logo

O`zbekistonda tarixiy me`moriy obidalarni saqlash va ta`mirlashda xalqaro hamkorlik va shaharsozlik masalalari.

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.0185546875 KB
O`zbekistonda tarixiy me`moriy obidalarni saqlash va ta`mirlashda xalqaro
hamkorlik va shaharsozlik masalalari.
Reja:
1.Sobiq Ittfoq davrida qadimgi shaharlarnini holati  
2.O‘rta asrlar shaharlari  XX  asr ikkinchi yarimidagi holati .
3.   XX     asr   90-yillarida   O‘zbekiston   hukumatining     tarixiy-me’moriy     obidalarni
saqlash buyicha  kurgan chora tadbirlari. O‘zbekiston   mustaqillikka   erishganidan   so‘ng   tarixiy-me’moriy   va   shaharsozlik
merosini   asrab-avaylash   hamda   tiklash   jamiyatda   ma’naviy   yangilanish   davrini
boshidan   kechayotgan   yosh   suveren   respublika   uchun   dolzarb   ahamiyatga   molik
masalalardan   biriga   aylandi.   1990-yillar   boshiga   kelib,   O‘zbekistonning   qadimgi
shaharlari oldida madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ta’mirlash kabi murakkab
vazifalari   qatoriga,   tarixiy   binolar   joylashgan   hududlarni   kompleks   ravishda
tiklashdek   murakkab   muammo   yuzaga   keldi.   Buning   sababi   quyidagilar   bilan
izohlanadi:
Birinchidan,   avvalgi   bobda   (2.1-paragrafda)   ta’kidlanganidek,   sobiq   Ittifoq
davrida,   ya’ni   1987   yilga   qadar   tarixiy   shaharlar   bosh   rejalarida   ularning   tarixiy
qismi,   shu   jumladan,   tarxiy-arxitektura   qo‘riqxonalaridagi   mavjud   me’moriy
ob’etklarni   asl   holida   saqlashga   qaratilgan   loyihalarning   etarli   darajada
ishlanmaganligi, yoki “oq dog‘” sifatida bosh rejalaridan chetda qolib ketilganligi
qayd etilgan.
Qolaversa,   tarixiy   hududlarni   zamonaviy   sharoitlar   yaratish   bilan   birga   qadimiy
shahar   muhitini   saqlagan   holda   kompleks   rekonstruksiya   ishlari   Ittifoq   doirasida
Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahridan tashqari, boshqa shaharlarda deyarli
olib   borilmagan.   Bu   holat   O‘zbekiston,   shu   jumladan,   qadimiy   Samarqand   va
Buxoro   uchun   ham   talluqlidir.   Ularning   tarixiy   markazlarida   tarixiy   hududlar
alohida qo‘riqxona hududlariga ajratilgan bo‘lsa-da, biroq qator hollarda me’moriy
yodgorliklar   (baland)   inshootlar   bilan   noqulay   ravishda   qo‘shni   bo‘lib   qolib,
o‘zining   shaharsozlik   ahamiyatini   namoyon   etaolmay   qolgan   edi.   Albatta,   garchi
bunday   ob’ektlar   me’morchiligi   (arxitekturasi)   kontrast   prinsipi   bo‘yicha   hal
etilishi   mumkin   bo‘lsa-da,   ushbu   hollarda   loyihalashtirish   chog‘ida   yodgorlik   va
yangi   bino   o‘rtasidagi   maqbul   masofani   belgilash   masalasi   e’tibordan   chetda
qolgan edi.
SHuningdek,   xalq   me’morchiligining   noyob   ob’ektlari   ko‘p   bo‘lgan   ommaviy
imoratlarni   saqlab   qolish,   asrab-avaylash   va   yangilash   vazifasi,   aslida,   nisbatan
inobatga   olingan   edi.   Mutaxassislarning   fikricha,   ko‘p   yillar   mobaynida   (sovet
davrida)   ommaviy   uy-joylarga   nisbatan   nigilizm   va   beparvolik   hukmronlik   qildi, bu   esa   ko‘plab   me’moriy   boyliklarning   yo‘qotilishiga   olib   keldi.   Odatda,
shaharlarning   bosh   planlarida   tarixiy-me’moriy   qo‘riqxona   hududlar   «oq   dog‘»
tarzida   –   loyihaviy   ishlanmalarsiz   qoldirib   kelingan,   bu   bilan   binolarni   asrab-
avaylash   va   yangilash   yo‘liga   g‘ov   qo‘yilgan   O‘MSIV   MMOMQFIICHBB   JA.
