SHAXSNING O‘Z-O‘ZINI ANGLASHI
MAVZU: SHAXSNING O‘Z-O‘ZINI ANGLASHI Reja: 1. Shaxsning o’z-o’zini anglashi 2. Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi. 3. «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash.
1. Shaxsning o’z-o’zini anglashi XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari, o’z-o’zini anglash imkoniyatiga ega bo’ladi. Xuddi shu boisdan o’z-o’zini anglashning quyidagi tarkibiy qismlarga ajra-tish maqsadga muvofiqdir: o’tmishdagi «Men» («o’zlik»); hozirgi «Men» («o’zlik»); bo’lg’usi «Men» («o’zlik»); ideal «Men» («o’zlik»); dinamik «Men» («o’zlik»). O’z-o’zini anglash jarayoni milliy o’zligini anglash bilan uzviy bog’liq bo’lib, muayyan vaqt, muddat o’tishini, ya’ni ma’lum davrni taqozo etadi, lekin u ham evolyusion, ham revolyusion yo’l ta’siri-da amalga oshishi mumkin. O’z- o’zini anglash borliq va jamiyatni in’ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard natija sifa-tida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish qiladi. O’z-o’zini anglash besh tarkibdan iborat bo’lib, u o’ta murakkab jara-yon hisoblanib, uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imko-niyatiga ega emas. Chunki insonda o’zining hayoti va faoliyati yutukla-ri, nuqsonlarini, xulq-atvor ko’nikmalarini, aql-idrok darajala-rini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda ma’naviyat ko’rsat-kichlarini oqilona baholashga qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o’z-o’zini tanqid, baholash va o’z-o’zini baholash, tekshirish va o’z-o’zini tekshirish, nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish, boshqarish va o’z- o’zini boshqarish, takomillashtirish va o’z-o’zini takomillashti-rish, rivojlantirish va o’z-o’zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va ijtimoiy ongni tobo-ra rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni ta’minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi. Inson o’z-o’zini anglash jarayonida ko’pincha reallikdan boshlay-Di, hozirgi va favquloddagi holatni tahlil qiladi, shaxsiy imko-niyati bilan taqkrslaydi, ma’lum mezon yoki namuna, ibrat tanlab, Unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa kelajak, istiqbol re-jalari uni qiziqtiradi, o’zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning
ongliligi yoki oqilliligiga shubhalanadi. Uni bir necha marta tahlil qilish, qiyoslash, unga o’zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo’lg’usi «Men»iga aniqlik kiritadi va faollik mexanizmiga aylantiradi. O’z-o’zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o’tmishini tah-lil qiladi, undagi qusurli va ibratli jihatlarni o’zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu borada ayrim siljishlarga eri-shadi. Ijtimoiy hayotdan u o’ziga ideal bo’luvchi shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko’rinishlarni, ko’rsatkich-larni o’zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o’z-o’zini anglash davo- mida dinamik harakatsiz hyech bir narsani ro’yobga chiqara olmasligiga iqror bo’ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni baholash, tekshirish, nazorat qilish, boshqarish natijasida dinamik «Men» shakllana boshlaydi. O’z-o’zini anglashning besh tar-kibiy qismi bir tekis insonning ma’naviy dunyosiga aylansa, de-makki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan dalolatdir. 2.Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanishi . Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini malum manoda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilagi, uning ahloq — ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul xarakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z-o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq- shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy xarakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz — «Men» — obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
«Men» — obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o’zini, o’zligini qanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo’ladi. O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko’pincha konkret shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni, inson tabiati shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, xattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z. Freyd nazariyasiga ko’ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir shaxsdagi o’z shaxsiyatini o’ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko’pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Men» — obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o’sha shaxsni o’rab turgan tashqi muhit, o’zgalar va ularning munosabati katta rol o’ynaydi. Odam o’zgalarga qarab, go’yoki oynada o’zini ko’rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb ataladi. Uning mohiyati — aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» — obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. Masalan, ko’chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o’z yutuqlaringiz va mashg’ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo’lib, uning qayergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, hayoli boshqa yerda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «mahmadona, laqmaroq» bo’lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o’rtog’ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo’l qo’ymaslik uchun «O’rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so’rab ham qo’yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni, suhbatdosh o’rniga
turib, o’zingizga tashlangan nazar («men unga qanday ko’rinyapman?») — refleksiyadir. Shaxsning o’zi xaqidagi obrazi va o’z-o’zini anglashi yosh va jinsiy o’ziga xoslikka ega. Masalan, o’ziga nisbatan o’ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o’smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo’ladigan «kattalik» xissi qizlarda ham, o’smir yigitchalarda ham nafaqat o’ziga, balki o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» — obrazining yaxshi va ijobiy bo’lishi ko’proq bu obrazning ayollik sifatlarini o’zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o’zida ayni paytda mavjudligiga bog’liq bo’lsa, yigitlardagi obraz ko’proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog’li uyg’un ekanligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’smirlikda o’g’il bolalardagi bo’yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» — obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go’zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor — yo’qligiga bog’liq xolda «Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo’lgan ayrim toshmalar yoki shunga o’xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emosiyalarga sabab bo’lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o’ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi. 3. «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash. «Men» – obrazi asosida ham bir shaxsda o’z-o’ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo’lishi mumkin. O’z- o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida — aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o’zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy