logo

Psixologiya

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.6904296875 KB
Psixologiya   fanining dolzarb	 vazifalari	 va	 predmeti.	 Yangicha
tafakkur	
 va	 milliy	 mafkura	 shakllanishi	 sharoitida	 psixologik
bilimlarning	
 tutgan	 o`rni
REJA:
  1.  Yangi davr va psixologiya.
2.  Psixologiyaning predmeti.
3.  Psixologiyaning asosiy metodlari.
4.  Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni.
       Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga sal kam 
160 yil bo`ldi. Shu davr ichida juda ko`plab ilmiy tadqiqot natijalarini o`z ichiga 
olgan monografiyalar, darsliklar, qo`llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning 
jamiyat hayotida tutgan o`rni juda oshib ketdi, deb bo`lmadi. Sababi, psixologiya 
sohasida faoliyat ko`rsatgan barcha olimlar ko`proq diqqatlarini mavhum shaxs va 
individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat 
taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi o`tib borayotgan asrimizning oxiriga kelib, 
o`ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.
XX asr va uning erishilgan yutuqlaridan eng muhimi shu bo`ldiki, texnika, 
elektronika va boshqa shunga o`xshash murakkab texnologiyalarni yaratgan inson 
va uning bevosita kundalik hayoti bilan bog`liq muammolar ko`payib borishi bilan 
xarakterlanadi.   Vaqti kelganda, shunday faktga to`g`ri kelamizki, murakkab 
elektron texnikani yaratgan o`ta aqlli inson o`zi va o`z atrofidagilarning ruhiy 
kechinmalarini to`g`ri baholay olmasligi sababli, o`zini nochor va kuchsiz sezishi 
mumkinligini hayot isbotladi.
XXI asr bo`sag`asida juda ko`plab davlatlarda bo`lgani kabi dunyo 
xaritasida munosib o`rin olgan mustaqil ¤zbekistonda ham barcha sohalarda tub 
islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi   inson omilini   har qachongidan ham
yuqori saviyaga ko`tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy 
barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog`ladi.
Bu inson va uning mukammalligi o`z ustida ishlashi, o`z mukammalligi xususida 
qayg`urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Inson psixologiyasini bilish, o`z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, 
har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli 
o`zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va 
tafakkur qilish, ro`y berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to`g`ri idrok qilish 
qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.
Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o`z ichki imkoniyatlarini adekvat
bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini 
bilishni talab qilmoqda.  Buyuk Suqrot o`z davrida «o’z-o`zingni bil!» degan 
shiorni o`rtacha tashlagan edi. Yangi davr bu bilimlar yoniga «o`z yoningdagilarni 
va ularning qilayotgan ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham  dolzarb qilib qo`ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya 
ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir.
        Psixologiyaning predmeti.   «Psixologiya» so`zi ikkita grek so`zlaridan 
—   «psyche» —   jon, ruh va « logos » — ta’limot, ilm so`zlaridan iborat bo`lib, 
an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar 
uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning 
predmetini har birimizning tashqi olamni va o`z-o`zimizni bilishimizning asosida 
yotgan jarayonlar, xodisalar, xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. 
Psixologiya bo`yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib,   psixikadir, 
deb ta’rif berishadi. Psixika — bu inson ruhiyatining shunday xolatiki, u tashqi 
olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli  bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. 
Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish 
shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto`g`ri bo`ladi. Chunki inson 
psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador xodisalar va jarayonlar shu qadar 
murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o`z-o`zimizni ham tushunmay qolamiz. 
Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro`y 
berayotgan ob’ektiv xodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo`lish 
bilan, balki hayotda munosib o`rin egallash, o`z ichki imkoniyatlari va 
salohiyatidan samarali foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning 
barcha sirlaridan boxabar bo`lish, o`ziga va o`zgalarga ta’sir ko`rsatishning 
usullarini bilish va ulardan o`z o`rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. 
Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar 
va xodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik 
hayotga aloqador bo`lgan   jarayonlarni, o`zimizda, miyamiz, ongimizda ro`y 
berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o`rtoqlarimizdan 
biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u 
yoki bu xatti — xarakatlarini bevosita ko`rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga 
nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko`rishmay qolganimizda uni 
sog`inayotganligimiz bilan bog`liq hisni bevosita ko`rib, idrok qilish imkoniyatiga 
ega emasmiz. Aynan shunga o`xshash xolatlar psixologiya o`rganadigan xodisalar 
va xolatlarning o`ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni 
boshqa turli xodisalardan farq qiladi.
