logo

1917-1990 yillar mustamlakachiligi davrida Turkistonda arxiv ishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.3876953125 KB
1917-1990 yillar mustamlakachiligi davrida Turkistonda arxiv ishi
REJA:
1. Mustamlaka Turkiston idoraviy arxivlarining vujudga kelish
2. Chorizm   hukmronligi   davrida   Turkistondagi   arxivlarning
ahvoli Mustamlaka Turkistonda idoraviy arxivlarning vujudga kelishi XIX asrning ikkinchi yarmida
chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib oldi va uni o’z mustamlakasiga aylantirdi.
O’lkada   Rossiya   boshqaruv   tizimi   joriy   qilindi.   Yangi   bosib   olingan
hududlarda   Turkiston   general-gubernatorligi   tashkil   etildi.   Turkiston   o’lkasi
qo’shinlari qo’mondoni va general-gubernator etib K. P. Kaufman tayinlandi.
Viloyatlarni   harbiy   gubernatorlar   boshqarardi.   Uyezdlarda   esa   ularga
bo’ysungan   boshliqlar   tayinlanardi.   Mahalliy   boshqaruv   volostp
boshqaruvchisi, qozilar, mingboshilar, oqsoqollar qo’lida edi.
O’lkada   mustamlakachi   ma’muriyatning   faoliyati   natijasida   doimiy
ravishda   ko’plab   hujjatlar   vujudga   kelgan.   General-gubernatorlik
mahkamasidan   tortib   to   qishloq   boshqaruv   idoralariga   qadar   hujjatlar
to’planib borgan, ular bevosita shu muassasaning o’zida saqlangan. Shunday
qilib   chor   mustamlakachiligi   davrida   Turkistonda   har   bir   muassasa   qoshida
arxivlar   vujudga   kelganiligini   kuzatamiz.   Ammo   bu   idoraviy   arxivlarni
o’zaro   bog’lash   va   yagona   davlat   arxivlari   tizimini   barpo   etish   e’tibordan
chetda qoldi.
Turkistonda vujudga kela boshlagan idoraviy arxivlarning faoliyati sust
tashkillashtirilgan   edi.   Ko’p   tashkilotlarda   arxivlarni   saqlash   uchun   maxsus
ajratilgan   xonalar   yo’q   edi.   Shu   sababdan   hujjatlar   ko’pincha   zax
qaznoqlarda, yog’och saroylarda saqlangan.
Bundan   tashqari,   hujjatli   manbalarni   saqlash   ishiga   tashkilot
rahbarlarining   o’zlari   ham   jiddiy   zarar   yetkazganlar.   Ular   qog’ozlarni
yakkash   o’zlari   ko’rib   chiqib,   keraksiz   deb   hisoblaganlarini   yo’qotib
yuborganlar.   Hujjatli   materiallarni   yo’q   qilish   turli   chekka   o’lkalarda,
jumladan Turkistonda keng ko’lamda olib borilganligi o’sha davrdayoq ilg’or Му ам м ол и савол :  Чор Россияси м у стам л ак ачил иги
даврида архив ишл арида қ андай ў з гаришл ар юз  kishilarni   tashvishga   solib   qo’ygan   edi.   1914   yilda   Orenburgda   o’tkazilgan
guberna   olimlari   arxiv   komissiyasining   I   syezdida   shu   komissiya   a’zosi   A.
Popov   quyidagilarni   ta’kidlab   o’tgan   edi:   “Keyingi   12   yil   davomida
yo’qotilgan   yuz   minglab   ishlarning   anchagina   qismi   O’rta   Osiyoning
qo’shilishi va bosib olinishi, Buxoro va Xivaga qilingan harbiy yurish haqida
edi”.
Turkistonda hujjatlarni ko’p miqdorda yo’q qilinishi odat tusiga kirgan
edi.   Misol   tariqasida   quyidagi   faktni   keltirish   mumkin.   Farg’ona   viloyati
harbiy shtabida 25 yil davomida yig’ilib qolgan hujjatlarni saralash chog’ida
105   pud   “keraksiz”   arxiv   materiallari   savdogarlarga   o’rov   sifatida   sotib
yuborilgan. Tez orada muhim ahamiyatga ega hujjatlar bozorlar va rastalarda
ko’zga tashlanib qolgan edi.
