logo

Planetalar va ularning yo’ldoshlari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

210.2421875 KB
    Planetalar va ularning yo’ldoshlari
Reja:
1. Katta planetalarning ikki guruhi
2. Yer
3. Merkuriy
4. Oy 
5. Venera  
6. Mars 
7. Yupiter 
8. Saturn 
9. Uran, Neptun, Pluton Katta planetalarning ikki guruhi 
Quyosh   atrofida   9   –   ta   shar   shaklidagi   planetalar   aylanadi.   Planetalar
Quyoshdan quyidagi tartibda uzoqlashgan: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter,
Saturn,   Uran,   Neptun,   Pluton.   Ular   fizik   xarakteristikalariga   qarab   ikki   guruhga
ajraladi, ya’ni ikki guruhga birlashgan:
Merkuriy, Venera, Yer, Mars – 1 guruh.
Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton – 2 guruh.
1   -   guruhdagi   planetalarning   ba’zi   xususiyatlari   Yer   xususiyatiga   o’xshash   yoki
yaqindir.
2   -   guruhdagi   planetalarning   ba’zi   xususiyatlari   Yupiter   planetasi   xususiyatiga
yaqindir yoki o’xshaydi.
1 - guruhdagi planetalarning massalari va razmerlari uncha katta emas, lekin
ular   orasida   Yerning   massasi   va   o’lchami   kattaroqdir.   Bu   planetalarning   sirt
yuzalari qattiq bo’lib, yuqori o’rtacha zichlikka ega bo’lib, Yer zichligiga yaqindir
(5,52   g/sm 3
).   Bu   planetalar   atmosferaga   ega.   Bu   guruh   planetalarining   fizik
xarakteristikalari kosmik usullar yordamida o’rganilgan.
Asteroidlar   halqasining   orqasida   harakatlanuvchi   planetalar   Yupiter
planetasi   boshchiligidagi   ulkan   va   massiv   planetalardan   iboratdir.   Bular   Yupiter,
Saturn,   Uran,   Neptun   va   Plutondir.   Ularning   massasi   va   o’lchami   katta   bo’lib,
kichik o’rta zichlikka egadir. Atmosferasi geliy – vodoroddan iborat bo’lib, uncha
katta bo’lmagan miqdordagi ammiak (NH
3 ) va metan (SN
4 ) gazidan iborat bo’lib,
sirt   yuzasi   qattiq   holatdadir.   Yupiter,   Saturn,   Uran   halqa   bilan   o’ralgan   bo’lib,
miriadlar qattiq mayda zarrachalardan iboratdir.
Pluton   planetasi   yaxshi   o’rganilmagan.   Venera   va   Merkuriy   planetasidan
tashqari   boshqa   planetalar   atrofida   qattiq   jismlar   deb   ataluvchi   yo’ldoshlar
aylanadi. Katta yo’ldoshlar shar shaklida, kichiklari notekis asteroidlarga o’xshash
shaklda bo’ladi.
 
 Yer Quyoshga nisbatan uchinchi planeta hisoblangan. Yer sferoid shaklda bo’lib,
u R
o =6378 km ekvatorial radiusga va R
s = 6371 km o’rtacha radiusga ega.
Yer massasi M
0  = 5,98·10 24
kg = 6·10 24
kg gravitasion doimiylik G = 6,67 .
10 -11
m 3
/kg·s 2  
va   Yer   sirtiga   nisbatan   erkin   tushish   tezlanishi   g   =   9,81m/s 2
  orqali
aniqlangan.  Butun olam tortilish qonuni g=	GM	0	
R02 ga asosan Yer massasi	
M	0=	gR	02
G	=	9,81	м/с2⋅(6378	⋅10	3м)2	
6,67	⋅10	−11м3/(кг⋅с2)	=5,98	⋅10	24кг
Yerning  o’rtacha  zichligi  5,52  g/sm 3
,  uning  qobig’idagi  zichligi  2,70  g/sm 3
ga tengdir. Yer sirtida birinchi kosmik tezlik 7,91km/s, ikkinchi kosmik tezlik 11,2
km/s.   Ikkinchi   kosmik   tezlikda   Yerdan   uzoqlashib,   planetalararo   fazoga   qarab
ketadi.   Umumiy   Yer   yuzasi   5,1007·10 8
  km 2
,   bundan   29,2%   quruqlik   va   70,8%
okean, daryolar. Yer atmosferasining tarkibi 75,5% azot (N
2 ), 23,1% kislorod (O
2 )
va qolgan qismi karbon oksidi va boshqa gazlardan iborat. 
Suv bug’larining miqdori havo temperaturasiga bog’liq bo’lib, qutbda 0,2%,
ekvatorial   poyasda   3%   gacha   bo’ladi.   Atmosferada   balandlikka   qarab   bosim   tez
kamayadi   va   h=6   km   da,   dengiz   sathiga   nisbattan   2   marta   kamayadi.
