logo

Ravish uslubiyati.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

88.2890625 KB
Ravish uslubiyati .
Reja:
          1.Ravishlarning boshqa so‘z turkumlaridan keskin farqlanuvchi jihati uning
o‘zgarmasligi ekanligi.  
2.Ular   tarkibidagi   ko‘plik,   egalik   va   kelishik   affikslarining   shakl   yasovchi
sifatida qatnashmasdan, balki ravishning o‘z qismiga kirishi. Ayni paytda bu holat
ravishlarning uslubiy xususiyatini tahlil qilishni qiyinlashtirishi.
3.Ravishlarda sinonimiya. Ravish yasovchi affikslar sinonimiyasi. Ravishlar
sinonimiyasida   vazifaviy   chegaralanish.   Ravishlarda   daraja   va   ularning   uslubiy
xususiyatlari. Ravish.   Ravishlarga   xos   bo‘lgan   grammatik   xususiyatlar   va   bu
xususiyatlarga bog‘liq holda sodir  bo‘ladigan leksik-semantik o‘zgarishlar  o‘zbek
tilshunosligida   o‘rganilgan   va   o‘quv   adabiyotlariga   kiritilgan.   Bu   tadqiqotlar
orasida.   S.Fuzailovning   ushbu   so‘z   turkumini   o‘rganishga   bag‘ishlangan
nomzodlik   dissertatsiyasini   va   «O‘zbek   tilida   ravishlar»   nomli   asarini   alohida
ko‘rsatishimiz   mumkin. 1
  Lekin   shu   paytga   qadar   ravishlar   semantik-stilistik   va
funksional-stilistik   yo‘nalishda   tadqiqot   ob’ekti   bo‘lgan   emas.   YOzilgan   ayrim
maqolalar esa bu vazifalarni talablar darajasida hal etib bera olgan emas. 2
Bu   singari   birliklarning   grammatik   xususiyatlari   haqida   deyarli   barcha
darsliklar   va   o‘quv   qo‘llanmalarida   so‘z   yuritilgan.   Ammo   ularning   stilistik
xususiyatlari   to‘g‘risidagi   fikrlarni   deyarli   uchratmaymiz.   O‘zbek   tilida   ravishlar
uslubiyati va me’yori haqida olimlarimiz haligacha o‘z mulohazalarini bildirishgan
emas. Buning sabablari bor, albatta. SH.SHoabdurahmonov va boshqlar tomonidan
yaratilgan   «Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili»   darsligida   shunday   fikrlar   bayon   etilgan:
«Ravishlar   mustaqil   so‘z   turkumi   sifatida   o‘ziga   xos   morfologik   belgilarga   ega.
Bunday   belgilardan   biri   ravishlarning   o‘zgarmasligidir:   ravishlar   biror   so‘zga
bog‘langanda,   formasi   o‘zgarmaydi.   Ular   tarkibid   uchraydigan   ko‘plik,   egalik   va
kelishik   affikslari     ham   forma   yasovchi   sifatida   qatnashmaydi.   Bu   affikslar
ravishning o‘z xiliga kiradi. YA’ni shu affiks bilangina u so‘z ravish hisoblanadi.
Masalan:   birdan,   birga,   kunda,   chalqanchasiga,   birdaniga,   yonlamasiga,
qatorasiga     kabi   ravishlardagi   kelishik   va   egalik   affikslari   o‘z   asl   ma’no   va
vazifasini yo‘qotgan». 3
«Ravishning   asosiy   belgisi   uning   o‘zgarmasligidir,-   deyiladi   «O‘zbek   tili
grammatikasi»da,- ya’ni ravish biror so‘z bilan bog‘lanib, birikma hosil qilganda,
o‘z formasini o‘zgartirmaydi, hech qanday so‘z o‘zgartuvchi affiks olmaydi». 4
1
  Фузаилов   С.   Наречие   в   современном   узбекском   языке:   Автореф.   дис...   канд.филол.наук.-
М.,1953.   Шу   муаллиф.     Ўзбек   тилида   равишлар.   Ҳозирги   замон   ўзбек   тили   курсидан
материаллар.- Тошкент: Фан, 1953.
2
  Каримов   С.,   Бўриев   С.   Ўзбек   тилида   пайт   равишининг   услубияти   //   Ўзбек   тилшунослиги
масалалари. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2001,  65-67-бетлар.
3
  Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқ.  Ҳозирги ўзбек адабий тили,  I  қисм. – Т.: Ўқитувчи, 1980,  -бет.
4
 Ўзбек тили грамматикаси, 1 том, 528-бет. Mana   shu   masala   olimlarimizning   ravishlar   stilistikasini   tahlil   etishdan
cho‘chishlariga   sabab   bo‘lgandir.   Buning   ustiga   ravishlarning   ma’no   anglatishi
birmuncha   aniq   bo‘lib,   sinonimik   xususiyatlari   ko‘zga   kam   tashlanadi.   Bu
masalaning ikkinchi tomoni. Ammo qanday mushkulliklar bo‘lishidan hat’iy nazar,
o‘zbek tilidagi ravishlar stilistikasi  xususida so‘z yuritish lozim va unga zaruriyat
deb qaraymiz.
Ravishlardagi   belgini,   xususan   harakatning   belgisini   ifoda   etish   xususiyati
va   bu   jarayonda   belgilarni   darajalab   ko‘rsatish   imkoniyatining   mavjudligi   hamda
buning   natijasida   vujudga   kelgan   sinonimik   variantlar   va   uslublararo   funksional
chegaralanishlar   ushbu     so‘z   turkumining   ham   stilistik   resurslari   etarli   darajada
ekanligidan   dalolat   berali   va   bu   resurslarni   kelajakda   tadqiqot   ob’ekti   sifatida
o‘rganish dolzarb masala bo‘lib turadi. 
Ravishlardagi   ana   shu   o‘zgarmaslik   uning   qo‘llanishidagi   uslubiy   xilma-
xillik   bo‘lishini   chegaralaydi.   SHu   bilan   birga,   ularning   nutq   jarayonidagi
me’yorlashishini, turg‘unlashishini osonlashtiradi.
Ilmiy adabiyotlarda ravishlar anglatgan ma’nolari jihatidan holat-tarz, o‘rin,
payt,   maqsad,   miqdor   daraja   ravishlariga   ajratilgan   va   shu   tarzda   talqin   qilingan.
Biz ham an’nani buzmasdan, ushbu tartib asosida ularni qarab chiqamiz.
Holat   ravishi.   O‘zbek   tilida   ish-harakatning   bajarilish   tarzini   ko‘rsatadigan
bir qancha ravishlar mavjud va ular miqdor jihatdan ravishlarning boshqa turlariga
nisbtan   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.   Ulardagi   uslubiy   imkoniyatlarni   tahlil   etish
maqsadida   A.Hojievning   “O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati”
(Toshkent,1974) ga murojaat qilamiz.
O‘zbek   tilida   abadiy,   mangu,   umrbod,   toabad,   ilalabad     ravishlarining
ma’nolari   bir-biriga   yaqn   va   shuning   uchun   bir   sinonimik   qatorni   tashkil   etadi.
Ular   orasida   abadiy     stilistik   jihatdan   neytral   va   barcha   uslublarda   baravar
qo‘llaniladi:   SHu ko‘zlar yulduzday   abadiy   kulsin, / Bahor yo‘llaringga to‘shasin
chechak  (Zulfiya.Kelinchak).  Gaz esa  abadiy  muzliklar qa’rida yotgan o‘simliklar
va   daraxtlar   qoldiqlarini   chirishi   oqibatida   paydo   bo‘lgan.   («Zarafshon»   gaz.).
Umrbod     rvishi   haqida   ham   shuni   aytish   mumkin:   Sening   dillaringga   bergay   ul orom,   /   Sevgim   armug‘oni   bo‘lur   umrbod .     (Zulfiya,   Palak).   Qo‘shiqday   Osiyo,
qaynoq   Afrika   /   Qo‘lga-qo‘l   berganin   mahkam   umrbod .   (Zulfiya.   Salom,   Misr).
Ammo   keyingi   paytlarda   huquq   sohasida   olib   borilayotgan   islohotlar,   jazoni
liberallashtirish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   tadbirlar   umrbod     so‘zining   Jinoyat
kodeksiga atama sifatida kirib kelishini va rasmiy uslubga xoslanishini taqozo etdi:
Mazkur Farmonga binoan mamlakatimizda 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo
turi   sifatida   o‘lim   jazosi   bekor   qilinadi   va   uning   o‘rniga   umrbod   yoki   uzoq
muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy qilinadi.  («Zarafshon» gaz.).
Mangu, toabad, ilalabad     ravishlarida ekspressivlik ottenkasi  kuchli  bo‘lib,
bu   ularning   tarixiyligi   bilan   bog‘lik   va   badiiy   matnlarda   faol   qo‘llaniladi:   Bir
tasalli:   Mangu   sarg‘ayish   bilmay   /   Dilda   bir   bahor   ochib   har   so‘zing   (Zulfiya.
Otashparastlar).   –Faqir   ham   rozimen,   ustod,   toabad   rozimen...   Tabarruk
boshlariga qo‘ngan humo qushi bul zoti sharifni   toabad   tark etmagay. Tegsang...
ota qarg‘ishiga uchrab  toabad  badnom bo‘lursen!  (OYO).
Garchi   bu   rvishlar   bir   sinonimik   qatorda   deb   hisoblansa   ham,   ularning
stilistik qiymati bir xilda emas.  Abadiy muzliklar   o‘rnida  mangu muzliklar   deyish
mumkin   bo‘lgani   holda   ilmiy   matnlarda   bu   tarzda   qo‘llanilmaydi.   CHunki
bayonning   axborot   xarakterida   ekspressiv   ottenkasi   bo‘lgan   so‘zni   qo‘llashga
ehtiyoj yo‘q.   Umrbod qamoq jazosi     o‘rnida   abadiy qamoq jazosi   ni ham  qo‘llab
bo‘lmaydi.   CHunki   umrbod     so‘zida   abadiy   ga   nisbatan   aniqlik   ottenkasi   bor.
Toabad,   ilalabad     so‘zlarida   yuqori   uslubga   xos   ohang   mavjud   va   uni   asosan
badiiy uslubda qo‘llash mumkin.
SHoshilinch  sememasi ostida birlashadigan   apil-tapil, naridan-beri, shosha-
pisha   juft so‘zlari ham harakatning tarzini ifoda etadi   ( Apil-tapil   o‘ng cho‘ntagini
kovladi.   T.Murod)   va   o‘zro   sinonim   bo‘ladi:   apil-tapil   -     shosha-pisha :   O‘lim
dahshatidan   qo‘rqib   –   o‘z   jonini   apil-tapil   topshirib   qo‘yadi   (TM)   -   O‘lim
dahshatidan   qo‘rqib   –   o‘z   jonini   shosha-pisha   topshirib   qo‘yadi.   Ulrga   shoshilib
so‘zi   ham   sinonim     bo‘ladi:   SHoshilib   ketayotganingizda   oyog‘ingiz   ostida
allaqayoqdan sakrab tushgan chigirtka paydo bo‘ladi  (O‘X) .  Ammo bu sinonimlik
odamlarning harakatiga nisbatan qo‘llanganda amalga oshishi mumkin.   SHahnoza shoshilib  uyga kirdi-da, boshiga harir ro‘mol yopib chiqdi  (O‘X). SHuning uchun
ham     Erga   bahordan   bo‘tana   bo‘lib,   shosha-pisha ,   qirog‘iga   sig‘may   oqqan
ariqlar   tiniqlashadi   (O‘.X)   bu   harakat   belgisi   ariqning   oqishiga   ko‘chirilgan   bu
holat yuz bermaydi. YAna  shoshilinch   so‘zi sinonim bo‘ladi:  — Xex! - dedi kulib,
Qur’onni   shoshilinch   varaqladi   (O‘X). U tibbiy atamaga aylanganda bu holat yuz
bermaydi:   Yo‘lda   borayotgan   kolonnaga   shoshilinch   yordam   kerakdir   (O‘X)   -
Yo‘lda   borayotgan   kolonnaga   shoshilinch   yordam   kerakdir.   Bu   sinonimik
munosbatlarda   ayrim   stilistik   nozikliklr   mavjud.   Masalan,   shoshilmoq   da
harakatning   tezligi,   shu   bilan   birga,   bu   harakatda   tartib   mavjud.   Bunga   qarama
qarshi   tarzda   shosha-pisha     va   apil-tapil   tezlikni,   ammo   bu   tez   harakatda   pala-
partishlik mavjudligini anglatadi.   Bu stilistik munosabatlar ularning  nari-beri  bilan
bo‘lgan munosabatida ayniqsa sezildi:   Snaryad qutilariyu toshlardan   naridan-beri
qo‘nqaytirib   yasalgan   “uycha”dan   turib,   har   kuni   bir   xil   manzarani   ko‘rasan
(O‘X) .   Naridn-beri   ga   shunchaki,   yuzaki,   zo‘rama-zo‘raki,   nomiga     so‘zlari
sinonim   bo‘lishi   mumkin:   Snaryad   qutilariyu   toshlardan   shunchaki   qo‘nqaytirib
yasalgan   “uycha”dan   turib,   har   kuni   bir   xil   manzarani   ko‘rasan   -     Snaryad
qutilariyu toshlardan  yuzaki  qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir
xil   manzarani   ko‘rasan   -   Snaryad   qutilariyu   toshlardan   zo‘rama-zo‘raki
qo‘nqaytirib   yasalgan   “uycha”dan   turib,   har   kuni   bir   xil   manzarani   ko‘rasan   -
Snaryad   qutilariyu   toshlardan   nomiga     qo‘nqaytirib   yasalgan   “uycha”dan  turib,
har   kuni   bir   xil   manzarani   ko‘rasan.   Ammo   ular   harakatning   bajarilishini   ifoda
etishdagi nozikliklarga ko‘ra o‘zaro farqlanadi:   shunchaki, yuzaki, zo‘rma-zo‘raki,
nomiga     so‘zlarida   harakatning   tashqi   ta’sir,   tazyiq   ostida   bajarilishi   anglashilsa,
naridan-beri   da   vaqt   tig‘izligi,   erinchoqlik,   dangasalik   ottenkalari   mavjud.
