Turkistonda muzeylarning shakllanish tarixi va ularning muzey ishi rivojidagi roli
Turkistonda muzeylarning shakllanish tarixi va ularning muzey ishi rivojidagi roli Reja: 1. “Muzey” atamasi va muzey xaqida tushuncha. 2.Turkistondagi ilk muzeylarni tashkil etilishida ilmiy jamiyatlar va kolleksionerlarning roli. 3.Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati.
1. “Muzey” atamasi va muzey xaqida tushuncha. “Muzey”, museyon so‘zi inson madaniyatiga ikki yarim ming yil ilgari, ya’ni antik davrda kirib keldi. Lekin uning ma’nosi xozirgi muzey tushunchasidan ancha boshqacharoq edi. Qadimgi Yunonistonda “Museyon”deb ma’budalar sha’niga e’zozlanadigan maskanlarni aytganlar. Bu maskanlar tabiatning go‘zal joylarida, tog‘ etaklarida, daryo va ko‘l bo‘ylarida, bog‘u-rog‘larda joylashgan bo‘lardi. Shuningdek museyonlar ibodatxona vazifasini xam o‘tagan. Yunon panteoniga to‘qqizta muza kirgan. Shulardan ikkitasi, ya’ni Klio-tarix, Uraniya-astronomiya ma’budalari bo‘lib, qolganlari insonlarga san’at taqdim etgan: Melpomena-tragediya, Taliya- komediya, Terpsixora-raqs, Erato-muxabbat qo‘shiiqlari, Kalliopa-epik she’riyat, Poligimiya-diniy qo‘shiqlar, Evterpa- lirik she’riyat ma’budalari xisoblangan. Qadimgi antik Yunonistonda ko‘pxudolik dini xukm surgani uchun xamma narsani o‘z ma’budasi bo‘lgan. Oldinlari ma’budalar xudoning vakillari xisoblangan. Keyinchalik ilm-fan va san’atga xomiy xudolar degan tushuncha paydo bo‘lgan. Museyonlarda ko‘pincha shoirlar, faylasuflar, san’at ustalari yig‘ilishar, go‘zal ma’buda xaykallari ularga ilhom bag‘ishlar edi. Bu yerda she’riyat kechalari ham bo‘lib o‘tar va xaqiqiy adabiyot-she’riyat markaziga aylangan edi. Vaqt o‘tishi bilan museyonlan yo‘q bo‘lib ketdi. “Museyon” atamasi “muzey” so‘zi bilan almashdi va 16 asrdan boshlab, noyob buyumlar saqlanadigan joylarga nisbatan aytila boshlandi Mashhur fransuz muzeologi J.Bazenning ta’kidlashicha, muzeylar tarixini yozish uchun ikkita narsani tushintira olish kerak: birinchisi - muzeylar konsepsiyasi, ikkinchisi - zamon konsepsiyasi. Muzeylar o‘zlarining ilk paydo bo‘lgan kunidan boshlab o‘z zamonasini aks ettirgan, o‘z zamonasining talab extiyojlarini ifoda qilgan, qisqa qilib aytsak zamon ko‘zgusi bo‘lgan. O‘z ildiziga qarab intilish, o‘zini o‘zi anglash uchun qiziqish uyg‘onishi, insoniyatga xos bir fazilatdir. Muzeylarni paydo bo‘lishiga insoniyatdagi ana shu xususiyat eng oliy sabablardan biridir. Oldinlari faqat ma’lum bir shaxslar uchun xizmat qilgan muzeylar, asta-
sekin, ommaviylashib bordi va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismiga aylandi. Hozirgi kunda “Muzey” so‘zining bir qator tushunchalari mavjud bo‘lib, ma’lum darajada bu fenomenning murakkabligini anglatadi. XX asr insoniyatga yangi tipdagi muzeylarni taqdim etdi. Endi predmetlarni nafaqat saqlash va ekspozitsiyaga qo‘yish, balki ularga xos atrof-muhitni, turli tarixiy-madaniy jarayonlarning lavhalarini, inson faoliyatining turlarini ko‘rsatish vaqti kelganligi anglandi. Ochiq osmon ostidagi muzeylar paydo bo‘ldi, ularning asosini predmetlarni an’anaviy kolleksiyasi emas, balki o‘zining tabiiy atrof muhitida namoyish etiladigan, xalq turmushini aks ettiruvchi me’moriy yodgorliklar tashkil etdi. Shuningdek, asl nusxadagi predmetlarni emas, ularning kopiyalarini namoyish etuvchi mezeylar ham paydo bo‘ldi. “Muzey” tushunchasining ko‘p qirraligiga yana bir sabab, nazariy muzeyshunoslikning rivojlanishi va mutaxassislarning turli tadqiqotchilik yondashuvi, hamda maqsad vazifalarning har xilligidir. So‘rov xarakteriga ega bo‘lgan nashlarda mezeylar asosan ilmiy-tadqiqot va madaniy - ma’rifiy muassasa sifatida izohlanadi va ularning ijtimoiy funksiyalariga mos tarzda komplektlash, xisobga olish, saqlov, madaniy, tarixiy yodgorliklarni targ‘ib etish va o‘rganish ishlarini olib boradi deb yozilgan. Xalqaro amaliyotda asosan, Muzeylarning Halqaro kengashi (IKOM) tomonidan ishlab chiqilgan qonundan foydalaniladi. Bu esa o‘z navbatida 1974 yilgi Ustavga ham kiritilgan. O‘zgarishalar kiritilgan ushbu Ustavning oxirgi variantida (ya’ni 1995 yil) quyidagilar ta’kidlanadi: “Muzey - bu doimiy, kommercheskiy bo‘lmagan muassasadir, u jamiyat uchun xizmat qiladi va odamlar uchun ochiqdir. Muzey eksponatlarni to‘playdi, saqlaydi, o‘rganadi, targ‘ib qiladi va ekspozitsiyaga qo‘yadi”. Mazkur tushuncha uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi, lekin ko‘p masalalar yechilmay qoldi. Masalan, botanika bog‘lari zooparklarni ham muzey deb xisoblash mumkinmi? Axir ular tabiatning flora va fauna dunyosini kolleksiyalariga ega, ularning saqlanib qolishini ta’minlaydi, o‘rganadi, namoish qiladi, shu bilan bir qatorda ommaning dam olish borasidagi talablarini qondiradi.
Lekin bu kolleksiyalar tabiatning o‘lik emas, jonli namunalardan tashkil topgan. Shunga o‘xshash savollar tug‘ilganda mutaxassislarning fikrlari bo‘linadi. Birlari “muzey” deb faqat an’anaviy tipdagi ilmiy, tarixiy yoki kolleksiyalarda o‘z faoliyatini asoslaydigan muassasalarga aytiladi deb xisoblaydi. Shuning uchun ular zoologiya va botanika bog‘lari, ko‘plab ilmiy muzeylar, tabiiy va tarixiy yodgorliklarni muzey deb xisoblashmaydi. Boshqa muzeyshunoslar esa, madaniy merosga nisbatan muzey xarkteri va rolini kengroq izohlaydilar. Ular inson atrofidagi barcha tabiiy, madaniy, ijtimoiiy muhit mezeyga xos deb biladilar. Mazkur fikrlarni inobatga olgan holda, barcha botanika bog‘lari, zooparklarni, tabiiy va tarixiy yodgorliklarni IKOM o‘ziga a’zo qilib olgan. Muzey jamiyatga xizmat qilishi lozim va uni rivojlantirishi kerak degan fikrlarni ham mutaxassislar bir ovozdan ma’qullamaydilar. Jamiyat qiziqishini nimadan iboratligini kim qanday mezonlar asosida belgilaydi? Axir jamiyatdagi turli guruhlarning qiziqishi va talabi bir xil emasku. Muzeylar kim uchun faoliyat ko‘rsatadi? Jamiyat ravnaqi va ilmiy progress uning ishlayotgan olimlari uchun yoki keng ommaning, estetik va ta’lim talablarini qondirish uchunmi? Misol keltirilgan ziddiyatli savollar turli mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan (muzeyshunoslar, faylasuflar, sotsiologlar, tarixchilar, san’atshunoslar ham shular jumlasidandir) muzey atrofida yuz yillar maboynida muxokama qilinib kelingan. Ular shunga guvohlik berishadiki, muzey – bu juda murakkab fenomen va unga baxs muzokarasiz va hammaga ma’lum bo‘ladigan aniqlik kiritib bo‘lmaydi. “Muzey” tushunchasining talqiniga nisbatan nazariy muzeyshunoslikda ham turlicha yondoshiladi, lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar muzeyning bajaradigan funksiyalariga ko‘ra uni ijtimoiiy institut deb hisoblaydilar. 