormozlaydi   va
fenolni   xinongacha   oksidlaydi.   Xinon   esa   parazitga   substrat   bo‘lmasdan   balkim
to‘siq bo‘lib xizmat qiladi va zararlangan to‘qimani tiklashi ham mumkin.
Immunitet.   Bu   o‘simliklarni   turli   xil   kasalliklarga   chidamliligidir.
O‘simliklarda ikki xil immunitet kuzatiladi.
1.  Mutlaq   chidamlilik.   Bu   holatga   misol   qilib  bug‘doyda  yuzaga   keladigan
sulining qora kuya changiga nisbatan chidamlilikni ko‘rsatish mumkin.
2.   Nisbiy   chidamlilik.   Bu   tashqi   muhit   sharoitiga   qarab   o‘simliklarning
nisbatan zararlanishi.
21 Fiziologik   chidamlilik.   O‘simliklarda   chidamlilikni   taminlovchi   fiziologik
ko‘rsatgichlarga,   og‘izcha   harakati,   hujayra   shirasining   rN,   fermentlar   faolligi,
ekzoosmos   va   boshqalar   kiradi.   Fiziologik   chidamlilik,   shuningdek,   kislotalik   va
shiraning osmotik bosimi bilan ham belgilanadi.
Kimyoviy chidamlilik.   To‘qimalarda o‘simliklarga xos kimyoviy moddalar-
alkaloid,   glikozid,   fenolli   birikmalar   hosil   bo‘ladi   va   aynan   ular   o‘simliklarni
kasallikka   chidamliligini   oshiradi.   Kimyoviy   chidamlilik-to‘qimalarda   har   xil
moddalarni to‘planishi bilan ham xarakterlanadi.
Anatomo-morfologik  chidamlilik  - to‘qimalar   strukturasini zichligi ortadi
yani   hujayra   qobig‘iningni   qalinligi   ortib   hujayra   oralig‘ini kichiklashadi.
Kasalliklarga   qarshi   kurashda   maxsus   kimyoviy   preparatlar-fungitsidlar
qo‘llaniladi.   O‘simliklar   o‘z   ontogenezi   davomida   muhitning   noqulay   omillariga
(stressorlarga) qarshi turish yani himoyalanish xususiyatlariga ega. Noqulay muhit
omillaridan  himoyalanish   hujayra   va  organizm   va  populyatsiyalar   darajasida   ro‘y
beradi.
Hujayra   darajasida:   a)   anatomik   moslanishlarni   (mexanik   to‘qimalar,
kutikulalarning   mavjudligi   va   boshq.),   b)   maxsus   himoya   organlari   (so‘lish,
tikanlar),   v)   fiziologik   reaksiyalar   (SAM-metabolizm,   barg   og‘izchalarining
yopilishi   tufayli   ortiqcha   suv   yo‘qotishning   oldini   olish),   g)   himoya   moddalarini
ajratish (himoya oqsillari, prolin, fitonsidlar, fitoaleksinlar va boshq.).
Organizm   darajasida   esa   yuqoridagi   himoya   vositalariga   yana:   a)   noqulay
sharoitda   faqatgina   pishib   yetilishi   mumkin   bo‘lgan   mevalarni   shakllantirish
mexanizmlari;   b)   yo‘qotilgan   organlarning   regeneratsiyasi;   v)   gormonlar   tizimi
ishini qayta qurish va shu  yo‘l  bilan o‘simliklar o‘sishini  to‘xtatib uning tinchlik
davriga o‘tishini ta’minlash.
Populyatsiyalar   darajasida   esa   organizmlarning   tabiiy   tanlanishi   natijasida
muhitga ko‘proq moslashgan turlarning ko‘payishi.
Stressorlarning   (qo‘zg‘atuvchilarning)   organizmlarga   kuchli   darajada
ta’siriga nisbatan, agarda u qisqa vaqt davom etsa maxsus bo‘lmagan, uzoq davom
etsa himoya vositalarining maxsus mexanizmlari vujudga keladi.