1884 yilda taniqli arxivshunos N. Kalachov loyihasiga binoan Rossiya
imperiyasi   chekka   o’lkalarida   hujjatlarning   ommaviy   yo’qotilishiga   qarshi
arxiv   komissiyasi   tuzildi.   Arxiv   hujjatlarini   tartibga   solish   va   to’plash,
arxivlarni   ayovsiz   talon-taroj   qilish   va   yo’qotishdan   himoya   qilish,   har   xil
idoralarda   yo’qotishga   ajratilgan   hujjatlarni   qaytadan   ko’rib   chiqish   va
saralab   olish,   ularning   ilmiy   qimmatini   aniqlash   bu   komissiyaning   asosiy
maqsadi   edi.   Biroq   komissiya   oldiga   yo’gan   vazifalar   bajarilmay   qoldi.
Uning   idoraviy   arxivlarga   kirish   huquqi   yo’q   edi.   Komissiya   faqat   tarixiy
arxivlardagi yo’q qilish uchun ajratilgan materiallarni saqlab qolish huquqiga
ega edi, xolos.
Turkiston   o’lkasida   arxiv   ishlarini   tashkil   etish   va   tartibga   solish
bo’yicha   yakkayu   yagona   harakat   K.   Kaufman   tomonidan   qilingan   edi.   U
1873 yilning oktyabr oyida mahkamaviy ishlar boshlig’iga Toshkent shahrida
Markaziy   arxiv   uchun   imorat   qurish   haqida   ko’rsatma   beradi.   Markaziy
arxivni   to’rt   bo’limga   ajratish   ko’zda   tutilgan   edi.   Birinchi   bo’limga
Turkiston general-gubernatorligi idorasining hujjatlari, ikkinchisiga – viloyat va   shahar   boshqarmalari,   sud   va   Toshkent   yarmarka   kompleksining
hujjatlarini,   uchinchisiga   –   Turkiston   harbiy   okrugi   shtabi,   harbiy   okrug
kengashi,   okrugdagi   barcha   topografiya   va   harbiy   qismlarning   ishlari   qabul
qilinishi kerak edi. To’rtinchisiga esa Sirdaryo viloyati shtabi, komendantlik
boshqarmalari,   o’qchi   brigadalari   boshqarmasi,   gospitallar   va   boshqa
idoralarning   hujjatlari   yig’ilishi   lozim   edi.   Markaziy   arxivga   yiliga   5   ming
hujjat to’plash mo’ljallangan edi.
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Kaufman loyihasida faqat Toshkent
shahridagi   va   Sirdaryo   viloyatidagi   hujjatlarni   to’plash   nazarda   tutilgan   edi.
Qolgan viloyatlardagi muassasa va tashkilotlar hujjatlarining taqdiri mutlaqo
e’tibordan chetda qolgan.
Lekin,   K.   Kaufmanning   rejasi   amalga   oshmadi.   Shuning   uchun   ham
mustamlaka Turkistonda hujjatli materiallar tarqoq holda saqlanib qolaverdi.
Turkiston
o’lkasidagi
bosh
muassasa
1867   yilda
tuzilgan general-gubernatorlik mahkamasi edi. 1870 yilga qadar mahkamada
hujjatlarni qayerda va qay tarzda saqlash, umuman saqlashga zarurat bormi,
degan   masala   bilan   hyech   kim   qiziqmagan.   Faqat,   1870   yili   mahkamada
shtatlarning   oshishi   bilan   “jurnalist”   (ham   arxivshunos,   ham   ekzekutor)
lavozimini ta’sis etish taklif etildi. Xudi shu  yili 1867-1869 yillarga tegishli
bir   qism   hujjatlarni   arxivga   topshirish   mo’ljallanadi.   Ammo   hujjatlar
topshirilmasdan qoladi, chunki buning uchun maxsus xona yo’q edi. Hujjatlar
yetti   yil   mobaynida   bosmaxona   binosida   qayd-yozuvlarsiz   yotadi,
foydalanishga esa yo’l qo’yilmaydi. 1877 yil mahkamada qo’shimcha binolar
qurilishi   bilanoq   ikkita   xona   arxiv   uchun   ajratiladi.   1882   yili   mahkamaChorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli amaldorlaridan   tuzilgan   maxsus   komissiya   1867-1882   yillarda   to’lg’azilgan
9968   ta   hujjatni   bo’limlardan   olib   arxivga   topshiradi.   Arxivga   qonun-
qoidalarga   binoan   har   yili   tugallangan   hujjatlar   qabul   qilinishi   lozim   edi.
