OTLARNI MASHQ QILDIRISHDA QO’LLANADIGAN QURILMALAR VA INVENTAR (OT ABZALLARI)
OTLARNI MASHQ QILDIRISHDA QO’LLANADIGAN QURILMALAR VA INVENTAR (OT ABZALLARI)Reja: 1. Levada 2. Manej 3. Yo’lakcha 4. Ippodrom 5. Ot abzallari
Yilqichilik xo’jaliklarida yosh otlar treningi maxsus maydonchalarda (levada, manej, yo’lakchalar) o’tkaziladi. 1. Levada Levadalar madaniylashgan zotli otlarning tarbiyasida va treningida katta va muhim rol o’ynaydi, chunki ular yosh hayvonni erkin harakatlanishi, ochiq havoda xoxlagancha bo’lishini taminlaydi. Levada – yaylovning bir chetini to’rtburchak shaklida chegaralangan joyi bo’lib, uni to’sish uchun yog’ochdan qurilgan oddiy to’siqlar qo’llanadi. Ayrim hollarda to’siqlar ko’chirma bo’lishi mumkin. Levadalar otlarni oziqlantiradigan joy va otxona yonida qurilgan bo’lishi lozim. Oziqlantiruvchi levadada ko’p yillik o’tlar eqiladi, chunki ular toptalishga chidamli bo’lib otlar oziqlanishiga qulay bo’ladi. Oziqlantiruvchi levada turli shaklda bo’lishi mumkin. Kerak paytda uni ko’chiradilar. Ko’chirma to’siqlar kattaligi (uzunligi) 3–4 metrdan bo’lib, ular og’ir asosga biriktiriladi, shuning uchun ularning ustunlari yerga ko’milmaydi. Levadani zavod ippodromining aylanasi ichiga qurish mumkin. Levada ichiga qo’yib yuborilgan hayvonlarga to’liq erkinlik berish tavsiya etiladi. Otxona yonida qurilgan levadaning vazifasi – otlarni mosion bilan ta’min lashdir. Bunday levadaning bir devori otxonaga tutashgan bo’lib, unda hyech narsa o’smaydi Xo’jalikda bir nechta levada qurilishi maqsadga muvofik, chunki otlar navbati bilan yoz mobaynida yangi, xali o’ti bosilmagan, to’silgan yaylov qismlariga o’tadi. : 2. Manej Manej – usti yopiq yoki ochik, aylana shaklida bino yoki qurilma. Manej yosh va katta yoshdagi otlarni ob–havo yomon bo’lgan vaqtda qo’llanadi. Manejning diametri 30 metrga teng. Yaqin paytlargacha manej otlarni trening qildirishda katta va muhim o’rinni egallagan edi. Lekin hozirgi davrda uning moxiyati pasaygan, ayniqsa yo’rtoqi otlarning treningida.
Otlarni manejda trening qildirishning foydali va zararli tomonlari bor. Bir tomondan manej otlar bilan ishlashning birinchi jarayonlarini osonlashtiradi; manejdan yil buyi foydalanish mumkin; ob–h avo yomon bo’lgan fasllarda otlarga to’liq kuch bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Ikkinchi tomondan manej aylanasi bo’ylab harakatlanishlar yo’rtoqi otlar tanasining ikki tomonini baravariga ishlashga yo’l quymaydi y a n i og’irlik manej markaziga qaragan oyoqlarga tushadi. Otni yumaloq manejda trening qildirishning i k k i n c h i salbiy xususiyati – ot uzun tizgin orqali boshqarilishida dir . Uzun tizgin og’ir bo’lib , ot og’zini shikastlaydi, og’iz burchaklari sezuvchanligini pasaytiradi va natijada u bilan keyin chalik ish lash da qiyinchilik yaratadi. Uchinchi kamchilik – qisqa va tor joyda aylana bo’ylab harakatlanish ot harakatlarini bog’laydi va qadamlar uzunligini qisqartiradi. Bunday kamchiliklarni kamaytirish uchun marvin tipdagi manejni qu rish maqsadga muvofik – uning shakli uzunchoq bo’ladi. Manej aylanasining 1 ,8 m balandli kda to’siqlar bilan chegaralanadi. Maydon atrofdagi yer satxidan 15–20 sm balandlikka ko’tariladi. Manej darvozalari ichkariga ochiladi. Manej yuzasi yirik qum yoki yog’och qirindisi bilan qoplanadi. Ishdan so’ng manej yuzasi yer tirnog’ichi (grabli) bilan tekislanadi. Ob – havo quruq paytida chang ko’tarilmasligi uchun ustiga suv sepiladi. 3. Yo’lakcha Yo’lakcha yoki “ aylana ” otlarni trening qildiradigan asosiy joy hisoblanadi. Otchilik xo’jaliklarida ippodromlarning yugurish yo’lakchalari oval shaklda quriladi. Aylananing uzun qismi 1600 m, qisqa qismi 1067m ga teng. Aylananing eni 1067 metrdan kam bo’lmasligi kerak, chunki otlar tez allyurlarda qisqa burumlardan chopib o’tishga q iynaladi. Yo’lakcha yuzasida qum ko’p yoki loyli bo’lishi mumkin emas, chunki qumlik yerda ot paylariga kata og’irlik tushadi, yomg’irli kunlarda esa yo’lakcha balchiq bilan qoplanadi. Yo’lakcha o’lchamlari olingandan so’ng yuzasi h aydaladi. Yo’lakcha kengligi 6–7 metrni tashkil qilishi lozim. Yo’lakcha yuzasi xaydalgandan s o ’ n g u borona
