logo

O‘XSHATISHLAR – OBRAZLI MILLIY TAFAKKUR MAHSUL

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.802734375 KB
O‘XSHATISHLAR – OBRAZLI MILLIY TAFAKKUR MAHSUL
Reja:
1. O‘xshatish va uning turlari   
2. Turli lingvomadaniyatlardagi o‘xshatishlarning qiyosiy tahlili 1. O‘xshatish va uning turlari .  O‘xshatishlar tashqi dunyoni bilishning eng
qadimiy   usullaridan   hisoblanadi.   O‘xshatishlar   muayyan   xalqning   ilk   tafakkur
tarzini   va   tasavvurlarini   tamsil   etadi.   Ularda   ma’lum   davrda   yashagan
ajdodlarimizning kechinmalari, tasavvurlari muhrlangan bo‘ladi. 
Turkiy   xalqlar   tafakkurini   ifodalashda   o‘xshatishlarning   o‘ziga   xos   o‘rni
haqida   Mahmud   Koshg‘ariyning   “Devonu   lug‘otit   turk”   asarida   alohida
ta’kidlangan:     “Biron   xotin   tuqqanda   doyadan:   tulki   tug‘dimi   yoki   bo‘rimi   deb
so‘raladi.   Ya’ni   qizmi   yoki   o‘g‘ilmi   demakdir.   Qizlar   aldoqchi   hamda   yalinchoq
bo‘lganliklari   uchun   tulkiga,   o‘g‘il   bolalar   ulardagi   botirlikka   asosan   bo‘riga
o‘xshatiladi” 1
.   Bu   o‘rinda   tulkidek   qiz,   bo‘ridek   yigit   o‘xshatish   qurilmasining
faqat  tulki  va  bo‘ri  etaloni qo‘llangan bo‘lib, uni o‘xshatishning qisqargan shakli –
metafora deyish mumkin. 
O‘rta   Osiyo   xalqlarining   qoraxoniylar   davridagi   hayotini   har   tomonlama
yoritib   bergan   Yusuf   Xos   Hojibning   “Qutadg‘u   bilig”   asarida   hoqonlarga   xos
fazilatlarni   namoyon   etadigan   quyidagi   o‘xshatishlar   qayd   qilingan:   “Hoqon...
jangda   arslonning   yuragiga   ega   bo‘lishi   lozim...   yovvoyi   to‘ng‘izdek   qaysar;
bo‘ridek   kuchli;   ayiqdek   jasur   bo‘lishi   kerak;   ho‘kizdek...,   hakkadek...,
qarg‘adek..., tulkidek..., tuyadek..., arslondek... va boyqushdek... bo‘lishi lozim” 2
.  
Insonning dunyoni bilishida o‘xshatish-qiyoslash benihoya katta o‘rin tutadi.
Ikki   yoki   undan   ortiq   predmet   yoki   tushunchani   o‘xshash   yoki   farqli   jihatlarini
aniqlash   maqsadida   qiyoslash,   taqqoslash   tashqi   dunyoni   bilishning   eng   keng
tarqalgan   mantiqiy   usullaridan   biri   sifatida   inson   faoliyatining   deyarli   barcha
sohalarida kuzatiladi. Bu behad muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilda ham o‘z
aksini topadi 3
. 
Prof.   N.   Mahmudov   o‘zbek   tilidagi   o‘xshatishlarni   to‘rt   unsurga   ajratib,
ularni   o‘xshatish   subyekti,   o‘xshatish   etaloni,   o‘xshatish   asosi   va   o‘xshatishning
1
 Маҳмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девону луғотит турк).  I. – Т .:   ЎзФА , 1963. – Б . 404.  
2
 Radlov W. Das Kutadku Bilik des Yusuf Chass Hadschib aus Balasagun. –St-Petersburg, 1891-1910. –
P. 205-206.
3
  Маҳмудов Н. Семантико-синтактическая асимметрия в простом предложении узбекского языка:
Дисс. ...док-ра филол.наук. –Ташкент, 1984. -Б 259. shakliy   ko‘rsatkichi   deb   nomlaydi.   “...o‘xshatishlar   o‘ziga   xos   obrazli   tafakkur
tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha
badiiy-estetik   qimmatga   molik   bo‘ladi,   nutqning   emotsional-ekspressivligi,
ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat  qiladi. O‘xshatishlarning ikki turi,
ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar va 2) umumxalq
yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi” 4
. 
Erkin   o‘xshatishlar   muallifning   o‘ziga   xos   original   o‘xshatishlari   bo‘lib,   u
yozuvchining mahoratini belgilaydi.    Masalan, Oybek she’riyati o‘ziga xos original
o‘xshatishlarga boyligi bilan ajralib turadi: 
Men ipak qurti kabi
Xayolimga o‘raldim.
Tuyg‘ularim girdobi
Orasida yo‘qoldim.
