logo

Tarixiy-me’moriy obidalarni saqlash va ta’mirlashda xalqaro hamkorlikning o‘rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.443359375 KB
Tarixiy-me’moriy obidalarni saqlash va ta’mirlashda xalqaro hamkorlikning o‘rni
Reja
1.O‘zbekiston Respublikasi va Jaxon hamjamiyati o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik.
2.Tarixiy-me’moriy obidalarni saqlash.
3.O‘zbekiston   hukumatining     tarixiy-me’moriy     obidalarni     saqlash   buyicha
kurgan chora tadbirlari. Milliy   tiklanish   va   o‘z-o‘zilikni   anglash   jarayonida   tarixiy   xotira,
xalqimizning xolis va xaqqoniy tarixini tiklash, tarixiy xotira muhim o‘rin tutadi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli
tadbirlar   avvalo   o‘tish   davrining   eng   murakkab   yillariga   to‘g‘ri   kelishiga
qaramasdan,   ijtimoiy-madaniy   sohadagi   o‘zgarishlar   mamlakat   rahbariyati
e’tiboridan chetda qolmadi. Balki, bu sohalardagi  muammolar echimini  topish va
rivojlantirish   bilan   birga,   ayniqsa   madaniy   merosga   bo‘lgan   munosabatni   tubdan
o‘zgartirish   mamlakat   ravnaqi   va   xalqaro   nufuzini   ortirish   maqsadida   ushbu
sohaning   salohiyati   va   imkoniyatidan   keng   foydalanishga   har   tomonlama   e’tibor
qaratildi.   O‘z   navbatida,   O‘zbekiston   Respubyulikasi   mustaqillikka   erishganidan
so‘ng  xalqimizning  bir  necha   ming  yillik  tarixi   va  madaniyatidan  dunyoning  ahli
baxramand   bo‘lishiga   imkoniyat   yaratildi.   Muhtaram   Prezidentimiz   Islom
Karimovning   oqilona   yurgizgan   siyosati   tufayli   mamlakatimiz   jahon
hamjamiyatining   teng   huquqli   a’zosi   sifatida   nafaqat   siyosiy   mavqeini
mustahkamladi,   balki   jahonda   kechayotgan   madaniy   jarayonlarga   ham   faol   kirib
borishi   uchun   barcha   sharoitlar   yaratila   boshlandi.   Xukumatimiz   rahbariyati
madaniy   yodgorliklarni   saqlash   va   muhofaza   etishda   halqaro   hamkorlikni   yo‘lga
qo‘yish va uni rivojlantirish ishlariga alohida e’tibor qaratdi. Bu esa, o‘z navbatida,
mamlakatimizda   jahon   hamjamiyatida   ustuvor   hisoblangan   iqtisodiy   integratsiya
jarayoni   bilan   barobar   madaniy   soha   ravnaq   topishi   ham   kirib   hamda   jahoning
boshqa   xalqlari   bilan   madaniy  muloqotni   kuchayishiga   mustahkam   poydevorning
yaralishiga sabab bo‘ldi.
To‘plangan empirik materiallar va aniqlangan faktlar – Respublikamiz mustaqilligi
yillarida   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarida   bo‘lgani   kabi,   madaniy   merosni
asrash va uni kelajak avlodga etkazish borasida xalqaro hamkorlik ishlari bir necha
yo‘nalishlarda amalga oshirilganligi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berdi.
Birinchi yo‘nalish – bu mamlakatimizning qator xalqaro nufuzli tashkilotlarga a’zo
bilishi va ular bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi bilan ifodalanadi. O‘zbekistonning   xalqaro   ma’naviy   hamjamiyatga   integratsiyalashuvi   jarayonida
1992   yilda   BMTga,   so‘ngra   1993   yilda   fan,   madaniyat   va   maorifning   milliy
tizimlarini   o‘zida   birlashtiruvchi,   ayni   paytda,   xalqlarni   butun   insoniyatning   boy
ma’naviy merosi  bilan tanishtirish orqali ularni dunyo intellektual taraqqiyotining
tajribasi bilan boyitadigan universal xalqaro tashkilot – YUNESKOga a’zo bo‘lishi
muhim ahamiyat qayt etdi.
Mamlakatimizning   ushbu   tashkilotlar   a’zoligiga   qabul   qilinishi   va   o‘zaro
hamkorlik   jarayoni   Respublikaning   jahon   madaniy   hamjamiyatiga
integratsiyalashuvining huquqiy asosi hisoblangan bir qator xalqaro konvensiya va
deklaratsiyalariga   qo‘shilishi   bilan   hamohang   bordi.   Jumladan,   bilimlar   tarqatish,
iste’dodlarni   kamol   toptirish   va   turli   madaniyatlarni   boyitishga   yordam   berish;
xalqlar   o‘rtasidagi   tinch-totuv   munosabatlar   va   do‘stlikni   rivojlantirish   hamda
ulardan   har   birining   turmush   tarzini   yaxshi   tushunishga   ko‘maklashishni   maqsad
qilib   olgan   xalqaro   madaniy   hamkorlik   prinsiplari   “Deklaratsiyasi”ga   qo‘shilishi
fikrimizning   yorqin   dalilidir.   SHuningdek,   Respublikamiz   tarixiy   va   madaniy
merosni   muhofaza   qilish   sohasidagi   bir   qator   xalqaro   ahamiyatga   ega   bo‘lgan
konvensiyalarga qo‘shildi, xususan:
1. 1993  yilda –  1972 yilda  qabul  qilingan  “Madaniy  va  tabiiy merosni   muhofaza
qilish umumjahon konvensiyasi”ga;
2.   1996   yilda   –   1954   yilda   qabul   qilingan   “G‘arbiy   mojarolar   vaqtida   madaniy
boyliklarni muhofaza qilish haqida”gi Gaaga konvensiyasiga;
Z.   1997   yilda   –   1970   yilda   qabul   qilingan   “Madaniy   boyliklarni   noqonuniy
ravishda   olib   kelish,   olib   ketish   va   unga   egalik   huquqini   birovga   topshirishni»
ta’qiqlash va ogohlantirish chora-tadbirlari haqida”gi konvensiyasi kushilganligini
keltirishimiz mumkin.
