logo

O‘zbek antroponimiyasining o‘z va o‘zlashgan qatlami, badiiy asarlarda qo‘llangan antroponimlar.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.9580078125 KB
   O‘zbek antroponimiyasining o‘z va o‘zlashgan qatlami, badiiy
asarlarda qo‘llangan antroponimlar.
Reja:
1. O‘zbek antroponimiyasining o‘z va o‘zlashgan qatlami.
2. Fors-tojik,arab tilidan o‘zlashgan ismlar
3.Xitoy, mo‘gul va boshqa tillardan o‘zlashgan ismlar
4.   Badiiy   asarlarda   qo‘llangan   antroponimlar   haqida.   “Onomapoetika”   yoki
badiiy adabiyotda “gapiruvchi nomlar” masalasi. Umuman,   jahon   onomastikasi   ham,   jumladan   turkiy   onomastika   ham   o‘z
taraqqiyoti davomida quyidagi uch bosqichni bosib o‘tgan: 
    a)   onomastik   materialni   oddiy   qayd   qilish   davri   yoki   noilmiy   davr.   X1X
asrgacha   barcha   fanlar   singari   onomastika   fani   ham   qiyosiy-tarixiy   metod
shakllangunga   qadar   bo‘lgan   davr   xuddi   shunday   xususiyatga   ega   edi.   Masalan,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy,
Mahmud Zamaxshariy kabi allomalarning asarlarida joy nomlarini, kishi ismlarini
oddiy   qayd   qilish   hollari   ko‘zga   tashlanadi.   Jumladan,   “Devonu   lug‘otit   turk”
bo‘yicha   tuzilgan   indeks-lug‘at   materiallariga   qaraganda,     Mahmud   Koshg‘ariy
asarida   Abu Bakr, Badruq, Barman, Barsg‘an, Tabdu, Tahmuras  kabi kishi ismlari
(antroponimlar),   arab,   alqa,   aramut,   afshar,   og‘uz,   bashg‘irt,   basmil,   barsman,
tuxsi,   tubut,   tat,   salg‘ur,   rus,   chumul,   qarluq,   uyg‘ur   kabi   xalq,   urug‘,   qabila
nomlari (etnonimlar),  Ertuch, Balu, Barman, Marv, Sulm, Talas, Tashkand, Udun,
Qifchaq   kabi   shahar   va   qishloq   nomlari   (toponimlar),   Ertish,   Firat,   Qaz   suvi,
Hind,   Etil   kabi   dengiz,   ko‘l,   daryo,   soy   nomlari   (gidronimlar),   Eran   tuz,   Baqir
soqum,   Yikar   kabi   planeta,   yulduz   va     fasl   nomlari   (kosmonimlar)   singari
onomastik birliklar qo‘llangan 1
.
  Xuddi   shunday   boy   onomastik   material   Alisher   Navoiy,   Zahiriddin
Muhammad   Bobur,   Abulg‘ozi   Bahodirxon   asarlarida   ham   qo‘llangan.   Masalan,
B.Bafoev   va   SH.YOqubovning   kuzatishlari   shuni   ko‘rsatadiki,   Alisher   Navoiy
asarlarida   ikki   mingdan   ortiq   onomastik   birliklar   qo‘llangan 2
.   “Boburnoma”da
1406 ta kishi ismi (antroponim), 1100 dan ortiq joy nomi (toponim), 277 ta qavm-
qabila   va   nasl-nasab   nomi   (etnonim),   414   ta   hayvon   va   o‘simliklar   nomi,   40   ta
kitob   va   risola   nomi   (biblionim)   tilga   olingan 3
.   M.Turdibekovning   hisob-
kitoblariga qaraganda, Abulg‘ozi Bahodirxonning “SHajarayi turk” asarida 1357 ta
atoqli ot mavjud. SHulardan 880 tasi antroponimlar, 286 tasi toponimlar, 118 tasi
1
  Девону   луғотит   турк.   Индекс-луғат.   Ғ.Абдураҳмонов,   С.Муталлибов   таҳрири   остида.   –   Тошкент:   Фан,
1967. –  Б. 387-405.
2
  Бафоев   Б.   Навоий   асарлари   лексикаси.   –   Тошкент:   Фан,   1983.-   Б.   37-44;   Ёқубов   Ш.
Навоий асарлари ономастикаси. НДА. – Тошкент, 1994. – Б. 3-20. 
3
  Холманова З.  “Бобурнома” лексикаси. – Тошкент: Фан, 2007. – Б. 19-21. etnonimlar, 51 tasi gidronimlar, 22 tasi esa oronimlardir 4
. Umuman, o‘zbek tarixiy
onomastikasi   sohasida   o‘z   tadqiqotchilarini   kutayotgan   muammolar   ham
anchagina bor 5
; 
  b)   onomastikasining   fan   sifatida   shakllanish   davri.   Bu   fanning   ildizlari
Evropa va rus tilshunosligida   X1X asr oxiri va XX asr boshlarida paydo bo‘lgan.