“Parchada   murakkab   hissiy   holatning   go‘zal   va   real   tasviri   berilgan
bo‘lib, bu hissiy holatning asosiy va ajoyib mazmuni birinchi ikki misrada o‘zining
juda ham nozik ifodasini topgan, keyingi ikki misra esa ana shu ifodani yana ham
aniqlashtirgan. “Ipak qurti kabi” tarzidagi o‘xshatish etaloni ayni o‘rinda nihoyatda
original   va   ayni   holat   uchun   juda   ham   mos.   Ma’lumki,   ipak   qurti   ipak   chiqarib
o‘zini o‘zi o‘raydi va pilla hosil bo‘ladi, o‘zi esa uning ichida qolib ketadi, pilla –
oppoq,  u  ana  shu   oqlik  ichra  pinhon  bo‘ladi.  Shoir  esa   o‘z  xayoliga  o‘raladi,  uni
oq,   pilladay   oppoq   xayollar,   olovli   tuyg‘ular   girdobi   o‘zining   besarhad   bag‘riga
oladi,   shu   oppoq   bag‘rida   shoir   pinhon   bo‘ladi.   Teran   va   tarang   mutanosiblik,
o‘xshashi  yo‘q, haqiqiy oybekona o‘xshatish.  Bu o‘xshatishning  poetik salohiyati
shundaki,   shoir   u   orqali   faqatgina   u   yoki   bu   darajada   tasavvur   qilish   mumkin
bo‘lgan   hissiy   holatni   qo‘l   bilan   ushlab   ko‘rish   mumkin   bo‘lgan   darajada
“moddiylashtirib” yorqin surat drajasida lo‘ndalashtirib ko‘rsatgan” 5
.   
O‘xshatish qurilmalaridan farqli o‘laroq, o‘xshatishga asoslangan matnlarda
“o‘xshatish   asosi,   ya’ni   ikki   obyektni   o‘zaro   o‘xshatish   uchun   asos   bo‘lgan
4
 Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати.-Т.: Маънавият, 
2013. –Б. 5.
5
 Миртожиев М., Маҳмудов Н. Тил ва маданият. –Т/^: “Ўзбекистон”, 1992.  –Б. 96-96.  referent   so‘z   orqali   emas,   balki   jumlalar   orqali   voqe   bo‘ladi.   Masalan:     Ilk
muhabbat   bahor   osmonidagi   bulutga   o‘xshaydi.   Oppoq.   Pokiza.   Shaffof...   Na
qo‘lingiz   bilan   tutasiz.   Na   ortidan   yugurib   yetasiz...   Shamol   uni   qayoqqa   olib
ketishini ham bilmaysiz... Birinchi muhabbatning ko‘pincha natijasiz tugashi balki
shundadir...  (O‘.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar) 6
.  
Xalq   og‘zaki   ijodida   o‘xshatishlar   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   “...baxshi
yoki   ertakchi   ham   asarga   o‘z   individual   o‘xshatish,   qiyoslashlarini   kiritishi
mumkin.   Ammo   bu   ham   an’anaga,   epik   ijod   qonuniyatiga   mos   kelmasa,   asar
sujetiga singishmaydi, uning “yotligini” xalq darrov anglab oladi. O‘zida xalqning
an’ana,   udum,   marosim,   fikr   tarzini   ifoda   etgan   detalgina   xalqona   obrazning
ma’nosini ochishi, kengaytirishi mumkin” 7
.
Turg‘un   o‘xshatishlar ning   mohiyati   shundan   iboratki,   ularda   o‘xshatish
etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi
muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan til
jamoasida   urfga   kirib,   doimiy   ifodalar   sifatida   turg‘unlashgan,   umumxalq   tili
leksikonidan   joy   olib   ulgurgan   bo‘ladi.   Bunday   o‘xshatishlar   xuddi   tilda   tayyor
birliklar kabi nutqqa olib kiriladi 8
.
Tildagi   o‘xshatishlarni   tadqiq   etgan   tilshunoslarning   aksariyati   turg‘un
o‘xshatishlarning   idiomalarga   yaqin   turishini   yoki   idioma   maqomida   bo‘lishini,
ular   ko‘p   asrlar   mobaynida   kishilar   nutqida   qo‘llanish   natijasi   sifatida
turg‘unlashib,   so‘zlovchilar   ongida   muayyan   modellar   shaklida   mustahkamlanib
qolishini,   o‘xshatish   etalonining,   ya’ni   o‘xshatish   asosidagi   obrazning   muayyan
belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq bo‘lishini ta’kidlaydi 9
.
6
 Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. –Тошкент: Фан, 2013. –Б. 97-98. 
7
 Эшонқулов Ж. Фольклор: образ ва талқин. –Қарши: Насаф, 1999. –Б. 70.
8
 Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. –Т.: Маънавият, 
2013. –Б. 6.