Jumladan,   1972   yil   16   noyabrda   YUNESKOning   17   Assambleyasining   bosh
konferensiyasida qabul qilingan konvensiyaning 5 moddasining d punktida har bir
davlat   madaniy   merosni   aniqlash,   muhofaza   qilish,   saqlash,   qayta   tiklash   va
ommalashtirish kabi choralarini ko‘rishi zarurligi aniq qilib belgilangan. Bu xalqaro konvensiyalar madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha shakllangan,
har   tomonlama   keng   qonunlar   majmui   maqomiga   ega   bo‘lib,   O‘zbekistonning
ularga   qo‘shilishi   mamlakatdagi   madaniy   boyliklarning   jahon   hamjamiyati
tomonidan   huquqiy   himoya   qilinishiga   sharoit   yaratdi.   Jumladan,   1991   yilda
Xivadagi "Ichan-qal’a", 1993 yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi, 2000 yilda
SHahrisabzning   Amir   Temur   va   temuriylar   davri   me’morchilik   obidalari,   2001
yilda   Samarqand   shahrining   tarixiy   yodgorliklari   YUNESKO   xalqaro
tashkilotining   maxsus   qarorlari   bilan   “Butunjahon   madaniy   merosi   ro‘yxati”ga
kiritildi, hamda hisoyasiga olindi.
Aslini   olganda,   O‘zbekistonning   YUNESKO   bilan   hamkorlik   aloqalari   sobiq
Ittifoq davrida,  sobiq “Markaz”  orqali  yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu aloqalar  1980
yillar   oxiriga   kelib,   ya’ni   mustaqillik   arafasida   amaliy   ko‘rinish   xosil   qildi.
Xususan,   1987   yilda   10   mamlakat,   shu   jumladan   Sobiq   Ittifoq   tashabbusi   bilan,
BMTning madaniy rivojlanish jahon miqyosidagi  dekadasi  doirasida, YUNESKO
Bosh   Assambleyasining   XXIV   sessiyasida,   «Ipak   yo‘li   –   muloqot   yo‘li»
(SHelkov ы y   put   –   put   dialoga)   mavzusida   gumanitar   loyihani   amalga   oshirish
bo‘yicha   rezolyusiya   qabul   qildi.   Unga   asosan   Markaziy   Osiyo   xalqlari
sivilizatsiyasi   tarixini   har   tomonlama   o‘rganish,   SHarq   va   G‘arb   o‘rtasidagi
madaniy   aloqalarni   yaqindan   o‘rnatish   maqsad   qilib   olingan   edi.   SHuningdek,
ushbu   loyiha   doirasida   “Buyuk   Ipak   Yo‘li”ning   tarmoqlari,   savdo,
xunarmandchilik,   folklor-etnografik   xususiyatlarini   aniqlash   va   o‘rganish,
shuningdek,   turizmni   rivojlantirish,   muzeylarni   tashkil   qilish   kabi   sohalarda
hamkorlikni   chuqurlashtirish   ham   nazarda   tutilgan.   Xullas   ushbu   loyiha   ishlari
1980-yillar   oxirlarida   boshlanib,   1990-yillar   boshlarida   ham   davom   ettirildi.
Loyiha   doirasida   bir   qancha   ilmiy   anjuman   va   seminarlar,   “Buyuk   Ipak   Yo‘li”
bo‘ylab   qo‘shma   xalqaro   ekspeditsiyalar   o‘tkazildi,   kinofilmlar,   kitoblar   yaratildi
hamda ayrim me’moriy va arxeologik yodgorliklar ta’mirlandi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga meros bo‘lib kelayotgan
tarixiy va madaniy qadriyatlarni va o‘ziga xos an’analarni saqlab qolish jarayoniga
jahon   hamjamiyatini   diqqatini   jalb   etildi.   Xususan,   tarixiy   yodgorliklarni   tiklash, o‘zbek   xalqiga   o‘zining   haqqoniy   tarixini   qaytarib   berish   jarayoniga   YUNESKO
tashkiloti   bilan   yaqindan   aloqalar   o‘rnatildi.   Respublikada   mavjud   madaniy   va
arxitektura   ahamiyatiga   ega   bo‘lgan   yodgorliklarni   saqlash   va   kelgusi   avlodga
etkazishda   xalqaro   tashkilotlar   xususan,   YUNESKO   rahnamoligida   o‘tkazilgan
yubileylar alohida ahamiyat kasb etdi.
1997 yilda esa O‘zbekiston Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik yubileylari
munosib   nishonlandi.   Bu   shaharlarda   ham   ulkan   hajmdagi   restavratsiya   va
obodonlashtirish   ishlari   amalga   oshirildi.   Jumladan,   yubileyga   tayyorgarlik
borasida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov   tashabbusi   va
bevosita rahbarligi ostida Buxoroda Poyi Kalon me’moriy kompleksi, Ark qal’asi,
Mir   Arab   madrasasi,   Somoniylar   yodgorligi,   Baloi   Xovuz   masjidi   kabi   qator
yodgorliklar ta’mirlandi, ularning hududlari obodonlashtirildi.