A.X.Vostokov,   A.I.Sobolevskiy,   A.A.SHaxmatov,   M.Fasmer,   S.K.Kuznetsov,
P.L.Mashtakova   kabi   olimlarning   asarlarida   rus   tilidagi   onomastik   materialni
to‘plash va tahlil qilish haqidagi dastlabki ma’lumotlar keltirilgan edi; 
  v) ilmiy yoki sof onomastik davr. Bu davr XX asrning 20-yillaridan hozirgi
kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Bu davrda onomastik material tilning
leksik,   fonetik,   morfologik     va   boshqa   sath   birliklari   singari   alohida   to‘planib,
xilma-xil yo‘nalishlarda tadqiq etiladigan bo‘ldi. Lekin tilning onomastik materiali
ko‘pincha   leksik   material   tarkibida   tahlil   qilindi.   Geografik   nomlarni   o‘rganish
bilan   shug‘ullanuvchi   tilshunoslar,   tarixchilar   va   geograflarning   o‘zaro   bahslari,
muloqotlari   tufayli   toponimika   alohida,   mustaqil     fan     sifatida   talqin   etildi.
Masalan, taniqli toponimist olim E.M.Murzaev toponimikani lingvistik, tarixiy va
geografik   tahlil   metodlaridan   foydalanuvchi   mustaqil   fan   deb   hisoblaydi.   Taniqli
tilshunos olim B.V.Gornungning fikricha, atoqli otlar har bir til lug‘at sostavining
tarkibiy   qismi   sanaladi   hamda   tilshunoslik   sohalaridan   biri   bo‘lgan
leksikologiyaning o‘rganish ob’ektidir. S h u sababli  tilshunoslarni  toponimlarni til
materiali   sifatida   o‘rganishdan   mahrum   etish,   cheklash   mumkin   emas .   SHu   b ilan
birga   toponimik     materialning   xususiyatlarini   o‘rganishga   tarixchining   ham,
geografning ham, etnografning ham haqqi bor.  
  Hozirgi   zamon   nomshunosligi     materialistik   dialektikaning   qonun   va
kategoriyalariga   tayanib   ish   ko‘radi   hamda   onomastik   material   tahlilida   quyidagi
metodlardan   foydalanib   ish   ko‘radi:   tasviriy   metod,   tarixiy   metod,   qiyosiy-
chog‘ishtirma   metod,   areal   metod,   semiotik   metod,   stilistik   metod,
lingvopsixologik   metod,   statistik   metod   kabilar.   Ba’zan   onomastik   materialni
4
  Турдибеков   М.Т.   Абулғози   Баҳодирхоннинг   “Шажарайи   турк”   асари   ономастикаси.   НДА.   –   Тошкент,
2001. – Б. 9. 
5
  Бегматов   Э.,   Ҳусанов   Н.,   Ёқубов   Ш.,   Боқиев   Б.   Ўзбек   тарихий   номшунослигининг   долзарб
муаммолари // Ўзбек тили ва адабиёти, 1992. № 5-6. – Б. 21-27. o‘rganishda   bu   metodlarning   bir   nechtasidan   birdaniga   foydalaniladi.   Quyida  ana
shu metodlarning ayrimlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. 
  Tasviriy   metod.   Ma’lumki,   tasviriy   metod   barcha   ijtimoiy-tarixiy   va   tabiiy
fanlarda   keng   qo‘llaniladi 6
.   S h unga   ko‘ra   bu   metod   boshqa   metodlar   orasida
qo‘llanish   ko‘lami   jihatidan   eng   yuqori   o‘rinda   turadi.   Bu   metoddan
foydalanishning   dastlabki   bosqichida   material   to‘planadi,   kataloglar
(kartochkalar)ga   tushiriladi   hamda   ular   sistemalashtiriladi.   Bu   esa   onomastik
materialning   turli   qirralarini   sezish,   bilish   uchun   katta   imkon   beradi.   Masalan,
toponimlarni   tasviriy   metod   asosida   o‘rganishda   tog‘,   qir,   adir   nomlari,   qishloq,
shahar,   ko‘cha,   mahalla,   guzar   nomlari   ro‘yxati   asos   qilib   olinadi.   Xuddi
shuningdek,   daryo,   ko‘l,   buloq,   ariq,   kanal,   soy   nomlari   ro‘yxati   gidronimlarni
tasviriy metod bilan o‘rganishda katta yordam beradi. Ana shu ro‘yxatlar materiali
asosida   keyinchalik   onomastik   birlik   (toponim,   gidronim   kabi)larning   lug‘atlari
tuziladi.   Masalan,   G.P.Smolitskayaning   “Oka   basseyni   gidronimlari”   (1976),
Stefan   Ilchevning   “Bolgar   ism   va   familiyalarining   lug‘ati”   (1969),
E.Begmatovning   “O‘zbek   ismlari   ma’nosi”   (2007:   2010)   kabilar   shular
jumlasidandir. 
