logo

Ta’lim sistemasida o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayoni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.3076171875 KB
Ta’lim sistemasida o ‘ z-o ‘ zini tashkillashtirish jarayoni
1. Ta’limda   tashkillashish.   Zamonaviy   ta’lim   o ‘ z-o ‘ zini   tashkil   etuvchi
tizim sifatida.
2. Ta’lim sistemasida o ‘ z-o ‘ zini tashkillashtirishning mazmun-mohiyati.
3. Ta’limda ochiqlik va yopiqlik muammosining falsafiy mohiyati.  Hozirgi zamon ta lim tizimida, mustaqil ta limga alohida urg‘u beradigan,ʼ ʼ
o‘z-o‘zini tashkillashtirish, o‘z-o‘zini tartiblash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-
o‘zini   rivojlantirish   kabi   bir   qator   yondashuvlar   kirib   keldiki,   bu   sinergetik
qonuniyatlarning ta limdagi namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi.
ʼ
Bugungi   dunyo   ta limida   ta lim   beruvchi   va   ta lim   oluvchining   idroki,	
ʼ ʼ ʼ
sinergetik, tanqidiy va mantiqiy tafakkuri, o‘z hissiyotlarini boshqara olishi,
kelajakni   prognoz   qila   olishi   kabi   xususiyatlari   asosiy   masala   sifatida
qaraladi.   Jahonda   bugungi   davrda   faqat   bilim   olish   uchun   emas,   olingan
bilimlarni amaliyotda qanday samarali qo‘llay olish uchun o‘qitishga alohida
e tibor qaratiladi.	
ʼ
“Tashkillashish”   deganda   muayyan   bir   butun   qismlarining   joylashish
tartibi va jarayoni tushuniladi. Tashkillashish oddiy va murakkab ko‘rinishga
ega   bo‘lgan   xossa   bo‘lib,   tizimlarning   strukturasi   va   funksiyalari   birligini
ta minlaydi.   Tashkillash   xossasining   manbai   yoki   harakatlantiruvchi   kuchi
ʼ
tizimning o‘zida bo‘lsa, bu xossa struktura va funksiya holatini parametrlarini
o‘zgartirish   hisobidan   muhitga   moslashish   xislatini   yuzaga   keltirsa,   unday
tizim   o‘z-o‘zini   tashkillashtiruvchi   tizimga   aylanadi.   Ta lim   tizimining	
ʼ
tashkillanish   xossasi   uning   o‘zida.   Bu   ta lim   tarkibiga   kiruvchi   har   bir	
ʼ
elementning   o‘rni   muhimligi   bilan   belgilanadi.   Ta lim   tizimining   o‘z-o‘zini	
ʼ
tashkillashtirish   jarayonida   xuddi   sinergetik   metodologiyada   e tirof	
ʼ
etilganidek, tizimning yaxlitligida uni kichik bir elementining funksiyasi ham
inobatga   olinadi.   Ta limda   ham   tizimning   hattoki   kichik   bir   bo‘lagi   ham	
ʼ
e tibordan   chetda   qolsa,   butun   bir   tizim   faoliyatiga   ta sir   etadi.   Bu   esa   o‘z-	
ʼ ʼ
o‘zini tashkillashtirish jarayoniga ham jiddiy ta sir ko‘rsatadi.	
ʼ
O‘z-o‘zini   tashkillash   hodisasini   o‘rganish   XVIII   asrdayoq   boshlangan.
Bu   klassik   siyosiy   iqtisod   asoschisi   Adam   Smitning   (1723-1790)   nazariy
izlanishlari   bilan   bog‘langan.   U   o‘zining   “Xalqlar   boyligining   mohiyati   va
sabablari”   asarida   bozorda   spontan,   (ya ni   o‘z-o‘zidan   sodir   bo‘ladigan,	
ʼ tashqi   omillar   emas,   balki   ichki   sabablar   tufayli   yuzaga   keladigan)
tartiblanish   turli,   ko‘p   hollarda   qarama-qarshi   maqsad   va   manfaatlarga   ega
bo‘lgan   qatnashchilarning   o‘zaro   ta siri   natijasidir,   degan   g‘oyani   bayonʼ
etgan.     Zamonaviy   ta limda   ham   xuddi   shunday,   ya ni   tartiblanish   uchun	
ʼ ʼ
ko‘p   hollarda   qarama-qarshi   maqsad   va   manfaatlarga   ega   bo‘lgan
qatnashchilarning   o‘zaro   integratsion   uyg‘unlashuvi   kuzatiladi.   Bu   holatni,
ayniqsa,   hozirgi   vaqtda   ta limdagi   zamonaviylik   va   an anaviylikni	
ʼ ʼ
uyg‘unlashuvida, taraqqiy etgan xorijiy tajribalarni milliy ta lim tizimi bilan	
ʼ
integratsiyasida kuzatish mumkin.
