Tarixiy me`moriy obidalarni saqlash, ta`mirlash uslublari va shakllari.
Mavzu: Tarixiy me`moriy obidalarni saqlash, ta`mirlash uslublari va shakllari. Reja: 1.Tarixiy me’moriy obidalarni muxofaza qilish. 2.Tarixiy me’moriy obidalarni ta’mirlashda qo‘llanilgan uslublar. 3. Tarixiy me’moriy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklash sohasida amalga oshirilgan ishlar.
Minorai Kalondan keyingi o‘rinda turuvchi «Gavkushon» minorasi eng go‘zal minoralardan biri bo‘lib, turli tabiiy, antropogen ta’sirlardan bizning kunimizgacha etib kelgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, minora o‘rta asrlar ustalarining yuksak san’atini ko‘rsatuvchi yorqin obidalardan biridir. Barcha jihatlari aniq va ravshan ishlangan minora odmi va shakli bo‘yicha muvofiqlashgan, proporsiyalari va a’zolari nihoyatda puxta o‘lcham asosida bajarilgan, bezaklarining detallari ko‘lami (masshtabi) jihatidan mutanosibdir. SHu bilan birga, fundament binoni ko‘tarib turish qudratiga ega. Minora ustunining umumiy holati tekshirish paytida qoniqarli bo‘lgan, ko‘z sezadigan yoriqlar kuzatilmagan. Ammo, mutaxassislar orasida fundament ostida asos bo‘lib xizmat qiluvchi tuproq xavotir uyg‘otgan, sababi og‘irligi tuproq cho‘kishiga olib kelishi mukin. Buxoroning yaroqsiz holatida bo‘lgan masjidlari orasida «Mag‘oki Attoriy» va «Xo‘ja Kalon»ni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ta’kidlash joizki «Mag‘oki Attoriy» nomi bilan mashhur masjid Buxoro shahrining yuksak me’moriy yodgorligiklaridan biri hisoblanadi, bino peshtoqining me’moriy, konstruktiv va hajm-makon chizmasi bo‘yicha o‘xshashi yo‘q. YOdgorlik mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda, vaqt o‘tishi tufayli tuproq sathidan 5–5,5 metr pastda ekanligi aniqlandi. Tuproqning doimiy bosimi va nam ta’sirida uning devorlari ichkariga qarab 15x40 sm ga qiyshaygan, sharqiy tomonidagi birinchi gumbazi qulab tushgan. Binoning ikkinchi qavatining gumbaz tomi (sharqiy peshtoqning kirish xonasi ustida) yaroqsiz holatida bo‘lgan. Umuman olganda, hozirgi vaqtda masjidning texnik holatini yaroqsiz holatida deb baholash mumkin. Xo‘ja Kalon masjidi yodgorligini ko‘zdan kechirilganda, garchi bino, 1996–97 yillarda mobaynida shahar yubileyi (2500 yilligi) munosabati bilan qisman restavratsiya qilingan bo‘lsada, mutaxassislar tomonidan yodgorlikning umumiy holati qoniqarsiz deb baholangan. Masjid konstruksiyasining 60 % o‘z qiyofasini yo‘qotgan, faqatgina janubiy galereyaning bir qismi va asosiy darvoza peshtoqi saqlanib qolgan.