  Onomastik   birliklarni   o‘rganishning   tasviriy   metodi   boshqa   metodlar   kabi
tarixiy jihatdan o‘zgaruvchan xarakterga egadir. Bu metod o‘z qo‘llanish doirasini,
tahlilga   tortilgan   material   ko‘lamini   tilshunoslik   ilmining   yutuqlari   bilan   bog‘liq
holda o‘zgartirib, kengaytirib  boradi.  
Tarixiy metod.   Har qanday fanda ilmiy tahlilning asosiy tamoyillaridan biri
tarixiylikdir. Onomastik material tahlilida tarixiylik tamoyili juda muhim ahamiyat
kasb   etadi.   CHunki   onomastik   materialda   xalqning   o‘tmish   tarixi,   etnografiyasi,
arxeologiyasi   ildizlarini   sezish   qiyin   emas.   SHuning   uchun   onomastik   materialni
tarixiy-etnografik   nuqtai   nazardan   o‘rganishga   birinchi   navbatda   tarixchilar
qiziqish bildirganlar.
  Onomastik birliklarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshuv tarixiy, arxeologik
va   etnografik   ma’lumotlarni,   faktlarni   onomastika   doirasiga   keng   tatbiq   etishga
6
  Бушуй Т.Г., Сафаров Ш.  Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. – Тошкент: Фан, 2007. – Б. 
101-109.   olib   keldi.   SHu   bilan   birga   onomastik   leksika   tarixiy   aspekt   (qiyosiy-tarixiy   va
tarixiy-qiyosiy yo‘nalishlar) da keng o‘rganildi. 
   Onomastikaga   lingvo-tarixiy   metodni   qo‘llashda   A.M.Selishev,   A.I.Popov,
V.A.Nikonov, B.A.Serebrennikov, V.N.Toporov, O.N.Trubachev, YU.A.Karpenko
kabi   rus   olimlarining,   V.Georgiev,   V.Tashitskiy,   S.Rospond,   F.Bezglay   singari
chet ellik olimlarning xizmati katta bo‘ldi. 
  Onomastik   birliklar   tarixiy   nuqtai   nazardan   o‘rganilganda   quyidagi   ikki
yo‘nalishga   amal   qilinadi:   a)   onomastik   materialning   tarixiy   holatidan   hozirgi
ko‘rinishigacha   bo‘lgan   o‘zgarishlarni   aniqlash   usuli   (perspektiv   tahlil   usuli);   b)
onomastik materialning hozirgi holatidan uning tarixiy holatigacha bo‘lgan tarixiy
rivojlanish   jarayonini   aniqlash   (retrospektiv   tahlil   usuli).   Har   ikki   tahlil
yo‘nalishidan   ham   asosiy   maqsad   onomastik   birliklarning   rivojlanish,   o‘zgarish
jarayonlarini aniqlashdan iboratdir. 
  Onomast-toponimistlar   to‘plangan   materialni   tarixiy   metod   bilan
o‘rganganda   lisoniy   (etnik)   stratigrafiya   (lotincha:   stratum   –   “qatlam”   va
yunoncha:     grapho   –   “yozaman”   so‘zlaridan)ni   aniqlashga   intiladilar.   Bunday
tahlillardan   maqsad   onomastik   birliklarning   eng   qadimgi   o‘z   va   o‘zlashgan
qatlamlarini   aniqlash,   uning   tarkibidagi   o‘zgarishlar   silsilasini   aniqlashdir.
Jumladan, antroponimlarning etimologiyasi, uning ma’nosini izohlash, shunga doir
turli   xil   qarashlarni   keltirib,   ularga   munosabat   bildirish   ana   shunday   izlanishlar
samarasi   sanaladi.   Keyingi   yillarda   olimlar   toponim   va   antroponimlardagi   ichki
(lisoniy-struktur)   va   tashqi   (ekstralingvistik)   o‘zgarishlar   tarixini   o‘rganishga
alohida   e’tibor   qaratmoqdalar.   Birinchi   tip   o‘zgarishda   onomastrik   birliklarning
lisoniy   tarixi,   evolyusiyasi   aniqlanadi,   ikkinchisida   esa   u   yoki   bu   onomastik
birliklarda davr ruhining aksi inobatga olinadi (masalan:   BAM, DneproGES, XXP
parts’ezd,   Komintern,   Komsomol   kabi   abbreviaturalarda   sobiq   totalitar   tuzum
aksini  sezish qiyin emas).
