logo

XXI asr boshida O`zbekistonda madaniy meros obyektlarini saqlash va ta`mirlash ishlarini tashkiliy va amaliy jihatlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.0263671875 KB
XXI asr boshida O`zbekistonda madaniy meros obyektlarini saqlash va ta`mirlash
ishlarini tashkiliy va amaliy jihatlari.
Reja:
1. Zarafshon vohasida madaniy meros ob’ektlarini saqlashlanishi.
2. XXI asr boshida madaniy meros ob’ektlarini  ta’mirlash.
3. Madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ta’mirlash jarayonini amaliy jihatlari. XXI asr boshida vohada amalga oshirilgan yirik ta’mirlash loyihalaridan biri bu –
Shohi   Zinda   me’moriy   majmuasini   ta’mirlash   loyihasidiri.   Nafaqat   Zarfshon
vohasi,   balki   Markaziy   Osiyoning   me’moriy   durdonasi   hisoblangan,   ko‘hna
Samarqandning   shimoliy   qismida,   Afrosiyob   tepaliklarining   chekkasida   yoyilgan
qadimgi   qabristonning   orasida   joylashgan   va   turli   obidalar   majmuidan   iborat
bo‘lgan Shohi Zinda ziyoratgohi (u deyarli to‘qqiz asr - X1-X1X asrlar davomida
shakllangan. Lekin oxirgi 200 yil davomida Markaziy Osiyo hududida yuzbergan
kuchli   zilzilalar   ushbu   majmuadagi   me’moriy   yodgorliklarning   texnik   holatiga
salbiy   ta’sir   qilgan,   ko‘plari   buzilib   ketgan),   XXI   asr   boshiga   kelib   yodgorlik
ayanchli   holatga   tushib   qolgan   edi.   Bugungi   kunda,   shartli   ravishda   uch   qismga
ajratilgan   hamda   turli   davrlarda   qurilgan   majmuaning   44   inshootidan   20   ob’ekt
ham tarixiy ham  badiiy arxitektura jihatidan katta qiziqish uyhotadi. Majmuadagi
bizgacha   etib   kelgan   eng   qadimiy   imorat   qoldig‘i   bu   -Afrosiyob   qo‘rg‘onining
devori,   Sulton   Sanjar   qurdirgan   minora   hamda   Qoraxoniylar   davridan   qolgan
maqbaraning   ba’zi   devorlaridir.SHuni   alohida   ta’kidlash   zururki,   bir   necha
asrlardan   buyon   SHoxi-Zinda   majmuasining   me’moriy   yodgorliklarida   kompleks
konservatsiya-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan. Ular faqat tarixiy, me’moriy,
badiiy va arxeologik tadqiqotlar markazi vazifasini bajargan, xolos. Keng qamrovli
ta’mirlash   ishlari   Sobiq   Ittifoq   davlatchiligi   davrida   ham   amalga   oshirilmagan.
Binobarin,   XX   boshida   Ermitajdan   kelgan   Arxeologik   komissiya   vakillari,
majmuani saqlab qolish imkoniyati yo‘qligini ta’kidlashgan edi. Oqibatda, SHoxi-
Zindaning   har   bir   yodgorligi   tashqi   naqshinkor   qoplamalaridan   namuna   olinib,
Sankt-Peterburgga   jo‘natilgan   edi.   Ular   hozirgi   kunga   qadar   ushbu   muzeyning
noyob   eksponatlari   sifatida   ko‘rgazma   qilinadi.   SHunday   qilib,   yuqorida   qayd
etilgan   jarayonlar   va   tezkor-kontinental   iqlim   majmuaning   holatiga   salbiy   ta’sir
qilib kelgan .
Tarixiy   ma’lumotlar   guvohlik   berishicha,   Sohibqiron   Amir   Temur   o‘z   davrida
ushbu   qadimiy   ziyoratgoh   atrofida   majmuaviy   guldasta   qurdiradi.   U   mug‘ullar
bosqinida vayronaga aylangan maqbarani qaytadan zeb berib tiklatadi, yog‘ochdan
yasalgan   qabrni   eng   qimmatbaho   naqshinkor   toshlar   bilan   o‘zgartiradi.   Amir Temurning   oila   a’zolari,   saroy   ayonlari   hazrati   Qussam   ibn   Abbos   maqbarasi
yaqinida ko‘milishni sharaf bilishib, o‘zlariga naqshinkor maqbaralar qurdirishgan.
Bu   obidalarni   mahalliy   me’morlar   Erondan,   Hindistondan,   SHomdan   kelgan
ustalar hamkorligida barpo etishgan. Amir Temurdan so‘ng uning ishlarini nabirasi
Mirzo   Ulug‘bek   davom   ettiradi.   Aziz   kishilar   maqbaralaridan   iborat   bo‘lgan   bu,
me’moriy   majmua   o‘tmishda   ko‘p   qora   kunlarni   boshdan   kechirdi.   Tarixda
takrorlangan   Samarqand   bosqinlari,   g‘oyaviy   xurujlar   avj   olgan   davrlarda   uzoq
vaqt   qarovsiz   qoldirildi.   SHuning   uchun   ham   O‘zbekiston   hukumatining   islom
madaniyatida   muhim   o‘rin   tutgan   ushbu   majmuani   himoyaga   olish   bilan   bog‘lik
qarorini   taraqqiyparvar   dunyo   hamjamiyati   g‘oyatda   xayrli,   muhim   yangilik
sifatida   kutib   oldi.To‘g‘ri,   shuni   tan   olish   kerakki,   XX   oxirlarida   majmuaning
shimoliy qismida, moliyalashtirish hajmining kamligi uchun qisman ta’mir ishlari,
amalga   oshirlgan   edi.   Lekin   ushbu   amaliyot   antropogen   ta’siri   va   namlik
ko‘tarilishini oldini olmadi. Qolaversa, kuchli yog‘ingarchilik majumaning g‘arbiy
qismidagi   hududida  katta   g‘ovaklarni   keltirib   chiqardi   va   bular   jiddiy     ta’mirlash
ishlarini talab etardi
YUzaga kelgan vaziyat hamda ushbu noyob majmuaning saqlanishini hisobga olib,
O‘zbekiston   Respublikasi   hukumatining   2004   yil   16   iyuldagi   337-sonli   «SHohi
Zinda   yodgorlik   majmuasida   qayta   tiklash   va   obodonlashtirish   ishlarini   tashkil
etish to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.