22

O‘simliklarning noqulay omillari ta’siriga chidamliligi REJA: 1. Noqulay omillar ta’sirida o‘simliklarda paydo bo‘ladigan nospesifik o‘zgarishlar - stresslar. 2. O‘simliklarning suv tanqisligi va qurg‘oqchilikka , i ssiqlikka chidamliligi. 3. O‘ simliklarning s ovuqqa va o‘ta sovuqqa , qishga chidamliligi. 4. O‘simliklarning tuproq sho‘rlanishi va sho‘rga chidamliligi. 5. O‘simliklarning zaharli gazlar, ksenobiotiklar va radiasiya ta’siriga chidamliligi. 6. O‘simliklarni kasalliklarga chidamliligi.

Noqulay omillar ta’sirida o‘simliklarda paydo bo‘ladigan nospesifik o‘zgarishlar - stresslar. Tashqi muhitning noqulay omillari ta’siri qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Evolyusiya davomida bunday noqulay omillar ta’siriga o‘simliklar moslasha boradi. O‘simlik to‘qimalarida o‘ziga xos fiziologik- biokimyoviy o‘zgarishlar roy beradi, natijada o‘simlik shu sharoitga moslasha boradi va kelajak avlodlarning noqulay sharoitga bo‘lgan chidamliligi orta boradi. Ya’ni o‘zlarini himoyalash qobiliyati paydo bo‘lib, ular rivojlana boradi. O‘simlikning aniq bir yashash muhitiga moslashuvi adaptasiyalanish deyiladi. Bunday funksiyalarning mavjudligi barcha fiziologik jarayonlar kabi zaruriy hisoblanadi. Noqulay omillarning qisqa yoki uzoq muddatli ta’siriga moslashmagan o‘simliklarning metabolitik jarayonlari kuchli zararlanadi va ular nobud bo‘lishlari mumkin. Noqulay omillar ta’siridan organizmda paydo bo‘ladigan nospesifik o‘zgarishlar yig‘indisi - stress bo‘lib, bu o‘zgarishlarni royobga keltiradigan kuchli ta’sir etuvchi omillar stressorlar deyiladi. O‘simliklar tanasida stressni royobga keltiruvchi omillarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin: 1. Fizikaviy - suv yetishmasligi yoki ortiqligi, yorug‘lik va haroratlarning o‘zgarishi, radioaktiv nurlar va mexanik ta’sirlar. 2. Kimyoviy – har xil tuzlar, gazlar, gerbisidlar, fungisidlar, sanoat chiqindilari va boshqalar. 3. Biologik – shikastlovchi hasharotlar patogen mikroorganizmlar, parazitlar, boshqa o‘simliklar bilan konkurensiya va boshqalar. O‘simliklarning stressorlar ta’siriga chidamliligi o‘sish va rivojlanish bosqichlarida ham har xil bo‘ladi. Tinim davrida ularning chidamliligi eng yuqori bo‘ladi. Eng chidamsizlik – o‘simliklarning yosh maysalarida kuzatiladi. Keyinchalik o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi bilan bir qatorda ularning chidamlilik darajasi ham pishib yetilish bosqichigacha ortib boradi. Ammo o‘simliklarning gullash fazasi, ayniqsa gametalarning shakllanish muddati ham kritik sanaladi. Chunki bu muddatda o‘simliklar stressorlar ta’siridan kuchli zararlanishi va hosildorlikni keskin kamaytirishi mumkin. 2