  Qiyosiy-chog‘ishtirma   metod.   Onomastik   birliklar   qo‘llanish   xususiyatiga
ko‘ra   hududlararo   farqli   tomonlarga   ega.   Ana   shunday   farqlar   qiyosiy-
chog‘ishtirma   metod   yordamida   aniqlanadi.   Qiyosiy   tahlil   uchun   har   qanday onomastik   birliklar   (toponimlar,   gidronimlar,  urbonimlar,   oykonimlar,   odonimlar,
antroponimlar va boshqalar) tanlab olinadi hamda ular orasidagi umumiy va farqli
holatlar   belgilanadi.   Masalan,   o‘zbek   antroponimlari   orasida   umumturkiy   qatlam
bilan birga forscha-tojikcha, arabcha, so‘g‘dcha, mo‘g‘ulcha, xitoycha so‘zlar ham
mavjud,   ularni   aniqlash   uchun   tadqiqotchi   turli   tillarga   oid   lug‘atlarga,   tarixiy-
etimologik manbalarga murojaat qiladi. Xuddi shunday holatni toponim, gidronim
kabi   boshqa   onomastik   birliklarda   ham   uchratish   mumkin.   Prof.T.Nafasovning
fikricha,  SHahrisabz  – forscha-tojikcha izofa. Ma’nosi yashil shahar, bog‘-rog‘lari
ko‘p shahar. YOki fransuz tilidan rus tiliga, rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tgan   vokzal
so‘zi   XX   asrning   80-yillari     oxirida   shohbekat   deb   tarjima   qilinadigan     bo‘ldi.
Vokzal   deganda   asosan   temir   yo‘l   vokzali   tushuniladi.   Temir   yo‘l   yoki
avtoshohbekat   atrofidagi   mahallalar   keyinchalik     SHohbekat   deb   nomlandi 7
.
FHDYO   idoralaridagi   yangi   tug‘ilganlarga   berilgan   ismlar   ro‘yxatlarini   qiyosiy-
chog‘ishtirma metod asosida o‘rganib, ism qo‘yishdagi umumiy va farqli holatlarni
aniqlash   mumkin.   Masalan,   1971-1975   yillardagi   ana   shunday   ro‘yxatlarni
qiyoslab,   Grodno   viloyatida   beloruslar   va   ruslarning   ism   qo‘yishdagi   umumiy
belgilari   aniqlangan.   Bunday   umumiylik   35   %   o‘g‘il   bolalar   ismlarida,   27   %   qiz
bolalarning   ismlarida   uchraydi.   Xuddi   shunday   qiyoslashlar   orqali   antroponimlar
rivojidagi   tarixiy   evolyusiyani   ham   aniqlash   mumkin 8
.   Nomshunoslikda   qiyosiy-
chog‘ishtirma   tadqiqotlar   sinxron   va   diaxron   aspektlarda   olib   boriladi.   Bunday
kuzatishlar   sof   lingvistik,   lingvosotsiologik   ( Gulchehra   SHodievna   –   Gulchehra
SHodi   qizi;   Ahmadjon   Turdiqulovich   –   Ahmadjon   Turdievich   kabi),   psixologik
( Aysha   –   Ayshe   -   Oysha   –   Oyshabonu   –   Oyshaxon   –   Oyshabeka   –   Oyshabibi;
Kumushoy   –   Kumushbibi   –   Kumushxon   –   Kumush   kabi),   etnomadaniy   (masalan,
Bo‘ri,   Tulki,   Bolta,   Tesha,   O‘roq   kabi   ismlar   hozir   deyarlik   qo‘yilmaydi).     SHu
asosda   tillar   orasidagi   onomastik   universaliyalarni   aniqlash   imkoniyati   vujudga
keladi 9
.
7
  Нафасов Т., Турсунов Ш.  Қарши шаҳри маҳалла ва кўчалари. –Тошкент: “Маънавият”, 2008. – Б. 112-115.
8
  Бестужев-Лада   И.В.   Исторические   тенденции   развития   антропонимов   //   Личные   имена   в   прошлом,
настоящем, будущем. – М.: Наука, 1970. – С. 25.
9
  Суперанская А.В.   Ономастические универсалии  // Восточнославянская ономастика. – М.: Наука, 1972. –
С. 348-356.     Areal   metod.   Nomshunoslikda   areal   metod   asosida     ma’lum   bir     ajratib
olingan   hududdagi   onomastik   birliklar   birma-bir,   birin-ketinlikda   talqin   qilinadi,
tahlil   natijalariga   ko‘ra   onomastik   birliklarning   hududdagi   tarqalish   chegarasi
xaritalar   yordamida   belgilanadi.   Masalan,   Ishtixon,   Molguzar,   Oqsoy,   Misit,
Do‘rmon,   Navbahor,   S h eyxlar   //   SHayxlar   singari   toponimlarni   talqin   qilishda
areal metodning dalillari muhim ahamiyat kasb etadi. 