Demak, ta lim jarayoni ham ma lum bir	
ʼ ʼ    davr sharoitidan, ya ni tizimning	ʼ
o‘zgarishi   ta sirida   taraqqiy   etib   boradigan,   o‘z-o‘zidan   tashkillashadigan	
ʼ
hamda   tartiblashadigan   jarayon   sanaladi.   Professor   B.O.Turayev   shunday
ta kidlaydi:   “Har   qanday   jismning   tanasi   va   ichki   a zolarining   tashkil   etgan	
ʼ ʼ
fazoviy nuqtalar shunday tartibda joylashganki, har bir nuqta o‘zining qat iy	
ʼ
o‘rniga   ega,   bu   tartib   buzilsa,   bu   jism   parchalanib   ketishi   yoki   ichi   bilan
tashqarisining   farqi   qolmaydi”.   Shuningdek,   bizningcha,   “tartiblanish   ham
o‘z-o‘zidan   tashkillashishning   bir   ko‘rinishidir.   Koinotdagi   barcha   narsa   va
hodisalar   azaldan,   ya ni   ilk   vujudga   kelgan   paytlaridan   boshlab   o‘z-o‘zini	
ʼ
tashkillashtiribgina   bugungi   holatiga   yetib   kelgan.   O‘z-o‘zini   tashkillashtira
olmagan   obyektlar   sharoitga   moslashmay   halokatga   uchragan”.   Tizimning
yashovchanligi,   uning   umri   qay   darajada   o‘z-o‘zini   tashkillashtirishiga
bog‘liq.   Ta lim   tizimi   ham   o‘z-o‘zini   tashkillashtirish   qonuniyati   tufayli	
ʼ
yillar   davomida   har   qanday   davr,   ijtimoiy   tuzum,   siyosiy,   iqtisodiy
tebranishlar   sinovlariga   moslasha   olgan   hamda   o‘z   taraqqiyotiga   o‘zi
sababchi bo‘lgan tizimlardan biri hisoblanadi.
Zamonaviy   ta lim   sistemasi   o‘z   ishtirokchilari   (ta lim   beruvchi,   ta lim	
ʼ ʼ ʼ
oluvchi)   ni   o‘z-o‘zini   tashkillashtirishi   jarayonida   quyidagi   muhim
funksiyalarni bajarishi mumkin: - zamon talabiga mos keladigan ilmiy tafakkur tarzini shakllantiradi;
- lmiy   dunyoqarashni   kengaytirish   borasidagi   har   qanday   masalada
tanqidiy, kreativ, va mantiqiy yondashuvga yo‘naltiradi;
- jahon   sivilizatsiyasida   sodir   bo‘layotgan   keskin,   munozarali
o‘zgarishlarni   tezkorlik,   yaxlitlik   va   umumiy   birlikda   o‘zlashtirish,
tizimli tahlil etish qobiliyatini rivojlantiradi;
- ko‘p   qutbli   olamning   ilmiy   muammolarini   sinergetik   tahlil   etishga
va yangi yechimlarini topishga imkoniyat yaratadi.
- Zamonaviy   ta lim   jarayonida   ochiq   tizim   sifatida   kirib   keladiganʼ
turli   xil   informatsiya,   modda   va   energiya   bizningcha,   nospetsifik
ta sirlardir.   Bu   ta sirlar   ta limni   ma lum   bir   qolipga   solmaydi,	
ʼ ʼ ʼ ʼ
qat iy   strukturaga   majburan   birlashtirmaydi,   balki,   o‘z-o‘zini
ʼ
takomillashtirishiga,   o‘z   taraqqiyot   yo‘lini   o‘zi   belgilab   olishiga
imkon   beradi.   Ta lim   tizimidagi   bu   o‘z-o‘zidan   tashkillanish	
ʼ
hodisasida nospetsifik tashqi ta sirlar bilan birga ichki ta sirlar ham	
ʼ ʼ
muhim   o‘rin   tutadi.   Bu   ta sir,   ya ni   ta lim   tizimining   o‘z-o‘zini	
ʼ ʼ ʼ
tashkillashtirishidagi   ichki   sabab   va   mohiyat   undagi   attraktor
omillarining faoliyati bilan belgilanadi.