Kuchli va tez ortib borayotgan stressorlar ta’siridan paydo bo‘ladigan nospesifik jarayonlarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:  Membranalar o‘tkazuvchanligi ortadi va membrana potensiali o‘zgarishi natijasida, ionlar almashuvi ham buziladi.  Sitoplazmaga Ca 2+ kirishi o‘zgaradi.  Sitoplazmada pN nordonlik tomonga o‘zgaradi.  Protoplazmaning qovushqoqligi ortadi.  Kislorodning yutilishi va ATF sarflanishi kuchayadi.  Gidrolitik jarayonlar tezlashadi.  Stress oqsillarning hosil bo‘lishi faollashadi .  Plazmolemmadagi N + - pompalarning faolligi ortadi.  Etilen va ABK sintezi tezlashadi, hujayralarning bo‘linishi va o‘sishi sekinlashadi, fiziologik va metabolitik jarayonlar o‘zgaradi. Yuqorida sanab o‘tilgan stress reaksiyalar istalgan stressorlar ta’siridan sodir bo‘lishi mumkin. Ular hujayra strukturalarini himoyalashga va noqulay o‘zgarishlardan saqlashga qaratilgan(Polevoy, 1989). O‘z navbatida nospesifik o‘zgarishlar bilan bir qatorda spesifik o‘zgarishlar ham paydo bo‘ladi (ular haqida keyingi konkret omillarning ta’sirini izohlashda to‘xtaymiz). Noqulay omillar ta’siridan hujayrada uglevodlar va ayniqsa prolin (aminokislota) miqdori ham ko‘payadi va himoya reaksiyalarida ishtirok etadi. O‘simliklarga suv yetishmaganida, hujayra sitoplazmasida (arpa, shpinat, g‘o‘za) prolin konsentrasiyasi 100 martagacha ko‘paygani aniqlangan. Prolin oqsillarni denaturasiyadan saqlaydi. Prolin to‘planganda, osmotik faol modda bo‘lganligi uchun, hujayrada suvni saqlashda ham xizmat qiladi. Umuman, o‘simliklar noqulay muhitda yashaganda, ularning tanasida etilen va ABK miqdori ko‘payadi, modda almashinuv jarayoni pasayadi, o‘sish va rivojlanish sustlashadi, qarish jarayonlari tezlashadi, to‘qimalarda auksin, sitokinin va gibberellinlar miqdori kamayadi va tinimga o‘tish tezlashadi. O‘simliklarning suv tanqisligi va qurg‘oqchilikka , issiqlikka chidamliligi. 3

Suvning yetishmasligi o‘simliklarga eng ko‘p zararli ta’sir etadi. Suv yetishmasligi – qurg‘oqchilik dastavval o‘simliklarning suv almashinuv jarayonlariga salbiy ta’sir etadi va o‘simliklarning boshqa fiziologik jarayonlarida (fotosintez, nafas olish, ildiz orqali mineral elementlarning o‘zlashtirilishi, o‘simliklar tanasida moddalar transporti va boshqalar) ham namoyon bo‘ladi. Natijada, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi sekinlashadi yoki to‘xtab qoladi. Qurg‘oqchilik uch xil, ya’ni tuproq qurg‘oqchiligi , atmosfera qurg‘oqchiligi va fiziologik qurg‘oqchiliklar bo‘ladi. Tuproq qurg‘oqchiligi asosan yozning o‘rtalari va oxirida kuzatiladi. Bu vaqtlarda havoning issiq va quruq kelishi natijasida tuproqdagi suv yer yuzasidan va o‘simliklardan tez bug‘lanib, tuproqning ko‘rib qolishi kuzatiladi. Natijada tuproq qurg‘oqchiligi boshlanadi. Atmosfera qurg‘oqchiligi – haroratning juda yuqori bo‘lib, havoning nisbiy namligi kam (10-20%) bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda o‘simlikda transpirasiya jarayoni juda jadal bo‘ladi. Natijada o‘simlikka suvning kelish tezligi bilan undan suvning bug‘lanib chiqishi o‘rtasidagi muvozanat buziladi va o‘simlik so‘liy boshlaydi. Issiq va quruq shamol (garmsel) esganda vujudga keladigan atmosfera qurg‘oqchiligi o‘simliklar uchun yanada xavfliroq. Garmsel vaqtida tuproqda suvning bo‘lishiga qaramay, o‘simlikning yer ustki organlaridagi suv ko‘plab