SHundan   so‘ng   “Ta’mirshunoslik”   institutining   Ixtisoslashgan   Kengashi
tomonidan   memorial   kompleksni   2004-2005   yillarga   mo‘ljallangan   restavratsiya-
konservatsiyalash,   loyihalashtirish   va   ilmiy-tadqiq   qilish   ishlarining   kompleks
dasturi   ishlab   chiqildi.   Dastur   Madaniyat   va   sport   ishlari   vazirligi   qoshidagi
yodgorliklarni saqlash Ilmiy-uslubiy Kengashining majlisida Toshkent  arxitektura
va   qurilish   institutining   yirik   olimlari,   O‘zbekiston   arxitektorlari   ittifoqi,   jamoat
tashkilotlar   hamda   madaniy   meros   ob’ektlarini   saqlash   va   ulardan   foydalanish
ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi vakillari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Taklif   qilingan   materiallar   Kengash   tomonidan   sinchiklab   o‘rganilganidan   keyin,
ko‘proq   konservatsiya   ishlarini   bajarish   va   shu   yo‘l   bilan   SHoxi-Zinda yodgorliklari   qismlarining   dastlabki   holatini   saqlab   qolish   va   yangi   qurilmalarni
iloji   boricha   cheklash   ishlarini   bajarishning   asrab-avaylash   uslubidan   iborat
kompleks   dasturga   qator   o‘zgartishlar   va   qo‘shimchalar   kiritildi.   SHundan   so‘ng
Kompleksning har bir yodgorligi bo‘yicha bir nechta yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot
hamda   loyihalashtirish   ishlari   bajarildi.   Xususan,   saqlanib   qolgan   va   arxeologik
jihatdan oldindan ma’lum bo‘lgan ob’ektlar kompleks ilmiy-tadqiq qilindi, mavjud
ob’ektlarni   konservatsiya,   restavratsiya,   qayta   tiklash   va   texnik
mustahkamlashning   echimi   va   loyihalari   ishlab   chiqildi,   yangidan   aniqlangan
qurilmalarni   qisman   restavratsiya-konservatsiya   qilish   bo‘yicha   loyihalashtirish
ishlarining   echimini   ishlab   chiqish   bilan   bir   vaqtda   arxeologik   tadqiqotlar   olib
borildi, sayyohlik va ziyorat  ob’ektlarini ko‘rgazma qilish ishlarini  hisobga  olgan
holda   ansambl   hududlarini   obodonlashtirish   bo‘yicha   ishlari   loyihatlashtirildi,
alohida   yodgorliklar   yuzasidagi   yo‘qolib   ketgan   dekorativ   qoplamalar
na’munalarini tayyorlash va shu asosda maxsus tadqiqotlar olib borildi.
Konservatsiya-restavratsiya ishlari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:
- qurilmalarni mustahkamlash ishlari;
-   g‘isht   devorlarining   xavfli   joylarini   topish   va   restavratsiya   qilish,   markirovka
qilingan grafik va fotofiksatsiyalash ishlarini bajarish;
- yodgorliklarning saqlanib qolgan qismlarini texnik-mustahkamlash  ishlarini olib
borish   (poydevorlarni   mustahkamlash,   devorlar   pastki   qismlarini   kuchaytirish,
qurilish   qoidalariga   asoslangan   g‘isht   terish,   qo‘shimcha   aylanma   qurilmalarni
terish va h.k.);
- yo‘qolgan arxitekturaviy hajmlardagi devor qurilishini tiklash;
-   saqlanib   qolgan   hujjatlar   asosida   dekorativ   qoplamalarni   konservatsiya   va
restavratsiya qilish (yodgorliklarning o‘zida saqlanib qolgan va yig‘ma arxeologik
materiallar asosida);
-   yog‘ingarchilik   suvlarini   chiqarish   hamda   yodgorlikka   kirishni   qulaylashtirish
bo‘yicha hudud obodonchiligi ishlarini olib borish.
SHunday   qilib,   2004-2005   yillar   davomida   ushbu   majmuada   keng   qamrovli
qurilish   ta’mirlash   va   saqlash   ishlari   olib   borildi.   Ishlab   chiqarish   ishlarining boshlanguniga   qadar   ochilgan   arxitektura   va   arxeologik   topilmalarni   qayd   qilish
hamda o‘rganishning to‘liq sikli amalga oshirildi. Jumladan, 2004 yilda O‘zR FA
Samarqand bo‘limi Arxeologiya instituti tomonidan ansambl qurilmalari atrofidagi
hududlarda   arxeologik   tadqiqot   ishlari   olib   borildi.   Qazish   ishlari   natijasida
qadimgi   terrasalarning   tamba   devorlari,   qabr   inshootlari   hamda   monumental
qurilmalar   qoldiqlari   aniqlandi.   Qazishmalar   natijalari   ansamblning   perimetri
bo‘ylab   qurilgan   tamba   devorlarini   qurishda   hisobga   olindi,   shuningdek,   ulardan
bir   qismining   restavratsiya   va   konservatsiya   qilish   choralari   bo‘yicha   loyiha
qarorlari qabul qilindi.
