Rossiyasi imperiyasi hukmronligi yillarida Samarqand
Rossiyasi imperiyasi hukmronligi yillarida Samarqand Reja: Samarqandning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishi va ma’muriy- boshqaruv tizimi Samarqanddagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot Samarqanddagi madaniy hayot Tayanch iboralar: Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom, Zarafshon okrugi, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, Samarqand, Xo‘jand uezdlari, General fon Kaufman,A.K.Abramov, Jo‘rabek,Bobobek, Samarqand qo‘zg‘oloni.
General fon Kaufman bir necha bor turli bahonalar bilan Buxoro amirligi va rus hukumati o‘rtasida tinchlik kelishuvini imzolashni kechiktirib, harbiy to‘qnashuvga olib boradigan yo‘lni tanlagan. U Buxoro amirligidan haqoratomuz, amirlikning sha’nini yerga uradigan shartlarni bajarishni talab etgan. Shunday talablardan biri Amir Said Muzaffarga 1867 yil oxirida yuborilgan bo‘lib, unda Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi singari «oq podsho» hukmronligini tan olib unga vassal bo‘lishi taklif qilingan edi. «Tinchlik shartnomasi» ga shu tariqa tayyorgarlik ko‘rish ikki o‘rtada harbiy to‘qnashuvni muqarrar qilib qo‘ydi. 1868 yil aprel oyiga qadar ikki o‘rtadagi muzokaralar shartnomaga olib kelmadi, ikkala tomon ham urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 1868 yilda Erjar va Jizzax olingandan so‘ng ruslar Samarqand ostonasiga yetib keldilar, bosqinchilar Buxoro amirligi ning «ikkinchi poytaxti»bo‘lgan Samarqandni egallashga alohida ahamiyat berishgan. Ruslar tomonidan Samarqand shahrini zabt etish 1868 yil 1 may kuni Cho‘ponota tepaligida boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsan general fon – Kaufman qo‘mondonligidagi ruslar armiyasining soni 13500 kishidan iborat bo‘lib, amir sarbozlarining soni ulardan qariyb 5 baravar ko‘p edi. Jang vaqtidagi Kaufmanning eng yaqin yordamchilari keyinchalik Turkiston siyosiy tarixida muhim rol o‘ynagan Abramov va Golovachevlar bo‘lgan. Amir sarbozlari va rus qo‘shinlari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lib o‘tadi. Bu jangda ruslarning g‘alabasini ta’minlagan asosiy kuch, ularning harbiy texnikasining, ayniqsa, artilleriyasining ustunligida edi, deb qayd qilish mumkin.1868 yil 2 mayda Samarqand shahri ruslar qo‘liga o‘tdi. 1868 yilning may oyining oxiriga qadar, uning atrofidagi barcha tuman markazlari bosib olindi. Ruslar Urgut va Chelakdan tashqari biror joyda jiddiy qarshilikka duch kelmadilar. Bu ruslarning aholida rus fuqaroligiga ixtiyoriy o‘tish ilinji bor degan tasavvurni tug‘dirdi. Ammo tez orada ular yerli xalq to‘g‘risida sarob tasavvurga ega ekanliklarini angladilar. 1868 yilning o‘zidayoq, ruslar Samarqandni qayta bosib olishga majbur bo‘ldilar. Rus qo‘mondonligi Samarqanddagi harbiy qo‘rg‘onda 658 kishini qoldirib, Buxoro tomon hujumni davom ettirdi. Kattaqo‘rg‘on va ayniqsa, Zirabuloqda qattiq to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Afsuski, ichki ziddiyatlar tufayli amirlikning butun harbiy qudratini bosqinchilarga qarshi birlashtira olmagan Amir Muzaffar qo‘shinlari katta talofat ko‘rib mag‘lubiyatga uchraydi. 1868 yil 2 iyunda Zirabuloq tepaligida bo‘lgan jangda ruslar tomonidan misli ko‘rilmagan vahshiylik amalga oshirilgan. Xuddi shu vaqtda, Samarqanddagi voqealarning rivojlanishi ruslarning Zirabu loqda g‘alabani tantana bilan nishonlashiga imkon bermadi. Samarqandning olinishi bilan, Buxoro amirligi harbiy qudratiga shubha tug‘ildi. Samarqandni ozod etish uchun Shahrisabzdan Jo‘rabek va Kitobdan Bobobeklar boshchiligida katta harbiy kuch yo‘lga chiqdi. Ular Qarshi bekligi tomonidan