Shunday qilib, psixologiya fani o`rganadigan jarayonlar va xodisalar 
murakkab va xilma-xil. Ularni o`rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni 
o`rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish 
mumkinki, bu xodisalar bevosita bizning o`zimizda berilgan, ularni uzoqdan 
qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o`zaro bir-
birlari bilan bog`liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo`ysunadi. 1-
jadvalda psixik jarayonlarning namoyon bo`lish shakllari, ular o`rtasidagi o`zaro 
bog`liqliklar aks ettirilgan.
         Aniq izlanish predmetiga ega bo`lgan har qanday fan o`sha predmetining 
mohiyatini yoritish va materiallar to`plash uchun maxsus usullar va vositalardan 
foydalanadi va ular fanning   metodlari   deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro`si 
ham birinchi navbatda o`sha metodlar yordamida to`plangan  ma’lumotlarning   ishonchliligi va validliligiga   bog`liq bo`ladi. Bu fikrlar bevosita 
psixologiyaga ham aloqador bo`lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta 
ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
psixik xodisalarni bevosita qo`l bilan ushlab, ko`z bilan ilg`ab, quloq bilan sezish 
qiyin. Lekin juda ko`plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, 
psixologiyaning har bir tarmog`i o`z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega 
bo`lish uchun ko`plab metodlarni sinovlardan o`tkazib, eng ishonchli va 
mukammallarini saqlab qolgan.
Kuzatish metodi   tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan 
kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar 
to`plash usulidir. ¤z-o`zini kuzatish esa odam o`zida kechayotgan biror o`zgarish 
yoki xodisani o`zi o`rganish maqsadida ma’lumotlar to`plash va qayd etish 
usulidir.
Erkin kuzatuv ko`pincha biror ijtimoiy xodisa yoki jarayonni o`rganish 
maqsad qilib qo`yilganda qo`llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining 
kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki 
dastur bo`lmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo`lishi shart emas. Yoki dars 
jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish 
uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan 
kuzatuv esa, buning aksi bo`lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy 
belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-
atvoriga ta’sirini o`rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, 
bunda kuzatuvchi shaxs o`sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo`shiladi 
va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning 
faoliyatini ham eslatadi. Shu yo`l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan 
tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo`lsa, ikkinchi tomondan, agar 
kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo`lsa, o`zi ham guruh hayotiga juda 
kirishib ketib, undagi ayrim xodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo`lib 
qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi-
ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo`ladi va
faqat bevosita ko`zi bilan ko`rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko`rsatgichlarni 
qayd qilishda so`zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining 
professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog`liq bo`lgan jihatlar, 
yana to`plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda taxlil qilish xavfi bo`lgani uchun
ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan 
birgalikda ishlatiladi.
So`rov	
 metodi   ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar 
to`plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi 
tomonidan qo`yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo`ladi.
Og`zaki so`roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, 
o`tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko`rgach so`roq o`tkazadi. 
Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo`lmasa, 
so`rov o`z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so`rovchi ushbu metod  yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo`lgan noyob ma’lumotlarni 
to`plash imkoniga ega bo`ladi.
        Yozma so`roq yoki anketaning   afzalligi shundaki, uning yordamida bir 
vaqtning o`zida ko`pgina odamlar fikrini o`rganish mumkin bo`ladi. Unga 
kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o`z 
fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so`rovnomalar aniq va 
ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan 
bo`lsa,   shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to`planadi.
So`roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo`lib, birinchisida 
oldindan nimalar so`ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, 
xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar 
doirasida so`roq o`tkazilishi nazarda tutiladi.
        Testlar   oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga 
kiradi. Ular yordamida biror o`rganilayotgan xodisa xususida ham sifat, ham 
miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko`pchilikda qayta-qayta sinash va 
ma’lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin 
bo`ladi. Ayni testga qo`yilgan talab hech qachon o`zgarmaydi, xattoki, shunday 
testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o`zgarmagan 
holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o`lchash, Kettelning va 
Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir.
       Test —   so`rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan 
javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi
introversiya-ekstroversiyani o`lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo`q» tarzida javob 
berish so`raladi.