Atmosferaning eng pastki qatlamiga – troposfera
deyiladi va bu qatlam 12-18 km gacha cho’ziladi,
bu   yerda   temperatura     55 o
S   gacha   pasayadi,
atmosfera   bosimi   esa   26   Pa   gacha   bo’ladi.
Troposfera   80%   ko’proq   atmosfera   massasini
tashkil   qiladi   va   hammasi   suv   bug’laridir.
Troposferada   yuqoriroq   50-55   km   balandlikda
stratosfera joylashgan va undan 20-30 km pastda
ozog   (O
3 )   qatlami   joylashgan   bo’lib,   bu
fotokimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’lgan. Ozon qatlami zararli qisqa to’lqinli
nurlanishni   ( λ <3000A°)   yutadi   va   yerdagi   hayotni   himoya   qiladi.   Atmosferaning
yuqori   qismlari   Quyosh   nurlanishi   ta’sirida   ionlashgan   bo’lib,   ionosfera   deb
nomlanadi.   Atmosfera   izlari   2000   km   gacha   boradi.   Atmosfera   Yerni   meteor   vaРасм – 19. Ернинг ички тузилиши ko’p sonli  meteor  zarrachalar  tomonidan hamda kometa va Quyoshdan keladigan
elementar  zarrachalar  oqimi,  ya’ni   kosmik  nurlar  oqimi   tomonidan  bombardimon
qilinishidan saqlaydi.
Yer   sharini   o’rab   olgan   magnit   maydonidan   iborat   bo’lgan   fazoga
magnitosfera   deyiladi.   Magnitosfera   o’qi   Yerni   aylanish   o’qiga   nisbatan   11,5°
qiyalikda   joylashgan   bo’lib,   Yer   markazidan   450   km   masofada   joylashgan.
Magnitosfera   Quyoshdan,   planetalararo   fazodan   Yer   sirtiga   qarab   tushuvchi
protonlar,   elektronlar,   geliy   yadrosi   va   boshqa   elementar   zarrachalarni   ushlab
qoladi.   Yer   magnit   maydoniga   kirib   qolgan   bu   zarrachalar   spiral   bo’ylab   harakat
qiladi va Yerning radiasiya mintaqalarini hosil qiladi. Zarracha energiyasiga qarab
magnitosferaning   turli   chuqurligigacha   boradi,   shuning   uchun   ham   radiasiya
mintaqalarida uchta maksimum yoki uchta zona hosil bo’ladi.
Quyosh   shamoli   magnitosfera   formasiga   kuchli   ta’sir   qiladi.   Quyosh
chaqnashlaridan   Quyosh   shamoli   kuchayadi   va   Yer   magnit   maydonini
qo’zg’alishini   magnit   bo’ronlarini   va   atmosfera   yuqori   qismlarini   ionlashuvini
yuzaga  keltiradi.  Bu  jarayonlar   o’z   navbatida  qutb  chaqnashlarini  (400-1000  km)
yuzaga keltiradi. Yer bitta tabiiy yo’ldoshga ega     
6.3. Oy
Oy – sirti qattiq, sovuq shar shaklidagi jism bo’lib, radiusi 1738 km, massasi
Yer massasini  0,0123 qismiga tengdir. Oyning o’rtacha zichligi 3,35 g/sm 3
, erkin
tushish   tezlanishi   g=1,63   m/s 2
,   bu   Yer   sirtidagi   erkin   tushish   tezlanishidan   6
marotiba kichik.
Oyda   suv   va   atmosfera   yo’q.   Ma’lumki   Oyni   Yer   atrofida   aylanish   davri
27,32° (sutka). Shuning uchun ham u Yerga bitta yarim shar bilan qaratilgan. To’la
oy holati 29,53° dan so’ng qaytariladi. Bu esa Oyda quyosh sutkasi  29,53° gacha
cho’ziladi, ya’ni  14,8° kun, 14,8° tun. Uzun oy kunida  oy sirti  temperaturasining
130°S   qiymatigacha   isiydi.   Bu   temperaturada   yengil   gaz   molekulalari   tezligi   2,4
km/s dan oshadi  va ular oyni tark etadi. Chunki  Oy sirtida birinchi kosmik tezlik
1,68   km/s,   ikkinchi   kosmik   (parabolik)   tezlik   2,38   km/s.   Oy   qobig’idan   uncha katta bo’lmagan gaz miqdori hamda karbon oksidi (SO
2 ) ham ajraladi, lekin og’ir
molekulalar   quyosh   nurlanishi   bilan   dissosiyalanadi   va   oyni   tark  etadi.   Oy   sirtini
temperaturasi kechasi  -160°S dan -170°S gacha pasayadi. Oy sirti ko’pgina katta,
kichik kraterlar bilan qoplangan. Oy tadqiqotiga bag’ishlab 3 fevral 1966 yil oyga
«»Luna-9»   avtomatik   stansiya   qo’ndirildi,   21   iyul   1969   yil   oyga   «Apollon»
kosmik kema (N.Armstrong va E.Oldrin) qo’ndirildi.