Ayniqsa   o‘zining   noyob   arxitektura   yodgorliklari   tufayli   butun   olamga   mashxur
muzey-shahri   hisoblangan   (uch   yuzga   yakin   me’moriy   va   ikki   mingdan   ortiq
arxeologik   yodgorliklar   jamlangan)   Samarqandda   istiqlol   yillarida   shaharning
tarixiy   shuhratini   tiklash   yo‘lida   salmoqli   ishlar   amalga   oshirildi.   YUqorida
ta’kidlanganidek,   shaharning   me’moriy-tarixiy   yodgorliklari,   jumladan,   Registon
ansambli, Ulug‘bek rasadxonasi, Ruxobod maqbarasi, Xoja Axror va Xazrati Xizr
masjidlari   kabi   hozirgacha   saqlanib   qolgan   yuzlab   yirik   tarixiy   me’moriy
yodgorliklarni   o‘zida   mujassamlashtirgan   Samarqand   shahrining   tarixiy   markazi
2001   yil   dekabr   oyida   «Samarqand   –   madaniyat   chorrahasi»   nominatsiyasida
YUNESKOning Umumjahon merosi ruyxatiga kiritildi. Ushbu to‘g‘risida 2004 yil
25 avgustda Samarqand shahrining ma’muriyatiga YUNESKO tomonidan maxsus
Sertifikat topshirildi O‘MSIV MMOMQFIICHBB JA Hisobotlar papkasi. Buxoro
viloyatida qurilish-ta’mirlash ishlari haqida kompleks hisoboti. 2007 yil.
O‘zbekistonning ushbu xalqaro nufuzli tashkilot bilan aloqalariga alohida to‘xtalib,
O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov   shunday   degan   edi:
“...o‘zbek   xalqining   umumbashariy   taraqqiyotiga   ulkan   hissa   qo‘shgan   buyuk
bobokalonlari,   shuningdek,   jahon   tarixi   va   madaniyatining   durdonalari   sanalgan
shaharlarning   to‘ylarini   YUNESKO   bilan   birgalikda   o‘tkazish   borasida   so‘nggi yillarda talay tajriba to‘pladik. Biz bu hamkorlikni kelgusida ham rivojlantirishdan
manfaatdormiz.  Bu   ezgu  ishlarga  o‘z  xalqimizga  uning  tarixiy  xotirasini   qaytarib
berish imkoniyatlari bilan bir qatorda insonparvarlik g‘oyalarini rivojlantirishning
muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraymiz”.
Haqiqatdan   ham   XXI   asrning   dastlabki   o‘n   yilligini   oladigan   bo‘lsak,
O‘zbekistonda   xalqaro   miqyosda   nishonlangan   tantanalar   soni   va   salmog‘ining
yanada ortganini kuzatish mumkin. Masalan, Termiz shahrining 2500 yilligi (2002
y.),   SHahrisabz   shahrining   2700   yilligi   (2002   y.),   Qarshi   shahrining   2700   yilligi
(2005   y.),   Samarqand   shahrining   2750,   Marg‘ilon   shahrining   2000   yilligi   (2007
y.),   Toshkent   shahrining   2200   yilligi   (2009   y.)   nishonlanishi   shuningdek,
Abduxoliq   G‘ijduvoniy   tavalludining   900   yilligi   (2003   y.),   Xorazmdagi   Ma’mun
akademiyasining   1000   yilligi   (2005   y.)   yubleylari   o‘tkazilishi   respublikaning
qadimiy   shaharlari   va   muqaddas   ziyoratgohlarning   qiyofasiini   tubdan   o‘zgartirib
yubordi.   Tarixiy   obidalarni   qayta   tiklash   va   ta’mirlash   sohasidagi   ishlarning
qo‘lami kuchaydi. Maxsus qabul qilingan dastular asosida qo‘shimcha mablag‘lar
topilib, ta’mir ishlari maqsadli amalga oshirilish keng yo‘lga qo‘yildi.
2010 yildan boshlab O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy
meros   ob’ektlarini   qo‘riqlash   va   ulardan   foydalanish   bo‘yicha   bosh   ilmiy-ishlab
chiqarish boshqarmasi  rahbarining taqdimotiga ko‘ra O‘zbekiston  hukumati  36 ta
ob’ektni   YUNESKOning   Jahon   merosi   ro‘yxatiga   kiritish   borasida   ish   olib
bormoqda.   Ular   orasida   Oq   Ostona   Bobo,   Arab   ota,   Dilkusho,   Mir   Said   Bahrom
maqbaralari, Bahouddin Naqshband, CHor Bakr, SHayx Muxtor Valiy, Hakim at-
Termiziy,   Raboti   Malik   majmualari,   Jarqo‘rg‘on   va   Vobkent   minoralari,   Qirqqiz
saroyi, Xon Bandi to‘g‘oni va boshqalar alohida o‘rin tutadi.
‘z navbatida, respublika rahbariyati tomonidan tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni
asrab-avaylash,   mamlakatimizda   jamiyatni   ma’naviy   va   axloqiy   jihatdan
yuksaltirish, sog‘lom va komil avlodni tarbiyalab voyaga etkazish borasida amalga
oshirilayotgan   ishlar   o‘zining   munosib   bahosini   topdi.   Xususan   1998   yilda
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov   YUNESKOning   yuksak
mukofoti — xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali bilan taqdirlandi. 1990-yillar   boshlaridan   nufuzli   xalqaro   tashkilotlar   bilan   nafaqat   yubileylar
doirasida,   balki   qator   ilmiy-amaliy   ahamiyatga   hamda   iqtisodiy   samaraga   ega
bo‘lgan  hamkorlik  munosabatlari   yo‘lga  qo‘yila  boshlandi   va  bu borakda  tegishli
tajriba to‘plandi. Xususan, 1993 yil 3 dekabrda tarixiy voqea sodir bo‘ldi. B.Leyn,
E.D.Eriko,   R.Lyukok,   I.Vassalo,   M.Erdik   tarkibidagi   BMTning   rivojlantirish
dasturi,   YUNESKO   va   Jahon   savdo   tashkiloti   vakillari   mustaqil   O‘zbekistonga
birinchi bor tashrif buyurib, mamlakatda madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish,
ta’mirlash,   ulardan   foydalanish   hamda   kelajakda   turizmni   rivojlantirish   borasida
olib   borilayotgan   ishlar   bilan   yaqindan   tanishdi.   SHu   bilan   birga,   kelajakda
yuqorida   keltirilgan   sohalar   miqyosida   hamkorlik   qilish   bo‘yicha   o‘z   takliflarini
berishdi.