  Semiotik   metod.   Bu   metodda   so‘zlar   –   onomastik   birliklar   asosiy   rol
o‘ynamaydi,   balki   ular   ifodalaydigan   ishora   va   belgilar   etakchi   vazifa   bajaradi.
Masalan,   Qirqqiz   tog‘i,   Yakkatog‘,   Yakkabog‘,   Uchtepa,   To‘rtko‘l,   To‘rtayg‘ir,
Beshariq,   Oltio‘g‘il,   Oltiariq ,     Mingo‘rik   kabi   toponimlar   tarkibidagi   son
komponent   ( qirq,   yakka,   uch,   to‘rt,   besh,   olti,   ming   kabi)   bu   toponimik
ob’ektlarning   nomlanishida   miqdor   tushunchasi   etakchi   ekanligini   ko‘rsatishga
xizmat qiladi. 
  Stilistik   metod.   Bu   metod   yordamida   badiiy   va   publitsistik   matnlarda
qo‘llangan   onomastik   birliklarning   uslubiy   talqini   berish,   ularning   matndagi
funksional  xususiyatini  aniqlash mumkin bo‘ladi. Masalan,  E.Qilichev shu metod
yordamida   Sadriddin   Ayniy   asarlarida   toponimlar   va   antroponimlarning   uslubiy
xususiyatlarini   o‘rgangan   edi 10
.   Laqablarning   badiiy   matndagi   ayrim   uslubiy
xususiyatlarini   aniqlash   bo‘yicha   ham   kuzatish   ishlari   olib   borilgan 11
.   Lekin
kelgusida badiiy va publitsistik matnlarda qo‘llangan onomastik birliklarni stilistik
metodda tahlil qilishning aniq mezonlari ishlab chiqilishi lozim. 
  Lingvopsixologik   metod.   Bu   metodni   I.A.Boduen   de   Kurtene,
N.V.Krushevskiy   kabi   olimlar   o‘z   vaqtida   til   birliklarini   assotsiativ   eksperiment
(tajriba) metodi asosida o‘rganish deb baholagan edilar. Hatto keyinchalik mashhur
psixolingvist   olim   A.A.Leontev   rahbarligida   rus   tilining   assotsiativ   me’yorlari
lug‘ati ham yaratilgan edi 12
.   Lingvoassotsiativ  metodga ko‘ra onomastik birliklar
tahlilida   ham   tilshunoslikka   oid,   ham   psixologiyaga   oid   xususiyatlar   inobatga
olinadi.   Masalan,   Toshkent,   Toshquduq,   Toshloq,   Toshko‘prik,   Toshlisoy,
10
  Қиличев Э.  Бадиий тасвирнинг лексик воситалари. – Тошкент: Фан, 1982. – Б. 61-69.  
11
    Йўлдошев Б., Ражабова К.   Матн тилшунослиги. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. – Б. 34-41.
12
 Словарь ассоциативных норм русского языка. Под редакцией А.А.Леонт ь ева. – М.: Наука, 1977.  Toshrabot  kabi onomastik birliklar (toponimlar) tilga olinganda kishining xayoliga
uning   birinchi   komponenti   “tosh”   bilan   aloqador   tasavvurlar   keladi.   SHu   asosda
Toshkent   toponimining kelib chiqishini   “tosh”   elementi  bilan bog‘lab  izohlangan
tadqiqotlar  ham  bor 13
.Bu esa  faqat lingvopsixologik vaziyat  natijasida chiqarilgan
bir   tomonlama   xulosadir.   Lekin   aslida   Toshkent   toponimi   hosildor   erli,   xirmon
joyli   hudud   ma’nosidagi   CHosh   (CHoch),   SHosh   shakllaridagi   fonetik
o‘zgarishlarga   uchragan   CHosh   so‘zidan   yuzaga   kelgan 14
.   Ayrim
antroponimlarning ma’nosini izohlashda ham lingvopsixologik metod va xalqning
urf-odati,   etnografiyasidagi   an’analar   yordam   beradi.   Masalan,   Bo‘rigul   –   onasi
qornida yig‘lab tug‘ilgan qiz bolaning ismi;  Bobomurod  – yoshlar unashtirilgandan
keyin turli sabablarga ko‘ra to‘y kechiktirilib, to‘ydan keyinroq qizning o‘z uyida
(ya’ni   bobo   uyida)   tug‘ilgan   bolaning   ismi.   YOki   Holida,   Xolbozor,   Xolbuvi,
Xollibibi,   Xolmirza,   Xolmonoy,   Xolmurod,   Xollibeka,   Xollibaxt,   Xolkeldi   kabi
ismlar   badanida   xoli   bor   yoki   xoli   ko‘p   bolalarga   qo‘yiladigan   ismlar.   Bunday
bolalarning   ismi   ko‘pincha   ikkita   bo‘ladi:   Xolida   //   Salima,   Xolbozor   //
Samariddin, Xolbuvi // Anorgul  kabi 15
.   
