OT TRENINGINING AHAMIYATI. OTLAR KONSTITUTSIYASI VA EKSTER’YERI
OT TRENINGI NING AHAMIYATI . OTLAR KONSTITUTSIYASI VA EKSTER ’ Y ERI Reja: 1. Yilqichilikda ot treningining ahamiyati. Ot treningining qisqacha ta’rifi. 2. Otlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. 3.Ot konstitutsiyasi va eksteryeri. 4. Ot tana tuzilishining tiplari va tuslari. 5. Ot tanasining o’lchamlari va otlarni eksteryer bo’yicha baholash.
1. Yilqichilikda ot treningining ahamiyati. Ot treningining qisqacha ta’rifi Yilqichilik chorvachilikning muhim tarmog’i hisoblanadi. Otlar xalq xo’jaligida turli maqsadlar (ishlatish, sport, mahsulot olish va boshk.) uchun ko’paytiriladi. Qishlok xo’jaligida asosiy ishlar mexanizasiya yordamida bajarilgan holda, ba’zi ishlarda ot kuchidan xam foydalaniladi. Demak, xalq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan holda xam yilqichilik uz ahamiyatiini mutlaqo yo’qotmaydi. Trening ot sog’ligini yaxshilaydi, ish qobiliyatini, sharoitga moslashuvchanlik xususiyatini va har xil kasalliklarga chidamliligini oshiradi, chunki tizimli ravishda trening qildirib va sinab turilmasa har qanday ot zoti xam takomillashmaydi, uning avlodlari yaxshi xususiyatlarni o’zida saqlab qola olmaydi. Trening deb otlarni mashq qildirish, saqlash, parvarishlash va oziqlantirishning muxsus tizimiga aytiladi. Bunda ular har xil uzoqlikdagi masofani turli allyur va turli tezlikda bosib o’tishga qodir bo’ladi. Otlarning tipiga va zotiga qarab trening turlari va ularning bajarilish usullari har xil bo’ladi. Otlarning trening darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ot shunchalik yaxshi chiniqadi, ish qobiliyati yuqori bo’ladi, harakati silliqlashadi, belgilangan ish miqdorini bajarish uchun avvalgiga qaraganda kam kuch sarflaydi. Bundan tashqari tizimli trening davomida otlarning yurak, o’pka, muskullari va markaziy asab tizimiyaxshi rivojlanadi, ozuqaga bo’lgan talabi oshadi, organizmda moddalar almashinuvining jarayoni kuchayadi, e n g muhimi asta sekin ularning potensial imkoniyatlari ochila boradi. Ma’lumki, madaniy ot zotlarining kelib chiqishida xillash va tanlanishning asosiy elementi trening va sinashning roli nixoyatda katta. Trening faqat nasldor otlarni yetishtirishdagina emas, balki yilqichilik mahsuldorligini oshirishda xam, sport otlarini yetishtirishda x.am hozirgi zamon zoomuxandislikning muhim tadbiriy vositalaridan biriga aylangan. Trening qildirish va sinash tizimi otlarning zoti hamda tipiga qarab o’zgarib turiladi. Otlarni sinashning qo’yidagi usullari mavjud: to’rt oyoqlab tez chopish, to’rt oyoqlab chopib har xil balandlikdagi to’siqlardan sakrash, ustiga yuk ortilgan yoki
aravaga qo’shilgan holda yo’rtib chopish, maksimal darajada yuk tortish, yukni ma’lum masofaga odimlab va yo’rtib olib borish, har xil xo’jalik ishlarida ishlatish. Sinashning har bir turi otlarning tipiga va bajariladigan ishiga qarab ma’lum qoida asosida o’tkazilishi kerak. Odamlar a zaldan u y hayvonlar orasidan ikki t u rini ajrat ib, ularni “ Sodiq do’st ” deb atab kelmokda. Bu hayvon turlariga ot va it kiradi. Otlarning yuzlab avlodalari ko’pdan ko’p murakkab t r e n i n g maktabini o’tib kelganlar. Har bir keyingi avlodda odam ularda o’ziga kerakli shartli reflekslarni ishlab chiqgan. Asta sekin otlarning turli zotlari paydo bo’lib, ularda qimmatli kerakli shartli reflekslar boshqa turdagi hayvonlarga nisbatan osonrok, yengilrok va tezrok rivojlangan. Vaqt o’tishi bilan, ayrim zotlar takomillashgan sari treningda bog’lanish, tormozlanish va harakatlanish kabi shartli stereotiplar kompleksi qanday bo’lish kerakligi aniqlangan. Amaliy usullar bilimi yigilgan. Masalan otlarda treningda kerak bo’ladigan shartli reflekslarni ishlab chiqish uchun qanday ta’sir o’tkazish kerak? Azaldan yaxshi natijaga erishish uchun og’riq faktorini qo’llash to’g’ri deb kelingan. XVI – XVII asrlarda xam otlar trening qilingan va ingliz ippologlari trening qilinadigan otga qattiqqul bo’lish kerakligini o’qtirganlar. Ularga qarshi chiqgan boshqa mutaxassislar jazolash bilan birgalikda rag’batlantirish xam kerak deb hisoblaganlar. Hozirgi davrda esa shartli reflekslar ishlab chiqish uchun kompleks usullarni qo’llash maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Yilqichilikni har tamonlama rivojlantirish tadbirlari otlarning xo’jalik va biologik xususiyatlarini chuqur o’rganishga asoslanadi. Otlarning tez yetiluvchanligi ular organizmining rivojlanish jarayonini yaxshilovchi sharoitlar bilan bog’liqdir. Bunday sharoitlarga otlarni trening (mashq qildirish, o’rgatish) qildirish kiradi. 2. Otlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi Zoologik klassifikasiya bo’yicha ot, eshak, kulan, onagra va zebralar sut emizuvchilar sinfiga, toqtuyoqlilar turkumiga, otsimonlar oilasiga, otlar avlodiga kiradi (ekvidlar). Hozirgi otlar mayda hayvonlarning evolyusiyasi natijasida