Ta lim   jarayonini   rivojlantiruvchi   harakat   manbai   uning   (tizimning)	
ʼ
o‘zida bo‘lib, mazkur tizimda turli o‘zgarishlar amalga oshirilishi, yangilik va
islohotlarning   kirib   kelishi,   qo‘llanilishi   ichki   va   tashqi   ta sirlar   sifatida	
ʼ
amaldagi   (eski)   sistemani   yangilash   (o‘zgartirish)   hisobidan   boshqa   bir
sistemaning   o‘z-o‘zidan   tashkillanishiga   turtki   beradi.   Shuningdek,   ta lim	
ʼ
tizimining   o‘z-o‘zini   tashkillashtirishida   uning   ichidagi   elementlarning
faoliyati   muhim   o‘rin   tutadi.   Bunga   ta lim   beruvchilar   salohiyati,   ta lim	
ʼ ʼ
oluvchilar dunyoqarashi, ilmiy muhit, ma lum ijtimoiy sharoit, moddiy resurs
ʼ
va boshqa elementlarni kiritish mumkin. V.P.Branskiyning   ta biricha,   “Agar   tizimga   hech   qanday   tashqi,ʼ
maxsus   ta sirlar   bo‘lmay   turib,   u   funksional   jihatdan   o‘zining   tuzilmasini	
ʼ
yuzaga   keltirsa,   biz   bunday   tizimni   o‘z-o‘zini   tashkillashtiruvchi   tizim   deb
ataymiz.   O‘z-o‘zini   tashkillashtirish   nazariyasi   tanlash   asosida
rivojlanishning   barcha   fenomenologik   belgilarini,   murakkablik,   xilma-xillik
va moslashuvchanlikni o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu sinergetik nazariya
rivojlanishning universal mexanizmi sifatida barcha dissipativ tizimlarga xos
bo‘ladi.   Jamiyat   ham   xuddi   shunday   tizimdir,   shu   sababdan   ushbu   nazariya
jamiyat   taraqqiyotiga   ham   bevosita   taalluqlidir” 1 .   Bizningcha,   o‘z-o‘zidan
tashkillanish  jarayoni  barcha   murakkab,  dissepativ   sistemalarda   uchraydi   va
bu   tashkillanishda   ichki   va   tashqi   ta sirlar   tizim   strukturasi   bilan	
ʼ
uyg‘unlashadi.     Ta lim sistemasi ham ichki va tashqi ta sirlar natijasida o‘z-	
ʼ ʼ
o‘zini   tashkillashtiradigan   murakkab   tizimlar   sarasiga   kiradi.   Ya ni,   ta lim	
ʼ ʼ
tizimi   o‘z-o‘zini   tashkillashtirish   jarayonida   to‘xtovsiz   ravishda   tashqi
muhitdan axborot, energiya olib turadi. Bu axborot va energiya uning doimo
yangilanib o‘z-o‘zini isloh etib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni
ta kidlash o‘rinliki, ta lim jarayoniga chetdan qabul qilinayotgan energiya va	
ʼ ʼ
axborot   ta lim   taraqqiyotiga   xizmat   qilsagina,   ta lim   sifatini   ijobiy   tomonga	
ʼ ʼ
o‘zgartirsagina o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonining natijasi ham istiqbolli
bo‘ladi. Ta lim yopiq tizim sifatida o‘z-o‘zini munosib tarzda tashkillashtira
ʼ
olmaydi, faqat ochiqlikdagina rivojlanadi, taraqqiy etadi, yuksaladi. Yopiqlik
ta limning   turg‘unligiga,   ochiqlik   esa   ta limning   o‘z-o‘zini	
ʼ ʼ
tashkillashtirishiga asos bo‘ladi.