Bundan   tashqari,   1995   yilda   “Buyuk   ipak   yo‘li”   marshruti   bo‘yicha   joylashgan
respublikaning   to‘rtta   qadimiy   shaharlari   –   Samarqand,   Buxoro,   Xiva   va   Qo‘qon
shaharlarini   kompleks   konservatsiya   qilish   va   turizmni   rivojlantirish   maqsadida
BMT   tomonidan   moliyalashtirilgan   loyiha   doirasida   YUNESKO   tashkiloti
mutaxasislari   texnik   tadqiqotlar   o‘tkazdi.   Unga   asosan   tarixiy   yodgorliklarni
tiklash, mustaxkamlash va maqsadli foydalanish borasidagi ishlarda ko‘mag berdi
va   qo‘llab-quvvatlandi.   Xususan,   Samarqandagi   Tilla-Qori,   Buxorodagi   CHor-
Minor   yodgorliklarini   konservatsiyasi   uchun   YUNESKO   tomonidan   90   ming
AQSH doll. miqdorida mablag‘ ajratildi.
1995   yildagi   tashrif   davomida   YUNESKOning   bosh   texnik   maslahatchisi   Maykl
Barri   Leyn   rahbarligida   tuzilgan   maxsus   komissiya   ishi   samarali   natija   berdi.
Xususan,   ushbu   komissiya   Samarqanddagi   Tilla   Qori   madrasasining   holatini   har
tomonlama   o‘rganib,   bino   va   uning   poydevorining   texnik   holati   haqida   katta
hajmda yangi ma’lumotlar to‘plandi, mavjudlariga esa aniqlik kiritildi va kelajakda
ta’mirlash bilan bog‘liq tavsiyalar ishlab chiqildi. Ko‘p vaqt o‘tmay berilgan taklif
va tavsiyalar asosida ushbu madrasa to‘la ta’mirdan chiqarildi. Xalqaro   hamkorlikning   navbatdagi   yo‘nalishi   xorijiy   davlatlar   yoki   tashkilotlar
tomonidan ajratilgan mablag‘lar evaziga respublikadagi madaniy meros ob’etlarini
o‘rganish,   ularni   ta’mirlash   kabi   masalar   bilan   bog‘liq   yirik   loyihalar   amalga
oshirilishi hisoblanadi.
1996   yilda   Samarqand   va   Buxoro   shaharlarida   joylashgan   Tilla   kori   madrasasi,
«SHodimulk   og‘a»   yodgorligi,   «Ishratxona»   va   Abdulazizxana   madrasalari   kabi
me’moriy   yodgorliklarni   ta’mirlash   loyihasi   uchun   GFR   Tashqi   ishlar   vazirligi
tomonidan   1   million   evro   mablag‘i   ajratildi.   Ushbu   jarayonga   Germaniyaning
Potsdam   shahridagi   Maxsus   oliy   o‘quv   yurti   mutaxassislari   va   o‘zbekistonlik
restavratorlar jalb etildi hamda unga rahbar etib professor Martina Abri tayinlandi.
1996–2008 yillar davomida ushbu yirik loyiha davomida amalga oshirilgan ilmiy-
tadqiqot   va   ta’mirlash   ishlari   yakunida   2009   yil   dekabr   oyida   Germaniyaning
Potsdam   shahrida   loyihaning   yakuniga   bag‘ishlangan   ko‘rgazma   tashkil   etildi.
Unda GFR davlat va jamoat arboblari, o‘zbekistonlik mutasaddi tashkilot vakillari
hamda   mutaxassislari   ishtirok   etishdi.   Muhimi   shundaki,   ushbu   loyiha
muvaffaqiyatli   yakunlanganligi   va   ikki   taraf   uchun   samarali   bo‘lganligi   alohida
e’tirof   etildi.   O‘z   navbatida,   Germaniyaning   Potsdam   shahridagi   Maxsus   oliy
o‘quv yurti rektori I.Vielxaber O‘zbekiston rahbariyatining xalqimizning o‘tmishi
va   madaniy   merosiga   bo‘lgan   g‘amho‘rligini   alohida   ta’kidladi.   SHuningdek,
nemis   olimi   ushbu   loyihaning   amalga   oshirilishi   ikki   buyuk   xalq   o‘rtasidagi
madaniy aloqalarning rivojiga ijobiy ta’sir etganligini qayd etdi.
Professor   Martin   Abrining   ta’kidlashicha,   fotosuratlari   ko‘rgazmada   namoyish
qilingan   tarixiy   yodgorliklar   YUNESKOning   madaniy   meroslar   ro‘yxatiga
kiritilgan.   Me’morchilik,   tarix   va   ta’mirlash   (restavratsiya)   usullari   haqida   har
tomonlama va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan loyiha ishtirokchilari  ish jarayonida
alohida g‘ayrat ko‘rsatdilar.
O‘zbek  mutaxassislari  bilan hamkorlikda  amalga oshiriladigan loyihalarni  taqdim
etishimdan   bugun   shodman,   –   dedi   professor   Martina   Abri   “Jahon”   axborot
agentligi   muxbiri   bilan   suhbat   jarayonida.   –   Barcha   sa’y-harakatlarimiz
O‘zbekistonning   betakror   tarixiy   yodgorliklari   –   “SHohi   zinda”   majmuida joylashgan   “SHodimulk   og‘a”,   Samarqanddagi   “Ishratxona”   singari   jahon
madaniyatining   qismi   bo‘lgan   yodgorliklarni   ta’mirlash   va   saqlab   qolishga
qaratilgan.   Loyihaning   ta’mirlash   ishlari   bugun   ham   davom   etayotgan   yana   bir
ob’ekti “Tillakori” madrasasidir. Bu erda nemis va o‘zbek mutaxassislari yodgorlik
poydevorini   mustahkamlash   ustida   ish   olib   bormoqdalar.   SHuningdek,   biz   ayni
kunda Buxorodagi “Abdulazizxon” madrasasiga kirish joyini ta’mirlashni nazarda
tutuvchi loyiha ustida ham ish olib boryapmiz.