9
 Некрасова Н. Сравнения общеязыкового типа в аспекте сопоставительного анализа 
художественных идиолектов // Лингвистика и поэтик. –М.: Наука, 1979. –С. 225; Лебедова Л. 
Устойчивые сравнения русского языка. –Краснодар: Кубинский ГУ, 2003. –С. 3; Хакимзянов Ф. О 
словаре устойчивых сравнений татарского языка // Российская тюркология. –Москва-Казань, 2010.
-№2. –С. 80.  Lingvokulturologiyani   ko‘proq   turg‘un   o‘xshatishlar   qiziqtiradi.   Negaki,
“turg‘un   o‘xshatishlar   milliy   ong   jumbog‘ini   yechishga   imkon   beradigan   yorqin
obrazli   vositalardan   biri   hisoblanadi”,   “dunyoni   o‘ziga   xos   milliy   tarzda   ko‘rish
o‘xshatish semantikasida aks etadi” 10
. 
  2.   Turli   lingvomadaniyatlardagi   o‘xshatishlarning   qiyosiy   tahlili.   Har
xil lingvomadaniyatlardagi turg‘un o‘xshatishlarni  qiyoslash     insonning xarakteri
va xatti-harakati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlarning etaloni sifatida hayvon va
jonivorlarni   bildiruvchi   so‘zlardan   ko‘proq   foydalanilganini   ko‘rsatadi.   Masalan,
qiyoslanilgan   tillarning   aksariyatida   tulki   ayyorlik,   aldoqchilik,   yolg‘onchilik
ramzi, etaloni  sifatida faol ishlatiladi:   tulkiday ayyor,  tilki  gibi   (turkcha)   хитрый
как   лиса   (ruscha) ,   as   false   as   fox   (inglizcha),   you   kathi   (koreyscha).
Mutaxassislarning   ta’kidlashicha,   g‘arb   va   slavyan   lingvomadaniyatlarida,
xususan,   ingliz   va   rus   tillarida   as   false   as   fox ,   хитрый   как   лиса   turg‘un
o‘xshatishlari   mifopoetik   manbalarga   asoslanadi,   chunki   qadimgi   tasavvurlarga
ko‘ra,   tulki   jodugar   hisoblangan,   unda   yo‘qolish,   ko‘rinmaydigan   bo‘lib   qolish
qobiliyati mavjud bo‘lgan 11
. Qayd qilingan xususiyatni  sharq lingvomadaniyatida,
xususan,   koreys   va   xitoy   madaniyatida   ham   kuzatish   mumkin.   Koreys   va   xitoy
mifologiyasida tulkining qizga aylanib qolishi keng tarqalgan.
Lingvomadaniyatlarning aksariyatida turg‘un o‘xshatishlarni obraz va uning
mazmuni jihatidan bir-biriga muqobilligi, muqoyasa obyektlarining o‘xshashligiga
guvoh   bo‘lamiz.   Masalan,   “befahmlik,   beso‘naqaylik,   qo‘pollik”   ayiqday
(o‘zbekcha),   ay ı   gibi   (turkcha),   ko‘m   kathi   (koreyscha),       как   медведь   (ruscha);
“kuchli,   qo‘rqmas”,   “mardlik,   jasorat”   arslon   kabi   (o‘zbekcha),   aslan   gibi
(turkcha); “semirmoq”, “ko‘p ovqat yemoq”  cho‘chqaday  (o‘zbekcha),  As fat as a
pig   (inglizcha),   tweji kathi   (koreyscha); “ko‘p ovqat yemoq”   molday   (o‘zbekcha),
so‘   kathi   (koreyscha);   “befahm”   eshakday   (o‘zbekcha),   eşek   gibi   (turkcha),   как
осел  (ruscha) va h.k. etalonlar vositasida ifodalanadi. 
10
 Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие для студентов высших учебных 
заведений. –М., 2001. –С. 133-134.
11
 Панченко Н. Сравнение как средство дескрипции лжи и обмана // Основное высшее и 
дополнительное образование: проблемы дидактики и лингвистики. –Волгоград: ВГТУ, 2000. –С. 