Modellashtirish   metodi  kuzatish, so`roq, eksperiment yoki boshqa usullar 
yordamida o`rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda 
qo`llaniladi. Bunda o`sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari 
modellashtirilib, o`sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o`rganiladi va 
xulosalar chiqariladi.
Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo`lishi mumkin. 
Matematik model asosida o`rganilgan xodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-
Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan 
matematik formulasi va shu asosda to`plangan ma’lumotlar taxlilini misol qilish 
mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko`pincha inson aqli va tafakkuri 
jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan qiyoslash 
orqali tuzilgan g`oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa 
g`oyalar psixologiyasini EhM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga 
moslashtirish nazarda tutiladi. hozir ko`pgina murakkab shaxs xususiyatlari ham 
programmalashtirilgan bo`lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko`pgina 
sifatlarni ko`plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab natijalarni 
umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko`pincha matematik o`yinlar g`oyasi 
odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar sohasini o`rganishda ham qo`llanilmoqda.
Ma’lum bo`lishicha, odamning fikrlash operatsiyalari bilan EhM larning ishlash  prinsiplari o`rtasida ma’lum uyg`unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik 
jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu-zakovati chegarasini yanada 
kengaytirish istiqbolini beradi.
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o`ziga xos
metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini kompleks 
tarzda o`rganish imkonini beradi. Gap shundaki, ularni o`z vaqtida va professional 
tarzda qo`llay bilish va olingan natijalardan to`g`ri xulosalar chiqara olishdir.
       Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni.   Psixologiya yaxlit va mustaqil 
fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson
omiliga aloqadorligi uning shu yo`nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda 
o`rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi 
navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo`lib, psixologiyaning ular orasidagi 
mavqei o`ziga xos va yetakchidir.
Falsafa   va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy 
falsafa qismi bilan bo`lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti 
mohiyatini to`la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o`rni 
va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining 
rivojlanishiga oid bo`lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya 
falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o`zi ham inson ongi va tafakkuri 
qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo`lishiga
yordam beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy 
ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham 
yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita 
sezilmoqda. Bu bog`liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni 
shakllantirish muammosi kundalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy
g`oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.
Sotsiologiya   fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o`z 
taraqqiyotining muhim bosqichiga o`tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan 
yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko`lami kengayishiga baholi qudrat 
xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi 
taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning 
sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo`lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va 
progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. qolaversa, xuquqiy, demokratik davlat 
qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan ¤zbekiston aholisining 
xuquqiy madaniyatini va demokratik o`zgarishlarga psixologik jihatdan 
tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va 
insonlar dunyoqarashlaridagi o`zgarishlarni o`z vaqtida o`rganish, bashorat qilish 
va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va 
metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika   bilan psixologiyaning o`zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va
azaliy bo`lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga 
oshirishdagi roli va nufuzi o`ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan 
yangi «Ta’lim to`g`risidagi qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning milliy 
Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o`zaro aloqasini har 
qachongidan ham dolzarb qilib qo`ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha  modeldagi   shaxsni        kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo`lib yetishishi, 
barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik 
texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o`z
uslub va qoidalari yetarli bo`lmaydi. Shuning uchun ham psixologiya u bilan 
hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish 
tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o`qitish texnologiyalarini bola tomonidan 
o`zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog`lik ta’sir 
ko`rsatayotganligini o`rganish asosida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish 
psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg`unlashtirishni taqozo 
etadi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi 
ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda 
o`qitishning eng ilg`or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda 
tutadi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q.   psixik xodisalar 
va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning
kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o`rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh 
miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va
ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar
erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. 
Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug`ma layoqatlari hamda 
orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etgani sababli, o`sha tabiiy 
layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan 
(miya assimetriyasi qonunlari, miya bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik 
xodisalarni aniqlash, qon aylanish va tana haroratini o`lchash metodlari) o`z 
o`rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi 
fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy 
fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini 
mukammalroq yoritishga o`z hissasini qo`shgan.