SHuning uchun ham bu sinonimik munosabat hamma vaqt amalga oshavermaydi.
Masalan:   SHunchaki   gap-da!   Esimdan   ham   chiqib   ketdi... (O‘X)   deyish   mumkin
bo‘lgani holda   Naridan-beri  gap-da! Esimdan ham chiqib ketdi...  deb bo‘lmaydi.
Ravishlarning ushbu turida sub’ektiv munosabat ifodalash kuchli bo‘lganligi
sababli ular ko‘pincha so‘zlashuv, badiiy va ommabop uslublar doirasida faoldir. Arang,zo‘rg‘a,     zo‘rg‘atdan,   bazo‘r,   zo‘rba-zo‘r,   o‘lib-tirilib     sinonimik
qatorida     arang     va   zo‘rg‘a     sinonimiyasi   kuchli:   O‘zini   kulgidan   arang   tiydi.
(TM).  U qaltirar, oyog‘ida  zo‘rg‘a  turar edi  (OYO).   Bazo‘r  ham sinonim bo‘ladi:
Parda   ochilganda   bir   kishi   zo‘rg‘a   sig‘adigan,   raxlariga   mis   tasma   qoqligan
kichiqroq eshik ko‘rindi - Parda ochilganda bir kishi  bazo‘r  sig‘adigan, raxlariga
mis   tasma   qoqligan   kichiqroq   eshik   ko‘rindi..   "Nihoyat   bu   qari   tulki   ko‘nglidagi
bor   gapni   ayt-di!"–Ali   Qushchi   vujudini   qamrab   olgan   titroqni   zo‘rg‘a   bosib,
cholga   yuzlandi   -   "Nihoyat   bu   qari   tulki   ko‘nglidagi   bor   gapni   ayt-di!"–Ali
Qushchi   vujudini   qamrab   olgan   titroqni   bazo‘r   bosib,   cholga   yuzlandi   (OYO) .
Ammo  bazo‘r  ning o‘zga til elementi ekanligi va talaffuzdagi  zo‘rg‘a   ga nisbatan
noqulaylik   uning   qo‘llanishilini   chegaralaydi.   Bu   so‘zlarda   kitobiylik   ottenkasi
mavjud. Ularga sinonim bo‘ladigan  bir amallab   esa, aksincha, so‘zlashuv uslubiga
xoslangan:   Oralarida   Budyonniy   qilichidan   bir   amallab   jon   saqlab   qolgani
qanchaykin?   Bir   amallab   qaddini   rostladi   (O‘X).   SHunday   bo‘lsa-da,
revolyusionerlar   kechasi   soat   bir   yarimlarda   bir   amallab   darvozani   ochadi.
Mo‘min-musulmonlar o‘ris jallodlari zulmi ostida bir amallab kun kechirdi   (TM).
Lekin   bir amallab    ham inson harakatiga nisbatan qo‘llanilishi bilan o‘ziga xoslik
kasb   etadi   va   bu   harakatning   oxirgi   kuchni   sarflab   amalga   oshirilganligini   ifoda
etadi.
Bir   sinonimik   uyada   turadigan   atroflicha,   har   tomonlama,   har   taraflama,
batafsil,   mufassal,   mukammal,   to‘la,   to‘liq,   to‘la-to‘kis     ravishlari   kitobiy
uslublarga moyilligi bilan ajralib turdi. Ular  ayniqsa rasmiy va ilmiy bayonda qo‘l
keladi:   atroflicha :   Sud   hay’ati   ishni   atroflicha   ko‘rib   chiqib,   I.Qarshievni
1.959.000   so‘m   jarimaga   tortdi   hamda   ikki   yil   muddatga   ahloq   tuzatish   ishlari
tayinlanishi lozim topdi .  («Zarafshon» gaz.).  Bir o‘quvchi yoki talabaga  atroflicha
tavsifnoma   yozish   (DTS);   har   tomonlama:   Mustaqil   O‘zbekiston   davlatini   har
tomonlama   rivojlantirish, iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash ko‘p jihatdan zamon
talabiga javob beradigan rahbar va mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. U
rahbarlar tashkilotni odamlar, tarkibiy masalalar, texnologiya, resurslar kabi   har
tomonlama   o‘zaro   bog‘liq   elementlar   to‘plami   deb   qarashni   nazarda   tutadilar. (R.Valijonov);   mukammal:   Darhaqiqat,   Navro‘z   xalq   pedagogikasi,   an’analari,
boshqacha   so‘z   bilan   aytganda,   xalq   odobnomasi,   xalq   odatnomasining   har
tomonlama mukammal , yorqin ifodasidir. Ikkinchidan, qamoqqa olishga sanksiya
berish   vakolatini   sudlarga   o‘tkazish   insonning   shaxsiy   huquqini   yanada
mukammal   ta’minlashga erishishimizga ko‘maklashadi.   («Zarafshon» gaz.);   to‘la,
to‘liq: Quyidagi tajribaga ega bo‘lishi kerak:- - matnni   to‘liq  tarjima qilish.  Oliy
ta’lim muassasasi quyidagilar uchun mas’uliyatni  to‘la  o‘z zimmasiga oladi  (DTS)
Bu   ravishlarning   badiiy   matnlarda   uchashi   ham   ifodadagi   ana   shu   rasmiy
ohang   bilan   bog‘liq:   Demokratiya   —   qonun-qoidalarni   to‘la-to‘kis   bajarish
demakdir,   qonun-qoidalar   chegarasidan   chiqmaslik   demakdir   (TM).   Handasa
ilmining   asoslariga   bag‘ishlangan   bu   qismda,   Ali   Qushchi   nuqta,   chiziq,   sath,
to‘g‘ri   va   egri   chiziq,   mutasavi,   to‘g‘ri   mutasavi   chiziqlar   va   nihoyat   doira
tushunchalariga  batafsil  to‘xtagan, lekin tabiat masalalariga doir ikkinchi qismini
hali boshlay olmagan edi  (OYO).
Bir tizimni tashkil etadigan  bemalol, bamaylixotir, bafurja, bahuzur   so‘zlari
orasida   bemalol     og‘zki   nutqda   ko‘p   uchrashi,   qolganlari   esa   kitobiyligi,   ayni
paytda,   badiiy   uslub   samarali   qo‘llanilishi   bilan   ajralib   turadi:   Batamom   bemalol
o‘tdi. Boisi, it… bog‘loqlik bo‘ldi. – Bizga... besh yulduz yaxshi! – deb yubordi. -
Xo‘p, siz omonatingizni  bemalol  topshirib kelavering. Endi,  bemalol  oyoq uzatsam
bo‘ladi     (TM).   Agar   unga   inonsalar,   inonib   ilmu   idrok   bilan   bamaylixotir
shug‘ullanishga   qo‘yib   bersalar,   u   hozir   ham   vafosiz   hokimiyat,   bu   toju   taxtdan
bajonu   dil   voz   kechar   erdi...   (OYO).   Harakatning   belgisi   va   xulosaning   qat’iy
ifodasi   sifatida   ilmiy   uslubda   ham   faol   qo‘llaniladi:   Masalan,   YOqutiston
o‘rmonlarida   o‘sadigan   tilog‘och   daraxti   52   daraja   sovuqqa   bemalol   chidaydi
(S.Mustafaev) . Bizning sharoitda   bemalol   qo‘llasa bo‘ladiganlari “to‘rt maqsad”
va “7-S” tamoyillaridir.  (R.Valijonov).
Betma-bet,   yuzma-yuz,   ro‘para,   bo‘baro‘,   baqamti     sinonimik   tizimida
betma-bet,   yuzma-yuz,   ro‘para     so‘zlari   og‘zaki   nutq   uchun   xoslangan:   Vrach
bilan   betma-bet   bo‘lib   o‘tirdi.   Raykom   Esonov   Mirzaxo‘jaeva   bilan   yuzma-yuz
o‘tirdi.   YUzma-yuz  o‘tirdi. Bir-biriga tikildi. KPSS bilan olov...   yuzma-yuz  bo‘ldi! SHu   qizlari   qurg‘ur,   o‘ylamay-netmay,   nomahram   erkaklarga   ro‘para   qiladi-da
(TM).   Bo‘baro‘, baqamti     birliklari boshqa til elementlari bo‘lganligi tufayli kam
qo‘llaniladi v asosan badiiy nutqda uchraydi.
Ravishlarning   sinonimik   qatorini   tashkil   qiladigan   va   harakatning
bajarilishida   keskinlikni,   aniqlikni   va   qat’iyatni     ifoda   etadigan   butunlay,   butkul,
batamom, tamomila, tamoman, tamom, mutlaqo, paqqos, birato‘la, kushod   so‘zlar
doirasida   ham   funksional   chegralanish   mavjud.   Masalan,   tamomila,   mutlaqo
rasmiy   uslubda     ( Keyin,   Opol   nomi…   tamomila   g‘oyib   bo‘ldi!   —   Xonimlar   va
janoblar!   —   dedi   Madiev.   —   Keyingi   yillarda   iqtisodiy   va   ma’naviy,   siyosiy
turmushimizdagi   tarixiy   o‘zgarishlar,   ulkan   burilishlar   o‘zbek   xalqi   hayotini
tamomila   o‘zgacha  baholashga  ehtiyoj   uyg‘otmoqda.     T.Murod).   SHuning  uchun
biror mamlakat joriy etish uchun boshqa biror davlatning modelini ko‘chirib olish
mutlaqo   noto‘g‘ri   ekanligi   xaqiqatga   mos   tushadi   (R.Valijonov);   batamom,
tamom,   butkul   badiiy   uslubda:   U   tor   xonani   ohista   aylanib   falak   ilmining
murakkab   qonunlarini   idrok   etarkan,   hibsda   yotgani   batamom   esidan   chiqar,
ko‘nglidagi   barcha   tashvish,   barcha   g‘am-anduh   go‘yo   to‘zg‘ib   ketar,   hatto
qalbidagi so‘nmas dard, enasi Tillabibi to‘g‘risidagi notinch o‘ylar ham xayolidan
ko‘tarilar edi. SHundan keyin hazratning chehrasi  batamom  ochilib ketib, yana bir
istak   bildirdi:   shahzoda   tunu   kun   Ko‘ksaroyda   o‘ltiravermay,   goho   -goho
fuqaroga   ham   ko‘rinib   turmog‘i   darkor.   (OYO).   U   hamon   ko‘zini   yumib   turar,
issiq hammom va yaxshi taomdan keyin uning a’zoyi badani   tamom   bo‘shashgan,
zirqirab   og‘rigan   oyoqlariri   qaltirar,   ko‘z   oldini   tuman   bosib,   xayoli   chuvalib
borar,   agar   shahzoda   ijozat   bersa,   u   hozir   "shilq"   etib   yiqilardi-yu,   uyquga
ketardi...   Ma’yus   xayollarga   cho‘mgan   Xurshida   bonu   qo‘lidagi   og‘uni   tamom
esidan   chiqargan   edi,   dahlizda   ship-ship   oyoq   tovushini   eshitib   hushiga   keldi
(OYO).   Ikkisi   oldiga   rost   kelsang   butkul ,   /   Tashbihga   mazmunni   juftlash   ham
mahol  (Zulfiya. Qo‘shiq).  Bu kuychiga tan berib,  butkul  / Qo‘shig‘ini kutdi bulbul .
(Zulfiya.Uni Farhod der edilar) faol uchraydi.   Tamom     va   butkul    ravishlri poetik
matnlarga xoslangan. Ushbu   olmoshning   butunlay     og‘zaki   nutqda   ko‘proq   uchraydi   va   unda
ekspressiv   ottenka   kuchli:   Orol   nomi   butunlay   yo‘qoldi.   U   —   butunlay   yangi   uy
(TM) .   Ravish   yasovchi   qo‘shimcha   –lay     tushib   qolganda   ham   ba’zan   ma’no
anglashilaveradi, ammo ravishning bu qisqargan  shakli  hatto ozg‘aki  nutqda ham
kam   qo‘llaniladi:   Ahmedovni   maqtayvrib   butun   ko‘kka   ko‘tarib   yubordi     kabi .