Oy   grunti   o’rtacha   zichligi   1,5   g/sm 3
,   kimyoviy   tarkibi   Yer   kimyoviy
tarkibiga   o’xshaydi.   Oy   grunti,   porod   yoshi   3,1-4,2   mlrd.yil.   Oy   yoshi   Yer
yoshiday   bo’lib,   4,6   mlrd.yilga   teng.   Oy   gruntini   qalinligi   50-60   km   dan   ko’p
emas, chuqurligi 1000 km. Magnit maydoni yo’q.
  Merkuriy
Merkuriy   –   eng   kichik   planeta,   diametri   4880   km,   massasi   Yer   massasini
0,056 qismini tashkil qiladi. O’rtacha zichligi 5,42 g/sm 3
 ga teng.
Merkuriy   fotografiyasi   29   mart   1974   yil   «Mariner-10»   nomli   planetalararo
stansiyada   (SShA)   233000-7340   km   masofada   qayd   qilingan.   Bir   necha   metrdan
625   km   o’lchamdagi   mayda   va   katta   kraterlar   mavjud,   tepalik   va   tog’,   tog’
etaklaridan   iborat.   Atmosferasi   yo’q.   Merkuriy   o’z   o’qi   atrofida   sekin   aylanadi.
Aylanish davri R=58,65 yer sutkasiga teng. Bu Quyosh atrofida aylanish davrining
uchdan ikki qismiga teng T=87,97 k
. Planetani ekvatorial zonasini sirti 480°S gacha
isiydi.   Boshqa   zonalarda   isish   340°S   gacha   bo’ladi.   Kechasi   planeta   sirti   -180°S
gacha sovuydi.
Merkuriyda   Yerdagi   magnit   maydonidan   150   marotiba   sust   magnit
maydoniga ega. Planetada zichroq bo’lgan temirli yadro mavjud bo’lib, ko’ndalang
kesim yuzi planeta diametridagi 0,75 qismiga teng. Planeta qatlamini qalinligi 600
km ga yaqin. Planeta radionurlanishi uncha katta emas. Merkuriy tabiiy yo’ldoshga
ega emas.
  Venera Venera   planetasi   tumanliklar   bilan   o’ralgan   bo’lib,   Yerdan   turib   uni   optik
kuzatish   mumkin   emas.   Shuning   uchun   xam   planetaning   fizik   xususiyatlari
to’g’risidagi   ma’lumotlar   radiousullar,   kosmik   tadqiqot   usullari   asosida   hosil
qilingan. 
Venera   massasi   Yer   massasini   0,815   qismiga   teng,   radiusi   R=6050   km,
moddani   o’rtacha   zichligi   5,24   g/sm 3
.   Aylanish   o’qi   uning   orbitasiga
perpendikulyar bo’lgan burchak ostida (30 ° ) qiya joylashgan. Planeta aylanish o’qi
atrofida sharqdan  g’arbga qarab aylanadi. Aylanish  davri  R=243,0 sutka. Quyosh
Venerada   sharqdan   chiqib,   g’arbga   botadi.   Planeta   o’qini   juda   kichik   qiyaligi
tufayli planetaning ikkita yarim shari bir xil yoritiladi va uning sirtida kun, tun 58
sutkaga cho’ziladi.
Venera   planetasini   sirtida   erkin   tushish   tezlanishi   Yernikini   0,90   qismini
tashkil   qiladi,   kritik   tezlik   esa   10,4   km/s   ga   teng.   Planeta   1761   yil   6   iyun   kuni
Quyosh   diski   bo’ylab   planetani   o’tish   vaqtida   planetani   zichroq   bo’lgan
atmosferasi   M.V.Lomonosov   tomonidan   aniqlangan   edi.   Planetani   tadqiqoti
«Venera-4»   (1967),   «Venera-16»   (1983),   «Vega-1»,   «Vega-2»   (1985)
planetalararo kosmik stansiyalar yordamida namunali o’tkazilgan edi.
Venera atmosferasi 96% karbon oksid gazidan, 4% azot, 0,002% kislorod va
0,02%   dan   kam   bo’lmagan   suv   bug’laridan   iborat.   Planeta   sirtining   zichligi   Yer
sirtini pastki qismini zichligidan 60 marotiba katta, atmosfera bosimi esa 9,5·10 6
 Pa
ga   teng.   Planetadan   30   km   balandlikda   planeta   sirti   kislotalar   qatlamidan   iborat.
Tumanliklar sulfat kislota va solyanoy kislotalar tomchilaridan iborat bo’lib, ularda
xlor, sulfat aralashmasi bor.
Venera   atmosferasi   doimiy   esadigan   shamoldan   iborat   bo’lib,   ularning
tezligi 0,5 dan 1,0 m/s gacha, 50 km ga yaqin masofalargacha shamol tezligi 100
m/s ga teng. 
Venera   sirtini   xaritasi   tuzilgan   bo’lib,   unga   asosan   Venera   sirti   tekis,   lekin
baland-past   joylar,   kraterlardan   iborat.   Planeta   sirtini   10%   ini   tog’li   tumanliklar
tashkil  qiladi. Tog’lar  orasida  xalqali  kraterlardan  iborat  bo’lib, ular  vulkanlar  va
meteoritlar kelib chiqishi bilan bog’liq. Kraterlarni diametrini o’lchami 30-160 km, chuqurligi 500 metrdan ko’proq.