sarflanib, qurg‘oqchilikka chidamsiz o‘simliklar nobud bo‘ladi. Fiziologik qurg‘oqchilik - tuproqda o‘simliklarni ta’minlash uchun yetarli miqdorda suv bo‘lsa ham uni ayrim sabablarga ko‘ra o‘simliklarning o‘zlashtira olmasligi bilan xarakterlanadi. Bularga tuproqda tuzlarning to‘planishi (sho‘r tuproqlar), tuproq haroratining juda past bo‘lishi, kuchli nordon reaksiyaga ega bo‘lgan tuproqlar (rN 3-5) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bunday tuproqlarda ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sa olmasliklarining sabablaridan biri suvni o‘zlashtira olmaganligida. Quruq tuproqda o‘simliklarning suv bilan ta’minlanish jarayoni buziladi. Natijada o‘simlikda uzoq vaqtgacha suv tanqisligi va so‘lish holati davom etadi. Suv balansining uzoq vaqtgacha buzilib qolishi o‘simlikda fiziologik 4

jarayonlarning o‘zgarishiga ham sabab bo‘ladi. Suvsizlik natijasida protoplazmaning kolloid va kimyoviy xususiyatlari zararlanadi. Oqsillar sintezi keskin pasayadi, chunki informasion RNK iplarini uzuvchi adenozintrifosfataza faollashadi, polisomalar parchalana boshlaydi. So‘lish yosh o‘simliklarga, o‘simliklarning yosh organlariga va ayniqsa yosh generativ (guncha, gul) organlariga ko‘proq ta’sir etadi. Gul organlarining shakllanishi kechikadi, generativ organlarning to‘kilishi kuchayadi va hosildorlik keskin kamayadi. O‘zbekistonda odatda haroratning eng yuqori, havo namligining eng past va tuproq qurg‘okchiligi sodir bo‘ladigan vaqtga g‘o‘zaning gullash bosqichi (suvga nisbatan kritik) ham to‘g‘ri keladi. Bunga e’tiborsizlik juda ko‘p hosil elementlarining to‘kilib ketishiga va hosildorlikning past bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Suv taqchilligining zararli ta’siri hamma o‘simliklarda bir xil emas. Bunga chidamlilik o‘simlikka bog‘liq. Masalan, yorug‘liksevar o‘simliklar (kungaboqar, kartoshka va boshqalar) tanasidagi suvning 25-30 % ni yo‘qotganda ham ularda so‘lishning tashqi belgilari yaxshi sezilmaydi. Soyaga chidamli o‘simliklar suvlarni 13-15 % yo‘qotish bilan sulib qoladilar. Botqoqlikda yashovchi o‘simliklar eng chidamsiz bo‘lib, suv taqchilligi 7 % bo‘lganda qurib qoladi. O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamlilik darajasi, ularga yashash muhitining ta’siri natijasida, evolyusiya davomida yaratilgan. Qurg‘oqchilikda yashovchi – qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarning morfologik, anatomik tuzilishi va fiziologik–biokimyoviy xususiyatlari suv bilan yaxshi ta’minlangan o‘simliklardan keskin farq qiladi. Qurg‘oqchilik maydonlarida o‘sadigan o‘simliklarni kserofitlar deyiladi. Kserofitlar tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligida o‘sishga moslashgan o‘simliklardir. Ularning xarakterli belgilaridan biri, bu,yer ustki qismining yer ostki qismlaridan o‘lchamlari o‘yicha kichik bo‘lishi hamda bug‘latuvcni yuzaning ham kam bo‘lishidir. P.A.Genkel ta’limoti bo‘yicha, kserofitlarning o‘zi ham qurg‘oqchilikka chidamliligi bo‘yicha bir necha guruhlarga bo‘linadi. 5