2004-2005   yillarda   ayrim   yodgorliklarning   gumbazlari   tiklandi,   negaki,
binolarning   saqlanib   qolgan   qismini   ularning   tomini   qurmasdan   asrab   qolishning
imkoni   bo‘lmas   edi.   Asosiy   ishlar   poydevorlarni   qurish   va   mustahkamlashdan
iborat   bo‘ldi.   CHunki,   butun   kompleks   qattiq   er   ustiga   emas,   balki
yog‘ingarchiliklar   oqibatida   qal’a   devorlarining   qiyaliklariga   o‘pirilib   tushgan
tuproq ustiga qurilgan edi. Bo‘sh, zichlangan tuproq inshootlarning yuqini ko‘tara
olmasdan, natijada, qurilmalarda o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Alohida qad ko‘targan
maqbaralarni  loyihalashtirish   2  tipdagi   g‘ovak  tuproqqa  xos   seysmik   normalariga
maksimal   amal   qilish   bilan   olib   borildi.   Ansamblning   atrofida   ko‘p   odam
to‘planishini   hisobga   olib,   barcha   mavjud   maqbaralarning   konstruksiyasi
kuchaytirildi   va   bunda   9   ballik   seysmik   ta’sirlar   hisobga   olindi.   Har   bir
yodgorlikka   ular   konstruksiyasining   saqlanish   darajasiga   qarab   indivudual
yondoshildi.   Konservatsiya   ishlari   eng   ko‘p   zarar   ko‘rgan,   buzilib   ketishi   xavfi
bo‘lgan   ob’ektlarda   amalga   oshirildi.   Ularning   tuprog‘i   mustahkamlandi   va
devorlar   yoriqlari   orasi   to‘liq   in’eksiya   qilindi.   Ayrim   hollarda   zaruratdan   kelib
chiqib,   yodgorliklarni   buzilishdan   yoki   butunlay   yo‘qolib   ketishdan   saqlash
maqsadida   zaruriy   chora   sifatida   maqbaralarning   portal   qismiga   qulab   tushgan
g‘ishtlardan qisman devorlar tiklandi, arxitektura bezaklari o‘z joylariga o‘rnatildi.
YOdgorliklarning   texnik   holatiga   ta’sir   etuvchi   salbiy   omillar   qatoriga
kompleksning   g‘arbiy   va   sharqiy   qismlaridagi   er   osti   suvlari   bosimining
kuchayganligini   kiritish   mumkin.   YOdgorliklarni   saqlash   tashkilotlarining taqiqlashlariga   qaramasdan,   sobiq   sho‘rolar   hukumati   davrida   mozorlar   maqbara
devorlariga   qadab   qurilavergan   va   bu   er   osti   suvlarining   ko‘tarilishiga   hamda
yodgorliklar   devorlarining   zaxlanishiga   olib   kelgan.   Bunday   salbiy   omillarni
to‘xtatish   uchun   ansambl   old   qismining   g‘arbiy   hamda   janubiy   taraflarida
obodonchilik ishlari   amalga  oshirildi.  Bu  hududlar   arxeologik jihatdan  sinchiklab
o‘rganilganidan   keyin   pasaytirildi   va   obodonlashtirildi.   Bu   erning   har   ikkala
tomonidan   an’anaviy   qurilish   materiallaridan   tamba   devorlari   qurildi,   piyodalar
yo‘lakchalari   hamda   suv   quvurlari   o‘rnatildi.   Ushbu   choralar   shubhasiz,
maqbaralar   devorlari   va   poydevorlariga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatdi   va   ularga   shamol
tegishi,   zaxdan   qurishini   ta’minladi.   2005   yilning   kech   kuzida   o‘tkazilgan
monitoring   kuzatishlar   ob’ektlar   qurilmalarini   zaxlatuvchi   suvlar   keskin
pasayganligi   va   bu   ularning   tashqi   va   ichki   devolaridagi   suvoq   hamda   qoplama
bezaklariga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatganligini   ko‘rsatdi.   Bu   obodonlashtirish
loyihalarida   alohida   yodgorliklar   atrofini,   ayrim   qiyalashgan   maydonlarni
ko‘kalamlashtirish   nazarda   tutilgan.   Ansamblning   irrigatsiya   sistemasi   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   tamba   devorlarining   butun   perimetri   bo‘ylab   o‘tkazililishi   va
janubdagi   asosiy   ko‘chaga   yo‘nalgan   suv   ariqlariga   tosh   terilishi   hamda   oqava
suvlarini   shaharning   umumiy   irrigatsiya   tarmog‘iga   ulanishi   yodgorlikning
umumiy saqlanish holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
YOdgorliklarning   orqa   taraflaridagi   maydonlar   monumenal   sur’atlar   bilan
bezatildi,   yo‘lak   va   ichkariga   qaragan   asosiy   fasadlarning   boy   bezaklarini   aks
ettiribgina   qolmasdan,   balki   qurilmaning   siluetini   tashkil   qiladigan   arxitekturaviy
hajmni – asosiy massivni, ma’lum bir qismni va tugallangan gumbazni ham ifoda
etdi.