138-143.  Lingvomadaniyatlarning   aksariyatida   ayni   o‘xshatish   etalonlari   turli
belgilarning   o‘lchovi   sifatida   qo‘llanilishi   mumkin:     o‘zbek   tilida   qo‘ydek
“yuvoshlik”,   turk   tilida   koyun   gibi   “ahmoq,   dovdir”,   “qaror   berishda   yoki   xatti-
harakatlarida   boshqalarga   tobe   bo‘lgan”,   rus   tilida   овца   etaloni   “qo‘rqoqlik”;
o‘zbek   tilida   bo‘riday   “dovyurak,   mard”,   “g‘ajimoq,   tish   qayramoq”,   turk   tilida
kurt   gibi   “ishning   ko‘zini   biladigan”,   rus   tilida     как   волк     “och”;     o‘zbek   tilida
ilonday   “chaqmoq,   zahar   sochmoq”,   “sovuq”,   turk   tilida   yılan   gibi   “xoin,
yoqimsiz”,   rus   tilida     как   змея   “badjahl”;     o‘zbek   tilida   itday   “qopmoq”,
“sadoqatli”,   “akillamoq”,   “yugurmoq”,   “izg‘imoq”,   “ergashmoq”,   “ishlamoq”,
“ichmoq”   turk   tilida   köpek   gibi   “laganbardor”,   rus   tilida     как   собака   “aqlli”;
o‘zbek tilida   ho‘kizday   “qaysar”, “katta, qo‘pol”, “kuchli”, “ishlamoq”, turk tilida
öküz   gibi   “ahmoq,   tushunchasiz”;     o‘zbek   tilida   maymunday   “sakramoq,
irg‘ishlamoq”,   “o‘ynatmoq”,   turk   tilida     maymun   gibi   “g‘alati,   kulgili   harakatlar
qilmoq”, “taqlidchi” va h.k. 
Ba’zi  lingvomadaniyatlar  uchun me’yoriy hisoblangan  o‘xshatish  etalonlari
boshqa   xalqlarning   lisoniy   mental   an’analari   uchun   begona   bo‘lishi   mumkin.
Masalan,   o‘zbeklarda   xushbichim   qomatli   ayollarga   sarvday ,   turklarda   gavdali
ayollarga   at   gibi   o‘xshatishi   qo‘llaniladi.     Hindlarda   sohibjamol   qizning   yurishi
filning   ulug‘vor   va   mahobatli   qadam   tashlashiga   muqoyasa   qilinadi.   Yoki   hind
ayoli sigirga qiyoslanganda u xursand bo‘ladi, chunki hind xalqining idrokida sigir
go‘zallik   timsoli   sifatida   gavdalanadi.   Shuningdek,   Hindistonda   sigir   muqaddas
hayvon sanaladi. 
O’zbek   lingvomadaniyati   uchun   ayollarning   yuzini   oyga,   olmaga,   ba’zan
kulchaga,   inglizlarda   olchaga,   atirgulga   (as   red   as   a   cherry   /rose/),   xitoy   va
koreyslarda o‘rikka, majnuntol novdasiga qiyoslash me’yor hol hisoblanadi. 
Xitoy   va   Koreyada   ayollarni   ilonga   o‘xshatilsa,   ular   xursand   bo‘lishadi.
Chunki,   mazkur   lingvomadaniyatlarda   ilon   donolik,   go‘zallik   va   epchillik   ramzi
hisoblanadi.
Ayni   tushuncha   turli   lingvomadaniyatlarda   o‘zgacha   ifoda   vositalari,   ya’ni
boshqacha   o‘xshatish   etalonlari   vositasida   aks   ettirilishi   mumkin.   Masalan, baquvvat   kishilarni   o‘zbeklar   filga,   inglizlar   otga   muqoyasa   qilishadi:   filday
baquvvat ,  strong as a horse . Yoki o‘zbeklar tinimsiz ishlaydigan, mehnat qiladigan
kishilarni chumoliga ( chumoliday ), turklar esa ariga o‘xshatadilar ( arı gibi ).   
Dunyoni   obrazli   qiyoslash   maqsadida   istifoda   etiladigan   ba’zi   o‘xshatish
etalonlari   boshqa   lingvomadaniyatlarda   frazeologizm   yoki   metafora   ko‘rinishida
namoyon   bo‘lishi   ham   mumkin.   Masalan,   o‘zbek   madaniyatida   “imillamoq,
sudralmoq” ma’nosida qo‘llaniladigan   toshbaqaday   etaloni koreys madaniyatidagi
kabo‘k thata   (toshbaqa  minmoq)  frazeologizmiga muqobil  bo‘ladi.   O‘zbek tilida
“semirmoq”,   “ko‘p   ovqat   yemoq”ni   anglatgan   cho‘chqaday   o‘xshatish   etaloni
koreys   tilida   tweji   (cho‘chqa)   ko‘rinishida   metaforaga   aylanganini   ko‘rish
mumkin.   Yoki rus tilida “qo‘rqoq” ma’nosi   как заяц   o‘xshatishi bilan, turk tilida
tavşan yürekli    metaforasi bilan ifodalanadi.
Har   bir   lingvomadaniyatda   shu   xalqning   mentalitetini,   uning   o‘ziga   xos
milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi turg‘un o‘xshatishlar mavjud bo‘ladi.