Venerada suv havzalari va magnit maydoni yo’q. Planeta qobiqlarini diametri 5800
km bo’lgan zichroq bo’lgan temir yadro mavjud.
Mars   planetasini   sirti   teleskopda   yaxshi   ko’rinadi,   diametri   D=6800   km.
Massasi   Yer   massasining   0,107   qismigi   teng.   Planeta   moddasining   o’rtacha
zichligi 3,95 g/sm 3
, kritik tezligi 5,00 km/s.
Planeta   oq,   sariq   va   to’q   qizil   rangli,   sirti   sahrodan   iborat   bo’lib,   bularni
shartli   ravishda   kraterlar   deb   nomlangan.   Qora   oblastlar   –   dengiz   va   qo’ltiqlarni
ifodalaydi,   uncha   katta   bo’lmagan   qora   dog’lar   –   ko’llar   deb   nomlangan,   lekin
amalda Marsda na dengiz, na daryo, na ochiq suv havzalari yo’q. Planeta o’z o’qi
atrofida   aylanishi   R=24 h
37 m
23 s
  bo’lib,   Quyosh   sutkasini   uzunligini   S=24 h
39 m
29 s
ifodalaydi.   Planetaning   aylanish   o’qining   qiyaligi   24°56’,   ya’ni   Yerning   aylanish
o’qini   23°26’   qiyaligiday.   Shuning   uchun   ham   Marsda   Yerdagiday   ikkita   issiq,
ikkita   sovuq,   ikkita   o’rtacha   issiqlik   poyaslari   mavjud   bo’lib,   yil   fasllari
almashinuvlari ham mavjud.
Marsian   yili   687   Yer   sutkasigacha   cho’ziladi.   Mars   planetasi   quyoshdan
uzoqligi   Yernikiga   nisbatan   katta,   shuning   uchun   ham   qabul   qilgan   issiqligi   2,3
marotiba   kam,   suv   havzalari   qorli   qish,   issiq   yoz   holatlariga   ega   emas.   Mars
planetasini   sirtini   temperaturasi   -70°S.   Lekin   ekvator   yaqinida   kunduzi   +20°S,
+25°S gacha ko’tariladi. Quyosh botayotganda yana -10°S gacha pasayadi. Ertalab
-90°S   gacha   pasayadi.   Mars   temperaturasining   tez   o’zgarishi,   planeta
atmosferasining siyrakligi  bilan bog’liq bo’lsa kerak issiqlikni  saqlash  imkoniyati
yo’q. Planetaning qutb oblastlarida qish marsian qish faslida temperatura   - 120°S
gacha   pasayadi.   Planetada   vulqon   tipidagi   kraterlar   mavjud.   Marsian   gruntlarini
kimyoviy   analizi   temir   oksidlarini   kremniy,   fosfor   va   kalsiy   elementlarini   borligi
aniqlangan.   Atmosfera   bosimi   mars   sirtiga   yaqin   700   Pa.   Bunday   bosimda   suv
faqatgina   bug’,   qor,   muz   shaklida   bo’lishi   mumkin.   Planeta   atmosferasida   95%
karbon oksid gazi, 2% azot, 0,3%kislorod va taxminan 0,01% suv bug’lari mavjud.
Suv bug’lari Mars atmosferasida Yerga nisbatan 1000 marotiba kam. Mars   atmosferasida   kuchli   shamol   esadi,   tezligi   50   m/s.   Natijada   20   km
balandlikda   chang   bo’ronlarini   yuzaga   keltiradi.   Marsda   magnit   maydoni   Yer
magnit   maydoniga   nisbatan   500   marotiba   kuchsiz.   Mars   ikkita   tabiiy   yo’ldoshga
ega:   Deymos   va   Fobos.   Amerikalik   astronom   A.Xoll   tomonidan   1877   yilda
ochilgan. Fobos Oyga o’xshab ketsa, Deymos yorug’ yulduzga o’xshaydi.
Fobos  Mars   atrofida  7 h
,39,2 m
    aylanish  davri  9400  km  o’rtacha   masofasida
ya’ni   planeta   sirtiga   nisbatan   6000   km   balandlikda.   Deymos   Marsdan   23500km
masofada aylanish davri 1,262 sutka ya’ni 30 h
18 m
 G’arbdan Sharqqa qarab siljiydi.
Burchak tezligi Deymosni 11,9 Marsian aylanish burchak tezligi soatiga 14,6°.
  Yupiter
Yupiter planetasining massasi Yer massasidan 3/8 marotiba katta va boshqa
planetalarning massalarini  yig’indisidan 2,5 marotiba kata. Planetaning ekvatorial
radiusi R=71400 km Yer ekvatorial radiusidan 11,2 marotiba katta. Planetada erkin
tushish tezlanishi Yerda erkin tushish tezlanishidan 2,67 marotiba katta. 