    Statistik metod.    Bu metod yordamida o‘rganilgan onomastik birliklarning
qo‘llanish   darajasini,   statistikasini   aniqlash   mumkin.   Hozirgi   vaqtda
nomshunoslikda   biror   mavzu   yoki   onomastik   ob’ekt   tanlanganda   o‘sha   ob’ektda
qo‘llanilgan   atoqli   nomlarning   umumiy   miqdori,   statistikasi   aniqlanadi,   shundan
keyin asosiy ilmiy kuzatish ishlari olib boriladi. 
13
  Бу ҳақда  қаранг:   Қораев С.   Тошкент  топонимлари. – Тошкент:  Фан, 1991. – Б.  13;   Муҳаммаджонов А.
Қадимги Тошкент: Шарқ, 2002. – Б. 53-59  ва бошқалар.
14
  Қаранг:   Эназаров   Т.Ж.   Ўзбекистон   топонимлари:   луғавий   асослари   ва   этимологик   тадқиқи   йўллари.
ДДА. – Тошкент, 2006. – Б. 26-29. 
15
 Бу ҳақда қаранг:  Бегматов Э.  Ўзбек исмлари маъноси. – Тошкент, 2010. – Б. 466-468.  Asosiy   adabiyotlar :
1. Йўлдошев   Б.   “Ўзбек   ономастикаси   масалалари”   танланма   фанидан
услубий қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. – 112 б.
2.Улуқов   Н.   Ўзбек   тили   гидронимларининг   тарихий-лисоний   тадқиқи.
– Тошкент: Фан, 2008. – 192 б.
3 .   Эназаров   Т.   Номшунослик   масалалари.   Услубий   қўлланма.   –
Тошкент: Университет, 2010. – 112 б.
4.   Эназаров   Т,   Ҳусанова   М,   Есемуратов   А.   Ўзбек   номшунослиги.–
Тошкент: Наврўз, 2015.  150.
5.Бегматов   Э.   Ўзбек   исмлари.   –   Тошкент:   Қомуслар   бош   таҳририяти,
1991. – 208 б.

O‘zbek antroponimiyasining o‘z va o‘zlashgan qatlami, badiiy asarlarda qo‘llangan antroponimlar. Reja: 1. O‘zbek antroponimiyasining o‘z va o‘zlashgan qatlami. 2. Fors-tojik,arab tilidan o‘zlashgan ismlar 3.Xitoy, mo‘gul va boshqa tillardan o‘zlashgan ismlar 4. Badiiy asarlarda qo‘llangan antroponimlar haqida. “Onomapoetika” yoki badiiy adabiyotda “gapiruvchi nomlar” masalasi.

Umuman, jahon onomastikasi ham, jumladan turkiy onomastika ham o‘z taraqqiyoti davomida quyidagi uch bosqichni bosib o‘tgan: a) onomastik materialni oddiy qayd qilish davri yoki noilmiy davr. X1X asrgacha barcha fanlar singari onomastika fani ham qiyosiy-tarixiy metod shakllangunga qadar bo‘lgan davr xuddi shunday xususiyatga ega edi. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi allomalarning asarlarida joy nomlarini, kishi ismlarini oddiy qayd qilish hollari ko‘zga tashlanadi. Jumladan, “Devonu lug‘otit turk” bo‘yicha tuzilgan indeks-lug‘at materiallariga qaraganda, Mahmud Koshg‘ariy asarida Abu Bakr, Badruq, Barman, Barsg‘an, Tabdu, Tahmuras kabi kishi ismlari (antroponimlar), arab, alqa, aramut, afshar, og‘uz, bashg‘irt, basmil, barsman, tuxsi, tubut, tat, salg‘ur, rus, chumul, qarluq, uyg‘ur kabi xalq, urug‘, qabila nomlari (etnonimlar), Ertuch, Balu, Barman, Marv, Sulm, Talas, Tashkand, Udun, Qifchaq kabi shahar va qishloq nomlari (toponimlar), Ertish, Firat, Qaz suvi, Hind, Etil kabi dengiz, ko‘l, daryo, soy nomlari (gidronimlar), Eran tuz, Baqir soqum, Yikar kabi planeta, yulduz va fasl nomlari (kosmonimlar) singari onomastik birliklar qo‘llangan 1 . Xuddi shunday boy onomastik material Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarida ham qo‘llangan. Masalan, B.Bafoev va SH.YOqubovning kuzatishlari shuni ko‘rsatadiki, Alisher Navoiy asarlarida ikki mingdan ortiq onomastik birliklar qo‘llangan 2 . “Boburnoma”da 1406 ta kishi ismi (antroponim), 1100 dan ortiq joy nomi (toponim), 277 ta qavm- qabila va nasl-nasab nomi (etnonim), 414 ta hayvon va o‘simliklar nomi, 40 ta kitob va risola nomi (biblionim) tilga olingan 3 . M.Turdibekovning hisob- kitoblariga qaraganda, Abulg‘ozi Bahodirxonning “SHajarayi turk” asarida 1357 ta atoqli ot mavjud. SHulardan 880 tasi antroponimlar, 286 tasi toponimlar, 118 tasi 1 Девону луғотит турк. Индекс-луғат. Ғ.Абдураҳмонов, С.Муталлибов таҳрири остида. – Тошкент: Фан, 1967. – Б. 387-405. 2 Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. – Тошкент: Фан, 1983.- Б. 37-44; Ёқубов Ш. Навоий асарлари ономастикаси. НДА. – Тошкент, 1994. – Б. 3-20. 3 Холманова З. “Бобурнома” лексикаси. – Тошкент: Фан, 2007. – Б. 19-21.