Masalan, “o’zbek tilidagi   musichaday beozor (odam)   o‘xshatishini boshqa tillarda
uchratish   qiyin.   Musichaday   o‘xshatish   etalonida   milliy-madaniy   konnotatsiya
mavjud,   unda   “beozorlik”   belgisining   o‘zbekka   xos   ta’kidi   yaqqol   o‘z   ifodasini
topgan.   Musichaga   xos   yumshoq   tabiat   va   harakat     o‘zbek   idrokida   ijobiy   talqin
topishidan   tashqari,   bu   mushfiq   qush   haqidagi   islomiy   rivoyat   ham   musichaday
etalonining  an’anaga   kirishiga   ta’sir   etgani   ehtimoldan   holi   emas.   Ana   shu   tariqa
musichaday   beozor   turg‘un   o‘xshatishi   beozorlikning   o‘zbekcha   o‘lchovi   sifatida
tamoman   milliy   obraz   maqomini   olgan” 12
.   Lekin   hamma   lingvomadaniyatlarda
ham   shunday   emas.   Masalan,     ingliz   tilida   “beozorlik”   timsoli   sifatida   “kabutar”
qabul  qilinganini  kuzatish mumkin:   As harmless  as  a dove   (Musichaday  beozor).
Yoki   koreys   tilida   “sigirday   beozor”   birikmasini   uchratish   mumkin.   Shuningdek,
cin gibi  o‘xshatishi turk tiliga xos milliy-madaniy konnotatsiyani ifodalab, u “aqlli,
bilimdon” belgisini ifodalashga xizmat qiladi. Chunki turk xalq ertaklarida  cin  (jin,
ajina) aqlli, epchil, abjir obraz sifatida talqin qilinadi. 
12
 Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. –Тошкент: 
Маънавият, 2013. –Б. 10-11.  O‘xshatishlar   har   bir   xalqning   iqlimi,   fauna   va   florasi,   joylashgan
hududining   o‘ziga   xos   xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   ham   yaratiladi.
Masalan,   So‘fining tani shu topda Arabiston tog‘larining saratondagi toshlariday
qizib   yonardi   (Cho‘lpon.   Kecha   va   kunduz).   Cho‘lpon   tomonidan   yaratilgan
mazkur   o‘xshatishda   Arabiston   iqlimining   juda   issiqligidan   kelib   chiqqan   holda,
Razzoq so‘fining ruhiy holati ifodalangan. 
Iqlim sharoitiga ko‘ra qor bilan tez-tez to‘qnashmaydigan Arabiston, Afrika,
Misr   Arab   Respublikasining   lingvomadaniyatlarida   “qordek   oppoq   sochlar”
o‘xshatishi   uchramaydi.   Chunonchi,   qorning   nimaligini   ko‘z   oldiga   keltira
olmagan   mazkur   madaniyatlarda   ijobiy   baholanayotgan   biror   narsaning   “qor”ga
qiyolanishi   zaruriy   obrazli   ifodani   yarata   olmaydi.   Shuning   uchun   bunday
o‘xshatishni   qayd   etilgan   mamlakatlarning   tillariga   tarjima   qilganda,   “sutdek
oppoq sochlar” deb berish maqsadga muvofiqdir. 
Yoki “ko‘pgina oq rangli narsalarning rus tilidagi singari  o‘zbek tilida ham
obrazli   tarzda   “qor”ga   muqoyasa   etilishi   nutqiy   an’anaga   aylangan   bo‘lishiga
qaramasdan, ijobiy ta’riflanayotgan oppoq tishlar “qor”ga emas, balki qimmatbaho
“sadaf”ga qiyos etiladi:  Нет, Хорь в город уехал, - отвечал парень, улыбаясь и
показывая ряд белых, как снег, зубов   – ЗО, 28   //   Yo‘q, Xor shaharga ketgan, -
dedi yigit kulimsirab, sadafdek oppoq tishlarini ko‘rsatib  – O‘X, 15” 13
. 
O‘zbek   she’riyatida   tunday   o‘xshatishidan   sochning   qoraligini   ifodalash
uchun keng foydalaniladi: 
Kel endi tashlama, qo‘yma
Bu tunning qo‘ynida yolg‘iz.
       Hijronni boshimga yoyma,
Ey  tundek  sochi qora qiz (Cho‘lpon.  Tun).
Shotland   lingvomadaniyatida   sochning   qoraligi   zog‘(qarg‘a)ga   qiyoslanadi.
Binobarin, Shotlandiya shimoliy o‘lka bo‘lib, u yerda yilning deyarli barcha faslida
zog‘larni   uchratish   mumkin.   Mazkur   o‘xshatishni   shotlandiyalik   shoir   Robert
13
 Мусаев Қ. Таржима назарияси асослари. Дарслик. –Тошкент: Фан, 2005. –Б. 219-220. Byornsning   “John   Anderson”   she’rida   uchratish   mumkin.   B.Xolbekova   “John
Anderson”   she’rining   rus   va   qozoq   tillaridagi   tarjimalarini   quyidagicha   tahlil
qiladi:
John Anderson my jo, John,
When we were first acquent,
Your  locks were like the raven ,
Your bonie brow was brent.