Ansambl   yodgorliklaridagi   arxitekturaviy   bezaklarining   nurab   ketishi   yo‘qolishi
asosan   tomlarning   gidroizolyasiyasi   normalarining   buzilishi,   portallarga   kiruvchi
asosiy   eshiklar   yuqori   qismining   hamda   arklarining   yo‘qligi   oqibatida   sodir
bo‘lgan.   Devorlar   ustida   yog‘in   suvlari   oqib   tushadigan   tarnovlarning   yo‘qligi
bezaklarning buzilishiga olib kelgan (ayrim plitalar qo‘porilgan va qulab tushgan).
Qurilmalar mustahkamlanganidan keyin, noyob bezaklarni saqlab qolish bo‘yicha ko‘rilgan   dastlabki   choralar   ularning   saqlanib   qolganlarini   mustahkamlashdan
iborat   bo‘ldi.   Ushbu   bezaklarning   ayrim   joylarini   restavratsiya   qilish   va   qayta
tiklash ishlari yodgorlikdagi mavjud bo‘lgan hujjatli materiallarga tayanilgan holda
amalga oshirildi. Tayyorlangan koshinlar na’munalari asl nusxalari parametrlariga
maksimal darajada yaqinlashtirildi. Mavjud ma’lumotlarga asoslanib, yodgorliklar
bezaklarida   katta   o‘rin   tutgan   epigrafik   yozuvlar   va   bezakli   koshinlar   bo‘laklari
restavratsiya qilindi.
SHuningdek,   obodonlashtirish   tadbirlarida   keladigan   ziyoratchilarning   ehtiyojlari
hisobga   olinib,   xususan,   joylarda   taxorotxonalar   ham   barpo   etildi.   Bunday   joylar
qurilishi yodgorlikning tamba devoridan tashqarida rejalashtirilgan.
YOdgorlikning   kirish   qismidagi   portallarda   konservatsiya   ishlari   2004-2005
yillarda amalga oshirilishi natijasida – portallarning yo‘qolgan panjaralari tiklandi,
ularning koshinlari konservatsiya-restavratsiya qilindi, qadimgi mozaik va moyolik
qurilmalar   mustahkamlandi,   ichki   devorlari   qaytadan   suvaldi   va   pollarining
to‘shamalari   yangilandi.   Har   ikkala   portallar   metal   bog‘lamalar   bilan
mustahkamlandi.   Xullas,   SHoxi-Zinda   kompleksida   olib   borilgan   ishlar   xalqaro
normalar hamda qoidalarga mos ravishda va ular talablaridan kelib chiqib amalga
oshirildi.
2004   yilda   yakunlangan   ta’mirlash   amaliyoti   Navoiy   viloyati   Karmana   tumanida
joylashgan   Raboti   Malik   sardobasiga   ham   ta’lluqlidir,   u   qadimda   Samarqand   va
Buxoro   o‘rtasidagi   yagona   obi   hayot   manbai   bo‘lgan.   Tarixiy   ma’lumotlarga
qaraganda, Movarounnaxr hududida 44 ta sardoba bo‘lgan, ulardan 29 tasi Qarshi
cho‘llarida, 3 tasi Mirzacho‘lda, 3 tasi Farg‘ona va Toshkent oralig‘ida, bittasi shu
Raboti   Malik   sardobasidir.   Qishda   tevarak-atrofdan   keladigan   qor   va   yomg‘ir
suvlari   ko‘mir   va   tuya   juni   orqali   filtrlanib,   juda   sekinlik   bilan   Sardoba   ichiga
yig‘ilgan.   Sardobaning   to‘rtta   tuynugidan   doimo   esib   turadigan   shamol   suvni
muzdek   saqlagan   O‘MSIV   MMOMQFIICHBB   JA   “SHoxi-Zinda”   majmuasidagi
kirish binosi madaniy meros ob’ekti kadastr ishi. – Samarqand 2011. – B. 29.
Mahalliy   aholi   aytishicha,   XX   asrning   20-yillarida   Sardoba   yonida   qishloq   ham
bo‘lgan.   Asr   oxiriga   qadar   bu   qishloq   yo‘q   bo‘lib   ketgan.   Sardobani   ta’mirlash ishlari   aslida   1999   yilda   boshlanib   oxiriga   etkazilmagan   edi.   Bu   vaqtga   kelib,
uning   gumbazi,   kirish   darvozalari,   dahlizi   noma’lum   kishilar   tomonidan   buzib
ketilgan. Sardobani ta’mirlash uchun uning suvi elektr nasoslar bilan tortib olindi.
Zax   suvlarni   yo‘qotish   uchun   Sardobaning   yonidan   chuqurligi   10   metr   keladigan
zaxkash  qazildi.  Zax suvlar   baribir  kamaymadi.  Aftidan, Sardobaga  suv  o‘z  yo‘li
bilan   kelib   yig‘ilgan.   2004   yilda   Sardoba   qayta   ta’mirlanib,   atrofi   devor   bilan
o‘raldi, asl holiga keltirildi, tarixdan sado sifatida kelgusi avlodlarga qaytarildi.