quvvatlandi. Qo‘zg‘olonchilarni shahar aholisi va uning atrofidagi joylardagi xalq quvvatladi. Natijada, 20-25 ming qo‘zg‘olon chilar soni tez orada 50 mingga yetdi va 2 iyun 1868 yilda ular shaharga hujum boshladi. Yetti kun davomida shiddatli janglar bo‘ldi, janglar davomida ruslar talofati 240 kishi bo‘lib, ulardan 70 kishi o‘lgan. Kaufmanning buyrug‘i bilan shaharning obod, tarixiy Siyob bozori butkul yondirildi. «Samarqand qo‘zg‘oloni» davomida va undan keyin ming lab bolalar, ayollar va keksalar yovuzlarcha o‘ldirildi. Samarqand va uning atrofida ruslarning «tinchlantirish» tadbiri natijasida xalq juda ko‘p vatanparvar farzandlaridan judo bo‘ldi. Samarqand qayta bosib olingandan so‘ng 28 iyun 1868 yilda Rossiya va Buxoro amirligi o‘rtasida shartnoma imzolandi va unga ko‘ra, Buxoro Rossiyaga nisbatan o‘zining vassal ekanligini tan oldi. Shartnomaga muvofiq amir Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni Rossiyaga berishga majbur bo‘ldi va katta miqdorda kontributsiya (tovon) to‘lash majburiyatini ham oldi. Bosib olingan yerlardan 1868 yilda Zarafshon okrugi tashkil etilib, unga boshqaruvchi qilib general A.K.Abramov tayinlandi. Bosqinchilar tomonidan tarixiy yodgorliklar - Buxoro amirining Samarqanddagi saroyi, masjidlar, aholiga tegishli bo‘lgan chiroyli imoratlarga ham katta shikast yetkazildi: shahar harbiy qo‘rg‘oni ichida joylashgan amirning arki harbiy gospitalga aylantirildi, sobiq Samarqand hokimi binosi Zarafshon okrugi boshqaruvchisi general – mayor A.K.Abramovga bo‘shatib berildi. 1868 yilda Samarqandning Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi nafaqat O‘rta Osiyo hududida, balki islom olami va Yevropada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Buxoro xonligi aholisining Samarqand shahrini ozod qilish uchun olib borgan keskin kurashlari mag‘lubiyatga uchragach, xonlikning Rossiya imperiyasi bosib olgan yerlarida Zarafshon okrugi tuziladi. 1886 yilda «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ning qabul qilinishi munosabati bilan Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylan tirib, uning tarkibiga Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, Samarqand va Xo‘jand uezdlari kiritiladi, Samarqand shahri esa viloyat markazi etib belgilanadi. Zarafshon okrugi markazi sifatida Samarqand shahri belgilandi va okrug boshlig‘i etib 1868 yilda A.K.Abramov (1868-1877) tayinlangan. Imperiya harbiy harakatlari davomida tarixiy yodgorliklar Buxoro amirining Samarqanddagi saroyi, masjidlar, aholiga tegishli imoratlarga ham katta shikast yetkazildi. Boshqaruvning yangicha tartib-nizomi 1868 yil 29 iyunda tasdiqlangan Zarafshon okrugini boshqarishning vaqtinchalik qoidalari asosida tuzildi.
Samarqand shahri bosib olingan dastlabki kunlardan va keyinchalik ham an’anaviy boshqaruv tartibi va qonunchilik tizimi saqlanib qolinishi rasmiy hujjatlarda ham bir necha bor ta’kidlangan. Jumladan, 1868 yil 4 mayda K.P. Kaufmanning Samarqand shahri aholisiga e’lon qilgan murojaatnomasida boshqaruv va qonunchilikda an’anaviy tartib hamda shariat ahkomlari saqlanib qolinishi aytib o‘tilgan edi. Keyinchalik general gubernator Fon Kaufmanning «Zarafshon okrugini boshqarish to‘g‘risidagi muvaqqat nizomi»da ham o‘lkada imperiya hukumati muassasalarini tuzish bilan birga oqsoqol va aminlar boshqaruvini qisman saqlab qolinishi ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin amalda barcha mahalliy boshqaruv muassasalari tartibi quyi pog‘ona bo‘g‘ini sifatida belgilanishi va imperiya mahkamalariga bo‘ysundirilishi bilan ular faoliyati va vakolat doirasi cheklangan hamda ularning vazifalari mohiyati o‘zgartirilgan. Zarafshon okrugi markazi hisoblangan Samarqandda shahar boshqaruvi quyidagi tarkibdan iborat bo‘lgan: okrugda umumxalq ishlari bo‘yicha mudir va shahar me’mori; okrugda sug‘orish ishlari bo‘yicha mudir; okrugda aksiz soliqlari bo‘yicha mudir; shahar hokimi. Boshqaruvni takomillashtirish maqsadida 1871 yilda shaharning «yangi» qismi uchun okrug harbiy gubernatori nazorati ostidagi harbiylar va savdo xodimlari vakillaridan iborat maxsus shahar qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, qo‘mita doimiy besh a’zodan iborat bo‘lgan. Unga dastlab podpolkovnik D.A.Norbut, keyinchalik shtabs-rotmistr A.N.Chernevskiy raislik qilgan. Maxsus qo‘mita zimmasiga mahalliy aholidan shahar maydoni uchun zarur bo‘lgan xususiy yer mulklarini sotib olish, shahar maydonini tasdiqlangan reja asosida qismlarga ajratish va yangi shahar qismini barpo etish yuklatilgan edi. Shahar boshqarmasi raisi lavozimiga dastlab podpolkovnik D.A.Norbut va shahar hokimi lavozimiga poruchik M.Ya.Iskokov (1874-1892 yillarda shahar hokimi) nomzodlari ko‘rsatilgan. 