Mazmuni: “Qadrdonim, mening do‘stginam  Jon Anderson, birinchi  bor sen
bilan   ko‘rishganimizda,   sochlaring   zog‘(qarg‘a)   rangiga   o‘xshar   (ya’ni   qop-qora
edi, yosh  eding),  barq  urib  do‘ng  peshonangni  bezab  turardi...”.  Ingliz  tilida agar
soch   qarg‘aga   o‘xshatilsa,   ingliz   o‘quvchisi   faqat   qarg‘a(zog‘)ning   o‘zini   emas,
balki   uning   rangini   tushunadi.   Tadqiqotchi   Your   locks   were   like   the   raven,   Your
bonie   brow   was   brent   misrasining   rus   tarjimoni   S.Marshak   tomonidan:   Густой
крутой твой локон, Был черен точно смоль   tarzida tarjima qilinib, ingliz tilida
“qarg‘a”ga   qiyoslangan   soch   “mum”   (saqich)ga   aylanganligini,   qozoq   tarjimoni
Qubondiq Shang‘itboyev tomonidan  esa:   Самай  шашқн   тогiлген,  Қара  eдi  ғой
комiрден  kabi qozoqchalashtirilishi natijasida ruschadagi “mum” (saqich) sochlari
qozoqchada “ko‘mirdan ham qora”ga aylanganini aytadi 14
. 
Mif,   ertak,   doston   va   badiiy   asar   qahramonlari   vositasida   ham   muayyan
o‘xshatishlarning   vujudga   kelganligini   kuzatish   mumkin.   Jumladan,   o‘zbek   tilida
“baquvvat, pahlavon, gavdali, juda ham kuchli, bahodir” ma’nosida   Alpomishday ;
rus   tilida   “jasur,   botir”   ma’nosida   как   Ахилл ,   ingliz   tilida   “jasur   va   botir”
ma’nosida  as brave as Robim Hood   o‘xshatishlari qo‘llaniladi.  
Umuman, o‘xshatishlar  har  bir  xalqning  lingvomadaniy boyligi   bo‘lib,  ular
milliy   dunyoqarash,   dunyodagi   hodisalarni   milliy   tasavvurlarga   ko‘ra   taqqoslash,
qiyoslash  natijasida shakllanadi.  
ADABIYOTLAR
14
 Сирожиддинов Ш., Одилова Г. Бадиий таржима асослари. –Т . : Мумтоз сўз, 2011.  –Б. 80.  1 . Usmanova Sh.  “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza  kurslari .  – Toshkent: 
Universitet, 2014.
2 .  Алефиренко Н.Ф.  Лингвокультурология. Ценностно-смысловое  
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.  
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии.  Учебное пособие.  – М. : 
Наука, 2009. 
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990. 
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998. 
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993. 
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996. 
9.  Воркачёв С.Г.  Лингвокультурология, языковая личность, концепт: 
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // 
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11.  Воробьев В.В.  Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984. 
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. 
1 4 . Гуревич   А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990. 
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в 
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47. 
1 6.  Ибрагимова Р.С. Француз ва  ўзбек тилларида  АЁЛ  концептининг 
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф.  –Тошкент, 
2012.

O‘XSHATISHLAR – OBRAZLI MILLIY TAFAKKUR MAHSUL Reja: 1. O‘xshatish va uning turlari 2. Turli lingvomadaniyatlardagi o‘xshatishlarning qiyosiy tahlili

1. O‘xshatish va uning turlari . O‘xshatishlar tashqi dunyoni bilishning eng qadimiy usullaridan hisoblanadi. O‘xshatishlar muayyan xalqning ilk tafakkur tarzini va tasavvurlarini tamsil etadi. Ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlarimizning kechinmalari, tasavvurlari muhrlangan bo‘ladi. Turkiy xalqlar tafakkurini ifodalashda o‘xshatishlarning o‘ziga xos o‘rni haqida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida alohida ta’kidlangan: “Biron xotin tuqqanda doyadan: tulki tug‘dimi yoki bo‘rimi deb so‘raladi. Ya’ni qizmi yoki o‘g‘ilmi demakdir. Qizlar aldoqchi hamda yalinchoq bo‘lganliklari uchun tulkiga, o‘g‘il bolalar ulardagi botirlikka asosan bo‘riga o‘xshatiladi” 1 . Bu o‘rinda tulkidek qiz, bo‘ridek yigit o‘xshatish qurilmasining faqat tulki va bo‘ri etaloni qo‘llangan bo‘lib, uni o‘xshatishning qisqargan shakli – metafora deyish mumkin. O‘rta Osiyo xalqlarining qoraxoniylar davridagi hayotini har tomonlama yoritib bergan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida hoqonlarga xos fazilatlarni namoyon etadigan quyidagi o‘xshatishlar qayd qilingan: “Hoqon... jangda arslonning yuragiga ega bo‘lishi lozim... yovvoyi to‘ng‘izdek qaysar; bo‘ridek kuchli; ayiqdek jasur bo‘lishi kerak; ho‘kizdek..., hakkadek..., qarg‘adek..., tulkidek..., tuyadek..., arslondek... va boyqushdek... bo‘lishi lozim” 2 . Insonning dunyoni bilishida o‘xshatish-qiyoslash benihoya katta o‘rin tutadi. Ikki yoki undan ortiq predmet yoki tushunchani o‘xshash yoki farqli jihatlarini aniqlash maqsadida qiyoslash, taqqoslash tashqi dunyoni bilishning eng keng tarqalgan mantiqiy usullaridan biri sifatida inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida kuzatiladi. Bu behad muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilda ham o‘z aksini topadi 3 . Prof. N. Mahmudov o‘zbek tilidagi o‘xshatishlarni to‘rt unsurga ajratib, ularni o‘xshatish subyekti, o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning 1 Маҳмуд Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девону луғотит турк). I. – Т .: ЎзФА , 1963. – Б . 404. 2 Radlov W. Das Kutadku Bilik des Yusuf Chass Hadschib aus Balasagun. –St-Petersburg, 1891-1910. – P. 205-206. 3 Маҳмудов Н. Семантико-синтактическая асимметрия в простом предложении узбекского языка: Дисс. ...док-ра филол.наук. –Ташкент, 1984. -Б 259.

shakliy ko‘rsatkichi deb nomlaydi. “...o‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘xshatishlarning ikki turi, ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar va 2) umumxalq yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi” 4 . Erkin o‘xshatishlar muallifning o‘ziga xos original o‘xshatishlari bo‘lib, u yozuvchining mahoratini belgilaydi. Masalan, Oybek she’riyati o‘ziga xos original o‘xshatishlarga boyligi bilan ajralib turadi: Men ipak qurti kabi Xayolimga o‘raldim. Tuyg‘ularim girdobi Orasida yo‘qoldim. “Parchada murakkab hissiy holatning go‘zal va real tasviri berilgan bo‘lib, bu hissiy holatning asosiy va ajoyib mazmuni birinchi ikki misrada o‘zining juda ham nozik ifodasini topgan, keyingi ikki misra esa ana shu ifodani yana ham aniqlashtirgan. “Ipak qurti kabi” tarzidagi o‘xshatish etaloni ayni o‘rinda nihoyatda original va ayni holat uchun juda ham mos. Ma’lumki, ipak qurti ipak chiqarib o‘zini o‘zi o‘raydi va pilla hosil bo‘ladi, o‘zi esa uning ichida qolib ketadi, pilla – oppoq, u ana shu oqlik ichra pinhon bo‘ladi. Shoir esa o‘z xayoliga o‘raladi, uni oq, pilladay oppoq xayollar, olovli tuyg‘ular girdobi o‘zining besarhad bag‘riga oladi, shu oppoq bag‘rida shoir pinhon bo‘ladi. Teran va tarang mutanosiblik, o‘xshashi yo‘q, haqiqiy oybekona o‘xshatish. Bu o‘xshatishning poetik salohiyati shundaki, shoir u orqali faqatgina u yoki bu darajada tasavvur qilish mumkin bo‘lgan hissiy holatni qo‘l bilan ushlab ko‘rish mumkin bo‘lgan darajada “moddiylashtirib” yorqin surat drajasida lo‘ndalashtirib ko‘rsatgan” 5 . O‘xshatish qurilmalaridan farqli o‘laroq, o‘xshatishga asoslangan matnlarda “o‘xshatish asosi, ya’ni ikki obyektni o‘zaro o‘xshatish uchun asos bo‘lgan 4 Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати.-Т.: Маънавият, 2013. –Б. 5. 5 Миртожиев М., Маҳмудов Н. Тил ва маданият. –Т/^: “Ўзбекистон”, 1992. –Б. 96-96.