Ushbu qo‘shimchada so‘z yasashdan tashqari, belgini kuchaytirish xususiyati ham
sezildi.   SHu   tufayli   u   badiiy   uslubda   mahsuldor   qo‘llaniladi:   Ha,   mavlono
Muhiddin rasadxonaning eng pastki oshyonasida o‘tirib, bu g‘aroyib olat va ustur -
loblar   yordamida   ko‘kka   tikilganda   foniy   dunyo   tashvishlari   xayolidan   butunlay
ko‘tarilar,   dili   bo‘lakcha   bir   zavq   va   hayratga   to‘lar,   nazarida,   hududsiz   koinot
bilan, allaqanday ilohiy kuchlar bilan, milt-milt  yongan sirli  sitoralar  bilan uzoq
va   osuda   suhbat   qilar   edi...   (OYO).   Harakatning   bajarilishidagi   qat’iyatni   ifoda
etish maqsadida ilmiy va ommabop uslublarda ham qo‘llaniladi:  Moddiy ne’matlar
yaratish,   mahsulot   ishlab   chiqarish,   xalqda   xizmat   ko‘rsatish   tizimlarida   yakka
hokimlikni   butunlay   yo‘qotish   va   ular   orasida   haqiqiy   iqtisodiy   ishlab   chiqarish
raqobatini   vujudga   keltirish   zarur   (R.Valijonov).   Birov   arab   mamlakatlarida
xotin-qizlar   hayotini   ko‘klarga   ko‘tarsa,   boshqasi   butunlay   aksini   gapiradi .
(«Zarafshon» gaz.).
O‘zaro   sinonimik   munosabatda   bo‘lgan   daraksiz,   bedarak     ravishlari
so‘zlashuv nutqida faol qo‘llaniladi. Ularning dostonlar matnida ko‘p uchrashi ham
ana shu bilan izohlnadi:  YOlg‘iz bolam  bedarak  bo‘p ketarmi, / Bunda yurti vayron
bo‘lib   yotarmi   (Alpomish).   YUrting   No‘g‘oyda,   san   bedarak   emassan,   -   deb   bir
so‘z   dedi   (Kuntug‘mish).   Kunbotir   bilan   q ir q   yigitning   “ovga   boramiz”,   deb
daraksiz   ketganiga   xavotir   bo‘lib,   bir   necha   amaldor   bularni   axtarib,   tovda
chiq q an   edi   (Oysuluv).   Otlarga   qo‘shilib,   predmet   yoki   harakat   blgisini
ko‘rsatadigan   be-     va   –siz     qo‘shimchalari   ushbu   holatda   mavhumlikni   ifoda
etayotgan   bo‘lsa,   so‘z   o‘zagining   qavatlanishi   yo‘qlik   ma’nosining   qat’iy   ifoda
etilishiga   ko‘mklashadi:   Qabrlarni   nom-nishonsiz   qoldirganlari   kamday,   «YAna
shunday   takrorlasam,   jinoiy   javobgarlikka   tortinglar»,   degan   tilxat   yozdirib
olardi.   Nom-nishonsiz   ko‘mib   tashlaydilar   (TM).   Yo‘q,   bu   ko‘rayotganlari   tush emas,   u   chindan   ham   go‘rday   sovuq,   yarim   qorong‘i   g‘orda   turar,   atrofini   qora
chakmon   kiyib,   yuz-ko‘zlarini   qora   mato   bilan   tang‘ib   olgan,   soqol-mo‘ylovlari
o‘sib   ketgan   qaroqchisifat   odam lar   qurshab   olgan,   ular   orasida   uch   oydan   beri
dom-daraksiz  ketgan devqomat Qalandar Qarnoqiy ham bor edi...  (OYO)
Harkatning   amalga   oshirilish   tarzini   ifodalaydigan   darrov,   darhol,   tez,
tezdan, birpasda, bir zumda, bir lahzada, zumda, lahzada    birliklari semantikasida
qat’iyat mavjud. Qo‘llanilishida esa uslublararo chegaralanadi.  Darrov   so‘zlashuv
uslubiga xoslangan:   — Ey, bizning  molimiz shu vaqtgacha zakot bo‘lmagan, endi
akamiz o‘g‘illi kishi  bo‘lib,  darrov  bizning molimizni zakot qiladigan bo‘libdi-da!
Kalma aytib  darrov  bo‘lgin musurmon, / Hiyla qilsang, men bo‘l boshing olarman
(Alpomish) .   Kampiri   darrov   turdi   (TM).   Bir   zumda,   bir   lahzada     va   darhol
ravishlarida  darrov  ga nisbatan eksprssivlik kuchli va kitobiy   xarakterda. SHuning
uchun   ham   badiiy   uslubda   faol   qo‘llaniladi:   SHahriyori   falak-iqtidor   Mirzo
Ulug‘bek   Ko‘ragoniy   hazratlari   amr   etmishlarkim,   Ko‘ksaroyda   darhol   hoziru
nozir   bo‘lg‘aysiz!   Siz   otliq   hirovul   bilan   darhol   yo‘lga   chiqqaysiz!..   Bir   zumda
tog‘u   tosh   orasida   jilg‘alar   sharqiradi.   Qal’a  katta   emas,   undagi   hamma   o‘ylar,
tor ko‘chalar  bir-biriga  tutashib ketar,  tomda o‘ynagan  bolalar   bir zumda   butun
qal’ani   aylanib   chiqishar   edi   (OYO).   Lekin   Ali   Qushchi   uzangini   topib,
tipirchilagan otga o‘zi sapchib mindi-da, jilovini qo‘liga oldi: u «qushchi» nomini
bekorga   olmagan,   a’lohazratlari   bilan   ovga   chiqqan   paytlarida,   ne-ne   asov
tulporlarni   jilovlab,   bir   lahzada   o‘ziga   o‘rgatib   olardi!..   Bir   lahzada   uylari
to‘yxonaga   aylandi.   (OYO).   Darhol   rasmiy   ohangga   ega: Unda,   o‘sha
ustalaringizni chaqirib,  darhol  tuzattiring!  (TM).
Tez,   ildam,   jadal,   shitob,   shaxt,   zud     sinonimik   qatorida   tez     barcha
uslublarda   uchraydi.   So‘zlashuv   uslubida:   tez   bo‘l;   tez-tez   bo‘l,   imillama.   Badiiy
uslubda:  Nima uchun to‘da  tez  e’tibor qozonadi,  tez  ko‘zga ko‘rinadi?  (TM). Ilmiy
uslubda:   Hozirgi   davr   boshqaruvida   iqtisodiy   demokratiyaga   asoslangan   ishlab
chiqarish   raqobati   qanchalik   tez   rivojlansa,   shunchalik   tez   bozor   iqtisodiyoti
samaradorligi ko‘zga tashlana boshlaydi  (R.Valijonov) kabi. Tez     asosida   yasalgan   tezda,   tezlik   bilan     ravishlari   ham   faol:   1983   yili
angliyalik   matematik   CH.   Bebbidj   horzirgi   zamonaviy   hisoblash   texnikasi   —
“analitik   mashinalar”   namunasi   loyihasini   ishlab   chiqdi   va   uning   yordamida
o‘sha   davrda   boshqarish   qarorlari   tezlik   bilan   qabul   qilina   boshlandi
(R.Valijonov).  Tezda  qaytamen. Dadangizga shikast etmaydi, tezda qaytadi, degan
edingiz   (OYO).   U   daraja   ko‘rsatkichi   bilan   ham   qo‘llaniladi:   Bizni   shahrimizni
ko‘rgan   odam...   tezroq   omonatimni   topshirib...   shu   shahardan   makon   topsam
deydi!  (TM).
Sinonimik   munosabatga   kirishuv   jarayonida   shakldagi   moslik   ham
saqlanadi.   Masalan,   tezlik   bilan   –   shitob   bilan   –   shaxt   bilan   :   Mirzo   Ulug‘bek
shitob   bilan   o‘rnidan   turdi.   Bog‘larni   shovullatgan   sovuq   izg‘irin,   go‘yo   uni
to‘xtatmoqchi bo‘lganday  shitob  bilan ko‘ksiga urilar, chang-to‘zon va charxpalak
xazonlar yuz-ko‘zlarni ayovsiz savalar edi!.. Amir, elkasida qora xurjun, oysimon
egri   qilichini   eshikka   sharaqlatib   urib,   shaxt   bilan   kirib   keldi-da,   poygakka   tiz
cho‘kib,   sajda   qildi   (OYO).   Lekin   keyingi   ikki   birlikda   tezlik   bilan   ga   nisbatan
ekspressivlik   kuchli.   Buning   ustiga   tez     o‘zagi   asosidagi   ravishlar   umuman
harakatning   belgisini   anglatsa,   ildam,   shitob,   shaxt     ravishlari   insonning   harakat
tarzi   bilan   bog‘langan:   Xurshida   bonu   dadasini,   xususan   bir   kundayoq   egik
qaddini   rostlab,   burungiday   ildam   odimlab,   nufuzli   mehmonlarni   o‘zi   kutib   olib,
o‘zi   kuzatib   qo‘yayotgan   buvasi   Salohiddin   zargarni   ko‘rganida,   negadir   qayta-
qayta   Qalandarning   gaplari   esiga   tushar   va   mavlono   Ali   Qushchini   o‘ylar   edi...
Oysiz,   zim-ziyo   tunda   yurish   qiyin,   oyoq   ostidagi   toshlar   g‘achir-g‘uchir   qilar,
ariq   bo‘yidagi   tol   shoxlari   yuzlariga   urilar,   Qalandar   esa,   hech   narsaga   parvo
qilmay   tobora   jadallab   borardi   (TM).   SHuning   uchun   ular   o‘rtasidagi
sinonimiyada bu ottenkalar payqaladi.
Jadal     ravishi   ilmiy   va   ommabop   uslublarda   qo‘llaniladi:   Ularga   o‘zini
obro‘sizlantirib   qo‘ygan   ma’muriy-buyruqbozlik   tizimi   tuzoqdan   qatiyan   xalos
bo‘lishning,   jadal   o‘zgarib   borayotgan   iqtisodiy   sharoitlarga   mos   bo‘lgan   yangi
muassasalar   tizimini   tezlik   bilan   joriy   etishni   birdan-bir   yo‘li   deb   qaraldi (R.Valijonov). SHunday   qilib,   xorijiy   va   mahalliy   sarmoyadorlar   qo‘lni-qo‘lga
berishib, jadal ishga kirishdilar  («Zarafshon» gaz.).
To‘satdan,   to‘sindan,   qo‘qqisdan,   bexosdan,   birdan,   birdaniga,
dabdurustdan,   nogahon,   kutilmaganda,   banogoh,   ittifoqo,   daf’atan,   ilkisdan,
tuyqusdan,   tuyuqsindan,   favqulodda,  lop   etib     sinonimik  qatori   ravishlar   tizimida
eng   samarali   bo‘lib,   kutilmaganda   sodir   bo‘lgan   voqeani   anglatadi.   Ular   orasida
birdan   ravishi   eng   faol   hisoblanadi   va   barcha   uslublarda   qo‘llaniladi:   Birdan
qoziqday   qoqilib   qoldi.   Botir   firqa   birdan   sergak   bo‘ldi.   Birdan   esini   yig‘ib   oldi
(TM).   A.Hojiev   ilkisdan,   tuyqusdan,   tuyuqsindan   ravishlarini   dialektal   deb
ko‘rsatadi:   Etay deganda chap soldi, /   Ilkisdan   burilib ketib   (Alpomish).   Lop etib
da   kutilmaganlikdan   tashqari   harakatning   juda   tezlik   bilan   amalga   oshganligi
ottenkasi   ham   ifoda   etiladi:   Bonuning   esiga   lop   etib   otasi   bergan   risola   tushdi
(OYO).
