logo

O’zbek marosim folklori

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

87 KB
Mavzu:O’zbek marosim folklori.
Reja
1. O’zbek marosim folklori haqida tushuncha.
2. Mavsumiy    marosimlar folklori.     
3. Oilaviy marosimlar.
  Marosim arab tilidagi “marsum” so’zidan olingan bo’lib, 1-chizilgan; 2-rasm
qilingan; 3-odat bo’lgan ma’nolarini anglatadi. Har bir inson umri davomida turli
maqsadlarda uyushtirilgan va xalq orasida odat tusiga kirgan marosimlarda ishtirok
etadi.   Ular   to’ylardan,   yig’inlardan,   ma’rakalardan   iborat   bo’lishi   mumkin.   Ayni
paytda,   butun   xalq   qatnashadigan   bayramlarni   ham   marosimlar   qatoriga   qo’sha
olamiz. 
“Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to’kin-sochinlik, kundalik
hayotida   omad   keltirish   yoki   inson   hayotining   muhim   nuqtalarini   qayd   etish,
nishonlash maqsadida maxsus o’tkaziladigan, xalq orasida qat’iy an’anaga aylanib
qolgan   xatti-harakatlar   marosim   deyiladi”   mazkur   ta’rifdan   ma’lum   bo’layaptiki,
marosim xalq orasida qat’iy an’anaga aylangan tadbir hisoblanar ekan. Haqiqatan
ham, qizni  turmushga  berish to’yi  yigit  tomonidan qiz yashaydigan  oilaga sovchi
kelishidan boshlanadi. “Sovchi” Mahmud Koshg’ariy ma’lumotiga ko’ra, xabarchi
ma’nosini anglatad. Demak, sovchi bo’lajak kelin oilasiga kuyov haqida ma’lumot
beradi   va   kelin   haqidagi   xabarni   yigitnikiga   olib   ketadi.   Shundan   so’ng,   ikki
tarafning kelishuviga binoan fotiha to’yi o’tkaziladi. To’y marosimi ham to’y olib
kelish,   ziyofat   berish,   yor-yor   aytish,   tortishmachoq   kabi   o’nlab   kichik-kichik
sahnalardan   iborat   bo’ladi.   San’atshunoslik   sohasi   bo’yicha   fikr   yuritsak,   har   bir
to’y   ma’lum   hududda   yashovchi   xalq   tomonidan   ko’p   yillar   mobaynida   maxsus
ishlab   chiqilgan   ssenariy   asosida   o’tkaziladi.   Faqat   uning   ishtirokchilari   ayrim
ojdatlari,   sababchilari,   uyushtirish   sifati,   darajasi,   oilaviy   va   hudud   sharoiti
taqozosi   bilan   boshqa   bo’ladi.   Millat   vakillarining   an’analari,   odatlari,   rasm-
rusumlari,   mentaliteti   (tabiati)   ana   shu   ssenariyda,   ya’ni   marosimni   o’tkazishda
o’ziga   xos   lavhalardan   iborat.   Insonning   tug’ilishi,   uylanishi,   turmushga   chiqishi
bor   ekan,   marosimlar   ham   bo’laveradi.   Demak,   marosimlar   xalq   tarixidagi   eng
qadimgi   qadriyatlar   hisoblanadi.   Qadim   zamonlarda   yigit   qizga   uylanish   uchun
o’zining   jismoniy   quvvatini   u   bilan   kurash   tushish   yoki   boshqa   yo’l   bilan
namoyish   qilishi   zarur   edi.   Zamonlar   o’tishi   bilan   bu   odat   yo’qolgan.   Uning
o’rniga   yangi-yangi   odatlar   paydo   bo’lgan.   Marosimlar   o’tkazilish   vaqti, ko’rinishlari, odamlarning ishtiroki, maqsadga  ko’ra mavsumiy va oilaviymaishiy
turlarga bo’linadi. 
Jumladan,   mavsumiy   marosimlarida   qon-qarindoshlik   jihatidan   yaqinlikdan
qa’ti   nazar,   ma’lum   hududda   yashaydigan   butun   aholi   ommaviy   tarzda   ishtiroq
etadi.   Navro’z,   Mehrijon,   Ramazon   hayiti,   Qurbon   hayit   kabi   yirik   bayram-
marosimlar   ham   borki,   ularni   bir   yoki   bir   necha   xalq   vakillari   o’tkazadilar.   Shox
moylar,   Sust   xotin   marosimlari   esa   kichik   bir   qishloq,   mahalla   yoki   juda
bo’lmaganda   tuman   miqyosida   uyushtiriladi.   Oilaviy   marosimlarda   esa,   asosan,
marosim   egasining   qarindoshlari,   do’st-birodarlari,   hamkasb   xizmatchilari
qatnashadilar.   Ammo   marosimlar   turidan,   maqsadidan   qat’i   nazar,   jamoadagi
odamlarni   bir-biriga   yaqinlashtirish,   o’rtada   mehr-oqibat   tushunchalarini
shakllantirish,   har   bir   odamni   topshirilgan   vazifani   bajarish   ruhida   mas’uliyatli
qilib tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir.
Mavsumiy    marosimlar	 folklori       
  Dunyodagi   boshqa   xalqlar   qatori   o’zbeklarning   hayoti   ham   ko’p   jihatdan
tabiatdagi   o’zgarishlarga   bog’liq   bo’lgan.   Yil   fasllarining   o’zgarishi,   har   bir
faslning o’z xalq tasavvurida shakllangan tarzda kelishi oxir pirovardida hosilning
mo’lligini yoki dehqon mehnatining zoye ketishini  belgilagan. Shuning uchun yil
boshlanishi-   bahor   biz   o’zbeklarda   umidlar   fasli   sifatida   kutib   olingan.   “Har
faslning  o’z   xislati   bor.  Har  faslning  o’z  fazilati”-   deganlaridek,  xalqimiz  boshqa
fasllarni   ham   o’ziga   xos   ravishda   qabul   qilgan   va   har   qaysisiga   alohida-alohida
marosimlar   o’ylab   topgan.   Bir   fasldagi   udumlar   ikkinchisida   takrorlanmagan.