1874 yilga kelib Turkiston general-gubernatori ruxsati bilan «yangi shahar» uchun Zarafshon okrugi harbiy xalq boshqaruvida turli lavozim lardagi amaldorlardan maxsus shtat asosida doimiy shahar boshqarmasi tashkil etildi. 1876 yilda K.P.Kaufman farmoyishi bilan shahar xo‘jalik boshqarma la ri bekor qilindi va shahar xo‘jaligi uezd ma’muriyati nazoratiga olindi. 1886 yilda «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ning qabul qilinishi munosabati bilan Zarafshon okrugi tugatilib, Samarqand viloyatiga aylantirilgan. Natijada 1887 yil Samarqand shahar xo‘jalik boshqarmasi butunlay tugatilib, shahar boshqaruvi bo‘yicha barcha vakolat va majburiyatlar Samarqand uezdi boshlig‘ining zimmasiga yuklatilgan. Shu munosabat bilan shaharning yangi
qismini boshqaruv va obodonlashtirish ishlari ham uezd boshqarmasi qoshida tashkil etilgan shahar ishlari bo‘yicha joriy qilingan kotiblik lavozimiga berildi. Samarqand viloyat harbiy gubernatorini harbiy vazir emas, imperatorning o‘zi tayinlaydigan bo‘ldi. Uning qo‘lida ikki: fuqaroviy va harbiy hokimiyat to‘plangan edi. Samarqand viloyati harbiy gubernatori o‘rni kelganda Turkiston general- gubernatori vazifasini bajargan. Masalan, 1896 yilda Samarqand viloyat harbiy gubernatori general-leytenant graf N.Ya.Rostovsev (1891-1897) general- gubernator vazifasini vaqtincha bajargan. Samarqand viloyatini 1886-1917 yillar oralig‘ida sakkizta (A.M.Yafimovich (1887-1891), N.Ya.Rostovsev (1891-1897), Ya.D.Fedorov (1897-1899), V.Yu.Medinskiy (1899-1905), S.D.Gesket (1905-1908), A.S.Galkin (1908-1911), I.Z.Odisheladze (1911-1914), N.S.Likoshin (1914-1917)) gubernator boshqargan. O‘rta hisobda ularning har biri 3-4 yildan viloyatni boshqargan. Shaharning boshqaruvi viloyat boshqarmasi qo‘lida bo‘lib, jamoat va xo‘jalik ishlari aholi tomonidan saylangan mahalliy ma’muriyat tomo nidan amalga oshirilgan. Shahar qismlarga bo‘lingan bo‘lib, uni boshqargan oqsoqollarning asosiy vazifasi soliq yig‘ish va majburiyatlarni taqsimlash bo‘lgan. Mahalliy ma’muriyat, ya’ni oqsoqol va ellikboshilar 3 yil muddatga saylangan. Ular harbiy gubernatorga bo‘ysunuvchi va shahardagi politsiya xizmatini boshqaruvchi katta oqsoqolga bo‘ysunishgan. Katta oqsoqolga barcha quyi politsiya amaldorlari – mirshablar, qozilar bo‘ysundirilgan. Ularning barchasiga shahar aholisidan yig‘iluvchi mablag‘ hisobidan maosh to‘langan. 1898 yilda amalga oshirilgan islohotlarga muvofiq «Sud nizomlarini Turkiston o‘lkasi viloyatlarida joriy qilish qoidalari»da tugatilgan viloyat sudlari o‘rniga okrug sudlari beshta viloyatda tashkil qilindi. Samarqand shahrining politsiya boshqaruvi quyidagi tartibda shakllantirilgan: shaharning «yangi» va mahalliy qismiga tayinlangan polismeyster, uning kotibi, devonxona xizmatchisi, ikkita yollanma kotibi va bitta mahalliy aholidan tarjimoni bo‘lgan. Shahar ikki mahalliy politsiya boshqarmasiga ajratilgan va har biriga bittadan boshliq tayinlangan. Shahar beshta politsiya nozirlari tomonidan hududlar kesimida nazorat qilingan. Shaharning tub aholisi istiqomat qiluvchi qismida politsiya boshqarmasiga yordam beruvchi oqsoqollar tayinlangan. Samarqand shahri dahalarida to‘rtta tub aholi va bitta yahudiylar mahallasi oqsoqoli bo‘lgan. Politsiya boshqarmasining yana bir tarkibiy qismi qamoqxona bo‘lib, u shahar bo‘yicha bitta bo‘lgan.Politsiya tarkibini yollanma ko‘ngillilardan shakllantirish imkoni yo‘qligi tufayli, avvalgidek Samarqand garnizonining kichik unvondagi harbiylaridan tashkil etilgan. Shahar boshqaruvida yuqoridagilar qatorida alohida lavozimlar ham joriy etilgan: shahar arxitektori, yo‘l ustasi, shahar shifokori, shahar doyasi, shahar feldsheri,