Ta lim   jarayonining	
ʼ     sinergetik   tahlili   ta lim   tizimidagi   ochiqlik   va	ʼ
yopiqlik   muammosini   ko‘rib   chiqish   zaruratiga   olib   keldi.   Shuni   ta kidlash	
ʼ
o‘rinliki,   ma lum   tizimdagi   ochiqlik   va   yopiqlik   masalasi   nisbiydir.   Har	
ʼ
qanday   ochiq   tizimda   yopiqlik   va   har   qanday   yopiq   tizimda   ochiqlik
kuzatilishi   mumkin.   V.P.Branskiy   e tirof   etganidek:   “Ochiq   tizim   va   yopiq	
ʼ tizim   o‘rtasidagi   chegara   nisbiydir.   Bir   tomondan   yopiq   tizim   uni   tashqi
olamdan   uzib   turgan   omillar   va   chegaralarning   yo‘qotilishi   bilan   ochiq
tizimga   aylanishi   mumkin.   Ikkinchi   tomonidan   ochiq   tizim   agar   tashqi
olamdan   uzib   qo‘yilsa,   u   boshqa   sistemalar   bilan   axborot   va   energiya
almashmasa,   u   yopiq   tizimga   aylanib   qoladi”.   Ta lim   tizimida   ham   xuddiʼ
shunday.   Ya ni   ma lum   bir   davrdagi   ta lim   islohotlari   ma lum   vaqt   o‘z	
ʼ ʼ ʼ ʼ
holicha, hech qanday o‘zgarishsiz, hech qanday qo‘shimchalarsiz, tahlillarsiz
saqlansa,   u   yopiq   tizimga   aylanib   qoladi.   Insoniyat   rivojlanar   ekan,   jamiyat
taraqqiy  etar  ekan,  ilmiy  tafakkur  ham  taraqqiy  etib  boradi.  Ta lim  jarayoni	
ʼ
inson   tafakkuri   bilan   bog‘liq   jarayon   sifatida   hamisha   tahlillarga,
o‘zgarishlarga, islohotlarga muhtoj jarayondir. Uning yopiqligi turg‘unlikka,
turg‘unlik   o‘z   navbatida   fluktuatsiya   va   konstruktiv   xaosga   olib   kelishi
mumkin.
Faylasuf   olim   O.Fayzullayev   tizimlarni   klassifikatsiyalashda   har   xil
jihatlarni   hisobga   olishni   ta kidlaydi.   Masalan,   statik   va   dinamik,   jonli   va	
ʼ
jonsiz,   ochiq   va   yopiq.   Olimning   fikricha,   klassifikatsiya   ham   nisbiydir.
Chunki statik sistema deb hisoblaganimiz shu ondagi holatidir. Ma lum vaqt	
ʼ
o‘tishi   bilan   tog‘   jinslari   nuraydi,   mexanizmlar   eskiradi,   metallar   zanglaydi.
Bular,   albatta,   tashqi   muhit   ta sirida.   …Shuningdek,   dinamik   sistema   vaqt	
ʼ
o‘tishi   bilan   o‘zgaruvchan   bo‘lishi   bilan   birga   har   bir   onda   uni   statik   deb
qarash mumkin. Vaholanki, sistemalar ham ma lum bir vaqtda ochiq bo‘lsa,	
ʼ
ma lum   bir   vaqtga   kelib   yopiq   bo‘lishi   mumkin.   O‘zbek   faylasufi	
ʼ
O.Fayzullayev   sistemalarning   ochiqligi   va   yopiqligi   muammosini   misollar,
faktlar   orqali   juda   oqilona   tushuntirib   bergan.   Uning   fikricha,   ochiq
sistemalar   ham   hisob   kitobli   bo‘lishi   kerak,   aks   holda   uni   o‘rganish   bizga
hech narsa bermaydi. Olim bu borada quyidagi algoritmni ishlab chiqdi. Bu
algoritm tadrijiy ravishda yopiq sistemani ochiq sistemaga olib boradi. Olim
bir   tirik   organizmni   yopiq   sistema   deb   qarab   S1   bilan   belgilaydi. Organizmning yopiq holda yashay olmay chetdan keladigan suv, havo, ozuqa
bilan   ta minlanishini,   tashqi   muhit   deb   S2   sistema   deb   belgilagan.   Ana   shuʼ
S1 va S2 sistemalar birgalikda bitta, yopiq sistemani, ya ni S3 sistema hosil	
ʼ
qiladi va hokazo. Masalan:
S1+ S2 = S3
S3+ S4 = S5
S5 + S6 = S7
Ta lim tizimida ochiqlik va yopiqlik masalasining murakkabligi shundaki, bu	
ʼ
jarayonda   ya ni   ta limda   tizim   sifatida   tashqaridan   ta sir   o‘tkazishda   uning	
ʼ ʼ ʼ
ichki   mohiyati   va   xususiyati   o‘zini   saqlab   qolishini   inobatga   olish   kerak.