Protokol   zasedaniya   kollegii   Gosudarstvennogo   stroitelnogo   komiteta   SSSR
(Gosstroy)
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi  hukumatining 1966 yil 13 iyuldagi
№   370   sonli   qarori   bilan   Afrosiyob   arxeologik   qo‘riqxonasi   tashkil   etilgan   edi.
O‘zbekiston   hukumatining   1982   yil   26-maydagi   №   397   sonli   qarori   bilan
Samarqand   Davlat   birlashgan   tarixiy-me’moriy   va   badiiy   muzey-qo‘riqxonasi
tashkil   qilindi   (uning   tarkibiga   Afrosiyob   arxeologik   qo‘riqxonasi   ham   kirdi).
Samarqand   shahar   Ijroqo‘mining   1987   yil   10   noyabrdagi   №   409/22   sonli   qarori
bilan   muzey-qo‘riqxonasining   Nizomi   va   chegaralari   (muhofaza   tegralari)
tasdiqlangan   edi.   O‘zbekistonning   Samarqand,   Buxoro   va   Xiva   kabi   qadimiy
shaharlari   markaziy   hududlarida   har   zamonda   bir   o‘tkazilgan   tarixiy   binolarni
tiklashga   oid   tajriba   ijodiy   muvaffaqiyatsizliklardan,   me’moriy   merosni
saqlashning   eng   oddiy   qoidalari   buzilganligidan   dalolat   beruvchi   yorqin
misollardir.   Masalan,   Samarqand   shahrida   Registon   majmuasi   atrofini   tiklash
misolida   salbiy   xususiyatga   ega   bir   talay   holatlarni   ko‘rishimiz   mumkin.
Mustaqillikning   dastlabki   yillariga   kelib,   Registon   majmui   ko‘pgina   tarixiylik
qimmatini   yo‘qotgan,   ko‘proq   me’morlarning,   ayniqsa   1960-1980   yillar
davomidagi muvaffaqiyatsiz harakatlaridan “jabrlangan”. Ularning har qaysisi shu
erning o‘zida navbatdagi qiyofasizlikni abadiylashtirishga harakat qilgan.
SHunday   qilib,   Registondan   ko‘rinib   turadigan   maydonda   (masofada)   tasodifiy,
aslida   esa   qiyofasiz,   yangi   binolar   birin-ketin   qad   ko‘targan.   G‘arb   tomonda   –
qozonxonasining mo‘risi  ko‘rinib turgan  namunali  maktab, haykali, mozaikasi  va
amfiteatri   bor   o‘ziga   xos   «nazm   bog‘i»   (darvoqe,   bularning   bari   nafaqat   majmua
uchun begona, balki maydonning urg‘u (aksent)larini ham chalkashtiradi), janubda
– nihoyatda keng ochiq hudud, bir xil shakldagi mungli binolar orasidan o‘tuvchi
transport   magistrali,   sharq   va   shimolda   –   arxitekturasiga   ko‘ra   yangi   muzey, kinoteatr,   univermag   yoki   restoranning   muayyan   bir   g‘oyaviy   yo‘nalishga   ega
bo‘lgan   binosi   qurilgani   seziladi.   Ularning   joylashuvida   tizim,   tartib,   o‘zaro
bog‘liqlik va bir-biriga mutanosiblik yo‘q: har biri go‘yoki asosiy narsaga – buyuk
tarixiy   Majmuaga   befarqligini   ta’kidlaydi,   ko‘rinib   turgan   aniq   nomutanosiblikni
yaratadi, me’moriy, fazoviy muhitning ko‘lamdorligini buzadi
Qadimiy shaharlarning tarixiy hududiga o‘ylamay kirishga intilish yanada ko‘proq
xavotir uyg‘otadi. Masalan, Buxorodagi Minorai kalon (1127 yil) oldida suv uchun
mo‘ljallangan   tuxumsimon   rezervuar   joylashtiriladigan   temir   beton   uch   oyoq
ko‘rinishidagi   suv   bosimi   yaratuvchi   minoraga   ega   bo‘lgan   ko‘p   qavatli   sanoat
binosi   qurish   taklif   etilgan.   Respublikamizning   deyarli   barcha   shaharlaridagi
tarixiy markazlarda bugun ham ana shunday tahdidlar yuzaga kelib turibdi.Bunday
muvaffaqiyatsizliklar   –   kelajak   uchun   jiddiy   ogohlantirishdir.   Tarixiy   hududni
tiklash   puxta   o‘ylangan   qarorlar   chiqarishni   talab   etadi,   bilimsizlik,   ijodiy
no‘noqlikka   toqat   qilmaydi.   Zero,   tarixiy   shaharlar   o‘zbek   millatining   beshigi,
O‘zbekiston   tarixining   yodgorligi   sifatida,   ularni   saqlash   ishi   alohida   e’tiborga
molik vazifalar qatoridan o‘rin olishi zarur.