etnonimlar, 51 tasi gidronimlar, 22 tasi esa oronimlardir 4 . Umuman, o‘zbek tarixiy onomastikasi sohasida o‘z tadqiqotchilarini kutayotgan muammolar ham anchagina bor 5 ; b) onomastikasining fan sifatida shakllanish davri. Bu fanning ildizlari Evropa va rus tilshunosligida X1X asr oxiri va XX asr boshlarida paydo bo‘lgan. A.X.Vostokov, A.I.Sobolevskiy, A.A.SHaxmatov, M.Fasmer, S.K.Kuznetsov, P.L.Mashtakova kabi olimlarning asarlarida rus tilidagi onomastik materialni to‘plash va tahlil qilish haqidagi dastlabki ma’lumotlar keltirilgan edi; v) ilmiy yoki sof onomastik davr. Bu davr XX asrning 20-yillaridan hozirgi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Bu davrda onomastik material tilning leksik, fonetik, morfologik va boshqa sath birliklari singari alohida to‘planib, xilma-xil yo‘nalishlarda tadqiq etiladigan bo‘ldi. Lekin tilning onomastik materiali ko‘pincha leksik material tarkibida tahlil qilindi. Geografik nomlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslar, tarixchilar va geograflarning o‘zaro bahslari, muloqotlari tufayli toponimika alohida, mustaqil fan sifatida talqin etildi. Masalan, taniqli toponimist olim E.M.Murzaev toponimikani lingvistik, tarixiy va geografik tahlil metodlaridan foydalanuvchi mustaqil fan deb hisoblaydi. Taniqli tilshunos olim B.V.Gornungning fikricha, atoqli otlar har bir til lug‘at sostavining tarkibiy qismi sanaladi hamda tilshunoslik sohalaridan biri bo‘lgan leksikologiyaning o‘rganish ob’ektidir. S h u sababli tilshunoslarni toponimlarni til materiali sifatida o‘rganishdan mahrum etish, cheklash mumkin emas . SHu b ilan birga toponimik materialning xususiyatlarini o‘rganishga tarixchining ham, geografning ham, etnografning ham haqqi bor. Hozirgi zamon nomshunosligi materialistik dialektikaning qonun va kategoriyalariga tayanib ish ko‘radi hamda onomastik material tahlilida quyidagi metodlardan foydalanib ish ko‘radi: tasviriy metod, tarixiy metod, qiyosiy- chog‘ishtirma metod, areal metod, semiotik metod, stilistik metod, lingvopsixologik metod, statistik metod kabilar. Ba’zan onomastik materialni 4 Турдибеков М.Т. Абулғози Баҳодирхоннинг “Шажарайи турк” асари ономастикаси. НДА. – Тошкент, 2001. – Б. 9. 5 Бегматов Э., Ҳусанов Н., Ёқубов Ш., Боқиев Б. Ўзбек тарихий номшунослигининг долзарб муаммолари // Ўзбек тили ва адабиёти, 1992. № 5-6. – Б. 21-27.