Kritik tezlik 60,4 km/s. Yupiter g’arbdan sharqqa qarab aylanadi va aylanish
o’qi orbita tekisligiga o’tadigan perpendikulyarga nisbatan 3°07’ burchakni tashkil
qiladi.
Ekvatorial   zonadagi   aylanish   davri   9 h
50,5’’   tang   zonadagi   aylanish   davri
9 h
55,7’’.  Planeta  diskining  tarkibi   gazdan  iborat   bo’lib,  atmosferadagi  gaz   tufayli
hosil bo’ladigan tumanliklar mavjud. Unda gaz oqimining tezligi 100 m/s ga teng.
Planetaning   o’rtacha   zichligi   1,33   g/sm 3
.   Demak,   Yupiter   Gazli   muhitdan   iborat
qattiq sirtga ega emas. Yupiterning fizik xususiyatlari asosan 75-85% vodorod, 25-
15%  geliy va  uncha katta bo’lmagan  kimyoviy elementlardan  iborat. Qobiqlarida
temperatura   10000°K   gacha.   Bosimni   kattaligi   tufayli   vodorod   suyuq   holatda
bo’ladi   yoki   zich   qavatli   metalli   holatda   bo’lib,   tokni   o’tkazadigan   yaxshi
o’tkazgichdir.   Yupiter   atmosferasida   geliy   gazi   qayd   qilinmagan,   lekin
amerikaning «Pioner-10», «Pioner-11» (1974 y) avtomatik stansiyalari yordamida
Yupiter atmosferasida geliy gazi qayd qilingan.
Hozirgi ma’lumotga asosan Yupiter massasi 74% vodoroddan, 20% geliydan
va   6%   og’ir   kimyoviy   elementlardan   iborat   bo’lib,   planeta   qobig’ida   mavjud. Atmosferaning tashqi qatlamlarida temperatura -130°S, bosim 10 3
 gPa, zichlik 10 -4
g/sm 3
. Bu qiymatlar chuqurligi  oshgan sari  o’zgaradi, ya’ni  ko’payadi. 24000 km
chuqurlikda   temperatura   11000°K,   bosim   3·10 9
  gPa,   zichligi   (vodorod)   0,7-0,8
g/sm 3
 va suyuq holatiga o’tib yaxshi o’tkazgich bo’ladi. Yupiter Quyoshdan Yerga
nisbatan 27 marta kam issiqlikni oladi. Yupiterda Yer magnit maydoniga nisbatan
50   marotiba   kuchli   magnit   maydoni   bor.   Magnit   maydon   o’qi   planetani   aylanish
o’qiga nisbatan 11° da qiyalangan. Yupiter magnitosferasi 6·10 6
  km ga cho’zilgan
bo’lib, radiasion mintaqalar mavjud. Yupiter 16 yo’ldoshga ega.
  Saturn
Saturn massasi Yernikidan 95 marotiba katta. Ekvatorial radiusi Yernikidan
9,5 marotiba katta. Erkin tushish tezlanishi Yernikidan 1,15 marotiba katta. Kritik
tezlik   37   km/s   ga   teng.   Planetani   aylanish   o’qi   26°45’   burcha   ostida   qiyalangan.
O’rtacha zichlik0,69 g/sm 3
. 
Saturn   massasi   va   bosimini   kamligi   tufayli   uni   qobig’larida   geliy
aralashmasidan   iborat   suyuq   vodorod   hosil   bo’lgan,   holat   planetaning   yarim
radiusiga   teng   bo’lgan   chuqurligida   temperatura   10000°S,   bosim   3·10 9
  gPa
bo’lganda   yuzaga   keladi.   Planeta   radiusini   0,7-0,8   ga   teng   chuqurligida   vodorod
metall   fazasi   mavjud   bo’lib,   uning   elektr   toki   magnit   maydonini   hosil   qiladi.   Bu
qatlam   tagida   eritilgan   silikatli   metall   yadro   mavjud   bo’lib,   uning   massasi   Yer
massasidan  9 marotiba katta. Saturn Quyoshdan Yerga nisbatan 92 marotiba kam
issiqlikni   oladi   va   bu   energiyaning   45%   ni   qaytaradi.   Shuning   uchun   Saturnning
yuqori   qatlamlarini   temperaturasi   -190°S,   lekin   amalda   -170°S   ga   yaqin.
Saturnning radionurlanishi katta emas. Planeta radiasiya mintaqalariga ega. Yaxshi
zaryadlangan   zarrachalar   unda   yo’q.   Saturn   17   yo’ldoshga   ega   (Titan,   Atlas,
Mimase, Tefii, Feba va hokazo).
  Uran, Neptun, Pluton
Fizik   xossalari   jihatidan   Uran   va   Neptun   bir-biriga   o’xshash.   Planetalarni
ko’inarli   sirti   (disk)   zich   qatlamli   atmosferadan   iborat.   Atmosferasi   molekulyar vodorod (50%), geliy (15%), metan (20%) va ammiak (25%) lardan iborat. Bularni
bir qismi suyuq yoki krisall holda mavjud.