O‘rta   asrlar   tarixidan   misol   tariqasida   yana   bir   me’moriy   shaharsozlik   hisob-
kitobini   eslab   o‘tish   joiz.   Registon   maydon   sifatida   XVII   asrda   barpo   bo‘lgan
Ulug‘bek   madrasasi   (XV   asr)   ikki   asrdan   keyin   madaniy   meroslar   bilan   sezilarli
darajada   burkangan   –   devorning   pastki   qismi   tuproq   ostida   qolgan.   Aynan   shu
darajada XVII asrda ikkita yirik bino – Tillakori va SHerdor madrasalari qurilgan
va   ular   o‘rtasida   maydon   hosil   qilgan.   Rekonstruksiya   chog‘ida   Ulug‘bek
madrasasi   yaqinida   XV   asr   darajasidagi   pastlik   qoldirilib,   XVII   asr   maydoni
tiklash   kerak   edi.   Amalda   esa   bema’ni   murakkab   vaziyat   yuzaga   kelgan:   XV   asr
darajasidagi   soxta   maydon   tiklangan,   ikkita   yodgorlik   esa   XVII   asr   darajasida
osilib   qolgan.Ta’kidlash   joyizki,   tarixdan   o‘rganishga   arziydigan   shaharni   reja
asosida  barpo etish amaliyoti  tajribasi  ham  mavjud bo‘lgan. Amir  Temur  davrida
Samarqand   shahri   bosh   reja   asosida   qurilgani   haqida   ko‘plab   misollar   keltirish
mumkin.   Jumladan,   shahardagi   Bo‘stonsaroy,   Ko‘ksaroy,   Qutbi   CHoxardaxum,
Ruxobod va Amir Temur maqbarasi, Muhammad Sulton madrasasi va xonaqohlari bir qatorda rejali joylashgan. SHuningdek, bosh reja asosida maydonlar, xovuzlar,
favvoralar,   masjid   va   madrasalarqurilgani,   shahristonni   bir   necha   davrozalar
(SHayxzoda,   Temir   darvoza   (Ohanin)   So‘zangaron,   Korizgoh   kabi   davrozalar)
mustahkam mudofaa devor bilan o‘ralgani, shahar markazida CHorsu bozori va uni
Temir   darvoza   bilan   bog‘lab   turuvchi   keng   va   ravon   ko‘cha   o‘tganligi   va   ushbu
ko‘chaning   ikki   tarafida   savdo   rastalari   qurilgani,   xullas   1370   yillardan   boshlab
mo‘g‘ul   istilosidan   vayrona   holatdagi   shaharni   meros   qilib   olgan   Sohibqiron,
umrining   oxirgi   kunlariga   qadar   olib   borgan   shaharsozlik   sohasidagi   amaliyotini
g‘arb   mutaxassislari   e’tiroficha   –   Osiyoda   “haqiqiy   shaharlar   rejalashtirish”ni
(istinnaya planirovka gorodov) boshlab bergan.
SHunday   qilib,   Samarqand   o‘zida   o‘rta   asr   shaharlari   xususiyatlarini
mujassamlashtirib,   Osiyoning   uchta   go‘zal   poytaxtlari   qurilishini   boshlab   bergan.
Bular   qatoriga   Samarqandning   o‘zi,   Safoviylar   davridagi   Eronda   1597   yildan
SHox   Abbos   I   tomonidan   qurilishi   boshlangan   va   XVII   asrda   davom   ettirilgan
Isfaxon   hamda   SHohjahon   tomonidan   (1639-48   yy.)   qurilgan   SHoxjahonobod
shaharlaridir.   Ularning   qurilishida   Amir   Temur   davridagi   Samarqandda
qo‘llanilgan   shaharsozlik   va   arxitektura   tipologiyasi   qo‘llanilgan.
SHaharsozlikdagi   tarixiy   ilg‘orlik   (birinchilik)   amaliyotini   saqlab   qolish   va
rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Ikkinchidan,   istiqlolning   dastlabki   yillarida,   ya’ni   1990-yillarda   mamlakat
shaharsozligida, shu jumladan, Zarafshon vohasida bir qator ob’ektiv va sub’ektiv
jarayonlar bilan bog‘liq muammolar vujudga keldi. Avvalo bu davr izlanishlar va
tajribalar davri bo‘lganligi, shuningdek, moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganligi
va   qonunchilik   tizimining   takomillashmaganligi   haqida   arxiv   ma’lumotlari   va
boshqa ilmiy xarakterdagi materiallar dalolat beradi.
