logo

SARMISHSOY YODGORLIGINING JAHON HAMJAMIYATIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

953.8369140625 KB
«SARMISHSOY YODGORLIGINING JAHON
HAMJAMIYATIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI» 
MAVZUSIDAGI
REJA:
KIRISH       _________________________________________ 
ASOSIY QISM:  _____________________________________ 
1.  Sarmishsoy qoyatosh rasmlari va uning joylashuvi.
2. Sarmishsoy qoyatosh yodgorligining jahon hamjamiyatida tutgani o’rni va
ahamiyati.
XULOSA  ______________________________________________ 
ADABIYOTLAR RO’YXATI  ______________________________ 
SLAYDLAR ______________________________ MUSTAQIL ISH  KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi .       Respublikamiz     mustaqilligining
dastlabki   kunlaridanoq   xalqimizning   o’tmish   tarixi   boy   madaniy
merosini   o’rganish,     uni   saqlash   va   kelajak   avlodga   yetkazishga
hukumatimiz tomonidan alohida e`tibor berildi. 
Xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning «…tarixiy merosni
asrab-avaylash, o’rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz
siyosatining   eng   muhim   ustuvor   yo’nalishlaridan   biridir»   deb
ta’kidlaganlarini ham e’tirof o’tmoq lozim. 1
Darhaqiqat,   eng   qadimgi   o’tmishdan   to   hozirgacha   bo’lgan
davlatchiligimiz   va   uning   rivojlaninsh   bosqichlari   tarixi   shu   hududda
yashagan   xalqlarning,   ijtimoiy-siyosiy,   madaniy   va   iqtisodiy   hayotini
chuqur   hamda   keng   o’rganish   uchun   katta   imkoniyatlar   yaratib   berildi.
Shu   bois     yurtimizning   qadimiy   tarixiga   oid   har   bir   tarixiy   jarayonni
o’rganish   biz   bo’lg’uvsi   tarixchi-arxeologlar   oldiga   ulkan   mas’uliyatlar
qo’yadi.   Shularni   hisobga   olib,   biz   yurtimiz   tarixiga   oid   Sarmishsoy
yodgorligi   kabi   tarixiy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   yodgorliklarimizni
batafsil   o’rganib,   unga   xolislik   nuqtai-nazaridan   yondashib,   uni   to’g’ri
o’rganmog’imiz va ahamiyatini ochishda o’z hissamizni qo’shmog’imiz
lozim. 
   
1
 Мирзиёев Ш.М. «Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз». 1-жилд. Тошкент 
«Ўзбекистон» 2017й. Б-29. Tadqiqot   obyekti   va   predmeti .   Sarmishsoy   yodgorligi
tadqiqotning asosiy obyekti bo’lsa, yodgorlikdan arxeologik qazishmalar
natijasida  qo’lga kiritilgan  moddiy  madaniyat namunalari  asosida  e’lon
qilingan ilmiy maqolalar,  dissertasiyalar predmetini tashkil etadi.  
Tadqiqotning   maqsadi   va   vazifalari .   Tadqiqotning   asosiy
maqsadi   Sarmishsoy   yodgorligida   olib   borilgan   ilmiy   izlanishlar
natijalari-maqolalar, risolalar hamda qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat
namunalarini   ilmiy   tahlil   qilish   va   o’rganishdir.   Tadqiqot   vazifasi   esa
ushbu tahlil asosida Sarmishsoy yodgorligini o’rganilish tarixini yoritish
bilan   birga   uning   umumiy   tadrijiy   rivojlanish   tarixini     yaxlit   holatga
keltirishdan iboratdir. 
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   kutilayotgan   natijalar.
Tadqiqot quyidagi asosiy masalalarni hal etishga qaratilgan: 
  Sarmishsoy   yodgorligining   respublikamiz     mustaqillikgacha   va
undan keyingi davr tarixshunosligini yoritish va shu orqali turli yillarda
qo’lga kiritilgan natijalarni yaxlit tizimga solish. 
Tadqiqotda   qo’llanilgan   uslublar.   Dissertasiyada   tadqiq
etilayotgan   masalalarga   tarixiy   xaqiqat,   xolislik   nuqtayi   –   nazardan
yondoshiladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev asarlarida tarixiy tadqiqotlar
oldiga   qo’ygan   vazifalardan   kelib   chiqib,   mavzuni   yoritish   bo’yicha
ilmiy izlanish olib borish ko’zda tutilgan. Ilmiy muammoni o’rganish va
tahlil   qilish   tarixiy   -   falsafiy   uslublardan,   ya’ni   analiz   va   sintez, tizimlashish,   qiyosiy   solishtirma,   obektiv   holatni   taxlil   qilish   kabi
metodlardan foydalaniladi. 
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati . Tadqiqot
ishi   materiallari   va   ilmiy   xulosalardan   O’zbekiston   tarixining   qoyatosh
tasvirlariga oid davri tarixini yoritishda hamda qo’llanmalar chiqarishda
ahamiyatga ega bo’lishi e’tiborga olingan.  ASOSIY QISM
Vatanimiz   sarhadlari   nafaqat   Markaziy   Osiyo,   balki   ko’hna
Sharq   miqiyosida,   qolaversa   butun   jahon   kishilik   tarixining   qadimgi
madaniyat   markazlaridan   biri   hisoblanadi.   Xususan,   bu   mintaqa
insoniyat   tarixiy   taraqqiyotining   barcha   bosqichlari   madaniyati   va
mazkur   hududda   sodir   bo’lgan   sivilizasiyaning   ko’hna   ildizlarini
ifodalovchi tarixiy-madaniy yodgorliklarga nihoyatda serob o’lkadir. Bu
madaniy-tarixiy   yodgorliklarni   tadqiq   etish   esa   ajdodlarimizning   jahon
sivilizasiyasiga   qo’shgan   hissasini   idrok   etishda   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Shu   maqsadda   respublikamiz   mustaqillik   yillarida   vatanimiz
tarixini   yozma   va   moddiy   manbalar   asosida   o’rganish   bo’yicha   keng
ko’lamli   va   maqsadli   tadqiqotlar   amalga   oshirib   borilmoqda.   Ayniqsa,
mustaqillik   yillarida   mamlakatimizning   qadimiy   tarixini   yoritish,   uning
insoniyat   tarixidagi   o’rniga   xolisona   baho   berib,   jahon   hamjamiyatiga
tanishtirish,   qolaversa   uning   tarixiy-madaniy   hududlarida   urbanizasiya
jarayonlarining   rivojlanishi,   shaharlarning   shakllanishini   o’rganishga
bo’lgan   qiziqish   ortib,   tadqiqotlar   uchun   davlat   rag’bati   kuchayib
bormoqda. Tarixni o’rganishga bo’lgan e’tiborni mamlakatimiz qadimiy
va   navqiron   shaharlari   bo’lmish   Marg’ilonning   2000,   Toshkentning
2200,   Xiva   va   Termizning   2500,   Qarshi   va   Shahrisabzning   2700,
Samarqandning   2750   yillik   yubileylari   YuNESKO   homiyligida   keng
nishonlanganligi   fikrimizni   isbotlaydi.   Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek,   «…tarixiy   merosni   asrab-avaylash,   o’rganish   va
avlodlardan   avlodlarga   qoldirish   davlatimiz   siyosatining   eng   muhim
ustuvor yo’nalishlaridan biridir»  2
.
2
 Мирзиёев Ш.М. «Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз». 
1-жилд. Тошкент «Ўзбекистон» 2017й. Б-29. Mana   shunday   jarayonda   respublikamiz   hududlari   tarixiy-madaniy
meroslari   yoritilganligini   o’rganish   va   shular   asnosida   kelgusidagi
amalga   oshirishimiz   lozim   bo’lgan   tadqiqot   rejalarni   belgilab   olish   biz
bo’lg’usi   tadqiqotchilar   oldiga   ulkan   mas’uliyatlar   qo’yadi.   Jumladan,
bo’lg’usi tadqiqotchi sifatida respublikamiz aholisi qadimiy tarixiga oid
Sarmishsoy   yodgorligini   o’rganilish   tarixini   tadqiq   etish   muhim
ahamiyatga egadir.
Sarmishsoy   rasmlari   —   Qoratog   (ʻ Navoiy   viloyati )
ning   janubiy   yon   bag ridagi   Sarmishsoy	
ʻ   darasi   qoyatoshlariga   o yib	ʻ
ishlangan   rasmlar . 1958-yilda X.Muhamedov tomonidan topilgan. 1966-
yildan ilmiy tadqiqot   ishlari olib borilmoqda (dastlab N. Toshkanboyev,
keyinroq, A. Kabirov, 1960—70 y.lar; 1993-yildan M. Xo janazarov va	
ʻ
b.).   Mil.   av. 4-1 ming yillikka va undan keyingi davrlar (mil.   1 - 7 asrlar )
ga   mansub   4   mingga   yaqin   rasmlar   bronza ,   temir   va   tosh   bilan   urib
cho kichlab	
ʻ   sxematik ,   kontur ,   soya   va   naqshdor   uslubda   ishlangan.
Sarmishsoy   rasmlarida   yovvoyi   hayvonlarni   ov   itlari   yordamida   ovlash ,
hayvonlarning   o zaro	
ʻ   urushi ,   chorvachilik ,   raks   tushayotgan   odamlar ,
d iniy   marosimlarning   ijro   etilishi   bilan   bog liq	
ʻ   manzaralar   tasvirlangan.
Xonaki   va   yovvoyi   hayvonlar,   o q-yoy	
ʻ ,   xanjar,   qilich ,   nayza   kabi   turli
buyumlar,   kiyimlar   (dubulg a,uchli   quloqchin,	
ʻ
kalta   chopon ,   oyoq   kiyimi va boshqalar) tasviri o ziga xos	
ʻ   tarzda   yuksak
ma hor at   bilan   nozik,   hayotiy   qilib   ishlangan.   Sarmishsoy   rasmlari
ibtidoiy   san ʼ atning   nodir   yodgorligi   hamda   shu   hududda   yashagan
qadimiy   xalqlarning   hayoti ,   hayvonot   dunyosi   tarixini   o rganishda	
ʻ
muhim arxeologik yodgorlik   obidasi   sifatida  q immatlidir. 3
 
3
  O zME	
ʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2003-2010   yillar   mobaynida   Sarmishsoy   vohasida   O’zRFA
Arxeologiya   instituti   yetakchi   ilmiy   xodimi   M.Xo’janazarov
(O’zbekiston) va Riksantikvaren – Norvegiya madaniy merosni saqlash
direktorati   vakili   doktor   Anna-Sofi   Xigen   (Norvegiya)   rahbarligida
“Sarmishsoy   barqarorligini   saqlash   va   menedjmenti”,   «Menedjment   i
ustoychivoye soxraneniye Sarmishsaya» o’zbek-norveg xalqaro loyihasi
doirasida   maqsadli   ravishda,   to’laqonli   ilmiy   tadqiqotlar,   konservasiya
va ta’mirlash ishlari bajarildi. Loyiha doirasida Sarmishsoyda kompleks
ilmiy   tadqiqot   ishlari   amalga   oshirilib,   bunga   arxeologlardan   tashqari
restavrator,   geolog,   botanik   va   zoolog   mutaxassislar   jalb   qilindi.
Jumladan,   Sarmishsoy   vodiysining   geologo-geomorfologik   holati
Qozog’iston   Milliy   Akademiyasi   mutaxassisi   professor   B.J.Aubekerov
tomonidan o’rganilgan. Sarmishsoy vodiysining ekologiyasi va o’simlik
olami,   O’zRFA   Samarqand   bo’limi   katta   ilmiy   xodimi   b.f.n.
K.N.Toderich   tomonidan   atroflicha   o’rganildi.   Tadqiqotlar   natijasi
vohada 84 oila, 475 urug’dan tashkil topgan 1074 xil o’simliklar mavjud
bo’lib, ularga yana daraxtlar, buta, yarim butalar, ko’p yillik va bir yillik
o’tlarni   ham   kiritish   mumkin.   Shuningdek,   tadqiqotchi   Sarmishsoy
vodiysining   endemik   va   yo’qolib   borayotgan   hamda   yo’qolish   xavfi
ostida turgan o’simliklar ro’yxatini tuzib chiqadi. Tadqiqotchi o’z ilmiy
izlanishlari   davomida   ularni   saqlash   va   qayta   tiklash   chora   tadbirlarini
ishlab   chiqdi.   Bu   o’simliklarning   ba’zilari   O’zbekiston   Respublikasi
«Qizil kitob» i ro’yxatiga kiritilgan. 