Mustaqillik   yillarida   olib   borilgan   arxeologik   va   tarixiy   tadqiqotlar   natijasida
Samarqand shahrining sanasiga aniqlik kiritildi. Olimlarning ko‘hna Afrosiyob va
Ko‘ktepa   yodgorliklarida   olib   borgan   arxeologik   qazishmalari   natijalari
radiokarbon   analizlar,   yangi   topilgan   ilmiy   materiallar   shaharning   yoshi   XXVIII
asrdan kam emasligi hamda u dunyonning eng qadimgi yirik madaniyat markazlari
hisoblangan Rim, Afina, Fiva, Bobil kabi shaharlarning tengdoshi ekanligi isbotlab
berdi O‘sha joyda. – B. 35.
Ushbu   sanani   xalqaro   ekspertlar   ham   e’tirof   etishdi.   Jumladan,   2005   yil   20
oktyabrda   bo‘lib   o‘tgan   YUNESKOning   Bosh   konferensiyasi   33-   sessiyasida
Samarqand shahrining 2750 yillik yoshga ega ekanligi haqida maxsus qaror qabul
qilindi. SHu asosda 2006 yil 25 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning   «Samarqand   shahrining   2750   yillipshi   nishonlashga   tayyorgarlik
ko‘rish   va   uni   o‘tkazish   to‘g‘risida»   gi   qarori   qabul   qilindi.   Natijada   shahar
yubileyi   mustaqillik   tantanalari   va   an’anaviy   «SHark   taronalari»   xalqaro   musiqa
festivali   bilan   birgalikda   2007   yil   avgust   oyida   keng   nishonlandi.   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   shahar   yubileyiga   bag‘ishlangan
marosimdagi   tabrik   so‘zida   «Samarqand   deganda,   har   qanday   insonnnng   qalbini
ham rom etib, umrbod o‘ziga maftun qilib qo‘yadigan, bir ko‘rgan odam, qani endi
yana   bir   bor   ko‘rsam,   deb   orzu   qiladigan   go‘zal   va   buyuk   shahar   xayolimizda
namoyon bo‘ladi» degan fikrni bayon etgan. YUbiley oldidan 2007 yil may oyida
Samarqand   shahrida   «Samarqand   shahrining   umumbashariy   madaniy   taraqqiyot
tarixida   tutgan   o‘rni»   mavzusida   xalqaro   ilmiy   simpozium   bo‘lib   o‘tdi.
Simpoziumda turli davlatlardan kelgan olimlar ishtirok etishib, chiqishlar qilishdi O‘zbekiston rahbarining qabul qilgan qarori shaharda keng qamrovli obodonchilik
va   bunyodkorlik   ishlari   jadallashtirishga   asos   bo‘ldi.   Samarqandning   2750   yilligi
arafasida   ham   shaharda   bir   qator   yangi   inshootlar   qurilishi   bilan   birga   tarixiy
obidalarni ta’mirlashiga alohida e’tibor qaratildi. YUbileyga tayyorgarlik borasida
qabul   qilingan   maxsus   Dasturga   asosan,   Oqsaroy   maqbarasi,   Registon
maydonidagi   Tillakori   madrasasi   va   Saroymulkxonim   maqbaralari,   SHohi   Zinda
majmuasi,   Bibixonim   jome’   masjidi,   Go‘ri   Amir   va   boshqa   ko‘plab   tarixiy
me’moriy obidalarda ta’mirlash ishlari olib borildi.
SHuni ta’kidlash zururki, Samarqand shahrida madaniy meros ob’ektlarini saqlash,
ta’mirlar   va   qayta   tiklash   chora-tadbirlari   aynan   yubeley   munosabati   bilan   emas,
balki doimiy ravishda olib borilgan. Xususan, 2001 - 2006 yillar davomida har yil
uchun   ta’mir   talab   ob’ektlar   belgilanib,   zaruratga   qarab,   ularda   restavratsiya   va
konservatsiya   ishlari   muntazam   ravishda   amalga   oshirilgan.   Jumladan,   shu   yillar
davomida   SHoxi-Zinda   majmuasi,   Xazrati-Xizr   masjidi,   Bibi-Xonim
majmuasidagi   ayrim   ob’ektlar,   Registon   majmuasidagi   ayrim   ob’ektlar,   Mirzo
Ulugbek   rasadxonasi,   Al-Buxoriy   majmuasi,   Al-Moturidiy   yangi   aniqlangan
madaniy   meros   ob’ekti,   Maxdumi   Xorazmiy   mahalla   masjidiu   Kush-Xovuz
majmuasi,   XujaDonyor   majmuasi,   Xuja   Axrori   Vali   majmuasi   Nodir   Devonbegi
madrasasi, Daxbedi mahalla masjidi, Murod Avliyo ziyoratgoxi (yangi aniqlangan
dikkatga   sazovor   joyi),   G‘avsuli   A’zam   ziyoratgoxi   (yangi   aniqlangan   dikkatga
sazovor   joyi)   kabi   madaniy   meros   ob’ektlari   ta’mirlandi   va   foydalanishga
moslashtirildi. 2007 yilda Oksaroy makbarasi, Tillo-Kori madrasasi, Saroy-Mulk-
Xonim   makbarasi   Rus-Xitoy   banki,   YAngi   Xayrobod   mahalla   masjidi   kabi
ob’ektlarida katta xajmli tiklash-ta’mirlash ishlari olib borildi. 2009 yil davomida
25ta ob’ekt bo‘yicha tiklash-ta’mirlash, mustaxkamlash ishlari olib borilgan bo‘lib,
shular   jumlasidan:   Registon   majmuasidagi   SHer-Dor,   Ulugbek   madrasalari,
Ruxobod   majmuasi,   Samarqand   shahridagi   «Registon»   mehmonxonasi   va   x.k..