Mutaxassislar,   1994   yilgi   O‘zbekiston   Respublikasining   “Qurilish   normalari   va
qoidalari”da   asosan   “turar   joylarni   rekonstruksiya   qilish   jarayonida   tarixiy   va
madaniy yodgorliklarni himoyalash” tartiblari ko‘zda tutilganligini qayd etishgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan «Arxitektura va
shaharsozlik to‘g‘risida»gi Qonunnda ham ushbu masala to‘la echimini topmagan. Vaholanki,   soha   vakillari   alohida   qayd   etishicha,   ushbu   qoida   qonun   hujjatlarida
zamon talabi bo‘yicha alohida ob’ektlarini himoyalashgina emas, balki, shaharning
tarixiy qismini to‘liq himoyalash va rekonstruksiya qilishga qaratilishi lozim edi.
1990-yillar   o‘rtalarida   tarixiy   shaharlarning   bosh   rejalarini   tuzishda   va   qabul
qilingan   rejalarni   amalga   oshirishda   ham   shunga   o‘xshash   nuqsonlar   mavjudligi
ko‘zga   tashlanadi.   Avvalo   tarixiy   shaharalar   bosh   rejalari   sobiq   Ittifoq   davrida
ishlab chiqilgan va yangi davr talabiga javob bermasligini alohida ta’kidlash kerak.
Masalan, Samarqand shahrining bosh rejasi 1966-70 yillarda va Buxoro shahrining
bosh rejasi 1987-90 yillarda ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatlar istiqlolning dastlabki
yillarida shaharsozlik qoidalarini belgilovchi asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.
Ularga   tayangan   holda,   shuningdek,   mustaqillikning   ilk   yillarda   o‘tkazilishi
rejalashtirilgan   yubileylar   bilan   bog‘liq   qo‘shimcha   loyihalar   asosida   Zarafshon
vohasining   asosiy   tarixiy   shaharlari   Samarqand   va   Buxoroda,   shu   jumladan
ularning tarixiy hududlarida shaharsozlik amaliyoti olib borilgan. Jumladan, Amir
Temur   tavalludining   660yilligiga   atalgan   qurilish   va   bunyodkorlik   ishlari
Samarqand   shahrida   keng   ko‘lamda   tashkil   etildi.  Masalan,   saqlash   va  ta’mirlash
ishlaridan   tashqari   shaharning   Ruhobod,   Amir   Temur   maqbarasi   va   univesitet
hiyoboni   hududida   A.Temur   hiyoboni   yaratildi.   Hiyobonning   boshida   esa
Sohibqironga atab xaykal o‘rnatildi.
Buxoro   shahrida   ham   2500   yillik   yubileyga   tayyorgarlik   doirasida   arxitektura
yodgorliklarini   tiklash   va   ta’mirlash   yuzasidan   keng   ko‘lam-dagi   ishlar   amalga
oshirildi. SHahar va viloyat arxitektura organlari faoliyati birinchi navbatda, aholi
punktlarini imoratlar qurish va mavjudlarini qayta qurish orqali obod qilish, tarixiy
zonalarni   muhofaza   qilish,   arxitektura   yodgorliklarini   saqlab   qolish   va   qayta
tiklashga qaratildi. SHu bilan bir qatorda shahar markaziy qismini qayta qurish va
ta’mirlash   ishlari   jadal   suratlarda   olib   borildi.   Naqshband   ko‘chasida   savdo-
maishiy   xizmat   kompleksini   o‘z   ichiga   olgan   Abdurauf   Fitrat   nomidagi   hiyobon
qurildi.   SHuningdek,   Naqshband,   Hamza,   Jalol   Ikromiy,   akademik   Mo‘minov,
O.Eshonov   va   A.To‘qay   ko‘chalari   kengaytirildi.   Poi   Kalon,   Labi   Xovuz,   Jo’me
masjidi, Qo‘sh Madarasa kabi tarixiy inshootlar atroflari obodonlashtirildi. SHu   bilan   bir   qatorda   Buxoro   va   Samarqand   shaharlarining   tarixiy   hududlarini
saqlash   va   rekonstruksiya   qilish   bosh   rejalarida   kamchiliklar   va   ushbu   rejalar
bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda nuqsonlar ham kuzatildi.
Xususan,   Samarqand   shahrida   olib   borilgan   tiklash   ishlarining   ayrimlari   ilmiy
asoslangan   holda   kompleks   tarzda   amalga   oshirilmaganligi   sababli,   1990-yillarda
Registon   majmuasini   Bibixonim   masjidi   majmui   bilan   birlashtiruvchi   Toshkent
ko‘chasida joylashgan binolarning old tomoni butofor-kosmetik jihatdan butunlay
yangilangan.