Chunki   hozir   tahlikali   va   murakkab   davrda   nochiziqli   tafakkur   asosida
axborot   va   ma lumotlarga   turlicha   yondashuv   avj   olmoqda.   Buning   natijasi	
ʼ
o‘laroq, O‘zbekistonda, shu jumladan, oliy ta lim	
ʼ     tizimini isloh etishda ham
bir   necha   xil   munosabat   va   talqinlar   shakllanmoqda.   Bunda   manfaatlar
to‘qnashuvi yaqqol nazarga tushadi. Bu esa ta lim islohotiga nisbatan yaxlit
ʼ
yondashuvlarning tartibsizligini bildiradi. Bu kabi holatlarni inobatga olib biz
ta lim   tizimini   tahlil   etganda   obyektiv   qonuniyatlarga   amal   qilib,   milliy	
ʼ
ta lim   tizimining   mohiyatini   yo‘qotmagan   holda   munosabatda   bo‘lishimiz
ʼ
kerak.   Ba zida   ta limdagi   ochiqlik,   manfaatlar   to‘qnashuvidan   kelib   chiqib	
ʼ ʼ
salbiy   natijalarga   ham   olib   kelishi   kuzatiladi.   Mamlakatimizda   mustaqillik
yillarida   ochiqlik   prinsipi   hamda   integratsion   yondashuv   asosida   tashkil
etilgan “Turk litseylari” ning faoliyati samarali yakun topmaganligini bunga
misol qilib ko‘rsatish mumkin. Demak, ta limdagi ochiqlik shaffof, xolisona,	
ʼ
tizimli   tahlil   asosida   tashkil   etilsagina,   samarali   natijalarga   olib   kelishi
mumkin.
Ta lim   sistemasining   ochiqlikdan   yopiqlikka,   yoki   aksincha,	
ʼ
yopiqlikdan   ochiqlikka   qarab   borishida   ma lum   bir   ijtimoiy   tuzum,   holat,	
ʼ muhit, sharoit,     davr va imkoniyat nuqtai nazaridan kelib chiqib o‘zgarishlar
bo‘lishi mumkin. 
Shuni   inobatga   olishimiz   kerakki,   ochiqlik   deganda   faqat   tashqi   muhitdan
kirib   keladigan   modda   va   axborotni   emas,   balki   sistemadan   tashqi   muhitga
chiqadigan   modda,   energiya   va   informatsiyani   ham   hisobga   olish   lozim.
Ta limʼ     tizimidagi   ochiqlikni   ham   shunday   holatda   kuzatish   mumkin.   Ya ni	ʼ
ta lim   tizimidan   ma lum   axborot   va   energiya   tashqi   muhitga   ham   chiqadi,	
ʼ ʼ
ham   qabul   qilinadi.   Ta limni   tahlil   etganda,   o‘rganganda,   undan	
ʼ
foydalanganda,   uning   xulosalari   va   natijalarini   amaliyotga   tadbiq   etganda
axborot chiqsa, ma lum ta lim islohotlarini amalga oshirish maqsadida yangi	
ʼ ʼ
ta lim   texnologiyalarini   joriy   etganda,   zamonaviy   xorijiy   tajribalardan	
ʼ
foydalanganda,   ya ni   ta lim   tizimi   qo‘shimcha   ma lumotlar   bilan	
ʼ ʼ ʼ
boyitilganda axborot qabul qilinadi. Foydalaniladigan adabiyotlar ruyxati
 
1.   Mirziyoyev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo limizni   qat iyat   bilan   davom   yettirib,ʼ ʼ
yangi bosqichga ko taramiz. 1-jild, Toshkent,”O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ ʼ
2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O zbekiston davlatini birgalikda	
ʼ
barpo yetamiz. Toshkent, “O zbekiston”, 2017 yil.	