Shuningdek,   Sarmishsoyda   O’zbek-Norveg   xalqaro   loyihasi
doirasida amalga oshirilgan kompleks tadqiqotlar jarayonida,  vodiyning
hayvonot   olami,   O’z   RFA   Samarqand   bo’limi   katta   ilmiy   xodimi N.V.Marmazinskiy   tomonidan   ilmiy   tadqiq   etilgan.   Nurota   tog’
tizmalari   zoogeografik   hududlashtirish   jihatidan   Hisor-Darvoza
hududiga   tegishli   bo’lib,   Markaziy   Osiyodagi   Golarktika,   Turon   past
tekisligi   bilan   chegaradosh   va   o’zining   xilma-xil   boy   hayvonot
dunyosiga   ega.   Tadqiqotlar   jarayonida   olim   tomonidan     Sarmishsoy
darasida   o’n   turdagi   biotoplar   aniqlanib,   ularning   har   biriga   umumiy
tavsiflar berib o’tiladi. Xususan, Sarmishsoy hamda uning atrof tog’ oldi
va   cho’l   hududlaridagi   hozirgi   vaqtda   mavjud   bo’lgan   umurtqali
hayvonlar   ro’yxati   tuzilgan   bo’lib,   ular   baliqlar,   baqalar,   toshbaqalar,
gekkonlar, cho’l agamalari, echkiemarlar, kaltakesaklar, ilonlar, qushlar,
kemiruvchilar,   quyonsimonlar   va   sutemizuvchi   hayvonlardan   iborat.
Ularning   turlari   60   tadan   ortiq   bo’lib,   shulardan   8   tasi   O’zbekiston
Respublikasi   «Qizil   kitobi»   ro’yxatida.   Sarmishsoy   rasmlari   buzilishini
oldini   olish   yoki   biroz   to’xtatib   turish   uchun   O’zRFA   Arxeologiya
instituti   konservasiya   va   ta’mirlash   bo’limi   xodimlari   M.A.Rauteva
boshchiligida,   konservasiya   va   ta’mirlash   ishlari   olib   borildi.
M.Xo’janazarov   tavsiyasi   bilan   2004   yilda   Sarmishsoy   yodgorligi
Navoiy   viloyati   hokimining   qarori   bilan   ochiq   osmon   ostidagi   muzey-
qo’riqxonaga   aylantirildi.   Sarmishsoyda   “Sarmishsoy   tabiiy   va   moddiy
meroslarini, yangi nuqtai nazar asoslarida o’rganish, ularni saqlab qolish
va   barqarorlikda   boshqarish”   mavzusida   xalqaro   ilmiy   amaliy
konferensiya   o’tkazildi.   Bu   anjumanda   dunyoning   20   ta   mamlakatidan
kelgan   mutaxasislar   ilmiy   ma’ruzalar   bilan   ishtirok   etib,   ushbu   masala
yuzasidan o’z fikr mulohazalarini aytib o’tishdi. 
2009 yil 5-6 mart kunlari Samarqand shahrida ham YuNESKOning
“Markaziy   Osiyo   qoyatosh   rasmlarini   ilmiy–metodologik   jihatdan o’rganish   masalalari”   mavzusida   ilmiy-amaliy   seminar   tashkil   etildi.