Buxoro shahri ayrim madrasalarining umumiy holati ham tuproq eroziyasi bilan bog‘liq. SHu bois Ulug‘bek madrasasida fundamentlari, tashqi va ichki poydevorlari (otmostka sokollari) 1990-yillar boshiga kelib qoniqarsiz ahvolga tushib qolgan. Bino tagidagi tuproqning notekis cho‘kishi natijasida binoning old qismi (fasadi), hovlidagi ayvon, devorlar shakli buzilgan. Devorlarning yaroqsiz holatini ularda mavjud bo‘lgan ko‘rinib turadigan yoriqlar misolida kuzatish mumkin. Madarixon va Abdullaxon madrasalarini o‘z ichiga olgan Qo‘shmadrasa bu xolat yaqqol namoyon bo‘lgan. Binoning tom qismi yaroqsiz bo‘lgani bois namiqishi natijasida Buxoro shahridagi G‘oziyon madrasasi ham nuray boshlagan. Dandana darajasidagi devor yuqori qismining buzilishi yog‘in-sochinlar va yodgorlikning tashlandiq holatga tushirilishi oqibatida kelib chiqqan. Devor ostki g‘ishtlarining emirilishi atmosfera yog‘inlari (nam) va er osti sizot suvlarining ko‘tarilishi natijasida yuz bergan. Bino konstruksiyalarining hozirgi texnik holatiga kelib qolishiga uzoq vaqt mobaynida binoga qarov bo‘lmaganligi va ta’mirlash-restavratsiya ishlari olib borilmaganligi tomning gidroizolyasiya talablariga javob bermasligi sabab bo‘lgan. Mextar Ambar (eski nomi Attor) madrasasi yaroqsiz holatiga kelishining sababi esa sovet davrida bu bino uzoq yillar mobaynida turar joy sifatida ishlatib kelinganligi hisoblanadi. YUqorida keltirilgan misollar yodgorliklar konstruksiyasi turli ob’ektiv sabablarga ko‘ra buzilganligi va ular asl qiyofasini tiklashda mutaxassislar tomonidan kompleks fanlar natijalariga tayanib, o‘ziga xos har bir tarkibiy qism uchun alohida yondashuvni talab etadi.. Barcha yodgorliklarni birlashtiruvchi umumiy jihat – konstruksiyalar ko‘tarish qobiliyatining tiklanganligi va yodgorliklarning saqlanib qolganligi hamda buni hisobga olish, yuqori seysmik zonada joylashgan O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ‘gadir. Monumental me’moriy yodgorliklarning texnik holatiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy sabablarni o‘rganish negizida «Ta’mirshunoslik», Ochiq turdagi aksionerlik jamiyati tomonidan 1990-yillar oxirida qurilish konstruksiyalarini tekshirish choralari hamda yodgorliklarning asoslari va qurilish konstruksiyalarini
mustahkamlash, tiklash va kuchaytirish bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish choralari majmui ishlab chiqilgan (asos tagidagi tuproq cho‘kishi va inson faoliyati natijasida). Uning asosiy maqsadi va vazifalari yodgorliklarning asl me’moriy va tarixiy qiyofasini zamonaviy materiallar, tadqiqot usullar va hozirgi zamon fanining yutuqlaridan maksimal darajada foydalangan holda saqlab qolib, ularning ishonchliligi va mustahkamligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.SHuni ham alohida qayd etish zarurki, yodgorliklarning muxandislik taxlili bo‘yicha kompleks ilmiy- texnik reja ishlab chiqish, ilmiy tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yish borasida birinchilardan bo‘lib, Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari tashabbusi bilan chiqishgan edi. 1996-yilda SHaxrisabzdagi Oqsaroy arkida zamonaviy sezgir o‘lchovchi-kuzatuvchi asboblar yordami-da olib borilgan kuzatishlar va natijalar tahlili asosida yodgorliklarni zilzilabardoshligini hisoblash konsepsiyasi yaratildi va o‘ta yaroqsiz xolatdagi peshtoqni tiklashning konstruktiv echim ishlab chiqildi. Bu arxitektura yodgorliklarining texnik