bilan ishlanadi va ustidan mola tortiladi. Yoz paytida yo’lakcha yuzasini doim yumshatib turish lozim. Qish faslida yo’lakchadan qor tozalanib tur il adi. Otxonadan to yo’lakchagacha yo’l alohida quriladi. Yo’lakcha ichidagi maydonga ekinlar eqiladi, ammo bevosita yo’lakcha yonidagi joyga ekin ekilmaydi. 4. Ippodrom Ippodrom har bir ot zavodida bo’lishi lozim. Ippodrom yo’lakchasining oddiy yo’lakchadan farqi – u kaltarok bo’ladi – 1000 m, aylana ichiga hyech narsa ekilmaydi, chunki unda toylar yurish texnikasi, burilish qoidalari va boshqalarga o’rgatiladi. Zavod ippodromini qurish uchun birinchi navbatda tekis joy tanlanadi. Maydon yuzasida notekisliklar bo’lmasligi lozim, chunki ular toylarning to’g’ri harakatlanishiga xalaqit beradi va keyinchalik zararli reflekslar paydo bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Ippodrom maydoni quruq, qor va shamoldan himoyalangan bo’ladi. Otxona ippodromdan uzoqroq joyda ( 0,3 km ) joylashishi zarur . Ippodrom yo’lakchasining yuzasi qumlik yoki balchiqli bo’lmasligi kerak. Ippodromga 8 gektar yer ajratiladi. Yugurish yo’lakchasining uzunligi 1000 m, eni 15 m ni tashkil qilishi lozim. Ikki to’g’ri yo’nalishlar uzunligi 340 metrdan, ikki burumlar uzunligi 160 metrdan, burilish radiusi 51 metr, yo’lakcha en i esa 15 metrdan kam bo’lmasligi lozim. Aks holda yosh otlarni qarshisidan keladigan boshqa otlar h urkitish mumkin, boshqa hollarda esa ular yo’lakchadan tashqariga chikib ket adi . Ippodrom yo’lakchasiga tashqaridan istalgan joydan kirish imkon sti ni yaratish lozim. Ippodrom yo’lakchasiga oddiy yo’lakchaga nisbatan ko’prok ahamiyat beriladi . 5. Ot abzallari Qadimda odamlar otlarni hyech qanday abzalsiz ishlatganlar (don ekinlarini yanchish, ot dumiga biror narsalarni bog’lab tortirish, egarsiz yuk tortish va minish). Xalq xo’jaligi taraqqiyoti, madaniyatining o’sishi, ot kuchidan foydalanish usullarini,
qishlok xo’jaligi qurollari va aravalarni, chanalar va foytunlarni, ot abzallarini vujudga keltirdi. Arava anjomlari va otlarga taqiladigan moslamalar ot abzallari deb ataladi. Abzallar otlarni egarlash usullari va ishlatish xarakteriga qarab uchta asosiy tipga bo’linadi: tortish kuchi orqali bajariladigai ishlar uchun va , salt m i n i s h uchun muljallangan abzallar. H amma abzallar ixcham, taqilganda ot tanasiga yopishib turadigan, ish vaqtida tanani shikastla maydigan va otning ish qobiliyatiga xalaqit bermaydigan bo’lishi kerak. Abzallarni otning katta – kichikligiga qarab tanlash ayniqsa muhimdir. Ot abzallari do’g’ali va do’g’asiz, arava uchun, qishlok xo’jaligi ishlari uchun, salt miniladigan yakka ot, qo’sh ot, uch ot va ko’p otlarga muljallangan bo’lishi mumkin. Abzallarining har biri aniq o’lchovda, ta’mirlash va esqilarini yangilari bilan almashtirish uchun qulay bo’lishi kerak. Otning ko’krak, yelka, qarchig’ay va orqasi abzal orqali ish bajaruvchi asosiy organlari hisoblanadi. Abzal tanlaganda shu organlarning tuzilishi va o’lchamiga alohida e’tibor berish lozim. Bir ot uchun muljallangan rus do’g’ali abzallar – yugan, no’xta, bo’yincha, egarcha, egarcha qayishlari, tizgin (uzun jilov) va do’g’adan iborat. Yugan – otni boshqarish uchun xizmat qiladi. U ensa usti ( c ha ka k) , pesh a na usti, ganash osti va burun ustidan o’tadigan kayishlardan hamda ikki xalqali suvliqdan iborat. Suvliqning ikkala xalqalariga boshqarish qayishlari – jilov birikti ri ladi. Ensa usti va chakkadan o’tadigan kalta va uzun qayish lar orqali suvliq to’g’ri kiygiziladi. Suvliq tilni bosmasligi, shuningdek juda erkin b o ’ l m a s l i g i , og’iz b o ’ s h l i g ’ i n i n g tishsiz joyida – til ustida (qirquvchi tishlar bilan oziq tishlar oraligida) joylashishi kerak. Agar yugan kalta bo’lsa, suvliq og’iz chekkalarini yara qiladi, uzun bo’lsa otni boshqarishda tishlarga tegib, ularga zarar yetkazadi. Yugan xom va chayir qayishdan, suvliq esa metalldan ikki xil o’lchamda (№ 1 va №2) tayyorlanadi. Otni oziqlantirish vaqtida yuganni y e c h i b qo’yish kerak. .