  Kibernetika   fani sohasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham 
ahamiyatli va zarur bo`lib, u inson shaxsining o`z-o`zini boshqarish va psixik 
jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika 
tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o`z 
o`rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma’lumotlar asri bo`lgan XX va har bir alohida 
ma’lumotning qadr-qimmati oshishi kutilayotgan XX1 asrda informatsion 
texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika 
hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Masalan, oddiy muloqot jarayonini 
yanada takomillashtirish, har bir so`zning shaxslararo munosabatlardagi 
ta’sirchanligini oshirish maqsadida hamda ana shunday ijtimoiy faoliyat jarayonida
shaxs tizimini takomillashtirishda turli kibernetik modellaridan o`rinli foydalanish 
zamonaviy psixologiyaning jamiyatdagi o`rni rolini oshiradi, maxsus kompyuter 
dasturlarining keng qo`llanilishi inson miyasi va ruhiy olami sirlarini tez va aniq 
o`rganishni kafolatlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar	 ro‘yxati
1. David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 
2. Djeyms U, Kalat. Psychology. 2013. 
3. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. Darslik. - Т .: 0 ‘zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyati. 2008. -480 b.
 4. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. Darslik. - Т .: 0 ‘zbekiston faylasuflari 
milliy jamiyati, 2010.- 488 b. 5. G‘oziyev E.G‘. Ontogenez psixologiyasi. -T .: 
Noshir. 2010.
 6. Shamshetova A., Melibayeva R. va boshqalar. Umumiy psixologiya fanidan 
UMK., 2016. 
7. Umarov B.M. Psixologiya. Darslik . -Т., 2012.
 8. Немов  P . C . Психология. Учебник. -М.: Владос, 2003. 1-т. 240 с. 
9.  Davletshin   M . G .,  Do ‘ stmuxamedova   S . A .,  Mavlonov  М.М.,  To ‘ ychiyeva   S . M . 
Yosh   va   pedagogik   psixologiya . -Т.:  TDPU , 2004. 
10. Гамезо и др. Возрастная и педагогическая психология. -М ., 1984. 
11. Davletshin M.G., To‘ychiyeva S.M. Umumiy psixologiya. - Т .: TDPU, 2012. 
202 b.

Psixologiya   fanining dolzarb  vazifalari  va  predmeti.  Yangicha tafakkur  va  milliy  mafkura  shakllanishi  sharoitida  psixologik bilimlarning  tutgan  o`rni REJA:   1. Yangi davr va psixologiya. 2. Psixologiyaning predmeti. 3. Psixologiyaning asosiy metodlari. 4. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni. Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga sal kam 160 yil bo`ldi. Shu davr ichida juda ko`plab ilmiy tadqiqot natijalarini o`z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo`llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o`rni juda oshib ketdi, deb bo`lmadi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko`rsatgan barcha olimlar ko`proq diqqatlarini mavhum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi o`tib borayotgan asrimizning oxiriga kelib, o`ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi. XX asr va uning erishilgan yutuqlaridan eng muhimi shu bo`ldiki, texnika, elektronika va boshqa shunga o`xshash murakkab texnologiyalarni yaratgan inson va uning bevosita kundalik hayoti bilan bog`liq muammolar ko`payib borishi bilan xarakterlanadi. Vaqti kelganda, shunday faktga to`g`ri kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o`ta aqlli inson o`zi va o`z atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to`g`ri baholay olmasligi sababli, o`zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asr bo`sag`asida juda ko`plab davlatlarda bo`lgani kabi dunyo xaritasida munosib o`rin olgan mustaqil ¤zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko`tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog`ladi. Bu inson va uning mukammalligi o`z ustida ishlashi, o`z mukammalligi xususida qayg`urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. Inson psixologiyasini bilish, o`z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o`zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro`y berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to`g`ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o`z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Suqrot o`z davrida «o’z-o`zingni bil!» degan shiorni o`rtacha tashlagan edi. Yangi davr bu bilimlar yoniga «o`z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil», degan shiorni har qachongidan ham

dolzarb qilib qo`ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir. Psixologiyaning predmeti. «Psixologiya» so`zi ikkita grek so`zlaridan — «psyche» — jon, ruh va « logos » — ta’limot, ilm so`zlaridan iborat bo`lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o`z-o`zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, xodisalar, xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo`yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika — bu inson ruhiyatining shunday xolatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto`g`ri bo`ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador xodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o`z-o`zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro`y berayotgan ob’ektiv xodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo`lish bilan, balki hayotda munosib o`rin egallash, o`z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo`lish, o`ziga va o`zgalarga ta’sir ko`rsatishning usullarini bilish va ulardan o`z o`rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va xodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo`lgan jarayonlarni, o`zimizda, miyamiz, ongimizda ro`y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o`rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti — xarakatlarini bevosita ko`rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko`rishmay qolganimizda uni sog`inayotganligimiz bilan bog`liq hisni bevosita ko`rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o`xshash xolatlar psixologiya o`rganadigan xodisalar va xolatlarning o`ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli xodisalardan farq qiladi. Shunday qilib, psixologiya fani o`rganadigan jarayonlar va xodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o`rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o`rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu xodisalar bevosita bizning o`zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o`zaro bir- birlari bilan bog`liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo`ysunadi. 1- jadvalda psixik jarayonlarning namoyon bo`lish shakllari, ular o`rtasidagi o`zaro bog`liqliklar aks ettirilgan. Aniq izlanish predmetiga ega bo`lgan har qanday fan o`sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to`plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro`si ham birinchi navbatda o`sha metodlar yordamida to`plangan

ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog`liq bo`ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo`lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik xodisalarni bevosita qo`l bilan ushlab, ko`z bilan ilg`ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko`plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog`i o`z vazifalarini yechish va ma’lumotlarga ega bo`lish uchun ko`plab metodlarni sinovlardan o`tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to`plash usulidir. ¤z-o`zini kuzatish esa odam o`zida kechayotgan biror o`zgarish yoki xodisani o`zi o`rganish maqsadida ma’lumotlar to`plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko`pincha biror ijtimoiy xodisa yoki jarayonni o`rganish maqsad qilib qo`yilganda qo`llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo`lmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo`lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo`lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq- atvoriga ta’sirini o`rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o`sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo`shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo`l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo`lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo`lsa, o`zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim xodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo`lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi- ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo`ladi va faqat bevosita ko`zi bilan ko`rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi. Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko`rsatgichlarni qayd qilishda so`zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog`liq bo`lgan jihatlar, yana to`plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda taxlil qilish xavfi bo`lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. So`rov  metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to`plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo`yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo`ladi. Og`zaki so`roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o`tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko`rgach so`roq o`tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo`lmasa, so`rov o`z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so`rovchi ushbu metod

yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo`lgan noyob ma’lumotlarni to`plash imkoniga ega bo`ladi. Yozma so`roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o`zida ko`pgina odamlar fikrini o`rganish mumkin bo`ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o`z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so`rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo`lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to`planadi. So`roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo`lib, birinchisida oldindan nimalar so`ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so`roq o`tkazilishi nazarda tutiladi. Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o`rganilayotgan xodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko`pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo`ladi. Ayni testga qo`yilgan talab hech qachon o`zgarmaydi, xattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o`zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o`lchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir. Test — so`rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya-ekstroversiyani o`lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo`q» tarzida javob berish so`raladi. Modellashtirish   metodi kuzatish, so`roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o`rganilayotgan xodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo`llaniladi. Bunda o`sha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o`sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o`rganiladi va xulosalar chiqariladi. Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo`lishi mumkin. Matematik model asosida o`rganilgan xodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber- Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to`plangan ma’lumotlar taxlilini misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko`pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish prinsiplari bilan qiyoslash orqali tuzilgan g`oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g`oyalar psixologiyasini EhM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. hozir ko`pgina murakkab shaxs xususiyatlari ham programmalashtirilgan bo`lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko`pgina sifatlarni ko`plab parametrlar nuqtai nazaridan hisoblab natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko`pincha matematik o`yinlar g`oyasi odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar sohasini o`rganishda ham qo`llanilmoqda. Ma’lum bo`lishicha, odamning fikrlash operatsiyalari bilan EhM larning ishlash

prinsiplari o`rtasida ma’lum uyg`unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu-zakovati chegarasini yanada kengaytirish istiqbolini beradi. Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o`ziga xos metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini kompleks tarzda o`rganish imkonini beradi. Gap shundaki, ularni o`z vaqtida va professional tarzda qo`llay bilish va olingan natijalardan to`g`ri xulosalar chiqara olishdir. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni. Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo`nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o`rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo`lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o`ziga xos va yetakchidir. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo`lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to`la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o`rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo`lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o`zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo`lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog`liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi kundalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g`oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o`z taraqqiyotining muhim bosqichiga o`tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko`lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo`lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi. qolaversa, xuquqiy, demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan ¤zbekiston aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o`zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi o`zgarishlarni o`z vaqtida o`rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. Pedagogika bilan psixologiyaning o`zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo`lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o`ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi «Ta’lim to`g`risidagi qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o`zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo`ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha