O‘simliklarning xashoratlarga immunitet hususiyatlari
O‘simliklarning xashoratlarga immunitet hususiyatlari Reja: 1. O‘simliklarni hashoratlarga chidamlilining mohiyati 2. O‘simliklarni hashoratlar keltirib chiqaradigan zararlanishlar turlari. 3. Hashorat va o‘simlik orasidagi munosabatlar. 4. O‘simliklarning hashoratlarga chidamlilik turlari. 5. Hashoratlarning tanlovchanlik xususiyatini o‘simlik imunitetidagi ahamiyat. 6. O‘simliklarning bioximik xususiyatlarining hashoratlarga nasbatan immunitetiga ta’siri
O‘simliklarning hashoratlardan shira, chigirtka va nematodalarga nisbatan chidamliligi ularning zamburug‘, bakteriya va viruslarga nisbatan chidamliligi kabi muhim ahamiyatga ega. Lekin fanda o‘simliklarning hashoratlarga chidamlilik masalasi nisbatan to‘liq o‘rganilmagan. O‘simlikning hashoratlarga chidamliligi R.Paynter fikricha quyidagi 3 ta yunalishni o‘z ichiga oladi. 1. O‘ simliklarning chidamli navlarining asos iy himoya usulidir. 2. O‘simliklarning barcha himoyalanish yo‘llariga qo‘shimcha. O‘simlik shaklining chidamsiz navlarining paydo bo‘lishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘simliklarning chidamli navlarini yaratish hashoratlarga qarshi biologik usul sifatida foydalanishi mumkin. O‘simlikning hashorat bilan zararlanishida uning bargi, poyasi, ildizi, guli, mevasi kabi vegetativ va generativ a’zolari zarar ko‘radi. O‘simliklarning hashoratlardan zararlanishni quyidagi turga bo‘lish mumkin. 1. Bargining mezofil qismini barg tomiri zarar etkazmasdan zararlanishi (o‘tloq motilkasi hashorati). 2. Bargni faqat joriy parenximasini barg tomirsiz zararlash (karam va sholgom qurti) . 3 . Bargni yuza tomonini zararlash. 4. Barg kirrasini zararlanmasdan barg parexim a sini har joyini zar a rlash ( karam kuyasi). 5. Barg qirrasini hir xil shaklda zararlash (Sitina goroxda) 6. B a rgning ustki v a ostki kutikul a s i ni ng zararla sh i.
15-rasm. Turli qayra g’ och barglarining hasharotlar tomonidan zararlanishi. Kemiruvchi hashoratlarning o‘simliklarni zararlashlari poyani kemirish, o‘simlik poyasining ko‘tarilish oqimi (floema) ni, gullarini qirqish, kurtak, g‘uncha, changchi va urug‘chilarni zararlash bilan ifodalanadi.
16-rasm. Kungaboqar kuyasi qurti bilan zararlangan kungaboqar savati. Sanchib so‘ruvchi hashoratlarning o‘simlikka ta’siri kemiruvchi hashoratlarnikidan keskin farq qiladi. Sikadok, trips, va shira kabi hashoratlar og‘iz apparatidagi so‘rg‘ichlari vositasida hujayralararo bo‘shliqqa kirib kelib hujayraga zarar etkazmay undan oziqlanadi va ko‘payadi. So‘ruvchi hashoratlar oziqlanish jarayonida o‘simlikka o‘nga xos fermentlar ishlab chiqaradi va u bilan munosabatga kirishadi. Hashorat bilan zararlangan o‘simlikning anatomik tuzulishida o‘ziga xos o‘zgarishlar yuzaga keladi. Zararlangan barg yuzasi kamayib fotosintez intensivligi pasayadi, ayrim o‘simlik a’zolari nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘simlikning hashoratlar tasiriga javob berishi uchun hashorat bartaraf qilish uchun smola, sut sharbatini ishlab chiqarib hashoratni zararlashga olib keladi. SHuning uchun ko‘pchilik hashoratlar asosan o‘sishdan orqada qolgan yoki to‘liq etilmagan usimlik novdalarila rivojlanadi. Ayrim o‘simliklar zararlangan joylarida probka qavatini hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Natajada hashoratning ko‘paytirishga noqulay sharoit hosil bo‘ladi. Tutdagi komstok, g‘o‘za shirasining o‘simlikni so‘rishi jarayonida so‘lak vositasida hujayraga tushgan gidromitik fermentlar ta’sirida uglevodlar polisaxaridlar va monosaxaridlarga parchalanib uni hashoratlar tomonidan
foydalanishi. Ayrim o‘simliklarda hashoratlardan zararlangan o‘simlik qismlari o‘rniga yangisini hosil qilinadi. Ayrim hollarda poyani o‘zagi kemirilganda. o‘q ildiz va o‘sish nuqtasi qirqilganda o‘simlikning rivojlanishi amalga oshmay qoladi. O‘simlikning hashoratlarga chidamlilik xususiyati deganda uning hashorat bilan bo‘lgan munosabatida ustunlik qilishi tushuniladi. YA’ni o‘simlikning hashoratlar zararlanishiga karamasdan sifatli va ko‘p miqdorda hosil berish qobiliyati tushiniladi. CHidamlilik xususiyatini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. 1. O‘simliklarning hashoratlarga to‘liq immuniteti. Bunday navlarni umuman hashoratlar zararlamaydi. 2. Y u ksak chidamlilik - o‘simlik hashorat bilan qisman zararlanish xususiyatiga ega bo‘ladi. 3. Past chidamlilik- o‘simliklar hashoratlar bilan kam miqdorda zararlangan bo‘ladi. 4. Zararlanuvchi navlarda - hosildorlik miqdori o‘rtacha miqdordan past bo‘ladi. 5. Yuqori zararlanuvchi navga hashorat cheksiz miqdorda zarar keltiradi . O‘simliklarning hashoratlarga immunitet xususiyati mavjudligi tufayli Er yuzida mavjud o‘simliklar turlarning saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Evolyusion taraqqiyot davomida o‘simliklarda hashoratlar ta’siriga chidamlilik xususiyati mukamallashib borgan bo‘lsa, hashoratlarda esa bu chidamlilikni engib borishga harakat qilgan. Bu kurashdagi asosiy vosita o‘simliklarning yashash uchun kurashi va hashoratlarning oziqaga bo‘lgan tabiati hisoblanadi. Oziqaga bo‘lgan talab xususiyati mavjudligi tufayli hashoratlar o‘ziga xos o‘simliklarga moslasha borgan. Natijada ma’lum turdagi o‘simlikni oziqa uchun foydalanishda o‘simlikning rivojlanish fazasiga hashorat o‘zining rivojlanish fazasini moslashtirib borishga harakat qiladi. Xozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra hashoratlarga nisbatan o‘simliklar immuniteti quyidagi guruhlarga bo‘linadi. 1.Tanlovchanlik - hashoratning oziqlanishi yoki tuxum qo‘yishi uchun zarur o‘simlikni tanlashi.