2.Turkistondagi ilk muzeylarni tashkil etilishida ilmiy jamiyatlar va kolleksionerlarning roli. Turkistondagi muzeylar va ularning xususiyatlarini o‘rganish mustaqillik davridagi muzeylar taraqqiyoti ildizlarini aniqlash, qiyosiy tahlil qilish yordamida muzey ishi amaliyotidagi ijobiy va salbiy tomonlarni aniqlashga yordam beradi. Sovet davridagi mutaxassislar Turkiston muzeylari va ularning faoliyatini sobiq tuzum mafkurasi doirasida yoritgan bo‘lsa, bugungi
kunda avvalgi tarixiy jarayonga xolis baho berish imkoniga ega bo‘lindi. Bu esa sovet davri muzeyshunoslari tajribalarining ijobiy tomonlari rad etilmagan holda davr va sobiq mafkura ta’siridan xoli, jahon andozalaridan kelib chiqqan tarzda tanqidiy yondashuv asosida tadqiqot olib borishni belgilaydi. 1876 yil 16 martdagi «Turkestanskie vedomosti» gazetasi tahririyatining General-gubernator idorasiga rasmiy maktubida gazeta muharriri N.A.Maevning Toshkentda muzey ochish haqidagi bayonnomasi yuborilayotgani xabar qilinadi 1 . Demak, Rossiya istilosining dastlabki o‘n yili o‘tganidan so‘ng Turkistonda muzey tashkil etilishi lozimligi olimlar tomonidan qayd etilgan. Rossiya imperiyasining 1853 yili Oqmachitni bosib olishidan to 1876 yili Qo‘qon xonligi tugatilishiga qadar ularning barcha yurishlarida olimlar ishtirok etib, turli hujjat, qo‘lyozma, kitob va boshqa osori-atiqalarni to‘plashgan. General- gubernator K.P.Fon Kaufman farmoniga asosan Samarqand istilosidan so‘ng qo‘lga kiritilgan xalifa Usmon Qur’oni sharqshunos A.L.Kun tashabbusi bilan Peterburg ommaviy kutubxonasiga jo‘natiladi. Buxoro amirligida Muzaffarning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdumalik To‘ra boshchiligidagi qo‘zg‘alonni bostirish davomida rus harbiy ekspeditsiyasi Shahrisabz va Kitob beklaridan 97 ta qadimiy qo‘lyozmani olib qaytgani ma’lum 2 . Xivaga 1873 yilgi yurish davomida qo‘shin tarkibida qatnashgan sharqshunos olim A.L.Kunga (1840–1888) Peterburg kutubxonasi va muzeylari uchun ilmiy ahamiyatga molik hamma narsalarni sinchiklab tekshirish hamda to‘plash topshirilgan edi. Natijada xon kutubxonasidan 300 ga yaqin qo‘lyozma- kitoblar musodara qilingan. Xiva xonlarining tanga pul zarb qiladigan 200 nusxa qolipi, bir qancha muhr, xonning taxti, 172 nusxa mo‘g‘ullar davri tangalari, qo‘ng‘irotlar sulolalariga oid tangalardan 3 nusxadan, ko‘plab etnografik buyumlarni to‘plab imperiya poytaxtiga jo‘natilgan 3 . Xiva ustalarining kandakorlik san’ati namunasi bo‘lgan taxt 1874 yil nodir ashyolar to‘plami qurol-aslahalar 1 ЎзР МДА, И– 1-фонд, 16-рўйхат, 965-иш, 4-варақ. 2 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 33.; Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари / Масъул муҳаррир Д.А.Алимова. Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 353 -401. 3 Лунин Б.В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Ташкент: Фан, 1966. – С. 114-120.