Jumladan,   bahorda   “Loy   tutish”,   “Shox   moylar”,   “Navro’z”,   “Sust   xotin”
marosimlari o’tkazilgan. Loy tutishda ariqlar tozalangan, butun aholi bu ishda faol
ishtirok etgan. Bevosita ariq tozalash ishini bajarayotganlar, ularning yonidan o’tib
ketayotgan   odamga   ketmon   yoki   belkurakda   loy   tutishgan.   Yo’lovchi   o’ziga   loy
tutilganidan so’ng yo biron qo’shiq, yo boshqa hunarni ko’rsatib, ishlayotganlarni
mamnun qilish lozim hisoblangan. Aks holda u ham odamlar bilan ariq tozalashga
majbur   qilingan.   Ariq   tozalash   ishlarining   tugashi   odatda   maxsus   uyushtirilgan
sayil, holi baqudrat tayyorlagan ziyofat bilan nihoyasiga yetgan. Shox moylar esa bahorda   birinchi   yer   haydash   ishlarining   boshlanishi   bilan   o’tkazilgan.   Bo’lajak
hosilning   mo’l   bo’lishiga   niyat   qilib,   qo’shga   qo’shilgan   ho’kiz   shoxi   yog’   bilan
moylangan   va   dastlab   piri   badavlat,   uvali-   juvali   bobo   dehqon   qo’sh   haydab
bergan.   Keyinchalik   ishni   yoshlar   davom   ettirgan.   Bu   marosim   ham   gavjum
to’plangan   odamlar   ishtirokida   sayil   o’tkazish,   xursandchilik   bilan   amalga
oshirilgan.  Bahor   quruq  kelgan   kezlarda  “Sust   xotin”   marosimi   tayyorlangan.   Bu
marosimda mahalla, qishloq ayollari yig’ilib mo’la (poliz qo’riqchisiga o’xshagan
qo’g’irchoq) yasashgan va uning ustidan suv sepib, qo’shiq aytishgan:  
Sust xotin, suzma xotin
Ko’lankasi maydon xotin!
Yomg’ir yog’dir ho’l bo’lsin
Yer-u jahon ko’l bo’lsin.
Maysalar quloq yozsin,
Sut-u qatiq mo’l bo’lsin. 
  Albatta,   bahor   faslidagi   eng   aziz   va   har   bir   o’zbek   uchun   qadrli   marosim
Navro’z   bayramidir.   Navro’z   haqidagi   dastlabki   ma’lumot   Abu   Rayhon
Beruniyning   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”   asarida   uchraydi.
Shuningdek,   Umar   Xayyomning   “Navro’znoma”   risolasi   va   Muhammad   Rizo
Ogahiyning   bevosita   Navro’z   bayramiga   bag’ishlangan   she’riy   asarlari   bor.
Navro’z   ayyomi   yilning   21-   mart   kuni   nishonlanadi.   Bayramning   Navro’z   deb
atalishi yangi kun, ya’ni yangi yilning kirib kelishi bilan bog’liq. Bu kunda kecha
va   kunduzning   uzayishi     boshlanadi.   Shuninng   uchun   ham   Navro’z   diniy   emas,
balki, dehqonchilik, bog’dorchilik ishlarining qizg’in pallaga kirishi bilan aloqador
alohida   bayramdir.   Navro’z   bayramini   faqat   o’zbeklar   emas,   qozoqlar,   qirg’izlar,
turkmanlar,   tojiklar,   ozarbayjonlar   va   boshqa   millatga   mansub   xalqlar
nishonlaydilar. Avvalo, uni o’tkazishga katta tayyorgalik ko’riladi: halim, sumalak,
ko’k   somsa,   ko’k   chuchvara,   har   xil   shirinliklar   tayyorlanadi.   Professor   B.
Sarimsoqovning   ma’lumot   berishicha,   katta   bir   idishda   yetti   xil   don   ekinining
urug’i   undirilgan.   Ular   bug’doy,   arpa,   zig’ir,   tariq,   no’xot,   jo’xori,   sholilardan
iborat bo’lgan. Ogahiyning ma’lumot berishicha, Navro’zda hamma qayiqda daryo sayiliga chiqqan. Bog’larda o’yin-kulgilar o’tkazidgan. Ammo eng muhimi, har bir
odam,   avvalo,   betob,   dili   xasta,   hech   kimi   yo’q   kimsalarni,   ota-ona   ajdodi
ko’milgan   mozorlarni   ziyorat   qilgan.   Bu   kunda   hamma   nizolar   unutilgan.   Ginali
qarindoshlar   o’z   da’volaridan   voz   kechganlar   va   bayramni   totuvlik   bilan
o’tkazishgan.   Hatto,   davlatlar,   podsholar   o’rtasidagi   urushlar   ham   bayram
munosabati bilan to’xtatilgan.
O’zbekistonda Navro’z bayrami 1990- yilda katta uyushqoqlik va tantanalar
bilan   o’tkazildi   .   Bayram   kuni   Respublika   Milliy   Bog’ida   katta   teatrlashtirilgan
sahnalar   tayyorlanadi.   Sayil   boshlanadi.   San’at   ustalarining   ommaviy   chiqishlari
uyushtiriladi.   Hech   ikkilanmay   aytish   mumkinki,   Navro’z   bayramining   bu   qadar
katta   e’tibor   berib,   tantana   qilinishi   O’zbekiston   Respublikasining   mustaqillikka
erishgani  bilan uzviy bog’liqdir. Navro’z bayrami  odatda 21-  martdan boshlanadi
va mevali daraxt gullari meva tukkuniga qadar davom etadi. 