Undan   tashkari   foydalanuvchilar   tomonidan   ajratilgan   mablag‘   hisobidan   ayrim
ob’ektlarda tiklash-ta’mirlash ishlari olib borildi. Umuman   olganda,   ......   yilda   2000   yillar   boshida   Samarqand   shahrini
rivojlantirishning   2025   yilgacha   bo‘lgan   bosh   rejasi   ishlab   chiqilgan.   Ishlab
chiqilgan   reja   asosida   amalga   oshirilayotgan   keng   ko‘lamli   qurilish   va
rekonstruksiya ishlari tufayli shahar butunlay yangicha qiyofa kasb eta boshladi.
XXI asr boshida Buxoroning jahonshumul tarixiy obidalarini saqlash va ta’mirlash
amaliyoti davom ettirilib, ularning aksariyati to‘la yo‘q bo‘lib ketish xafidan omon
qoldi.   Vayrona   imoratlarning   peshtoqlari,   devorlari   qulab   tushgan   ulkan   binolar
tamir   qilinib   asl   xoliga   keltirildi.   Masalan,   2008-2009   yillar   davomida   Buxoro
shahrida   madaniy   meros   ob’ektlarini   saqlash   bo‘yicha,   umumiy   hajmi   3   180,25
mln sum mablag‘ga teng bo‘lgan ilmiy tadqiq etish, konservatsiya, restavratsiya va
ulardan foydalanish uchun zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha ishlar olib
borildi. Sarflangan umumiy mablag‘ning deyarli teng yarmi, ya’ni 1 495 mln so‘mi
respublika byudjeti hisobidan, qolganlari mahalliy byudjet va hayriyalar hisobidan
amalga oshirildi.
Barcha   qadimiy   shaharlar   qatori   Buxoro   ham   qayta   qad   roslashi   va   zamonaviy
shaharsozlik   talablariga   javob   berishi,   shu   bilan   birga,   shaharning   tarixiy   qismini
saqlab   qolishga   qaratilgan  chora   tadbirlar   belgilandi.   Xususan,   2010  yilning   mart
oyida   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   “O   Gosudarstvennoy
programme   po   issledovaniyu,   konservatsii,   restavratsii   i   prisposobleniyu   dlya
sovremennogo   ispolzovaniya   ob’ektov   kulturnogo   naslediya   goroda   Buxar ы   do
2020   goda”   qarori   chiqdi.   Unga   asosan   shahardagi   ta’mir   talab   arxitektura
yodgorliklarida restavratsiya ishlari davom ettirildi.
Barcha   qadimiy   shaharlar   qatori   Buxoro   ham   qayta   qad   roslashi   va   zamonaviy
shaharsozlik   talablariga   javob   berishi,   shu   bilan   birga,   shaharning   tarixiy   qismini
saqlab   qolishga   qaratilgan  chora   tadbirlar   belgilandi.   Xususan,   2010  yilning   mart
oyida   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   “O   Gosudarstvennoy
programme   po   issledovaniyu,   konservatsii,   restavratsii   i   prisposobleniyu   dlya
sovremennogo   ispolzovaniya   ob’ektov   kulturnogo   naslediya   goroda   Buxar ы   do 2020   goda”   qarori   chiqdi.   Unga   asosan   shahardagi   ta’mir   talab   arxitektura
yodgorliklarida restavratsiya ishlari davom ettirildi.
Jumladan,   2011   yil   boshidan   XVI   asrda   qurilgan   Ko‘kaldosh   madrasasida   ta’mir
ishlari   boshlandi.   Ushbu   obidaning   restavratsiyasi   uchun   markaziy,   mahalliy
hamda xomiylik mablag‘lari jalb etildi. SHu bilan birga, Ko‘kaldoshning tengdoshi
hisoblangan   Mir   Arab   madarsasining   tarixiy-madaniy   va   arxitektura   ahamiyatiga
molik   qismlarida   (asosan   tashqi   qiyofasida)   10   mln   so‘mlik   mablag‘   hisobida
ta’mir ishlari rejalashtirilib, amalga oshirildi. Adabiyotlar
 
1.   Karimov   I.A. O‘zbekistonning o‘z taraQQiyot va yangilash yo‘li.   T.1992   y.
2.   Karimov   I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida.   T. 1997   y.
3.   Karimov   I.A.   IstiQlol va ma’naviyat.   T. 1994   y
4.   Karimov   I.A.   Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘Q. T. 1998   y.
5.   Vremya i preemstvennost v razvitii kulturi.   Saratov. 1991   g.
6.   Globalnie problemi i ob щ echelovecheskie sennosti.   M.1999   g.
7.   Ikonnikova S.   Dialogi o kulture.   L., 1989   g.
8.   Kultura Uzbekistana: Tradisii i sovremennost.   T. 1986   g.
9.   Xayrullaev M.   Madaniy meros va falsafiy fikr tarixi.   T. 1985   y.
10.    M.Abdullaev. Madaniyatshunoslik asoslari.
11. J.Tlanov.   £adriyatlar falsafasi. T

XXI asr boshida O`zbekistonda madaniy meros obyektlarini saqlash va ta`mirlash ishlarini tashkiliy va amaliy jihatlari. Reja: 1. Zarafshon vohasida madaniy meros ob’ektlarini saqlashlanishi. 2. XXI asr boshida madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash. 3. Madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ta’mirlash jarayonini amaliy jihatlari.