referent so‘z orqali emas, balki jumlalar orqali voqe bo‘ladi. Masalan: Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o‘xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof... Na qo‘lingiz bilan tutasiz. Na ortidan yugurib yetasiz... Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz... Birinchi muhabbatning ko‘pincha natijasiz tugashi balki shundadir... (O‘.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar) 6 . Xalq og‘zaki ijodida o‘xshatishlar muhim ahamiyat kasb etadi. “...baxshi yoki ertakchi ham asarga o‘z individual o‘xshatish, qiyoslashlarini kiritishi mumkin. Ammo bu ham an’anaga, epik ijod qonuniyatiga mos kelmasa, asar sujetiga singishmaydi, uning “yotligini” xalq darrov anglab oladi. O‘zida xalqning an’ana, udum, marosim, fikr tarzini ifoda etgan detalgina xalqona obrazning ma’nosini ochishi, kengaytirishi mumkin” 7 . Turg‘un o‘xshatishlar ning mohiyati shundan iboratki, ularda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg‘unlashgan, umumxalq tili leksikonidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar xuddi tilda tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi 8 . Tildagi o‘xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslarning aksariyati turg‘un o‘xshatishlarning idiomalarga yaqin turishini yoki idioma maqomida bo‘lishini, ular ko‘p asrlar mobaynida kishilar nutqida qo‘llanish natijasi sifatida turg‘unlashib, so‘zlovchilar ongida muayyan modellar shaklida mustahkamlanib qolishini, o‘xshatish etalonining, ya’ni o‘xshatish asosidagi obrazning muayyan belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq bo‘lishini ta’kidlaydi 9 . 6 Худойберганова Д. Матннинг антропоцентрик тадқиқи. –Тошкент: Фан, 2013. –Б. 97-98. 7 Эшонқулов Ж. Фольклор: образ ва талқин. –Қарши: Насаф, 1999. –Б. 70. 8 Маҳмудов Н., Худойберганова Д. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. –Т.: Маънавият, 2013. –Б. 6. 9 Некрасова Н. Сравнения общеязыкового типа в аспекте сопоставительного анализа художественных идиолектов // Лингвистика и поэтик. –М.: Наука, 1979. –С. 225; Лебедова Л. Устойчивые сравнения русского языка. –Краснодар: Кубинский ГУ, 2003. –С. 3; Хакимзянов Ф. О словаре устойчивых сравнений татарского языка // Российская тюркология. –Москва-Казань, 2010. -№2. –С. 80.

Lingvokulturologiyani ko‘proq turg‘un o‘xshatishlar qiziqtiradi. Negaki, “turg‘un o‘xshatishlar milliy ong jumbog‘ini yechishga imkon beradigan yorqin obrazli vositalardan biri hisoblanadi”, “dunyoni o‘ziga xos milliy tarzda ko‘rish o‘xshatish semantikasida aks etadi” 10 . 2. Turli lingvomadaniyatlardagi o‘xshatishlarning qiyosiy tahlili. Har xil lingvomadaniyatlardagi turg‘un o‘xshatishlarni qiyoslash insonning xarakteri va xatti-harakati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘xshatishlarning etaloni sifatida hayvon va jonivorlarni bildiruvchi so‘zlardan ko‘proq foydalanilganini ko‘rsatadi. Masalan, qiyoslanilgan tillarning aksariyatida tulki ayyorlik, aldoqchilik, yolg‘onchilik ramzi, etaloni sifatida faol ishlatiladi: tulkiday ayyor, tilki gibi (turkcha) хитрый как лиса (ruscha) , as false as fox (inglizcha), you kathi (koreyscha). Mutaxassislarning ta’kidlashicha, g‘arb va slavyan lingvomadaniyatlarida, xususan, ingliz va rus tillarida as false as fox , хитрый как лиса turg‘un o‘xshatishlari mifopoetik manbalarga asoslanadi, chunki qadimgi tasavvurlarga ko‘ra, tulki jodugar hisoblangan, unda yo‘qolish, ko‘rinmaydigan bo‘lib qolish qobiliyati mavjud bo‘lgan 11 . Qayd qilingan xususiyatni sharq lingvomadaniyatida, xususan, koreys va xitoy madaniyatida ham kuzatish mumkin. Koreys va xitoy mifologiyasida tulkining qizga aylanib qolishi keng tarqalgan. Lingvomadaniyatlarning aksariyatida turg‘un o‘xshatishlarni obraz va uning mazmuni jihatidan bir-biriga muqobilligi, muqoyasa obyektlarining o‘xshashligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, “befahmlik, beso‘naqaylik, qo‘pollik” ayiqday (o‘zbekcha), ay ı gibi (turkcha), ko‘m kathi (koreyscha), как медведь (ruscha); “kuchli, qo‘rqmas”, “mardlik, jasorat” arslon kabi (o‘zbekcha), aslan gibi (turkcha); “semirmoq”, “ko‘p ovqat yemoq” cho‘chqaday (o‘zbekcha), As fat as a pig (inglizcha), tweji kathi (koreyscha); “ko‘p ovqat yemoq” molday (o‘zbekcha), so‘ kathi (koreyscha); “befahm” eshakday (o‘zbekcha), eşek gibi (turkcha), как осел (ruscha) va h.k. etalonlar vositasida ifodalanadi. 10 Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. –М., 2001. –С. 133-134. 11 Панченко Н. Сравнение как средство дескрипции лжи и обмана // Основное высшее и дополнительное образование: проблемы дидактики и лингвистики. –Волгоград: ВГТУ, 2000. –С. 138-143.