 Birdaniga,   bexosdan, lop etib, qo‘qqisdan    ravishlari og‘zaki so‘zlashuvda,
to‘satdan,   dabdurustdan,   nogahon,   kutilmaganda,   banogoh,   ittifoqo,   daf’atan,
favqulodda   ravishlari kitobiy uslublarda qo‘llaniladi.   To‘satdan     rasmiy ottenkaga
ega.   Masalan,   to‘satdan   vafot   etmoq     kabi.   Badiiy   uslubda:   Uni   dabdurustdan
tanimay qolgan a’lohazratlari  shayxulislomning: –Amir Jondor tarxon?–deganini
eshitib,  bir   sapchib  tushdi.   Nogahon,  daf’atan,  banogoh,  ittifoqo   singari   eskirgan
ravishlar   ham   badiiy   matnlarga   xoslanib   qolgan:   G‘orga   hayrat   bilan   tikilib
qolgan   Ali   Qushchining   esiga...   nogahon   Urgut   tog‘larida   Mirzo   Ulug‘bek   bilan
ov   qilib   yurganlarida   ko‘rgan   bir   g‘or   tushdi.   Bobosi   Amir   Temur   bunday
holatlarda   g‘animning   hirovul   qo‘shinlarini   oldinga   o‘tkazib   yuborar,   so‘ng
banogoh  jarong‘ir va barong‘ir suvoriylari bilan qurshab olib, qopqonga tushirar
edi.   Banogoh   ko‘zi   ushatilgan   patirga   tushib,   ko‘nglidan   yana   o‘sha   fikr   o‘tdi:
"Og‘u   "...   Hozir   kitobni   ochganda   daf’atan   ko‘zi   tushgan   ilk   misralar...   tushida
ko‘rgan qonli kalladan ham dahshatli edi...   Uning kasalmand chehrasida teran bir
mahzunlik   aks   etdi,   ovozi   kutilmaganda   g‘amgin   va   samimiy   ohanglar   kasb   etib,
qaltirab ketdi: –Ammo...-sizdan yashirmaymen, mavlono  (OYO). Haddan   tashqari,   juda,   g‘oyatda     ma’nolarini   beruvchi   favqulodda
ravishida mubolag‘a ottenkasi mavjud:   Favqulodda   qaqqayib qoldi   (TM) .   Undagi
bu   ottenka   qo‘llanish   ko‘lamini   kengaytirgan.   Ravishdagi   va   sifatdagi   ma’noni
kuchaytirishga   xizmat   qilgan:   SHu   boisdan   bilmoqchimen:   siz   faqirni   kim   deb
bilasiz?–shahzodaning   ovozi   favqulodda   g‘amgin   eshitildi.   Barvasta   gavdasini
sipohiy   liboslarga   siqib   kiyinarkan,   Qashqirning   favqulodda   yumshoq,   muloyim
ovozini eshitdi  (OYO).
Xomush, ma’yus     ravishlari ham o‘zaro sinonimik munosabatda. Xomushlik
umuman   insonning   ruhiy   holatini   ifoda   etsa,   ma’yuslik   tushkunlik,   umidsizlik
ma’nosida   bo‘lib,   asosan   yuzda   aks   etgan   ifodani   bildiradi:   Lekin   ertalabdan
qovog‘i ochilmay,  xomush  yurgan Mirzo Ulug‘bek toqqa chiqqach, peshanasidagi
ajinlari yozilib, labiga kulgu yugurdi. Ali Qushchi bu serhasham va serjilo xonani
tomosha   qilarkan,   xayoliga   bir   fikr   kelib,   ma’yus   kulimsirab   qo‘ydi.   Mirzo
Ulug‘bek,  dedi-yu,  xayoliga yana bir fikr  kelib   ma’yus   jilmaydi   (OYO). SHuning
uchun ham  ma’yus yuz   va  ma’yus    tikilmoq   kabi holatlarda gapda aniqlovchi ham,
hol ham bo‘lib kelaveradi.
  T.Murod uni inson qalbiga nisbatan ham qo‘llagan:   Bo tir firqani ko‘ngli...
shomdan-da  ma’yus  bo‘ldi, shom dan-da  mungli  bo‘ldi.  
A.Hojiev lug‘atida berilgan   yaxshi, durust, tuzuk, binoyi, binoyidek, joyida,
soz,   nozanday   (noppa-nozanday),   (noppa-nozin),   bop,   bopta,   ajabtovur,   avlo,
poshshaxon,   qoyil,   qoyilmaqom     so‘zlarida   ham   harakat   belgisini   anglatish
xususiyati mavjud. Ular orasida eng faol qo‘llaniladigani   yaxshi   so‘zi bo‘lib, ham
predmetning,   ham   harakatning   belgisini   ko‘rsatadi:   yaxshi   bola   yaxshi   o‘qiydi
kabi.   U   uslubiy   jihatdan   neytral   so‘z   hisoblanadi:   Qorovullar   biladi-da,   archa
yog‘och   yaxshi   yonadi.   –   Hali-hozircha,   oblastni   yaxshi   o‘rganganim   yo‘q.   —
Yig‘ilish  yaxshi  o‘tdimi? Masalan, intellektual lar izg‘irin shamol nimaligini  yaxshi
biladi   (TM).   A.Hojiev   binoyi,   nozanday,   poshshaxon,   qoyilmaqom     so‘zlarining
oddiy   so‘zlashuvga   xos   ekanligini   aytadi.   Misol:   –   Binoyi   qilibsiz,   xo‘p   binoyi
qilibsiz   (TM) .   Ajabtovur   ni   ham   shu   qatorga   qo‘shish   mumkin:   Ha,   odam
mavzoleydan   chiqib...   ajabtovur   bo‘lib   qoladi!   (TM).     Qoyil     so‘zi   bo‘lmoq, qolmoq     so‘zlari   bilan   mustahkam   birlashib   ketgan   va   frazeologik   birlikning
tarkibiy   qismiga   aylangan:   —   Men   sizning   aql-zakovatingizga...   obkomdayoq
qoyil   bo‘lib   edim!   O‘raga   qarab   o‘tirdi-o‘tirdi...   o‘ziga-o‘zi   qoyil   bo‘ldi   (TM).
Durust, tuzuk   so‘zlarida kitobiylik, rasmiylik ottenkasi mavjud.
O‘rin   ravishi.   Harakatning   boshlanish   nuqtasini,   yo‘nalish   tomonini
ko‘rsatadigan   o‘rin   ravishlari   o‘zbek   tilida   tarz   ravishlaridek   ko‘p   emas.
«Umuman,   narsa-predmetning   biror   erda   mavjud   bo‘lishini   bildirganda,   -     deb
qayd etiladi «O‘zbek tili grammatikasi»da. – ravish harakat ma’nosini bildiradigan
so‘zlarga taalluqli bo‘lishi shart emas». 5
 Bu esa payt ravishlarining gapda bir qadar
avtonom   ekanligidan   va   predikativlik   vazifasini   o‘z   zimmasiga   olishi
mumkinligidan   dalolat   beradi   va   bu   o‘z   navbatida,   ravishlarning   bu   turining
stilistik   imkoniyatlarini   kengaytiradi.   Ta’kidlanganidek,   ko‘p   miqdorni   tashkil
etmasa-da,   o‘rin   ravishlari   o‘rtasida   ham   sinonimik   munosabat   mavjud.   Ularning
ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz. Masalan:
A.Hojiev   lug‘atida   qayd   etilgan   old(ida),   huzur   (ida),   yon(ida),   qosh(ida)
sinonimik qatorida   oldida     ravishi uslubiy jihatdan neytral hisoblanadi:   Raykomni
mashinasi   bahaybat   darvoza   oldida   bel   bo‘ldi.   Eron   xotin-qizlari   ushbu   qarorni
eshitib,   Tehrondagi   Fransiya   elchixonasi   oldida   namoyish   o‘tkazibdi     (TM) .
Ushbu ravishning uslubiy neytralligi va faol qo‘llanishi uni aniq o‘rinni anglatish
doirasidan tashqariga olib chiqib, umuman harakatning bajarilgan o‘rnini mavhum
tarzda ifoda etadi.  Biz Gippokrat  oldida  qasam ichganmiz. Butun partaktiv  oldida ,
afkor omma   oldida   shunday qildi   (TM). Bu holat sinonimik munosabatlarda ham
seziladi.   Masalan,   aniq   o‘rinni   ifodalaganda   old     ravishiga   qosh     so‘zini   sinonim
sifatida   qo‘llash   mumkin   bo‘lgani   holda,   u   mavhum   ma’noni   anglatganda   bu
sinonimiya stilistik g‘alizlikni keltirib chiqaradi. Masalan:   Kolxoz idorasi   qoshida
oyoq   ildi.   CHoynak   qoshida   o‘tirdi (TM)   -   Kolxoz   idorasi   oldida   oyoq   ildi.
CHoynak   oldida   o‘tirdi.   Qiyoslaymiz:   Gippokrat   oldida   qasam   ichganmiz   -
Gippokrat   qoshida   qasam   ichganmiz.   O‘rin   ma’nosi   umuman   ifoda   etilganda   old
va   yon     ravishlari   vazifadoshlik   nuqtai   nazaridan   bir-biriga   juda   yaqinlashadi:
5
 Ўзбек тили грамматикаси,  I  том. – Т: Фан, 1975, 538-б. Botir   firqani   yonidan   joy   oldi   -   Botir   firqani   oldidan   joy   oldi;   Butun   partaktiv
oldida , afkor  omma   oldida   shunday  qildi   -  Butun  partaktiv   qoshida , afkor  omma
qoshida   shunday  qildi;  Bir  mahallar  Mirzo   Ulug‘bekning  farmoni   bilan bu  qasri
oliyga   ilk   bor   qadam   qo‘yganida   vujudini   shunday   zo‘r   bir   hayajon   chulg‘ab
olgan ediki, boyagi marmar hovuzlarning   yonidan   o‘tayotganda oyoqlari qaltirab
ketgan   edi   (OYO) -   Bir   mahallar   Mirzo   Ulug‘bekning   farmoni   bilan   bu   qasri
oliyga   ilk   bor   qadam   qo‘yganida   vujudini   shunday   zo‘r   bir   hayajon   chulg‘ab
olgan ediki, boyagi marmar hovuzlarning   oldidan   o‘tayotganda oyoqlari qaltirab
ketgan edi.
Harakat bajarilgan o‘rinni mavhum, umumiy tarzda ifoda etish   old     so‘zini
ko‘makchiga   aylantirgan:   oldini,   oldiga,   oldida,   oldidan   kabi.   Bunday   paytda
uning   sinonimik   munosabatga   kirishish   imkoniyatlari   ham   torayadi.   Oldiga,
oldida,   oldidan     variantlariga   rasmiylik   ottenkasi   va   obrazlilik   mavjud   bo‘lgan
huzuriga, huzurida, huzuridan   so‘zlari sinonim bo‘la oladi:     Bir zum go‘zallikning
huzurida    jim / Samoviy hislarga bo‘lib qoldim band  (A.Oripov).  Mana, kun botib,
namozi  asrga  azon  aytildi  hamki, hanuz   huzuriga   taklif  qilmadi   (OYO) .   Ilmiy va
rasmiy   uslublarda   u   oldiga   qo‘ymoq   tarzida   turg‘unlashgan   va   uni   boshqa
ma’nodosh   so‘zlar   bilan   almashtirib   bo‘lmaydi:   Ilmiy   atamashunoslikda
menejment   deganda   shun day   ijtimoiy-iqtisodiy   jarayon   tushuniladiki,   uning
natijasida   o‘z   oldiga   qo‘yilgan   maqsadlarga   firma   resurslariga   rahbarlik   qilish
orqali   erishiladi.   “7-S”   tamoyili   korxona,   firma,   xo‘jalik   o‘z   oldiga   qo‘ygan
iqtisodiy   natijaga   erishish   uchun   qo‘yidagi   yo‘nalishlarda   ish   olib   borishini
nazarda tutadi  (R.Valijonov).
Oldin  ravishi  ilgari, olg‘a   so‘zlariga sinonim bo‘lishi mumkin:
U   ideal   hokimlik   tiplariga   tavsif   berdi   va   qoidalar   asosi da   tarkib   topgan
tartib kishilarni tashkil qilishning eng samarali shakli — byurokratiya (to‘rachilik)
degan   g‘oyani   ilgari   surdi.Hozirgi   birinchi   o‘ringa   mustaqillik,   tashabbuskorlik,
ongli   tavakkalchilikka   tayyorgarlik   ilgari   surilayotgan   bir   davrda   yangi   xo‘jalik
yuritish   sharoitida   rahbar   mehnatining   mohiyat   va   ahamiyatiga   uning   roli   va
tabiatiga munosabatni  o‘zgartirish  kerak   (R.Valijonov).   Ilgari     ravishining   ilgari surmoq     tarzda   turg‘unlishishi   uning   ham   ma’nosida   mavhumlashish   sodir
bo‘lganligidan   va   ko‘makchiga   o‘tganligidan   dalolat   beradi.   Oldin,   ilgari
so‘zlariga   nisbatan   olg‘a   kitobiy   xarakterga   ega:   Yo‘q   qorinni   olg‘a   surdi.   Yo‘q
qorinni  olg‘a  suraman deya... ketiga chalqayib qoldi. Yo‘q qorinni tag‘in-da  olg‘a
surdi.   Ko‘kragini   olg‘a   shishirdi.   Olg‘a ,   o‘zbek   xotin-qizlari,   olg‘a !   Orolpanoh
Madiev bir o‘ngga ta’zim etdi, bir chapga ta’zim etdi, bir  olg‘a  ta’zim etdi  (TM)
  Old   negizida hosil bo‘lgan so‘zlarning o‘rin ma’nosini anglatish doirasidan
chiqib,   payt   ma’nosini   berishi   ham   ularning   tilimizda   semantik   ma’nolarining
kengaya   borayotganligidan   dalolat   beradi.   Bunday   paytda   ular   avval   o‘zakli
so‘zlarga   sinonim   bo‘ladi:   Plazmolizga   uchragan   hujay ra   suv   bilan   ta’minlansa,
darhol   u   oldingi   holatiga   qaytishi   mumkin.   Xromasomalarning   reduplikatsiyasi
tufayli, ularning soni yangi hosil bo‘lgan hujayralarga taqsimlangunga qadar ikki
barobar   ortadi  Reduksion  bo‘linish  sporalar   hosil   bo‘lishi   oldidan   sporangiylar;
jinsiy   gametalar   hosil   bo‘lishi   oldidan   gametangiylar   va   nihoyat   urug‘lanish
vujudga kelgan zigotaning bo‘linishidan sodir bo‘ladi  (S.Mustafaev).