XXI asr boshida vohada amalga oshirilgan yirik ta’mirlash loyihalaridan biri bu – Shohi Zinda me’moriy majmuasini ta’mirlash loyihasidiri. Nafaqat Zarfshon vohasi, balki Markaziy Osiyoning me’moriy durdonasi hisoblangan, ko‘hna Samarqandning shimoliy qismida, Afrosiyob tepaliklarining chekkasida yoyilgan qadimgi qabristonning orasida joylashgan va turli obidalar majmuidan iborat bo‘lgan Shohi Zinda ziyoratgohi (u deyarli to‘qqiz asr - X1-X1X asrlar davomida shakllangan. Lekin oxirgi 200 yil davomida Markaziy Osiyo hududida yuzbergan kuchli zilzilalar ushbu majmuadagi me’moriy yodgorliklarning texnik holatiga salbiy ta’sir qilgan, ko‘plari buzilib ketgan), XXI asr boshiga kelib yodgorlik ayanchli holatga tushib qolgan edi. Bugungi kunda, shartli ravishda uch qismga ajratilgan hamda turli davrlarda qurilgan majmuaning 44 inshootidan 20 ob’ekt ham tarixiy ham badiiy arxitektura jihatidan katta qiziqish uyhotadi. Majmuadagi bizgacha etib kelgan eng qadimiy imorat qoldig‘i bu -Afrosiyob qo‘rg‘onining devori, Sulton Sanjar qurdirgan minora hamda Qoraxoniylar davridan qolgan maqbaraning ba’zi devorlaridir.SHuni alohida ta’kidlash zururki, bir necha asrlardan buyon SHoxi-Zinda majmuasining me’moriy yodgorliklarida kompleks konservatsiya-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan. Ular faqat tarixiy, me’moriy, badiiy va arxeologik tadqiqotlar markazi vazifasini bajargan, xolos. Keng qamrovli ta’mirlash ishlari Sobiq Ittifoq davlatchiligi davrida ham amalga oshirilmagan. Binobarin, XX boshida Ermitajdan kelgan Arxeologik komissiya vakillari, majmuani saqlab qolish imkoniyati yo‘qligini ta’kidlashgan edi. Oqibatda, SHoxi- Zindaning har bir yodgorligi tashqi naqshinkor qoplamalaridan namuna olinib, Sankt-Peterburgga jo‘natilgan edi. Ular hozirgi kunga qadar ushbu muzeyning noyob eksponatlari sifatida ko‘rgazma qilinadi. SHunday qilib, yuqorida qayd etilgan jarayonlar va tezkor-kontinental iqlim majmuaning holatiga salbiy ta’sir qilib kelgan . Tarixiy ma’lumotlar guvohlik berishicha, Sohibqiron Amir Temur o‘z davrida ushbu qadimiy ziyoratgoh atrofida majmuaviy guldasta qurdiradi. U mug‘ullar bosqinida vayronaga aylangan maqbarani qaytadan zeb berib tiklatadi, yog‘ochdan yasalgan qabrni eng qimmatbaho naqshinkor toshlar bilan o‘zgartiradi. Amir

Temurning oila a’zolari, saroy ayonlari hazrati Qussam ibn Abbos maqbarasi yaqinida ko‘milishni sharaf bilishib, o‘zlariga naqshinkor maqbaralar qurdirishgan. Bu obidalarni mahalliy me’morlar Erondan, Hindistondan, SHomdan kelgan ustalar hamkorligida barpo etishgan. Amir Temurdan so‘ng uning ishlarini nabirasi Mirzo Ulug‘bek davom ettiradi. Aziz kishilar maqbaralaridan iborat bo‘lgan bu, me’moriy majmua o‘tmishda ko‘p qora kunlarni boshdan kechirdi. Tarixda takrorlangan Samarqand bosqinlari, g‘oyaviy xurujlar avj olgan davrlarda uzoq vaqt qarovsiz qoldirildi. SHuning uchun ham O‘zbekiston hukumatining islom madaniyatida muhim o‘rin tutgan ushbu majmuani himoyaga olish bilan bog‘lik qarorini taraqqiyparvar dunyo hamjamiyati g‘oyatda xayrli, muhim yangilik sifatida kutib oldi.To‘g‘ri, shuni tan olish kerakki, XX oxirlarida majmuaning shimoliy qismida, moliyalashtirish hajmining kamligi uchun qisman ta’mir ishlari, amalga oshirlgan edi. Lekin ushbu amaliyot antropogen ta’siri va namlik ko‘tarilishini oldini olmadi. Qolaversa, kuchli yog‘ingarchilik majumaning g‘arbiy qismidagi hududida katta g‘ovaklarni keltirib chiqardi va bular jiddiy ta’mirlash ishlarini talab etardi YUzaga kelgan vaziyat hamda ushbu noyob majmuaning saqlanishini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 2004 yil 16 iyuldagi 337-sonli «SHohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. SHundan so‘ng “Ta’mirshunoslik” institutining Ixtisoslashgan Kengashi tomonidan memorial kompleksni 2004-2005 yillarga mo‘ljallangan restavratsiya- konservatsiyalash, loyihalashtirish va ilmiy-tadqiq qilish ishlarining kompleks dasturi ishlab chiqildi. Dastur Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshidagi yodgorliklarni saqlash Ilmiy-uslubiy Kengashining majlisida Toshkent arxitektura va qurilish institutining yirik olimlari, O‘zbekiston arxitektorlari ittifoqi, jamoat tashkilotlar hamda madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi vakillari tomonidan ko‘rib chiqildi. Taklif qilingan materiallar Kengash tomonidan sinchiklab o‘rganilganidan keyin, ko‘proq konservatsiya ishlarini bajarish va shu yo‘l bilan SHoxi-Zinda