Buxoroda   eski   shaharni   saqlash,   restavratsiya   va   rekonstruksiya   ishlari   bo‘yicha
aniq   bir   dastur   ishlab   chiqilmagani   natijasida   nuqsonlarga   yo‘l   qo‘yilgani
aniqlandi.   Masalan,   qulay   joylashganligi   va   loyiha   o‘ziga   xos   echimga   ega
ekanligiga   qaramay,   Buxoro   shahridagi   Amir   Temur   ko‘chasini   obodonlashtirish
pardozlash   ishlari   turli   pudrat   tashkilotlari   tomonidan   (mutaxassislar   tomonidan
emas) bajarilganligi sababli arxitektura jihatidan o‘z qiyofasini yo‘qotgan. Buxoro
viloyatidagi arxitektura yodgorliklarini muhofaza qilish zonalari belgilanmaganligi
natijasida   viloyatda   muhofaza   qilish   zonalarini   obodonlashtirish   tegishli   organlar
bilan   muvofiqlashtirilmagan   hollarini   yuz   berishiga   sabab   bo‘lgan.   Masalan,   Ark
va   Zindon   devorlari   qatorida   savdo   rastalari,   do‘kon   tushgan   avtobus   bekati   va
xususiy   mehmonxona   qurilgan.   Bosh   rejadagi   nuqsonlar   oqibatida   tarixiy   hudud
ansambiliga   arxitektura   va   xajmi   jihatidan   zid   bo‘lgan   qurilmalarning   paydo
bo‘lishiga hamda turar joylar degradatsiyasiga (tasodifiy uy-joylar qurilishiga) olib
keldi.   Labi   Xovuz   maydoni   va   Abdulazizxon   madrasasi   oralig‘ida   eski   shahar
arxitektura   ansamblining   qiyofasini   buzgan   “O‘zbekiston”   yozgi   kinoteatri   va
“Laylakcha” bolalar bog‘chasi qurilgan edi Ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishida
tashkiliy   ishlar   bilan   bog‘liq   kamchiliklar   ham   ko‘zga   tishlandi.   Masalan,
Samarqand shahri Arxitektura va shaharsozlik boshqarmasi  va uning bo‘linmalari
o‘zi   qonun   talablarini   buzish   hollari,   qolaversa,   shaharlar   va   tumanlar   bosh
arxitektorlari   bilan   o‘tkazilgan   suhbatlarda   ularning   “Arxitektura   va   shaharsozlik
to‘g‘risida”gi  Qonun  va  uning  qoidalarini   yaxshi  bilmasliklari,  amaliy  va  nazariy bilimlar   saviyasi   talab   darajada   emasligi   ma’lum   bo‘ldi.   Buxoroda   esa   bunga
qo‘shimcha ravishda, shahar  bosh rejasini o‘rnatilgan tartibda tasdiqdan o‘tkazish
masalasi 1990 yildan to 1996 yilga qadar paysalga solib kelingani kuzatildi.
Xullas,   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   Zarafshon   vohasining   tarixiy
manzilgohlarida,   xususan   Samarqand   va   Buxoro   shaharlarida   alohida   muhofaza
qilinadigan   hududlarini   tashkil   qilish,   ularda   qurilish-ta’mirlash   ishlarini   tashkil
etishda   jiddiy   nuqonlar   yuzaga   kelgan   edi.   Bu   holatning   yuzaga   kelishida   qator
ob’ektiv sabablar bilan bog‘liqligi uchun ushbu kamchiliklarni, nafaqat voha, balki
balki   butun   respublikada   ham   kuzatilgan   bo‘lib,   ular   bosqichma   bosqich   bartaraf
etib kelindi.
O‘zbekistonda   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tilishi   munosabati   bilan   urbanizatsiyaning
jadallashuvi   shaharlar   tizimini   takomillashtirish,   shaharlarning   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini   tartibga   solish   muammolarini   keltirib   chiqardi.   Bu   holat,   birinchi
navbatda,   O‘zbekistonning   qadimiy   shaharlari   uchun   ham   talluqli   bo‘lib,   ularda
batafsil   rejalashtirish   loyihalarini   ishlab   chiqish   zaruratini   keltirib   chiqardi.
CHunki, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarning tarixiy hududlarida joylashgan
har   bir   yodgorlikni   zamonaviy   jamiyat   maqsadlari   (jahon   andozalariga   javob
beruvchi   turizm   infratuzilmasini   shakllantirish)ga   ilmiy   asoslangan   holda
moslashtirish,   umuman   shaharning   makon   muhitini   tashkil   qilishdan   tortib
yodgorlik   binolaridan   amalda   foydalanish,   ularning   hududini   obodonlashtirishni
tashkil qilishgacha bo‘lgan ko‘plab murakkab vazifalarni tashkil qiluvchi masalalar
doirasi ham kengaydi.