Biror narsaning nihoyasi, so‘nggini ifodalovchi  oxir   so‘zi negizida yasalgan
oxirda, oxirigacha     so‘zlari ham ravish sanaladi:   Yo‘q, men   oxirigacha   boraman.
Men   oxirigacha   kurashaman!   Oxirigacha   chida,   xudo   bergan   kungacha   chida!
(TM). Unga sinonim bo‘ladigan   intiho   so‘zi ekspressiv ottenkaga,   nihoya     kitobiy
xarakterga   ega:   Odamzotni   ibtidosi-da   g‘oyibda   bo‘ladi,   intihosi-da   g‘oyibda
bo‘ladi   (TM).   U   hatto   hind   munajjimlari   yaratgan   mashhur   "Sidhaita"   ning
tarjimasini ham  nihoyasig a etkazolmadi...  (OYO).
Xuddi   shu   sinonimik   munosabatlar   ravish   turkumi   doirasidagi
baland/yuqori/yuksak,   uzoq/olis/yiroq;   orqa/ket/ort;   past/quyi;   o‘rta/ora,
to‘g‘ri/qarshi,ro‘para   birliklarida   ham   mavjud   va   ular   ham   tadqiqot   uchun
qiziqarli materiallar bera oladi. 
Payt   ravishi.     Grammatikaga   oid   darslik   va   qo‘llanmalarda   payt   ravishiga
ham   ravishlarning   ma’no   turlaridan   biri   sifatida   qaraladi   va   uning   harakat,
harakatning   bajarilishi,   yuzaga   kelish   paytini   bildirishga   xizmat   qilib,   qachon?
qachondan   beri?   singari   savollarga   javob   bo‘lishi,   gapda   ko‘pingcha   hol   –   payt holi     va   ba’zan   kesim   vazifasida   kelishi   ta’kidlab   o‘tiladi.   Masalan:   men   bugun
kutubxonaga boraman = kutubxonaga boradigan kunim – bugun   kabi.
SHu   ma’noda   tilimizdagi   endi,   so‘ng,   keyin,   ilgari,   hanuz,   ertalab,   tunov
kun, haligacha, kecha, bugun, allaqachon, avval, qadim, hamon, kechasi, kunduzi,
indinga,   har   kuni,   kuni   bilan,   yildan   yilga,   qishin-yozin     kabi   so‘zlar   ravishlar
sanaladi.
Payt ravishlarida ham sinonimik imkoniyatlar mavjud va bu holatning nutq
jarayonida ahamiyati katta. Masalan,   so‘ng (so‘ngi), axir (oxirgi), keyin (keyingi)
so‘zlarini   olib   qaraylik.   Yig‘ilish   so‘ngida   gapir,   yig‘ilish   oxirida   gapir   deyish
mumkin, ammo  adoq, nihoya, piravord, intiho  singari payt ma’nosini ifoda etuvchi
ravishlarni ular o‘rnida qo‘llab bo‘lmaydi. Bu ushbu so‘zlardagi semantik-stilistik
ottenkalar va ularning eksprssivlik darajasi bilan bog‘liq.
Ravishlardagi   bu   kabi   son   va   sifat   jihatdan   ko‘plik   va   rang-baranglik,   o‘z
navbatida,   ularning   funksional   tanlanish   va   chegaralanishlarini   keltirib   chiqaradi.
Masalan,  piravord   rasmiy uslubda,  intiho   va   nihoya   badiiy, ommabop uslublarda
ko‘proq qo‘llanilishining sababi ham ana shunda.
Ilgari,   avval,   oldin,   qadim,   burun     ravishlarini   olib   qaraylik.   Bu   ravishlar
umumiy ma’noda ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytgacha sodir bo‘lganini
yoki   bo‘lmaganini   bidirsa   ham,   ana   shu   sodir   bo‘lganlik   yoki   bo‘lmaganlikni
anglatish   nuqtai   nazaridan   matnda   farqlanishini   payqash   qiyin   emas.   Masalan,
A.Hojievning   «O‘zbek   tili   sinonimlarining   izohli   lug‘ati»   kitobida   bu   haqda
shunday   yozilgan:   « Avval ,   oldin   so‘zlari   kontekst   yoki   boshqa   biror   vosita
yordamisiz o‘tmish ma’nosini aniq ifodalay olmydi.   Ilgari, burun, qadim    so‘zlari
esa   o‘tmish   ma’nosini   aniq   ifodaly   oladi.   Ilgari     so‘zi   ko‘pincha     avval,   oldin
so‘zlariga nisbatan uzoqroq o‘tmishni  ifodalash  uchun qo‘llanadi.   Oldin    ko‘proq
oddiy   so‘zlashuvga   xos.   Burun   so‘zi     ilgari     so‘ziga   nisbatan   ham   uzoqroq
o‘tmishni bildiradi. Lekin   ilgari, avval, oldin    so‘zlariga nisbatan kam qo‘llanadi.
Qadim    so‘zi    burun    so‘ziga nisbatan ham uzoq o‘tmishni  bildiradi». 6
  Mana  shu
aytilganlar aynan ravishlar uslubiyatining o‘zidir. 
6
  Ҳожиев А.  Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати.- Т.: Ўқитувчи, 1974, 8-б. Sinonimik munosabatlar doirasida  oldin  va  avval 7
   ravishlari bir-biriga yaqin
turadi:   Oldin   ko‘zlarini   cho‘qib   uydi,   keyin   qanoti   bilan   uyadan   surib   chiqardi.
Risqul. Buyragingni qo‘y,  oldin  xabaringni ayt!  (Zulfiya. Oy tutilgan tunda).  Avval
Zubarjadning   boshiga   o‘ng   qo‘lini   qo‘yadi.   (Zulfiya.   Oy   tutilgan   tunda).   Ali
Qushchi  avval  tortinib, keyin esa xiyol dadillanib, hamma so‘roqlarga javob berdi.
Bobosi esa   avval   uning peshonasidan cho‘lp-cho‘lp o‘pdi   (OYO). Ularga sinonim
bo‘ladigan   burun   so‘zi so‘zlashuv nutqida faol. SHuning uchun ham xalq og‘zaki
ijodi namunalarida, badiiy matnlarda uchraydi: Darvesh.   Tashlatishdan   burun   bir
hikoya   eshit...   Devona.   Oqyigit   bilan   Eshmirza   o‘ylanmaslaridan   burun   qanday
yaxshi   odamlar   edi-ya,   hech   qachon   yig‘laganini   ko‘rgan   emasman   (Zulfiya.   Oy
tutilgan   tunda).   Burungi   kunimiz   ham   tuzuk   ekan,   ishimiz   sop   zo‘rga   tushdi.
Alpomishga   ko‘rinmay   ketdi.   Alpomishdan   burun   Qultoyga   etdi.   SHu   yomon
chubir   bilan   bizdan   burun   kelibsan   (Alpomish).   Ilgari     esa   bir   ma’nosida   ularga
sinonim bo‘ladi:  Bu so‘zni eshitib: — Ahmoq qalmoq,  ilgari  meni ko‘ribmiding, yo
mening   bilan   bo‘lsuhbat   bo‘libmiding,   yo   bizing   ko‘zini   boqib,   biznikida   etim-
metim   yuribmiding?   Poyganing   boshida   tortib   boylasang,   O‘n   besh   kun   ilgari
berman haydasang  (Alpomish).
Bemahal,   bevaqt,   bemavrid     sinonimik   qatoridagi   so‘zlar   semantik
ottenkalariga   ko‘ra   o‘zaro   farqlanadi.   Bemahal     ravishi   kerak   bo‘lmagan   vaqtda
ma’nosini   bilan   ajralib   turadi:   SHu   sabab,   shizofreniya   –   partiya-hukumat   uchun
bamisoli   bemahal   qichqirgan xo‘roz bo‘ladi   (TM).   Musofirman, qirq gaz cho‘kdi
ko‘ngilim,   Bemahal   etmadi   qaytayin   o‘lim     (Alpomish) .   Bunday   vaqtda   u
bemavrid  so‘ziga sinonim bo‘ladi:  Bemavrid  shodlikdan qaynadi, toshdi!  Va dedi:
“Ko‘ringiz,   mana,   oliy   zot,   Spitamen   o‘ldi!   Qirqildi   boshi!”   (M.Ali.   Spitamen).
So‘zlari   bemavrid   ekanini   bilib,   darrov   xatosini   tuzatdi   (O‘X).   Bemahal     so‘zi
odatdagi   vaqtdan   kech   bo‘lganda   bevaqt     so‘ziga   sinonim   bo‘ladi:   YOlg‘iz   yurib
7
 М.Миртожиев бу ҳолатни оддий, лингвистик метафорлар деб баҳолайди: «Умуман, метафораларда ҳосила
маънонинг   юзага   келиши   экстралингвистик   сабабга   кўра   ҳам,   интралингвистик   сабабга   кўра   ҳам   бўлади.
Экстралингвистик   сабабга   кўра   асосан   оддий   метафора   ва   жонлантириш   содир   бўлади.   Масалан,   Аввал
таом, кейин калом  (маҳол) гапидаги  аввал   сўзи пайт маъносини берган. У асли ўрин маъносини берарди. Бу
ҳосила маъно экстралингвистик сабабга кўра юзага келган». ( Миртожиев М.  Ўзбек тили лексикологияси ва
лексикографияси. – Тошкент: Университет, 2000, 11-бет). ko‘p   yo‘llarni   olaman,   Xorib-charchab   bemahalda   kelaman.   Kun   bevaqt   bo‘ldi,
bemahal   borgan   mehmonning   izzati,   obro‘yi   bo‘lmaydi,   bugun   men   sizlarning
qo‘shxonalaringda   yotayin,   ertangi   so‘ng   turib   ketayin.   Tun   qorong‘i,   bevaqt
bo‘lib boradi, Qo‘nar fursat endi yaqin keladi.   Bevaqt   borib baxmal uyga kiradi,
SHul   zamonda   Barchinoyni   ko‘radi   (Alpomish).   Lekin   bevaqt     so‘zi   o‘limning
aniqlovchisi bo‘lib kelganda buning aksini, ya’ni   erta    ma’nosini bildiradi:   Quruq
tuhmatdan,  bevaqt  o‘limdan saqlashni Tangridan iltijo qildi   (O‘X).
Payt ravishlari sinonimlari qatorida  doim, doimo, hamisha, hamma vaqt, har
doim,   har   mahal,   har   vaqt,   nuqul,   mudom,   birday,   yakkash,   yalang,   hadeb,
o‘ngkay     so‘zlari   ham   salmoqli   o‘rin   tutadi.   Ular   orasida   doim     so‘zi   og‘zaki
nutqqa   xos.   Badiiy   nutqda   ham   poetik   talab   bilan   qo‘llaniladi:   Garchand   men
tug‘ilgan   ermas   bu   tuproq,   /   Lekin   xotirada   yashaydi   doim .   (Zulfiya.   Jasorat).
Uning varianti hisoblanadigan   doimo   da rasmiylik, ko‘tarinkilik ottenkasi mavjud,
shuning   uchun   ilmiy   va   rasmiy   matnlarda   aynan   shu   tarzda   qo‘llaniladi:   Bundan
esa   shunday   xulosa   chiqadi:   bunday   xodimni   doimo   majburlash,   nazorat   qilish,
jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur. Rahbarlar va ishchilarning
taqdiri bir deb qaraladi, ular hatto bir oshxonada ovqatlanadilar va   doimo   birga
bo‘ladilar.   Boshqarish   haqidagi   fan   doimo   harakatda   bo‘ladi   (R.Valijonov).
Nuqul     so‘zi   ham   so‘zlashuv   uslubida   faol:   nuqul   kuladi,nuqul   iljayadi,   nuqul
gapiradi,   nuqul   ovqat   eydi   kabi.   U   gapda   holdan   ko‘ra   ko‘proq   aniqlovchilik
vazifasini bajaradi:  Nuqul  go‘daklar bilan / Qolgan kunlar ham bitdi  (Zulfiya. Ikki
o‘rtoq).   Nuqul   asl, qimmatbaho mol. / O‘n sidirg‘a ko‘ylak, besh ro‘mol   (Zulfiya.
Zaynab   va   Omon).   Xonaqohning   eshigida,   nuqul   oq   joma   kiygan   muridlar
davrasida...   oppoq   soqoli   ko‘ksiga   tushgan,   baland   bo‘yli,   nihoyatda   ko‘hlik   bir
chol unga o‘tkir ko‘zlarini qadab turardi  (OYO).