ʼ
3. Mirziyoyev Sh.M. O zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning	
ʼ
Oliy Majlisga murojaatnomasi. “Xalq so zi” gazetasi, 2017 yil, 23-dekabr, 2-bet.	
ʼ
4.   Mirziyoyev   Sh.M.   Konstitutsiya   –   erkin   va   farovon   hayotimiz,   mamlakatimizni
yanada   taraqqiy   ettirishning   mustahkam   poydevoridir.   “Xalq   so zi”   gazetasi,   2017	
ʼ
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   Sh.M.   O zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O zbekiston	
ʼ ʼ
Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo yicha   harakatlar   strategiyasi   to g risida”gi	
ʼ ʼ ʼ
farmoni. Toshkent, “Аdolat”, 2018 yil.
6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk  kelajagimizni  mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
7.   Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta minlash   yurt	
ʼ
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T., O zbekiston, 2017 yil.	
ʼ
8. Karimov I.А. Аsarlar to plami. 1-23 jildlar. -T.:“O zbekiston”, 1996-2015 y.y.	
ʼ ʼ
9. Karimov I.А. Yuksak ma naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma naviyat”, 2008.
ʼ ʼ
10. Karimov I.А. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O zbekiston”, 2010. 	
ʼ
11.Karimov I.А. O zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida. -T.:“O zbekiston”,	
ʼ ʼ
2011.
12.   Karimov   I.А.   Bosh   maqsadimiz   –   keng   ko lamli   islohotlar   va   modernizasiya	
ʼ
yo lini qat iyat bilan davom yettirish. T.:O zbekiston, 2013.	
ʼ ʼ ʼ

Ta’lim sistemasida o ‘ z-o ‘ zini tashkillashtirish jarayoni 1. Ta’limda tashkillashish. Zamonaviy ta’lim o ‘ z-o ‘ zini tashkil etuvchi tizim sifatida. 2. Ta’lim sistemasida o ‘ z-o ‘ zini tashkillashtirishning mazmun-mohiyati. 3. Ta’limda ochiqlik va yopiqlik muammosining falsafiy mohiyati.

Hozirgi zamon ta lim tizimida, mustaqil ta limga alohida urg‘u beradigan,ʼ ʼ o‘z-o‘zini tashkillashtirish, o‘z-o‘zini tartiblash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z- o‘zini rivojlantirish kabi bir qator yondashuvlar kirib keldiki, bu sinergetik qonuniyatlarning ta limdagi namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi. ʼ Bugungi dunyo ta limida ta lim beruvchi va ta lim oluvchining idroki, ʼ ʼ ʼ sinergetik, tanqidiy va mantiqiy tafakkuri, o‘z hissiyotlarini boshqara olishi, kelajakni prognoz qila olishi kabi xususiyatlari asosiy masala sifatida qaraladi. Jahonda bugungi davrda faqat bilim olish uchun emas, olingan bilimlarni amaliyotda qanday samarali qo‘llay olish uchun o‘qitishga alohida e tibor qaratiladi. ʼ “Tashkillashish” deganda muayyan bir butun qismlarining joylashish tartibi va jarayoni tushuniladi. Tashkillashish oddiy va murakkab ko‘rinishga ega bo‘lgan xossa bo‘lib, tizimlarning strukturasi va funksiyalari birligini ta minlaydi. Tashkillash xossasining manbai yoki harakatlantiruvchi kuchi ʼ tizimning o‘zida bo‘lsa, bu xossa struktura va funksiya holatini parametrlarini o‘zgartirish hisobidan muhitga moslashish xislatini yuzaga keltirsa, unday tizim o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi tizimga aylanadi. Ta lim tizimining ʼ tashkillanish xossasi uning o‘zida. Bu ta lim tarkibiga kiruvchi har bir ʼ elementning o‘rni muhimligi bilan belgilanadi. Ta lim tizimining o‘z-o‘zini ʼ tashkillashtirish jarayonida xuddi sinergetik