O‘SIMLIKLARNING PAST HARORATGA CHIDAMLILIGI
O‘SIMLIKLARNING PAST HARORATGA CHIDAMLILIGI Reja: 1. O‘ simliklarni past haroratga chidash chegaralari. 2. O‘simliklarni sovuqqa bardoshligi. 3. T urli o‘simliklarning vegetativ va generativ a’zolarini minimal haroratda o‘sishi. 4. Past harorat larga o‘ simliklarning tolerantligini ta’minlash
O‘simliklarning past haroratga chidamliligi Turli joylarda o‘sadigan o‘simliklarning past zararlantiradigan haroratga chidash chegaralari bir xil emas. Tundrada o‘sadigan o‘simliklar qishda kechasi -40 0 С da ham o‘lib qolmaydi. Yevropaning markazidagi ayrim o‘simliklar muzlamaga ham chidaydi. Janubdagi issiqsevar o‘simliklar 1-3 0 С da masalan, g‘o‘za o‘lib qoladi. O‘simliklarni past haroratga chidamliligiga ko‘ra ularni sovuqqa chidamli, muzlamaga chidamlilarga ajratiladi. Sovuqqa chidamlikka 0 0 С haroratdan biroz yuqoriga chidash tushiniladi. Mo‘tadil iqlim sharoitida o‘sadigan o‘simliklar arpa, suli, sovuqqa chidamli. Issiqsevar o‘simliklarning past ijobiy (+) haroratga bardosh berishiga sovuqqa chidamlilik deyiladi. Harorat 0 0 С dan pastga chiday oladiganlarni muzlamaga chidamli deyiladi. O‘simliklarning sovuqqa bardoshligi bir xil emas. Bodring, g‘o‘za, no‘xat, makkajo‘xori, baqlajon 3 0 С da zararlanadi. Bir turga mansub har xil navlarning sovuqqa chidamliligi ham turlicha. O‘simliklarning sovuqqa chidamliligini ifodalashda harorat minimumi tushunchasidan foydalaniladi, bunda o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi. Qishloq xo‘jaligida ekib hosil olinadigan o‘simliklarda harorat minimumi 4 0 С ga teng. Biroq harorat minimumi bundan yuqori bo‘lgan o‘simliklar ham ko‘p, shunga ko‘ra ular sovuqning ta’siriga kam chidaydi. O‘simliklarning sovuqqa chidamliligini aniqlashda sitoplazma tuzilishini saqlay olish xususiyati, sovu q atgan paytda moddalar al a lm shinuvini o‘zgartirishi e’tiborga olinadi.
O‘simlikning sovuqqa bardoshligini aniqlashda: ekilgan urug‘ni nam, iliq bo‘lmagan tuproqda chirimay turishi, niholni paydo bo‘lish muddatlari, ularning o‘sishini tezligi, biomassa to‘plashi, xlorofillning miqdori, yerosti va yer usti qismidagi elektrolitlar miqdorlarining nisbatlari kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 3-jadval Turli o‘simliklarning vegetativ va generativ a’zolarini Minimal haroratda o‘sishi ( 0 S larda) Sovuqqa chidamliligi Niholi va vegetativ a’zolari Generativ a’zolari Bardoshlilar: bahorgibug‘doy, arpa, suli, qandlavlagi 4-5 8-10 O‘rtachabardoshlilar: dukkaklilar, kungaboqar 7-8 12-15 Bardoshikamlar: soya, no‘xat 11-13 15-18 Chidamsizlar: g‘o‘za, yeryong‘oq, polizekinlari 14-15 18-20 Ayrim issiqsevar o‘simliklarni sovuqqa chidamliligini oshirish uchun ularning urug‘ va nihollari chiniqtirish bilan himoyalanish- moslanishga yo‘nalgan moddalar almashinuvida o‘zgarishlar hosil qilish mumkin. Unishni boshlagan urug‘ yoki nihollarni (masalan, bodring, pomidor, polizekinlari) bir necha kun davomida har 12 soatda 0-5 0 С va 15-20 0 С haroratda olib turiladi. Mikroelementlarning 0,25% li eritmalarida urug‘larni namlash ham shunday natija beradi. O‘simliklarni muzlamaga chidamliliklarini oshirish ham muhim. Ye r sharida havoning harorati -20 0 С bo‘ladigan hududlar 42% ni tashkil qiladi. Bu