Odatda yoz fasli, kuzda hosilning mo’l  bo’lishi  uchun tayyorgarlik ko’rish,
erta   pishar   meva   va   poliz   ekinlarini   yig’ish   ishlari   bilan   o’tkaziladi.   Kuzgi
bug’doyni o’rish, davlatvoy,    asati kabi qovunlarni; chillaki, tog’ uzumlarini uzish,
shubhasiz, qandaydir marosimlar bilan boshlangan. Ammo mustabid sovet tuzumi
davrida   bu   an’analar   yodimizdan   ko’tarildi.   Ehtimol,   qovun,   qulupnay,   uzum
sayillari   o’sha   an’analarning   bir   ko’rinishidir.   Professor   Bahodir   Sarimsoqovning
ko’p   yillar   mobaynida   olib   borgan   izlanishlari   natijasi   o’laroq   “Choy   momo”
marosimi haqida ayrim ma’lumotlar to’planadi. Olimning aytishicha, bu odat yozgi
marosimlar qatoriga qo’shilib, Janubiy Qozog’istonda yashovchi o’zbeklar orasida
uyushtiriladi.   Dalada   pishib   etilgan   bug’doy   surunkali   shamol   oqibatida   yerga
egilib   ketishi   natijasida   nobud   bo’lishi   mumkin.   Ana   shunday   kezlari   “Choy
momo”   marosimi   o’tkaziladi   va   tabiatdan   shamolni   to’xtatish   so’raladi.   “Choy
momo”   aslida   “Shamol   ona”   ma’nosini   beradi.   Sayram   atrofidagi   keksa   ayollar
“Choy momo” qo’shig’ini aytishadi:
  Choy, Choy, Choy momo,
Choy momosi o’libdi,
O’g’li yetim qolibdi, Bosa-bosa beringlar
Bosilib qolsin bu shamol.
Ucha-ucha beringlar
Uchilib qolsin quv shamol.
Oblo-hu, Oblo-hu.
  Bir yosh bola eshakka minib xonadonlardan berilgan xayr- ehsonlarni yig’ib
boradi. Keyinchalik “choy momo” ga atab yig’ilgan narsalardan xudoyi qilinadi. 
Turkiston   atrofida   esa   bu   marosim   boshiga   kuloh   kiyib,   yuziga   qora   surib
olgan chollar ishtirokida amalga oshirilgan. Bu yerda quyidagi qo’shiq aytilgan:
  Chuy, Chuy, Chuy momo,
Chuy momoning o’lganiga uch kun bo’ldi,
Chuy, Chuy, Chuy momo.
Ucha-ucha beringlar,
Uchilib qolsin chuy momo.  
Ma’lum   bo’ladiki,   shamol   to’xtatish   marosimi   mazmunan   uzoq,   qadim
zamonlardagi   mifik   dunyoqarash   belgilari   sifatida   baholanishi   mumkin.   Unda
so’zning   mo’jizaviy   qimmati   va   xudoyining   ta’sir   kuchiga   ishonish   yetakchilik
qiladi.   
Kuzda   esa   shamol   chaqirish   marosimi   o’tkazilgan.   Endi   yig’ilgan   don
hosilini po’chog’idan ajratish uchun shamol kerak. Don yanchilgach, uni shamolda
shopiradilar   va   somonni   shamol     uchirib,  don   tozalanadi.   “Yo,   Haydar”  qo’shig’i
aynan   ana   shu   marosim   belgisi   hisoblanadi.   Professor   Bahodir   Sarimsoqov
qo’shiqda   Haydarga,   ya’ni     Hazrati   Aliga   murojat   qilib,   ajdodlarimiz   shamol
chaqirishgan, degan xulosaga keladi:
Haydar, ota-onang o’libdir,
Moli senga qolibdir.
Bolang suvga oqibdir,
Shamolingni qo’yvor. 
  Bu   marosim   ham   qadim   zamonlardan   bizgacha   faqat   ayrim   hududlarda
saqlanib etib kelgan. qish o’zbeklarda, asosan, yil bo’yi qilingan mehnatdan dam olish fasli hisoblangan.
Gap-gashtaklar,   turli   yig’inlar,   mumtoz   adabiyotimiz   namunalarini   sharhlash
suhbatlari   ko’pincha,   qishda   bo’lar   edi.   SHu   bilan   birga,   o’zbeklar   qishda
o’tkazadigan   alohida   marosim   ham   bor.   Uni   “Yas-yusun”   deb   atashgan.   Bu
marosim, asosan, bo’za ichish bilan bog’liq. Ma’lumki, yaqin o’tmishgacha o’zbek
xonadonlarida   mehmonlarni   qabul   qilish   uchun   maxsus   mehmonxonalar   bo’lgan.
“Yas-yusun”   o’ttiz-qirq   ulfat   ishtirokida   ana   shu   mehmonxonalarda   o’tkazilgan.
Marosimda   kosagul   piyolaga   quyib   bergan   bo’zani   bir   nafasda   ichish,   uni
to’kmaslik,   maxsus   ruxsatgacha   faqat   cho’kka   tushib   o’tirish,   odob   saqlash,
ruxsatsiz   ketib   qolmaslik,   marosim   boshlig’iga   itoat   etish   kabi   shartlar   bo’lgan.
Marosimda quyidagi mazmunda qo’shiq aytilgan:  
Alyor bo’lsin-ay,
Xo’jam yo bo’lsin-ay,
Xo’jam bergan bu davlatga,
Ushman zor bo’lsin-ay.
  Xullas,   mavsum-   marosimlari   xalqimizning   yil   fasllari   bilan   bog’liq
yig’inlaridan   iborat   edi.   Bu   marosimlar   bir   tomondan,   o’zbek   xalqi   qadriyatlari
tarkibining   boyligini,   qadimiyligini   dalillasa,   ikkinchi   tomondan,   o’zbeklarning
qadim zamonlardan uyushgan millat ekanini isbotlaydi.