1904   yilda   maxsus   komissiya   general-gubernatorlik   idorasining   arxivini
tekshirib chiqib, hujjatlar bo’limlardan betartib keltirilgani, muqovalari yirtiq
ekani, qayd-yozuvlar noto’g’ri to’lg’azayotganini qayd etgan edi.
Turkiston   o’lkasi   dagi   boshqa   yirik   muassasalarning   arxivlari   xaroba
xolda   edi.   1907  yilda   Sirdaryo   viloyatining  arxivi  joylashgan   xona   yaroqsiz
va   buzishga   loyiq,   deb   topildi.   Bu   arxivdagi   2   mingdan   ortiq   hujjatlarning
aksar qismi viloyat amaldorlari hamda hujjatlarni saralash va yo’qotish uchun
tuzilgan maxsus “komissiya” tomonidan nobud qilinadi.
Qolgan   viloyatlarda   ham   arxiv   ishlari   o’lda-jo’lda   edi.   Viloyat
boshqarmalari   mahkamalarida,   garchi   materiallar   soni   va   salmog’i   ancha
bo’lsa-da,   arxivlar   uchun   maxsus   odamlar   ajratilmagan   edi.   Fa-qat,   1881
yilda   Kaufmanning   “ojizona   hisobot   loyiha”sida   viloyat   boshqarmalari
mahkamalarida jurnalist-arxivchi lavozimini ta’sis etish masalasida qo’yiladi.
Graf   K.   Palen   1908-1909   yillarda   Turkiston   o’lkasini   taftish   etib,   o’z
hisobotida   uyezd   idoralarida   ham   arxiv   ishlari   yomon   ahvolda   ekanligini
qayd qiladi. Jumladan, Andijon uyezd boshqarmasida arxiv hujjatlari pastak,
tomi loysuvoq, zax saroyda joylashtirilgan ekan. Bu binoning omonatligi bois
1902   yilning   dekabrida   sodir   bo’lgan   zilzila   paytida   tomi   ag’anab   tushib,
hujjatlar loy va tuproqqa qorishib qoladiki, ularni yoqib yuborishdan boshqa
chora qolmaydi.
Taftish   bo’yicha   hisobotda   ayrim   hujjatlar,   xatto   ba’zi   uyezd
boshqarma   mahkamalarida   butun-butun   ishlar   yo’qolayotgani   aytiladi. Му ам м ол и савол :  Му стам л ак а Ту рк истонда архив
ишида қ андай ну қ сонл ар м авж у д эди?  Taftishchilar   Samarqand,   Farg’ona   va   boshqa   viloyatlarda   ko’pgina   volost
mahkamalari   mirzolari   mahkamaviy   tartib   haqida   hyech   qanday   tasavvurga
ega   emas,   degan   xulosaga   keldi.   Kelgan   va   ketgan   xatlar   ro’yxat   qilib
borilmagan, tugallangan ishlarga qayd-yozuvlar qo’yilmagan edi.
Mahalliy   tashkilotlar   –   qozilar,   boylar,   oqsoqollar   hujjatlari   joylarda
1917   yilga   qadar   saqlanib   qoldi.   Lekin   bundan   keyingi   voqyealar,   ya’ni
inqilob, fuqarolar urushi va istiqlolchilik harakati davrida ularning ko’pi yo’q
bo’lib ketdi.