Mudom, yakkash   ravishlarida obrazlilik kuchli va ular badiiy matnlarga xos:
Mudom   jo‘shqin   umrim   hukmida   yurgan,   /   Qadriga   etmagan   pinhon   she’rimdir
(Zulfiya.   Ekrandagi   yurak).   Botir   firqa   endi...   yakkash   o‘zi   o‘yladi.   (TM).   Hadeb
o‘tirishi   joniga   tegdi   (TM).   Unga   quyosh,   chechak   va   dengiz   /   Kuylar   yakkash ,
«Sen janub yoqda!»  (Zulfiya. Rus ayollari). Harakatning   bajarilishidagi   uzluksizlikni   ifoda   etuvchi     hamisha   so‘zida
kitobiy   ottenkasi   kuchli   vash   u   tufayli   rasmiy   va   ilmiy   uslublarda   ko‘proq
ishlatiladi.   Badiiy   uslubda   ham   ana   shu   uslublarga   xos   bo‘lgan   vaziyat   ifodasida
qo‘llaniladi:   Ku-ku-luks-klanlar   hamisha   boshdan-oyoq   oppoq   libosga   burkanib
yuradi. SHu sabab, o‘zlarini  hamisha  men haq  deb biladi. To‘da  hamisha  aybdor
izlaydi…   hamisha   gunohkor   izlaydi.   Ana   shu   ikki   toifa   hamisha   kurashib   keladi.
El-yurt   hamisha   g‘oyalarga ishonib keldi, g‘oyalarga suyanib keldi   (TM).   Iqtisod
aniq   fan   sifatida   iqtisodiy   nuqtai   nazardan   to‘la   axborotlarga   ega   bo‘lib,   har
qanday   holatda   o‘zini   aqlli   tutadigan   sun’iy   shaxs   sifatida   gavdalanadi   va   u
iqtisodchilar uchun  hamisha  sajdagoh bo‘lib xizmat qiladi  (R.Valijonov).
Tarkibida   olmoshlar   ishtirok   etadigan   hamma   vaqt,   har   vaqt,   har   doim
ravishlarida   amaldagi   harakatni   ta’kidlash   ottenkasi   kuchli:   Hamma   vaqt   bedor
suv!   Kuydor   shalola.   /   Sen   bu   tuproqda   jonsan,   hayotsan   (Zulfiya.   So‘roqlaydi
shoirni   she’rim).   Sarkardalar   ichida   yashar   u   har   vaqt .   /   Xotiradan   silinmas
shuhrati, shoni!  (Zulfiya. Knyaginya M.N.Volkonskaya).
Miqdor-daraja   ravishlari   sifatida   qaraladigan   so‘zlarning   aksariyat   qismi
nafaqat   ravishlarga,   balki   sifatlarga  ham   tegishli  bo‘lib,  ulardagi  belgining,  ya’na
harakat yoki narsa-hodisa belgisining oz-ko‘pligini ifoda etadi. SHuning uchun bu
o‘rinda ularning faqat harakat bilan bog‘liq jihatlariga e’tibor qaratiladi.
Ravishlarga qo‘shilib, amalga oshayotgan harakatni biroz mubolag‘ali tarzda
ifodalashga,   bajarilishini   kuchaytirib,   ta’kidlab   o‘tishga,   miqdorning   ko‘p   yoki
ozligini ko‘rsatishga xizmat qiladigan    ayni, avji, rosa, juda, eng   so‘zlari tizimida
eng,   juda,   rosa     birliklari   og‘zaki   nutqqa   xosligi   bilan   ajralib   turadi:   eng   ko‘p
gapirgan shu bo‘ldi, juda maza qildik, rosa kulishdik, eng keyin   kabi .  Keyingi ikki
holatda   ham   ular   aslida   ravishlarga   qo‘shilgan:   juda   ko‘p   maza   qildik,   rosa   ko‘p
kulishdik   kabi.   Ammo   kuchaytirish   ottenkasi   ravishlar   tushib   qolib,   ularning
vazifasini   ham   bu   kuchaytiruvchi   vositalar   o‘z   zimmasiga   oladi.   YAna:   Juda
bo‘ladi-da!   SHunday   qo‘li   gul   ustalarimiz   bor,   boplab   tashlaydi.   Juda   bo‘lsa   –
vatanga ona so‘zini qo‘shib aytsa bo‘ladi  (TM).
Daraja-miqdor   ravishi   payt,   o‘rinni,   tarzni   ifodalvchi   ravishlardagi   belgi- xususiyatlarni   kuchaytiruvchi   vosita   sifatida   qatnashadi   va   nutqda   qavatlangan
ravishlar   paydo   bo‘ladi:   payt   ma’nosining   kuchaytirilishi:   SHu   boisdan-da,
odamzotni   joni   eng   oldin...   oyoqdan   uziladi   (TM)   -   SHu   boisdan-da,   odamzotni
joni oldin... oyoqdan uziladi .   Eng   oldin qorovulxonaga kirib boradi   (TM)-     Oldin
qorovulxonaga   kirib   boradi .   Miqdorni   ifodalovchi   ravishlarga   qo‘shilganda   ham
ma’noni   kuchaytiradi:   Ular   zeb-ziynatlarini   ko‘rsatmasinlar,   magar   erlariga   yo
otalariga,   yo   erlarining   otalariga,   yo   o‘g‘illariga,   yo   erlarining   o‘g‘illarnga,   yo
o‘zlarining   og‘a-inilariga,   yo   o‘zlarining   og‘a-inilariga,   yo   og‘a-inilarining
o‘g‘illariga,   yo   opa-singilarining   o‘g‘illariga,   yo   o‘zlari   kabi   ayollarga,   qo‘l
ostidagi   cho‘rilarga,   yo   ayollardan   behojat   bo‘lgan,   ya’ni   juda   keksayib   qolgan
yoki   aqlsiz-devona   erkak   xizmatkor   qo‘llarga,   yo   ayollarning   avratlaridan
xabardor   bo‘lmagan   go‘daklargagina   ko‘rsatishlari   joizdir.   (TM) .   So‘zning
takrorlanishi   ma’noni   yanada   kuchaytiradi:   O‘ylari   esa   hayotdan   juda-juda   olis
bo‘ladi   (TM). Harakatga nisbatan sub’ektiv munosabat ifodalanadi:   Odam zot   ayni
pishib,   etilib   ko‘z   yummaydi   (TM) .   Bu   ottenka   rosa     orqali   biroz   kuchlirok   va
mubolag‘aliroq beriladi va maqtanchoqlik, mag‘rurlanish ottenkasi yuzaga chiqadi:
Ukrainada ocharchilikka qarshi kurashib,  rosa  tajriba to‘plaganmiz  (TM).
Harakat   belgisining   kuchaytiruvchi   va   ravish   vazifasini   bajaruvchi   har
qancha, harchand, qancha   so‘zlari o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘ladi:  Ammo-
lekin biz sovet xalqi shugina qisqa vaqt mobaynida olamshumul muvaffaqiyatlarni
qo‘lga kiritdik, bu bilan butun sovet xalqi, shu jumladan, ozod SHarq xotin-qizlari
har   qancha   faxrlansalar   arziydi...   ozod   SHarq   xotin-qizlari   har   qancha
faxrlansalar   arziydi...   (TM).   Enasining   bu   qiliqlaridan   uyalgan   Ali   Qushchi
harchand   iltimos   qilmasin,   yalinib-yolvormasin,   hatto   qattiq-quruq   so‘zlamasin,
foyda bermas,  Tillabibi:  "Bo‘talog‘im!" deb qichqirganicha orqasidan  yugurgani
yugurgan   edi...   (OYO).   Ammo   har   qancha     uslublararo   neytralligi,   harchand
badiiy   bo‘yoqdorligi   bilan   o‘zaro   farqlanadi.   Bir   ma’nosi   bilan   ularga   sinonim
bo‘ladigan   qancha     so‘zi   ham   uslubiy   jihatdan   neytral   hisoblanadi:   Ha,   u   o‘z
umrida   qancha   xatolar qilmasin,   qancha   yanglishmasin, ilm-ma’rifat yo‘lida qirq
yil qilgan mehnati zoe ketmabdi  (TM) . Harakatning   belgi-xususiyatlarini   anglatuvchi   ravishlar   silsilasida   hech,
aslo,   asti,   sira,   mutlaqo,   zinhor,   butunlay,   hargiz,   taqir,   zarracha,   tirnoqcha
sinonimik  qatori   ham   salmoqli   o‘rin  tutadi.  Ulardan   hech     barcha  uslublarda  faol
qo‘llaniladi:   Bahorimga   yog‘gach   hech   erimas   qor,   /   Gulday   she’r   yozmadim
atrlar   sochib... (Zulfiya.   Kechir   yoshlik).   Hech   bahor,   tuproqda   uyg‘onish   /
O‘tdimi qalbimning yonidan?  (Zulfiya. Kechir, bahor).  U ko‘ngliga tugib qo‘ygan
gaplarini   aytishga   iymanar,   bu   gaplar   usiz   ham   arang   o‘tirgan   otasining   o‘ksik
ruhiga   ozor   berishidan   cho‘chir,   ayni   zamonda   Qalandar   Qarnoqiyning   so‘zlari
yodidan  hech  ko‘tarilmas edi  (OYO).  Aslo, hargiz   poetik uslubga,  asti   so‘zlashuv
uslubiga  xos:   Derdim   aslo   o‘lmas  burgut   bosgan  iz.  /  SHu  qayrilmas  qanotlarda
uchaber   (Zulfiya.   Qishloq   vrachi).   Qaro   er   bag‘riga   essiz,   bu   do‘stga   alvido
denglar,   /   CHirog‘ing   uchmagay   hargiz ,   yashaysan   biz   aro   denglar   (Zulfiya.
Do‘stga   marsiya).   Endilikda   u   sharmanda   qiz,   /Kelinlikka   yaramas   hargiz !
(Zulfiya.   Zaynab   va   Omon).   –   Asti   qo‘ying,   ming   shukur,   /Tug‘adi   ofat   –   urush
(Zulfiya. Ikki o‘rtoq).
Hech, aslo, sira, hargiz   so‘zlari o‘zaro sinonim bo‘ladi:   Umri jovid yo‘qdir
aslo  ustivor olam aro, Ketdi ko‘plar, biz keturmiz, topqusen sen ham fano  (OYO) -
Umri jovid yo‘qdir   hargiz   ustivor olam aro, Ketdi ko‘plar, biz keturmiz, topqusen
sen   ham   fano..   U   Amir   Kamoliddinga   ishonar,   uning   qal’a   kalitini   shahzodaga
qarshiliksiz   topshirishini   sira   kutmagan,   chunki   uni   o‘zining   eng   sodiq
amirlaridan   biri   deb   o‘ylardi!..   (OYO)   -   U   Amir   Kamoliddinga   ishonar,   uning
qal’a   kalitini   shahzodaga   qarshiliksiz   topshirishini   hech   kutmagan,   chunki   uni
o‘zining eng sodiq amirlaridan biri deb o‘ylardi   -   U Amir Kamoliddinga ishonar,
uning   qal’a   kalitini   shahzodaga   qarshiliksiz   topshirishini   aslo   kutmagan,   chunki
uni o‘zining eng sodiq amirlaridan biri deb o‘ylardi.  
Zinhor   badiiy uslubga xoslangan:   Nigohim yo‘ldadur, kelgaymi  deb,   zinhor
bilmaysen,   Ko‘ngil   ohin   bilurmi   deb,   kutarmen,   yor,   bilmaysen   (OYO) .   Bu   so‘z
takror qo‘llanib, juftlashganda inkor ottenkasi yana ham kuchayadi:   –Amir Temur
toshlari... ehtiyot bo‘lmoq kerak...  zinhor-bazinhor  ehtiyot bo‘lmoq kerak  (OYO) .  Butunlay     va   mutlaqo     ravishlari   sinonimik   munosabatda   bo‘ladi,   ammo
butunlay     og‘zaki,   mutlaqo     esa   kitobiy   mazmunga   ega:   Ha,   mavlono   Muhiddin
rasadxonaning   eng   pastki   oshyonasida   o‘tirib,   bu   g‘aroyib   olat   va   ustur loblar
yordamida   ko‘kka   tikilganda   foniy   dunyo   tashvishlari   xayolidan   butunlay
ko‘tarilar,   dili   bo‘lakcha   bir   zavq   va   hayratga   to‘lar,   nazarida,   hududsiz   koinot
bilan, allaqanday ilohiy kuchlar bilan, milt-milt  yongan sirli  sitoralar  bilan uzoq
va  osuda   suhbat   qilar   edi...   (OYO)   -   Ha,  mavlono   Muhiddin   rasadxonaning   eng
pastki   oshyonasida   o‘tirib,   bu   g‘aroyib   olat   va   ustur loblar   yordamida   ko‘kka
tikilganda   foniy   dunyo   tashvishlari   xayolidan   mutlaqo   ko‘tarilar,   dili   bo‘lakcha
bir   zavq   va   hayratga   to‘lar,   nazarida,   hududsiz   koinot   bilan,   allaqanday   ilohiy
kuchlar   bilan,   milt-milt   yongan   sirli   sitoralar   bilan   uzoq   va   osuda   suhbat   qilar
edi...