Ushbu anjumanning asosiy maqsadi qoyatosh rasmlari yodgorliklarining
mahalliy   va   jahon   sivilizasiyasi   rivojida   tutgan   o’rnini   belgilashdan
iborat bo’ldi. Bundan tashqari anjumanda bu yodgorliklar chuqur ilmiy-
amaliy   o’rganilib,   ularning   ilmiy   –   metodologik   asoslarini   ishlab
chiqish,   hamda   YuNESKO   ning   Butunjahon   yodgorliklarini   saqlash
ro’yxatiga kiritish kabi masalalar ko’rib chiqildi. Jumladan, 2010 yilning
6-10   sentyabr   kunlari   Samarqand   shahrida   Markaziy   Osiyo   qoyatosh
rasmlari yodgorliklarini YuNESKO ning madaniy meros yodgorliklarini
saqlash   ro’yxatiga   kiritish   masalasi   bo’yicha   2-mintaqaviy   seminar
bo’lib   tashkil   etildi.   Seminarda   xalqaro   ekspertlar   tomonidan   Markaziy
Osiyo   qoyatosh   rasmlari   yodgorliklari,   xususan,   Sarmishsoy
yodgorligini YuNESKO ning butunjahon madaniy meros yodgorliklarini
saqlash   ro’yxatiga   kiritish   masalasi   muhokama   qilindi.   Muhokamalar
jarayonida   Sarmishsoyda   qilingan   ishlarga   yuqori   baho   berilib,   uni
YuNESKO ning Butunjahon madaniy yodgorliklari dastlabki ro’yxatiga
kiritildi.   Nurota   tog’lari   qoyatosh   rasmlari   tadqiqotida   istiqbolli
hududlardan   biri   hisoblanadi.   Buni   J.Kabirov,   M.Xo’janazarov   va
G.Shaskiylar   tomonidan   Janubiy   Nurota   tog’   tizmasining   Oqtog’,
Qoratog’,   Qaroqchitog’   tog’larining   janubiy   yon   bag’irlarida   va
Shimoliy Nurota tog’ tizmasining shimoliy yon bag’irlarida olib borgan
tadqiqotlari   misolida   kuzatish   mumkin.   Biroq,   Shimoliy   Nurota   tog’
tizmasining janubiy yon bag’irlarida hali jiddiy ilmiy izlanishlar amalga
oshirilmagan edi. 2010 yilning yanvar oyida A. Xolmatov tomonidan bu
hududda   boshlangan   tadqiqotlar   davomida   dastlab,   Noqi   qishlog’ida
yashovchi   51-maktab   tarix   fani   o’qituvchisi   Shavkat   Qobilov   bergan ma’lumotlarga   oydinlik   kiritish   maqsadida   bu   qishloqqa   borilganida,
haqiqatdan ham Noqi qishlog’i atrofidagi Noqisoy, Ustuksoy, Savraksoy
va   Gadoyxona   soylari   yon   qayirlaridagi   grandiorit   qoyalarga   urib
cho’kichlab ishlangan yangi qoyatosh rasmlari mavjudligi aniqlandi. Bu
yodgorliklarda   olib   borilgan   dastlabki   tadqiqotlar   natijasida   ko’plab
tasvirlar xaritaga olindi. Ular mazmuni xilma-xil bo’lib, odam, yovvoyi
buqa   (tur),   tog’   echkisi,   bug’u,   ot,   tuya,   bo’ri,   it,   arab   va   kirill
harflaridagi   yozuvlar   hamda   noaniq   tasvirlardan   iborat.   Bu
petrogliflarning   ishlanish   texnikasi,   chizilish   uslublari,   saqlanish   va
quyosh   nurida   kuyish   darajalari   turlicha   bo’lib,   bunday   xilma-xillik
ularning turli davrlarga oidligidan dalolat beradi. Shu nuqtaiy-nazardan,
Noqisoy   qoyatosh   rasmlari   ustida   olib   borilgan   dastlabki   tadqiqot
natijasi   va   ularni   boshqa   yodgorlik   rasmlari   bilan   solishtirib
o’rganishlarimiz,   bizga   Noqisoydagi   eng   qadimgi   tasvirlarning   bronza
davriga oid deb aytishimiz imkonini berdi. XULOSA
Yuqorida   ta’kidlab   o’tganimizdek,   vatanimiz   sarhadlari   nafaqat
Markaziy Osiyo, balki ko’hna Sharq miqiyosida, qolaversa butun jahon
kishilik   tarixining   qadimgi   madaniyat   markazlaridan   biri   hisoblanadi.