metodologiyada e tirof ʼ etilganidek, tizimning yaxlitligida uni kichik bir elementining funksiyasi ham inobatga olinadi. Ta limda ham tizimning hattoki kichik bir bo‘lagi ham ʼ e tibordan chetda qolsa, butun bir tizim faoliyatiga ta sir etadi. Bu esa o‘z- ʼ ʼ o‘zini tashkillashtirish jarayoniga ham jiddiy ta sir ko‘rsatadi. ʼ O‘z-o‘zini tashkillash hodisasini o‘rganish XVIII asrdayoq boshlangan. Bu klassik siyosiy iqtisod asoschisi Adam Smitning (1723-1790) nazariy izlanishlari bilan bog‘langan. U o‘zining “Xalqlar boyligining mohiyati va sabablari” asarida bozorda spontan, (ya ni o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan, ʼ

tashqi omillar emas, balki ichki sabablar tufayli yuzaga keladigan) tartiblanish turli, ko‘p hollarda qarama-qarshi maqsad va manfaatlarga ega bo‘lgan qatnashchilarning o‘zaro ta siri natijasidir, degan g‘oyani bayonʼ etgan. Zamonaviy ta limda ham xuddi shunday, ya ni tartiblanish uchun ʼ ʼ ko‘p hollarda qarama-qarshi maqsad va manfaatlarga ega bo‘lgan qatnashchilarning o‘zaro integratsion uyg‘unlashuvi kuzatiladi. Bu holatni, ayniqsa, hozirgi vaqtda ta limdagi zamonaviylik va an anaviylikni ʼ ʼ uyg‘unlashuvida, taraqqiy etgan xorijiy tajribalarni milliy ta lim tizimi bilan ʼ integratsiyasida kuzatish mumkin. Demak, ta lim jarayoni ham ma lum bir ʼ ʼ davr sharoitidan, ya ni tizimning ʼ o‘zgarishi ta sirida taraqqiy etib boradigan, o‘z-o‘zidan tashkillashadigan ʼ hamda tartiblashadigan jarayon sanaladi. Professor B.O.Turayev shunday ta kidlaydi: “Har qanday jismning tanasi va ichki a zolarining tashkil etgan ʼ ʼ fazoviy nuqtalar shunday tartibda joylashganki, har bir nuqta o‘zining qat iy ʼ o‘rniga ega, bu tartib buzilsa, bu jism parchalanib ketishi yoki ichi bilan tashqarisining farqi qolmaydi”. Shuningdek, bizningcha, “tartiblanish ham o‘z-o‘zidan tashkillashishning bir ko‘rinishidir. Koinotdagi barcha narsa va hodisalar azaldan, ya ni ilk vujudga kelgan paytlaridan boshlab o‘z-o‘zini ʼ tashkillashtiribgina bugungi holatiga yetib kelgan. O‘z-o‘zini tashkillashtira olmagan obyektlar sharoitga moslashmay halokatga uchragan”. Tizimning yashovchanligi, uning umri qay darajada o‘z-o‘zini tashkillashtirishiga bog‘liq. Ta lim tizimi ham o‘z-o‘zini tashkillashtirish qonuniyati tufayli ʼ yillar davomida har qanday davr, ijtimoiy tuzum, siyosiy, iqtisodiy tebranishlar sinovlariga moslasha olgan hamda o‘z taraqqiyotiga o‘zi sababchi bo‘lgan tizimlardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta lim sistemasi o‘z ishtirokchilari (ta lim beruvchi, ta lim ʼ ʼ ʼ oluvchi) ni o‘z-o‘zini tashkillashtirishi jarayonida quyidagi muhim funksiyalarni bajarishi mumkin:

- zamon talabiga mos keladigan ilmiy tafakkur tarzini shakllantiradi; - lmiy dunyoqarashni kengaytirish borasidagi har qanday masalada tanqidiy, kreativ, va mantiqiy yondashuvga yo‘naltiradi; - jahon sivilizatsiyasida sodir bo‘layotgan keskin, munozarali o‘zgarishlarni tezkorlik, yaxlitlik va umumiy birlikda o‘zlashtirish, tizimli tahlil etish qobiliyatini rivojlantiradi; - ko‘p qutbli olamning ilmiy muammolarini sinergetik tahlil etishga va yangi yechimlarini topishga imkoniyat yaratadi. - Zamonaviy ta lim jarayonida ochiq tizim sifatida kirib keladiganʼ turli xil informatsiya, modda va energiya bizningcha, nospetsifik ta sirlardir. Bu ta sirlar ta limni