Quyosh   nuri   ta’sirida   planetalarni   isishi   natijasida   Uran   iyemperaturasi   -
220°S,   Neptunniki   -230°S.   Lekin   planetalarning   radionurlanishi   tufayli   Uran
atmosferasini   temperaturasi   -150°S   ga,   Neptunniki   -170°S   ga   tengdir   va   planeta
chuqurliklarida  temperatura  oshadi.  Bu   planetani   ichki   qobiqlari,  ya’ni  qatlamlari
issiqroq ekan. 
Uran radiusi 25700 km. Massasi 14,6 Yer massasiga teng. O’rtacha zichligi
1,3g/sm 3
. O’z o’qi atrofida aylanish davri 16 h
48 m
. Ekvator tekisligi orbita tekisligi
bilan   82°   burchakni   tashkil   etadi,   lekin   planeta   yo’nalishda   (sharqdan   g’arbga
qarab)   aylanadi.   Shuning   uchun   o’qining   qiyaligi   98°.   Uran   planetasini   Quyosh
atrofida   aylanish   davri   84   yer   yiliga   teng.   Uran   planetasini   10   ta   qora   xalqalari
mavjud.   Xalqalarni   kengligi   2-3   km,   qalinligi   1   km   dan   ko’p   emas.   Halqalar
o’lchami 1m bo’lib, ular chang va qattiq zarrachalardan iborat. Planetaga eng yaqin
halqaning   radiusi   42000   km,   aylanish   davri   6 h
37 m
.   Uranning   magnit   maydoni
mavjud bo’lib, Yer magnit maydonida 1,2 marotiba kuchsiz. Magnit maydon o’qi
planetani   aylanish   o’qiga   nisbattan   60°   burchakni   tashkil   qiladi.   Uran   radiasiya
mintaqasiga   ega.   Planeta   atmosferasi   chuqurligida   metanli   tumanliklar   topilgan.
Uranda   5ta   yo’ldosh   mavjud   (Oberon,   Miranda   va   hokazo).   Hozirda   yo’ldoshlar
soni 15 ta.
Neptun   –   radisi   24300   km.   Massasi   Yer   massasini   17,2   qismiga   teng.
Aylanish   o’qi   29°   burchak   ostida   qiyalangan.   O’rtacha   zichligi   1,72   g/sm 3
.
Planetani aylanish davri 17 h
48 m
, Quyosh atrofida aylanish davri 165 yil. Neptunda
ikkita yo’ldosh bor (Triton, Nereida).
Pluton   –   o’z   o’qi   atrofida   (6 d
9,4 h
)   vaqt   mobaynida   teskari   yo’nalishda
aylanadi   (Uran   va   Veneraday).   Pluton   Quyosh   atrofida   248   yilda   bir   marta
aylanadi.   Planetani   ekvator   tekisligi   bilan   planeta   orbitasini   tekisligi   orasidagi
burchak 65°, lekin teskari aylanishi tufayli 115° ga teng bo’ladi. Plutonni 1978 yil
22 iyunda amerikalik Dj.Kristi  tomonidan Xarono nomli yo’ldoshi topildi. Pluton
massasi 0,0015 Yer massasiga teng, diametri 2200 km ga teng.  
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.   V.   Loktin,   V.   A.   Marsakov   Leksii   po   zvyozdnoy   astronomii,   Ural   MGU.
2009, 280 bet
2. Nuritdinov S. A. Galaktik astronomiya kursi. Ma’ruzalar matni, O’z MU 2000
3. T.   B.   Borkova,   V.   A.   Marsakov   Izbrann’ye   zadachi   po   zvezdnoy   astronomii,
Rostov – na donu, 2008
4. Efremov Yu. N. Ochagi zvezdo obrazovaniya v galaktikax. M.: Nauka, 1989 Расм – 20. Тенгкунликларда Уран планетасини Қуёш 
томонидан ёритилиши 5. J. Binney, M.Merrifield Galaktik astronom, Princeton University Press, 1998