  Oilaviy marosimlar	 
  O’zbek farzandi uchun oila oldidagi mas’uliyati, mahalla qarshisidagi burchi
muqaddasdir.   Bu   tununchalar   rivoj   topib,   Vatanga   muhabbat   tuyg’usi   bilan
uyg’unlashadi. Shuning uchun qadim zamonlardan buyon shakllanib kelgan oilaga
munosabat o’zbeklarda mazmunan teranligi bilan ajralib turadi. Ota-ona, aka-uka,
opa-singil,   tog’a-jiyan,   amaki   va   amakivachcha   tushunchalari   hamisha   o’zbek
uchun  e’tiborli   bo’lgan.   Hatto  o’zbekning   otasi  olamdan  ko’z  yumsa,   u  otasining
do’stlarini   e’zozlagan.   Binobarin,   oilaviy   marosimlarga   bizning   alohida   e’tibor
bilan   qarashimiz   tabiiydir.   Oilaviy   marosimlarimiz   shu   qadar   boy   va   rang-
barangki,   uning   har   bir   a’zosi   balog’atga   yetgunga   qadaroq   marosimlar   ta’sirida  
bir-biriga   bog’liq   va   mas’ul   bo’lib   qoladi.   Oilaviy   marosimlar   to’ylardan,   aza- ma’rakalardan   va   so’zning   mo’jizali   quvvatiga   asoslangan   odatlardan   tashkil
topadi.   O’zbeklarda   beshik,   xatna   (sunnat)   va   nikoh   to’ylari   o’tkaziladi.   Beshik
to’ylarida yangi tug’ilgan go’dakni turli ins- jinslardan muhofaza qilish, ko’rinmas
yovuzliklarni   aldash   va   shu   yo’l   bilan   chaqaloqni   ulardan   asrash,   farzandning
dunyoga   kelganiga   shukronalar   bildirish   maqsadi   amalga   oshiriladi.   Yurtimiz
viloyatlaridagi   beshik   to’yi   ularning   o’tkazilishidagi   farqlardan   qat’i   nazar,
mohiyat jihatidan umumiylikka ega. Xususan, to’yning go’dak chillasi chiqqanidan
keyin   boshlanishi,   beshikni   go’dakning   onasi   tomon   olib   kelishi,   beshikni   turli
bezaklar   bilan   yasatilishi   ko’p   viloyatlarda   bir   xil   saqlangan.   O’rtada   turli
tomoshalar   uyushtiriladi.   Bolani   beshikka   yotqizishdan   oldin   uni   odatdagidan
boshqacha, turli holatda yotqizishadi va shu tarzda yotishining ma’qul ekani atrof
xotinlaridan so’raladi. Ayollar bir ovozdan “Yo’q, Yo’q!” deb javob qaytaradilar.
Oxiri   chaqaloq   beshikda   qanday   yotishi   lozim   bo’lsa,   shunday   yotqiziladi   va   bu
udum nihoyasiga etadi. Go’dak quyidagi qo’shiq jo’rligida belanadi:  
-Qoch-qoch, babasi,
Keldi eshikning egasi,
Ota-onang gapirishsa,
Qichqirishsa yana qo’rqma! 
Beshik   to’yida   ham   juda   qadimgi   dunyoqarash   belgilari   saqlanib   qolgan.
Jumladan, yosh go’dakning sog’ qolishini ta’minlash uchun shartli yovuz kuchlarni
aldash usulidan foydalanishlar fikrimiz dalilidir. 
Xatna to’ylari, asosan, yurtimizda islom dinining shakllanishi bilan bog’liq.
Uni o’tkazishda bolaning ota-onasi tomonidan hamma qatnashadi. To’y bir necha
qismdan   iborat   bo’ladi.   Xususan,   mahalladagi   qariyalar   ishtirokida   xudoyi   qilish,
bola   xatna   bo’ladigan   xonani   jihozlash,   qarindosh-   urug’lar   uchun   bazm   tashkil
etish va ko’pincha yurtga osh berish kabilar shular jumlasidandir. 
Nikoh   to’ydlari   turli   vaziyatlarda   o’ziga   xos   an’analar   bilan   o’tkaziladi.
Toshkent,   Farg’ona,   Buxoro   va   boshqa   viloyatlarninng   o’z   odatlari   va   rasm-
rusumlari bor. Ammo hamma hududlarda sovchi, fotiha to’yi, yor-yor aytish, kelin
salomlar kabi an’analar saqlangan. Kelinning kuyovnikiga kelishi, to’y kechalarini o’tkazish   odatlarida   bir   qator   farqlar   bor.   Xullas,   to’ylar   insonning   hayotidagi
muhim o’zgarishlar bilan bog’liq. Ularni turli o’yin-kulgilar, shodiyonalar, bazmlar
birlashtirib turadi. Inson to’y bilan tug’iladi va aza marosimi bilan hayotdan ko’z
yumadi.   Shuning   uchun   xalqimizda   odamning   qo’shiq   bilan   hayotga   kelishi,
qo’shiq bilan hayotdan ketishi qayta-qayta ta’kidlanadi.  
Motam   marosimi   ham   juda   qadim   tarixga   ega.   Mahmud   Koshg’ariyning
“Devon-u lug’otit turk” asarida saqlanib qolgan. Alp Er Tunga (Artunga) haqidagi
marsiya   fikrimizga   dalildir.   Motam   marosimida   juda   ko’p   kichik-kichik   yig’inlar
o’tkaziladi. Uch, etti, yigirma, qirq kunliklar, qor yog’di, gul, shir oshi, qovoq kabi
movliyatlar shular jumlasidandir. Avvvalo, hayotdan ko’z yumgan kishining ijobiy
xislatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib yig’i beriladi:
Baland tog’lar past bo’ldimi, voy otam?
O’lganingiz rost bo’ldimi, voy otam?
Shamol kelmay o’chdi chirog’im, voy otam,
Kuz kelmay xazon bo’ldi bog’im, voy otam.
  Shu   tarzda   ota,   ona,   bola,   umuman   jigar   nomlari   tilga   olinadi.   Bunday
qo’shiq turlari marsiya deyiladi. Marsiyalarda yig’i aytuvchi shaxs boshiga tushgan
kulfat,   yaqin   kishidan   judo   bo’lish   qismati,   o’sha   ruhiy   kechinmalarning
ta’sirchanligi   vositasida   aks   etadi.   Ayrim   hududlarda,   ba’zan   esa   oilalarda
marsiyalarni   alohida   ta’sirchan   va   mahorat   bilan   kuylaydigan   ayollar   aytadilar.
Ular   motam   marosimlarining   markazida   harakat   qiluvchi   bosh   shaxslarga
aylanadilar. Xalq orasida ko’pincha marsiyani  “aytib yig’lash” deb ham atashadi.
Odatda, motam  marosimi hayotdan ko’z yumgan shaxs  vafotiga yillik ma’rakalar
o’tkazish bilan yakunlanadi. 
Xullas,  o’zbek  xalqi   mavsumiy  va oilaviy  marosimlarni   ko’plab  o’tkazgan.