bundan 50 mln. yil muqaddam kelib chiqgan va hozirgi davrga kadar o’n i k k i g a yaqin davrni bosib o’tganlar. Juda qadimgi otlarning tahmin qilinadigan avlodlari hozirgi davr otlariga o’xshamaganlar. Shunday avlodlarning biriga fenakodus kiradi va u ko’pincha itga yoki tulkiga o’xshagan. Fenakodusdan Shimoliy Amerika eogippusi kelib chiqganligi taxmin qilinadi, u kattaroq bo’lib ko’p jixatlardan otga o’xshaydi Eogippusdan keyinga evolyusiya bosqichida mezogippus degan hayvon vujudga kelgan. Otlarning keyingi avlodalari miogippus, anxiterium, gipporion, progippus, plezigippus va boshk. hisoblanadi, Otlar tez harakat qilishi va qattiq yerlarda yurishi ularda tuyoq hosil bo’lishiga sabab bo’lgan. Tuyoq avval orqa, keyin esa oldingi oyoqlarda rivojlangan. Oyoqlar uzayishi otlarning bo’yi baland bo’lishiga, bo’yin qismi uzayishiga olib kelgan. Bosh miyaning vazni oshgan. Otlarning avlodlari Shimoliy Amerikadan Osiyo, Yevropa va Afrika qit’alariga tarqalgan. Otlar it, qo’y va echkidan so’ng xonaqilashtirila boshlangan. Dastlab otlar e n g ko’p qo’lga o’rgatilgan joylar – O’rta O s i y o n i g Amudaryo va Sirdaryo vodiylari, ikkinchi joy – Janubiy – Sharqiy Yevropa va Osiyo davlatlari hisoblanadi.3. Ot konstitutsiyasi va eksteryeri Organizmning nasl qoldiruvchanlik va individual rivojlanishiga sabab bo’ladigan anatomik va fiziologik xususiyatlarning yig’indisi konstitusiya deb ataladi. Bu xususiyatlar hayvonning tana tuzilishida, ayrim organ va to’qimarning rivojlanish nisbatida; xay von xalq xo’jaligida nechoglik qo’llanilishida, sog’lomligi va tashqi muhit ta’siriga qay darajada moslashishida o’z ifodasini topgan. Fanga konstitusiya tushunchasini birinchi marotaba eramizdan avval 377– 460 yillarda yashab o’tgan buyuk olim, serqirra talant egasi Gippokrat kiritgan. 1930 yillarda professorlar V.O. Vitt va Sh.N.Zamyatin qishloq xo’jalik hayvonlarini keng tanali (eyrosomli) va tor tanali (leptosomli) konstitusiya tiplariga bo’lishni tavsiya etadilar.
M.F.Kuleshov, Ch.Darvin aniqlagan korrelyativ o’zgaruvchanlik qonuniga asoslanib, qishloq xo’jalik hayvonlarni oddiy amalda qo’llanish mumkin bo’lgan ko’pol, nozik, bo’sh va zich kabi to’rt xil klassifikasiyaga bo’ladilar. Qo’pol konstitusiya – hayvon suyaklari yo’g’on, terisi qalin va dag’al junlar bilan qoplangan, uning teri ostidagi yog’ qatlami sust rivojlangan, boshi va oyoqlari tanasiga nisbatan nomunosib rivojlangan. Temperamenti flegmatik. Ish qobiliyati yuqori darajada emas. Noziq konstitusiya – hayvon suyaklari ingichka, boshi k i c h i k , bo’yni ingichka, terisi nozik va yupqa. Junlari mayda va siyrak, tuyoqlari noziq. Zich konstitusiya hayvon oyoqlari chayir va mustahkam, teriosti biriktiruvchi to’qimasi sust rivojlangan. Muskullari zich, temperamenti yuqori . Bo’sh konstitusiya – hayvon gavdasi katta, suyaklari nisbatan mo’rt, muskullari bo’rtgan lekin bo’sh, pay va bo’g’imlar yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Teri osti biriktiruvchi to’qimasi yaxshi rivojlangan. Bo’g’imlarda suyuqlik to’planishi mumkin. Ko’pol va z i c h konstitusiyali tiplar otlarning dasht va tog’ zotlarida h amda shimolda joylashgan mahalliy o’rmon zotlarida ko’zga tashlanadi.Ular yaylov sharoitiga g’oyat chidamlidir. Bo’sh, ko’pol va nozik konstitusiyali tiplar asosan og’ir yuk toshuvchi ot zotlarida ko’prok uchraydi. Salt miniluvchi (sof qonli, arab, axaltaka) otlar uchun asosan z i c h konstitusiya xosdir.Eksteryer ahamiyati . Eksteryer – hayvon konstitusiyasining tashqi tomondan ifodalanishi va organizmning tashqi tuzilishi degan ma’noni anglatadi. Organizmning tashqi tuzilishi esa hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan hayvonning ish qobiliyati va nasldorlik kiymatini ifodalaydi. Otlarning eksteryeri to’g’risidagi dastlabki adabiyot b i r i n c h i marta 1717 yilda G.F.Dolgorukov tomonidan yozilgan. Shuningdek, X V I I I asrning oxiri va XIX asrning boshida xam bu yo’nalishda qator o’rinishlar bo’lgan.