Qolaversa,   hozirgi   zamonda   er   yuzidagi   har   qanday   millat   o‘zining   tarixiy
shaharlari saqlanishi  bilan katta qiziqish uyg‘otadi. Bu “qiziqish”dan foydalangan
holda ulardan sayyohlik va madaniy-oqartuv maqsadlarida keng foydalanish davlat
g‘aznasiga   katta   foyda   keltiruvchi   omilga   aylanadi.   Haqiqatdan   ham
mustaqillikning   ilk   davridan   O‘zbekistonda   turizmni   har   tomonlama
rivojlantirishga davlat  tomonidan katta e’tibor berilishi  o‘zining ijobiy samarasini
berdi. Jumladan, sobiq Ittifoq davrida, ya’ni 1987 yilda O‘zbekistonga 210 mingga yaqin   xorijlik   turistlar   kelgan   bo‘lsa,   «Uzbekturizm»   milliy   kompaniyasining
ma’lumotlariga qaraganda, 2010 yilda ularning soni 1,3 mln kishini tashkil etdi Adabiyotlar
 
1.   Karimov   I.A. O‘zbekistonning o‘z taraQQiyot va yangilash yo‘li.   T.1992   y.
2.   Karimov   I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida.   T. 1997   y.
3.   Karimov   I.A.   IstiQlol va ma’naviyat.   T. 1994   y
4.   Karimov   I.A.   Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘Q. T. 1998   y.
5.   Vremya i preemstvennost v razvitii kulturi.   Saratov. 1991   g.
6.   Globalnie problemi i ob щ echelovecheskie sennosti.   M.1999   g.
7.   Ikonnikova S.   Dialogi o kulture.   L., 1989   g.
8.   Kultura Uzbekistana: Tradisii i sovremennost.   T. 1986   g.
9.   Xayrullaev M.   Madaniy meros va falsafiy fikr tarixi.   T. 1985   y.
10.    M.Abdullaev. Madaniyatshunoslik asoslari.
11. J.Tlanov.   £adriyatlar falsafasi. T

O`zbekistonda tarixiy me`moriy obidalarni saqlash va ta`mirlashda xalqaro hamkorlik va shaharsozlik masalalari. Reja: 1.Sobiq Ittfoq davrida qadimgi shaharlarnini holati 2.O‘rta asrlar shaharlari XX asr ikkinchi yarimidagi holati . 3. XX asr 90-yillarida O‘zbekiston hukumatining tarixiy-me’moriy obidalarni saqlash buyicha kurgan chora tadbirlari.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng tarixiy-me’moriy va shaharsozlik merosini asrab-avaylash hamda tiklash jamiyatda ma’naviy yangilanish davrini boshidan kechayotgan yosh suveren respublika uchun dolzarb ahamiyatga molik masalalardan biriga aylandi. 1990-yillar boshiga kelib, O‘zbekistonning qadimgi shaharlari oldida madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ta’mirlash kabi murakkab vazifalari qatoriga, tarixiy binolar joylashgan hududlarni kompleks ravishda tiklashdek murakkab muammo yuzaga keldi. Buning sababi quyidagilar bilan izohlanadi: Birinchidan, avvalgi bobda (2.1-paragrafda) ta’kidlanganidek, sobiq Ittifoq davrida, ya’ni 1987 yilga qadar tarixiy shaharlar bosh rejalarida ularning tarixiy qismi, shu jumladan, tarxiy-arxitektura qo‘riqxonalaridagi mavjud me’moriy ob’etklarni asl holida saqlashga qaratilgan loyihalarning etarli darajada ishlanmaganligi, yoki “oq dog‘” sifatida bosh rejalaridan chetda qolib ketilganligi qayd etilgan. Qolaversa, tarixiy hududlarni zamonaviy sharoitlar yaratish bilan birga qadimiy shahar muhitini saqlagan holda kompleks rekonstruksiya ishlari Ittifoq doirasida Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahridan tashqari, boshqa shaharlarda deyarli olib borilmagan. Bu holat O‘zbekiston, shu jumladan, qadimiy Samarqand va Buxoro uchun ham talluqlidir. Ularning tarixiy markazlarida tarixiy hududlar alohida qo‘riqxona hududlariga ajratilgan bo‘lsa-da, biroq qator hollarda me’moriy yodgorliklar (baland) inshootlar bilan noqulay ravishda qo‘shni bo‘lib qolib, o‘zining shaharsozlik ahamiyatini namoyon etaolmay qolgan edi. Albatta, garchi bunday ob’ektlar me’morchiligi (arxitekturasi) kontrast prinsipi bo‘yicha hal etilishi mumkin bo‘lsa-da, ushbu hollarda loyihalashtirish chog‘ida yodgorlik va yangi bino o‘rtasidagi maqbul masofani belgilash masalasi e’tibordan chetda qolgan edi. SHuningdek, xalq me’morchiligining noyob ob’ektlari ko‘p bo‘lgan ommaviy imoratlarni saqlab qolish, asrab-avaylash va yangilash vazifasi, aslida, nisbatan inobatga olingan edi. Mutaxassislarning fikricha, ko‘p yillar mobaynida (sovet davrida) ommaviy uy-joylarga nisbatan nigilizm va beparvolik hukmronlik qildi,