Xalq   qadriyatlariga   munosabat   yomonlashgan   zamonlar   ta’sirida   bu
marosimlarning   ko’pchiligi   yo’qolib   ketdi.   Mustaqillik   sharofati   bilan   ularni
qaytadan   tiklashga   alohida   e’tibor   berilmoqda.   Xalq   marosimlari   shakl   va
mazmunidan   qat’i   nazar   bugungi   kunni   o’tmish   bilan   bog’lab   turuvchi   ma’naviy
zanjir   hisoblanadi.   Marosimlarning   mo’jizali   ta’siriga   ishonish   ham   halq vakillarining halolligi, tabiatan pokizaligi bilan uzviy bog’liqdir. Marosim folklori
xalq qadriyatlarining go’zal  namunalari  sifatida milliy dunyoqarash  va mafkurani
shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.
 
O’ZBEK FOLKLORI	 VA	 ENG	 QADIMGI	 YOZMA	 MANBALAR	 
 
O’zbek   xalq   og’zaki   ijodi   qadim   zamonlardan   turkiy   tilda   so’zlashuvchi
elatlar og’zaki ijodining tarkibiy qismi bo’lgan. Uning tarixiy ildizlari 3-4 ming yil
avval   yaratilgan   yozma   manbalarga   borib   taqaladi.   Bu   manbalar   “Avesto”,
“Behistun”,   “Bundaxishn”,   “Denkard”   kabi     qadimiy   kitoblardan,   O’rxun-Enasoy
yozuvlaridan,   Abu   Rayhon   Beruniyning   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan
yodgorliklar”,   “Hindiston”   deb   atalmish   risolalaridan,   mahmud   Koshg’ariyning
“Devonu  lug’atit   turk”  ilmiy  tadqiqoti  va  boshqav  asarlardan  iborat.  Shuningdek,
Gerodotning   “Tarix”,   Polenning   “Harbiy   hiylalar”   kabi   tarixiy   kitoblarida   ham
turkiy   xalqlar   o’tmishiga   oid   qimmatli   ma’lumotlar   berilgan.   Bu   adabiyotlarning
hammasi   O’rta   Osiyo   xalqlarining,   shu   jumladan,   o’zbeklarning   o’z   davriga
nisbatan   o’ta   yuqori   madaniyatga   ega   bo’lganini   anglatadi.   Xususan,   keyingi
yillarda olimlarimiz “Avesto” bizning yurtimizda yaratilganini isbotladilar. Bu asar
haqida   o’zbek   tarixchi   olimlar   bilan   bo’lgan   uchrashuvda   Prezidentimiz   I.   A.
Karimov shunday degan edi: “Eng mo’’tabar qadimgi qo’lyozmamiz “Avesto”ning
yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan o’ttiz asr  muqaddam ikki
daryo   oralig’ida,   mana   shu   zaminda   umrguzaronlik   qilgan   ajdodlarimizning   biz
avlodlariga   qoldirgan   ma’naviy,   tarixiy   merosidir”.   Haqiqatan   ham,   jahon
madaniyati   tarixida   alohida   qimmatga   ega   “Avesto”ning   vatani   O’zbekiston
bo’lishi  bu yurtda qadim zamonlarda ham hamma xalqlar havas qiladigan yuksak
ma’naviyatning mavjud ekanini ko’rsatadi. 
“Avesto”   o’n   ikki   ming   qoramol   terisiga   yozilgan   kitob   bo’lib,   unda
dunyoning,   inson   va   tabiatning   paydo   bo’lishi   haqidagi   dastlabki   mifik
ma’lumotlar   berilgan.   Axura   Mazda   (yaxshilik   dunyosi)   va   Angra   Manyu
(yovuzlik   dunyosi)   o’rtasidagi   kurash   keyingi   adabiyotlarga   ezgulik   va   yovuzlik o’rtasidagi kurash an’anasi bo’lib o’tdi. “Avesto”da aytilishicha, dehqon yerga don
sochganidan   so’ng:   “Qachonki   egatlarda   urug’   yetilsa,   devlar   o’rinlaridan
qo’padilar.   Qachonki   bug’doy   gurkirab   ko’karsa,   devlar   dahshatdan   titray
boshlaydilar.   Qachonki   bug’doy   un   bersa,   devlar   nola   chekadilar.   Qachonki
bug’doy   xirmonga   uyulsa,   devlar   nobud   bo’ladilar.   Qay   bir   xonadonda   bug’doy
bosh   chiqarsa,   devlar   u   xonadondan   uzoqlashadilar.   Qay   bir   xonadonda   bug’doy
ombori   bo’lsa,   go’yo   qizdirilgan   temir   devlar   bo’ynini   chirmab   tashlaydi…”
(“Vendidod”,   3-fargard,   31-32-bandlar).   O’z-o’zidan   ma’lum   bo’lyaptiki,
ajdodlarimiz   ming-ming   yillar   oldinoq   bizga   o’z   o’gitlarini   berib   ketgan   ekanlar.
Yuqoridagi   iqtibosda   inson   hayotiga   oid   zaruriy   falsafa   bor.   Asrlar   davomida
turmush   tajribasida   tasdiqlangan   bu   haqiqat   mehnat   qilishning   fazilatidan   iborat.
Mehnat   qilgan   inson   va   oiladan   falokatlar   yiroq   turadi.   Chunki   har   bir   xastalik,
tashvishning davosi mehnatdir. Shuning uchun ham “Avesto” kitobidagi mehnatga
chaqirish   da’vati   xalqimiz   maqollari,   qo’shiqlari,   ertaklari   va   dostonlarida   bosh
mavzu   hisoblanadi.   Shuningdek,   “Avesto”da   inson   burchining   mas’uliyati,
ma’naviy   poklik,   atrofdagi   yurtdoshlarga   xayrixohlik   tuyg’ulari   maqtaladi,   madh
etiladi.   Bularning   hammasi   xalqimiz   og’zaki   ijodida   o’zining   mantiqiy   davomini
topgan.   “Avesto”da   jamiyat   a’zolari   qanday   xususiyatlarga   ega   bo’lishi,   o’zaro
munosabat   axloqi,   go’zallik,   poklik,   ezgulik,   yovuzlik   haqidagi   qonun-qoidalar
misollar   bilan   izohlangan.   Bu   fazilatlarning   badiiy   ifodasi   esa   “Alpomish”,
“Ravshan”,   “Aql   –   bebaho   boylik”,   “Uch   og’a-ini   botirlar”   kabi   epik   asarlarda,
minglab maqollarda o’z ifodasini topgan. 