Ushbu   loyihaning   yana   bir   ishtirokchisi,   professor   SHtefan   Lau   quyidagilarni
aytdi:   “Men   O‘zbekistonda   ikki   bor   bo‘ldim.   Birinchi   marta   –   2007   yilda   yozgi
o‘quv kurslarida ishtirok etdim. Ushbu kurslar  doirasida biz ishlab chiqqan yangi
loyiha ustida ishlar 2008 yilda boshlandi. Mazkur loyihaga muvofiq, O‘zbekiston
va   Germaniya   davlatlaridan   kelgan   mutaxassislar   Buxoroda   ushbu   yodgorlikni
konservatsiyalash   va   saqlab   qolishga   qaratilgan   ishga   kirishdilar.   Ko‘rgazmaning
ochilish   marosimida   so‘zga   chiqqanlar   O‘zbekiston   tarixiy   yodgorliklarining
noyobligini ta’kidladilar. GFR TIV shafeligida tashkil qilingan ko‘rgazma.
O‘zbekiston   nafaqat   o‘rta   asrlarda   bunyod   etilgan   tarixiy   obidalarga   boy,   balki
respublikadagi   bir   qator   yirik   shaharlar   mustamlakachor   xukumronligi     davrida
qurilgan   arxitektura   yodgorliklarga   ham   boydir.   Jumladan,   XIX   asr   oxirlariga
kelib,   Toshkent,   Samarqand,   Andijon   kabi   shaharlarining   ayrim   hududlarida
evropa uslubidagi imoratlar qurila boshlandi. Natijada bu shaharlar chor Rossiyasi
davridan e’tiboran ikki qismga “yangi” va “eski” shahar qismlariga ajrala boshladi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qurilgan ushbu imoratlar rossiyalik me’morlar
tomonidan   loyihalashtirilgan   bo‘lsa-da,   hozirgi   kunga   qadar   o‘z   jozibasini
yo‘qotmagan   va   ushbu   shaharlar   arxiteturasi   bilan   uyg‘unlashib   ketgan.   Afsuski
ularning   ko‘plari   hozirgi   kunga   qadar   saqlanib   qolmagan   va   mazkur   masala   kam
o‘rganilgan.YUqoridagi   holatni   inobatga   olib,   mahalliy   va   xorijiy   mutaxassislar
XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   bunyod   etilgan   arxitektura   yodgorliklarini
alohida tadqiq etishni maqsad qilib olishdi. Xususan, 2004 yil kuzida Toshkentda
Samarqand   davlat   arxitetura   va   qurilish   instituti   (SamDAQI),   Tokiyo   universiteti
va   K.Bexzod   nomidagi   badiiy   san’at   va   dizayn   milliy   instituti   o‘rtasida   uch tomonlama   shartnoma   imzolandi.   Unga   asosan,   O‘zbekiston   va   YAponiya
arxitektorlari   ishtirokida   uchta   xalqaro   ilmiy-tadqiqot   ekspeditsiyasi
rejalashtirildi.SHuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   yapon   guruhining   rahbari   va   bir
qancha   yaponiyalik   talabalar   Osiyo   mamlakatlari   zamonaviy   arxitektura
Assotsiatsiyasi (mAAN – modern Asian Architecture Network)ning a’zolaridir.
Internet ma’lumotlarigaqaraganda, 2004 yilkuzidan to hozirgidavrgachaikkita 
ekspeditsiya o‘tkazilib, tadqiqotningdastlabkinatijalariqo‘lgakiritilgan. Birinchi 
ekspeditsiya 2004 yilnoyabroyidanboshlanib, 
uningdoirasidaSamarqandshahridasaqlanibqolganvao‘ziningdastlabkiqiyofasiniyo‘
qotmaganbinonalaraniqlanganbo‘lsa (umumiyhisobdao‘rganilayotgandavrgaoid 
500 ga yaqinbinolaraniqlanibulardantadqiqotuchun 250 tasitanlabolindi), ikkinchi 
ekspeditsiya davomida (2005 yilnoyabroyidanboshlandi) 
tanlabolinganbinolarbo‘yichakengqamrovlitadqiqotlaro‘tkazilib, 
ularningo‘lchamlariolindivachizmalaritayyorlandi. 2006 
yilyozidanboshlanganuchinchi ekspeditsiya loyihagayakunyasab, 
aniqlanganbinolarbo‘yichakonservatsiyalashvata’mirlashgadoir metodik 
qo‘llanmalarishlabchiqdivaxalqarohamdamahalliyidoralargatavsiyalarberdi. 
Umumanolganda, ushbuxalqaroloyihaayniqsa, 
O‘zbekistonmutaxassislarivatalabalariuchunkattafoydakeltirdi. Ular 
tegishlimalakavabilimgaegabo‘libginaqolmasdanme’moriyobidalarnisaqlash, 
konservatsiyalashhamdata’mirlashgadoirxalqaro metodika 
bilantanishishgavaunio‘zlashtirishgamuvaffaqbo‘lishdi.
O‘zbekistonning boy 
madaniymerosinitarg‘ibvatashviqqilishdamuzeylarningo‘rniva roli beqiyosdir. 