o‘rganishda bu metodlarning bir nechtasidan birdaniga foydalaniladi. Quyida ana shu metodlarning ayrimlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Tasviriy metod. Ma’lumki, tasviriy metod barcha ijtimoiy-tarixiy va tabiiy fanlarda keng qo‘llaniladi 6 . S h unga ko‘ra bu metod boshqa metodlar orasida qo‘llanish ko‘lami jihatidan eng yuqori o‘rinda turadi. Bu metoddan foydalanishning dastlabki bosqichida material to‘planadi, kataloglar (kartochkalar)ga tushiriladi hamda ular sistemalashtiriladi. Bu esa onomastik materialning turli qirralarini sezish, bilish uchun katta imkon beradi. Masalan, toponimlarni tasviriy metod asosida o‘rganishda tog‘, qir, adir nomlari, qishloq, shahar, ko‘cha, mahalla, guzar nomlari ro‘yxati asos qilib olinadi. Xuddi shuningdek, daryo, ko‘l, buloq, ariq, kanal, soy nomlari ro‘yxati gidronimlarni tasviriy metod bilan o‘rganishda katta yordam beradi. Ana shu ro‘yxatlar materiali asosida keyinchalik onomastik birlik (toponim, gidronim kabi)larning lug‘atlari tuziladi. Masalan, G.P.Smolitskayaning “Oka basseyni gidronimlari” (1976), Stefan Ilchevning “Bolgar ism va familiyalarining lug‘ati” (1969), E.Begmatovning “O‘zbek ismlari ma’nosi” (2007: 2010) kabilar shular jumlasidandir. Onomastik birliklarni o‘rganishning tasviriy metodi boshqa metodlar kabi tarixiy jihatdan o‘zgaruvchan xarakterga egadir. Bu metod o‘z qo‘llanish doirasini, tahlilga tortilgan material ko‘lamini tilshunoslik ilmining yutuqlari bilan bog‘liq holda o‘zgartirib, kengaytirib boradi. Tarixiy metod. Har qanday fanda ilmiy tahlilning asosiy tamoyillaridan biri tarixiylikdir. Onomastik material tahlilida tarixiylik tamoyili juda muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki onomastik materialda xalqning o‘tmish tarixi, etnografiyasi, arxeologiyasi ildizlarini sezish qiyin emas. SHuning uchun onomastik materialni tarixiy-etnografik nuqtai nazardan o‘rganishga birinchi navbatda tarixchilar qiziqish bildirganlar. Onomastik birliklarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshuv tarixiy, arxeologik va etnografik ma’lumotlarni, faktlarni onomastika doirasiga keng tatbiq etishga 6 Бушуй Т.Г., Сафаров Ш. Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. – Тошкент: Фан, 2007. – Б. 101-109.

olib keldi. SHu bilan birga onomastik leksika tarixiy aspekt (qiyosiy-tarixiy va tarixiy-qiyosiy yo‘nalishlar) da keng o‘rganildi. Onomastikaga lingvo-tarixiy metodni qo‘llashda A.M.Selishev, A.I.Popov, V.A.Nikonov, B.A.Serebrennikov, V.N.Toporov, O.N.Trubachev, YU.A.Karpenko kabi rus olimlarining, V.Georgiev, V.Tashitskiy, S.Rospond, F.Bezglay singari chet ellik olimlarning xizmati katta bo‘ldi. Onomastik birliklar tarixiy nuqtai nazardan o‘rganilganda quyidagi ikki yo‘nalishga amal qilinadi: a) onomastik materialning tarixiy holatidan hozirgi ko‘rinishigacha bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash usuli (perspektiv tahlil usuli); b) onomastik materialning hozirgi holatidan uning tarixiy holatigacha bo‘lgan tarixiy rivojlanish jarayonini aniqlash (retrospektiv tahlil usuli). Har ikki tahlil yo‘nalishidan ham asosiy maqsad onomastik birliklarning rivojlanish, o‘zgarish jarayonlarini aniqlashdan iboratdir. Onomast-toponimistlar to‘plangan materialni tarixiy metod bilan o‘rganganda lisoniy (etnik) stratigrafiya (lotincha: stratum – “qatlam” va yunoncha: grapho – “yozaman” so‘zlaridan)ni aniqlashga intiladilar. Bunday tahlillardan maqsad onomastik birliklarning eng qadimgi o‘z va o‘zlashgan qatlamlarini aniqlash, uning tarkibidagi o‘zgarishlar silsilasini aniqlashdir. Jumladan, antroponimlarning etimologiyasi, uning ma’nosini izohlash, shunga doir turli xil qarashlarni keltirib, ularga munosabat bildirish ana shunday izlanishlar samarasi sanaladi. Keyingi yillarda olimlar toponim va antroponimlardagi ichki (lisoniy-struktur) va tashqi (ekstralingvistik) o‘zgarishlar tarixini o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Birinchi tip o‘zgarishda onomastrik birliklarning lisoniy tarixi, evolyusiyasi aniqlanadi, ikkinchisida esa u yoki bu onomastik birliklarda davr ruhining aksi inobatga olinadi (masalan: BAM, DneproGES, XXP parts’ezd, Komintern, Komsomol kabi abbreviaturalarda sobiq totalitar tuzum aksini sezish qiyin emas). Qiyosiy-chog‘ishtirma metod. Onomastik birliklar qo‘llanish xususiyatiga ko‘ra hududlararo farqli tomonlarga ega. Ana shunday farqlar qiyosiy- chog‘ishtirma metod yordamida aniqlanadi. Qiyosiy tahlil uchun har qanday