logo

O`ZBEK TILINING MILLIY KORPUSINI YARATISH MUAMMOLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.1298828125 KB
O`ZBEK TILINING MILLIY KORPUSINI YARATISH
MUAMMOLARI
Reja:
1. Rossiya va g‘arbda korpus yaratish masalasi.
2. O‘zbek tili korpusini yaratish muammolari va vazifalari.
3. Korpus tahlil (korpus analiz) yo‘nalishi. Korpus   –bu bir nechayoki muayyan til matnlarining yig‘indisiga asoslangan
elektron   shaklda   to‘plangan   ma’lumot   (so‘rovnoma)lar   tizimidir.   Milliy   korpus
esa muayyan tilning ma’lum davr (yoki   davrlar)dagi maqomi, janrlari, uslublari,
hududiy hamda ijtimoiy ko‘rinishlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Milliy korpus   tilshunoslikning korpus lingvistikasi mutaxasislari tomonidan
tuziladiki, bu ilmiy tadqiqot va til o‘rganish uchun xizmat qiladi. 
Jahonning   ko‘pgina   yirik   tillari   allaqachon   ilmiy   ishlanganligi,   hajmi   va
ko‘lamiga   ko‘ra   o‘zaro   farqlanuvchi   o‘zining   milliy   korpusiga   ega.   Masalan,
ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan Britaniya milliy korpusi (BMK)dir. Aksariyat
milliy   korpuslar   mazkur   loyiha   asosida   shakllangan.   S h uningdek,   Praganing
Karlova   universiteti   tomonidan   tuzilgan   Chex   milliy   korpusi   ham   slavyan   tillari
orasida ajralib turadi.
Milliy korpusning o‘ziga xos ikki muhim xususiyati mavjud. Birinchidan, u
me’yorlashtirilgan muayyan tarkibga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu korpus
ma’lum tilda berilgan (turli badiiy janrlar: publitsistik, o‘quv, ilmiy, ish yuritish,
so‘zlashuv, shevaviy kabi),ularning barchasi imkon darajasida ma’lum doiraga oid
ma’lumotlarning   proporsional   matnlari   hisoblanadigan   og‘zaki   va   yozma
ko‘rinishlarining   barchasini   o‘z   qamroviga   oladi   degani.   Korpusning   qoniqarli
darajada   bo‘lishi   uchun   uning   ko‘lamiga   e’tibor   qaratish   kerakligini   nazardan
chetda   qoldirmaslik   kerak   (masalan,   o‘n   va   yuz   milliongacha   so‘z   qo‘llash
kabi).Yoki   rus   tili   milliy   korpusi   tuzuvchilari   tomonidan   ikki   yuz   million   so‘z
kiritish rejalashtirilgan.
Ikkinchidan,   korpus   unga   kiritilayotgan   matnlarning   o‘ziga   xos   jihatlari
to‘g‘risida   muhim   ko‘shimcha   ma’lumotlarni   saqlaydi   (bular   annotatsiya   yoki
kiritma   ko‘rinishidagi   matnlardir).   Kiritma–     korpusning   asosiy   bosh
ma’lumotnomasi   bo‘lib,   u   korpusni   zamonaviy   internet   tarmog‘ida   mavjud
bo‘lgan   oddiy   matnlar   (yoki   “kutubxonalar”)   to‘plamidan   ajratib   turadigan,
masalan,   bir   muncha   mashhur   bo‘lgan   “Maksim   Morshkov   kutubxonasi”   yoki “Rus   vertual   kutubxonasi”   kabilardan   farqlanadigan   matnlardir.   Hozirgi   vaqtda
mutaxassislar tomonidan “Fundamental elektron kutubxona” yaratildi va u doimiy
ravishda   rus   mumtoz   adabiyoti   namunalari   bilan   to‘ldirib   borilmoqda.Unga
muntazam   tarzda   va   yuqori   aniqlikda   nashr   etilayotgan   adabiy   matnlar   kiritilib
turadi.   Biroq   bu   kabi   kutubxonalarda   qayta   ishlanmagan   matnlar   ham   mavjud
bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar uchun foydalanishda bir muncha chegaralangandir. Shuni
ta’kidlash   kerakki,   bu   kabi   kutubxonalar   til   xususiyatlaridan   ko‘ra   matnning
mazmun-mohiyati   bilan   qiziquvchilar   tomonidan   yaratiladi.   Milliy   korpus
kutubxonalardan farqli o‘laroq “qoniqarli” va “foydali” matnlar to‘plami emas. U,
asosan,   til   o‘rganish   uchun   xizmat   qiluvchi   jihatdir.   Bunda   o‘rtamiyona
yozuvchilarning   romanlari   ham,     oddiy   so‘zlashuvmatnlari   va   ijara
shartnomalardan   ham,   mumtoz   badiiy   adabiyot   namunalari   qatorida
foydalanilaveradi. 