SababiO‘zbekistonningmuzeylartarmog‘i (1990 yillaro‘rtalaribo‘yichama’lmuot) 
o‘z ichiga 69 turliyo‘nalishdagimuzeylarniqamraboladi. Jumladan, 
birginaMadaniyatvaziriligiqoshida 5 tarixiy, 21 o‘lkashunoslik, 9 badiiy, 21 
memorial, 5 adabiyot, 1 tabiiy-ilmiy muzey faoliyatko‘rsatgan. 
Yildanyilgaularning soni ko‘payibborgan. Ular  orasidaochiqosmonostidagiSamarqandvaBuxoro muzey-
qo‘riqxonalarialohidao‘znufuzibilanajralibturadi.
Jumladan,   Samarqanddavlatbirlashgantarixiy   arxitektura   vabadiiy   muzey-
qo‘riqxonasi   1982   yil   26   maydatashkiltopganbo‘lsa,
BuxoroDavlatbadiiyme’morchilik muzey-qo‘riqxonasi 1985 yildatashkiltopgan.
XX   asrningoxirlarigakelib,   xorijdavaO‘zbekistondashaharlarningrekonstruksiyasi,
ularningtarkibiyqismlarinitartibgasolishmuammosigabag‘ishlanganilmiy-
amaliyahamiyatgaegabo‘lganishlanmalarko‘paymoqda.   Ayniqsa,
ushbumuammoBuxoro,   Samarqandva   Xiva
kabiqadimiyshaharlaribilanajralibturuvchiO‘zbekistonuchunhamdolzarbmasalalard
anbirihisoblanadi.
CHunkiushbushaharlarningarxitekturasidasobiqIttifoqdavridatarixiyahamiyatgamol
ikmarkazlariva   “yangishahar”
qismlario‘rtasidayillardavomidaziddiyatliholatlarto‘planibkeldi.   SHu   bilanbirga,
eskishaharqismidajoylashgankvartallar   (mahallalar)
hamrekonstruksiyagamuhtojbo‘libqoldi.   Ular   zamonaviy   arxitektura-
rejalashtirishvamuhandis-quruvchilikilg‘ortexnologiyalaryordamidata’mirlanishiva
rekonstruksiya qilinishimumkin.
1990-yillar   o‘rtalarigakelib,   BMTningrivojlanishdasturiva   YUNESKO
O‘zbekistondagiqadimiyshaharlarvaularningtarixiymarkazlarini   rekonstruksiya
qilishloyihasiniamalgaoshirishborasida   respublika
rahbariyatibilankelishuvimzolandi.
Ko‘pyillargamo‘ljallanganushbukelishuvasosidaBuxoroshahriloyihaningamalgaosh
irishmarkazisifatidaolindi.   Buninguchunshaharhokimiligining   arxitektura
vashaharsozlikboshqarmasiqoshida   3   nafararxitektordaniboratguruhtashkilqilindi.
Ularningzimmasigashahartarixiymarkazining   “qizil”
chizig‘larinianiqlashvabelgilash,   shuningdek, shaharningushbubelgilanganqisminimuhofazalashbo‘yichachora-
tadbirlarishlabchiqishvaboshqa shu bilanbog‘liqvazifalaryuklatildi.
Olibborilgankengko‘lamliishlarnatijasida   2009
yilgakelibBuxorotarixiymarkaziningqizilchiziq   ichiga   olganchegarasibelgilandi,
uningxaritasiishlabchiqildivaqadimiyme’moriyobidalarnisaqlashvakonservatsiyalas
hishlaridetallashtirildi.   Xususan,   himoyahududidajamiolganda   99   ta   tarixiy-
me’moriy obida qamrabolingan.
O‘zbekistonmuzeylarihamistiqlolningilkyillaridanoqxorijdagihamkasblaribilanaloq
alaro‘rnatib,   o‘zarofoydalihamkorlikishlariniamalgaoshirishniboshlagan.
Xorijiydavlatlardamadaniymerosimizningtarg‘ibotvatashviqotishlaridayuqoridatilg
aolingan   muzey-qo‘riqxoanalarningo‘rnikattabo‘ldi.   Masalan,   1992
yildaSamarqand   muzey
qo‘riqxonasio‘zeksponatlarinixorijiydavlatlargakengnamoyishetdi.   Bunda
“Samarqandzaminisirlari”   ekspozitsiyasinamoyishiFransiyaning   Kona,   Tuluza,
Ruana   kabiyirikshaharlarimarkaziymuzeylarida   1992   yil   26   iyundan   1993   yil
dekabr   oyigachadavometdi.   1994   yildaesa   muzey
eksponatlariGermaniyaningSHtutgardshahriningmarkaziymuzeyidanamoyishetildi.
SHu   bilanbirga,   respublika
muzeylaridavrtalabidankelibchiqqanholdabozoriqtisodiyotishart-
sharoitlarigao‘zfaoliyatlarinimoslashtirabordi.   Masalan,   1992
yildaBaynalxaqmuzeylarsho‘rosi (IKOM) Buxoroshahridao‘tkazilgan “Muzeylarda
marketing”   xalqaroanjumaniishtirokchisibo‘ldi.   Ushbu   tashkilotgaikkala   muzey-
qo‘riqxonalaria’zolikgaqabulqilindi.   Binobarin,   ushbutashkilotning   respublika
milliytashkilotituzildi.