bu esa ko‘plab me’moriy boyliklarning yo‘qotilishiga olib keldi. Odatda, shaharlarning bosh planlarida tarixiy-me’moriy qo‘riqxona hududlar «oq dog‘» tarzida – loyihaviy ishlanmalarsiz qoldirib kelingan, bu bilan binolarni asrab- avaylash va yangilash yo‘liga g‘ov qo‘yilgan O‘MSIV MMOMQFIICHBB JA. Protokol zasedaniya kollegii Gosudarstvennogo stroitelnogo komiteta SSSR (Gosstroy) Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1966 yil 13 iyuldagi № 370 sonli qarori bilan Afrosiyob arxeologik qo‘riqxonasi tashkil etilgan edi. O‘zbekiston hukumatining 1982 yil 26-maydagi № 397 sonli qarori bilan Samarqand Davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi tashkil qilindi (uning tarkibiga Afrosiyob arxeologik qo‘riqxonasi ham kirdi). Samarqand shahar Ijroqo‘mining 1987 yil 10 noyabrdagi № 409/22 sonli qarori bilan muzey-qo‘riqxonasining Nizomi va chegaralari (muhofaza tegralari) tasdiqlangan edi. O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlari markaziy hududlarida har zamonda bir o‘tkazilgan tarixiy binolarni tiklashga oid tajriba ijodiy muvaffaqiyatsizliklardan, me’moriy merosni saqlashning eng oddiy qoidalari buzilganligidan dalolat beruvchi yorqin misollardir. Masalan, Samarqand shahrida Registon majmuasi atrofini tiklash misolida salbiy xususiyatga ega bir talay holatlarni ko‘rishimiz mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillariga kelib, Registon majmui ko‘pgina tarixiylik qimmatini yo‘qotgan, ko‘proq me’morlarning, ayniqsa 1960-1980 yillar davomidagi muvaffaqiyatsiz harakatlaridan “jabrlangan”. Ularning har qaysisi shu erning o‘zida navbatdagi qiyofasizlikni abadiylashtirishga harakat qilgan. SHunday qilib, Registondan ko‘rinib turadigan maydonda (masofada) tasodifiy, aslida esa qiyofasiz, yangi binolar birin-ketin qad ko‘targan. G‘arb tomonda – qozonxonasining mo‘risi ko‘rinib turgan namunali maktab, haykali, mozaikasi va amfiteatri bor o‘ziga xos «nazm bog‘i» (darvoqe, bularning bari nafaqat majmua uchun begona, balki maydonning urg‘u (aksent)larini ham chalkashtiradi), janubda – nihoyatda keng ochiq hudud, bir xil shakldagi mungli binolar orasidan o‘tuvchi transport magistrali, sharq va shimolda – arxitekturasiga ko‘ra yangi muzey,

kinoteatr, univermag yoki restoranning muayyan bir g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan binosi qurilgani seziladi. Ularning joylashuvida tizim, tartib, o‘zaro bog‘liqlik va bir-biriga mutanosiblik yo‘q: har biri go‘yoki asosiy narsaga – buyuk tarixiy Majmuaga befarqligini ta’kidlaydi, ko‘rinib turgan aniq nomutanosiblikni yaratadi, me’moriy, fazoviy muhitning ko‘lamdorligini buzadi Qadimiy shaharlarning tarixiy hududiga o‘ylamay kirishga intilish yanada ko‘proq xavotir uyg‘otadi. Masalan, Buxorodagi Minorai kalon (1127 yil) oldida suv uchun mo‘ljallangan tuxumsimon rezervuar joylashtiriladigan temir beton uch oyoq ko‘rinishidagi suv bosimi yaratuvchi minoraga ega bo‘lgan ko‘p qavatli sanoat binosi qurish taklif etilgan. Respublikamizning deyarli barcha shaharlaridagi tarixiy markazlarda bugun ham ana shunday tahdidlar yuzaga kelib turibdi.Bunday muvaffaqiyatsizliklar – kelajak uchun jiddiy ogohlantirishdir. Tarixiy hududni tiklash