O‘zaro   sinonimik   munosabatda   bo‘lgan   juda,   g‘oyat,   g‘oyatda,   bag‘oyat,
nihoyatda,   benihoya,   ashaddiy,   o‘tketgan,   toza,   rosa,   xo‘p(xo‘b),   biram,   chunon,
beqiyos,   mislsiz,   obdan,   o‘bdan,   chandon,   zap,   ko‘p,   o‘ta,   uvvlo,   bisyor,   yomon,
kamoli,   kiroyi,   o‘lgu(n)day,   o‘larday,   o‘larcha,   qattiq   so‘zlari   ham   harakatga
bog‘liq bo‘lgan belgi-xususiyatlarni kuchaytirib, oshirib ko‘rsatishga xizmat qiladi:
Ammo   SHarof   Rashidovni   gaplaridan   g‘oyat   ta’sirlandi   (TM) .   Kim   bo‘lsa-da,
xo‘p   aytib   edi   (TM) .   Bu   ravishlar   ba’zan   og‘zaki   nutqda   qavatlangan   holda   yoki
yuklamalar   bilan   birgalikda   keladi   va   ular   yordamida   harakat   belgisining
ekspressivligi yana ham ortadi:  Suvi  toza   ham  tiniq oqdi.   Juda   yomon  yaralandi! –
dedi Bo tir firqa  (TM)
Payt   ma’nosini   ifoda   etadigan   birpas,   bir   oz,   ozgina,   andak,   sal,   picha
so‘zlarida ham belgining darajasini ko‘rsatish xususiyati mavjud. Masalan:   O‘z el-
yurtingiz   emasmi,   odamga   picha   botar   ekan.   -   Vaqt   picha   o‘tibdi,   –   dedi   Botir
firqa.   –   Pichagina   o‘tibdi.   -   Men   picha   ayta   olaman,   o‘ptoq   Rashidov.   -   Picha
tiyilsang-chi, qanaqa bolasan, o‘zi? Anig‘i,  picha  o‘tirgisi keldi  (TM).
O‘zbek   tilidagi   ataylib,   atay,   atayin,   ataydan,   jo‘rttaga,   jo‘rtta,   maxsus,
qasddan, azza-bazza    so‘zlari harakatning nima maqsadda amalga oshirilganligini
bildiradi.   Ulardan   atay   negizidagi   ravishlar   va   jo‘rttaga   ravishi   og‘ziki   nutqqa, maxsus   va   qasddan     esa   kitobiy   nutqqa   xoslangan.     Sinonimik   munosabatlar   esa
quyidagicha: atay, ataylab – jo‘rttaga:  Och nigohing tushsin deb  atay , / Alanganing
guliday   chaqnay   (Zulfiya.   Yo‘ldagi   insonga).   Ataylab   tosh   emagandir,   axir!
Qurbonoy   xola   atay   gapni   boshqa   yoqqa   burdi.   (O‘X).   U   jo‘rttaga   "sultoni
sohibqiron",   dedi   va   bu   gapi   shahzodaga   yoqqanini   sezib,   davom   etdi   (OYO).
Maxsus   va   qasddan     so‘zlari   ham   sinonimik   munosabatga   kirishadi.   Ammo
qasddan   ning   o‘rnida   maxsus   ni   qo‘llashi   mumkin   bo‘lgan   holda,   maxsus   ning
o‘rnida   qasddan     qo‘llab   bo‘lmaydi:   Erta-indin   sovuq   tushsa,   o‘quvchilar
o‘rtasida   norozilik   kayfiyatini   tug‘dirish   uchun   qasddan   shunday   qildi.   Basharti
sovet   pechkasini   qasddan   buzgan   taqdirda   ham   uni   tarbiyalash   kerak   (O‘X).   U
to‘rtinchi kurs davomida-umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘rganish jarayonida,
shuningdek,   mazkur   standartdagi   uni   bajarishga   ajratilgan   maxsus   vaqt
mobaynida   bajariladi   (DTS).   O‘lik   tashiydigan   maxsus   samolyot   bo‘ladi,
deyishadi.  O‘lik  tashiydigan   maxsus   samolyot  bo‘ladi, deyishadi   (O‘X).  SHuning
uchun   ham   ma’no   ottenkasiga   ko‘ra   qasddan     ko‘proq     atay     o‘zakli   so‘zlarga
yaqin:   - Yig‘lama, - dedi  rahmi  kelib. -   Ataylab   qilmadim-ku, jinni!  Oting nima?
(O‘X) -  - Yig‘lama, - dedi rahmi kelib. -  Qasddan  qilmadim-ku, jinni! Oting nima?
Ammo   bu   qoidani   hamma   holatlarga   ham   qo‘llab   bo‘lmaydi:   Qizcha   ham   iltijo
qiladi   chunon.   –   /   Rahmat   Huriliqqo,   atay   kelamiz .   (Zulfiya.   Quyoshli   qalam).
Ataylab     so‘zi   maxsus   ga   sinonim   bo‘lishi   mumkin:   Hovli   o‘rtasida   bir   vaqtlar
dadam   ataylabdan   Beshariqdan  qavas  qilib oldirib kelgan qo‘qongullar yashnab
yotibdi  (O‘X) -  Hovli o‘rtasida bir vaqtlar dadam  maxsus  Beshariqdan qavas qilib
oldirib kelgan qo‘qongullar yashnab yotibdi.
Ayrim   misollar   tahlilida   ravish   so‘z   turkumiga   oid   yasama   so‘zlarda   ham
sitnonimik   munosabatlar   mavjudligini   kuzatish   mumkin.   Masalan   bu   holat     -
larcha,   -   larchasiga   qo‘shimchalari   o‘rtasida   kuzatiladi.   Bu   imkoniyat   fors-tojik
tilidan   kirib   kelgan   – ona     qo‘shimchasining   bu   safga   qo‘shilishi   bilan   yanada
kengayadi   Bu   qo‘shimchaning   o‘zbek   tilidagi   – lar     va         –chasiga
qo‘shimchalariga   teng   kelishi   ilmiy   adabiyotlarda   qayd   qilib   o‘tilgan. 25
25
25 25
  Ўзбек тили грамматикаси, 1 том, 532-бет. Dabdurustdan   qaraganda   shundayligi   ham   to‘g‘ri.   Ammo   qator   misollarni   tahlil
qilib, til faktlarini me’yor prizmasidan o‘tkaza boshlagandan so‘ng bu qarashning
ayrim izohtalab o‘rinlari ham ma’lum bo‘lib qoladi. Misollarga murojaat qilamiz:
ayyorona   –  ayyorlarcha  –  ayyorcha  -   ayyorchasiga,  beadabona  –  beadablarcha,
birodarona – birodarlarcha, bahodirona – bahodirlarcha, botirona – botirlarcha
–   botirchasiga,   go‘dakona   –   go‘daklarcha   –   go‘dakchasiga,   do‘stona   –
do‘stlarcha   –   do‘stchasiga,   zolimona   –   zolimlarcha,   iblisona   –   iblischasiga   –
iblislarcha, mag‘rurona – mag‘rurlarcha, mardona – mardlarcha – mardchasiga,
mastona   –   mastcha,   mag‘rurona   –   mag‘rurchasiga,   mohirona   –   mohirlarcha   –
mohirchasiga,   pahlavonona   –   pahlavonlarcha,   tajavvuzkorona   –
tajavvuzkorlarcha,   firibgar   –   firibgarlarcha   –   firibgarchasiga,   faqirona   –
faqirlarcha,   xoinona   –   xoinlarcha,   qahramonona   –   qahramonlarcha   –
qahramonchasiga    kabi variantlar tilimizda yashab kelayotganligi imlo lug‘atlarda
qayd   etilgan.   Ammo   adibona,   badbaxtona,   betarafona,   donishmandona,
dilbarona,   dilovarona,   devkorona,   johilona,   jinoyatkorona,   jasurona,   zohidona,
zaifona,   ig‘vogarona,   isyonkorona,   kamtarona,   lutfkorona,   muloyimona,
ma’sumona,   majnunona,   muzaffarona,   makkorona,   mutakabburona,
mug‘ombirona,   ma’yusona,   namoyishkorona,   ojizona,   odilona,   oshkorona,
oqilona,   payg‘ambarona,   razilona,   riyokorona,   sitamkorona,   san’atkorona,
tashabbuskorona, takabburona, fidokorona, xoloskorona, xiyonatkorona, xolisona,
ehtiyotkorona, g‘oyibona, g‘olibona, g‘aribona     kabi so‘zlarga  – larcha, -chasiga
qo‘shimchalarining   qo‘shilishini   o‘zbek   tili   va   imlo   va   morfem   lug‘atlarida
uchratmadik.   Bundan   ana   shu   so‘zlar   doirasida   ular   sinonim   emas   ekan,   degan
xulosa  kelib chiqmaydi. Faqatgina shu narsani ta’kidlash zarur bo‘ladiki, misollar
tahlilida bu uch qo‘shimcha sinonimiyasida nutqiy me’yor asosiy o‘ringa chiqishi
ma’lum bo‘lib qoladi. 
Boshqacha  aytganda, bu so‘zlarning deyarlik barchasiga, faqatgina    oshkor
va   g‘oyib     so‘zlarini istisno qilgan holda, - larcha    qo‘shimchasini qo‘shish to‘g‘ri
bo‘ladi   va   ularning   ishlatilishini   me’yor   hisoblash   mumkin.   Lekin   – chasiga
qo‘shimchasi  haqida bu gapni aytish hamma vaqt  ham to‘g‘ri  emasday  ko‘rinadi. Masalan,   biz   nutqimizda   so‘zlarni,   garchi   grammatik   jihatdan   qo‘pol   xato
hisoblanmasa-da,   badbaxtchasiga,   betarafchasiga,   go‘dakchasiga,   dadilchasiga,
johilchasiga,   zaifchasiga,   muhibchasiga,   muloyimchasiga,   mas’umchasiga,
muzaffarchasiga,   ma’yuschasiga,   namoyishkorchasiga,   ojizchasiga,
oshkorchasiga,   oqilchasiga,   olimchasiga,   razilchasiga,   sitamkorchasiga,
tajavvuzkorchasiga,   xoinchasiga,   xolischasiga,   g‘oyibchasiga,   g‘aribchasiga
tarzida qo‘llashga odatlangan emasmiz. Ayrim holatlarda ba’zi shaxslar va badiiy
adabiyot   tilida   qo‘llanganda   ham   ularni   ommalashgan,   binobarin,   me’yorlashgan
deb aytish qiyin. 
Bu   qo‘shimchalarning   ishlatilishida   ba’zan   yuqorida   aytilganlarning   aksini
ko‘rish   ham   mumkin.   Mas.:   dehqonchasiga,   dehqonlarcha     tarzida   tilimizda   faol
ishlatilishi bilan birga  dehqonona   deyish me’yorlashgan emas. 
Ularga   ayrim   misollar   keltirish   bilan   chegaralanamiz:   Uchala   o‘g‘il   ham
seniki-ku!   (Tangabekaga   makkorona   jilmayib   qaraydi)   (Zulfiya.   Oy   tutilgan
tunda).  Bu ko‘rgiliklardan yuragi laxcha cho‘g‘ bo‘lgan Qalandar, o‘rnidan turib
ketdi,   telbalarcha   atrofiga   tikilib,   yana   o‘tirdi   (OYO).   –Xushomadni   bilasen,
tulki!–dedi shahzoda  mastona  kulimsirab  (OYO) .
  Bu   qo‘shimchalar   yordamida   yasalgan   so‘zlarda   uslubiy   chegaralanish
mavjud.   –larcha, -chasiga     og‘zaki,   -ona     kitobiy ottenkaga ega. Masalan, rasmiy
uslubda:   YA’ni, birovga   ko‘r-ko‘rona   ishonib,   ko‘r-ko‘rona   kafillik bera olmaydi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Mudofaa   va   Sog‘liqni   saqlash   vazirliklari,   Davlat   test
markazi   bilan   birgalikda   joylardagi   chaqiruv
komissiyalarining samarali ishlashini   tashkil   qilsinlar,
chaqiruvchilarning   sifatli   va   xolisona   tibbiy   ko‘rikdan   o‘tkazilishini,
ularning   ma’naviy-ruhiy   fazilatlari   va   intellektual   rivojlanish   saviyasi
qonunchilikda   belgalangan   tanlovning   harbiy-kasbiy   mezonlariga   qat’iy
muvofiq   ravishda   o‘rganib   chiqilishini   ta’minlasinlar   («Zarafshon»).   Badiiy
uslubda:   Abdullatif a’zoyi badaniga rohatbaxsh bir narsa taralayotganday bo‘lib,
mastona   suzilgan   ko‘zlarini   ochdi,   ochdi-yu,   hayron   bo‘lib   qoldi.   Bu   qiyomat-
qoyim   bosilguncha   shahardan   chiqib,   g‘aribona   kun   o‘tkazib   turmoq   darkor,   – Miryusuf Xilvatiy shunday dedi-da, elkasidagi xurjunini to‘g‘rilab, qarshidagi tor
ko‘chaga   kirib   ketdi.   SHahzoda   bir   necha   bor   rasadxonaga   pinhona   borib,   bu
kitoblarni ko‘zdan kechirgan edi  (OYO) .