O’rxun-Enasoy   yodgorliklari   ajdodlarimizning   Vatan   mustaqilligi   uchun
olib borgan kurashlari haqida hikoya qiladi. Tabg’achga qaram bo’lgan Turk yurti
Tunyuquq,   Eltarish,   Kultegin   kabi   farzandlar   harakati   bilan   ozodlikka   erishdi.
Yurtni   ozod   qilishdan   ham   qo’lga   kiritilgan   mustaqillikni   asrab   qolish
mushkulroqdir. Bitiktoshlarda VIII asr da ro’y bergan ana shu jarayon o’z ifodasini
topgan.   Bitiktoshdagi:   “Xoqoni   bahodir   ekan,   maslahatchisi   alloma   ekan”,   “Turk
sir   xalqi   yerida   boshqa   ega   yurmasin”,   “Tun   uxlagim   kelmadi,   kunduz   o’tirgim
kelmadi”,   “Yupqa   yig’in   tor-mor   qilishga   oson   emish,   ingichka   yig’in   uzishga oson   emish.   Yupqa   qalin   bo’lsa,   tor-mor   qiladigan   bahodir   emish.   Ingichka
yo’g’on bo’lsa, uzadigan bahodir emish” kabi parchalar xalqning o’z farzandlariga
nasihati,   boshidan   o’tkazgan   quvonch   va   tashvishlar   izhori   edi.   Miflardan
afsonalar,   rivoyatlar,   ertaklar,   dostonlar   vujudga   kela   boshlaganda,   og’zaki
ijodimiz ana shu sarchashmalardan oziqlandi, desak xato bo’lmaydi.  
Zamonlar   o’tib   ilm   rivojlanadi,   yurtimizdan   butun   olamga   mashhur
allomalar  yetishib  chiqa  boshladi.  Imom   Ismoil   al-Buxoriy, al-Farg’oniy, Mansur
Moturidiy, Burhoniddin Marg’iloniy, at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud
Koshg’ariy   kabi   buyuk   olimlar   risolalarida   turli   munosabatlar   bilan   maqollardan,
qo’shiqlardan, rivoyatlardan namunalar keltiriladi. Xususan, Abu Rayhon Beruniy
xalqimiz qadriyatlari haqida “Qadim xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”
kabi   tadqiqotlarida   ma’lumot   beradi.   Ayniqsa,   Navro’z   bayrami   tarixi   haqidagi
qaydlar alohida ahamiyatlidir. Muhimi shundaki, Beruniy bu qadriyatlarni xayoliy
tushunchalar   qatorida   emas,   balki   ma’naviy   yodgorliklar   sifatida   baholaydi.   Bu
bilan   alloma   xalqning   hayoti   va   kelajagi   bevosita   uning   madaniy   boyligi
xazinasiga bo’lgan munosabatiga bog’liq ekanini ta’kidlagandek bo’ladi. 
Ayni paytda, hind xalq eposidan “Mahobhorat”, “Panchatantra”, “Ramayana”, arab
xalqining   “Ming   bir   kecha”   ertaklari   ham   og’zaki   ijodimiz   rivojida   muhim
ahamiyat   kasb   etgan.   O’zbek   xalq   ijodidagi   epik   janrlar   namunalari   bo’lmish
afsona,   rivoyat,   naql,   ertak,   dostonlarni   o’rganish   sharq   xalqlari   og’zaki   ijod
asarlarida juda ko’p umumiy nuqtalar mavjud ekanini dalillaydi. 
Masalan,   farzandsizlik,   kutib-kutib   topgan   farzandning   el   hayotida   muhim
yangilik kiritishi, asarlarda fantastik narsa-buyumlarning ishtirok etishi, dev, pari,
farishta,   yalmog’iz   kabi   obrazlarning   mavjudligi   ertak   va   dostonlar   asrlar
davomida   yonma-yon   yashab   kelayotgan   yoki   Buyuk   ipak   yo’lida   iqtisodiy,
madaniy   muomalada   bo’lgan   xalqlarning   ijodiy   hamkorlikda   yashaganliklari
isbotidir. Farzandiga oshiq bo’lgan podshohlar, sevikli xotinining qayta turmushga
chiqish   kuni   uzoq   va   xatarli   safardan   qaytgan   qahramonlar,   ukalariga   boylik
orttirish ilinjida xiyonat qilgan akalar, tushlarida sevib qolgan oshiq- ma’shuqalar ishtirok   etgan   asarlar   ko’pincha   sayyor   syujetlar,   ya’ni   ko’chib   yuruvchi   bir   xil
mazmundagi asarlar qahramonlaridir. 
Og’zaki  ijodimiz asarlari milliy qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida yosh
avlodni   tarbiyalashda   xalq   pedagogikasining   asosini   tashkil   etadi.   Davlatimiz
tomonidan     milliy   mafkuraga   bo’lgan   e’tiborning   salmoqli   qismi   og’zaki
ijodimizdagi   san’at   namunalari   bilan   bevosita   aloqadadir.   Chunki   og’zaki   folklor
farzandlar qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik, ezgulik, saxiylik,
ilm-   hunarga   muhabbat   tuyg’ularini   shakllantirish   bilan   birga   axloqiy   jihatidan
ham go’zal inson bo’lib etishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Aziz  talaba!  Siz  mazkur   darslikdan  o’zbek  xalqining  ming  yillar  davomida
yaratgan   og’zaki   ijodi   haqida   asosiy   ma’lumotlarga   ega   bo’ldingiz.   Og’zaki   ijod
asarlari   nima  uchun  davlatimiz  tomonidan  shu  qadar  e’zozlanayotganini   tushunib
oldingiz,   deb   o’ylaymiz.   Xalq   maqollari,   topishmoqlari,   askiya,   latifa,   qo’shiq,
ertak, doston kabi janrlardagi asarlarning bir-biridan farqini bildingiz. Ayni choqda
ularning   hammasini   o’zbek   tilida   yaratilgani   va   badiiy   obrazlarga   egaligi
birlashtirib  turganini   ham   angladingiz.  Endi  eng   muhim  vazifalardan  birini   butun
hayotingiz davomida bajarishingiz lozim bo’ladi. Bu vazifa xalq og’zaki ijodi bilan
yaqinlikni   yo’qotmaslikdan   iborat.   Kun   sayin   qo’shiqlardan   namunalar   yodlash,
xalq dostonlarini o’qish doimiy mashg’ulotingizga aylanmog’i lozim. Yodingizda
bo’lsinki,   xalq   rasm-   rusumlarini,   urf-   odatlarini,   og’zaki   ijodini   bilmay,   unga
sidqidildan   amal   qilmay   turib,   o’zbek   xalqining   farzandiman,   deyish   mumkin
emas.