6. J.   Binney,   Scott   Tremeine     Galaktik   Dynamics:   Second   edition,Princeton
University Press, 2008
7. Galakticheskaya astronomiya (N. Ya.Sotnikova, kurs leksiy) http;//www.astro.
spbu. Ru/staff/nsot/ Teaching/galast/galast.html
8. www.astronet    .ru/db/boobks/
9. M. N. Dagayev Astrofizika, 1988

Planetalar va ularning yo’ldoshlari Reja: 1. Katta planetalarning ikki guruhi 2. Yer 3. Merkuriy 4. Oy 5. Venera 6. Mars 7. Yupiter 8. Saturn 9. Uran, Neptun, Pluton

Katta planetalarning ikki guruhi Quyosh atrofida 9 – ta shar shaklidagi planetalar aylanadi. Planetalar Quyoshdan quyidagi tartibda uzoqlashgan: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton. Ular fizik xarakteristikalariga qarab ikki guruhga ajraladi, ya’ni ikki guruhga birlashgan: Merkuriy, Venera, Yer, Mars – 1 guruh. Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton – 2 guruh. 1 - guruhdagi planetalarning ba’zi xususiyatlari Yer xususiyatiga o’xshash yoki yaqindir. 2 - guruhdagi planetalarning ba’zi xususiyatlari Yupiter planetasi xususiyatiga yaqindir yoki o’xshaydi. 1 - guruhdagi planetalarning massalari va razmerlari uncha katta emas, lekin ular orasida Yerning massasi va o’lchami kattaroqdir. Bu planetalarning sirt yuzalari qattiq bo’lib, yuqori o’rtacha zichlikka ega bo’lib, Yer zichligiga yaqindir (5,52 g/sm 3 ). Bu planetalar atmosferaga ega. Bu guruh planetalarining fizik xarakteristikalari kosmik usullar yordamida o’rganilgan. Asteroidlar halqasining orqasida harakatlanuvchi planetalar Yupiter planetasi boshchiligidagi ulkan va massiv planetalardan iboratdir. Bular Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va Plutondir. Ularning massasi va o’lchami katta bo’lib, kichik o’rta zichlikka egadir. Atmosferasi geliy – vodoroddan iborat bo’lib, uncha katta bo’lmagan miqdordagi ammiak (NH 3 ) va metan (SN 4 ) gazidan iborat bo’lib, sirt yuzasi qattiq holatdadir. Yupiter, Saturn, Uran halqa bilan o’ralgan bo’lib, miriadlar qattiq mayda zarrachalardan iboratdir. Pluton planetasi yaxshi o’rganilmagan. Venera va Merkuriy planetasidan tashqari boshqa planetalar atrofida qattiq jismlar deb ataluvchi yo’ldoshlar aylanadi. Katta yo’ldoshlar shar shaklida, kichiklari notekis asteroidlarga o’xshash shaklda bo’ladi. Yer

Quyoshga nisbatan uchinchi planeta hisoblangan. Yer sferoid shaklda bo’lib, u R o =6378 km ekvatorial radiusga va R s = 6371 km o’rtacha radiusga ega. Yer massasi M 0 = 5,98·10 24 kg = 6·10 24 kg gravitasion doimiylik G = 6,67 . 10 -11 m 3 /kg·s 2 va Yer sirtiga nisbatan erkin tushish tezlanishi g = 9,81m/s 2 orqali aniqlangan. Butun olam tortilish qonuni g= GM 0 R02 ga asosan Yer massasi M 0= gR 02 G = 9,81 м/с2⋅(6378 ⋅10 3м)2 6,67 ⋅10 −11м3/(кг⋅с2) =5,98 ⋅10 24кг Yerning o’rtacha zichligi 5,52 g/sm 3 , uning qobig’idagi zichligi 2,70 g/sm 3 ga tengdir. Yer sirtida birinchi kosmik tezlik 7,91km/s, ikkinchi kosmik tezlik 11,2 km/s. Ikkinchi kosmik tezlikda Yerdan uzoqlashib, planetalararo fazoga qarab ketadi. Umumiy Yer yuzasi 5,1007·10 8 km 2 , bundan 29,2% quruqlik va 70,8% okean, daryolar. Yer atmosferasining tarkibi 75,5% azot (N 2 ), 23,1% kislorod (O 2 ) va qolgan qismi karbon oksidi va boshqa gazlardan iborat. Suv bug’larining miqdori havo temperaturasiga bog’liq bo’lib, qutbda 0,2%, ekvatorial poyasda 3% gacha bo’ladi. Atmosferada balandlikka qarab bosim tez kamayadi va h=6 km da, dengiz sathiga nisbattan 2 marta kamayadi. Atmosferaning eng pastki qatlamiga – troposfera deyiladi va bu qatlam 12-18 km gacha cho’ziladi, bu yerda temperatura 55 o S gacha pasayadi, atmosfera bosimi esa 26 Pa gacha bo’ladi. Troposfera 80% ko’proq atmosfera massasini tashkil qiladi va hammasi suv bug’laridir. Troposferada yuqoriroq 50-55 km balandlikda stratosfera joylashgan va undan 20-30 km pastda ozog (O 3 ) qatlami joylashgan bo’lib, bu fotokimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’lgan. Ozon qatlami zararli qisqa to’lqinli nurlanishni ( λ <3000A°) yutadi va yerdagi hayotni himoya qiladi. Atmosferaning yuqori qismlari Quyosh nurlanishi ta’sirida ionlashgan bo’lib, ionosfera deb nomlanadi. Atmosfera izlari 2000 km gacha boradi. Atmosfera Yerni meteor vaРасм – 19. Ернинг ички тузилиши