Tahlillardan   shu   narsa   ma’lum   bo‘ladiki,   ravishlarda   harakatning   alohida
belgi-xususiyatlarini  ko‘rsatish bilan birgalikda, bu xususiyatlarni  so‘zlovchi  yoki
yozuvchining   bu   harakatlarga   sub’ektiv   munosabatini   ifoda   etuvchi   imkoniyatlar
ham   mavjud.   Bir   harakat   belgisini   ko‘rsatadigan   yoki   ravishlar   yasaydigan
qo‘shimchalarning   bir   necha   variantlari   mavjud   bo‘lishi   ularning   sinonim   tarzda
qo‘llanilishi   va   bu   qo‘llanilishda   stilistik   ottenkalarning   farqlanishi   hamda
uslublararo xoslanishini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar:
1.  Мамажонов  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов А., Расулов И., Қўнғуров Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  Содиқова М.  Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
4. Қў нғуров Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров   Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975.
6.   Қў нғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7. Қў нғуров Р.   Стилистика имени существительного в узбекском языке.
– Ташкент, 1983.
8. Қў нғуров Р.   Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек
тили стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982.
10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984. 11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.

Ravish uslubiyati . Reja: 1.Ravishlarning boshqa so‘z turkumlaridan keskin farqlanuvchi jihati uning o‘zgarmasligi ekanligi. 2.Ular tarkibidagi ko‘plik, egalik va kelishik affikslarining shakl yasovchi sifatida qatnashmasdan, balki ravishning o‘z qismiga kirishi. Ayni paytda bu holat ravishlarning uslubiy xususiyatini tahlil qilishni qiyinlashtirishi. 3.Ravishlarda sinonimiya. Ravish yasovchi affikslar sinonimiyasi. Ravishlar sinonimiyasida vazifaviy chegaralanish. Ravishlarda daraja va ularning uslubiy xususiyatlari.

Ravish. Ravishlarga xos bo‘lgan grammatik xususiyatlar va bu xususiyatlarga bog‘liq holda sodir bo‘ladigan leksik-semantik o‘zgarishlar o‘zbek tilshunosligida o‘rganilgan va o‘quv adabiyotlariga kiritilgan. Bu tadqiqotlar orasida. S.Fuzailovning ushbu so‘z turkumini o‘rganishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini va «O‘zbek tilida ravishlar» nomli asarini alohida ko‘rsatishimiz mumkin. 1 Lekin shu paytga qadar ravishlar semantik-stilistik va funksional-stilistik yo‘nalishda tadqiqot ob’ekti bo‘lgan emas. YOzilgan ayrim maqolalar esa bu vazifalarni talablar darajasida hal etib bera olgan emas. 2 Bu singari birliklarning grammatik xususiyatlari haqida deyarli barcha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida so‘z yuritilgan. Ammo ularning stilistik xususiyatlari to‘g‘risidagi fikrlarni deyarli uchratmaymiz. O‘zbek tilida ravishlar uslubiyati va me’yori haqida olimlarimiz haligacha o‘z mulohazalarini bildirishgan emas. Buning sabablari bor, albatta. SH.SHoabdurahmonov va boshqlar tomonidan yaratilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligida shunday fikrlar bayon etilgan: «Ravishlar mustaqil so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfologik belgilarga ega. Bunday belgilardan biri ravishlarning o‘zgarmasligidir: ravishlar biror so‘zga bog‘langanda, formasi o‘zgarmaydi. Ular tarkibid uchraydigan ko‘plik, egalik va kelishik affikslari ham forma yasovchi sifatida qatnashmaydi. Bu affikslar ravishning o‘z xiliga kiradi. YA’ni shu affiks bilangina u so‘z ravish hisoblanadi. Masalan: birdan, birga, kunda, chalqanchasiga, birdaniga, yonlamasiga, qatorasiga kabi ravishlardagi kelishik va egalik affikslari o‘z asl ma’no va vazifasini yo‘qotgan». 3 «Ravishning asosiy belgisi uning o‘zgarmasligidir,- deyiladi «O‘zbek tili grammatikasi»da,- ya’ni ravish biror so‘z bilan bog‘lanib, birikma hosil qilganda, o‘z formasini o‘zgartirmaydi, hech qanday so‘z o‘zgartuvchi affiks olmaydi». 4 1 Фузаилов С. Наречие в современном узбекском языке: Автореф. дис... канд.филол.наук.- М.,1953. Шу муаллиф. Ўзбек тилида равишлар. Ҳозирги замон ўзбек тили курсидан материаллар.- Тошкент: Фан, 1953. 2 Каримов С., Бўриев С. Ўзбек тилида пайт равишининг услубияти // Ўзбек тилшунослиги масалалари. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2001, 65-67-бетлар. 3 Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили, I қисм. – Т.: Ўқитувчи, 1980, -бет. 4 Ўзбек тили грамматикаси, 1 том, 528-бет.

Mana shu masala olimlarimizning ravishlar stilistikasini tahlil etishdan cho‘chishlariga sabab bo‘lgandir. Buning ustiga ravishlarning ma’no anglatishi birmuncha aniq bo‘lib, sinonimik xususiyatlari ko‘zga kam tashlanadi. Bu masalaning ikkinchi tomoni. Ammo qanday mushkulliklar bo‘lishidan hat’iy nazar, o‘zbek tilidagi ravishlar stilistikasi xususida so‘z yuritish lozim va unga zaruriyat deb qaraymiz. Ravishlardagi belgini, xususan harakatning belgisini ifoda etish xususiyati va bu jarayonda belgilarni darajalab ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi hamda buning natijasida vujudga kelgan sinonimik variantlar va uslublararo funksional chegaralanishlar ushbu so‘z turkumining ham stilistik resurslari etarli darajada ekanligidan dalolat berali va bu resurslarni kelajakda tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganish dolzarb masala bo‘lib turadi. Ravishlardagi ana shu o‘zgarmaslik uning qo‘llanishidagi uslubiy xilma- xillik bo‘lishini chegaralaydi. SHu bilan birga, ularning nutq jarayonidagi me’yorlashishini, turg‘unlashishini osonlashtiradi. Ilmiy adabiyotlarda ravishlar anglatgan ma’nolari jihatidan holat-tarz, o‘rin, payt, maqsad, miqdor daraja ravishlariga ajratilgan va shu tarzda talqin qilingan. Biz ham an’nani buzmasdan, ushbu tartib asosida ularni qarab chiqamiz. Holat ravishi. O‘zbek tilida ish-harakatning bajarilish tarzini ko‘rsatadigan bir qancha ravishlar mavjud va ular miqdor jihatdan ravishlarning boshqa turlariga nisbtan ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardagi uslubiy imkoniyatlarni tahlil etish maqsadida A.Hojievning “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” (Toshkent,1974) ga murojaat qilamiz. O‘zbek tilida abadiy, mangu, umrbod, toabad, ilalabad ravishlarining ma’nolari bir-biriga yaqn va shuning uchun bir sinonimik qatorni tashkil etadi. Ular orasida abadiy stilistik jihatdan neytral va barcha uslublarda baravar qo‘llaniladi: SHu ko‘zlar yulduzday abadiy kulsin, / Bahor yo‘llaringga to‘shasin chechak (Zulfiya.Kelinchak). Gaz esa abadiy muzliklar qa’rida yotgan o‘simliklar va daraxtlar qoldiqlarini chirishi oqibatida paydo bo‘lgan. («Zarafshon» gaz.). Umrbod rvishi haqida ham shuni aytish mumkin: Sening dillaringga bergay ul

orom, / Sevgim armug‘oni bo‘lur umrbod . (Zulfiya, Palak). Qo‘shiqday Osiyo, qaynoq Afrika / Qo‘lga-qo‘l berganin mahkam umrbod . (Zulfiya. Salom, Misr). Ammo keyingi paytlarda huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, jazoni liberallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar umrbod so‘zining Jinoyat kodeksiga atama sifatida kirib kelishini va rasmiy uslubga xoslanishini taqozo etdi: Mazkur Farmonga binoan mamlakatimizda 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinadi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy qilinadi. («Zarafshon» gaz.). Mangu, toabad, ilalabad ravishlarida ekspressivlik ottenkasi kuchli bo‘lib, bu ularning tarixiyligi bilan bog‘lik va badiiy matnlarda faol qo‘llaniladi: Bir tasalli: Mangu sarg‘ayish bilmay / Dilda bir bahor ochib har so‘zing (Zulfiya. Otashparastlar). –Faqir ham rozimen, ustod, toabad rozimen... Tabarruk boshlariga qo‘ngan humo qushi bul zoti sharifni toabad tark etmagay. Tegsang... ota qarg‘ishiga uchrab toabad badnom bo‘lursen! (OYO). Garchi bu rvishlar bir sinonimik qatorda deb hisoblansa ham, ularning stilistik qiymati bir xilda emas. Abadiy muzliklar o‘rnida mangu muzliklar deyish mumkin bo‘lgani holda ilmiy matnlarda bu tarzda qo‘llanilmaydi. CHunki bayonning axborot xarakterida ekspressiv ottenkasi bo‘lgan so‘zni qo‘llashga ehtiyoj yo‘q. Umrbod qamoq jazosi o‘rnida abadiy qamoq jazosi ni ham qo‘llab bo‘lmaydi. CHunki umrbod so‘zida abadiy ga nisbatan aniqlik ottenkasi bor. Toabad, ilalabad so‘zlarida yuqori uslubga xos ohang mavjud va uni asosan badiiy uslubda qo‘llash mumkin. SHoshilinch sememasi ostida birlashadigan apil-tapil, naridan-beri, shosha- pisha juft so‘zlari ham harakatning tarzini ifoda etadi ( Apil-tapil o‘ng cho‘ntagini kovladi. T.Murod) va o‘zro sinonim bo‘ladi: apil-tapil - shosha-pisha : O‘lim dahshatidan qo‘rqib – o‘z jonini apil-tapil topshirib qo‘yadi (TM) - O‘lim dahshatidan qo‘rqib – o‘z jonini shosha-pisha topshirib qo‘yadi. Ulrga shoshilib so‘zi ham sinonim bo‘ladi: SHoshilib ketayotganingizda oyog‘ingiz ostida allaqayoqdan sakrab tushgan chigirtka paydo bo‘ladi (O‘X) . Ammo bu sinonimlik odamlarning harakatiga nisbatan qo‘llanganda amalga oshishi mumkin. SHahnoza

shoshilib uyga kirdi-da, boshiga harir ro‘mol yopib chiqdi (O‘X). SHuning uchun ham Erga bahordan bo‘tana bo‘lib, shosha-pisha , qirog‘iga sig‘may oqqan ariqlar tiniqlashadi (O‘.X) bu harakat belgisi ariqning oqishiga ko‘chirilgan bu holat yuz bermaydi. YAna shoshilinch so‘zi sinonim bo‘ladi: — Xex! - dedi kulib, Qur’onni shoshilinch varaqladi (O‘X). U tibbiy atamaga aylanganda bu holat yuz bermaydi: Yo‘lda borayotgan kolonnaga shoshilinch yordam kerakdir (O‘X) - Yo‘lda borayotgan kolonnaga shoshilinch yordam kerakdir. Bu sinonimik munosbatlarda ayrim stilistik nozikliklr mavjud. Masalan, shoshilmoq da harakatning tezligi, shu bilan birga, bu harakatda tartib mavjud. Bunga qarama qarshi tarzda shosha-pisha va apil-tapil tezlikni, ammo bu tez harakatda pala- partishlik mavjudligini anglatadi. Bu stilistik munosabatlar ularning nari-beri bilan bo‘lgan munosabatida ayniqsa sezildi: Snaryad qutilariyu toshlardan naridan-beri qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan (O‘X) . Naridn-beri ga shunchaki, yuzaki, zo‘rama-zo‘raki, nomiga so‘zlari sinonim bo‘lishi mumkin: Snaryad qutilariyu toshlardan shunchaki qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan - Snaryad qutilariyu toshlardan yuzaki qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan - Snaryad qutilariyu toshlardan zo‘rama-zo‘raki qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan - Snaryad qutilariyu toshlardan nomiga qo‘nqaytirib yasalgan “uycha”dan turib, har kuni bir xil manzarani ko‘rasan. Ammo ular harakatning bajarilishini ifoda etishdagi nozikliklarga ko‘ra o‘zaro farqlanadi: shunchaki, yuzaki, zo‘rma-zo‘raki, nomiga so‘zlarida harakatning tashqi ta’sir, tazyiq ostida bajarilishi anglashilsa, naridan-beri da vaqt tig‘izligi, erinchoqlik, dangasalik ottenkalari mavjud. SHuning uchun ham bu sinonimik munosabat hamma vaqt amalga oshavermaydi. Masalan: SHunchaki gap-da! Esimdan ham chiqib ketdi... (O‘X) deyish mumkin bo‘lgani holda Naridan-beri gap-da! Esimdan ham chiqib ketdi... deb bo‘lmaydi. Ravishlarning ushbu turida sub’ektiv munosabat ifodalash kuchli bo‘lganligi sababli ular ko‘pincha so‘zlashuv, badiiy va ommabop uslublar doirasida faoldir.