Shunday   qilib   chor   Rossiyasi   mustamlakachiligi   davrida   hujjatlarni
saqlash   ishi   yaxshi   yo’lga   qo’yilmagan   edi.   Lekin   bundan   qat’i   nazar,
bizgacha   yetib   kelgan   hujjatli   materiallarda   Turkiston   o’lkasi   gubernatorlik
siyosiy-iqtisodiy   va   madaniy   hayotining   barcha   tomonlarini   qamrab   olgan
ma’lumotlar   mavjud.   Bu   haqda   O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   Davlat
arxivining   inqilobdan   oldingi   fondlari   guvohlik   beradi.   Ular   XIX   asrning
ikkinchi   yarmidan   to   1917   yilgacha   bo’lgan   O’rta   Osiyo   xalqlari   tarixini
o’rganishda   bebaho   manba   bo’lib   xizmat   qiladi.   Mazkur   fondlar   o’lkaning
o’sha   davrdagi   ma’muriy   tuzilishi,   Rossiyaning   Afg’oniston,   Eron,   Buxoro
va Xiva bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarini, o’lkada tog’-qazilma
boyliklari   va   paxtani   qayta   ishlash   sanoatining   vujudga   kelishi   va   xalq
maorifi ahvolini teran o’rganishga imkoniyat beradi. Arxiv fondlarining katta
qismi o’lkada inqilobiy harakatning o’sishi, 1905-1907 yilgi voqyealar, 1912
yilgi   sapyorlar   qo’zg’oloni,   1917   yil   fevralg’   inqilobi,   Toshkentdagi
sentyabrg’   voqyealari   haqida   hikoya   qiladi.   Arxivdagi   O’rta   Osiyo
xalqlarining   milliy-ozodlik   kurashi,   ilg’or   rus   olimlarining   Turkistondagi
faoliyati   haqidagi   materiallar,   shuningdek   general-gubernatorlik   fondidagi
ko’plab boshqa hujjatlar ilmiy-tarixiy jihatdan nihoyatda qimmatlidir. Manbalar va adabiyotlar
Oronyuk B., Aliyev B. Arxivlar – hujjatlar qal’asidir // Sharq yulduzi.
Oronyuk   B.   L.   K   istorii   arxivov   v   dorevolyusionnom   Turkestane//
Nauchno-metodicheskiy byulleten.   Arxivnogo upravleniya MVD UzSSR.
1957. №1
Alimov I va b. Arxivshunoslik.  Toshkent, 1997.
Tolibov R.N.Arxivshunoslik (Ma’ruzalar matni) Navoiy 2005 .

1917-1990 yillar mustamlakachiligi davrida Turkistonda arxiv ishi REJA: 1. Mustamlaka Turkiston idoraviy arxivlarining vujudga kelish 2. Chorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli

Mustamlaka Turkistonda idoraviy arxivlarning vujudga kelishi XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib oldi va uni o’z mustamlakasiga aylantirdi. O’lkada Rossiya boshqaruv tizimi joriy qilindi. Yangi bosib olingan hududlarda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Turkiston o’lkasi qo’shinlari qo’mondoni va general-gubernator etib K. P. Kaufman tayinlandi. Viloyatlarni harbiy gubernatorlar boshqarardi. Uyezdlarda esa ularga bo’ysungan boshliqlar tayinlanardi. Mahalliy boshqaruv volostp boshqaruvchisi, qozilar, mingboshilar, oqsoqollar qo’lida edi. O’lkada mustamlakachi ma’muriyatning faoliyati natijasida doimiy ravishda ko’plab hujjatlar vujudga kelgan. General-gubernatorlik mahkamasidan tortib to qishloq boshqaruv idoralariga qadar hujjatlar to’planib borgan, ular bevosita shu muassasaning o’zida saqlangan. Shunday qilib chor mustamlakachiligi davrida Turkistonda har bir muassasa qoshida arxivlar vujudga kelganiligini kuzatamiz. Ammo bu idoraviy arxivlarni o’zaro bog’lash va yagona