ma lum bir qolipga solmaydi, ʼ ʼ ʼ ʼ qat iy strukturaga majburan birlashtirmaydi, balki, o‘z-o‘zini ʼ takomillashtirishiga, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilab olishiga imkon beradi. Ta lim tizimidagi bu o‘z-o‘zidan tashkillanish ʼ hodisasida nospetsifik tashqi ta sirlar bilan birga ichki ta sirlar ham ʼ ʼ muhim o‘rin tutadi. Bu ta sir, ya ni ta lim tizimining o‘z-o‘zini ʼ ʼ ʼ tashkillashtirishidagi ichki sabab va mohiyat undagi attraktor omillarining faoliyati bilan belgilanadi. Ta lim jarayonini rivojlantiruvchi harakat manbai uning (tizimning) ʼ o‘zida bo‘lib, mazkur tizimda turli o‘zgarishlar amalga oshirilishi, yangilik va islohotlarning kirib kelishi, qo‘llanilishi ichki va tashqi ta sirlar sifatida ʼ amaldagi (eski) sistemani yangilash (o‘zgartirish) hisobidan boshqa bir sistemaning o‘z-o‘zidan tashkillanishiga turtki beradi. Shuningdek, ta lim ʼ tizimining o‘z-o‘zini tashkillashtirishida uning ichidagi elementlarning faoliyati muhim o‘rin tutadi. Bunga ta lim beruvchilar salohiyati, ta lim ʼ ʼ oluvchilar dunyoqarashi, ilmiy muhit, ma lum ijtimoiy sharoit, moddiy resurs ʼ va boshqa elementlarni kiritish mumkin.

V.P.Branskiyning ta biricha, “Agar tizimga hech qanday tashqi,ʼ maxsus ta sirlar bo‘lmay turib, u funksional jihatdan o‘zining tuzilmasini ʼ yuzaga keltirsa, biz bunday tizimni o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi tizim deb ataymiz. O‘z-o‘zini tashkillashtirish nazariyasi tanlash asosida rivojlanishning barcha fenomenologik belgilarini, murakkablik, xilma-xillik va moslashuvchanlikni o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu sinergetik nazariya rivojlanishning universal mexanizmi sifatida barcha dissipativ tizimlarga xos bo‘ladi. Jamiyat ham xuddi shunday tizimdir, shu sababdan ushbu nazariya jamiyat taraqqiyotiga ham bevosita taalluqlidir” 1 . Bizningcha, o‘z-o‘zidan tashkillanish jarayoni barcha murakkab, dissepativ sistemalarda uchraydi va bu tashkillanishda ichki va tashqi ta sirlar tizim strukturasi bilan ʼ uyg‘unlashadi. Ta lim sistemasi ham ichki va tashqi ta sirlar natijasida o‘z- ʼ ʼ o‘zini tashkillashtiradigan murakkab tizimlar sarasiga kiradi. Ya ni, ta lim ʼ ʼ tizimi o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonida to‘xtovsiz ravishda tashqi muhitdan axborot, energiya olib turadi. Bu axborot va energiya uning doimo yangilanib o‘z-o‘zini isloh etib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ta kidlash o‘rinliki, ta lim jarayoniga chetdan qabul qilinayotgan energiya va ʼ ʼ axborot ta lim taraqqiyotiga xizmat qilsagina, ta lim sifatini ijobiy tomonga ʼ ʼ o‘zgartirsagina o‘z-o‘zini tashkillashtirish jarayonining natijasi ham istiqbolli bo‘ladi. Ta lim yopiq tizim sifatida o‘z-o‘zini munosib tarzda tashkillashtira ʼ olmaydi, faqat ochiqlikdagina rivojlanadi, taraqqiy etadi, yuksaladi. Yopiqlik ta limning turg‘unligiga, ochiqlik esa ta limning o‘z-o‘zini ʼ ʼ tashkillashtirishiga asos bo‘ladi. Ta lim jarayonining ʼ sinergetik tahlili ta lim tizimidagi ochiqlik va ʼ yopiqlik muammosini ko‘rib chiqish zaruratiga olib keldi. Shuni ta kidlash ʼ o‘rinliki, ma lum tizimdagi ochiqlik va yopiqlik masalasi nisbiydir. Har ʼ qanday ochiq tizimda yopiqlik va har qanday yopiq tizimda ochiqlik kuzatilishi mumkin. V.P.Branskiy e tirof etganidek: “Ochiq tizim va yopiq ʼ