yodgorliklari qismlarining dastlabki holatini saqlab qolish va yangi qurilmalarni iloji boricha cheklash ishlarini bajarishning asrab-avaylash uslubidan iborat kompleks dasturga qator o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritildi. SHundan so‘ng Kompleksning har bir yodgorligi bo‘yicha bir nechta yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot hamda loyihalashtirish ishlari bajarildi. Xususan, saqlanib qolgan va arxeologik jihatdan oldindan ma’lum bo‘lgan ob’ektlar kompleks ilmiy-tadqiq qilindi, mavjud ob’ektlarni konservatsiya, restavratsiya, qayta tiklash va texnik mustahkamlashning echimi va loyihalari ishlab chiqildi, yangidan aniqlangan qurilmalarni qisman restavratsiya-konservatsiya qilish bo‘yicha loyihalashtirish ishlarining echimini ishlab chiqish bilan bir vaqtda arxeologik tadqiqotlar olib borildi, sayyohlik va ziyorat ob’ektlarini ko‘rgazma qilish ishlarini hisobga olgan holda ansambl hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha ishlari loyihatlashtirildi, alohida yodgorliklar yuzasidagi yo‘qolib ketgan dekorativ qoplamalar na’munalarini tayyorlash va shu asosda maxsus tadqiqotlar olib borildi. Konservatsiya-restavratsiya ishlari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: - qurilmalarni mustahkamlash ishlari; - g‘isht devorlarining xavfli joylarini topish va restavratsiya qilish, markirovka qilingan grafik va fotofiksatsiyalash ishlarini bajarish; - yodgorliklarning saqlanib qolgan qismlarini texnik-mustahkamlash ishlarini olib borish (poydevorlarni mustahkamlash, devorlar pastki qismlarini kuchaytirish, qurilish qoidalariga asoslangan g‘isht terish, qo‘shimcha aylanma qurilmalarni terish va h.k.); - yo‘qolgan arxitekturaviy hajmlardagi devor qurilishini tiklash; - saqlanib qolgan hujjatlar asosida dekorativ qoplamalarni konservatsiya va restavratsiya qilish (yodgorliklarning o‘zida saqlanib qolgan va yig‘ma arxeologik materiallar asosida); - yog‘ingarchilik suvlarini chiqarish hamda yodgorlikka kirishni qulaylashtirish bo‘yicha hudud obodonchiligi ishlarini olib borish. SHunday qilib, 2004-2005 yillar davomida ushbu majmuada keng qamrovli qurilish ta’mirlash va saqlash ishlari olib borildi. Ishlab chiqarish ishlarining

boshlanguniga qadar ochilgan arxitektura va arxeologik topilmalarni qayd qilish hamda o‘rganishning to‘liq sikli amalga oshirildi. Jumladan, 2004 yilda O‘zR FA Samarqand bo‘limi Arxeologiya instituti tomonidan ansambl qurilmalari atrofidagi hududlarda arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. Qazish ishlari natijasida qadimgi terrasalarning tamba devorlari, qabr inshootlari hamda monumental qurilmalar qoldiqlari aniqlandi. Qazishmalar natijalari ansamblning perimetri bo‘ylab qurilgan tamba devorlarini qurishda hisobga olindi, shuningdek, ulardan bir qismining restavratsiya va konservatsiya qilish choralari bo‘yicha loyiha qarorlari qabul qilindi. 2004-2005 yillarda ayrim yodgorliklarning gumbazlari tiklandi, negaki, binolarning saqlanib qolgan qismini ularning tomini qurmasdan asrab qolishning imkoni bo‘lmas edi. Asosiy ishlar poydevorlarni qurish va mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. CHunki, butun kompleks qattiq er ustiga emas, balki yog‘ingarchiliklar oqibatida qal’a devorlarining qiyaliklariga o‘pirilib tushgan tuproq ustiga qurilgan edi. Bo‘sh, zichlangan tuproq inshootlarning yuqini ko‘tara olmasdan, natijada, qurilmalarda o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Alohida qad ko‘targan maqbaralarni loyihalashtirish 2 tipdagi g‘ovak tuproqqa xos seysmik normalariga maksimal amal qilish bilan olib borildi. Ansamblning atrofida ko‘p odam to‘planishini hisobga olib, barcha mavjud maqbaralarning konstruksiyasi kuchaytirildi va bunda 9 ballik seysmik ta’sirlar hisobga olindi. Har bir yodgorlikka ular konstruksiyasining saqlanish darajasiga qarab indivudual yondoshildi. Konservatsiya ishlari eng ko‘p zarar ko‘rgan, buzilib ketishi xavfi bo‘lgan ob’ektlarda amalga oshirildi. Ularning tuprog‘i mustahkamlandi va devorlar yoriqlari orasi to‘liq in’eksiya qilindi. Ayrim hollarda zaruratdan kelib chiqib, yodgorliklarni buzilishdan yoki butunlay yo‘qolib ketishdan saqlash maqsadida zaruriy chora sifatida maqbaralarning portal qismiga qulab tushgan g‘ishtlardan qisman devorlar tiklandi, arxitektura bezaklari o‘z joylariga o‘rnatildi. YOdgorliklarning texnik holatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar qatoriga kompleksning g‘arbiy va sharqiy qismlaridagi er osti suvlari bosimining kuchayganligini kiritish mumkin. YOdgorliklarni saqlash tashkilotlarining