Ajdodlarimiz ruhiga sodiq qolish har bir o’zbekning muqaddas burchidir.

Mavzu:O’zbek marosim folklori. Reja 1. O’zbek marosim folklori haqida tushuncha. 2. Mavsumiy marosimlar folklori. 3. Oilaviy marosimlar.  

Marosim arab tilidagi “marsum” so’zidan olingan bo’lib, 1-chizilgan; 2-rasm qilingan; 3-odat bo’lgan ma’nolarini anglatadi. Har bir inson umri davomida turli maqsadlarda uyushtirilgan va xalq orasida odat tusiga kirgan marosimlarda ishtirok etadi. Ular to’ylardan, yig’inlardan, ma’rakalardan iborat bo’lishi mumkin. Ayni paytda, butun xalq qatnashadigan bayramlarni ham marosimlar qatoriga qo’sha olamiz. “Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to’kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o’tkaziladigan, xalq orasida qat’iy an’anaga aylanib qolgan xatti-harakatlar marosim deyiladi” mazkur ta’rifdan ma’lum bo’layaptiki, marosim xalq orasida qat’iy an’anaga aylangan tadbir hisoblanar ekan. Haqiqatan ham, qizni turmushga berish to’yi yigit tomonidan qiz yashaydigan oilaga sovchi kelishidan boshlanadi. “Sovchi” Mahmud Koshg’ariy ma’lumotiga ko’ra, xabarchi ma’nosini anglatad. Demak, sovchi bo’lajak kelin oilasiga kuyov haqida ma’lumot beradi va kelin haqidagi xabarni yigitnikiga olib ketadi. Shundan so’ng, ikki tarafning kelishuviga binoan fotiha to’yi o’tkaziladi. To’y marosimi ham to’y olib kelish, ziyofat berish, yor-yor aytish, tortishmachoq kabi o’nlab kichik-kichik sahnalardan iborat bo’ladi. San’atshunoslik sohasi bo’yicha fikr yuritsak, har bir to’y ma’lum hududda yashovchi xalq tomonidan ko’p yillar mobaynida maxsus ishlab chiqilgan ssenariy asosida o’tkaziladi. Faqat uning ishtirokchilari ayrim ojdatlari, sababchilari, uyushtirish sifati, darajasi, oilaviy va hudud sharoiti taqozosi bilan boshqa bo’ladi. Millat vakillarining an’analari, odatlari, rasm- rusumlari, mentaliteti (tabiati) ana shu ssenariyda, ya’ni marosimni o’tkazishda o’ziga xos lavhalardan iborat. Insonning tug’ilishi, uylanishi, turmushga chiqishi bor ekan, marosimlar ham bo’laveradi. Demak, marosimlar xalq tarixidagi eng qadimgi qadriyatlar hisoblanadi. Qadim zamonlarda yigit qizga uylanish uchun o’zining jismoniy quvvatini u bilan kurash tushish yoki boshqa yo’l bilan namoyish qilishi zarur edi. Zamonlar o’tishi bilan bu odat yo’qolgan. Uning o’rniga yangi-yangi odatlar paydo bo’lgan. Marosimlar o’tkazilish vaqti,

ko’rinishlari, odamlarning ishtiroki, maqsadga ko’ra mavsumiy va oilaviymaishiy turlarga bo’linadi. Jumladan, mavsumiy marosimlarida qon-qarindoshlik jihatidan yaqinlikdan qa’ti nazar, ma’lum hududda yashaydigan butun aholi ommaviy tarzda ishtiroq etadi. Navro’z, Mehrijon, Ramazon hayiti, Qurbon hayit kabi yirik bayram- marosimlar ham borki, ularni bir yoki bir necha xalq vakillari o’tkazadilar. Shox moylar, Sust xotin marosimlari esa kichik bir qishloq, mahalla yoki juda bo’lmaganda tuman miqyosida uyushtiriladi. Oilaviy marosimlarda esa, asosan, marosim egasining qarindoshlari, do’st-birodarlari, hamkasb xizmatchilari qatnashadilar. Ammo marosimlar turidan, maqsadidan qat’i nazar, jamoadagi odamlarni bir-biriga yaqinlashtirish, o’rtada mehr-oqibat tushunchalarini shakllantirish, har bir odamni topshirilgan vazifani bajarish ruhida mas’uliyatli qilib tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir. Mavsumiy    marosimlar  folklori Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o’zbeklarning hayoti ham ko’p jihatdan tabiatdagi o’zgarishlarga bog’liq bo’lgan. Yil fasllarining o’zgarishi, har bir faslning o’z xalq tasavvurida shakllangan tarzda kelishi oxir pirovardida hosilning mo’lligini yoki dehqon mehnatining zoye ketishini belgilagan. Shuning uchun yil boshlanishi- bahor biz o’zbeklarda umidlar fasli sifatida kutib olingan. “Har faslning o’z xislati bor. Har faslning o’z fazilati”- deganlaridek, xalqimiz boshqa fasllarni ham o’ziga xos ravishda qabul qilgan va har qaysisiga alohida-alohida marosimlar o’ylab topgan. Bir fasldagi udumlar ikkinchisida takrorlanmagan. Jumladan, bahorda “Loy tutish”, “Shox moylar”, “Navro’z”, “Sust xotin” marosimlari o’tkazilgan. Loy tutishda ariqlar tozalangan, butun aholi bu ishda faol ishtirok etgan. Bevosita ariq tozalash ishini bajarayotganlar, ularning yonidan o’tib ketayotgan odamga ketmon yoki belkurakda loy tutishgan. Yo’lovchi o’ziga loy tutilganidan so’ng yo biron qo’shiq, yo boshqa hunarni ko’rsatib, ishlayotganlarni mamnun qilish lozim hisoblangan. Aks holda u ham odamlar bilan ariq tozalashga majbur qilingan. Ariq tozalash ishlarining tugashi odatda maxsus uyushtirilgan sayil, holi baqudrat tayyorlagan ziyofat bilan nihoyasiga yetgan. Shox moylar esa