davlat arxivlari tizimini barpo etish e’tibordan chetda qoldi. Turkistonda vujudga kela boshlagan idoraviy arxivlarning faoliyati sust tashkillashtirilgan edi. Ko’p tashkilotlarda arxivlarni saqlash uchun maxsus ajratilgan xonalar yo’q edi. Shu sababdan hujjatlar ko’pincha zax qaznoqlarda, yog’och saroylarda saqlangan. Bundan tashqari, hujjatli manbalarni saqlash ishiga tashkilot rahbarlarining o’zlari ham jiddiy zarar yetkazganlar. Ular qog’ozlarni yakkash o’zlari ko’rib chiqib, keraksiz deb hisoblaganlarini yo’qotib yuborganlar. Hujjatli materiallarni yo’q qilish turli chekka o’lkalarda, jumladan Turkistonda keng ko’lamda olib borilganligi o’sha davrdayoq ilg’or Му ам м ол и савол : Чор Россияси м у стам л ак ачил иги даврида архив ишл арида қ андай ў з гаришл ар юз

kishilarni tashvishga solib qo’ygan edi. 1914 yilda Orenburgda o’tkazilgan guberna olimlari arxiv komissiyasining I syezdida shu komissiya a’zosi A. Popov quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edi: “Keyingi 12 yil davomida yo’qotilgan yuz minglab ishlarning anchagina qismi O’rta Osiyoning qo’shilishi va bosib olinishi, Buxoro va Xivaga qilingan harbiy yurish haqida edi”. Turkistonda hujjatlarni ko’p miqdorda yo’q qilinishi odat tusiga kirgan edi. Misol tariqasida quyidagi faktni keltirish mumkin. Farg’ona viloyati harbiy shtabida 25 yil davomida yig’ilib qolgan hujjatlarni saralash chog’ida 105 pud “keraksiz” arxiv materiallari savdogarlarga o’rov sifatida sotib yuborilgan. Tez orada muhim ahamiyatga ega hujjatlar bozorlar va rastalarda ko’zga tashlanib qolgan edi. 1884 yilda taniqli arxivshunos N. Kalachov loyihasiga binoan Rossiya imperiyasi chekka o’lkalarida hujjatlarning ommaviy yo’qotilishiga qarshi arxiv komissiyasi tuzildi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish va to’plash, arxivlarni ayovsiz talon-taroj qilish va yo’qotishdan himoya qilish, har xil idoralarda yo’qotishga ajratilgan hujjatlarni qaytadan ko’rib chiqish va saralab olish, ularning ilmiy qimmatini aniqlash bu komissiyaning asosiy maqsadi edi. Biroq komissiya oldiga yo’gan vazifalar bajarilmay qoldi. Uning idoraviy arxivlarga kirish huquqi yo’q edi. Komissiya faqat tarixiy arxivlardagi yo’q qilish uchun ajratilgan materiallarni saqlab qolish huquqiga ega edi, xolos. Turkiston o’lkasida arxiv ishlarini tashkil etish va tartibga solish bo’yicha yakkayu yagona harakat K. Kaufman tomonidan qilingan edi. U 1873 yilning oktyabr oyida mahkamaviy ishlar boshlig’iga Toshkent shahrida Markaziy arxiv uchun imorat qurish haqida ko’rsatma beradi. Markaziy arxivni to’rt bo’limga ajratish ko’zda tutilgan edi. Birinchi bo’limga Turkiston general-gubernatorligi idorasining hujjatlari, ikkinchisiga – viloyat