Korpusning   rang-barang   ilovalar   bilan   boyitilishi   uning   ilmiy   va
o‘qimishliligini   baholaydigan   jihatdir.   Rus   tili   milliy   korpusida   kiritmalarning
to‘rt turidan foydalaniladi:1) metamatnli;2) morfologik;3) talaffuz (aksentologik)
va   4)   semantik.   YAqin   kunlarda   uning   sintaktik   ko‘rinishi   kiritilishi   ham
rejalashtirilayapti.   Kiritmalar   tizimi   borgan   sari   ko‘payib,   takomillashib
boraveradi.
S h u o‘rinda milliy korpus nega kerak degan savol tug‘iladi.
Milliy   korpus,avvalo,   tilning   leksika     va   grammatikasi   yuzasidan   olib
boriladigan   ilmiy   tadqiqotlar   uchun   kerak.   SHuningdek,   bir   necha   yuz   yilliklar
davomida   tilda   yuz   beradigan   uzluksiz   o‘zgarishlar,   jarayonlarni   kuzatish
imkonini beradi.
Korpusning   yana   bir   vazifasi   til   sohalarining   barcha   jihatiga   taalluqli
ma’lumotlarni   olish   (masalan,leksik,   grammatika,   aksentologik,   til   tarixi   kabi),
zamonaviy   kompyuter   texnologiyalari   vositasida   katta   hajmdagi   til   hodisalarini
juda   tez   tahlil   qilish   va   siqiqlashtirishga   xizmat   qilishdan   iborat.   Avvallari tadqiqotchi   zarur   misollarni   qo‘lda   yozib   olar,   bu   esa   juda   ko‘p   mehnat   talab
qilgani holda oz miqdordagi materiallarni qayta ishlashga imkon berar edi.
Endilikda   tahlil   qilinayotgan   materiallarning   ko‘lami   va   ma’lumot   topish
tezligida muammolar bo‘lmaydi. Bu esa tadqiqodchi uchun beqiyos imkoniyatlar
eshiklarini   ochadi.   Milliy   korpus   til   haqidagi   bilimlarimiz   imkoniyatini,
shuningdek,   uni   statistik   tahlil   qilishning   (o‘rganishning),   hatto   hozirga   qadar
o‘rganilmay   kelinayotgan   hodisalarning   qurilishi   va   taraqqiyotidagi
qonuniyatlarni, mavjud xulosalarga bo‘lgan shubhalarni yoki taxminiy hodisalarni
aniqlash   imkonini   beradi.   Endilikda   tilning   grammatik   qurilishi,   hatto   mashhur
akademik   lug‘atlar,   hech   istiholasiz   muayyan   tilning   milliy   korpusi   asosida
yaratilishi kerak bo‘ladi. SHu nuqtayi nazardan milliy korpus talabgorlari, albatta,
muayyan   tilning   turli   sohalari   tadqiqotchi–lingvistlari   hisoblanadi.   Biroq
korpusdan   foydalanuvchilar   professional   mutaxasislar   bilan   chegaralanmaydi.
Davr yoki ma’lum muallifning fiklari, til haqidagi ishonchli statistik ma’lumotlari
adabiyotshunoslarni,   tarixchilarni   va   gumanitar   bilimlarning   turli   vakillarini
qiziqtirishi   mumkin.   Milliy   korpuslar   milliy   va   chet   tillarni   o‘qitish   uchun   ham
muhim   ahamiyat   kasb   etadiki,   ko‘pgina   darslik   va   o‘quv   rejalari   hozirda   milliy
korpusga   moslangan   bo‘lishi   kerak.   Korpus   ko‘magida   taniqli   mualliflarning
notanish   so‘z   yoki   grammatik   shakllarini   ajnabiy   ham,   maktab   o‘quvchisi   ham,
o‘qituvchi ham, jurnalist ham, redaktor yoki yozuvchi ham tez va oson tekshirib
olishi mumkin bo‘ladi. 
Demak,   milliy   korpus   kasbidan   yoki   u   oddiy   qiziquvchimi,muayyan   til
korpusining   tuzilishi   va   ishlashidan,undan   foydalanuvchilarning   millatidan   qat’i
nazar,  o‘rganuvchilar uchun birdek foydalanish imkonini beradi.
Milliy korpus qanday rivojlanadi?
Rus tilining milliy korpusi, avvalo, o‘z ichiga XVIII   asrning o‘rtalaridan to
XXI  asrning boshlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davr xoh o‘tgan, xoh
yangi bo‘lishidan   qat’i nazar, u sotsiolingvistik ko‘rinishdagi badiiy, so‘zlashuv, jonli   so‘zlashuv,   qisman   dialektal   matnlarni   tashkil   qiladi.   Korpusga   badiiy
qimmatga   ega   bo‘lgan   va   til   o‘rgatishga   qiziqish   uyg‘otadigan,   orginal   (tarjima
qilinmagan)   badiiy   adabiyot   namunalari   kiritiladi     (proza   va   drama,   keyinchalik
she’riyat   ham).   Badiiy   she’rlardan   tashqari,   yozma   adabiyotning   boshqa
namunalaridan   publisistika,   ilmiy   ommabop   va   ilmiy   adabiyotlar,   shaxsiy
chiqishlar   (ma’ruzalar),   shaxsiy   yozishmalar,   kundaliklar,   xujjatlar   va   boshqalar
ham kiritiladi.
Hozirga   vaqtda   rus   tili   milliy   korpusi   quyidagi   kichik-kichik   korpus
(podkorpus)larni o‘z ichiga qamraydi: 
1)   chuqur   annotatsiya   (tahlil)langan   korpus   (bunda   har   bir   gapning
morfologik va sintaktik qurilishi uchun tahlil mavjud); 
2)   rus   va   ingliz   matnlarining   parallel   korpusi   (bunda   rus   yoki   ingliz
tillaridagi so‘z va so‘z birikmalarning tarjimalarini topish mumkin bo‘ladi); 
3) dialektal matnlar korpusi (bunda Rossiyaning turli hududlarida grammatik
xususiyatlariga ko‘ra saqlangan dialektik matnlar mavjud); 
4)   poetik   matnlar   korpusi   (bunda   she’riyatning   nafaqat   leksik   va
grammatik, balki uning turli janrlari (sonet, epigramma, amfibrax, ularning qofiya
turlari) bilan bog‘liq jihatlar mavjud);
5)   rus   tilini   o‘rganish   korpusi   (bunda   asosiy   e’tibor   rus   tilining   maktab
programmasiga yo‘naltirilgan);
6)  og‘zaki nutq korpusi  (bunda magnit tasmasiga yozib olingan ommaviy va
xususiy og‘zaki matnlari va 1930-2000-yillardagi kinofilmlar transkript (talaffuz)
matnlari mavjud) va b. 
Xullas,   korpus   tilshunosligi,   uning   milliy   shakllarini   yaratish,   shuningdek,
mavjud   tajribalardan   kelib   chiqib   o‘zbek   milliy   korpusining   nazariy   va   amaliy
asoslarini ishlab chiqish, uni keng jamoatchilikka tadbiq qilish mutaxassislarning
galdagi   dolzarb   vazifalaridan   biridir.   Natijada   o‘zbek   tili   mumtoz   va   zamonaviy
matnlari,   turli   janrlarda   yaratilgan   betakror   durdona   asarlar   “ikkinchi   hayot”ga yo‘llanma oladi va kelgusida o‘zbek tilining ham ko‘p ming (ikki yuz, besh yuz
ming yoki million) so‘zli lug‘atlarini yaratish imkoni tug‘iladi.
Foydalaniladigan  adabiyotlar
1. Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. Тошкент, 1981.  
2. Актисова   О.А.   Синтаксические   средства   реализации   концептов   в
аспекте эволюции типов повествовательной речи: На материале описаний в
романах     “Преступление   и   наказание”   Ф.М.Достоевского   и   “Мастер   и
Маргарита” М.А.Булгакова: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Волгоград :
Волг. гос. ун-т , 2006. – С. 29.
3. Воҳидов Р., Неъматов Ҳ. Сўз бағрида маърифат. -Т.: Ёзувчи, 2001.
4. Галперин Р.И. О понятии текст // Вопросы языкознания. – Москва,
1974.  –  № 6.    – С .22.
5. Горелов   И.Н.,   Седов   К.Ф.   Осно вы   психолингвистик и:   Учеб ное
пособие. – М.: Лабиринт, 2001. – С. 4.
6. Григорева   В.С.   Дискурс   как   элемент   коммуникативного   про ц есса:
прагмалингвистический   и   когнитивный   аспекты   :   монография   –   Тамбов   :
Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2007.
7. Ўзбек тилшунослигининг долзарб муаммолари. ЎУМ, ЎзМУ 2011.
Ўзбек филологияси факултети кутубхонаси.
8. Усмонов С. Умумий тилшунослик. -Т.: Ўқитувчи, 1972. 
9. Фалсафа.  Қомусий луғат. –Т, 2004.
10. Фурс   Л.А.   Синтаксически   репрезентируемые   концепты:   Автореф.
дис. … д-ра филол. наук. – Тамбов: Тамбовский гос. ун-т им.  Г.Р.Державина,
2004. – С. 42.
11. Хайруллаев   М.,   Ҳақбердиев   М.   Мантиқ.   -Т.:Ўқитувчи,   1993.   -Б.
92-95.

O`ZBEK TILINING MILLIY KORPUSINI YARATISH MUAMMOLARI Reja: 1. Rossiya va g‘arbda korpus yaratish masalasi. 2. O‘zbek tili korpusini yaratish muammolari va vazifalari. 3. Korpus tahlil (korpus analiz) yo‘nalishi.

Korpus –bu bir nechayoki muayyan til matnlarining yig‘indisiga asoslangan elektron shaklda to‘plangan ma’lumot (so‘rovnoma)lar tizimidir. Milliy korpus esa muayyan tilning ma’lum davr (yoki davrlar)dagi maqomi, janrlari, uslublari, hududiy hamda ijtimoiy ko‘rinishlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Milliy korpus tilshunoslikning korpus lingvistikasi mutaxasislari tomonidan tuziladiki, bu ilmiy tadqiqot va til o‘rganish uchun xizmat qiladi. Jahonning ko‘pgina yirik tillari allaqachon ilmiy ishlanganligi, hajmi va ko‘lamiga ko‘ra o‘zaro farqlanuvchi o‘zining milliy korpusiga ega. Masalan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan Britaniya milliy korpusi (BMK)dir. Aksariyat milliy korpuslar mazkur loyiha asosida shakllangan. S h uningdek, Praganing Karlova universiteti tomonidan tuzilgan Chex milliy korpusi ham slavyan tillari orasida ajralib turadi. Milliy korpusning o‘ziga xos ikki muhim xususiyati mavjud. Birinchidan, u me’yorlashtirilgan muayyan tarkibga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu korpus ma’lum tilda berilgan (turli badiiy janrlar: publitsistik, o‘quv, ilmiy, ish yuritish, so‘zlashuv, shevaviy kabi),ularning barchasi imkon darajasida ma’lum doiraga oid ma’lumotlarning proporsional matnlari hisoblanadigan og‘zaki va yozma ko‘rinishlarining barchasini o‘z qamroviga oladi degani. Korpusning qoniqarli darajada bo‘lishi uchun uning ko‘lamiga e’tibor qaratish kerakligini nazardan chetda qoldirmaslik kerak (masalan, o‘n va yuz milliongacha so‘z qo‘llash kabi).Yoki rus tili milliy korpusi tuzuvchilari tomonidan ikki yuz million so‘z kiritish rejalashtirilgan. Ikkinchidan, korpus unga kiritilayotgan matnlarning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida muhim ko‘shimcha ma’lumotlarni saqlaydi (bular annotatsiya yoki kiritma ko‘rinishidagi matnlardir). Kiritma– korpusning asosiy bosh ma’lumotnomasi bo‘lib, u korpusni zamonaviy internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan oddiy matnlar (yoki “kutubxonalar”) to‘plamidan ajratib turadigan, masalan, bir muncha mashhur bo‘lgan “Maksim Morshkov kutubxonasi” yoki

“Rus vertual kutubxonasi” kabilardan farqlanadigan matnlardir. Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan “Fundamental elektron kutubxona” yaratildi va u doimiy ravishda rus mumtoz adabiyoti namunalari bilan to‘ldirib borilmoqda.Unga muntazam tarzda va yuqori aniqlikda nashr etilayotgan adabiy matnlar kiritilib turadi. Biroq bu kabi kutubxonalarda qayta ishlanmagan matnlar ham mavjud bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar uchun foydalanishda bir muncha chegaralangandir. Shuni ta’kidlash kerakki, bu kabi kutubxonalar til xususiyatlaridan ko‘ra matnning mazmun-mohiyati bilan qiziquvchilar tomonidan yaratiladi. Milliy korpus kutubxonalardan farqli o‘laroq “qoniqarli” va “foydali” matnlar to‘plami emas. U, asosan, til o‘rganish uchun xizmat qiluvchi jihatdir. Bunda o‘rtamiyona yozuvchilarning romanlari ham, oddiy so‘zlashuvmatnlari va ijara shartnomalardan ham, mumtoz badiiy adabiyot namunalari qatorida foydalanilaveradi. Korpusning rang-barang ilovalar bilan boyitilishi uning ilmiy va o‘qimishliligini baholaydigan jihatdir. Rus tili milliy korpusida kiritmalarning to‘rt turidan foydalaniladi:1) metamatnli;2) morfologik;3) talaffuz (aksentologik) va 4) semantik. YAqin kunlarda uning sintaktik ko‘rinishi kiritilishi ham rejalashtirilayapti. Kiritmalar tizimi borgan sari ko‘payib, takomillashib boraveradi. S h u o‘rinda milliy korpus nega kerak degan savol tug‘iladi. Milliy korpus,avvalo, tilning leksika va grammatikasi yuzasidan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar uchun kerak. SHuningdek, bir necha yuz yilliklar davomida tilda yuz beradigan uzluksiz o‘zgarishlar, jarayonlarni kuzatish imkonini beradi. Korpusning yana bir vazifasi til sohalarining barcha jihatiga taalluqli ma’lumotlarni olish (masalan,leksik, grammatika, aksentologik, til tarixi kabi), zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositasida katta hajmdagi til hodisalarini juda tez tahlil qilish va siqiqlashtirishga xizmat qilishdan iborat. Avvallari

tadqiqotchi zarur misollarni qo‘lda yozib olar, bu esa juda ko‘p mehnat talab qilgani holda oz miqdordagi materiallarni qayta ishlashga imkon berar edi. Endilikda tahlil qilinayotgan materiallarning ko‘lami va ma’lumot topish tezligida muammolar bo‘lmaydi. Bu esa tadqiqodchi uchun beqiyos imkoniyatlar eshiklarini ochadi. Milliy korpus til haqidagi bilimlarimiz imkoniyatini, shuningdek, uni statistik tahlil qilishning (o‘rganishning), hatto hozirga qadar o‘rganilmay kelinayotgan hodisalarning qurilishi va taraqqiyotidagi qonuniyatlarni, mavjud xulosalarga bo‘lgan shubhalarni yoki taxminiy hodisalarni aniqlash imkonini beradi. Endilikda tilning grammatik qurilishi, hatto mashhur akademik lug‘atlar, hech istiholasiz muayyan tilning milliy korpusi asosida yaratilishi kerak bo‘ladi. SHu nuqtayi nazardan milliy korpus talabgorlari, albatta, muayyan tilning turli sohalari tadqiqotchi–lingvistlari hisoblanadi. Biroq korpusdan foydalanuvchilar professional mutaxasislar bilan chegaralanmaydi. Davr yoki ma’lum muallifning fiklari, til haqidagi ishonchli statistik ma’lumotlari adabiyotshunoslarni, tarixchilarni va gumanitar bilimlarning turli vakillarini qiziqtirishi mumkin. Milliy korpuslar milliy va chet tillarni o‘qitish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadiki, ko‘pgina darslik va o‘quv rejalari hozirda milliy korpusga moslangan bo‘lishi kerak. Korpus ko‘magida taniqli mualliflarning notanish so‘z yoki grammatik shakllarini ajnabiy ham, maktab o‘quvchisi ham, o‘qituvchi ham, jurnalist ham, redaktor yoki yozuvchi ham tez va oson tekshirib olishi mumkin bo‘ladi. Demak, milliy korpus kasbidan yoki u oddiy qiziquvchimi,muayyan til korpusining tuzilishi va ishlashidan,undan foydalanuvchilarning millatidan qat’i nazar, o‘rganuvchilar uchun birdek foydalanish imkonini beradi. Milliy korpus qanday rivojlanadi? Rus tilining milliy korpusi, avvalo, o‘z ichiga XVIII asrning o‘rtalaridan to XXI asrning boshlarigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davr xoh o‘tgan, xoh yangi bo‘lishidan qat’i nazar, u sotsiolingvistik ko‘rinishdagi badiiy, so‘zlashuv,

jonli so‘zlashuv, qisman dialektal matnlarni tashkil qiladi. Korpusga badiiy qimmatga ega bo‘lgan va til o‘rgatishga qiziqish uyg‘otadigan, orginal (tarjima qilinmagan) badiiy adabiyot namunalari kiritiladi (proza va drama, keyinchalik she’riyat ham). Badiiy she’rlardan tashqari, yozma adabiyotning boshqa namunalaridan publisistika, ilmiy ommabop va ilmiy adabiyotlar, shaxsiy chiqishlar (ma’ruzalar), shaxsiy yozishmalar, kundaliklar, xujjatlar va boshqalar ham kiritiladi. Hozirga vaqtda rus tili milliy korpusi quyidagi kichik-kichik korpus (podkorpus)larni o‘z ichiga qamraydi: 1) chuqur annotatsiya (tahlil)langan korpus (bunda har bir gapning morfologik va sintaktik qurilishi uchun tahlil mavjud); 2) rus va ingliz matnlarining parallel korpusi (bunda rus yoki ingliz tillaridagi so‘z va so‘z birikmalarning tarjimalarini topish mumkin bo‘ladi); 3) dialektal matnlar korpusi (bunda Rossiyaning turli hududlarida grammatik xususiyatlariga ko‘ra saqlangan dialektik matnlar mavjud); 4) poetik matnlar korpusi (bunda she’riyatning nafaqat leksik va grammatik, balki uning turli janrlari (sonet, epigramma, amfibrax, ularning qofiya turlari) bilan bog‘liq jihatlar mavjud); 5) rus tilini o‘rganish korpusi (bunda asosiy e’tibor rus tilining maktab programmasiga yo‘naltirilgan); 6) og‘zaki nutq korpusi (bunda magnit tasmasiga yozib olingan ommaviy va xususiy og‘zaki matnlari va 1930-2000-yillardagi kinofilmlar transkript (talaffuz) matnlari mavjud) va b. Xullas, korpus tilshunosligi, uning milliy shakllarini yaratish, shuningdek, mavjud tajribalardan kelib chiqib o‘zbek milliy korpusining nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, uni keng jamoatchilikka tadbiq qilish mutaxassislarning galdagi dolzarb vazifalaridan biridir. Natijada o‘zbek tili mumtoz va zamonaviy matnlari, turli janrlarda yaratilgan betakror durdona asarlar “ikkinchi hayot”ga