hududlarda ekinlardan hosil olish uchun muzlamaga chidash mexanizmlarini o‘rganishni taqazo etadi. Havo birdaniga sovub ketsa, o‘simlikning hujayralarida, to‘qimadagi muz suvsizlantiradi, membranani jarohatlaydi. Bahordagi muzlamalar o‘simlik uchun xavfli. O‘simlikning muzlamaga chidamliligi uning turiga, rivojlana yo tgan davriga, fiziologik holatiga, mineral oziqlanishiga, suvlanganiga, muzlamani davom etish muddatiga, muzlamaga sabab bo‘ladigan ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Kuzda ekilib qishlab qoladigan ekinlar boshqalaridan ko‘p chidamli bo‘lib, ular ontogenezining dastlabki davrlarida -7-10 0 С haroratga ham bardosh beradi. Buning uchun ular kuzni oxirida emas, ertaroq ekilishi, o‘simlik qishgi sovuqlarga o‘zida chidamlilikni hosil qilishi lozim. Ildizmevali o‘simliklar qishgi sovuqqa chidamlilikni oshiradigan moddalar hosil bo‘ladi deb hisoblaniladi. O‘simlik tinim davriga o‘tayotganda auksin, gibberillin kabi o‘stiruvchi moddalarning miqdorlari kamayadi bu tinimni ta’minlaydi. Past haroratlarga o‘simliklarning tolerantligini ta’minlash Past haroratlarga o‘simliklarning chidamlilik mexanizmi suvsizlikni pasayishi va protoplastning mexanik deformatsiyasi bilan ta’min etiladi. U o‘zichiga hujayra ichida muzning hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatilishi va hujayralar aro hosil bo‘lgan muzga chidamlmligini ko‘tarilishini kiritadi. Erigan moddalar eritmalar muzlash nuqtasini pasaytiradi, shuning uchun hujayra shirasining konsentratsiyasini ko‘tarilishi, asosan erigan karbon suvlar hisobidan –
o‘simlikni muzlanishiga qarshilik ko‘rsatadigan foydali moslashuv bo‘lib hisoblanadi. O‘simlikning umumiy suvni za h irasidan kolloid-bo g‘ langan suv mi q dori oshishiga h am yordam beradi. O‘ simliklarning h ujayrashirasi -1-5 0 C haroratda muzlaydi, to‘qimalardagi hujayralar esa undan past haroratlarda, chunki bu yerda muzlash nuqtasining passayishiga boshqa suvni biriktiradigan kuchlar ta’sir etadi. Bundan tashqari, hujayralardagi suv o‘ta sovush qobiliyatiga ega: muzlash nuqtasidan past holatda, muz hosil qilmasdan sovushni boshlaydi. Ammo o‘ta sovuq holat chidamsiz bo‘ladi. U bir necha soatdan so‘ng saqlanmaydi va o‘ta sovuqdan qochishga yordam beradi. Haddan sovuq holat (0 0 C past bo‘lganda) o‘rtacha sovuqda kuzatiladi va past haroratgacha yetadi (20 0 past), kurtaklarida va ayrim bargli daraxtlarning yog‘ochlik parenximasida. H addan sovugandan s o‘ ng muz h osil b o‘ lgan paytda , eng yu q ori harorat ni o‘ lchash mumkin va u t o‘q imaning muzlar nu q tasiga t o‘g‘ ri keladi . Suyu q va q attiq fazalar orasida tenglik b o‘ lganda harorat yana pasayadi . Muzlash nu q tasini pasayishi vegetatsiya davrida o‘ ta sovukdan yagona h imoya b o‘ lib h isoblanadi . Bargning differensirovkasi tugagan paytda muzlash x avfligi to -3 - 5 0 harorat gacha ta ’ sir etmaydi , q ishda muzlash harorati , doimiy yashil b o‘ lgan barglarning h ujayra shirasining osmotic faol komponentlarini tuplanishi bilan bo g‘ langan b o‘ lib 2 - 5 0 pasayadi . Lekin yo sh barglar , gular va x o‘ lmevalar -1 - 2 0 harorat da muzlaydi .