xolatini o‘rganish, statistik, dinamik kuchlarni hisoblab, ularning yuk ko‘tarish qobliyatlarini aniqlash va nihoyat konstruktiv echim topib mustahkamlash ishlarini o‘z ichiga oldi.YUqorida Oqsaroy arki bilan bog‘liq keltirilgan misol – me’moriy yodgorliklarning jismoniy holati bilan bog‘liq boshqa nosozliklar (binoning ayrim qismlari buzilishi, ichki va tashqi bezaklarning to‘kilib ketishi va hokazolar) ham O‘zbekistonda saqlanib qolgan obidalargabarchasiga taalukli ekanligi ko‘rsatdi. SHuning uchun mustaqillik yillariga kelib, soha mutaxassislari yodgorliklar jismoniy xolatini yangilashga qaratilgan kichik texnik masalalardan boshlab, yuqori saviyadagi muxandislik tadbirlari, yuksak me’moriy bilim natijalari va shaxarsozlikning kompleks jumboqlarini hal etish muammolarini echimini topishi zarur edi. Ayniqsa ta’mirchilikda tanlangan uchun muhim rol o‘nashini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi. Respublikamiz mutaxassislarining fikricha, zamonaviy jahon ta’mirchilik ilmida ma’lum umumiy fikrlar shakllandi. Unga asosan me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash usulini belgilashda avval kompleks tadqiqot olib borish zarurligi e’tibor
qaratish lozim. Buning bir necha shartlari mavjud bo‘lib, uning birinchisi yodgorlikning tegishli taraqqiy qismini tiklash zaruriyatini isbotlash (ya’ni olib borilgan loyihaoldi tadqiqotlar natijasida o‘sha qismlar tiklanmasa, me’moriy yodgorlikning buzilib ketish xavfi keskinligi tasdiqlanishi hamda tiklanadigan qism yodgorlikni jismoniy holatini yaxshilab, badiiy ifodasini to‘ldirishi kerak); Ikkinchi shart bu tiklanadigan qismning hujjat, dalil va isbotlar asosida xaqiqiyligi yoki xaqiqatga yaqinligi e’tirof etilishi zarur; Uchinchi shart – moddiy imkoniyatning mavjudligini, ya’ni shunga yarasha moliyaviy, imkoniyatlarni izlab topilishi lozim; Nihoyat, oxirgi shart – tiklanadigan imorat yoki uning tarkibiy qismi tiklanishining ijtimoiy zaruriyatini asoslab berilishi kerak. SHundan so‘nggina ta’mirlash usuli tanlanadi va amalga oshirilgan. Hozirgi kunda zamonaviy jahon ta’mirchilik ilmi va amaliyotida muhandislik konservatsiyasi, anastiloz, analitik ta’mir, rekonstruksiya, qayta tiklash, maket va mulyajlar yaratish kabi ta’mir turlari qo‘llanilmoqda. Muxandislik konservatsiyasi – yodgorlikning statik mustahkamligini oshirishga qaratilgan texnik-muhandisona tadbirlarning qo‘llanilishi hisoblanadi. Bu usul odatda, ancha xarobacha aylangan imoratlarga nisbatan qo‘laniladi. Bunda turli tirgovichlar, kontrforslar ishlatilinishi mumkin yodgorlikning zamini, poydevori, qurilmalari mustahkamlanadi. SHuningdek, yog‘ochdan qilingan qismlari yoki qor-yomg‘irda yuvilib ketishi mumkin bo‘lgan paxsa, xomg‘isht, yaxshi muhofazalanmagan pishiq g‘ishtli yoki boshqa shu singari qismlariga turli kimyoviy moddalar vositasida ishlov berilishi mumkin. Anastiloz – yodgorlikni yoki uning biron-bir tarkibiy qismini (masalan, devorini, ustunini, toshdan ishlangan gumbazlarini) buzilib ketgan, ammo ma’lum darajada saqlanib qolgan o‘z bo‘laklari orqali tiklashni anglatadi. Bu usul qadimgi Gretsiya va Rim davlatlarining misolida yaxshi namoyon bo‘ladi. Masalan, Afina Akropolidagi Parfenon exromi tosh bloklardan bunyod etilganligi, vaqti kelib vayrona xoliga kelganida atrofda sochilib yotgan ko‘plab bloklardan qayta tiklangan. O‘zbekiston sharoitida tosh yoki yog‘ochdan bunyod etilgan inshootlar ham shu usulda tiklanishi mumkin.