bahorda birinchi yer haydash ishlarining boshlanishi bilan o’tkazilgan. Bo’lajak hosilning mo’l bo’lishiga niyat qilib, qo’shga qo’shilgan ho’kiz shoxi yog’ bilan moylangan va dastlab piri badavlat, uvali- juvali bobo dehqon qo’sh haydab bergan. Keyinchalik ishni yoshlar davom ettirgan. Bu marosim ham gavjum to’plangan odamlar ishtirokida sayil o’tkazish, xursandchilik bilan amalga oshirilgan. Bahor quruq kelgan kezlarda “Sust xotin” marosimi tayyorlangan. Bu marosimda mahalla, qishloq ayollari yig’ilib mo’la (poliz qo’riqchisiga o’xshagan qo’g’irchoq) yasashgan va uning ustidan suv sepib, qo’shiq aytishgan: Sust xotin, suzma xotin Ko’lankasi maydon xotin! Yomg’ir yog’dir ho’l bo’lsin Yer-u jahon ko’l bo’lsin. Maysalar quloq yozsin, Sut-u qatiq mo’l bo’lsin. Albatta, bahor faslidagi eng aziz va har bir o’zbek uchun qadrli marosim Navro’z bayramidir. Navro’z haqidagi dastlabki ma’lumot Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida uchraydi. Shuningdek, Umar Xayyomning “Navro’znoma” risolasi va Muhammad Rizo Ogahiyning bevosita Navro’z bayramiga bag’ishlangan she’riy asarlari bor. Navro’z ayyomi yilning 21- mart kuni nishonlanadi. Bayramning Navro’z deb atalishi yangi kun, ya’ni yangi yilning kirib kelishi bilan bog’liq. Bu kunda kecha va kunduzning uzayishi boshlanadi. Shuninng uchun ham Navro’z diniy emas, balki, dehqonchilik, bog’dorchilik ishlarining qizg’in pallaga kirishi bilan aloqador alohida bayramdir. Navro’z bayramini faqat o’zbeklar emas, qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqa millatga mansub xalqlar nishonlaydilar. Avvalo, uni o’tkazishga katta tayyorgalik ko’riladi: halim, sumalak, ko’k somsa, ko’k chuchvara, har xil shirinliklar tayyorlanadi. Professor B. Sarimsoqovning ma’lumot berishicha, katta bir idishda yetti xil don ekinining urug’i undirilgan. Ular bug’doy, arpa, zig’ir, tariq, no’xot, jo’xori, sholilardan iborat bo’lgan. Ogahiyning ma’lumot berishicha, Navro’zda hamma qayiqda daryo

sayiliga chiqqan. Bog’larda o’yin-kulgilar o’tkazidgan. Ammo eng muhimi, har bir odam, avvalo, betob, dili xasta, hech kimi yo’q kimsalarni, ota-ona ajdodi ko’milgan mozorlarni ziyorat qilgan. Bu kunda hamma nizolar unutilgan. Ginali qarindoshlar o’z da’volaridan voz kechganlar va bayramni totuvlik bilan o’tkazishgan. Hatto, davlatlar, podsholar o’rtasidagi urushlar ham bayram munosabati bilan to’xtatilgan. O’zbekistonda Navro’z bayrami 1990- yilda katta uyushqoqlik va tantanalar bilan o’tkazildi . Bayram kuni Respublika Milliy Bog’ida katta teatrlashtirilgan sahnalar tayyorlanadi. Sayil boshlanadi. San’at ustalarining ommaviy chiqishlari uyushtiriladi. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, Navro’z bayramining bu qadar katta e’tibor berib, tantana qilinishi O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgani bilan uzviy bog’liqdir. Navro’z bayrami odatda 21- martdan boshlanadi va mevali daraxt gullari meva tukkuniga qadar davom etadi. Odatda yoz fasli, kuzda hosilning mo’l bo’lishi uchun tayyorgarlik ko’rish, erta pishar meva va poliz ekinlarini yig’ish ishlari bilan o’tkaziladi. Kuzgi bug’doyni o’rish, davlatvoy, asati kabi qovunlarni; chillaki, tog’ uzumlarini uzish, shubhasiz, qandaydir marosimlar bilan boshlangan. Ammo mustabid sovet tuzumi davrida bu an’analar yodimizdan ko’tarildi. Ehtimol, qovun, qulupnay, uzum sayillari o’sha an’analarning bir ko’rinishidir. Professor Bahodir Sarimsoqovning ko’p yillar mobaynida olib borgan izlanishlari natijasi o’laroq “Choy momo” marosimi haqida ayrim ma’lumotlar to’planadi. Olimning aytishicha, bu odat yozgi marosimlar qatoriga qo’shilib, Janubiy Qozog’istonda yashovchi o’zbeklar orasida uyushtiriladi. Dalada pishib etilgan bug’doy surunkali shamol oqibatida yerga egilib ketishi natijasida nobud bo’lishi mumkin. Ana shunday kezlari “Choy momo” marosimi o’tkaziladi va tabiatdan shamolni to’xtatish so’raladi. “Choy momo” aslida “Shamol ona” ma’nosini beradi. Sayram atrofidagi keksa ayollar “Choy momo” qo’shig’ini aytishadi: Choy, Choy, Choy momo, Choy momosi o’libdi, O’g’li yetim qolibdi,