va shahar boshqarmalari, sud va Toshkent yarmarka kompleksining hujjatlarini, uchinchisiga – Turkiston harbiy okrugi shtabi, harbiy okrug kengashi, okrugdagi barcha topografiya va harbiy qismlarning ishlari qabul qilinishi kerak edi. To’rtinchisiga esa Sirdaryo viloyati shtabi, komendantlik boshqarmalari, o’qchi brigadalari boshqarmasi, gospitallar va boshqa idoralarning hujjatlari yig’ilishi lozim edi. Markaziy arxivga yiliga 5 ming hujjat to’plash mo’ljallangan edi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Kaufman loyihasida faqat Toshkent shahridagi va Sirdaryo viloyatidagi hujjatlarni to’plash nazarda tutilgan edi. Qolgan viloyatlardagi muassasa va tashkilotlar hujjatlarining taqdiri mutlaqo e’tibordan chetda qolgan. Lekin, K. Kaufmanning rejasi amalga oshmadi. Shuning uchun ham mustamlaka Turkistonda hujjatli materiallar tarqoq holda saqlanib qolaverdi. Turkiston o’lkasidagi bosh muassasa 1867 yilda tuzilgan general-gubernatorlik mahkamasi edi. 1870 yilga qadar mahkamada hujjatlarni qayerda va qay tarzda saqlash, umuman saqlashga zarurat bormi, degan masala bilan hyech kim qiziqmagan. Faqat, 1870 yili mahkamada shtatlarning oshishi bilan “jurnalist” (ham arxivshunos, ham ekzekutor) lavozimini ta’sis etish taklif etildi. Xudi shu yili 1867-1869 yillarga tegishli bir qism hujjatlarni arxivga topshirish mo’ljallanadi. Ammo hujjatlar topshirilmasdan qoladi, chunki buning uchun maxsus xona yo’q edi. Hujjatlar yetti yil mobaynida bosmaxona binosida qayd-yozuvlarsiz yotadi, foydalanishga esa yo’l qo’yilmaydi. 1877 yil mahkamada qo’shimcha binolar qurilishi bilanoq ikkita xona arxiv uchun ajratiladi. 1882 yili mahkamaChorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli

amaldorlaridan tuzilgan maxsus komissiya 1867-1882 yillarda to’lg’azilgan 9968 ta hujjatni bo’limlardan olib arxivga topshiradi. Arxivga qonun- qoidalarga binoan har yili tugallangan hujjatlar qabul qilinishi lozim edi. 1904 yilda maxsus komissiya general-gubernatorlik idorasining arxivini tekshirib chiqib, hujjatlar bo’limlardan betartib keltirilgani, muqovalari yirtiq ekani, qayd-yozuvlar noto’g’ri to’lg’azayotganini qayd etgan edi. Turkiston o’lkasi dagi boshqa yirik muassasalarning arxivlari xaroba xolda edi. 1907 yilda Sirdaryo viloyatining arxivi joylashgan xona yaroqsiz va buzishga loyiq, deb topildi. Bu arxivdagi 2 mingdan ortiq hujjatlarning aksar qismi viloyat amaldorlari hamda hujjatlarni saralash va yo’qotish uchun tuzilgan maxsus “komissiya” tomonidan nobud qilinadi. Qolgan viloyatlarda ham arxiv ishlari o’lda-jo’lda edi. Viloyat boshqarmalari mahkamalarida, garchi materiallar soni va salmog’i ancha bo’lsa-da, arxivlar uchun maxsus odamlar ajratilmagan edi. Fa-qat, 1881 yilda Kaufmanning “ojizona hisobot loyiha”sida viloyat boshqarmalari mahkamalarida jurnalist-arxivchi lavozimini ta’sis etish masalasida qo’yiladi. Graf K. Palen 1908-1909 yillarda Turkiston o’lkasini taftish etib, o’z hisobotida uyezd idoralarida ham arxiv ishlari yomon ahvolda ekanligini qayd qiladi. Jumladan, Andijon uyezd boshqarmasida arxiv hujjatlari pastak, tomi loysuvoq, zax saroyda joylashtirilgan ekan. Bu binoning omonatligi bois 1902 yilning dekabrida sodir bo’lgan zilzila paytida tomi ag’anab tushib, hujjatlar loy va tuproqqa qorishib qoladiki, ularni yoqib yuborishdan boshqa chora qolmaydi. Taftish bo’yicha hisobotda ayrim hujjatlar, xatto ba’zi uyezd boshqarma mahkamalarida butun-butun ishlar yo’qolayotgani aytiladi. Му ам м ол и савол : Му стам л ак а Ту рк истонда архив ишида қ андай ну қ сонл ар м авж у д эди?