Xususan, bu mintaqa insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlari
madaniyati   va   mazkur   hududda   sodir   bo’lgan   sivilizasiyaning   ko’hna
ildizlarini   ifodalovchi   tarixiy-madaniy   yodgorliklarga   nihoyatda   serob
o’lkadir.   Bu   madaniy-tarixiy   yodgorliklarni   tadqiq   etish   esa
ajdodlarimizning  jahon sivilizasiyasiga qo’shgan hissasini  idrok etishda
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   maqsadda   respublikamiz   mustaqillik
yillarida   vatanimiz   tarixini   yozma   va   moddiy   manbalar   asosida
o’rganish bo’yicha keng ko’lamli va maqsadli tadqiqotlar amalga oshirib
borilmoqda.   Ayniqsa,   mustaqillik   yillarida   mamlakatimizning   qadimiy
tarixini  yoritish,  uning insoniyat  tarixidagi  o’rniga  xolisona  baho berib,
jahon   hamjamiyatiga   tanishtirish,   qolaversa   uning   tarixiy-madaniy
hududlarida   urbanizasiya   jarayonlarining   rivojlanishi,   shaharlarning
shakllanishini   o’rganishga   bo’lgan   qiziqish   ortib,   tadqiqotlar   uchun
davlat rag’bati kuchayib bormoqda. 
Mana   shunday   jarayonda   respublikamiz   hududlari   tarixiy-madaniy
meroslari   yoritilganligini   o’rganish   va   shular   asnosida   kelgusidagi
amalga   oshirishimiz   lozim   bo’lgan   tadqiqot   rejalarni   belgilab   olish   biz
bo’lg’usi   tadqiqotchilar   oldiga   ulkan   mas’uliyatlar   qo’yadi.   Jumladan,
bo’lg’usi tadqiqotchi sifatida respublikamiz aholisi qadimiy tarixiga oid
Sarmishsoy   yodgorligini   o’rganilish   tarixini   tadqiq   etish   muhim
ahamiyatga egadir.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev   Sh.M.   «Milliy   taraqqiyot   yo’limizni   qat’iyat
bilan   davom   ettirib,   yangi   bosqichga   ko’taramiz».   1-jild.
Toshkent «O’zbekiston» 2017y. 
2. N.Xolmatov   “Markaziy Osiyo tog’-kon metallurgiyasi ishlab
chiqarishi   va   tog’   qoyatosh   rasmlari”   fanidan   ma’ruza
matnlari. Samarqand.   2021 y.
3. O zMEʻ . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
4. www.google.com    ,  www.yandex.ru  manbalari

«SARMISHSOY YODGORLIGINING JAHON HAMJAMIYATIDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI» MAVZUSIDAGI REJA: KIRISH _________________________________________ ASOSIY QISM: _____________________________________ 1. Sarmishsoy qoyatosh rasmlari va uning joylashuvi. 2. Sarmishsoy qoyatosh yodgorligining jahon hamjamiyatida tutgani o’rni va ahamiyati. XULOSA ______________________________________________ ADABIYOTLAR RO’YXATI ______________________________ SLAYDLAR ______________________________ MUSTAQIL ISH

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq xalqimizning o’tmish tarixi boy madaniy merosini o’rganish, uni saqlash va kelajak avlodga yetkazishga hukumatimiz tomonidan alohida e`tibor berildi. Xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning «…tarixiy merosni asrab-avaylash, o’rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir» deb ta’kidlaganlarini ham e’tirof o’tmoq lozim. 1 Darhaqiqat, eng qadimgi o’tmishdan to hozirgacha bo’lgan davlatchiligimiz va uning rivojlaninsh bosqichlari tarixi shu hududda yashagan xalqlarning, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayotini chuqur hamda keng o’rganish uchun katta imkoniyatlar yaratib berildi. Shu bois yurtimizning qadimiy tarixiga oid har bir tarixiy jarayonni o’rganish biz bo’lg’uvsi tarixchi-arxeologlar oldiga ulkan mas’uliyatlar qo’yadi. Shularni hisobga olib, biz yurtimiz tarixiga oid Sarmishsoy yodgorligi kabi tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklarimizni batafsil o’rganib, unga xolislik nuqtai-nazaridan yondashib, uni to’g’ri o’rganmog’imiz va ahamiyatini ochishda o’z hissamizni qo’shmog’imiz lozim. 1 Мирзиёев Ш.М. «Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз». 1-жилд. Тошкент «Ўзбекистон» 2017й. Б-29.

