Qadimgi Xorazm. Qang‘ va Dovon davlati dars ishlanmasi
“Tasdiqlayman” O’IBDO’:_________A.Z.Temirov “_____” ___________2022-yil SEMINAR O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Guruh Dars sanasi Mavzu: Qadimgi Xorazm. Qang‘ va Dovon davlati O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli Vaqt: 80 daqiqa O‘quvchilar soni: 26 tagacha O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. Qadimgi Xorazm davlati 2. Qang’ davlatining vujudga kelishi va taraqqiyoti 3. Davan davlati O‘quv mashg‘uloti maqsadi : O’zbek davlatchiligi tarixi, ilk shahar va davlat birlashmalari taraqqiyoti, Xorazm, Qang’, Davan davlatlarining vujudga kelishi va taraqqiyoti bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish / shaklantirish . Pedagogik vazifalar: Dars va mavzu rejasi tanishtirish; Davr haqida ma’lumot berish; Atamalarga izoh berish; Mavzu bo’yicha tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari: Mavzuga doir ma’lumotlar ko‘rsatadilar; Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar; Mavzu mohiyatini aytib beradilar; Fakt, ma’lumotlarni t artibli ravishda gapirib beradilar. O‘qitish metodlari Kichik axborotli ma’ruza / hikoya / tushuntirish / ko‘rsatma berish / namoyish / ko‘rsatish /vi deo usul / kitob bilan ishlash / insert / mashq / suhbat / bahs / aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq. O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy / jamoaviy / guruhli / individual / o‘ylang va juftlikda fikr almashing texnikasi/birgalikda o‘ rganamiz texnikasi/arra texnikasi va boshq. O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi / slaydlar / proektor / kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli organizatorlar/m odel / mulyajlar /ch izma / sxema / grafik / diagrammlar /n amunalar / e kspert varag‘i /yo‘ riqnoma va boshq O‘qitish shart-sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriya. Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq va boshq.
O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi Faoliyat bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni o‘qituvchi o‘quvchi 1 -O‘ quv mash g‘ ulotiga kirish (5daq.) Tashkiliy boshlanishi O‘quvchilar bilan s alomlashadi , ularni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. Darsga tayyorgarlik ko‘radilar. 2-bosqich. Asosiy (6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish (15 daq) 1. 1 . Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar bilan ( 1 -ilova) va mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi. 1.2. O‘quv mashg‘ulotning mavzusi, rejasi, maqsadi va o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni bilan tanishtiradi. (2-ilova). II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq) 2.1.O‘quvchilar bilimini tezkor-so‘rov / savol-javob / aqliy hujum / pinbord / o‘ylang va juftlikda fikr almashing / orqali faollashtiradi Javoblarni qabul qiladi, ular asosida yangi o‘quv materialni uzviy ligi bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi. III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish (40 daq) 2.2. Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar asosida ( 3 -ilova) namoyish va sharxlash orqali mavzu bo‘yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi. 2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.6. Y a ngi o‘quv materialini o‘zlashtirish darjasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar, yozib oladilar. Y o zib oladilar Tinglaydilar Y o zib oladilar Savolga javob beradilar T inglaydilar Savollarga javob beradilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar. Savollarga javob beradilar 3-bosqich. Y a kuniy (10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish. 3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kelgusida kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyatini yoritish bilan yakunlaydi. 3.3. O‘quvchilar bilimini ba h olaydi. 3.2. Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar. Vazifani yozib oladilar