Ammo,
o‘tishdavribilanbog‘liqmuammolarmuzeylarfaoliyatigahamsalbiyta’siriniko‘rsatdi. 1990-yillar   o‘rtalarida   respublika   muzeylariningmoddiy-texnik   ta’minoti,
qurilishmateriallarihamda audio va video vakompyuterlarbilanta’minlanishdarajasi
past   edi.   SHu   bilanbirga,   muzeylarning   80   %
eksponatlaruchunmoslashmaganbinolardajoylashganligisabablimavjudfondisaqlash
va   ekspozitsiya   qilishdaqiyinchiliklaryuzagakelgan.   Maslan,   ekspozitsiya
maydonlariningetishmovchiliginatijasida   1995   yilda   respublika   muzey
fondlaridasaqlanayotgan muzey predmetlaridanatigi 78 mingtasinamoyishetildi. Bu
muzey   predmetlarining   6,5   %   tashkiletadi,   xolos.   Qolaversa,
muzeylardakadrlarmasalasihamo‘tadolzarbholatdaedi.   YUzaga   kelgan   vaziyat
mamlakat   muzeylarining   xorijda   keng   qamrovli   ishlar   olib   borishga   imkon
bermadi. Adabiyotlar
 
1.   Karimov   I.A. O‘zbekistonning o‘z taraQQiyot va yangilash yo‘li.   T.1992   y.
2.   Karimov   I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida.   T. 1997   y.
3.   Karimov   I.A.   IstiQlol va ma’naviyat.   T. 1994   y
4.   Karimov   I.A.   Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘Q. T. 1998   y.
5.   Vremya i preemstvennost v razvitii kulturi.   Saratov. 1991   g.
6.   Globalnie problemi i ob щ echelovecheskie sennosti.   M.1999   g.
7.   Ikonnikova S.   Dialogi o kulture.   L., 1989   g.
8.   Kultura Uzbekistana: Tradisii i sovremennost.   T. 1986   g.
9.   Xayrullaev M.   Madaniy meros va falsafiy fikr tarixi.   T. 1985   y.
10.    M.Abdullaev. Madaniyatshunoslik asoslari.
11. J.Tlanov.   £adriyatlar falsafasi. T

Tarixiy-me’moriy obidalarni saqlash va ta’mirlashda xalqaro hamkorlikning o‘rni Reja 1.O‘zbekiston Respublikasi va Jaxon hamjamiyati o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik. 2.Tarixiy-me’moriy obidalarni saqlash. 3.O‘zbekiston hukumatining tarixiy-me’moriy obidalarni saqlash buyicha kurgan chora tadbirlari.

Milliy tiklanish va o‘z-o‘zilikni anglash jarayonida tarixiy xotira, xalqimizning xolis va xaqqoniy tarixini tiklash, tarixiy xotira muhim o‘rin tutadi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli tadbirlar avvalo o‘tish davrining eng murakkab yillariga to‘g‘ri kelishiga qaramasdan, ijtimoiy-madaniy sohadagi o‘zgarishlar mamlakat rahbariyati e’tiboridan chetda qolmadi. Balki, bu sohalardagi muammolar echimini topish va rivojlantirish bilan birga, ayniqsa madaniy merosga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish mamlakat ravnaqi va xalqaro nufuzini ortirish maqsadida ushbu sohaning salohiyati va imkoniyatidan keng foydalanishga har tomonlama e’tibor qaratildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respubyulikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng xalqimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyatidan dunyoning ahli baxramand bo‘lishiga imkoniyat yaratildi. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning oqilona yurgizgan siyosati tufayli mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida nafaqat siyosiy mavqeini mustahkamladi, balki jahonda kechayotgan madaniy jarayonlarga ham faol kirib borishi uchun barcha sharoitlar yaratila boshlandi. Xukumatimiz rahbariyati madaniy yodgorliklarni saqlash va muhofaza etishda halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish ishlariga alohida e’tibor qaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda jahon hamjamiyatida ustuvor hisoblangan iqtisodiy integratsiya jarayoni bilan barobar madaniy soha ravnaq topishi ham kirib hamda jahoning boshqa xalqlari bilan madaniy muloqotni kuchayishiga mustahkam poydevorning yaralishiga sabab bo‘ldi. To‘plangan empirik materiallar va aniqlangan faktlar – Respublikamiz mustaqilligi yillarida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, madaniy merosni asrash va uni kelajak avlodga etkazish borasida xalqaro hamkorlik ishlari bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirilganligi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berdi. Birinchi yo‘nalish – bu mamlakatimizning qator xalqaro nufuzli tashkilotlarga a’zo bilishi va ular bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi bilan ifodalanadi.

O‘zbekistonning xalqaro ma’naviy hamjamiyatga integratsiyalashuvi jarayonida 1992 yilda BMTga, so‘ngra 1993 yilda fan, madaniyat va maorifning milliy tizimlarini o‘zida birlashtiruvchi, ayni paytda, xalqlarni butun insoniyatning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish orqali ularni dunyo intellektual taraqqiyotining tajribasi bilan boyitadigan universal xalqaro tashkilot – YUNESKOga a’zo bo‘lishi muhim ahamiyat qayt etdi. Mamlakatimizning ushbu tashkilotlar a’zoligiga qabul qilinishi va o‘zaro hamkorlik jarayoni Respublikaning jahon madaniy hamjamiyatiga integratsiyalashuvining huquqiy asosi hisoblangan bir qator xalqaro konvensiya va deklaratsiyalariga qo‘shilishi bilan hamohang bordi. Jumladan, bilimlar tarqatish, iste’dodlarni kamol toptirish va turli madaniyatlarni boyitishga yordam berish; xalqlar o‘rtasidagi tinch-totuv munosabatlar va do‘stlikni rivojlantirish hamda ulardan har birining turmush tarzini yaxshi tushunishga ko‘maklashishni maqsad qilib olgan xalqaro madaniy hamkorlik prinsiplari “Deklaratsiyasi”ga qo‘shilishi fikrimizning yorqin dalilidir. SHuningdek, Respublikamiz tarixiy va madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi bir qator xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan konvensiyalarga qo‘shildi, xususan: 1. 1993 yilda – 1972 yilda qabul qilingan “Madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish umumjahon konvensiyasi”ga; 2. 1996 yilda – 1954 yilda qabul qilingan “G‘arbiy mojarolar vaqtida madaniy boyliklarni muhofaza qilish haqida”gi Gaaga konvensiyasiga; Z. 1997 yilda – 1970 yilda qabul qilingan “Madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kelish, olib ketish va unga egalik huquqini birovga topshirishni» ta’qiqlash va ogohlantirish chora-tadbirlari haqida”gi konvensiyasi kushilganligini keltirishimiz mumkin. Jumladan, 1972 yil 16 noyabrda YUNESKOning 17 Assambleyasining bosh konferensiyasida qabul qilingan konvensiyaning 5 moddasining d punktida har bir davlat madaniy merosni aniqlash, muhofaza qilish, saqlash, qayta tiklash va ommalashtirish kabi choralarini ko‘rishi zarurligi aniq qilib belgilangan.

Bu xalqaro konvensiyalar madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha shakllangan, har tomonlama keng qonunlar majmui maqomiga ega bo‘lib, O‘zbekistonning ularga qo‘shilishi mamlakatdagi madaniy boyliklarning jahon hamjamiyati tomonidan huquqiy himoya qilinishiga sharoit yaratdi. Jumladan, 1991 yilda Xivadagi "Ichan-qal’a", 1993 yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi, 2000 yilda SHahrisabzning Amir Temur va temuriylar davri me’morchilik obidalari, 2001 yilda Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklari YUNESKO xalqaro tashkilotining maxsus qarorlari bilan “Butunjahon madaniy merosi ro‘yxati”ga kiritildi, hamda hisoyasiga olindi. Aslini olganda, O‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorlik aloqalari sobiq Ittifoq davrida, sobiq “Markaz” orqali yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu aloqalar 1980 yillar oxiriga kelib, ya’ni mustaqillik arafasida amaliy ko‘rinish xosil qildi. Xususan, 1987 yilda 10 mamlakat, shu jumladan Sobiq Ittifoq tashabbusi bilan, BMTning madaniy rivojlanish jahon miqyosidagi dekadasi doirasida, YUNESKO Bosh Assambleyasining XXIV sessiyasida, «Ipak yo‘li – muloqot yo‘li» (SHelkov ы y put – put dialoga) mavzusida gumanitar loyihani amalga oshirish bo‘yicha rezolyusiya qabul qildi. Unga asosan Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasi tarixini har tomonlama o‘rganish, SHarq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yaqindan o‘rnatish maqsad qilib olingan edi. SHuningdek, ushbu loyiha doirasida “Buyuk Ipak Yo‘li”ning tarmoqlari, savdo, xunarmandchilik, folklor-etnografik xususiyatlarini aniqlash va o‘rganish, shuningdek, turizmni rivojlantirish, muzeylarni tashkil qilish kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish ham nazarda tutilgan. Xullas ushbu loyiha ishlari 1980-yillar oxirlarida boshlanib, 1990-yillar boshlarida ham davom ettirildi. Loyiha doirasida bir qancha ilmiy anjuman va seminarlar, “Buyuk Ipak Yo‘li” bo‘ylab qo‘shma xalqaro ekspeditsiyalar o‘tkazildi, kinofilmlar, kitoblar yaratildi hamda ayrim me’moriy va arxeologik yodgorliklar ta’mirlandi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga meros bo‘lib kelayotgan tarixiy va madaniy qadriyatlarni va o‘ziga xos an’analarni saqlab qolish jarayoniga jahon hamjamiyatini diqqatini jalb etildi. Xususan, tarixiy yodgorliklarni tiklash,

o‘zbek xalqiga o‘zining haqqoniy tarixini qaytarib berish jarayoniga YUNESKO tashkiloti bilan yaqindan aloqalar o‘rnatildi. Respublikada mavjud madaniy va arxitektura ahamiyatiga ega bo‘lgan yodgorliklarni saqlash va kelgusi avlodga etkazishda xalqaro tashkilotlar xususan, YUNESKO rahnamoligida o‘tkazilgan yubileylar alohida ahamiyat kasb etdi. 1997 yilda esa O‘zbekiston Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik yubileylari munosib nishonlandi. Bu shaharlarda ham ulkan hajmdagi restavratsiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, yubileyga tayyorgarlik borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida Buxoroda Poyi Kalon me’moriy kompleksi, Ark qal’asi, Mir Arab madrasasi, Somoniylar yodgorligi, Baloi Xovuz masjidi kabi qator yodgorliklar ta’mirlandi, ularning hududlari obodonlashtirildi. Ayniqsa o‘zining noyob arxitektura yodgorliklari tufayli butun olamga mashxur muzey-shahri hisoblangan (uch yuzga yakin me’moriy va ikki mingdan ortiq arxeologik yodgorliklar jamlangan) Samarqandda istiqlol yillarida shaharning tarixiy shuhratini tiklash yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirildi. YUqorida ta’kidlanganidek, shaharning me’moriy-tarixiy yodgorliklari, jumladan, Registon ansambli, Ulug‘bek rasadxonasi, Ruxobod maqbarasi, Xoja Axror va Xazrati Xizr masjidlari kabi hozirgacha saqlanib qolgan yuzlab yirik tarixiy me’moriy yodgorliklarni o‘zida mujassamlashtirgan Samarqand shahrining tarixiy markazi 2001 yil dekabr oyida «Samarqand – madaniyat chorrahasi» nominatsiyasida YUNESKOning Umumjahon merosi ruyxatiga kiritildi. Ushbu to‘g‘risida 2004 yil 25 avgustda Samarqand shahrining ma’muriyatiga YUNESKO tomonidan maxsus Sertifikat topshirildi O‘MSIV MMOMQFIICHBB JA Hisobotlar papkasi. Buxoro viloyatida qurilish-ta’mirlash ishlari haqida kompleks hisoboti. 2007 yil. O‘zbekistonning ushbu xalqaro nufuzli tashkilot bilan aloqalariga alohida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday degan edi: “...o‘zbek xalqining umumbashariy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlari, shuningdek, jahon tarixi va madaniyatining durdonalari sanalgan shaharlarning to‘ylarini YUNESKO bilan birgalikda o‘tkazish borasida so‘nggi