puxta o‘ylangan qarorlar chiqarishni talab etadi, bilimsizlik, ijodiy no‘noqlikka toqat qilmaydi. Zero, tarixiy shaharlar o‘zbek millatining beshigi, O‘zbekiston tarixining yodgorligi sifatida, ularni saqlash ishi alohida e’tiborga molik vazifalar qatoridan o‘rin olishi zarur. O‘rta asrlar tarixidan misol tariqasida yana bir me’moriy shaharsozlik hisob- kitobini eslab o‘tish joiz. Registon maydon sifatida XVII asrda barpo bo‘lgan Ulug‘bek madrasasi (XV asr) ikki asrdan keyin madaniy meroslar bilan sezilarli darajada burkangan – devorning pastki qismi tuproq ostida qolgan. Aynan shu darajada XVII asrda ikkita yirik bino – Tillakori va SHerdor madrasalari qurilgan va ular o‘rtasida maydon hosil qilgan. Rekonstruksiya chog‘ida Ulug‘bek madrasasi yaqinida XV asr darajasidagi pastlik qoldirilib, XVII asr maydoni tiklash kerak edi. Amalda esa bema’ni murakkab vaziyat yuzaga kelgan: XV asr darajasidagi soxta maydon tiklangan, ikkita yodgorlik esa XVII asr darajasida osilib qolgan.Ta’kidlash joyizki, tarixdan o‘rganishga arziydigan shaharni reja asosida barpo etish amaliyoti tajribasi ham mavjud bo‘lgan. Amir Temur davrida Samarqand shahri bosh reja asosida qurilgani haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, shahardagi Bo‘stonsaroy, Ko‘ksaroy, Qutbi CHoxardaxum, Ruxobod va Amir Temur maqbarasi, Muhammad Sulton madrasasi va xonaqohlari

bir qatorda rejali joylashgan. SHuningdek, bosh reja asosida maydonlar, xovuzlar, favvoralar, masjid va madrasalarqurilgani, shahristonni bir necha davrozalar (SHayxzoda, Temir darvoza (Ohanin) So‘zangaron, Korizgoh kabi davrozalar) mustahkam mudofaa devor bilan o‘ralgani, shahar markazida CHorsu bozori va uni Temir darvoza bilan bog‘lab turuvchi keng va ravon ko‘cha o‘tganligi va ushbu ko‘chaning ikki tarafida savdo rastalari qurilgani, xullas 1370 yillardan boshlab mo‘g‘ul istilosidan vayrona holatdagi shaharni meros qilib olgan Sohibqiron, umrining oxirgi kunlariga qadar olib borgan shaharsozlik sohasidagi amaliyotini g‘arb mutaxassislari e’tiroficha – Osiyoda “haqiqiy shaharlar rejalashtirish”ni (istinnaya planirovka gorodov) boshlab bergan. SHunday qilib, Samarqand o‘zida o‘rta asr shaharlari xususiyatlarini mujassamlashtirib, Osiyoning uchta go‘zal poytaxtlari qurilishini boshlab bergan. Bular qatoriga Samarqandning o‘zi, Safoviylar davridagi Eronda 1597 yildan SHox Abbos I tomonidan qurilishi boshlangan va XVII asrda davom ettirilgan Isfaxon hamda SHohjahon tomonidan (1639-48 yy.) qurilgan SHoxjahonobod shaharlaridir. Ularning qurilishida Amir Temur davridagi Samarqandda qo‘llanilgan shaharsozlik va arxitektura tipologiyasi qo‘llanilgan. SHaharsozlikdagi tarixiy ilg‘orlik (birinchilik) amaliyotini saqlab qolish va rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Ikkinchidan, istiqlolning dastlabki yillarida, ya’ni 1990-yillarda mamlakat shaharsozligida, shu jumladan, Zarafshon vohasida bir qator ob’ektiv va sub’ektiv jarayonlar bilan bog‘liq muammolar vujudga keldi. Avvalo bu davr izlanishlar va tajribalar davri bo‘lganligi, shuningdek, moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganligi va qonunchilik tizimining takomillashmaganligi haqida arxiv ma’lumotlari va boshqa ilmiy xarakterdagi materiallar dalolat beradi. Mutaxassislar, 1994 yilgi O‘zbekiston Respublikasining “Qurilish normalari va qoidalari”da asosan “turar joylarni rekonstruksiya qilish jarayonida tarixiy va madaniy yodgorliklarni himoyalash” tartiblari ko‘zda tutilganligini qayd etishgan. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan «Arxitektura va shaharsozlik to‘g‘risida»gi Qonunnda ham ushbu masala to‘la echimini topmagan.