ko’p sonli meteor zarrachalar tomonidan hamda kometa va Quyoshdan keladigan elementar zarrachalar oqimi, ya’ni kosmik nurlar oqimi tomonidan bombardimon qilinishidan saqlaydi. Yer sharini o’rab olgan magnit maydonidan iborat bo’lgan fazoga magnitosfera deyiladi. Magnitosfera o’qi Yerni aylanish o’qiga nisbatan 11,5° qiyalikda joylashgan bo’lib, Yer markazidan 450 km masofada joylashgan. Magnitosfera Quyoshdan, planetalararo fazodan Yer sirtiga qarab tushuvchi protonlar, elektronlar, geliy yadrosi va boshqa elementar zarrachalarni ushlab qoladi. Yer magnit maydoniga kirib qolgan bu zarrachalar spiral bo’ylab harakat qiladi va Yerning radiasiya mintaqalarini hosil qiladi. Zarracha energiyasiga qarab magnitosferaning turli chuqurligigacha boradi, shuning uchun ham radiasiya mintaqalarida uchta maksimum yoki uchta zona hosil bo’ladi. Quyosh shamoli magnitosfera formasiga kuchli ta’sir qiladi. Quyosh chaqnashlaridan Quyosh shamoli kuchayadi va Yer magnit maydonini qo’zg’alishini magnit bo’ronlarini va atmosfera yuqori qismlarini ionlashuvini yuzaga keltiradi. Bu jarayonlar o’z navbatida qutb chaqnashlarini (400-1000 km) yuzaga keltiradi. Yer bitta tabiiy yo’ldoshga ega 6.3. Oy Oy – sirti qattiq, sovuq shar shaklidagi jism bo’lib, radiusi 1738 km, massasi Yer massasini 0,0123 qismiga tengdir. Oyning o’rtacha zichligi 3,35 g/sm 3 , erkin tushish tezlanishi g=1,63 m/s 2 , bu Yer sirtidagi erkin tushish tezlanishidan 6 marotiba kichik. Oyda suv va atmosfera yo’q. Ma’lumki Oyni Yer atrofida aylanish davri 27,32° (sutka). Shuning uchun ham u Yerga bitta yarim shar bilan qaratilgan. To’la oy holati 29,53° dan so’ng qaytariladi. Bu esa Oyda quyosh sutkasi 29,53° gacha cho’ziladi, ya’ni 14,8° kun, 14,8° tun. Uzun oy kunida oy sirti temperaturasining 130°S qiymatigacha isiydi. Bu temperaturada yengil gaz molekulalari tezligi 2,4 km/s dan oshadi va ular oyni tark etadi. Chunki Oy sirtida birinchi kosmik tezlik 1,68 km/s, ikkinchi kosmik (parabolik) tezlik 2,38 km/s. Oy qobig’idan uncha

katta bo’lmagan gaz miqdori hamda karbon oksidi (SO 2 ) ham ajraladi, lekin og’ir molekulalar quyosh nurlanishi bilan dissosiyalanadi va oyni tark etadi. Oy sirtini temperaturasi kechasi -160°S dan -170°S gacha pasayadi. Oy sirti ko’pgina katta, kichik kraterlar bilan qoplangan. Oy tadqiqotiga bag’ishlab 3 fevral 1966 yil oyga «»Luna-9» avtomatik stansiya qo’ndirildi, 21 iyul 1969 yil oyga «Apollon» kosmik kema (N.Armstrong va E.Oldrin) qo’ndirildi. Oy grunti o’rtacha zichligi 1,5 g/sm 3 , kimyoviy tarkibi Yer kimyoviy tarkibiga o’xshaydi. Oy grunti, porod yoshi 3,1-4,2 mlrd.yil. Oy yoshi Yer yoshiday bo’lib, 4,6 mlrd.yilga teng. Oy gruntini qalinligi 50-60 km dan ko’p emas, chuqurligi 1000 km. Magnit maydoni yo’q. Merkuriy Merkuriy – eng kichik planeta, diametri 4880 km, massasi Yer massasini 0,056 qismini tashkil qiladi. O’rtacha zichligi 5,42 g/sm 3 ga teng. Merkuriy fotografiyasi 29 mart 1974 yil «Mariner-10» nomli planetalararo stansiyada (SShA) 233000-7340 km masofada qayd qilingan. Bir necha metrdan 625 km o’lchamdagi mayda va katta kraterlar mavjud, tepalik va tog’, tog’ etaklaridan iborat. Atmosferasi yo’q. Merkuriy o’z o’qi atrofida sekin aylanadi. Aylanish davri R=58,65 yer sutkasiga teng. Bu Quyosh atrofida aylanish davrining uchdan ikki qismiga teng T=87,97 k . Planetani ekvatorial zonasini sirti 480°S gacha isiydi. Boshqa zonalarda isish 340°S gacha bo’ladi. Kechasi planeta sirti -180°S gacha sovuydi. Merkuriyda Yerdagi magnit maydonidan 150 marotiba sust magnit maydoniga ega. Planetada zichroq bo’lgan temirli yadro mavjud bo’lib, ko’ndalang kesim yuzi planeta diametridagi 0,75 qismiga teng. Planeta qatlamini qalinligi 600 km ga yaqin. Planeta radionurlanishi uncha katta emas. Merkuriy tabiiy yo’ldoshga ega emas. Venera