1 ilova Asosiy tushunchalar: Xitoy manbalari, Qang‘xa (Qang‘), Qang‘yuy, Oqqo‘rg‘on, Qanqa shahar qal’asi, Qang‘diz, Bityan , Shoshtepa, Chjan Szyan, Ershi, “Samoviy otlar”, Sho‘rabashot, Axsikent, Uchqo‘rg‘on, Madaniy hayot. Adabiyotlar: 1. A.S. Sagdullayev, V.A. Kostetskiy. "Qadimgi dunyo tarixi 6-sinf T – 2022. 2. Shamsutdinov R. Vatan tarixi . T.”Sharq” 2003. 3. Azamat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2006. 2-ilova Mavzu rejasi: 1. Qadimgi Xorazm davlati 2. Qang’ davlatining vujudga kelishi va taraqqiyoti 3. Davan davlati Maqsadi: O’zbek davlatchiligi tarixi, ilk shahar va davlat birlashmalari taraqqiyoti, Xorazm, Qang’, Davan davlatlarining vujudga kelishi va taraqqiyoti bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish. Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni: 55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”, 71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”, 85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi. Agar joriy nazorat test usulida o’tkazilsa, 20 ta testdan iborat variantning har bir to’g’ri javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan: 11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. Agar test variant 50 ta savoldan iborat bo’lsa har bir to’g’ri javob 2% ni tashkil etib yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni, 28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. 3-ilova: Mavzu matni: X ORA ZM DA VLA TI . Mil. avv. IV asrda Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr hukmronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Qadimgi yunon tarixchisi Arrianning yozishicha, bu davrda Xorazmda Farasman podsholik qilgan. Mil. avv. IV–III asrlarda Xorazm O‘rta Osiyoda shaharsozlik va me’morchilik keng rivojlangan muhim markazga aylanadi. Davlat chegaralarida hamda savdo yo‘llari bo‘ylab qal’alar quriladi. Xorazmning Xiva, Jonbosqal’a, Bozorqal’a va boshqa shaharlarida ulug‘vor va muhtasham binokorlik ishlari amalga oshiriladi. Shaharlar mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralib, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o‘tgan ko‘cha shaharni ikki qismga bo‘lgan, undan esa yon-atrofga
ko‘chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Xorazm davlatida harbiy ish, xo‘jalik va hunarmandchilik sohasi rivojiga katta e’tibor berilgan. X o ‘ jalik va hunarmandchilik rivoji. Ushbu o‘lka aholisi xo‘jaligining asosini sun’iy sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Shaharlar va dehqonchilik uy- qo‘rg‘onlarining atroflrini dalalar, bog‘lar va tokzorlar o‘rab turgan. Amudaryodan uzunligi 40–50 kilometrga yetadigan keng sug‘orish kanallari chiqarilgan. Xorazmliklar bug‘doy, arpa va tariq ekishgan. Alohida qal’alarda g‘alla saqlash uchun mo‘ljallangan katta omborlar joylashgan. Xorazmda hunarmandchilik rivoj topgan: kulolchilik, temir va mis asboblar, qurol-yarog‘ hamda zargarlik buyumlari tayyorlangan. Xorazm aholisi Sug‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o‘rnatgan. Bu o‘lkadan muhim karvon yo‘llari o‘tgan. Mil. avv. I asrda milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan. Bularning barchasi savdo aloqalarining rivojiga ko‘maklashgan. San ’ at , yozuv va din. Qadimgi Xorazm saroylari va ibodatxonalari devoriy tasvirlar va haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari bilan bezatilgan. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Oqchaxon qal’asi da (mil. av v . I I–I asrlar) saroy va ibodatxona joylashgan. Ibodatxona yo‘laklarining devorlari odamlar, otlar va otliqlar tasviri tushirilgan rang-barang rasmlar bilan qoplangan. Ayniqsa, 30 ta qahramon portreti alohida ajralib turadi, ularning aksariyati qush shaklidagi toj kiydirilgan holda tasvirlangan. Ushbu binolarni qurish uchun davlatning barcha hududlarida ishlab chiqarilgan xom g‘ishtlar katta miqdorda ishlatilgan. Qurilishda me’morlar, rassomlar va haykaltaroshlar ishtirok etgan. Milodiy II –I II asrlarda shohona shahar – Xorazm hukmdorlarining qarorgohi Tuproqqal’a bunyod etilgan. Uning shimoliy qismida katta saroy va ibodatxonalar joylashgan. Saroy xonalari qadimgi ma’budlar, shohlar, jangchilar, musiqachilar, hayvonlar tasvirlari bilan bezatilgan. Zallardan birida devor bo‘ylab supada bo‘yalgan loy haykallar o‘rnatilgan. Ularning umumiy soni 115 ta bo‘lgan. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan. Oy bo‘y irqal’a (mil. av v . V–I V asrlar) yodgorligidan topilgan, xum sirtiga bitilgan yozuv namunasi shular jumlasidandir. Keyingi davrlarda yozuvlar qora siyohda sopol, suyak, yog‘och taxtachalarga va charm yuzasiga bitilgan. Aramey alifbosiga asoslangan qadimgi Xorazm yozuvi 20 ta harfdan tashkil topgan. Qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va me’morchilikning rivojlanishi amaliy bilimlarga asoslangan. Shu bois Xorazmda astronomiya, geometriya, matematika kabi aniq fanlar taraqqiy etgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda xat-savod va
arifmetika hisobi o‘rgatilgan. Tuproqqal’a devoridagi yozuvli teri o‘ramalarini ko‘tarib turgan kohin-xattotning tasviri e’tiborga molik. Mil. av v . II I asrda Xorazmda mustahkam istehkom – Qo‘yqirilganqal’a qurilgan. Qal’a ibodatxonasidan kohinlar osmon jismlarining harakatlarini kuzatgan. Misr kohinlari Nil toshqini vaqtini bilishgani singari xorazmlik kohin-astronomlar Amudaryo suv sathining ko‘tarilishi vaqtini belgilab berishgan. Shuningdek, ular ekin ekish, ko‘chat o‘tqazish va hosil yig‘ish mavsumlari muddatini ham aniq bilgan. Xorazm vohasida zardusht iy lik t a’limot i keng yoyilgan. O‘rta Osiyoda zardushtiylik dafn marosimlari bilan bog‘liq eng qadimgi ossuariy lar – suy ak donlar Xorazmdan topilgan. Xorazmliklar yer, suv va olovga sajda qilib, mazkur muqaddas unsurlarni qadrlagan. Xorazm ko‘hna shaharlaridan suv va hosildorlik ma’budasi – Anaxit a ramzini o‘zida aks ettirgan ko‘pdan ko‘p sopol haykalchalar topilgan. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalangan. QA N G‘ DA VLA TI . Xitoy manbalarida Qang‘xa (Qang‘) davlati Qang‘y uy deb atalgan. Unga mil. av v . I II asrda saklar asos solgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Toshkent vohasining Oqqo‘rg‘on tumanida mil. av v . I II asrda bunyod etilgan Qanqa shahar - qal’asi saklarning sobiq poytaxti – Qang‘diz bo‘lgan. Xitoy manbalarida bu shahar Bit y an deb atalgan. Qang‘ davlati hududlari o‘rta Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan yerlarni qamrab olgan. Mil. av v . II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning hukmdorlari o‘z tangalarini zarb qildirgan. Qang‘ davlatida harbiy istehkomlar, qal’a, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mavzelari barpo etiladi. Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroatchilik va chorvachilik madaniyati rivoj topgan. Odamlar bug‘doy, arpa va sholi ekishgan. Vohani o‘rab olgan tog‘lardan shaharlarga temir, mis, qalay va kumush yetkazib berilgan. Shu tariqa kulolchilik, qurolsozlik, to‘qimachilik va zargarlik kabi hunarmandchilik sohalari rivojlangan. Qang‘liklar olov va quyoshga sig‘ingan. Mil. av v . II asrda Shosht epa da doira shaklidagi olov ibodatxonasi qurilgan. Dumaloq shakl quyosh ramzi hisoblangan. Dashtlarda chorvachilik katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘chmanchi qabilalar qo‘y-echkilar va tuyalarni boqishgan hamda yilqichilik bilan shug‘ullangan. Ular charmdan poyabzal tikib, jun matolaridan kiyimlar va gilamlar tayyorlashgan. Ziroatkorlar va chorvadorlar qishloq xo‘jalik hamda hunarmandchilik mahsulotlari bilan o‘zaro ayirboshlashgan. Qang‘ hududidan Buyuk ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi mamlakat iqtisodi va savdo-sotiq rivojiga imkon yaratdi.