O`ZBEKISTONDA GEOEKOLOGIK XAVFSIZLIK
O`ZBEKISTONDA GEOEKOLOGIK XAVFSIZLIK MUNDARIJA Kirish ……………………………………………….................... ........................ .............. 3-7 I BOB. EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK DIALEKTIKASI 1.1.Ekologik xavfsizlik: muammolar va yondashuvlar ................ ..... .. 8 -1 6. 1.2. B arqaror rivojlanish konsepsiyasi ........................................ ..... ...17-26. 1.3. Ekologik nazoratning mazmun-mohiyati ……………………… ........... ..27- 38. II BOB. YANGI MING YILLIKDA O`ZBEKISTONDA GEOEKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MUAMMOLARI 2.1.O`zbekistonda ekologik vaziyatning namoyon bo‘lish xususiyatlari .......................................................................................... 39 - 45 2.2. Suvning tanqisligi va suv muammosining siyosiy tus olishi……46-56. 2.3. Orol dengizi halokatining ijtimoiy, geosiyosiy oqibatlari va bartaraf etish muammolari ........ .................................................................................. 56 - 74 XULOSA ………………………………………………………………… .......... .......................75 - 77 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………...............……78-82 1
K I R I S H Mavzuning dolzarbligi: Xalqimiz o’zining asriy orzusi bo’lmish milliy mustaqillikni qo’lga kiritdi. Mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki yillaridan boshlaboq O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, ya’ni "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida ekologik xavfsizlik va barqarorlikning naqadar muhumligi xususida diqqatga sazovor fikrlarni olg’a surilgan. Shuningdek, Shavkat Mirziyoev: “ekologiya sohasidagi ishlar ahvolini yaxshilash” 1 hozirgi kuda dolzarbligini hamda “ Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur” 2 , deb ta’kidlagan edi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning "Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo’lida tahdid bo’lib turgan muammolarni anglab yetayapmizmi? Xavfsizlikka tahdid solib turgan muammolarga nimani qarshi qo’ya olamiz? Biz istiqomat qilayotgan mintaqada jo’g’rofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo’la oladi? Xavfsizlikni qanday saqlab qolish mumkin?” 3 degan savollar qo’yilgan. 1 2 1 Mirziyoev Sh.M. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak. Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasi. 2017 yil 12 iyul. http://uza.uz ? Qarang: Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 20-21. 3 . Karimov I. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O‘zbekiston”. 1997. – B.14. 2
Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish albatta ekologik muammolar bilan bog`liq. Ekologik muammolarni echimini izlash ekologik xavfsizlikni ta`minlovchi muhim omillaridan biridir. 4 Xavfsizlik L.Yu.Xotunsevning fikricha- alohida shaxs, jamiyat va tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo’lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo’luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan qarshi chiquvchi qo’rquv hissidir. Lekin bugungi kunda xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo’lib: Birinchidan, u nafaqat inson, jamiyat va davlat, balki tabiat va uning elementlari nuqatayi nazardan ham qaralishi mumkin. Chunki ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o’rtasidagi va ularni atrof muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadi. Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat texnogen yoki tabiiy favqulotda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko’zga ko’rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisalar orqali ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning sekin isib borishi va uni natijasida cho’llashish jarayonini yuzaga kelishi. Oqibatda cho’llangan yerlarda o’simlik va hayvonot dunyosining tur va xillari kamayishi, ya’ni biologik xilma-xillikning degradatsiyalashuvi va insoniyat uchun noqulay ekologik sharoitlarni yuzaga kelishi. Ha, bu eko xavfga kiradi, lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ta’sirga ham ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ,,xavfsizlik” tushunchasi ma’lum bir fanga yoki tarmoqqa tegishli emas. Ekologik xavfsizlik tushunchasini turlicha ta’riflaydilar. Masalan, N.F.Reymers ekologik xavfsizlikka 2 xil yondashgan: 1) tabiat obyektlar, 4 Karimov I. Xavfsizlikka va barqaror taraqqiyot yo`lida . T.6 . T.: “O‘zbekiston”. 1998. – B.109 3
alohida inson uchun zarar olib kelmaydigan faoliyatlar; 2) yer shari va turli mintaqalarda insoniyatni tabiiy-texnogen tayyorgarligi darajasida eko muvozanatni ta’minlovchi faoliyatlar. Ekologik xavfsizlik- organizmlar va ularning yashash muhitini tabiiy va antropogen omillar ta’siri tufayli turli miqyosida va tezlikda yuzaga keluvchi salbiy holatlardan saqlanganlik darajasi. Mazkur ta’rifda ham ekologiyaga, ham xavfsizlikka oid iboralar bilan ifodalangan. 4
I BOB. EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK DIALEKTIKASI 1.1. Ekologik xavfsizlik: muammolar va yondashuvlar XXI asr boshlarida ekologik xavfsizlik muammosini yanada keskinlashishi, uni hal qilishning yangi paradigmalarini (qirralarini) yaratishga majbur qiladi. Bu paradimalar hozirgi zamon sivilizasiya asoslarini ifodalb, insonparvarlik ruhi bilan sug`orilgan. Bular “olamshumullik” hissi (A.Pechchei), “vital qadriyat” (Ortega-i-Gasset), “barqaror rivolanish” konsepsiyasi va boshqalardir. 5 1.2.B arqaror rivojlanish konsepsiyas i Barqaror rivojlanish konsepsiyasi - bir me’yorda rivojlangan davlatlar va butun jahon hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir. Ekologik muammolar biror davlat faoliyatiga bevosita bog’liq emasligini Orol va Orolbo’yi muammosi misolida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov BMTning 48, 50,55-sessiyalarida ushbu muammo nafaqat O’rta Osiyo davlatlarinig, balki butun dunyo hamjamiyatining muammosi ekanligini aytgandi, chunki Orol muammosi dunyo ekologik holatini yanada keskinlashtirishi mumkin. 1.3. Ekologik nazoratning mazmun-mohiyati Mustaqil davlatlar hamdostligida vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi integratsiya jarayoni bu hududdagi davlatlarning ekologik nazoratda umuminsoniy tamoyillar tarkib topishini taqozo qilmoqda. Bunday zaruriyatni shu davlatlarning rahbarlari ham masalan, Ozbekiston 5 Rasuleva G.X., Xoshimova I.S. Ekologiya fanining rivojlanish tarixi//Biologik xilma-xillikning nazariy asoslari va iqlim o`zgarishi muammolari. Ilmiy-nazariy seminar materiallari. Nukus. 2013. -B. 55. 5