Tadqiqot obyekti va predmeti . Sarmishsoy yodgorligi tadqiqotning asosiy obyekti bo’lsa, yodgorlikdan arxeologik qazishmalar natijasida qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat namunalari asosida e’lon qilingan ilmiy maqolalar, dissertasiyalar predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari . Tadqiqotning asosiy maqsadi Sarmishsoy yodgorligida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari-maqolalar, risolalar hamda qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat namunalarini ilmiy tahlil qilish va o’rganishdir. Tadqiqot vazifasi esa ushbu tahlil asosida Sarmishsoy yodgorligini o’rganilish tarixini yoritish bilan birga uning umumiy tadrijiy rivojlanish tarixini yaxlit holatga keltirishdan iboratdir. Tadqiqotning asosiy masalalari va kutilayotgan natijalar. Tadqiqot quyidagi asosiy masalalarni hal etishga qaratilgan: Sarmishsoy yodgorligining respublikamiz mustaqillikgacha va undan keyingi davr tarixshunosligini yoritish va shu orqali turli yillarda qo’lga kiritilgan natijalarni yaxlit tizimga solish. Tadqiqotda qo’llanilgan uslublar. Dissertasiyada tadqiq etilayotgan masalalarga tarixiy xaqiqat, xolislik nuqtayi – nazardan yondoshiladi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev asarlarida tarixiy tadqiqotlar oldiga qo’ygan vazifalardan kelib chiqib, mavzuni yoritish bo’yicha ilmiy izlanish olib borish ko’zda tutilgan. Ilmiy muammoni o’rganish va tahlil qilish tarixiy - falsafiy uslublardan, ya’ni analiz va sintez,

tizimlashish, qiyosiy solishtirma, obektiv holatni taxlil qilish kabi metodlardan foydalaniladi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati . Tadqiqot ishi materiallari va ilmiy xulosalardan O’zbekiston tarixining qoyatosh tasvirlariga oid davri tarixini yoritishda hamda qo’llanmalar chiqarishda ahamiyatga ega bo’lishi e’tiborga olingan.

ASOSIY QISM Vatanimiz sarhadlari nafaqat Markaziy Osiyo, balki ko’hna Sharq miqiyosida, qolaversa butun jahon kishilik tarixining qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Xususan, bu mintaqa insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlari madaniyati va mazkur hududda sodir bo’lgan sivilizasiyaning ko’hna ildizlarini ifodalovchi tarixiy-madaniy yodgorliklarga nihoyatda serob o’lkadir. Bu madaniy-tarixiy yodgorliklarni tadqiq etish esa ajdodlarimizning jahon sivilizasiyasiga qo’shgan hissasini idrok etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda respublikamiz mustaqillik yillarida vatanimiz tarixini yozma va moddiy manbalar asosida o’rganish bo’yicha keng ko’lamli va maqsadli tadqiqotlar amalga oshirib borilmoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida mamlakatimizning qadimiy tarixini yoritish, uning insoniyat tarixidagi o’rniga xolisona baho berib, jahon hamjamiyatiga tanishtirish, qolaversa uning tarixiy-madaniy hududlarida urbanizasiya jarayonlarining rivojlanishi, shaharlarning shakllanishini o’rganishga bo’lgan qiziqish ortib, tadqiqotlar uchun davlat rag’bati kuchayib bormoqda. Tarixni o’rganishga bo’lgan e’tiborni mamlakatimiz qadimiy va navqiron shaharlari bo’lmish Marg’ilonning 2000, Toshkentning 2200, Xiva va Termizning 2500, Qarshi va Shahrisabzning 2700, Samarqandning 2750 yillik yubileylari YuNESKO homiyligida keng nishonlanganligi fikrimizni isbotlaydi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «…tarixiy merosni asrab-avaylash, o’rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir» 2 . 2 Мирзиёев Ш.М. «Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз». 1-жилд. Тошкент «Ўзбекистон» 2017й. Б-29.